Uploaded by vasila radjabbayeva

Kurs ishi Mavzu. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati.

advertisement
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona
tilining ahamiyati
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
1-BOB. Ona tilining maktabgacha ta'limda tutgan o’rni, mohiyati
1. 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona
tilining ahamiyati va roli
1. 2. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida bolalar nutqini rivojlantirish
2-BOB. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida nutqni rivojlantirish dasturi
va dastur yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar.
2.1. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida nutqni rivojlantirish dasturi, uning
ilmiy asosi, tuzilishi va mazmuni.
2.2. Tevarak-atrofni tanishtirish bo’yicha katta guruhlarda ona tilini rivojlantirishga
qaratilgan “Havo. Suv va yer usti transporti” mavzusida amaliy faoliyat ishlanmasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil taraqqiyot yo'lidan dadil borayotgan,
huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir
insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda,
yoshlarning ilm - ma'rifatli bo’lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa,
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha
bosqichida ona tilining asosiy o’quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun
avvalo, ona tilida to’g’ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon
etmoqda. Chunki bizning ertangi kunimiz Ozbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti
A.Karimov
aytganlaridek:
“Yangicha
fikrlaydigan,
zamonaviy
mutaxassislarni talab etadi”.
Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga
tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina
emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini
tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko'rsatishi
talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq
orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab
qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bu
vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o’stirish fanining o’rni, ahamiyati
kattadir. Chunki til kishilarning o’zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun
baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat
taraqqiyotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar tilda o’z aksini topadi.
Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o’z fikrini boshqalarga til
orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi,
tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni
boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat
kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi fanining o'qitilishi, nutq
o’stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o’stirish vazifalarini
to’g’ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining
bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish
mumkinki, o’zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining
barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda.
Respublikamiz mustaqilligi o’zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz
mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili
ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini
o’stirish ularga ona tilini amaliy o'rganish demakdir.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika
fani tarkibida taraqqiy etdi, so’ng mustaqil fan sifatida shakllandi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar
nutqini o’stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida,
ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan “Ilk qadam” tayanch dasturini o’quv jarayoniga
joriy
etish,
nutq
o’stirish
metodikasi
bo'yicha
bilim
va
malakalarni
shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi, nutq
o’stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo'llash
orqali bolalarga ona tilini amaliy o’rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish,
o’zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to’g’ri, ifodalay olish,
tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush,
so’z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o'rganib borish, unga amal qilish kabi
faoliyatini shakllantiradi.
Demak, nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda nutq o’stirish
vazifasini amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, lo nda va obrazli so’zlashishni
shakllantirish orqali ona tilini amaliy o’rgatadi, bolalarga ta'lim beradi.
Nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og’zaki nutqini
o’stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish
orqali nutqda so’zdan to’g’ri va o'rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo’lish
kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so’zlash odobini egallashni shakllantiradi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani
bajaradi. Ya'ni usulika bolalar nutqini o’stirish orqali ularning nutq a'zolarini
anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo’lishini
ta'minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi,
ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq tushunarli
ta'sirchan bo'ladi, bola o’z nutqini to’zatib boradi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida bolalar nutqini o’stirishning
pedagogik qonuniyatlari, pedagogik faoliyatning shakllanishi va talablarini
o'rganadi, nutq o’stirishning eng samarali omillari, vositalarini, usul va usullarini
hozirgi zamon pedagogikasining yutuqlari, ilmiy pedagogik talablari asosida ishlab
chiqadi, ta'limga, fanga tavsiya etadi.
KURS
ISHINING
OBYEKTI.
Matkabgacha
ta’lim
muassasasi,
tarbiyachilar, tariya jarayonida ona tili, “Ilk qadam” davlat dasturi
KURS ISHINING PREDMETI. Maktabgacha yoshdagi olalarga ona tilini
amaliy o’rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o’zaro nutqiy muloqot
munosabatida ona tilida fikrni to’g’ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab
tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so’z) nutq meyyorlarini ishiga
mos holda o'rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatlarni taxlil qilish va
amalyotda tadbiq etish.
KURS ISHINING MAQSADI. Ushbu kurs ishida maktabgacha ta'lim
yoshidagi bolalarning nutqini o’stirish usul va usullarini qo'llash imkoniyati, o’rni,
qo'llangan usullar samarasi, usul va usullarni takomillashtirishga zamonaviy
texnologiyani joriy etishga alohida diqqat qilinadi.
1-BOB. Ona tilining maktabgacha ta'limda tutgan o’rni, mohiyati
1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona
tilining ahamiyati va roli
Qayta qurish jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
sohasidagina emas, balki madaniy hayotida ham o'z aksini topmoqda.
Ma’lumki, adabiy tilda gapirish va yozish kishilarning bir -birini tez va oson
tushunishiga yordam beradi, nutqning jozibadorligini, ta’sirchanligini
oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa o'rgatishda oila, maktabgacha tarbiya
tashkilotlarining roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz
maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidanoq bolaning og'zaki nutqini o'stirib
borishdir.
„Bola, — dcgan edi K. D. Ushinskiy, — ilk yoshlik chog'idayoq xalq
madaniyati elementlarini o'zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini
bilish yo'li bilan o‘rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada,
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda
ona tilidan o'rinli foydalanmoq zarur”.
Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Butun
dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur
qilib bo’lmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz
rivojlanmaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim berish samaradorligini oshirish,
bolalarni mustaqil ta'lim olishga (maktab ta’limiga) tayyorlash, yangi
jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy
vazifalarni hal qilishda ona tili asosiy o'rin egallaydi.
Xalqning milliy madaniyati va o'ziga xosligini ifoda etuvchi vosita
bo'lmish o'zbek tilini rivojlantirish — bu tilning davlat maqomini izchil va
to'liq
ro'yobga
chiqarish
...
demakdir" 1,
deb
ta’kidlab
o'tgan
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. A. Karimov.
1
I.A. Karimov. O'zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo'li. Toshkent, ,.O‘zbekiston". 1992- y., 20- bet.
edi
O'zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida
og‘zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib
keldi.
O'zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko'ra ikki adabiy tilga ajratish
mumkin: eski o'zbek adabiy tili va hozirgi zamon o'zbek adabiy tili.
Eski o'zbek adabiy tili o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos
solgan va keyinclialik Muqimiy, Furqat kabi demokrat shoirlar tomonidan
rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tilda yaratilgan yozma yo dgorliklar
o'zbek xalqi va uning tili taraqqiyot tarixini o'rganish uchun manba bo'lishi
bilan birga, hozirgi zamon o'zbek adabiy tili uchun ham asos bo'lgan. Hozirgi
zamon o'zbek adabiy tili eski o'zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda
o'zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har
tomonlama boyigan shaklidir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarni har tomonlama, ya’ni jismoniy,
aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o‘z oldiga qo'ygan.
Bu maqsad esa bolalalga ona tilini o'rgatish jarayonida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida og'zaki nutqni o'stirish natijasida bolalar
aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. Ular tevarak-atrofdagi
voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradilar.
Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib
borishiga yordam beradi.
Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar
yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo
bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur
va h. k.) shunchaki bola organizmining o'sib borishi va takomillashishi
bilangina paydo bo'lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va
takomillashadi.
Agar bola kichik yoshidan boshlab to'g'ri gapirishga (so'zlashishga)
o'rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni avval
tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi
va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda
intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham
takomillashib boradi.
Ko'pgina tajribalar shuni ko'rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to'liq shaxs
sifatida kamol topmaydi.
Demak, tarbiyachi har doim shuni esda tutishi kerakki, nutq bu
maktabgacha
tarbiya
yoshidagi
bolalarda
barcha
ruhiy
jarayonlar
rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini o'rgatish bilan bir
vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin tayyorlanadi,
mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatiladi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotining barcha tarbiyaviy-ta'limiy ishlarida bolalarga ona tilini
o'rgatish
orqali
ularning
nutqi
o'stiriladi.
Ayniqsa,
nutq
o'stirish
mashg‘ulotlarida har bir bolaning nutqini rivojlantirish bo'yicha ishlar
rejalashtiriladi. Bolalarga barcha mashg'ulotlarning mazmuni faqat ona tili
orqali singdiriladi. „Ona tili, — deb ta’kidlagan edi K.D. Ushinskiy, — har
qanday taraqqiyotning asosi, butun bilimning xazinasidir. Har qanday
tushunish undan boshlanadi, u orqali o'tadi va unga qaytadi".
So'zboyligi bolaga barcha mashg‘ulotlarda beriladigan bilimlarni tez va
puxta o‘zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash
imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, bola kamoloti uchun ham keng yo'l
ochadi. Bilimlarni puxta egallashga, uni sekin-asta hayotga tatbiq etishga
ham o'rgatadi. Ona tili aqliy tarbiyaning manbayi va vositasi hamdir.
K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaga ta’lim va tarbiya berishda tiln ing
qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, lining milliy
xarakteri bilan belgilanadi. U “Tilda chuqur ma’noli ko'pdan ko'p falsafiy
fikrlar, chinakam nafis his-tuyg'ular, nihoyatda to'g‘ri, ko'rkam did, fikrni bir
yerga to'plab, zo'r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va
ulardagi eng nozik rang-barangliklarni g'oyat darajada ziyraklik bilan his
etish, kuzatuvchanlik, zo'r mantiqiylik ... bor“ 2 deb ta’riflaydi.
2
K.D. Ushinskiy. Tanlangan asarlar. O'quvpeddavnashr. Т., 1959, 398-bet
K.D.Ushinskiy o'zining „Ona tili so‘zlari“ maqolasida bolani ona tili, ona
tilidagi so‘zlar orqali tarbiyalash masalasini qo‘ydi. Clumki xalqchillik
dastlab ona tilida o‘z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi,
ma’naviy qiyofasi ana shu til ta’sirida shakllanadi. Shoira Zulfiya
ta’kidlaganidek: “Ona tilini mukammal o'rgangan kishi ona yurtining tarixini
to’liq o‘rganish baxtiga muyassar bo'ladi” 3.
Ona tili bolalarda vatanparvarlik, baynalmilal tuyg'ularni o'stirib
borishda, bolalarning madaniy saviyalarini oshirib borishda qudratli vosita
bo'lib xizmat qiladi. Demak, ona tili bolalarni axloqiy tomondan tarbiyalash
vositasidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bola o'rtoqlari bilan
o'ynaydi, qo'lidan kelgancha mehnat qiladi. Bu jarayonda o‘z harakatlariga
baho berishga, fikrini boshqalarga tushunarli qilib bayon eta olishga
o'rganadi.
Bola kuzatish va nutq orqali dunyoni, borliqni bilib oladi: tevarak atrofdagi narsa va buyumlarning, voqea va hodisalarning nomini, sifatlari va
belgilarini,
xususiyatlarini,
o‘xshash
va farqli
tomonlarini
aytishga
o‘rganadi.
Ona
tili
orqali
bolalar
o'z
ajdodlarining
tarixini,
madaniyatini,
qadriyatlarini, urf-odatlarini bilib oladilar, xalq og'zaki ijodiyoti, badiiy
adabiyot, san'at bilan tanishadilar.
Shunday qilib, ona tili maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalami ruhiy
jihatdan rivojlantirishda, ularning madaniy saviyasini oshirishda, tevarak atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib
olishlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin yaratishda,
mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatishda, aqliy va axloqiy
tarbiyani amalga oshirishda, dunyoni, borliqni bilib olishda, xalqimiz
madaniy merosini o'rganishlarida asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.
‘K.D. Ushinskiy. Tanlangan asarlnr. 0 ‘quvpeddavnashr. T., 1959. 398- bet.
Nutq bilan til o‘zaro chambarchas bog'liq. Nutq odamlarning til vositasida
aloqa bog'lashlaridir. Har bir kishining o‘z nutqi bor. Ammo ana shu nutqni
bir necha tilda ifodalash mumkin.
Til ijtimoiy hodisa bo'lganligi uchun ham u kishilarda mustaqil holda mavjud
bo'ladi,
Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq orqali aloqa bog'lashi
jarayonida vujudga kelgan va rivojlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolaning nutqi tashqi olam bilan bog’langan holda uchta vazifani bajaradi:
1)kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish.
Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo‘ladi. Bolaning
ilk bor aytgan birinchi so'zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik esa
bu so'z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o'sib borgani
sari nutq sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshla b bola o'z istakxohishini atrofdagi kishilarga tushunarJi tarzda ifodalay oladi, o'ziga qarata
aytilgan ’nutqni, so'zlar ma’nosini tushuna boshlaydi.
Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning
uchun muomala vositasi bo’libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish
vazifasini bajara boshlaydi; yangi so'zlar va so‘z shakllarini o'zlashtira borib,
tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik
haqidagi tasawurlarini kcngaytiradi.
Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan birgalikda xulqini
tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi.
Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so‘z—bu mumkin. munikin emas
hamda buyruq fe’li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bo'lib qoladi.
—
Mumkin emas! Qo‘ling kuyadi!—deb taqiqlash ohangi bilan aytilgan
gap, qo'lini issiq choyga olib borayotgan bolani bu harakatdan to'xtatadi.
Yoki kitobni yirtishga harakat qilayotgan kichkintoy qo'lidan kitobni
olayotgan onaning qat’iy ravishda:— Mumkin emas! Kitob ketib qoladi.
„Vali yomon bola ekan“ deb aytadi,— degan so'zlari bolani tartibli, intizomli
bo'lishga undaydi. Tartibli, intizomli bo'lish esa shaxsning asosiy sifatlaridan
biri bo'lib, undagi xarakter xususiyatlarining rivojlanishi uchun manba bo'lib
hisoblanadi.
Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq -atvorini
tartibga solib turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi
vositadir.
Biz nutq orqali, ya'ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz.
Tafakkur hamisha til vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o'zaro uzviy
bogliq bo'lgan jarayondir. Shuning uchun ham fikrning realligi tilda namoyon
bo‘ladi, deyilishi bejiz emas. Tafakkur jarayonida nutq — hukm, xulosa
chiqarish va tushuncha shakllarida namoyon bo'ladi.
Demak, kishilar til yordamida o'zlaridan ilgari yashagan kishilarning
hayotini, bo'lib o'tgan voqea va hodisalarni bilib oladilar. Shu bilan birga,
o‘zlari yashayotgan davrda bo'layotgan voqca va hodisalarni, yangiliklarni
o'rganib, bilib oladilar.
Til kishilarning eng qulay aloqa-aralashuv vositasidir.
Inson til orqali: a) o'z fikrini bayon qiladi— axborot beradi; b)
boshqalarning fikrini anglaydi — axborot qabul qiladi.
Nutqning bola xulqini tartibga soluvchi vazifasi ta’sirida bola tomonidan
nutqni egallash — bu ona tilining axloqiy tarbiyalash vositasi bo'lib
qolganligini bildiradi. Shu vaqtdan boshlab kattalar o'zlarining bolalarga
aytadigan so'zlariga, xulqlariga e’tibor berishlari kerak. Bola xulqini tartibga
solib tunivchi mumkin emas, mumkin, kerak kabi so'zlar bilan bir qatorda,
yaxshi, yomon kabi tushunchalarni ham farqlab boradi.
Mumkin so'zi yaxshi, foydali, oliyjanob ishga ruxsat berilganini
bildiradi.
Kerak so'zi yordamida esa iroda mashq qildiriladi, bolada o'z burchiga
munosabat shakllantiriladi: qishda qushlarga g'amxo'rlik qilish kerak; uy
ishlarida buvingga yordam berishing kerak; himoyasiz bolalarni himoya qilish
kerak.
Bola ona tilini o'zlashtirishi bilan birga, shu tilda samimiy murojaat etish
shakllarini ham o'rganib boradi.
Masalan, “O’qib bering!" deyishi o'rniga: “Hozir siz bizlarga nimani
o'qib berasiz?”, ”Siz bizga o'qib bera olmaysizmi?“ degan so'zlar bilan
murojaat qilishga o'rganadi. Yoki o'rtoqlaridan biron narsani so'rashda
„Menga ber!“ deb do'q ohangida gapirish о'гniga: „Mumkin bo'lsa,
qalamingni berib tur iltimos, koptogingni biroz o‘ynay“ kabi so'zlar bilan
samimiy murojaat etishga o'rganadilar.
Agar bola xushfe’l, oliyjanob, g'amxo'r, samimiy, meluiatsevar, jasur, rostgo'y,
kamtarin, sodiq kabi so'zlarning ma'nosini tushunsa, keyinchaliк bu so'zlar
axloqiy sifatlarini shakllantirish dasturi bo'lib qolishi mumkin. Bola sekin asta bu so'zlarning ma'nosini tushunish bilan birga, ularga qarama - qarshi
ma’noli— antonim so'zlarni topib ayta oladi: qo'pol, pastkash, dangasa, yovuz,
qo'rqoq, yolg'onchi, maqtanchoq.
Kichik yoshdagi bolalar hali bu so'zlarning ma’nosini tushunmaydi,
albatta. Avval ular qahramonlari o'zlarining mehnatsevarlik, g'amxo'rlik,
oliyjanoblik, mehribonlik, rostgo'ylik, sadoqat kabi sifatlarini namoyon
etadigan xalq ertaklarini, shen b’r, hikoya, masal va h. k. larni tinglaydilar.
Keyin esa o‘zlari ham ana shunday axloqiy fazilatlarga ega bo'lishni orzu
qiladilar.
Demak, ona tili bolaga birinchi estetik go'zallik darsini ham beradi.
Ashulalar, hazil-mutoyibalar, so‘z o'yinlari, she’rlar aytib bcrish, ertaklar
hikoya qilib berish jarayonida ham bolalarda go'zallikka intilish, undan
g‘ururlanish hissi vujudga keladi. Bularning barchasi ona tili orqali amalga
oshiriladi.
1.2. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida bolalar nutqini rivojlantirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga
ta’Iim va tarbiya berislida eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini
o'rgatish,
nutqini
o‘rgatishdir.
rivojlantirish,
nutqiy
munosabatga,
muomalaga
Nutq o'stirish uslubiyoti pedagogik fan bo‘lib, maktabgacha tarbiya
yoshidagi
bolalarda
nutqni
shakllantirishga
qaratilgan
pedagogik
qonuniyatlarni o'rganadi.
Nutq o'stirish uslubiyoti fanining asosiy vazifasi— nutq o u stirish uslubi
va uslubiyotlarini, ularning eng samarali vositalarini ilmiy-pcdagogik
asoslarda ishlab chiqish va bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotilari
tarbiyachilarini ular bilan ta’minlashdan iboratdir. Tarbiyachilar esa
o‘zlashtirilgan uslub va uslubiyot yordamida bolalarda zaruriy nutqiy malaka
va ko'nikmalami rivojlantirishga harakat qiladilar.
Nutq o”stirish uslubiyotining maqsadi bolalarning og'zaki nutqini
rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo'lish malakasini
shakllantirishdan iborat.
Nutq o'stirish uslubiyoti boshqa xususiy uslubiyotlar kabi quyidagi
savollarga javob beradi:
1)
nimaga o'rgatish kerak (bolalarda qaysi nutqiy malakalarni tarbiyalash
kerak); 2) qanday o'rgatish kerak (bolalar nutqini shakllantirishda qanday
sharoit, qavsi usul va uslubivotlardan foydalanish kerak); 3) nima uchun
xuddi shunday o'rgatish kerak (nutqni rivojlantirish uchun taklif etilayotgan
usullar nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslangan).
Nutq o'stirish uslubiyoti vazifasi o'z ichiga bir qancha maxsus xususiy
vazifalarni ham qamrab olgan. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotida
bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha quyidagi max sus, xususiy vazifalar
amalga oshiriladi:
1.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, boyitish.
2. Nutqning
grammatik tomonini shakllantirish.
3. Nutqning
tovush madaniyatini tarbiyalash.
4.
So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.
5.
Hikoya qilishga o'rgatish (monologik nutqni shakllantirish).
6.
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
7.
Bolalarni boshlang'ich savodga tayyorlash.
Ushbu vazifalar har bir guruhdagi bolalarning yoshi va individual
xususiyatlariga ko'ra quyidagicha taqsimlangan:
Birinchi va ikkinchi kichik guruhda.
1.
Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'atini boyitish.
2.
Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.
3.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
4.
So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.
5.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Ushbu guruhda hikoya qilishga (monolog nutqqa) o'rgatish bo'yicha
boshlang'ich ma’lumot berish belgilangan.
Kichik guruh bolalari tarbiyachining hikoyasini eshitib, uning savollariga
javob bcra olishi, mavzulardagi rasm yuzasidan suhbatlarda ishtirok etishi
bilan birga, avval eshitgan ertak va hikoyani xotirasida tiklab, uning
mazmunini buzmasdan aytib bera olishlari lozim.
O'rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar nutqini rivoj lantirish bo'yicha
quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak:
1.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug'atini
boyitish.
2.
Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.
3.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
4.
So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.
5.
Hikoya qilishga ( monolog nutq) o'rgatish.
6.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Maktabga tayyorlov guruhida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o‘stirish, lug'atini
boyitish.
2.
Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.
3.
Nutqning tovush inadaniyatini tarbiyalash.
4.
So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.
5.
Hikoya qilishga o'rgatish (monolog nutqni shakllantirish).
6.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
7.
Bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash.
I.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug'atini boyitish.
Lug'at ustida ishlash bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga
oshiriladi. Bolalarni tevarak-atrofdagi buyumlar, hodisalar, o'simliklar,
hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va h. k. lar bilan tanishtirish jarayonida
ularning nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, xarakterlarini so'zlar bilan
aytamiz.
Masalan, buyumlaming nomini anglatadigan: ko'zgu, taroq, sovun, tish va
kiyim cho'tkalari, palos, gilam, javon, karavot, xontaxta; sabzavotlarning nomini
anglatadigan: sabzi, karam, sholg'om, boclring, baqlajon; o'simliklar: daraxt,
gul, o‘t va boshqalar; mevalar: olma, nok, olcha, gilos, olxo‘ri va hokazolar; uy
hayvonlari: xo'roz, tovuq, ot, sigir, it, mushuk, qo'y, eshak\ ularning bolalarining
nomini bildiruvchi: joja, toychoq, buzoq, qo'zichoq, uloqcha, xo'tik; harakatlarni
ifodalovchi:
yuvinmoq,
artmoq,
pishirmoq,
layyorlamoq,
kir
yuvmoq,
daznwllamoq, ekmoq va boshqalar; sifatlarni bildiruvchi: katta, kichik, qizil,
sariq, ko'k, zangori, oq, qora, issiq, sovuq, shirin, achchiq va hokazo so'zlar
bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar lug'atiga
kiritiladi, buning natijasida ularning lug'ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida lug'at bilan ishlash dasturi mavjud bo'lib,
tarbiyachi bolalarga atrofdagilar bilan tez nutqiy muloqotga kirishib keta
olishiga yordam beradigan so'zlarni tanlab, maxsus usul va uslubiyot
yordamida ular nutqiga kiritib boradi. Bolalarni so'zlarning ma’nosini
tushunishga o'rgatibgina qolmay, balki bu so'zlarni o'z nutqlarida faol
ishlatishga ham odatlantirib boradi. Shuningdek, tarbiyachi bola lug'atining
qo'pol so'zlardan xoli bo’lishiga, shevaga oid (mahalliy) so'zlarni adabiv
tildagi so‘zlar bilan almashtirishga e'tibor berishi kerak.
2.
Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Lug'at tilning qurilish
material hisoblanadi. Grammatika esa gapda so'zlarning o‘zgarishi va
ularning
o'zaro
bog’lanish
usullarini
belgilaydi.
Bundan
tashqari,
grammatika tilning qurilish modelini (so'z yasovchi, so‘z o'zgartiruvchi)
belgilaydi.
Bola atrofdagilardan grammatik tomondan shakllangan nutqni eshitadi.
Eshitganining ma’nosiga tushunish bilan birga, tilning grammatik tomonini
egallaydi, modelini bilib oladi. Bola ona tilining barcha grammatik
shakllarini qancha erta o‘zlashtirsa, u aqliy j ihatdan shunchalik tez
rivojlanadi. Agarda bolalarda nutqning grammatik tomoni noto‘g‘ri
shakllansa, aqliy rivojlanishi kechikadi.
Shuning uchun tarbiyachi grammatikaning (morfologiya va sintaksis)
turli shakllarini o'zlashtirishga yordam beruvchi didaktik o'yin va mashqlarni
tashkil etadi. Masalan, kelishik qo'shimchasini o‘zlashtirish uchun „ Тор-chi,
men qayerda bo'ldim?" (katta guruhda); ikkinchi darajali gap bolaklarini
o‘zlashtirish uchun „Men boshlayman, sen esa oxiriga yetkaz!“, otning
kelishiklar bilan turlanishini o'zlashtirishda „Тор-chi, nima yetishmaydi?“,
fe'l zamonlarini o'zlashtirish uchun „Siz nima qilishni xohlaysiz?“ va
hokazolar.
3.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bola, eng avvalo, tilning
tovush tomonini egallashi kerak, ya’ni tovushlarni to'g'ri talaffuz etishi
lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash o'zbek tilining fonetikasi va
orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qilib, so'zlarda urg'uni to'g' ri
ishlatishga o'rganib oladi. Ona tilining intonatsion tomonini o'zlashtiradi
hamda so'zlami to‘g‘ri talaffuz qilishga odatlanadi. Ayniqsa, bola
atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo'layotganda samimiy ohangda, burro
va aniq gapirishga o‘rgatiladi. Har bir bolada nutqning bunday sifatlarini
tarbiyalash, kelgusi hayotida, ya’ni maktabda, o’quv yurtlarida ta’lim
olishda, mustaqil mehnat faoliyatida jamoa, jamiyat o‘nasida o‘z fikrlarini
to'liq va tushunarli qilib bayon etishda muhim ahamiyatga egadir.
Agarda tarbiyachi bola nutqidagi, tovush talafluzidagi nuqsonlar, ohang
va tempga, diksiyasiga (aniq, burro gapirish), nutqining mazmundorligi va
ifodaliligiga e’tibor bermasa, bunday nuqsonlar bilan maktabga borgan bola
bilimni o'zlashtira olmaydi va bu uning kelajakdagi mustaqil hayotida ham
o'zining salbiy ta’sirini ko'rsatadi, ya’ni nutqida nuqsoni bo‘lgan bolaning
nutqi boshqalarga tushunarsiz bo'ladi, o'z fikrini ifodalashda qiynaladi,
uyaladi, natijada gapirmaslikka harakat qilib, indamas, jizzaki bo'lib qoladi.
Bularning hammasi uning ruhiy rivojlanishiga ham ta’sir etadi.
4.
So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish. Bolalarga bilim va tarbiya
berishda so'zlashuv nutqiga (dialog) o'rgatish katta ahamiyatga egadir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan so'zlashish bolalarning kundalik
faoliyatlari va turli voqea-hodisalarni kuzatish natijasida hosil bo'lgan
tushunchalarni aniqlash va uni bir tizimga solishda eng zaruriy ish vazifasi
hisoblanadi. Bolada so'zlashuv nutqini shakllantirish — bu boshqalarning
nutqini tinglash va tushunish, so'zlashishni quvvatlash, savollarga javob
berish
va
so'rashdir
(savollar
berish).
Bola
so'zlashuv
nutqining
rivojlanganlik darajasi uning lug'at boyligiga, tilning grammatik tomonini
egallaganligiga bog'liqdir. Bolani so'zlashuv nutqiga o'rgatish uning madaniy
nutqni egallaganlik darajasiga ham bog'liqdir. Masalan, suhbatdosh bilan
so'zlashayotgan vaqtda o'zining va suhbatdoshining nutqiga doimo e'tiborli
bo'lish. suhbatdoshining nutqini aslo bo'lmaslik, savollarga odob b ilan qo'l
ko'tarib, ruxsat berilgach, javob berish, ,,ha“ yoki ,,yo'q“’ deb qisqa javob
bermay, balki shoshmay, o'ylab, so'ng to'liq, to'g'ri javob qaytarishga
odatlantirish lozim. So'zlashganda o'rtacha ovozda ftkrni tushunarli qilib
bayon etish, nutqning yoqimli bo'lishiga e'tibor berish, sluiningdek,
gapirayotgan vaqtda yerga, tevarak-atrofga qaramay, balki o'rtoqlariga
qarab, ikki qo'lini yonga tushirib, erkin, samimiy so'zlashishga o'rgatishi va
buni har mashg'ulotda bolalardan talab qilib borish zarur.
5.
Hikoya qilishga (monolog nutqqa) o'rgatish. Bolalarni
maktabga
tayyorlashda monolog nutqni rivojlantirish juda muhimdir. Monolog nutq
boladan o'z fikrini tushunarli va izchil bayon qilishni talab etadi, bunday nutq
turini esa bola 5 — 6 yoshda egallay boshlaydi. Chunki bu yoshda mantiqiy
tafakkur rivojlana boshlaydi, bolada katta so'z boyligi to'planadi, tilning
grammatik qurilishini egallab oladi. Nutqning monolog shakli bolalarga
ko'rgan narsalari haqida batafsil va izchil so'zlab berishga, o'z fikrlari ni
to'g'ri tuzilgan jumlalar orqali bayon qilishga imkon beradi.
Roc'langan nutq (monolog nutq) bolada boshqalarning hikoyasini
tinglashga va uni tushunishga. qisqa, o'zlariga tanish bo'lgan voqeani qayta
hikoya qilib berishga, ertakda ishtirok etuvchi qah ramonlarning gaplarini
ifodali aytib bera olish malakasining shakllanishiga yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi (katta guruh) bolalar rasmda tasvirlangan
narsalar, o'z hayotiga doir voqealar haqida oddiy hikoyalar tuzishga,
ko'rgazmali qurolsiz, mustaqil tarzda hikoya to'qishga o'rgatiladi. Bolalarni
hikoya qilishga o'rgatish ulaming aqliy rivojlanishiga yordam beradi, fikr
yuritish doirasi kengayadi, diqqat, tafakkur kabi psixologik jarayonlar
rivojlanadi, nutqi ifodali bo ‘lib boradi, bolada o'zini tutish va jamoa oldida
so'zlay olish malakasi hosil bo'ladi.
6.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalar badiiy adabiyoti keng
tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga va bola shaxsini har jihatdan kamol
toptirishga yordam beradi. U bolaning kishilar hayoti haqidagi bilimlarini
kengaytiradi, emotsional taassurotlarini boyitadi. Tarbiyachi bolalarni b adiiy
asarlar
bilan
shakllantiradi:
tanishtirar
ekan,
I.
asarlarni
Badiiy
u
bolalarda
tinglash
va
quyidagi
malakalarni
tushunish.
2.
Asar
qahramonlarining xatti-harakatlarini baholash. 3. Insonlardagi axloqiy
sifatlar va nuqsonlarni ta'riflab berish. 4. Adabiy asarning mazmuniga doir
savollarga javob qaytarish, kichik hajmdagi she’rlarni intonatsiyalarga rioya
qilib yodlab olish va ta’sirchan qilib aytib berish va h. k.
Bola hikoya, she'r, ertak tinglayotganida quvonadi, huzurlanadi. Bu
emotsional ta’sirlanish bolada badiiy adabiyotni estetik idrok etish, ya'ni uni
san’at asari sifatida his etish qobiliyatining paydo bo’lishiga, unda axloqiy
sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni badiiy asar
bilan tanishtirar ekan, har bir bolada kitobga nisbatan qiziqish va muhabbatni
tarbiyalashi kerak.
7.
Bolalarni
boshlang'ich
savodga
tayyorlash.
Maktabgacha
ta’lim
tashkilotida bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha olib boriladigan barcha
pedagogik ishlar ularni maktabga tayyorlashga qaratilgandir.
Maktabda to'g'ri og'zaki nutq, boshqalarni tinglay olish, ular nutqining
mazmunini tushunish, zarur bo'lganda o'rtog'ining javobini to'ldirish yoki
to'g'rilashda muhim manbalardan biri hisoblanadi. Nutq bolalar uchun tahlil
predmeti bo'lib qoladi, bu esa bolalardan zo'r aqliy kuchni talab etadi.
Shunday qilib, bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha har bir ish jarayoni
bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. Bu borada yuqorida bayon etilgan vazifalarning har biri o'zining
ta'limiy va tarbiyaviy jihatiga ega. Nutqni rivojlantirish jarayonida shaxsning
axloqiy sifatlari shakllantiriladi, aqliy va estetik tarbiyaning muhim
vazifalari hal etiladi.
2-BOB. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida nutqni rivojlantirish dasturi
va ona tilini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar
2.1. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida nutqni rivojlantirish dasturi,
uning ilmiy asosi, tuzilishi va mazmuni
„Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi" kabi „Nutq
o'stirish dasturi“ ham ilmiy asoslarga tayanib tuzilgan. Eng avvalo, „Nutq
o'stirish dasturi" o'zining butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama
rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, „Nutq o'stirish dasturi" bolala r
tomonidan og'zaki nutqni o'zlashtirish to'g'risidagi psixologiya fani
ma’lumotlari, bola bilish faoliyatining xususiyatlari to'g'risidagi nazariyaga
asoslangan. Shuningdek, dastur bolaning rivojlanishida nutq faoliyatining
roli to'g'risidagi nazariy asoslarga, didaktik prinsiplarga ham tayanib
tuzilgan: „Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta'lim-tarbiya dasturi"da „Nutq
o'stirish dasturi" har bir guruhda quyidagi bo'limlardan iborat qilib tuzilgan.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda:
1.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'at ustida
ishlash.
2.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish.
3.
Nutqning tovush madaniyalini tarbiyalash.
4.
So'zlashuv nutqini (dialog nutqni) shakllantirish.
5.
Bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish.
O‘rta va katta guruhlarda:
1. Tevarak-atrof
bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'at ustida ishlash.
2.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish.
3.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
4.
So'zlashuv nutqini (dialog nutqni) shakllantirish.
5.
Hikoya qilish (monolog nutq)ga o'rgatish.
6.
Bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish.
Maktabga tayyorlov guruhi:
1.
Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'at ustida ishlash.
2.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish.
3.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
4.
So'zlashuv nutqi (dialog nutq)ni shakllantirish.
5.
Hikoya qilish (monolog nutq)ga o'rgatish.
6.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
7.
Savod o'rgatishga tayyorlash.
Tarbiyachi dastur bo’limlarini va har bir bo’lim talablarini yaxshi bilishi
va uning mazmunini aniq belgilab olish malakasini egallagan bo'lishi kerak.
Masalan, tarbiyachi katta guruhdagi bolalarni „Tevarak-atrof bilan
tanishtirish va nutqini o'stirish ” bo'limida ko'rsatilgan obyekt yoki hodisa
bilan tanishtirishda lug'at ishiga qo'yilgan aniq talablarni yaxshi bilishi,
bolalarni turli savollarga javob berishga o‘rgatishi kerak. Chunonchi:
„Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya dasturi“ning nutq o'stirish
bo'limida katta guruhdagi bolalarni oshpazning mehnati bilan tanishtirish
tavsiya etilgan. Bolalar oshpazning mehnati bilan tanishish jarayonida
oshpazga
ovqat
pishirish
uchun
kerak
bo'ladigan
maishiy-xo'jalik
asboblarining (go'sht maydalagich, tova, qozon, kapgir, cho'mich, taxtakach
va h. k.), oziq-ovqat mahsulotlarining (karam, lavlagi, loviya, no'xat, qovoq,
sholg'om va h. k.), ovqatlarning (sho'rva, mastava, shavla, palov, moshxo'rda,
manti, lag'mon, do'lma, chuchvara, kotlet va h. k.), ovqatlarni pishirish bilan
bog'liq bo'lgan ish- harakatlarning nomlarini ( qovuradi, qaynatadi, suzadi va
h. k.) bilib oladilar va buning natijasida ularning lug'ati boyib boradi va
faollashadi.
Dasturda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirishga katta ahamiyat
berilgan. Bolalar nutqning grammatik tuzilishini kattalar bilan muomalada
bo'lish va taqlid qilish asosida asta-sekin o'zlashtirib boradilar. Nutqning
grammatik tuzilishini egallash murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir.
Shuning
uchun
ham
dasturda
nutqning
grammatik
tuzilishini
shakllantirish bo'yicha ish mazmuni har bir yosh guruhida bolalarning yoshi
va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan. Masalan,
birinchi va ikkinchi kichik guruhda bolalarga otlarni ko'plikda to'g'ri
ishlatish, sifatlarning ot bilan shaxs va sonda moslashuvini, fe’lning o'tgan
va kelasi zamonda ishlatishni mashq qildirish, ularni so'roq so'zlarning
intonatsiyasini
egallashga
tayyorlash
kabi
vazifalarni
hal
etish
rejalashtirilgan bo'lsa, o'rta guruhda esa bu vazifa ancha murakkablashadi.
Endi ushbu guruh bolalari nutqini morfologik va sintaktik tomondan
takomillashtirishga, otni kelishiklar bo'yicha to'g'ri turlashga, fe’llarni shaxs
va zamonda to'g'ri tuslashga o'rgatiladi.
Katta
va
tayyorlov
guruhlarda
nutqning
grammatik
tuzilishini
shakllantirish bo'yicha dastur vazifalari va ularning mazmuni ancha
murakkablashishi bilan ajralib turadi. Ushbu guruhdagi bolalarni o'z
nutqlarida uyushiq bo'lakli, yoyiq va qo'shma gaplarning turli xillaridan
(bog'langan qo'shma gap, ergashgan qo'shma gap), ko'makchi, bog'lovchi va
ravishlardan foydalanishga o'rgatish, otlarni ko'plikda (qo'ylar, jo'jalar,
uloqchalar) to'g'ri ishlatish kabi malakalar takomillashtiriladi.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish —„Maktabgacha ta’lim
tashkilotida nutqni rivojlantirish dasturi"ning muhim bo'limlaridan biri.
Tovush madaniyati ona tilidagi barcha tovushlarni to'g'ri talaffuz etishni,
diksiya
hamda
intonatsiyaga
bog'liq
bo'lgan
nutqning
ifodaliligin i,
so'zlashgan vaqtda to'g'ri nafas olish va chiqarishni, ovoz toni va tempini
tartibga solishni o'z ichiga oladi.
Dastur maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aniq, shoshilmay,
yetarlicha baland ovozda gapirishga, so'zlarni dona-dona qilib talaffuz
qilishga, unli va undosh tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga, intonatsiya
vositalaridan to'g'ri foydalanishga o'rgatish kabi vazifalarni amalga
oshirishni belgilab bergan. Dasturdagi ushbu vazifalar har bir guruhda,
bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga
oshirilib boriladi.
Bolalarni so‘zlashuv nutqiga o'rgatish. Bolalarni so'zlashuv (dialog)
nutqiga o'rgatish bo'yicha dastur talabida ularni butun guruh uchun berilgan
savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo'lib so'zlashishga, suhbatda
qatnashishga, o'rtoqlarining javobini qunt bilan tinglash va o'zi ham savol
berishga o'rgatilishi ko'rsatilgan. Shu bilan bir qatorda, tevarak -atrofdagi
kishilar bilan so'zlashganda samimiy, mazmunli gapirish kabi ijobiy xislatlar
ham tarbiyalanib boriladi.
Dasturda o'rta guruhdan boshlab bog'lanishli nutqni rivoj lantirish, ya'ni
hikoya qilishga (monologik nutqqa) o'rgatish mo'ljallangan. Dastur 4 — 5
yoshdan
boshlab
bolalarni
buyumlarni
tasvirlashga
(o'yinchoqlami,
o'simliklarni, kiyimlarni), ularning o'ziga xos belgilarini aytishga, qisqa,
bolalarga tanish ertaklarni, mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan,
hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyalami qayta hikoya qilishga o'rgatishni
nazarda tutadi. Dasturda katta va tayyorlov guruhdagi bolalarni ijodiy hikoya
qilish (tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak yoki hikoyani nihoyasiga
yetkazishga, taklif etilgan mavzuda alohida ertak yoki hikoya o‘ylab
topishga, taklif etilgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'qish)ga,
berilgan 3 — 4 so‘z asosida ertak yoki hikoya o‘ylab topishga, bolalarning
shaxsiy tajribalari, hayotiy mavzular asosida hikoya yoki ertak tuzishga
o'rgatish belgilangan.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalarni badiiy adabiyotga bo'lgan
qiziqishini rivojlantirishga dasturda alohida bo'lim ajratilgan. Bolalarning
adabiyotga bo'lgan qiziqishlarini va muhabbatini o'stirish va rivojlantirish
maqsadida ularga hikoyalar, she’rlar o'qib beriladi, ertaklar hikoya qilib
beriladi, she’rlar yod oldiriladi. Kitobdagi rasmlarni ko'rib chiqib, uni to'g'ri
idrok etish, asar mazmunini tushunib olish, qahramonlarning xattiharakatlarini baholay olish, badiiy so'z jozibasini his eta olish qobiliyatini
tarbiyalash kabi vazifalar dasturda ko'rsatilgan.
Dasturda katta va tayyorlov guruhidagi bolalarni savod o'rgatishga
tayyorlash uchun ham alohida o'rin ajratilgan. Bu bolalarni ikki, uch, to'rt
so'zdan iborat, ko'makchi va bog'lovchilarsiz gap tuzishga (masalan, „Koptok
dumaladi", „Chiroyli qo'ng'iroq“, „Ahmad koptokni oldi“, „Lola Ahmadga
koptokni irg'ityapti” va h. k. lar), so'zlarni bo'g'inlarga ajratishga (masalan,
Lo-la, qo‘-g'ir-choq, o'y-na-yap-ti) o'rgatadi.
„Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi“ dagi „Tevarakatrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish“ bo'limlarining ikkita xususiyati bor:
—
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ona tilini o'rgatish va shu orqali
bolalarning og'zaki nutqini rivojlantirishga asoslanganligidir.
Bolalar kundalik hayotdagi faoliyatlarida nutqdan mustaqil ravishda
foydalanadilar. Ammo ularni kattalar nazoratisiz qoldirilsa, nutqida ba'zi
nuqsonlar mustahkamlanib qoladi. Shuningdek, yaxshi tashkil etilmagan
mashg‘ulot, o'yin, mehnat, maishiy faoliyat ham bola nutqiga salbiy
ta'sir etadi. „Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturida ham
bola nutqini rivojlantirish bo'yicha ikkita ish turi ko’rsatilgan: birinchisi
— bolalarning barcha bog’cha xodimlari, tarbiyachilar hamda bir-birlari
bilan erkin muomalada bo'lishga o‘rgatish; ikkinchisi—nutq o’stirish
bo‘yicha mustaqil mashg’ulotlar. Bolalarni erkin muomalaga o'rgatish
quyidagi faoliyatlar jarayonida amalga oshiriladi: a) maishiy faoliyatda
(ertalabki
kiyim
almashtirishda, kiyinishda,
ovqatlanish
jarayonida,
yuvinishda va hokazo); b) sayr vaqtida; d) 0‘yin jarayonida; e) tevarakatrof bilan tanishtirishda (ijtimoiy hayot va yilning turli fasllaridagi
tabiat bilan); f) mehnat jarayonida (xo'jalik-maishiy, qol mehnati); g)
bayram
tadbirlari
vaqtida;
matematik tasavvurlarini
h)
boshqa
shakllantirish,
yelimlash, jismoniy tarbiya,
musiqa).
mashg’ulotlarda (elementar
rasm,
qurish, yasash,
qirqib-
Nutq o’stirish bo’yicha maxsus
mashg'ulotlar hamma guruhlarda „Tevarak-atrof bilan tanishtirish, ijtimoiy
hayot hodisalariga qiziqishni tarbiyalash“, „Nutq o'stirish“, „Badiiy
adabiyot“ , „Tabiat bilan tanishtirish va nutq o’stirish“ nomi bilan
berilgan. Bola nutqini rivojlantirishning asosiy vositalaridan (shakllaridan)
biri bu ta’limdir.
Ta'limning
asosiy
shakli
mashg'ulotdir.
Nutq
o’stirish
mashg‘ulotlarida bola o’z nutqini tarbiyachining namunaviy nutqi bi­lan
taqqoslashga, boshqa bolalar bilan o'quv materialini bajarishga, ya'ni
tarbiyachining tushuntirishini, hikoyasini tinglashga, birgalikda rasmlami,
diafilmlarni ko'rishga, suhbatlashishga, didaktik o’yinlarda ishtirok etishga,
birgalikda kuylashga, musiqa tinglashga, ma’lum bir obyektga diqqatini
qarata olishga, navbat bilan gapirishga o’rganadi. Bolalar mashg’ulotda
yangi bilimlar (voqea va hodisalar o‘rtasidagi bog’lanishlarga taalluqli
so'zlar,nutqning grammatik shakllari) bilan tanishadilar, tarbiyachining
nutqiy ko’rsatmasi orqali o'quv ishlarini bajarishga, o‘z ishlariga baho
berishga o‘rganadilar.
Ona tilini o‘rgatish mashg‘ulotlarini didaktik maqsadiga ko‘ra
quyidagi tiplarga ajratish mumkin:
yangi materialni bayon etuvchi
mashg‘ulotlar,
ko‘nikmalarni
bilim,
malaka va
mustahkamlovchi
mashg‘ulotlar,
bilimlarni umumlashtiruvchi va bir tizimga soluvchi
mashg‘ulotlar,
yakunlovchi
yoki
tekshiruvchi-hisobga oluvchi-sinovchi
aralash mashg'ulotlar.
Har bir tarbiyachi mashgkulot)arni tashkii etishda quyidagi didaktik
talablarga qat’iy rioya qilishi lozim:
1. Mashg'ulotga oldindan puxta tayyorlanish, uning mazmunini, ta ’lim
usullarini aniqlash.
2. Aqliy ish bilan bandlik yukini to ‘g‘ri taqsimlash (aqliy zo’riqishni
oldindan bclgilash).
3. Mashg’ulotning tarbiyaviy xarakterga ega bo'lishi.
4. Mashg‘ulotning jo‘shqinlik xarakteriga ega bo’lishi.
5. Ta’lim usullarini mashg’ulotning tuzilishiga qarab tanlash.
6. Mashg'ulotning hamma bosqichlarida har bir bolaning nutqiy faolligini
o'stirish.
7.
Ta’limning
kollektiv
xarakter
kasb
yondashish bilan birga qo'shib olib borish.
etishini
bolalarga individual
8. Mashg'ulotni to‘g ‘ri tashkil etish.
9. Mashg‘ulot natijalarini hisobga olish.
10. O‘tilgan materialni boshqa mashg‘ulotlarda yoki boshqa faoliyatlarda
mustahamlash.
2.2. Tevarak-atrofni tanishtirish bo’yicha tayyorlov guruhlarida ona tilini
rivojlantirishga qaratilgan “Havo. Suv va yer usti transporti” mavzusida
amaliy faoliyat ishlanmasi
Guruh: Katta guruhlar uchun
Hafta mavzusi: “Havo. Suv va yer usti transporti ”
Ta’limiy faoliyat maqsadlari
Ta’limiy: tarbiyalanuvchilarni transport turlari bilan tanishtirish, ularda kasb- larga
nisbatan qiziqish uyg'otish;
Rivojlantiruvchi: suhbat, o’yin vositasida bolalarning nutqini o’stirish;
Tarbiyaviy: jamoada o’zaro yordam ko’nikmasini shakllantirish.
Kerakli jihozlar: АКТ, turli transport maketlari.
Ta’limiy faoliyatning borishi
Tarbiyachi: - Assalomu alaykum, sevimli tarbiyalanuvchilarim. Hozir
yarim aylana shaklida o’tirib olamiz va keyin mashg'ulotimizni boshlaymiz.
Bugungi ta’limiy faoliyatimizda sizlar bilan suv, havo, yerdagi transport vositalari
haqida suhbatlashamiz. Hozir esa mana bu topishmoqqa javob beringlar.
Chorrahada uch chiroq,
Xizmat qilar hammaga.
Bir-bir yonib, bir o’char,
Ish qolmas muammoga.
Xo’sh, bu nima?
Bolalar: - Bu - svetofor.
Tarbiyachi: - Bilasizlarmi, bolajonlar, yerdagi barcha transport vositalari
svetofor bilan boshqariladi. Poyezd ham yer usti transporti sanaladi, u odam, yuk tashishga mo’ljallangan bo’ladi.
Suv transportiga esa kema, paroxod, qayiqlar kiradi. Ular suvda suzadi. Hozir
diqqatingizni monitorga qarating va unda tasvirlangan kemalarni tomosha qiling.
(Monitorda kemalar surati ko’rsatiladi.)
Tarbiyachi: - Bolajonlar, kemalar sizga yoqdimi, ular qaysi rang va
shaklda
ekan?
Bolalar: - Kemalar och havo rangda va katta shaklda ekan.
Tarbiyachi: - Endi esa sizlar bilan havo transporti haqida gaplashamiz.
Samolyot, vertolyot havo transporti hisoblanadi. Ular odamlar va yuk tashishga
mo’ljallangan. Kelinglar, hozir qo’llarimizni ikki yonga ochib, o’zimizni xuddi
samolyotdek tasavvur qilamiz.
Men uchaman, uchaman,
Bulutlarni quchaman.
Manzilga tez yetkazib,
Osmonlarda suzaman.
Tarbiyachi: - Bolajonlar,
endi
mana
topishmoqlarga
bu
javob
beringlar-chi.
Uch ko’zli qarang,
Yonar rang-barang. (Svetofor)
Cho’zilib yotar narvon,
Undan o’tar uy karvon. (Poyezd)
Uzoqlarga uchsa ham,
Talpinib qanot qoqmas. (Samolyot)
Tarbiyachi: - Bolajonlar, endi sizlar bilan so’z o’yini o’ynaymiz. Men
birorta so’z aytaman, sizlar o’sha so’zga bog‘liq yana boshqa so’z aytishingiz
kerak.
Rul - mashina Avtobus - o’rindiq Poyezd - yoiovchi Kema - suv Yo’l
- svetofor Osmon - samolyot
Tarbiyachi: - Bolajonlar, endi men sizlarga transport vositalari haqida bir
er- tak aytib beraman. Bir kuni hamma transport vositalari bir yerga yig‘ilishibdi.
U yerda havo transportidan samolyot, vertolyot, yer usti transportidan mashinalar,
poyezd, avtobus, suv transportidan kema, paroxod bor ekan. Samolyot gerdayib
turar, kichik mashinalarni mensimas, kema esa undan ham kekkayibroq o’zidar
kichkina qayiqlarga qarashni ham istamay turarkan. Mashinalar ichidan laset ti,
neksiya esa sparkni “Kichkinaligini qaranglar”, deb uning ustidan kulishibdi
Hamma transport vositasi o’zining chiroyliligi, imkoniyatlari bilan maqtana bosh
ladi. Birpasda qiy-chuv bo’lib ketibdi, mashinalar signalini bip-biplatar, poyezi
esa ovozini balandlatar, xullas, hech kim bir-birini eshitmas ekan. Shunda ularni
kuzatib jim turgan yuk mashinasi kelibdi-da, “Jim bo’linglar!” debdi. Yuk
mashinasining salobati bosibdimi, harqalay, transport vositalari jim bolishibdi.
Shunda yuk mashinasi vazmin ohangda gap boshladi:
-
Hamkasblar, hammamiz qaysi turga kirishimizdan qat’i nazar, transport
vositasi sanalamiz. Bizning vazifamiz odamlarga xizmat ko’rsatishdan iborat.
Yo’lovchilar o’z manziliga eson-omon yetib borsa, vazifamizni bajargan
bo’lamiz. Hech qaysi mashina o’zining chiroyliligi yoki tashqi ko’rinishi bilan
maqtanmasin. Buning o’rniga odamlarga qanday qilib sifatli xizmat ko’rsatsam
ekan, deb o’yla- sin. Agar yo’lovchilarni xursand qilsangiz, ularning o’zlari sizni
hurmat qiladi va qadrlaydi. Agar hadeb maqtanchoqlik qilaversangiz, unda sizni
odamlar yoqtirmay qolishadi. Qani, endi hammamiz ish-ishimizga tarqalaylik,
qancha odam manziliga yetolmay bizni izlayotgandir-a?
Yuk mashinasining bu gapidan keyin hamma transport vositalari indamay
tarqalib ketishibdi.
Tarbiyachi: - Bolajonlar, endi esa mana bu savollarga javob beringlar:
Yer usti transportiga nimalar kiradi?
Kema va paroxodni qaysi transport turiga kiritish mumkin?
Havo transportiga nimalar kiradi?
“Spark”, “Neksiya”, “Damas” mashinalari qaysi transport turiga kiradi?
Qurish va konstruksiyalash, matematika markazi
Garaj quramiz
Maqsad: bolalar konstruktordan ixtiyoriy avtoturargoh qurishni, avtoturargoh
nima uchun kerakligini, turli xil ranglarni tanlashni va shakllarni o’rganishlari
kerak.
Kerakli jihoz va materiallar: konstruktor, lego.
Faoliyatning borishi:
1. Garaj rasmini kuzatish.
2. Bolalar bilan garaj qurilishini rejalashtirish.
3. Garaj qurish.
4. Qurilgan garajni namoyish qilish.
Qo’shimcha: tarbiyachi bolalarga o’z ishlarini mashinalar bilan boyitishni tavsiya
qilishi
mumkin.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarning jamoa bo’lib ishlashiga, avto turargohning
xavfsizligiga va ko’p tarmoqliligiga e’tibor qaratiladi.
Xulosa
Bir so’z bilan aytganda Prezidentimizning 2019 yil 8 may kuni O'zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
"O'zbekiston
Respublikasi
maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to'g'risida"gi qarori, 30 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda "O'zbekiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to'g'risida"gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Yurtboshimiz
Sh.Mirzoyev o'z ma'ruzalaridan birida quyidagi fikrlarni ta'kidlab o'tadi
"Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida
gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fíkrlarini takror va takror aytishga
to'g'ri keladi: ta'lim-tarbiya - biz uchun hayot-mamot masalasidir"
Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko'ra, inson o'z umri
davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan
davrda oladi. Ana shu dalilning o'zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo'lib
voyaga yetishida maktabgacha ta’lim tarbiyasi va tarbiyachilari qanchalik katta
ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko'rsatib turibdi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy
mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilg'or pedagogik texnologiyalarning izchil
metodlari mohiyatini to'liq anglashi va ulardan mashg'ulotlarida mohirona
foydalanishi bilan bir qatorda til me'yorlarini ham puxta o'zlashtirmog'i zarur. Ta'lim
jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim samaradorligini
oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish jarayonida millay tildan foydalanish
bugungi kunning muhim vazifalaridan biri. Zero, tarbiyalanuvchilarning ongi,
dunyoqarashini
ishtirokchiga
o'stirish,
aylantirish
ularni
mashg'ulotlarda
nihoyatda
muhimdir.
erkin
fikrlaydigan
Tarbiyachi
erkin
mashg'ulotda
boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmog'i lozim. Ana shu vazifani
uddalashda til me'yorlaridan samarali foydalanish ko'p qirrali samara keltiradi.
Maktabgacha ta'limda ko'proq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olgan
holda u bilan muloqot qilish lozimligini unutmaslik kerak. Oddiy, oson va soda so'z
va jumlalar ishlatib o'yin mashqlarini olib borish yaxshi samara beradi. Ko'proq
atrof-muhit bilan bog'lab o'tilgan mashg'ulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin
fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko'nikmasini, ya'ni hayotiy
kompetensiyasini rivojlantiradi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, farzandlarimizning
o'zbek adabiy tilda chiroyli nutq egasi bo'lishini ta'minlash ota-ona va
tarbiyachilarga bogliq.
Agar bola kichik yoshidan boshlab to'g'ri gapirishga (so'zlashishga) o'rgatib
borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya'ni awa l tasavvur etish,
keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir
yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel)
ravishda iroda kabi mhiy jarayon ham takomillashib boradi. Ko'pgina tajribalar
shuni ko'rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola toliq shaxs sifatida kamol topmaydi.
Demak, tarbiyachi bar doim shuni esda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarda barcha jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir .
Download