Uploaded by Husniddin Muhammadiyev

mt va maktab — копия

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Tashkent Davlat pedagogika universiteti
Sirtqi maktabgacha talim fakulteti
304-guruh talabasi Turdiqulova Farog'atning
“Maktabgacha ta’lim tashkilotining maktab bilan aloqa shakllari”
va
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiya turlari va
ularning shaxs kamolotiga ta’siri”
mavzularida tayyorlagan
HISOBOTI
Toshkent-2023
1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotining maktab bilan aloqa shakllari
REJA:
I.
Kirish
II.
Asosiy qism:
1.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab hamkorligi
2.
Maktabgacha talim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari
3.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab dasturlarining izchilligi
III. Xulosa va takliflar
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mustaqillik tufayli o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda yangicha
fikrlaydigan, bo‘layotgan voqea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va
tanqidiy mushohada
yuritadigan
muloqotning
sir-asrorlarini
o‘rgangan
yoshlarni
tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.
Mustaqillik tufayli o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda yangicha
fikrlaydigan bo‘layotgan voqea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan va tanqidiy
mushohada yuritadigan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish orzusi aynan mustaqillik bilan bog‘liq
ezgu intilish bo‘lgani bois istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab uni amalga oshirish
eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib kelmokda. Ta’kidlash joizki, istiqlolning
birinchi
kunlaridan yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning haqiqiy
tayanchi va suyanchiga aylantirish masalasiga e’tibor kuchaytirilgan. Ammo shiddat
bilan o‘zgarib borayotgan bugungi kun bugungi davr bu sohadagi ishlarni yaxshilash
yoshlarning manfaatlarini ta’minlashga va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy
bazani yanada takomillashtirish orqali yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib
berishni taqazo etmoqda. Bugungi kunda biz o‘z maqsadimizga erishish uchun ularda
samarali bilim va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga asosiy e’tibor qaratmoqdamiz.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida olib borilayotgan islohatlar yosh va barkamol
avlodni aqlan, ahloqan kamolga etkazish va unda shaxs sifatlarini tarkib toptirishdan
iboratdir Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki,Sensor ta'limning zamonaviy tizimida
ta'lim faoliyati bilan bir qatorda didaktik o'yinlarga katta o'rin beriladi. O'yinlarda
o'qituvchi bolalar uchun hissiy va aqliy vazifalarni o'yin shaklida qo'yadi, ularni o'yin
bilan bog'laydi. Bolaning tasavvurlari va g'oyalarini rivojlantirish qiziqarli o'yin
harakatlari (yashirish va qidirish, taxmin qilish va taxmin qilish, natijaga erishishda
raqobat) jarayonida amalga oshiriladi. Katta ahamiyatga ega didaktik materiallar va
o'yinchoqlar bilan mashqlar ham mavjud. Har bir bolaning amaliy faoliyatiga asoslangan
ushbu mashqlar uning hissiy tajribasini yaxshilashga imkon beradi, ob'ektlarning shakli,
o'lchami, rangi haqidagi g'oyalarni birlashtirish uchun foydalidir.
1. Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab hamkorligi
Mamlakatimizda mustaqillik yo`lidagi ilk qadamlardanoq jamiyatning barcha
sohalarini qamrab olgan siyosiy va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Ta`lim sohasida jumladan uning birinchi pog`onasi hisoblanmish maktabgacha ta`lim
sohasida ham katta o`zgarishlar qilinmoqda.
Isloh etish jarayonida bolalarga ta`lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, shakl
va uslublari, shuningdek pedagogika fani taraqqiyotining ustivor yo`nalishlari qamrab
olinmoqda.
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko`nikmasi, kattalar
hamda sinfdosh o`rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning
uchun bolaning maktabga qadam qo`yayotganida nechog`li bilimga ega ekanligi emas,
balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko`nikmasi,
voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi.
Bolani biror narsaga o`rgatishgina emas, unda o`z kuchiga ishonchni orttirish, o`z
g`oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko`nikmasini shakllantirish
ham muhimdir.
Bola maktabgacha ta`limni uyda ota-onaning mustaqil ravishda ta`lim-tarbiya
berishi orqali yoki maktabgacha ta`lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta`lim
tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta`lim tashkilotlarida,
maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta`limiga o`tishi hamisha uning hayoti,
axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o`zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta`lim tashkilotida yoki oilada maktab
ta`limiga tayyorlash, uni murakkab bo`lmagan bilim, ko`nikma va
tanishtirish
kerak
bo`ladi.
Bunday
tanishtiruv
moslashuv
malakalar bilan
davrining
jiddiy
qiyinchiliklaridan xalos bo`lishga yordam beradi.
Shunga binoan, MTT bilan maktab o`rtasidagi bog`liqlik bir tomondan, bolalarni
maktab ta`limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib
tarbiyalagan holda maktabga o`tkazishni, ikkinchi tomondan, o`qituvchining katta
maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga
tayanib, ulardan o`quv-tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi.
MTT bilan maktab o`rtasidagi uzviy bog`liqlik katta maktabgacha yoshdagi bolalar
va maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta`lim-tarbiya berish sharoitini
yakinlashtirishga yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga
moslashishi ancha yengillik bilan o`tadi. Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib
ketadilar, bu esa o`z navbatida maktabda o`qishning birinchi kunidan boshlab ta`limtarbiya ishining samarasini oshiradi.
Zero, maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga
qo`yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga
muvofiq ravishda ta`lim olishga tayyorlashlari kerak.
Maktab bilan MTT o`rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko`p tomonlama tuzilishga
ega. Unda ta`lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari,
shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi
tomonlarini ajratib ko`rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga alohida e`tibor berish kerak:
1. Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
2. MTT nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, kunikmalar
bilan qurollantirish.
3. Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har qanday
turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat - bilishga qiziqishni o`stirishning kelajakdagi
mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat.
4. MTTda beriladigan ta`lim rivojlantiruvchi tarzda bo`lishi kerak.
5. MTT bilan maktab o`rtasida izchil aloqa o`rnatish.
Uzviylik MTT va maktabda shaxsni har tomonlama shakllantirish bo`yicha olib
boriladigan ta`lim-tarbiya ishini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
MTT maktabgacha yoshdagi bolalarda boshlang`ich sinf ta`limi maqsad va vazifalariga
mos keladigan sifat jihatdan yangi xususiyatlarni shakllantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan xulq-atvor shakllari, kattalar va
tengdoshlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabat shakllari, axloqiy xis-tuyg`u va
tasavvurlar maktabning boshlang`ich sinflarida bolalarga yangi axloqiy xulq-atvor
shakllarini ularning ongini, his-tuyg`ularini tarbiyalash uchun manba bo`lib xizmat qiladi.
Maktab bolalarda axloqiy tasavvurlar va xulq atvorda birlik bo`lishini tarbiyalash,
o`z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarlikni seza bilish, jamoachilik xislatlari, sifat
jihatdan yangi bo`lgan xulk, atvor shakllarini tarkib toptirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Maktabda vatanparvarlik, baynalmilallik, o`z vatani oldidagi burchini chuqur anglash kabi
his-tuyg`ular shakllanadi. Bunday yuksak hislar bolalarning MTTda ota-onalariga, oilasiga
muhabbat, kattalarga hurmat, ona tabiatga mehr va shu kabi axloqiy xislari asosida
shakllanadi.
Maktabda bolalarni estetik tomondan tarbiyalash bo`yicha izchil ish olib boriladi.
Bolalar musiqa va ashula darslarida musiqa asbob-anjomlari bilan tanishadilar, ashula
aytadilar, marsh sadolari ostida yuradilar, o`yinga tushadi san`at darsida esa o`qvchilar
chizmachilik va rasm solishni, naqqoshlik rangtasvir, manzarali-amaliy san`at
natyurmortni, portretni bir-biridan farqlashni o`rganadilar. O`qish darsida bolalar adabiy
janrlar bilan tanishtiriladi. Amaliy mashg`ulotlarda ularning badiiy, ijodiy qobiliyatlari
yanada rivojlantiriladi. Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat axliga ijobiy
munosabat, mehnat malaka va ko`nikmalarini shakllantirish ishlari ham maktabda
o`rgatilib boriladi.
Maktab bilan MTT o`rtasidagi mehnat tarbiyasi bo`yicha uzviy bog`liqlik mehnat
tarbiyasining mazmunini murakkablashtirishga, uni ijtimoiy foydali tomonga qaratishga,
bolalarning
mehnatdagi
mustaqilligi,
o`z-o`zini
tashkil
eta
bilishga,
axloqiy
munosabatlarning ongli tus olishiga olib keladi. Mehnat faoliyati yanada tarkib topa
boradi. Maktabdagi hamma o`quv-tarbiyaviy jarayonlar bola shaxsini har tomonlama
shakllantirishni rivojlantirish bo`yicha izchillik asosida olib boriladi.
Maktab bilan MTT o`rtasidagi uzviy aloqa asosini MTT va maktabda amalga
oshiriladigan ta`lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o`rtasidagi bog`liqlik
tashkil etadi.
Hozirgi boshlang`ich sinflar dasturi bilan MTT dasturini olib solishtiradigan
bo`lsak, ular o`rtasida bir qancha o`zaro bog`liqlarni ko`ramiz. Bu eng avvalo dasturlarda
asos qilib olingan prinsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni
bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot
bilan borliq, ilmiylik prinsiplari, ta`limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga
egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai nazarlarning birligida namoyon bo`ladi.
Birinchi sinf o`quv dasturi ayrim predmetlar bo`yicha MTT dasturi bilan
solishtirilganda ularda umumiylik ko`pligini ko`ramiz. Masalan, MTTda ona tiliga
o`rgatish va boshlang`ich sinflardagi ona tili darsiga bolalar nutqini har tomonlama
rivojlantirish kabi umumiy g`oya asos qilib olinadi.
MTTda bu ish bolalarning lug`atini boyitish, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishga,
ifodali o`qishga o`rgatish, bog`langan nutqni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.
Maktabda esa bolalarda mana shu MTTda egallagan bilim, malaka, tushunchalarga
asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografik xat malakasi shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari o`rgatiladi. Shu bilan bir qatorda MTTda boshlangan bolalar
lug`atini boyitish, nutqning ifodaliligi, bog`langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi.
MTTda ham, maktabda ham tabiatshunoslik to`g`risidagi bilimlar organizm bilan
muhitning birligi to`g`risidagi umumiy g`oyaga asoslangan holda olib boriladi. Shu asosda
bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o`rtasidagi bog`liqlik to`g`risida bilim va
tushunchalar beriladi.
Bunda dasturlar mazmunida birlik o`rnatishda maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar
bilan maktab yoshidagi bolalarning yoshlari, bilimlaridagi farq xususiyatlari e`tiborga
olinishi kerak.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar egallashlari lozim bo`lgan bilim va
tushunchalar mazmunini tevarak-atrofdagi hayot to`g`risidagi tasavvurlar va ayrim oddiy
tushunchalar tashkil etadi.
Bunday tasavvur va tushunchalarning bolalar tomonidan egallab olinishi, ya`ni
bolalarda har xil soxalar bo`yicha o`zlashtirgan umumiy tasavvurlar sistemasi ularning
kelajakda umumiy rivojlanishi uchun nixoyatda zarur bo`lib, busiz ular hozirgi zamon
boshlang`ich sinf ta`limidagi kerakli bilimlarni egallay olmaydilar.
Maktabda esa o`quvchilarning bilimi yangi bosqichga ko`tariladi va kengayadi, shu
bilan birga ular egallayotgan bilimlarini nazariy jihatdan anglay boshlaydilar, ilmiy
tushunchalarni shakllantirish maktabda olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishning
markaziga qo`yiladi. Maktabda bilimlar asosini egallash yanada aniqroq tusga kira boradi.
MTT bilan maktab o`rtasidagi izchillik ta`limning shakl va uslublarida ham o`z
aksini topadi.
Ta`lim berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti bolalarning bilim, malaka va
ko`nikmalarni ongli egallab olishlariga erishish, bog`chada va maktabda ularning aqliy
qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o`stirishdir. MTTi va maktabning boshlang`ich
sinfida qo`llaniladigan juda ko`p usullar bir xil bo`lib, ular bolalarning aqliy, axloqiyirodaviy rivojlanishlarini yaxshilashga qaratilgan, shu bilan birga ularning yangi
mazmundagi bilimlarni egallashga, amaliy faoliyatga, bilishga qiziqishini oshirib,
o`qituvchi bilan dars jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarning murakkabroq
shakllarini egallab olishlarga yordam beradi.
Tarbiyachining mashrg`ulotlar jarayonida bolalarning amaliy faoliyatlariga, bilish
jarayoniga bunday raxbarlik qilishi maktab va MTT o`rtasidagi ta`lim usulidagi
izchillikning asosini tashkil etadi.
Maktabdagi dars, MTTdagi mashg`ulot bir muncha o`ziga xos xususiyatlarga ega,
shu bilan birga ta`limning tashkiliy asosda olib borilishida esa umumiylik sezilib turadi.
Mashg`ulot va darslarning mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq belgilangan
vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta`limning ilmiy asoslangan metod va
usullaridan foydalanish, ta`lim berish jarayonida bolalarda o`quv faoliyati elementlari, o`z
xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma`lum maqsadga qaratilgan aqliy ish bilan
shug`llanish qobiliyati tarbiyalab boriladi. Bular hammasi bolani maktab ta`limiga faol
kirishib ketishga tayyorlaydi.
Maktab va maktabgacha ta`lim tashkiloti ishidagi izchillikni amaliy ro`yobga
chiqarishning muhim shartlaridan biri tayyorlov guruh tarbiyachilari hamda 1-sinf
o`qituvchilari o`rtasidagi hamkorlikni o`rnatishdir.
Bu aloqalarning ahamiyati keying yillarda Respublikamizda qabul qilingan ta`lim
sohasidagi tub isloxatlarda o`z aksini topgan. Hozirgi davrning o`ziga xos xususiyatimaktabgacha ta`lim muassasi va maktab bilan ommaviy yaqinlashuvi, pedagoglar
jamoasining samarali hamkorliklari hisoblanadi.
Hamkorlikning asosiy vazifasi bolalarni maktab ta`limiga tayorlashda yakdillikka
erishish, bolani maktab ta`limiga tayorlashning yuqori darajasini taminlash bo`lib, bu
keyinchalik maktabda muoffaqiyatli o`qishga olib keladi.
Hamkorlinning mazmuni hamda shakillari shu vazifalardan kelib chiqib aniqlanadi.
Bunda hamkorlikdagi uch asosiy jihat :
1.
Axborot innovatsion, pedagogik.
2.
Ilmiy uslubiy.
3.
Amaliy.
—
Birinchi jihatda - o`qituvchining tayyorlov guruh dastur talablarini chuqur bilishi,
shu o`rinda tayyolov guruhi tarbiyachilarning ham 1-sinf dastur mazmuni bilan tanishishi,
mashxulotg va dars jarayonida axborot, pedagogic va inter faol ussularidan foydalanish
darajasi, bollarni har tomonlama tarbiyalashda birlikka erishish muhimdir.
Maktabgacha talim tashkiloti bilan maktab aloqasining asosiy shakllari;
a)
o`qituvchi va tarbiyachilarning izchilligi;
b)
pedagogik kengash, seminar va ochiq dars - mashg`ulotlarga qatnashishi;
c)
o`zaro fikr almashishi;
d)
ta`lim sohasidagi yangiliklarni ish jarayoniga maqsadli qollash.
II. Ilmiy - uslubiy jihatdan hamkorlikda:
ilg`or ish tajribalar bilan o`rtoqlashish;
1-sinfda o`tiladigan fanlar va mashg`ulotlar o`rtasidagi izchillikni ta`minlash;
ta`limni ilmiylik prinsipida tashkil etish;
ta`lim tarbiyaviy jarayonlarni uslubiy jihatdan ta`minlashga erishish.
III. Hamkorlikning amaliy jihati
1-sinf o`qituvchisining bo`lajak o`quvchilari bilan oldindan tanishuvi;
tarbiyachilarning 1-sinf o`quvchilarining dars jarayonidagi ishtiroki va nazorati;
mashg`ulot va mashg`ulotdan tashqari jarayonlarda bolalar faoliyatini kuzatish va
suhbatlashish;
tarbiyachi tomondan har bir bola uchun tavsifnoma tayyorlash.
Hamkorlikning eng yaxshi tajribalari tuman, shahar va respublika anjumanlarida
yoritiladi amaliyotga joriy etiladi.
Hamkorlikning muhim shartlari:
maktab va maktabgacha ta`lim tashkiloti aloqalarining davomiyligi;
hamkorlikdagi ishlarning rejaliligi muntazamliligi;
muammolarni yaxlit dinamik jihatdan hal etilishiga roya qilish.
Hamkorlikning asosini birgalikdagi ishning istiqbol rejasi tashkil etib, unda maqsad
asosiy vazifalar aniq shakllantirilgan, turli yo`nalishlarga doir mazmun aniqlangan,
ishning aniq shakli, muddatlari, bajarilishi uchun mas`ullar ko`rsatiladi. Bu esa amaliy
hamkorlikning muaffaqiyatiga olib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hamkorlikdagi izchillikni ro`yobga chiqarishga doir
har tamonlama mazmunli ishlarni yuqori darajasiga erishish bollalarni maktabda
muaffaqiyatli o`qishlariga zamin xozirlaydi.
2. Maktabgacha talim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari
Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab o`rtasidagi aloqa ikki yo`nalishda olib
boriladi:
1. Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktabning pedagoglar jamoasi o`rtasidagi aloqa.
2. Maktabgacha ta`lim tashkiloti bolalari va boshlang`ich sinf o`quvchilarini bir-birlariga
yaqinlashtirish.
Tarbiyachilar boshlang`ich sinfda olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishning
mazmuni, o`ziga xos tomonlari bilan tanishadilar, natijada MTTda bolani maktab talabi
darajasida tayyorlash istiqbollari belgilab olinadi.
Maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilari katta va tayyorlov guruhlari olib
boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda ta`lim berishda bolalar
egallagan bilim, malaka va ko`nikmalarga asoslanadilar.
MTT bilan maktab pedagoglarining o`zaro aloqa o`rnatishlaridan ko`zlangan asosiy
maqsad bolalarni zamon talabiga javob beradigan darajada maktab ta`limiga tayyorlash
uchun o`quv tarbiyaviy ishlar bo`yicha maktab bilan maktabgacha ta`lim tashkiloti
o`rtasida mustaxkam aloqa o`rnatish, bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o`qib ketishlari
uchun MTTi va maktabda olib borilayotgan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni chuqur tahlil qilib,
bu sohada yuqori natijalarga erishishdir.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi aloqaning mazmuni va
shakllari yuqoridagi vazifalarga qarab belgilanadi.
MTT bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va amaliy masalalar yuzasidan birbiri bilan aloqa bog`laydi. Pedagogik tashviqot ishlari MTT maktabga tayyorlov guruhi
tarbiyachisining va birinchi sinf o`qituvchisini MTTning maktabga tayyorlov guruhida va
birinchi sinfda olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni,
maktabga tayyorlov guruhi va 1 sinf dasturi mazmunini, tayyorlov guruhi bolalari va
maktabdagi 1 sinf o`quvchilarining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishni taqozo etadi.
Mana shunday usulda ish olib borilganda o`qituvchi va tarbiyachilar maktabni 1 sinf va
MTTni tayyorlov guruhidagi bolalarga xos bo`lgan yosh xususiyatlarini, ularning ruhiy
tabiatini, aqliy va ijtimoiy rivojlantirshlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov
masalalarini yaxshiroq anglab olishlarida yordam beradi.
Bu maqsadni amalga oshirishda maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab
o`rtasida quyidagicha konkret aloqa shakllari o`rnatiladi: o`qituvchi va tarbiyachilar
bolalarni maktabga tayyorlash va uzviylik masalalari bo`yicha, bolalarni maktabga
tayyorlash bo`yicha birgalikda o`tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama qilish
uchun seminar, pedagogik kengashlarda qatnashish, shuningdek bolalarning yosh
xususiyatlarini, ularning MTTdan maktabga o`tishlaridagi ruhiy qiyinchiliklar, maktab
sharoitiga qiynalmay moslashishlariga yordam beruvchi omillar bo`yicha tarbiyachi va
o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar orqali tajriba almashuv va boshqalar
kiradi.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi uzviy aloqaning pedagogik
vazifasi MTTning tayyorlov guruhida va maktabning 1 sinfida olib boriladigan ta`limtarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan faoliyat shakllari va usullari bilan o`zaro tanishishni
taqozo etadi.
Bu masalada MTTning tayyorlov guruhi tarbiyachilari maktabning 1 sinfida olib
borilayotgan darslarni kuzatadilar va dars, mashg`ulotlardan keyin birgalikda yig`ilishib
uni muhokama qiladilar, ayrim metodikalar bo`yicha seminar – praktikumlarda
qatnashadilar: ilg`or tajribalar bilan o`rtoqlashish, bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha
yoki 1 sinfda bolalarga bilim berish bo`yicha pedagogik kengashlarni o`tkazadilar.
Yuqorida keltirilgan hamma ish shakllari va mazmumnini amalga oshirishdan asosiy
maqsad ilgari surilayotgan masalani har tomonlama tahlil qilish, uni hal etishda
uchraydigan kamchiliklarni aniqlash, bolalar bog`chasi va maktabda olib boriladigan
ta`lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish bo`yicha aniq tavsiya va takliflarni ishlab
chiqishdir.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi aloqaning amaliy vazifasi,
shundan iboratki, bir tomondan, o`qituvchi MTTning tayyorlov guruhiga borib o`zining
bo`lajak o`qituvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan tayyorlov guruhi
tarbiyachilari o`zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda qanday o`qiyotganini
o`rganib boradilar. Bolalarni maktabga kuzatishda har bir bolaga aniq tavsifnoma beriladi.
Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishidagi o`ziga xos
xususiyatlarni ochib beradi, bu o`qituvchiga bola bilan munosabatda bo`lganda pedagogik
nuqtai nazardan to`g`ri yondashishda yordam beradi. Tarbiyachi ham o`z navbatida 1
sinfga borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa bog`lab boradi, darslarda bevosita
qatnashib qanday o`qiyotganlari, xulqi, o`qishdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini
o`qituvchidan so`rash orqali ham aniqlab boradi. Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan
olib borgan ta`lim tarbiyaviy ishidagi yutuq va kamchiliklarni bilib olishga imkon
yaratadi.
Tarbiyachi va o`qituvchilar ilg`or tajribalarni tarqatish, tashviqot, targ`ibot qilish
maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib fikr almashadilar.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi uzviy aloqa samarali bo`lishi
uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim. MTT bilan maktab o`rtasidagi aloqa izchil
amalga oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo`ljallangan bo`lishi, amalga oshiriladigan
ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo`lishi zarur.
Hamkorlik asosini birgalikda ishlash bo`yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib,
unda o`zaro aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun
javobgar shaxslar ko`rsatilishi lozim.
Maktab bilan MTT yil davomida mana shunday aloqa o`rnatib borishi natijasida
ta`lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi.
Bolalarni maktab o`quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga
ekskursiya uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona, ustaxonaga borish,
birgalikdagi mashg`ulotlar, bayram ertaliklari, musiqa-badiiy kechalar o`tkazish, rasmlar
hamda loy plastilindan yasalgan o`yinchoqlar ko`rgazmasini tashkil etish va boshqalardir.
Rejalar aniq, mazmunli bo`lsa va og`ishmay amalga oshirib borilsa, birgalikdagi
ishlar bo`yicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu esa bolalarni
maktab ta`limiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o`qib ketishlarida yaxshi
samaralar beradi.
3. Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab dasturlarining izchilligi
Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktabda amalga oshiriladigan ta`lim-tarbiyaviy
ish mazmunini belgilovchi dastur aloqasi izchillik asosini tashkil etadi. Maktabgacha
ta`lim tashkiloti va boshlang`ich sinflarning amaldagi dasturlarini qiyoslashlash ular
o`rtasida ma`lum izchil aloqa borligini ko`rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon bo`ladi:
Maktab va maktabgacha ta`lim tashkiloti dasturlariga asos qilib olingan falsafiy va
psixologik nuqtai-nazarlar birligi;
Ta`lim-tarbiya jarayonidagi prinsiplar birligi (mazmunning tarbiya maqsadi va
vazifalariga
muvofiqligi,
ilmiyligi,
ta`limning
tarbiyalovchi
va
rivojlantiruvchi
xususiyatlari);
Fanlar o`rtasidagi izchillik.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktabda ona tilining boshlang`ich kursini
o`qitishga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirib borish g`oyasi asos qilib olingan.
Maktabgacha
ta`lim tashkilotida
u
lug`atni
rivojlantirish,
tovush
madaniyatini
shakllantirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog`lanishli nutqni
shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish, o`qish va savodga
tayyorgarlik, oddiy tahlil va sintez qilish ko`nikmalari rivojlanadi.
Maktabda bu asosda yangi vazifalar hal etiladi:
Yozma nutq va harfiy yozuv malakalari shakllantiriladi;
Morfologik va sintaksis elamantlar o`rganiladi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida boshlangan lug`at boyligini yanada oshirish,
nutqning ifodaliligi va mantiqiyligi ustidagi ish maktabda davom ettiriladi. Maktabgacha
ta`lim tashkilotida elementar matematik bilimlarni rivojlantirishda bolalarning mantiqiy
tafakkurini va hisoblash malakasini o`stirish bo`yicha o`nlik tartibini aniqlash,
yigirmagacha bo`lgan sonlarni to`g`ri sanash, misollarni raqamlar yozilgan kartochkalar
yordamida ifodalab berish, bir amalli masalalarni qo`shish va ayirish orqali tuzish va
yechish, shartli o`lchov yordamida predmetlarni o`lchash, yil va hafta kunlari, ularning
ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarini taqsimlash, vaqt, butun va qism haqidagi bilimlari
maktabda takomillashtiriladi.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti va boshlang`ich sinflardagi tabiatshunoslik bilimlari
har ikkala holatda ham organizm va muhit birligiga tayanadi. Jonli va jonsiz tabiat
hodisalari, tabiat kishilar mehnatining bir-birini taqazo etishi shu asosda qaraladi.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktabda o`qitish izchilligi asosini tashkil
etuvchi yagona nazariy yondashuvlar, dasturlar mazmunida, bolalalar imkoniyatlari va
bilimlarining tuzilishlarini hisobga olib turlicha hal etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
bilimlarining asosiy mazmunini atrof dunyo haqidagi xilma-xil tasavvurlarining keng
doirasi va ayrim elementar tushunchalar tashkil etadi. Voqelikning turli sohalari haqidagi
tasavvurlarning umumiy tizimi bolaga dunyoni to`g`ri anglay olish va umumiy
rivojlanishning zarur darajasini ta`minlaydi, bu esa zamonaviy ta`lim mazmunini
egallashga katta imkoniyat yaratadi. Maktabda o`quvchilar bilimlarining mazmuni yuqori
darajaga ko`tarila borib, voqelikning turli sohalariga oid bilimlarini yanada kengaytirish va
chuqurlashtirish jarayoni faol sodir bo`ladi, ayni shu vaqtda o`quvchilar oldiga bilimlarni
nazariy nuqtai nazardan anglash masalasi ko`ndalang qo`yiladi.
Maktabning ta`limiy jarayonida o`quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirish
bosh vazifa hisoblanadi. O`quvchilarning dunyo haqidagi bilimlarini tabaqalashtirish 1sinfdan boshlab, fanni o`tishda, fan asoslarini maqsadli o`rganishda o`z aksini topadi.
Bilimlarni
kengaytirish,
chuqurlashtirish,
tizimli
hamda
ilmiy
tushunchalarni
o`zlashtirishda o`qishda qo`llaniladigan metod va shakllarning ahamiyati kattadir.
O`qitish metodlardagi izchillikning sharti – ularni bolalarning bilim, malaka va
ko`nikmalarini ongli, mustaqil egallashlari, bolalarni maktabda va maktabgacha ta`lim
tashkilotida
ham
aqliy
qobiliyatlari
va
ijodiy
faolliklarini
rivojlantirishga
yo`nalganligining birligidir. Maktabgacha ta`lim tashkilotida qo`llaniladigan o`qitish
metodi va usullari bolalarning keng aqliy hamda ma`naviy-irodaviy rivojlanishlariga
yordam beradi va shu orqali ularning yangi mazmunini egallashga darsda o`qituvchi bilan
murakkabroq o`zaro aloqa shakllariga tayyorgarliklarini ta`minlaydi. Mashg`ulotlarda
tarbiyachining bolalarni bilish va amaliy faoliyatlariga rahbarlik usullaridagi bu
istiqbollilik ikki tomonlama metodlardagi izchillik asosini tashkil etadi. Maktabdagi dars
va maktabgacha ta`lim tashkilotidagi mashg`ulot bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega,
ammo shu bilan birga uyushtirilgan ta`limning asosiy shakllari sifatida ulargagina xos
bo`lgan ichki umumiy xususiyatlar majmuiga egadir. Bularga:
Mashg`ulot
va
darsning
mazmunan
dasturlashganligi
va
vaqt
jihatdan
cheklanganligi;
Ta`limda pedagogning yetakchi roli;
Ilmiy asoslangan o`qitish metodi va usullaridan foydalanish;
Ta`lim jarayonida pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarini qo`llash.
Bu umumiy xususiyatlar ta`lim shakllaridagi izchillik uchun zamin yaratadi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotidagi o`qitish jarayonida bolalarda o`quv faoliyatning
dastlabki elementlari tarkib toptiriladi, o`z hatti-harakatlarini ixtiyoriy boshqara olish
ko`nikmlari, maqsadga yo`nalgan aqliy faoliyat takomillashadi, bu esa bolaning maktab
ta`limining yangi sharoitlariga faol kirishib ketishi uchun zarur bo`lgan psixologik jihatdan
tayyorlaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktabda ta`limtarbiyaviy jarayonni amalga oshirishdagi izchillik bola shaxsini rivojlantirishni amalga
oshirishda muhim omil bo`lib hisoblanadi.
XULOSA
Ma`lumki, bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko`nikmasi,
kattalar hamda sinfdosh o`rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi.
Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo`yayotganida nechog`li bilimga ega ekanligi
emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish
ko`nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta`limiga o`tishi hamisha uning hayoti,
axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o`zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta`lim tashkilotida maktab ta`limiga
tayyorlash, uni murakkab bo`lmagan bilim, ko`nikma va malakalar bilan tanishtirish
kerak bo`ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos
bo`lishga yordam beradi.
Shunga binoan, MTT bilan maktab o`rtasidagi bog`liqlik bir tomondan, bolalarni
maktab ta`limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib
tarbiyalagan holda maktabga o`tkazishni, ikkinchi tomondan, o`qituvchining katta
maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga
tayanib, ulardan o`quv-tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi.
MTT bilan maktab o`rtasidagi uzviy bog`liqlik katta maktabgacha yoshdagi bolalar
va maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta`lim-tarbiya berish sharoitini
yaqinlashtirishga yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga
moslashishi ancha yengillik bilan o`tadi. Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib
ketadilar, bu esa o`z navbatida maktabda o`qishning birinchi kunidan boshlab ta`limtarbiya ishining samarasini oshiradi.
Zero, maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga
qo`yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga
muvofiq ravishda ta`lim olishga tayyorlashlari kerak.
Maktab bilan MTT o`rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko`p tomonlama tuzilishga
ega. Unda ta`lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari,
shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi
tomonlarini ajratib ko`rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga alohida e`tibor berish kerak:
1. Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
2. MTT nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, ko`nikmalar
bilan qurollantirish.
3. Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har qanday
turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat - bilishga qiziqishni o`stirishning kelajakdagi
mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat.
4. MTTda beriladigan ta`lim rivojlantiruvchi tarzda bo`lishi kerak.
5. MTT bilan maktab o`rtasida izchil aloqa o`rnatish.
Uzviylik MTT va maktabda shaxsni har tomonlama shakllantirish bo`yicha olib
boriladigan ta`lim-tarbiya ishini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
MTT maktabgacha yoshdagi bolalarda boshlang`ich sinf ta`limi maqsad va vazifalariga
mos keladigan sifat jihatdan yangi xususiyatlarni shakllantiradi.
Maktab bilan MTT o`rtasidagi uzviy aloqa asosini MTT va maktabda amalga
oshiriladigan ta`lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o`rtasidagi bog`liqlik
tashkil etadi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi boshlang`ich sinflar dasturi bilan
MTT dasturini olib solishtiradigan bo`lsak, ular o`rtasida bir qancha o`zaro bog`liqlarni
ko`ramiz. Bu eng avvalo dasturlarda asos qilib olingan prinsiplarning umumiyligi bilan
belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va
vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan borliq, ilmiylik prinsiplari, ta`limning
tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai nazarlarning
birligida namoyon bo`ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash – yurt
taraqqiyoti
va
xalq
farovonligi garovi` mavzusidagi O`zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi
ma`ruzasi. – T.: “O`zbekiston`, 2017.
2.
Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T.: “O`zbekiston`, 2020 yil 29 dekabr.
3.
Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch. –T.: “Ma`naviyat`, 2008
4.
Karimov.I.A. Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.:
O`zbekiston, 1997. 4-9-b.
5.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
(tayyorlov guruhi). Toshkent-2018.
6.
Abdullayeva Nafisa Shavkatovna. Maktabgacha ta`limni variativ yondashuv asosida
takomillashtirish. T.: 2019 y.
7.
Axmedova X., Raximova L. Bolaga yo`naltirilgan ta`lim» dasturini tashkil etish. T.:
2012 y.
8.
Boboyeva D. R. Tevarak-atrofni o`rganishda maktabgacha katta yoshdagi
bolalarning bog`lanishli nutqini rivojlantirish. T.: 2001
9.
Komilova G. O. Maktabgacha yoshdagi (5-6 yosh) bolalarga ekologik tarbiya
berishda xalq topishmoqlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari. T.: 2005
10.
Metodika
manbasi:
Nemov
R.S.Psixologiya:
Ucheb.dlya
stud.vissh.ped.ucheb.zavedeniy: V Z kn. – Z ye izd. – M.: Gumanitar.izd.sentr VLADOS,
1999. – Kn. Z. Psixodiagnostika. Vvedeniye v nauchnoye psixologicheskoye
issledovaniye s elementami matematicheskoy statistiki. 81 - 83 betlar.
11.
Nazirova Guzal Malikovna. Maktabgacha ta`lim muassasalarida pedagogik
jarayonlarni takomillashtirish. T.: 2019 y.
12.
Qodirova F.R., Toshpo`latova Sh.Q., Kayumova N.M.,
A`zamova M.N.
“Maktabgacha pedagogika” 5111800- Maktabgacha ta`lim bakalavriat ta`lim yo`nalishi
talabalari uchun darslik. Toshkent-2019
13.
Rahimov SH. Asosiy vazifa – bolalarni ta`limga qamrab olish.// “Maktabgacha
ta`lim` jurnali, 3-son, 2017, 2 bet.
14.
Tilyabova N. U.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda insonparvalik his-
tuyg`ularini shakllantirish. T.: 1995
15.
To`ychiyeva Inoyatxon Ibragimovna. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tayyorlov
guruxi
bolalarning
fikrlash
faolligini
rivojlantirish
T.: 2020 y.
16.
Tulenova X. B. Maktabgacha tarbiya muassasalarida 5-7 yoshli bolalar jismoniy
tarbiyasini takomillashtirish.
17.
Xalilova M. R. Maktabgacha ta`lim muassasalari katta guruh yoshidagi bolalarda
ekologik tushunchalarini shakllantirishning pedagogik asoslari. T.: 2006
18.
Xalilova N.I. Norqo`ziyev D.B. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti/ Bolani maktab ta`limiga psixologik tayyorgarligi (metodik qo`llanma)
Toshkent – 2009
19.
Xusanova Nargiza Farxodovna. Maktabgacha tarbiya muassasalari tayyorlov
guruxlarida bolalarning tizimli o`qitishga funksional yetukliligini gigiyenik asoslash. T.:
2019 y.
20.
Prezident.uz
21.
www.ziyo.uz.com.
22.
www.pedagog.uz
2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiya turlari va ularning shaxs
kamolotiga ta’siri
REJA:
I.
Kirish
II.
Asosiy qism:
1. Maktabgacha yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan tarbiya turlari
va ularning shaxs kamolotiga ta’siri.
3. Maktabgacha ta’limda tarbiya berish usullari va vositalari.
III. Xulosa va takliflar
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan islohotlar bugun
nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof
etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng
so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim
darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil inson tarbiyasiga
qaratilgan. Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasida: maktabgacha ta'Iimning tarkibi va
mazmunini qayta ko'rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o'zbekxalqining
milliy an'analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga xosligi, tilda o'z aksini topuvchi
tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o'zaro munosabat,
milliy
o'z-o'zini
anglash,
boshqa
xalq
madaniyatidagi
ijobiy
xususiyatlarini
uyg'unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta'limida hal etilmoqda.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan
xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his
etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti
va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi
sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy
jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon
bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir
fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi
hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.
1. Maktabgacha yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit
sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor
va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish
mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga
o‘tish, yangilanish, yangining paydo
bo‘lishi,
eskining
yo‘qolib
borishi,
miqdor
o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qaramaqarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga
asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga
biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib
bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida
o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga
berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib,
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato
baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni
rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda
shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish
hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida
ikki tomonlama aloqa mavjud.
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri
o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda:
insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi,
yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular
o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai
nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Arastu, Aflotunlar tabiiybiologik omillarni yuqori qo‘yadilar. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning
hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, degan g‘oyani ilgari suradilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs
rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini
inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida
yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib,
insonga u tabiatan berilgan, deyiladi.
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm oqimi va uning
vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan
asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar.
Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb
biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog‘laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u
yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan
sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani
o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam
bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib
kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar
ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy
hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning
munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson
sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon
etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy hayot mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining
muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga
oshiriladi.
Ya’ni, birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga
yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin.
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bunday tarbiya doimiy va
uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib,
tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama
rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs
shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:
1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xattiharakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga
majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy
faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri
ostida ijtimoiylashadi.
3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash
kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy
hodisa sanaladi.
4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat
uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu
bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan tarbiya turlari va
ularning shaxs kamolotiga ta’siri.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berish masalalari ko`plab mutafakkir
olimlar merosida yoritilganini koʻrishimiz mumkin. Jumladan, Beruniy ota –onalarning
bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli oʻyinlar uyushtirishlari, ular bilan oʻzaro
suhbatlar oʻtkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy tarbiyaning
maqsadi va vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish toʻgʻrisidagi fikrlarining zamirida
insonparvarlik gʻoyasi yotadi. U har bir ota –ona oʻz farzandlariga ana shu gʻoyani
singdirishi zarur degan xulosaga keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini uyushtirish, ularni vaqtdan toʻgʻri va unumli
foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota –onalar oʻz farzandlariga uqtirishlari lozim.
Bola tarbiyasi masalalari boʻyicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir almanozil” nomli asarini
yozgan. Unda olim ota –onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritilgan. Asarda
oilada onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga toʻxtalar ekan, ayniqsa ota –
onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va xunarga oʻrgatish
borasida muxim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy
masalalarga keng oʻrin berilgan. Oilada farzand tarbiyasini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishning
asosiy vositasi uning manaviy olamida e`tiqodni shakllantirish deb hisoblagan edi.
Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib
borilmogʻi va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat boʻlmogʻi lozim degan xulosaga
kelgan.
Yusuf Xos Xojib “Qutadgʻu bilig” asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga
ham katta e’tibor beradi. Ota –onalar nazoratida boʻlgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj
topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota –onaning mavqyei alohida ahamiyatga egadir.
Ular tanlagan toʻgʻri yoʻl farzandlarining kelajakni, kamoloti uchun psixologiyasida
muhimdir.
Mirzo ulugʻbekning qarashlarida bolaning bilim olishga boʻlgan qiziqishi havasini
oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim oʻrin tutadi. Kaykovus “Qobusnoma”
pandnomasida oʻz farzanding sening haqingda qanday boʻlishini iishlasang, sen ham ota –
ona haqida shunday boʻlgʻil deb yoshlarni ota –onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr
–oqibatli boʻlishga da’vat etadi.
Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy
merosida ham munosib oʻrin egallaydi. U oʻzining qator asarlarida ta’lim –tarbiya
masalalari umuminsoniygʻoya ekanligini ta’kidlaydi.
3. Maktabgacha ta’limda tarbiya berish usullari va vositalari.
Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga
qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib
beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador
yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li.
Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi,
tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi
etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi
o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga
mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani
boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi.
Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi.
Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi
o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni
boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli
yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri
qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan
biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tarbiya va ta’lim jarayonida katta yoshli odam bolaga
tushunarli bo‘lgan mazmunni tanlaydi, uning o‘zlashtirishiga rahbarlikqiladi. Bola
shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shubilan belgilanadi. Bunda bolaning
ruhiy-fiziologik imkoniyatlari,ularning jo‘shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan
tarbiyajarayonining o‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi. U o‘zgarib boradi: uningmazmuni
boyiydi va murakkablashadi, shakllari o‘zgaradi, o‘sayotgan odam shaxsiga ta’sir
ko‘rsatish usullari tobora xilma-xil bo‘lib boradi.
Tarbiyaning o‘zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L.S. Vigotskiy)
bilan bog‘liq bo‘lib, ular ancha murakkabmazmundagi bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat
turlari va hokazolarnio‘zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan
ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdankeyin faol nutqni
o‘zlashtirish; ancha miqdordagi tasawurlargaega bo‘lgandan keyin tushunchalar
darajasidagi bilimlarni o‘zlashtirish; buyum asosidagi o‘yin, mehnat faoliyatining vujudga
kelishi va h.k.). Tarbiya va ta’lim eng yaqin rivojlanish zonasigaasoslanib, bugungi
rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg‘a harakatlantiradi.
Inson shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o'tadi. Har bir navbatdagi bosqich
awalgisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘ladi, awal erishilgan bosqich yanada yuqoriroq
bosqichning
tuzilishiga
uzviy
tarzda
qo‘shiladi.
Ilk
yosh
bosqichida
shakllanadiganrivojlanish odam uchun doimiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazmun,
metodlar, tashkil etish shakllarining aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigach tarbiyaning
o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – O`zbekiston, 2014. - 76 b.
2. O`zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi "Ta`lim to`g`risida`gi
Qonuni, O`RQ-637-son
3. O`zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta`lim va
tarbiya to`g`risida`gi 595-sonli Qonuni
4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi
“Maktabgacha ta`lim va tarbiyaning Davlat standarti` 802-sonli Qarori
5. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi
“Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichmabosqich o`tish chora-tadbirlari to`g`risida`gi 999-sonli qarori
6. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi “Bolalarni
boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to`g`risida`gi 132-son Qarori
7. O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi
54-son buyrug‘i asosida qabul qilingan “Ilm yo‘li” variativ dasturi. 6 yoshdan 7
yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash
8. O‘zbekiston
Respublikasi
Respublikasi
Maktabgacha
Prezidentining
taʼlim
2019-yil
tizimini
2030
8-maydagi
“Oʻzbekiston
yilgacha
rivojlantirish
Konsepsiyasi”
9. 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-sonli Qaroriwww.arxiv.uz
10. www.ziyonet.uz
11. kun.uz.
12.mtv.uz sayti
13.telegram saytlari
14.O`zbekiston milliy axborot agentligi
Download