1- Amaliy mashg’ulot Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti.IP protokoli va IP manzillar Ishning maqsadi: TCP/IP protokoli qoidasi va IP manzillarni belgilashni o’rganish hamda amaliy ko’nikmalar hosil qilish. Nazariy qism: Mahalliy tarmoqda har bir kompyuter o’zining unikal manziliga, IP adresiga ega bo’ladi. Tarmoqdagi hech bir kompyuterni IP adresi boshqa birikini aynan bir xil bo’lmaydi. Ushbu amaliy ish davomida kompyuterlarni qanday qilib IP adreslarini sozlashni ko’rib chiqamiz. Internet Protocol (IP)-tarmoqlararo bayonnoma hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi tarmoqda ma’lumotlar uzatishdan iborat. TCP/IP protokolida kompyuterlar maxsus raqamlardan iborat manzilga ega bo’lib bu manzil IP manzil dasturi tomonidan beriladi. Bundan tashqari kompyuterning MAC manzili xam mavjud bo’lib bu manzil o’zgarmas hisoblanadi va manzil sifatida tarmoq kartasining maxsus kodi olinadi. IP manzilni o’zgartirish imkoniyati mavjud. MAC manzilda IP manzillar uchun 4 bayt joy ajratiladi va u quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin 109.26.17.100. IP manzilning sinfi tarmoq adminstratori tomonidan o’rnatiladi. IP manzilning oxirgi 2 ta raqami tarmoq raqamini va kompyuter raqamini bildiradi. Misol uchun yuqorida keltirilgan IP manzil 17–tarmoq raqami, 100–kompyuter raqami. IP manzillarning 5 ta sinfi mavjud bo’lib, 1-A sinfga manzil nol dan boshlansa IP manzilning ikkilik kodi noldan boshlansa A sinfga tegishli, ya’ni 1 dan 126 gacha (0 ishlatilmaydi 127 raqami maxsus maqsadlar uchun rezerf sifatida foydalaniladi). IP-manzil sinflari 1-jadval. A sinf B sinf C sinf D sinf E sinf 0ccccccc 10cccccc 10ccccc 1110aaaa 11110zzz yyyyyyy ccccccc ccccccc aaaaaaaa zzzzzzzz yyyyyyy yyyyyyy ccccccc aaaaaaaa zzzzzzzz yyyyyyy yyyyyyy yyyyyyy aaaaaaaa zzzzzzzz 1- jadvalda IP-manzil sinflari (c- tarmoq raqamiga taaluqli bit, y -tugun raqamiga taaluqli bit, a - multiqast sinfi manziliga taaluqli bit, z – zahiralangan manziliga taaluqli bit). A sinfida 224 ta ya’ni 16777216 tagacha kompyuter bo’lishi mumkin. Bu yerda c-bit tarmoqqa tegishli raqam, u - bit tugunga kompyuterga tegishli raqam a-bit multikast sinfiga kiruvchi raqam z-bit zahiraga kiruvchi manzil. Agar tarmoq manzilning 2 lik kodining 1-2 tasi 10 ga teng bo’lsa u xolda IP manzil B sinfga tegishli bo’ladi. Bunda tarmoq raqami va tugun raqami uchun 16 bit joy ajratiladi. B sinfida 216 ya’ni 65536 gacha kompyuterlar bo’lishi mumkin. Agarda IP manzilning 2 lik kodining 1-3 ta raqami 110 bo’lsa u holda IP manzil S sinfga tegishli hisoblanadi. Bu holda tarmoq raqami uchun 24 bit joy ajratiladi. Tugun raqami uchun 8 bit joy ajratiladi. Bu sinf keng tarqalgan bo’lib, kompyuterlar soni 28 yani 256 gacha bo’lishi mumkin. Agarda IP manzilning 2 lik kodi 1110 dan boshlansa, u holda manzil D sinfga tegishli hisoblanadi va multikast sinfiga tegishli muxim manzilliligini bildiradi. Bunday sinfdagi IP manzillardan jo’natilayotgan paketda IP manzil D sinfga tegishli bo’lsa u holda paket shu sinfga tegishli barcha kompyuterlarga jo’natiladi. Agarda IP manzilning 2 lik kodi 11110 dan boshlansa, unda IP manzil E sinfga tegishli hisoblanadi. Bu sinfdagi manzil keyinchalik qo’llash maqsadida zaxiraga olingan hisoblanadi. Table lookup (continued) Protokol – bu qoida va amallar to'plami bo'lib, aloqa olib borish tartibini boshqaradi. Tabiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan hamma kompyuterlar bir hil protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib bo'lgandan so'ng hamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko'rinishga yana qaytarish kerak. IP - Internet Protokoli. Tarmoqdagi xar bir kompyuter bir biri bilan aloqa urnata olishi uchun (birbirlarini tushinishlari, tanishlari uchun) o‘z identifikatsion (shaxsiy, ushbu tarmoqda takrorlanmaydigan) nomiga ega bo‘lishi kerak. Bu nom, ushbu qurilma qaysi tarmoqda ekan, uning ushbu tarmoqdagi identifikatori qanday degan savollarga javob bo‘ladi. Tarmoqning xar bir bog‘lamasi (uzeli) IP manzilga (mantiqiy manzil) ega bo‘ladi. Bu manzil o‘zida marshrutizatsiyani (yo‘nalish, o‘tish)ni anchagina osonlashtiradigan, muxim, kodlangan axborotni saqlaydi. IP manzil – bu sonli identifikator bo‘lib u tarmoqdagi xar bir kompyuterga biriktirilgan bo‘ladi, bu manzil kompyuterning tarmoqdagi joylashgan joyini ko‘rsatadi. Masalan: IP adres 192.168.0.1 Maska 255.255.0.0 128 64 32 16 8 4 2 1 7 6 5 4 3 2 1 0 Afzalliklari: • TCP/IP prtokoli universaldir, va u katta ehtimollik bilan xar qanday yaratilayotgan tarmoqda qo‘llanilishi mumkin. • TCP/IP protokoli boshqa protokollarning ishlashini tushinishda foydali misol bo‘la oladi, chunki unda boshqa protokollarga xos elemenilar ham bor. • TCP/IP juda muhim, chunki u marshrutizatorlarda konfiguratsiyalash vositasi sifatida foydalaniladi. IP manzillarning ko‘rinishilarining uch xili mavjud: • 130.57.30.56; • 10000010.00111001.00011110.00111000; • 82 39 1e 38. IP adres olish uchun foydalanuvchi quyidagi protokollardan foydalanadi: DHCP (RFC 2131) — keng tarqalgan tarmoq ko’rsatkichlari uchun sozlamalar protokoli. BOOTP (RFC 951) — tarmoq adresi sozlash uchun oddiy protokol, odatda disksiz stansiyalarda ishlatiladi. IPCP (RFC 1332) – PPP (RFC 1661) protokoli bilan ishlaydi. Zeroconf (RFC 3927) — tarmoq adresini sozlash protokoli, nomini aniqlash va xizmatlarni qidirish vazifasini bajaradi. IP – adres – IP protokoli asosida qurilgan kompyuter tarmog’idagi unikal tugun tarmoq adresi. Internet tarmog’ida ishlaganda har bir tarmoq adresi qaytarilmas bo’lishligi talab qilinadi, lokal tarmoqlarda esa tarmoq adresi tarmoq doirasidagina talab qilinadi. 1-Amaliy qism: 1 – variant. 4 ta kompyuter uchun tarmoq osti maskasi va ip adresini hisoblash. Ip adres: 192.168.1.30/24 Maska: 255.255.255.0/24 Ikkilik ko`rinishida: Ip 11000000 10101000 00000001 00011110 Maska 11111111 11111111 11111111 00000000 Ip va maska 4 ta oktetdan iborat. Olingan adres “ C ” sinfiga mansub. Kompyuterlar (xost) uchun adreslarni xisoblashda maskaning “ 0 ” dan boshlangan oktetidan yoki bitidan foydalanib 2 ning darajasi sifatida olinadi va broadkastni chiqarib tashlash uchun 2 dan ayiriladi. 4 ta kompyuter uchun 2 ta bit yetmaydi, chunki 2*2-2=2 , 3 ta bit olinsa 2*2*2-2=6, demak 3 bit olinadi. Ip va maska xor ko`rinishida qo`shiladi, o`zgargan natija tarmoq adresini beradi. Va maska quyidagicha o`zgaradi. O`nlik ko`rinishda: Ip adres: 192.168.1.30/29 Maska: 255.255.255.248/29 Inversiya: 0.0.0.7 chunki 255-248 = 7 Tarmoq (Ip): 192.168.1.24/29 Ikkilik ko`rinishda: Ip 11000000 10101000 00000001 00011110 Maska 11111111 11111111 11111111 11111000 Tarmoq 11000000 10101000 00000001 00011000 Natija: Tarmoq (Ip): 192.168.1.24/29 Eng kichik Ip: 192.168.1.25/29 Eng katta Ip: 192.168.1.30/29 Broadkast: 192.168.1.31/29 Kompyuterlar (xostlar) soni: 6 ta, 2 tasi rezerv. rezerv Azizbek-PC Farrux-PC Akmal-PC Sanjar-PC Murod-PC Miraziz-PC 192.168.1.25/29 192.168.1.26/29 192.168.1.27/29 192.168.1.28/ 29 192.168.1.29/ 29 192.168.1.30/29 Maska barchasi uchun: 255.255.255.248/29 2-Amaliy qism: Windows operasion tizimida tarmoqni sozlash: 1. Boshqaruv panelidan (Панель управления) – “Сеть и Интернет”– “Центр управления сетями и общим доступом” paneliga;(1-rasm.) 1-rasm. 2. “Изменение параметров адаптера” - “Подключение по локальной сети” papkadan faolini tanlab, sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali uning “Свойства” qism menyusiga kiramiz (2-rasm). 2-rasm. 3. Bayonnomalarning mavjudligini tekshiramiz va zarur bo‘lganda ularni qo‘shamiz. TCP/IP bayonnomasini sozlaymiz. (Протокол Интернета версия 4 (TCP/IPv4)) – Свойства. (3-rasm.) 3-rasm. 2-Topshiriqning bajarilish tartibi: 1 200.200.5.2 18.142.30.0 244.207.18.19 131.107.256.80 Ushbu topshiriqdagi IP- manzillar qaysi sinflarga tegishli ekanligini aniqlash. Bunda biz yuqorida keltirilgan har bir sinfga tegishli bo’lgan oktedlar oralig’idagi tarmoq adreslaridan foydalanamiz. A-sinf 1….127; B- sinf 128….191; C- sinf 192….223; D- sinf 224….239; E- sinf 240….255; Demak, ushbu topshiriqdagi 200.200.5.2 manzil C-sinfga tegishli; 18.142.30.0 manzil A-sinfga tegishli; 224.207.18.19 manzil D-sinfga tegishli; 131.107.256.80 manzil B-sinfga tegishli; Variant-1 100.100.11.12 10.107.2.01 300 .3. 57.20 190.7.2.0 Mazkur IP adreslar qaysi sinfga tegishli ekanligini aniqlang. Javob: 100.100.11.12 - A sinfga mansub. 10. 107. 2. 01 - A sinfga mansub. 190. 7. 2. 0 - B sinfga mansub VARIANTLAR BO’YICHA TOPSHIRIQLAR: Ushbu amaliy mashg’ulot topshiriqlar taqsimoti talabalarga guruh jurnalidagi ro’yhati tartibida beriladi. Nazariy savollar 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. Internet Protocol (IP) nima? TCP/ IP protokоlga tarif bering? MAC manzili qanday vazifani bajaradi? DHCP (RFC 2131) protokoli nima? BOOTP (RFC 951) protokol qanday ishlatiladi? Zeroconf (RFC 3927) protokoli? Windows operasion tizimida tarmoqni sozlash qanday bajariladi?