ROBOTEXNIKADA SUN’IY INTELLEKT FANI DOIRASIDA MUSTAQIL ISH VAZIFALARINI BAJARISH BO’YICHA KO‘RSATMALAR Mustaqil ishning tarkibi Mustaqil ish hajmi 10-15 varaq atrofida bo‘lib quyidagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak: titul varog‘i(1-ilova); mundarija; kirish (olib boriladigan izlanish masalasini qo‘yilishi); muammoning holatini tahlili; qilingan ish bo‘yicha olingan natijalar, xulosalar va takliflar; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; ilova (mavjud bo’lsa). Mustaqil ishni rasmilashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar. Mustaqil ish kompyuterda tayyorlanib hisobot qismini bayon qilish kompyuter matnida (A4 o‘lchamida), hajmi 10-15 betdan iborat (shrift o‘lchami 14 nomi Times New Roman) va uning chizmalari A4 o‘lchamida 2-3 varaqni tashkil qilishi kerak, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm, yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm qoldirib matn joylashtiriladi. Varaqning pastki qismining o‘rtasiga sahifa nomeri qo‘yiladi. Grafik yoki chizmalar kompyuterda yoki qalamda chizg‘ichdan foydalanib GOST larga rioya qilingan xolda amalga oshirilishi kerak. Rasmlar nomi 1-rasm. Rasm nomi shaklida rasmning patki qismi o’rtasidan yozilishi kerak. Jadvallar nomi 1-jadval. Jadval nomi shaklida jadvalning o’ng tepa qismidan yozilishi kerak. Kirish. Bu bo‘limda mashinali o’qitishni tadbiq soxalari haqida ma’lumot keltiriladi. Mustaqil ish maqsadi yoritiladi. Kirish qismining hajmi 2-3 betdan oshmasligi kerak. Asosiy qismida. Asosiy qismda berilgan vazifa doirasida mavzuga tegishli ma’lumotlar ko’rib chiqiladi hamda ko’rilayotgan masalaning aniq natijalari (ma’lumotlari) keltiriladi. Bunda berilgan ma’lumotlar aniq misollar va asoslar asosida berilishi, statistik ko’rinishda chizmlar va rasmlar bilan to’ldirilishi lozim. Asosiy qismni yoritishda muallifning fikrlari ham bo’lishi talab etiladi. Xulosa qismida umumiy qilingan ish bo‘yicha asosiy xulosalar kelitiriladi va kelajakda qilinadigan ishlar yoki takliflar ko‘rsatiladi. Hajmi 1-2 bet bo‘lishi mumkin. Adabiyotlar ro‘yxati mustaqil ishning bajarilishida foydalanilgan ilmiy maqola (mualliflar, maqola nomi, qachon va qayerda chop etilganligi), Internet resurslar manzili, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati alfavit tartibida yoki chop etilgan yilini o‘sib borish tartibida tuziladi. Ilova qismida mavzuni kengroq yoritish uchun kerak bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot, jadval, grafiklar, sxemalar, dastur kodlari berilishi mumkun. Mustaqil ishni baholash mezonlari. Mustaqil ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi: 1. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi; 2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi; 3. Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi; 4. Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan foydalanilganligi; 5. Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va maqolalardan foydalanilganligi; 6. Mustaqil ishni himoya qilganligi va savollarga javob berganligi. Mustaqil ish uchun 5 ball ajaratilgan bo’lib, barcha rasmiylashtirish qoidalarida rioya qilingan taqdirda va mavzu ishda to’liq yoritilgan bo’lsa max 3 ball qo’yiladi. Agar ish himoya qilinsa 2 ball olish imoniyati bo’ladi. Mustaqil ishga qo’yiladigan ball himoya qilinganlik darajasiga qarab yuqori baholanadi. Mustaqil ishni himoya qilish uchun: 1. Mavzu bo‘yicha og‘zaki ma’lumot tayyorlash lozim. Ma’lumotni bayon qilish vaqti – 5 ... 7 daqiqa. 2. Namoyish etish uchun qilingan ishning asosiy mazmunini yoritib beradigan 4 yoki 5 ta slaydni MS Power Point dasturi yordamida tayyorlash kerak. Mustaqil ish mavzusini tanlash va bajarish. 1. Mavzu quyida keltirilgan 1 - jadval asosida olinadi. 2. Mustaqil ish mavzulari haftaning Dushanba va Juma kunlari soat 15:00 dan 16:00 ga qadar F bino 404 xonada qabul qilinadi. 3. Bir xil (ko‘chirilgan) ishlar baholanmaydi!!! Robotexnikada sun’iy intellekt fani doirasida talabalar tomonidan mustaqil o‘qib o‘rganishlari uchun keltirilgan mavzular ro‘yxati 1-jadval № Mustaqil ish mavzulari 1 Mashina o’qitish turlari, o’qituvchili va o’qituvchisiz o’qitish algoritmlari. 2 O’qituvchisiz (Unsupervised) o‘qitish algoritmlari 3 Mashinali o‘qitishda chiziqli regressiya masalasi. Bir o‘zgaruvchili chiziqli regressiya. 4 Mashinali o‘qitishda chiziqli regressiya masalasi. Ko‘p o‘zgaruvchili chiziqli regressiya 5 Mashinali o‘qitishda logistik regressiya masalasi. 6 SVM algortimi 7 k-means algortimi 8 Bilimlarni taqdim etishning Freym usuli 9 Sun’iy intellektda sinflashtirish masalalari. 10 Mashinali o‘qitish uchun kerakli instrumental vositalar (Octave/Matlab/Python/) tahlili. 11 Mashinali o‘qitish jarayonining umumiy qadamlari. 12 Sinflashtirish masalasi uchun softmax regressiya funksiyasidan foydalanish 13 Chiziqli regressiyada Cost funksiyani hisoblash 14 Logistik regressiyada Cost funksiyani hisoblash 15 Mashinali o‘qitishda chiziqli algebra amallaridan foydalanish. 16 Chiziqli regressiya modelini qurida gradiyentli tushish (gradient descent) algortimi 17 Sinflashtirish masalasi uchun logistik regressiya funksiyasidan foydalanish 18 Random forest algoritmi 19 Bilimlarni taqdim etish usullari 20 Python ning sklearn kutubxonasi imkoniyatlari 21 Sun’iy intellektda samaradorlikni baholash usullari. Tartibsizlik matritsasi (confusion matrix) 22 Sun’iy intellekt masalalarini yechishga mo’ljallangan python kutubxonalari 23 Sun’iy intellektda o’rgatuvchi tanlama(datasetning) ahamiyati 24 Sinflashtirish jarayonida ehtimollik qiymatlarini hisoblash va qarorlar chegaralarini aniqlash (decision boundry) 25 Klasterlash usullaridan foydalanish, Ilova 1 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUXAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI «Sun’iy intellekt» kafedrasi MASHINALI O‘QITISHGA KIRISH FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: «Mashina o‘qitish turlari, o‘qituvchili va o‘qituvchisiz o‘qitish algoritmlari» Bajardi: ________ guruh talabasi __________________________ «__» _______________ 20__ y. Qabul qildi: _________________ Ball _____________ «__» _______________ 20__ y. Toshkent - 2023