Uploaded by Sarvarbek Ismayilov

2- маъруза. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. S

advertisement
2- МАЪРУЗА. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va
simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16)
standartlari
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga
bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir.
Kompyuter tarmoqlarini ko‟pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi
jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‟ra global, mintakaviy va lokal (mahalliy)
tarmoqlar farqlanadi.
Qo‟llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki
xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda
tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko‟pgina
foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo‟lgan bosh komp`yuter resurslarini
taqdim etishga mo‟ljallangan. U „fayl-server‟ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning
asosiy resursi fayllar bo‟lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki
ma`lumotlarga ega fayllar bo‟lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng
umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko‟p bo‟lishi
kerak, chunki undan ko‟pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir
qancha fayl - serverlar bo‟lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning
birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini
sanab o‟tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma.
Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko‟pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun
ruxsat beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning
asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server
orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig‟idagi interfeys rolini bajaruvchi
uncha katta bo‟lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy
ta`minoti resurslardan jamoa bo‟lib foydalanishgagina mo‟ljallanib qolmay, ularni
qaytaishlash va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga
mo‟ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo‟linmadan
iborat: Serverning dasturiy ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy
ta`minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar
foydalanuvchining komp`yuterida bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida
ishlaydigan dastur - serverga so‟rov jo‟natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini
qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi
komp`yuteriga faqat bajarilgan so‟rov natijalari yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi
serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko‟p) bilan
ishlashga mo‟ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi
(ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta
ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta
serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o‟tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari
ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun
so‟rash imkonini beradi.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob‟yektlar
tarmoq ob‟yektlari deyiladi. Tarmoq ob‟yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar
kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni
territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish
mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy)
tarmoqlar. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda
joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar orasida aloqa bunday
tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida
amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni
birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan,
biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan
cheklanishi mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli
ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i
keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga
erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar
orasida» ma‟nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning
uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning
ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi
kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten
muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa
ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin.
Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Bunday
tamoyillar
asosida
kompyuter
tarmoqlarining
standart
texnologiyalarini tavsiflash mumkin (2.1.-rasm).
2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi
Global tarmoqlar
Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan
kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area
Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan
telefon tarmoqlaridan ko‟p xususiyatlarga ega edi. Katta masofalarga yuqori sifatli
aloqa liniyasini yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global
tarmoqlarda ko‟pincha avval boshqa maqsadlar uchun qurilgan aloqa kanallaridan
foydalanilgan. Masalan, ko‟p yillar davomida global tarmoqlar vaqtning har
momentida faqat bitta analog shakldagi so‟zlashuvchi uzatishga qodir bo‟lgan
tonal chastota kanallari asosida qurilgan. Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi
ko‟p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog‟liq bo‟ldi. 60-yillar oxiridan
telefon tarmoqlarida ovozni raqamli ko‟rinishda uzatish keyinchalik ATS va
foydalanuvchilarni ulovchi, bir vaqtda o‟nlab va yuzlab so‟zlashuvlarni uzata
oluvchi yuqori tezlikli raqamli kanallar paydo bo‟lishiga olib kelgan. Birlamchi,
ya‟ni asos tarmoqlar uchun plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital
Hierarchy, PDH), ishlab chiqildi. Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda
ishlagan. Lekin 80-yillarda sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital
Hierarchy, SDH) paydo bo‟ldi va raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s
tezlikkacha kengaytirdi, spectral multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave
Division Multiplexing, DWDM) esa – yuzlab gigabitdan xatto sekundiga bir necha
terabitgacha.
Hozirda global tarmoqlar ko‟rsatilayotgan servislar xilma-xilligi va sifati
bo‟yicha ancha keyin yaralgan bo‟lsada bu borada uzoq vaqt peshqadam bo‟lgan
lokal tarmoqlar bilan raqobalasha oladilar.
Lokal tarmoqlar
Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – katta bo‟lmagan hududda,
odatda 1-2 km radius atrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy
olganda lokal tarmoq bir tashkilotga tegishli bo‟lgan kommunikatsiya tizimidir.
Hisoblash texnikasi foydalanuvchilarining ehtiyojlari ortib bordi. Ularni endi
o‟z kompyuterlarida boshqalardan uzilgan holda ishlash qoniqtirmay qoldi, ular
boshqa bo‟limdagi foydalanuvchilar bilan avtomat rejimda kompyuter
ma‟lumotlarini almashishni istashardi. Shunday qilib tashkilotning ichki lokal
tarmoqlari vujudga keldi.
Avvaliga kompyuterlar bir-biri bilan standart bo‟lmagan dasturiy-apparat
vositalari yordamida ulangan. Aloqa liniyasida o‟z ma‟lumotni taqdim etish usuli,
o‟ziga xos kabeldan foydalaniluvchi turli xildagi ulash qurilmalari faqatgina qaysi
modeldagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan bo‟lsa, shu turdagi
kompyuterlarni ulashi mumkin bo‟lgan, masalan PDP-11 mini-kompyuterini IBM
360 meynfreymi bilan yoki "NAIRI" kompyuterlarini "DNEPR"kompyuterlari
bilan.
80-yillar o‟rtalarida lokal tarmoqlardagi holat keskin o‟zgara boshladi.
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning standart texnologiyalari tasdiqlandi Ethernet, Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq esa - FDDI. Ularning
paydo bo‟lishiga shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi katta turtki bo‟ldi. ShK lokal
tarmoqlarda nafaqat mijoz kompyuterlar sifatida, balki ma‟lumotlarni saqlash va
qayta ishlash markazlari, ya‟ni tarmoq serverlari sifatda avvalgi mini-kompyuterlar
va meynfreymlarni siqib chiqara boshladi.
90-yillar oxirida klassik Ethernet 10 Mbit/s, Fast Ethernet 100 Mbit/s va
Gigabit Ethernet 1000 Mbit/s ni o‟z ichiga olgan Ethernet oilasi lokal
texnologiyalarining lideri ekani yaqqol namoyon bo‟ldi.
Ma‟lumotlar jo„natish usullaridagi yaqinlashuv, optik-tola aloqa liniyalari
bo„yicha ma‟lumot jo„natishning raqamli platformasida o„tkaziladi. Raqamli
kanallarning yuqori sifati, global kompyuter tarmoqlari protokollariga bo„lgan
talablarni o„zgartirdi. Global tarmoqlarning frame relay va ATM kabi yangi
texnologiyalari paydo bo„ldi. Bu tarmoqlarda bitlarning yedirilishi shunchalik
kamligi uchraydiki, hatto xato paketni yo„qotish va uni yo„qotish bilan bog„liq
barcha muammolarni esa, frame relay va ATM tarmoqlari tarkibiga bevosita
kirmaydigan yuqori darajadagi dasturiy ta‟minotga qayta topshirish samaraliroqligi
tahmin qilinyapti.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga, IP protokolining ustuvorligi
katta hissa qo„shdi. Bu protokol bugungi kunda lokal va global tarmoqlar
texnologiyalaridan ustun bo‟lib Ethernet, Token Ring, ATM, frame relay- turli
quyi tarmoqlardan bitta tarkibiy tarmoq yaratish uchun ishlatilib kelinmoqda.
Tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan 90-yillar kompyuter global tarmoqlari,
o„z xizmat to„plamlarini kengaytirdi va bu borada lokal tarmoqlarga yetib oldilar.
Multimediya nomini olgan barcha ma‟lumotlar – surat, videofilm, ovoz va
boshqalar kabi real vaqtda foydalanuvchiga katta hajmdagi ma‟lumotlarni yetkazib
berish bilan bog„liq ishlarni bajaruvchi xizmatlarni yaratish imkoni tug„ildi.
Yaqqol misol - bu asosan Internetga ma‟lumotlarni jo„natuvchi bo„lib qolgan
World Wide Web gipertekst ma‟lumot xizmatidir. Lokal va global tarmoqlar
yaqinlashuvi ko„rinishlaridan biri, lokal va global tarmoqlar orasidagi oraliq
holatni egallovchi katta shahar masshtabidagi tarmoqlarning paydo bo„lishi
hisoblanadi. Shahar tarmoqlari yoki megapolislar tarmog„i (Metropolitan Area
NetWorks, MAN) yirik shahar hududiga xizmat ko„rsatish uchun mo„ljallangan.
MAN turidagi zamonaviy tarmoqlar, o„z mijozlariga har xil turdagi
kommunikatsiya vositalari, shu jumladan ofis ATSlarini birlashtirish imkonini
beruvchi xizmatlar xilma xilligi bilan ajralib turadi.
2.2-rasmda lokal hisoblash tarmoqlari (LAN), shahar (MAN) va global
tarmoqlar (WAN) uchun ishlatiladigan alternativ kirish texnologiyalari orasidagi
raqobatning asosiy qismlari ko„rsatilgan.
2.2.-rasm. Simsiz va mobil texnologiyalari konvergensiyasi
Kabel tarmoqlari bo„yicha Internetga kengpolosali kirish va Wi-Fi birikmasi,
hamda PSTN mis simlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda,
ofisda, jamoat xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa
joylarda Internetga simsiz ulanish bilan ta‟minladi.
3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga xohlagan joydan ulanish uchun, Wide
Area Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an‟anaviy ovoz
xizmatlari takliflarini kengaytiradi. Mobil va o„tkazish tarmoqlari konvergensiyasi
jarayoni, yuqori hisoblash quvvati bo„lgan va o„rtacha narxda Internetga chiqish
uchun simsiz texnologiyalar to„plamiga ega bo„lgan mobil telefonlar va KPK,
noutbuk kabi boshlang„ich iste‟molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish
bilan kuzatildi. Internet orqali ovozli telefoniya (VoIP) an‟anaviy telefoniya bilan
raqobatlasha boshladi. Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an‟anaviy
telefon aloqasiga raqobatchi xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish
(WBA) texnologiyalari mobil tarmoqlari bilan xususiy va jamoat binolarida,
hamda, shahar tarmoqlari darajasida raqobatlashadilar.
IEEE 802.х standartlari. 1980 yilda IEEE 802 LAN standartlashtirish
qo'mitasini tashkil etdi, natijada IEEE 802.x standartlari oilasi qabul qilindi, bu esa
LANning quyi pog‟onalarini loyihalash bo'yicha ko'rsatmalar beradi. Keyinchalik
ushbu qo'mita faoliyati natijalari ISO 8802-1 ... X xalqaro standartlari to'plamiga
asos bo'ldi. Ushbu standartlar Ethernet, ArcNet va Token Ring uchun juda keng
tarqalgan vendorlar standartlarga asoslangan edi.
IEEE dan tashqari LAN protokollarini standartlashtirish bo'yicha ishlarda
boshqa tashkilotlar ham qatnashdilar. Shu tariqa, optik tolada ishlaydigan
tarmoqlar uchun ANSI, Amerika Standartlashtirish Instituti 100 Mbit/s
ma'lumotlarni uzatish tezligini ta'minlaydigan FDDI standartini ishlab chiqdi.
IEEE 802.x oila standartlari yetti pog‟onali OSI modelining atigi ikkita pastki
pog‟onani qamrab oladi – fizikaviy va va kanal. Buning sababi shundaki, aynan
shu pog‟onalar mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Tarmoqdan boshlab yuqori pog‟onalar mahalliy va global tarmoqlar uchun asosan
umumiy xususiyatlarga ega. Mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyati,
shuningdek, kanal pog‟onasini ikkita qismga bo'linishida ham aks etadi, ular
ko'pincha sathlar deb ham ataladi: Logical Link Control (LLC) – mantiqiy kanalni
boshqarish; Media Access Control (MAC) - vositalarga kirishni boshqarish.
MAC sathi umumiy muhitni to'g'ri bo'lishishini ta'minlaydi, uni u yoki bu
tarmoq tuguni ixtiyorida ma'lum algoritmga muvofiq ravishda ta'minlaydi.
Zamonaviy mahalliy tarmoqlarda MAC ning bir nechta protokollari keng tarqalib,
umumiy uzatish vositaga kirish uchun turli algoritmlarni amalga oshirdi. Ushbu
protokollar Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit-Ethernet, Token Ring, FDDI kabi
texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlarini to'liq aniqlaydi.
LLC sathi ma'lumotlar kadrlarini turli ishonchlilik darajalari bilan tugunlar
o'rtasida uzatish uchun javobgardir, shuningdek, qo'shni tarmoq pog‟onasi bilan
interfeys funktsiyalarini bajaradi. Aynan LLC orqali tarmoq protokoli kanal
pog‟onasidan kerakli transport bilan ishlashni talab qilinadigan sifat bilan talab
qiladi. LLC ushbu pog‟onadagi kadrlarni tiklash protseduralari mavjudligida yoki
yo'qligida, ularning yo'qolishi yoki buzilishida farq qiladigan, ya'ni ushbu
darajadagi transport xizmatlarining sifati bilan farq qiladigan bir nechta ishlash
usullari mavjud.
MAC va LLC protokollari o'zaro mustaqil - har bir MAC protokoli har
qanday LLC protokoli bilan ishlatilishi mumkin va aksincha.
IEEE 802 standartlari 1-rasmda ko'rsatilgan juda aniq tuzilishga ega:
Bugungi kunda 802 qo'mitasi quyidagi kichik qo'mitalarni o'z ichiga oladi:
802.1 - Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish;
802.2 - Logical Link Control, LLC - ma'lumotlarni mantiqiy uzatishni
boshqarish;
802.3 - Ethernet CSMA / CD kirish usuli bilan;
802.4 - Token Bus LAN - Token Bus kirish usuli bilan lokal tarmoqlar;
802.5 - Token Ring LAN - Token Ring kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar;
802.6 - Metropolitan Area Network, MAN - Metropolitan Area Network;
802.7 - Broadband Technical Advisory Group - keng polosali uzatish
bo'yicha texnik maslahat guruhi;
802.8 - Fiber Optic Technical Advisory Group - optik tolali tarmoqlar uchun
texnik maslahat guruhi;
802.9 - Integrated Voice and data Networks - integrallashgan ovozli va
ma'lumotlar tarmoqlari;
802.10 - Network Security - tarmoq xavfsizligi;
802.11 - Wireless Networks - simsiz tarmoqlar;
802.12 - Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN - ustuvor talabli
kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar.
IEEE 802.3. Stаndаrt tаrmоqlаr o„rtаsidа eng ko„p tаrqаlgаn tаrmоq bu
Ethernet tаrmоg„idir. U birinchi bo„lib 1972 yildа Xerox firmаsi tоmоnidаn
yarаtilib, ishlаb chiqаrilа bоshlаndi. Tаrmоq lоyiхаsi аnchа muvоfаqiyatli
bo„lgаnligi uchun 1980 yili uni kаttа firmаlаrdаn DEC vа Intel qо„llаdilаr
(Ethernet tаrmоg„ini birgаlikdа qо„llаgаn firmаlаrni bоsh hаriflаri bilаn DIX dеb
yuritilа bоshlаndi). Bu uchtа firmаning hаrаkаti vа qо„llаshi nаtijаsidа 1985 yili
Ethernet hаlqаrо stаndаrti bo„lib qоldi, uni kаttа hаlqаrо stаndаrtlаr tаshkilоtlаri
stаndаrt sifаtidа qаbul qilаdilаr: 802 IEEE qо„mitаsi (Institute of Electrical and
Electronic Engineers) vа ECMA (European Computer Manufactures Association).
Bu stаndаrt IEEE 802.3 nоmini оldi.
IEEE 802.03 stаndаrtining аsоsiy ko„rsаtgichlаri quyidаgilаr: Tоpоlоgyasi –
shinа; uzаtish muхiti – kоаksiаl kаbеl; uzаtish tеzligi – 10 Mbit/s; mаksimаl
uzunligi – 5 km; аbоnеntlаrning mаksimаl sоni – 1024 tаgаchаn; tаrmоq qismining
uzunligi – 500 m; tаrmоqning bir qismidаgi mаksimаl аbоnеntlаr soni – 100
tаgаchа; tаrmоqgа egа bo„lish usuli – CSMA/CD, uzаtish mоdulyatsiyasiz
(mоnоkаnаl). Jiddiy qаrаlgаndа IEEE 802.3 vа Ethernet оrаsidа оz fаrq mаvjud,
lеkin ulаr hаqidа оdаtdа eslаnmаydi. Ethernet hоzir dunyodа eng tаnilgаn tаrmоq
vа shubhа yо„q аlbаttа u yaqin kеlаjаkdа hаm shundаy bo„lib qоlаdi. Bundаy
bo„lishigа аsоsiy sаbаb, uning yarаtilishidаn bоshlаb hаmmа ko„rsаtgichlаri,
tаrmоq prоtоkоli hаmmа uchun оchiq bo„lgаnligi, shundаy bo„lgаnligi uchun
dunyodаgi judа ko„p ishlаb chiqаruvchilаr Ethernet qurilmа vа uskunаlаrini ishlаb
chiqаrа bоshlаdilаr. Ulаr o„zаrо bir-birigа to„liq mоslаngаn rаvishdа ishlаb
chiqilаdi аlbаttа.
Dаstlаbki Ethernet tаrmоqlаridа 50 Оmli ikki turdаgi (yug„оn vа ingichkа)
kоаksiаl kаbеllаr ishlаtilаr edi. Lеkin kеyingi vаqtlаrdа (1990 yil bоshlаridаn)
Ethernet tаrmоg„ining аlоqа kаnаli uchun o„rаlgаn juftlik kаbеllаridаn
fоydаlаnilgаn vеrsiyalаri kеng tаrqаldi. Shuningdеk оptik tоlаli kаbеllаr
ishlаtilаdigаn stаndаrt hаm qаbul qilindi vа stаndаrtlаrgа tеgishli o„zgаrtirishlаr
kiritildi. 1995 yili Ethernet tаrmоg„ining tеz ishlоvchi vеrsiyasigа stаndаrt qаbul
qilindi, u 100 Mbit/s tеzlikdа ishlаydi (Fast Ethernet dеb nоm bеrildi, IEEE 802.03
u stаndаrti), аlоqа muхitidа fgаn juftlik yoki оptik tоlа ishlаtilаdi. 1000 Mbit/s
tеzlikdа ishlаydigаn vеrsiyasi hаm ishlаb chiqаrilа bоshlаndi (Gigabit Ethernet,
IEEE 802.03 z stаndаrti).
Mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash
dasturlari. IEEE 802.11 Simsiz aloqa protokollari IEEE 802.11 - IEEE 802
mahalliy tarmoq (LAN) protokollarining bir qismidir va simsiz mahalliy tarmoq
(WLAN) Wi-Fi kompyuter aloqasini amalga oshirish uchun ommaviy axborot
vositalariga kirishni boshqarish (MAC) va fizikaviy pog‟ona protokollari
to'plamini belgilaydi. 2.4 GHz, 5 GHz, 6 GHz va 60 GHz diapazonlarni o'z ichiga
olgan, ammo shu bilan cheklanmagan holda turli xil chastotalarda ishlay oladi.
Bugun simsiz texnologiyalar kosmik tezlikda rivojlanmoqda, chunki simdan
qutilish imkoni paydo bo„ldi – yangi, tezkor simsiz texnologiyalar.
Mavjud simsiz tarmoqlar quyidagilarni o„z ichiga oladi:
1. Radioto„lqinli texnologiyalar, shuningdek uyali aloqa texnologiyalari;
2. Infraqizil texnologiyalar;
3. Yerusti va kosmik mikroto„lqin texnologiyalari.
Radioto„lqinlar, infraqizil va mikroto„lqinlar ko„rinadigan yorug„lik,
ultrabinafsha yorug„lik, radioto„lqin, infraqizil, rentgen nurlari, mikroto„lqin va
gamma-nurlarni o„z ichiga oladigan elektromagnitli spektrning bir qismidir.
Elektromagnitli radiatsiya yer atmosferasi va kosmos orqali is propagated.
Radioto„lqinli texnologiyalar juda keng tarqalgan va tez ishlovchi simsiz tarmoq
sohasida taqdim etilgan. Radioto„lqin texnologiyalari 802.11 simsiz tarmoq
standartlari va Bluetooth, HiperLAN kabi muqobil industry-endorsed approaches
WiMAX va HiperLAN simsiz mintaqaviy tarmoq texnologiyalarga misol bo„la
oladi. Uyali aloqa texnologiyalari, jumladan 3G va 4G, ham radioto„lqin
texnologiyalaridan foydalanadi. Infraqizil texnologiyalar radio wave approaches
dan farqli uncha mashhur emas. Infraqizil texnologiya ofis ichidagi aloqalar kabi
qisqa masofadagi ulanishlarda foydalaniladi. Radioto„lqinli ulanishlarda.
Radioto„lqin texnologiyalari.Tarmoq signallari radioto„lqin orqali uzatish mumkin,
lekin tarmoq dasturlari yuqori chastotalar bilan ishlaydi. Misol uchun, hududdagi
AM stansiyalar 1290 chastotalarda efirga uzatadi, bu esa 1290 kHz ma‟noni beradi,
chunki AM to„lqinlar 535-1605 kHz oraliqda joylashadi. FM to„lqinlar esa 88-108
MHz oraliqda joylashadi. Radio tarmoq orqali uzatishda signal bir yoki ko„p
yo„nalishda uzatilishi mumkin, bu esa ishlatilayotgan antenna turiga bevosita
bog„liq.
IEEE 802.11 protokoli asosidagi radioto„lqinli tarmoqlar
Har xil turdagi radio to„lqinlar ishlatiladi, lekin taklif etilgan. Asosiy standart
802.11 edi (so„ngidagi harflarsiz), lekin bugungi kunda keng tarqalgan standartlar
– 802.11a, 802.11b, 802.11g, va 802.11n. 802.11ac va 802.11ad. Simsiz tarmoq
tashkil etuvchilari Simsiz ulanish uchta asosiy tashkil etuvchidan iborat:
1. Qabul qiluvchi va uzatuvchi plata.
2. Ulanish nuqtasi.
3. Antennalar.
Qabul qiluvchi plata simsiz tarmoq platasi (Wireless NIC – WNIC) deb
nomlanadi hamda OSI modelining Jismoniy va Ma‟lumot uzatish pog„onalarida
faoliyat ko„rsatadi. WNIC ichki PCI (Peripheral Computer Interface) yoki
miniPCI, alohida CardBus yoki PCMCIA (Personal Computer Memory Card
International Association) kartasi yoki USB (Universal Serial Bus) ko„rinishida
bo„lishi mumkin. Ko„p WNIC Microsoft Network Driver Interface Specification –
NDIS ga mos keladi. NDIS tarmoq drayverlari spetsifikatsiyasi hamda ko„pgina
tarmoq protokollari bilan ishlay oladigan tarmoq platalari drayverlarini yaratish va
foydalanish uchun zarur ilova dasturlash interfeysi (Application Programming
Interface – API)dir. API kabi NDIS tarmoq kommunikatsiyalarida ishlatiladigan
kichik programmachalar yoki qism-programmalar kutubxonasiga ega. Bu
programmalar kutubxonasi NDIS.SYS tizim fayli Simsiz tarmoqqa ulanish usullari
Ulanish tezliklari 802.11 protokolning himoya usullari. Xavfsizlik simsiz
tarmoqlarda kabelli tarmoqlar kabi zarur. Simsiz tarmoq ko„payayotgan sababli uni
buzish uchun uyushtirilayotgan hujumlar ham ortib boradi. Bir qator tarmoqlar
802.11 protokoliga muqobil bo„lgan radio to„lqinlaridan foydalanadilar. Ular
ichida eng mashhurlari Bluetooth va HiperLAN dir. Bluetooth HiperLAN;
Infraqizil texnologiyalar; Simsiz ulanish nuqtalari; Statsionar simsiz ulanish
nuqtalari; Mobil simsiz ulanish nuqtalari; Uyali aloqa tarmoqlari; Mikroto„lqin
texnologiyalari.
Download