"TASDIQLAYMAN" Direktorning o'quv va tarbiyaviy ishlari bo’yicha o'rinbosari ____________ N.Bazarbayeva "___" _________________2023 yil NAZARIY MASHGULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI 13-MAVZU: MOLIYAVIY NAZOTAT TURLARI,SHAKLLARI,METODLARI. O’quv mashg’ulotning o’qitish texnologiyasi modeli Vaqt: 80 minut Ta’lim oluvchilar soni: ____nafar O’quv mashg’ulotining shakli va turi Nazariy 1. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari. O’quv mashg’uloti rejasi, / tuzilishi 2. Mamlakatimizda jamoatchilik nazorati. 3. Joriy moliyaviy nazorat sub’yektlari. O’quv mashg’uloti maqsadi: Moliya bo’yicha nazariy bilimlari to’g’risida ma’lumot berish va ularda mavzu mustaxkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida O’qitish natijasi o’quvchida shakllanadigan bilim, ko’nikma yoki kompetentsiya Pedagogik vazifalar: O’quv faoliyat natijalari: 1.Tanishtirish; 1.Aytib beradi; 2.Tushuntirish; 2.Gapirib beradi; 3.Ko’rsatish; 3.Takrorlab ko’rsatadi; 4. Yo’riqnoma berish; 4.Mashqlarni yo’riqnoma asosida 5.Yoritib berish; bajaradi; 6.Yo’l qo’yilgan xatolarni ko’rsatish. 5.Mustaqil bajaradilar; Tushuntirish, ko’rsatish, yo’riqnoma berish, 6.Xatolar ustida ishlaydilar. O’qitish usullari: mashq qilish O’qitish vositalari: O’quv faoliyatini tashkil etish shakli: O’qitish sharoiti: Qayta aloqaning usul va vositalari: Yo’riqli texnologik xarita, kerakli jixoz va blankalar, ko’rgazmali qurollar, proektor,slaydlar Ommaviy, jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda. Jixozlangan № ____- Auditoriya Nazorat, bajarilgan ishlarni tekshirish, ogzaki savol - javob, hisobot, va boshqalar. Nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vatsti Faoliyat mazmuni O’qituvchi Tashkiliy qism: Ta’lim oluvchilarning davomatini tekshiradi. Ta’lim oluvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini 1-bosqich. nazorat qiladi. O’quv Nazariy mashg’ulot nomi, rejasi, maqsad va mashg’ulotga kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi. kirish (10 daq) Nazariy mashg’ulotning baxolash mezonlari bilan tanishtiradi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishni eslatadi. Ta’lim oluvchi Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar. Dars vaqtida xavfsizlik texnikasi, sanitariya va gigiena talablariga rioya qilgan xolda maxsus kiyimda keladi.Xavfsizlik texnikasi jurnaliga imzo qo’yadilar. Tinglaydilar. Kirish yo’riqnomasi O’quvchilar bilimini faollashtirish: Tezkor-so’rov; savol-javob, aqliy hujum orqali bilimlarni faollashtiradi. Savollarga javob beradi. Yangi o’quv material bayoni: Tinglaydilar, chizadilar, yozib O’quv amaliyoti mavzusi bo’yicha umumiy oladilar. ma’lumot beradi, ish jarayonini tushuntiradi; Ta’lim oluvchilar o’z ish Joriy yo’riqnoma (Yangi O’quv material bo’yicha joylariga turadilar, mashg’ulot amaliy mashq bajarish. 2-bosqich. raxbari ko’rsatmalari va Ta’lim oluvchilarni ish joylariga taqsimlab amaliy Asosiy (60 yo’riqli texnologik xaritaga ish yuzasidan yo’riqnomali texnologik xarita xamda daq) rioya qilgan xolda bajaradilar. mustaqil ish bajarish uchun xom-ashyo tarqatadi va Xatolarni to’g’irlaydilar. ko’rsatmalar beradi. Foydalanilgan jixozlarni Mustaqil ishlarni bajarilishini maqsadli aylanish mashg’ulot raxbariga vaqtida nazorat qiladi va ish jarayonida o’quvchilar topshiradilar. Ish joyini tomonidan qo’ygan xatolarni ko’rsatadi. tozalaydilar. Yakuniy yo’riqnoma: Mashg’ulot tugaganidan sung ish joylarini talab darajasiga keltiradi. Tayyorlangan maxsulotni qabul qiladi. Yakunlash: O’quvchilarni amaliy mashg’ulot bo’yicha 3-bosqich. baxolarini eg’lon qiladi; Tinglaydilar. Topshiriqni kasbiy faoliyatlarida amaliyotda Yakuniy (10 Kelgusi yozib oladilar. bajargan ishlarining axamiyati va muximligiga daq) o’quvchilar e’tiborini qaratadi, Kelgusi mashg’ulot mavzusi bilan tanishtirib uyga vazifa beradi. 13-MAVZU: MOLIYAVIY NAZOTAT TURLARI, SHAKLLARI,METODLARI. Reja: 1. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari. 2. Mamlakatimizda jamoatchilik nazorati. 3. Joriy moliyaviy nazorat sub’yektlari. 1. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari. Moliyaviy nazorat samaradorligi uni amalga oshi-rishning turlari, shakllari va usullari bilan ta’min-lanadi. Moliyaviy nazorat turli mezonlar bo’yicha shartli ravishda tasniflanishi mumkin. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra uning quyidagi turlari mavjud: umumdavlat moliyaviy nazorati; idoraviy moliyaviy nazorat; xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat; jamoatchilik moliyaviy nazorati; mustaqil moliyaviy nazorat. Umumdavlat moliyaviy nazorati qonun chiqaruvchi organlar, ijrochi organlar (Oliy majlis, Vazirlar Mahka-masi) tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat tomonidan tashkil etilan maxsus vakolatli organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi daromad olish va davlat mablag’larini sarflashda davlat va jamiyat manfaatlarini ta’minlashdan iborat. Ushbu nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -pul mablag’lari va moddiy boyliklarni talon-taroj qilinishi va kamomadlarga yo’l qo’yilish holatlarini, xo’jasizlik va boshqa qonun buzilishlarini, moliyaviy intizom buzilishlarini aniqlash, -ularni kelib chiqish shart-sharoiti va sabablarini o’rganish, bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; -aybdor shaxslar tomonidan etkazilgan zararni qoplash bo’yicha choralar ko’rish va h.k. Amaliyotda umumdavlat moliyaviy nazorati respublika va mahalliy darajada o’tkaziladi: -respublika darajasida – O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan moliyalashtiri-ladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; -mahalliy darajada – Qoraqalpog’iston Respu-blikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilot-lari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllanti-rilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. Idoraviy (mahkamaviy) moliyaviy nazorat vazirlik-larning nazorat organlari va mahalliy hokimiyat organla-rining bo’limlari tomonidan ularga bo’ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan. Xo’jalik ichidagi (ichki) moliyaviy nazorat korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xizmatlari, xususan buxgalteriya, moliya bo’limlari, ichki audit xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy nazo-rat ob’yekti bo’lib korxona va uning tarkibiy bo’linmalari (tsexlar, bo’limlar, bo’linmalar va filiallar)ning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati ixtiyoriylik va beg’arazlik asosida guruhlar, alohida shaxslar (mutaxassislar) va nodavlat tashkilotlari tomonidani amalga oshiriladi. Nazorat ob’yekti tekshiruvchilarning oldilariga qo’yilgan aniq maqsadlariga bog’liq ravishda belgilanadi. 2. Mamlakatimizda jamoatchilik nazorati. «Jamoatchilik nazorati to’g’risida»gi qonun40 ga asosan amalga oshiriladi. Jamoatchilik moliyaviy nazora-tining ob’yekti bo’lib davlat moliyaviy organlari va ularning mansabdor shaxslarining o’zlariga qonunchilik bilan yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishi bilan bog’liq moliyaviy faoliyati hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’yektlaridir. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. Auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi tekshirilayotgan sub’yektning moliyaviy hisobotining 2018 yil 12 apreldagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ—474 qonuni. http://www.lex.uz ishonchliligi buyicha xulosa berish hamda moliyaviy bozorga ishonchli axbarot berishni ta’minlashan iborat. Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo’yicha klassifikatsiya qilinadi: o’tkazish vaqti bo’yicha amalga oshirilish reglamenti; nazoratning sub’yektlari; nazoratning ob’ektlari. O‘tkazilish vaqtiga ko’ra moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o’z ichiga oladi: dastlabki; joriy (operativ); navbatdagi (kelgusi, so’nggi). Dastlabki moliyaviy nazorat korxonalarning moliyaviy rejalarini, tashkilot va muassasalarning daromad va xarajtlar smetalarini, byudjet loyihalari, bitim shartnomalari va boshqalarni tayyorlash, ko’rib chiqish va tasdiqlash bosqichlarida amalga oshiriladi. Buning natijasida mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni noto’g’ri, nooqilona sarflanishini va sub’yektlarning salbiy moliyaviy natijaga erishilarini oldi olinadi. 3. Joriy moliyaviy nazorat sub’yektlari. Joriy moliyaviy nazorat sub’yektlarning, jumladan davlat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy rejalarini amalga oshirish jarayonida moliyaviy tartib-qoidalar buzilishining oldini olish maqsadida moliya va g’aznachilik organlari, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar, tashkilotlarning hisobchilari, moliyaviy xizmat bo’limlari tomonidan doimiy ravishda o’tkaziladi. Navbatdagi (keyingi) moliyaviy nazorat hisobot davri va moliyaviy yil yakunlanganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda byudjet ijrosi, byudjet muassasalarining smeta ijrosi, shuningdek korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy rejalarini bajarilishi natijasida moliyaviy mablag’larning sarflashishini maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.