№ 4 (100), часть 2 Ноябрь, 202 Международный научный журнал «Научный импульс» KIBERMAKON, XAVFSIZLIK VA HUQUQ XALQARO HUQUQ MISOLIDA Omar Muhammad Davlat o’g’li Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Bugungi kunda texnologiyaning rivojlanishi hayotimizni osonlashtirish bilan birgalikda bir qancha Global muammolarni ham kun tartibiga qo’ydi. Aniqrog’I, Xalqaro huquq sohasi, tamoyillari va uni o'rganishga aloqador mavjud ba’zi qoidalarning yangilanishiga ehtiyoj tug'dirdi. Xususan, Davlatlarning xavfsizlik masalasi hamda urush haqidagi tasavvurlarning o’zgarishi va kiber hujum jinoyatining paydo bo’lishi ushbu masaladagi izlanishlarni yirik tadqiqot holiga keltirdi. Sovuq urushdan keyingi axborot-kommunikatsiya va texnologiyalar sohasidagi katta o'zgarishlardan so'ng yangi soha paydo bo'ldi. Jismoniy dunyodan mustaqil bo'lgan, vaqt va makon tushunchasiga bog'liq bo'lmagan va internetga bog'langan barcha narsani qamrab oluvchu kiber makon. Maqolada, inkor etib bo'lmas ahamiyatga ega bo'lgan havo, quruqlik, dengiz va kosmosdan keyin beshinchi maydon sifatida tan olingan kiber makon va unda yuzaga keladigan huquqiy masalalar ko'rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Kiber makon, kiber xavfsizlik, kiber jinoyat, kiber xujum, Xalqaro huquq, Urush, kiber urush, 1. KIRISH Xalqaro munosabatlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Xavfsizlik” tushunchasi ham xalqaro huquqni o‘rganish sohasiga kiradi. Xalqaro huquqning yana bir tadqiq sohasi bo'lgan qurolli to'qnashuvlar huquqi doirasida, to'qnashuv yoki urush qoidalarini aniqlashga harakat qilindi. Davlat va uning suereniteti tushunchasi paydo bo'lishida 1648 yildagi “Westphaliya” sulxi tuzilganidan buyon, bizning dunyomiz ko'plab urushlarga guvoh bo'ldi va bu urushlar odatda quruqlik, havo va dengizda amalga oshirildi. Biroq, bugungi kunda texnologiyaning rivojlanishi bilan yaqin kelajakda kiber makon bu uch elementga qo'shilishi va davlatlar bu sohada ham kurash olib borishi taxmin qilinmoqda. Shu sababdan kiber makon va kiber urush kabi tushunchalarni xalqaro huquq doirasida tadqiq etish va uning qoidalarini aniqlash zarurati kundan kun ortib bormoqda. Umumiy ma'noda, kiberfazo dunyodagi barcha kompyuter tarmoqlari va ular ulangan boshqariladigan hamma narsadir. Bu sohada davlatlar yoki shaxslar tomonidan bir-biriga qarshi amalga oshirilgan noqonuniy harakatlar “Kiberhujum”lar sifatida qabul qilinadi. Boshqa tomondan olib qaraganda, kiber urush, kiber sohada davlatlarning bir-biriga qarshi harbiy faoliyati bilan bir xil ta'sir ko'rsatadigan to'qnashuv shakli deb aytish mumkin. Insoniyat uchun xavfsizlik muhim bo'lgan asosiy nuqtadan boshlab, Urush tushunchasining ta'rifi va urushni qayta shakllanish jarayoni bosqichlarida kiber makon, Kiber urush, kiber jinoyat va ushbu tushunchalarni xalqaro huquq nuqtai nazaridan o’rganish maqolamizning asosiy o’zagini tashkil qiladi. 1834 № 4 (100), часть 2 Ноябрь, 202 Международный научный журнал «Научный импульс» 2. KIBERMAKON Kibermakon kontseptsiyasi ko'plab xalqaro tashkilotlar, davlatlar yoki birlashmalar tomonidan turli yo'llar bilan ta'riflangan va "Kiber" tushunchasi birinchi marta 1958 yilda Louis Couffignal tomonidan ishlatilgan. Uilyam Gibson 1982 yilda yozgan “Burning Chrome” asarida “kibermakon” atamasini qo‘llagan va tushunchaning keng tarqalishiga hissa qo‘shgan69. kibermakon; Bu havo, quruqlik, dengiz va hatto kosmosdan mustaqil bo'lgan va aloqa infratuzilmalaridan foydalanadigan virtual muhitdir 70. Shuningdek, unga boshqa nuqtai nazardan qarasak, kiber makon; Bu chegaralarni olib tashlaydigan va masofalarni yo’q qiluvchi anarxik muhitdir. Pentagonning tarifiga ko’ra Kibermakon; mustaqil axborot tarmoqlari muhitidagi global maydondir. Ushbu maydon, Internet, telekommunikatsiya, tarmoqlar, kompyuter tizimlari, o'rnatilgan protsessorlar va kontrollerlarni o'z ichiga olgan axborot texnologiyalari infratuzilmasidir71. Texnologik rivojlanish bilan faqat aloqa va axborotning tuzilishi o'zgarmadi. Shu bilan birga, bu o'zgarishlar inson tabiatida yuzaga kelgan ba'zi o'zgarishlarga ham sabap bo’ldi. Texnologiya va telekommunikatsiya sohasidagi o'zgarishlar bilan odamlar chegara va masofa tushunchalaridan uzoqlashdi hamda aloqa va savdo kabi faoliyatlarda ulkan samaradorlikka erishdi. Bularning barchasiga imkon beragan narsa internet, dasturiy ta'minot, apparat, elektron ma'lumotlar va shunga o'xshash narsalarni o'z ichiga olgan kiber makondir72. Kibermakon, jismoniy makon emas. Balki, ham reallik, ham virtual reallik holatiga ishora qiladi. Aniqroq aytganda jismoniy dunyodagi og'zaki yoki vizual aloqa turlarini raqamli mediaga o'tkazishdir. isonlar o’rtasidagi O'zaro ta'sir va aloqani ta'minlagan holda vaqt va makondan holidir73. Amerika Qo'shma Shtatlari 2003 yilda Milliy kibermudofaa strategiyasi hujjatini nashr etdi. Ushbu hujjatda kibermakon atamasi mamlakatlarning muhim infratuzilmalariga ta'sir qiluvchi asab tizimi sifatida ta'riflangan. Shuningdek, mamlakatlarning milliy xavfsizligi va iqtisodiyoti uchun samarali va sog‘lom ishlaydigan kibermakon zarurligi ham ta’kidlab o’tilgan74. NATOga a'zo davlatlar ham kiberxavfsizlik strategiyasi to’g’risidagi hujjatlarida Kiber makonga o’z ta’riflarini berib o’tdilar. Masalan, Buyuk Britaniya 2009 yilgi kiberxavfsizlik strategiyasi to’g’risidagi hujjatida kibermakon deb; tarmoqqa ulangan, raqamli faoliyatning har qanday turini amalga oshiruvchi barcha ishlarni ta’kidlagan. NATO 2016-yilgi Varshava 69 Louis Couffignal, “Burning Chrome” 1958 Labıcky, 2009 /12 71 Singer and Friedman, 2013/13 72 Ak Yeşilmen, 2016 /38-39 73 Whittle, 1996 /7 74 The White House, Washington, 2003 https://georgewbush-whitehouse.archives.gov/news/releases/2003/12/20031217-5.html 70 1835 № 4 (100), часть 2 Ноябрь, 202 Международный научный журнал «Научный импульс» sammitida kiber masalalarni ko’tardi va kibermakon rasmiy ravishda operatsional hudud sifatida tan olindi75. Davrlarga ko'ra o'zgargan va juda ko'p turli xil ta'riflarga ega bo'lgan kibermakon tushunchasi, vaqt o'tishi bilan rivojlanadigan va o'zaro bog'liq axborot tizimlarini o'z ichiga oluvchi soha hamda axborot tizimlari bilan shug'ullanadigan, foydalanuvchi insonlaridan tashkil topgan va o'ziga xos markazlashuvi bilan jismoniy va virtual qatlamlarni o'z ichiga olgan muhitdir76. 3. KIBERHUJUM VA KIBER URUSH 1960-yillarda paydo bo’lgan ARPANET, ehtimoliy urush sharoitida xavfsiz harbiy aloqaning davom etishi va zarar koʻrmasligi uchun hamda kompyuterlardan maʼlumotlarni boshqa kompyuterlarga oʻtkazish maqsadida AQSh tomonidan yaratilgan. Vaqt o'tishi bilan nomi Internetga o'zgargan ushbu tarmoq tizimi millionlab tarmoqlar va milliardlab qurilmalarni birlashtirgani uchun yirik virtual tarmoq sifatida tavsiflanadi 77. Internetdan keng foydalanish, kompyuterlar va mobil telefonlar kabi texnologik qurilmalarning rivojlanishi bilan axborot tizimlarida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Shu sababli, davlatlar, odamlar va tashkilotlarning har bir sohasida informatsion muhiti paydo bo'ldi. Kiber sohada nafaqat faol bo'lishga urinish, balki faoliyatni himoya qilish zarurati ham paydo bo'ldi. Internetning paydo bo'lishi bilan kompyuterlar sonining ko'payishi va yangi texnologik vositalarning paydo bo'lishi hujum usullarining o'tmishdan hozirgi kunda mavjud shakliga o'zgarishiga olib keldi. Kiber sohada, maqsadli tizimlarni buzish va yaroqsiz holga keltirish uchun shaxslardan yirik tashkilotlarga, terror tashkilotlaridan davlatlarga turli manbalar tomonidan ko'plab hujumlar amalga oshirilmoqda. Bunday harakatlar adabiyotda "kiber-hujum" deb ataladi78. Kiberhujum - bu kibermakonda foydalanish, buzish, o'zgartirish, tizimlarga kirishga to’sqinlik qilish yoki kiber makondagi ma'lumotlarga zarar yetkazish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat. Boshqa bir ta’rifga ko’ra Kiber hujum; Axborot tizimlarini tajovuzkorlar tomonidan ishdan chiqarish, axborot tizimlari xavfsizligi yoki ishonchliligini xavf ostiga qo'yish, ularni buzish yoki o'g'irlash sifatida ifodalanadi. Kiberhujumlarda odatdagi urushda qo’llaniladigan qurollardan farqli bo’lgan turli xil vositalar qo'llaniladi. Bu nuqta juda muhim, chunki kiber hujum an'anaviy hujumlarning odatiy fizikasi bilan chegaralanmaydi. U geografiya va siyosiy chegaralar bilan cheklanmagan holda tom ma'noda yorug'lik tezligida harakatlana oladi. Kibermakonmimg Fizikadan mustaqilligi, unga bir vaqtning o’zida birnecha joyda bo’la olish imkoniyatini beradi. Bu imkoniyat bilan esa bir urinishda bir nechata nishonlarga hujum qilish mumkin 79. Kiberhujumning farq qiladigan ikkinchi jihati nishondadir. U to'g'ridan-to'g'ri jismoniy zarar yetkazish o'rniga kompyuter va uning ma'lumotlarini nishonga oladi. Maqsadli 75 NATO, 2016 https://www.nato.int/cps/en/natohq/official_texts_133169.htm 76 Ibrahim Kurnaz, SİBER GÜVENLİK VE İLİNTİLİ KAVRAMSAL ÇERÇEVE 2016: /68 77 Clarke and Knake, “Cyber War” 2010 /74-85 78 ÇİFCİ Hasan, “Her Yönüyle Siber Savaş” Anqara, 2017, /6 79 SINGER Peter, FRIEDMAN Warren Allan, “Cybersecurity and Cyberwar” OXFORD 2013 /101 1836 № 4 (100), часть 2 Ноябрь, 202 Международный научный журнал «Научный импульс» hujumning natijasi jismoniy narsaga zarar etkazish bo'lishi mumkin, ammo zarar har doim raqamli sohadagi hodisadan kelib chiqadi. Bugungi kunda armiya bo'linmalari o'rtasidagi barcha turdagi ma'lumotlar almashinuvi, odatda, internetdan mustaqil va yopiq bo'lgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, samolyotlar, raketalar, o'q-dorilar, himoya tizimlari, ogohlantirish va havo mudofaa tizimlari kabi ko'plab yuqori texnologiyali urush qurollari va transport vositalari ham kompyuterlar va dasturiy ta'minotlar yordamida boshqariladi. Bu esa, harbiy tizimlar va mamlakat mudofaa tizimini kiberhujumlarga qarshi himoyasiz qolishiga sabab bo’ladi. Axborot tizimlariga qaratilgan kiberhujum, Kompyuter tarmog'iga kirish va unda kerakli o'zgarishlarni amalga oshirish orqali tizimning ishlash usulini o'zgartirish yoki butunlay yo’q qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu ma'lumotlarga muvofiq, kiber urushning eng umumiy ta'rifi: "davlatlar tomonidan bir-biriga qarshi amalga oshiriladigan kiber hujum faoliyati"dir80. Ushbu ta'rifda ikkita fikrga e'tibor qaratish lozim; Bulardan birinchisi kiber urushning davlatlar o’rtasida bo’lishi. Ikkinchisi esa boshqa tomonning tizimlariga zarar yetkazish yoki buzishga qaratilgan harakatlar Kiber urush sifatida tavsiflanishi. Ushbu ta'rifga ko'ra, boshqa tomonning tizimlariga zarar bermasdan ma'lumotni o'g'irlash kiber urush hisoblanmaydi. Kiber urushlar barcha darajalarda, jumladan strategik, operativ va taktik jihatdan qo'llanilishi mumkin bo'lgan barcha xususiyatga egadir. Bu orqali esa har bir darajada istalgan ta'sirni o’tkazish imkoniyatini qo’lga kiritish mumkin. Nishon sifatida kiber urushlar asosan mamlakatlarning muhim axborot tizimi infratuzilmalarini mo’ljalga oladi. Kiber urush tufayli, ushbu infratuzilmalarni yo'q qilishdan tashqari, mamlakatlarning fuqarolik va harbiy ma'lumotlari saqlanuvchi nozik va qimmatli bazalariga ham kirish mumkin. Bundan tashqari, kiber muhitda dezinformatsiya bilan hujumga duchor bo'lgan mamlakat aholisi va ma'muriyatiga psixologik ta'sir ko'rsatilish xavfi ham mavjud. kiber urushlar jamiyatning har bir qismiga ta'sir qilishi, ziddiyat va turli qarama-qarshiliklar keltirib chiqarishi ham mumkin. 4. KIBER JINOYAT Kuch ishlatish darajasiga yetmagan kiberhujumlar, xalqaro huquq doirasiga kiruvchi kiberxavfsizlikning yana bir jihati, kiberjinoyat va ularga qarshi kurashdir. Kiberjinoyatlarga: kibermakon Ichida yoki uning vositasi orqali sodir etilgan jinoyatlar kiradi. Kiber jinoyatlarga: kibermakonda kompyuterga, kompyuter tarmoqlariga, Axborot tizimiga to'g'ridan-to'g'ri hujum qilish yoki ushbu tizimlardan foydalanish orqali har qanday huquqbuzarliklar sodir etish hamda unga taalluqli ma'lumotlarni yaratish, saqlash, tasniflash, uning tarkibi va uzatilishi bilan bog'liq holda qayta ishlash kiradi 81. Kiberjinoyatning ushbu ta'rifiga qo’shimcha ravishda, jadal rivojlanayotgan kibermakon texnologiyalari vositasida qotillik jinoyati dohil bir qancha jinoyatlarning kiber yo’li bilan 80 81 FLOWERS, Angelyn, “Cyberwar: The What, When, Why and How”, IEEE Technology And Socıety Magazıne, 2014, /14 Özen Muharrem, Baştürk Ihsan. Bilişim – İnternet ve Ceza Hukuku, Ankara, 2011 / 90-91 1837 № 4 (100), часть 2 Ноябрь, 202 Международный научный журнал «Научный импульс» sodir etilishi mumkinligini inobatga olinsa, kiberjinoyatlar toifasi chegaralarini belgilash imkonsiz ekanini xulosa qilishimiz mumkin. Odatda kiberjinoyatlar global darajada yakka tartibda yoki uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etiladi. Bu vaqtga qadar kiberjinoyatlarning 80 foizi uyushgan holda sodir etilishi aniqlangan. Uyushgan jinoyatchilik guruxlari tomonidan sodir etilayotgan kiberjinoyatlar transchegaraviy xususiyatga egaligi tufayli kiberxavfsizlik masalasi xalqaro hamjamiyatni jiddiy tashvishga solmoqda. 5. XALQARO HUQUQDA KIBER XAVFSIZLIK Ayni paytda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va kiberxavfsizlikni o‘rnatishda davlatlarning roli beqiyosdir. Xususan, davlatlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ichki huquq tizimlarida kiberjinoyatchilikni tartibga solishni rag‘batlantirish va amaldagi ichki huquqiy tartibotlarni islox qilish muhim ahamiyat kasb etdi. Darhaqiqat, Xalqaro hamjamiyat tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, OECD, Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Afrika hukumatlararo tashkiloti, Arab davlatlari ligasi kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar tomonidan zaruriy chora-tadbirlar to'g'risida qarorlar qabul qilinmoqda va xalqaro shartnomalar tuzilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tarkibida tashkil etilgan ochiq hukumatlararo ekspert qo‘mitasining tashkil etilishi bilan BMT tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi kurash va xalqaro hamkorlik bo‘yicha aniq qadamlar qo‘yildi. 2010-yil 12-19-aprel kunlari BMTning Jinoyatchilikni oldini olish va Adolatli sudlov boʻyicha boʻlib oʻtgan XII Kongressi yakunida qabul qilingan Salvador deklaratsiyasining 42-moddasida ekspertlar qoʻmitasini tashkil etish masalasi ijrosi, Bosh Assambleyaning 65/230-sonli qarori bilan tasdiqlandi. 2011-yilda mazkur ekspertlar qo’mitasi, xalqaro hamjamiyat, a'zo davlatlar va xususiy sektorlar birgalikda, milliy qoidalar, amaliyotlar, texnik kuzatuv va xalqaro hamkorlik bo'yicha axborot almashinuvini ta'minlash orqali mavjud kurash usullarini mustahkamlash, yangi milliy va xalqaro usullarini ishlab chiqish bo’yicha uchrashuvlar o‘tkaza boshladi 82. Ekspert qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan masalalar qatorida milliy huquq tizimlari o‘rtasidagi uyg‘unlik va kiberjinoyatchilikni tartibga solishda xalqaro hamkorlik masalalari ham o’rtaga tashlandi. Xalqaro hamkorlik nuqtai nazaridan, ayniqsa, xalqaro va mintaqaviy xalqaro shartnomalarning o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ekspertlar qo’mitasi tarafidan o’tkazilgan maxsus tadqiqotlarga ko'ra, kiber jinoyatlar uchta asosiy toifaga bo'linadi. Bularga quyidagilar kiradi: kompyuter ma'lumotlari va tizimlarining maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligiga qarshi harakatlar, shaxsiy yoki moliyaviy foyda yoki zarar keltiradigan kompyuter bilan bog'liq harakatlar va kontent bilan bog'liq fa’oliyat83. 82 https://www.unodc.org/unodc/en/organized-crime/open-ended-intergovernmental-expert-group-meeting-oncybercrime.html (28.05.2018) 83 COMPREHENSIVE STUDY ON CYBERCRIME – Draft, Febral 2013 /16 1838 № 4 (100), часть 2 Ноябрь, 202 Международный научный журнал «Научный импульс» Birinchi toifada, xususan, kompyuter tizimlariga noqonuniy kirish, kompyuter ma'lumotlariga noqonuniy kirish, ma'lumotlarni yig'ish yoki olib qo’yish, kompyuter tizimlari yoki ma'lumotlariga noqonuniy aralashuv, kompyuter tizimlaridan noto'g'ri maqsadda foydalanishni ta'minlash uchun zarur vositalarni ishlab chiqarish, tegishli vositalarni tarqatish yoki saqlash, maxfiylik va ma'lumotlarni himoya qilish qoidalarini buzish kiberjinoyat sifatida belgilangan. Ikkinchi toifaga esa, kompyuter tizimlari orqali firibgarlik yoki o'g'irlik, shaxsni o'g'irlash, intellektual mulk, tovar belgisi va patentga bo’lgan huquqning buzilishi, spam xatlarni yuborish yoki tekshirish, bolalar huquqini suiiste'mol qilish yoki bolalardan foydalanish kiradi. Oxirgi toifaga: kompyuter tizimlari orqali nafrat uyg’otuvchi kontentlar yaratish, bolalar pornografiyasini ishlab chiqarish, tarqatish yoki saqlash hamda terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kiradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tayyorlangan tadqiqotda, Xalqaro huquq tizimida kiberjinoyat bilan bog'liq huquqiy me'yoriy hujjatlarni o'z ichiga olgan matnlar majburiy va majburiy emas deb farqlanadi. Hozirda, xalqaro maydonda 82 davlat kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy shartnoma ishtirokchilari hisoblanadi. Ushbu matnlarga Yevropa Kengashining Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi konventsiyasi va uning qo‘shimcha protokoli, Yevropa Kengashining Bolalarni jinsiy zo'ravonlik va jinsiy zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi konventsiyasi, Yevropa Ittifoqining elektron tijorat, naqd pulsiz to'lovlarda firibgarlik va talonchilik, shaxsiy ma'lumotlar, axborot tizimlariga hujumlar va bolalar pornografiyasi bo'yicha ko'rsatmalari va qoidalari, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining kompyuter maʼlumotlariga hujumlarga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimi, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik to'g'risidagi xalqaro shartnomasi, G'arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatining Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha Direktivasi loyihasi, Afrikada kiberxavfsizlikni ta'minlash uchun huquqiy bazani yaratish to'g'risidagi Afrika Ittifoqi konventsiyasi loyihasi, Arab Davlatlari Ligasi Axborot texnologiyalariga hujumlarga qarshi kurash bo'yicha kelishuv, Bolalarni sotish, bolalar fohishaligi va bolalar pornografiyasi to'g'risidagi hamda Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyaga qo'shimcha protokoli kiradi84. 6. XULOSA: KIBER XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH USULLARI Maqolada aytib o‘tganimizdek, kiberxavfsizlik ham xalqaro huquq, ham milliy huquq masalasidir. Demak, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashning huquqiy tartibi bo’lgan kiberxavfsizlik, xalqaro hamjamiyat va davlatlar oʻrtasida yagona hamkorlik kelishuvlari tuzilgandagina mumkin boʻladi. Xalqaro huquq nuqtai nazarida, shiddatli kiber hujum sodir bo'lgan taqdirda qo'llaniladigan huquqiy rejim, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni o'rnatish 84 COMPREHENSIVE STUDY ON CYBERCRIME – Draft, Febral 2013 /64 1839 № 4 (100), часть 2 Ноябрь, 202 Международный научный журнал «Научный импульс» uchun kiritilgan huquqiy rejim bilan bir xildir. Chunki bunday tusdagi xurujlar nafaqat jabrlangan davlatga, balki xalqaro hamjamiyatga ham qiyin vaziyatlar tug’diradi. Shu sababli, kiber hujumlarni kuch ishlatishni taqiqlash va o'zini himoya qilish huquqi doirasida baholash mumkin. Kiberjinoyat darajasidagi kiberhujumlar bo'yicha xalqaro hamjamiyat bilan tuzilgan barcha kelishuvlarda davlatlar jinoyatlar bilan bir xil ravishda kiberjinoyat masalalarini ham birgalikda tartibga solishlari va huquqiy yordam orqali bir-biri bilan aloqada bo'lishlari belgilangan. Biroq, biz xalqaro huquq taraflama e'tibor qaratmoqchi bo'lgan jihat shundaki, Majburiy va majburiy bo'lmagan matnlar soni va ularning ba'zilari turli xil kiber jinoyatlarni o’z ichiga olishidadir. Xalqaro hamjamiyatda kiberjinoyatlarning yagona turlari mavjud bo'lmaganligi sababli, davlatlar uchun yagona qoidalarga ega bo'lishi mumkin emasdek tuyuladi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, BMTning kiberxavfsizlik masalasidagi keyingi qadami, kiberhujumlarga qarshi kurash bo‘yicha universal matn yozishdir 85. Navbatdagi ushbu qadam uchun esa davlatlarning ham kerakli motivatsiyaga ega bo’lishlari lozim. Milliy qonunchilik doirasida, milliy kiberxavfsizlikni ta'minlash va institutsionalizatsiya qilish uchun, Jinoyat qonunlarida dinamik tuzilishga ega boʻlgan kiberjinoyatlarning taʼriflarini toʻliq belgilash, Jinoiy dalillarni qo'lga kiritish to'g'risidagi qonun qoidalarini parallel tartibga solish bilan bir qatorda, Kurashning ba'zi texnik va huquqiy usullarini aniq belgilash ham juda muhimdir. Bu borada eng ko'p tadqiqotlar olib borgan davlatlardan biri Amerika Qo'shma Shtatlaridir. AQSHda kiberjinoyatchilik va kiberxavfsizlikka oid huquqiy me’yorlarga qo‘shimcha ravishda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashuvchi maxsus bo‘linmalar tashkil etildi. Xususan, FBI, Information Technology Association of America, National Infrastructure Protecture Center, Carnegie Mellon’s Emergency Response Team Trap and Trace Center Authorit kabi tashkilotlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ushbu masala bo'yicha universitetlarda nafaqat akademik muhitda, balki kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo'yicha treninglar o'tkazadigan ko'plab davlat muassasalari va tashkilotlarida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. So’zimiz so’ngida shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash masalasida 17.07.2022 sanada kuchga kirgan “O’zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik to’g’risidagi qonuni”ni qayta kun tartibiga keltirish, ushbu masalada amalga oshirilishi zarur bo’lgan chora-tadbirlar ketma-ketligini belgilash, xalqaro darajada fa’oliyat yurituvchi mu’assasalarni tashkil etish hamda kiberxavfsizlik huquqi sohasini rivojlantirishda va xodimlar tayyorlashda Xalqaro universitetlar hamda Davlat universitetlari bilan keng hamkorlikni yo’lga qo’yish, Davlatimiz oldida turgan asosiy qadamlardan desak mubolag’a bo’lmaydi. 85 MARION, Nancy, “The Council of Europe’s Cyber Crime Treaty: An Exercise in Symbolic Legislation”, International Journal of Cyber Criminology, Vol. 4, Issue: 1&2, 2010, /708 1840 № 4 (100), часть 2 Ноябрь, 202 Международный научный журнал «Научный импульс» FOYDALANILGAN MANB’ALAR RO’YXATI: 1. 2. 3. 4. Singer and Friedman, Cybersecurity and Cyberwar 2013 Louis Couffignal, Burning Chrome 1958 Akyeşilmen, Nezir, Cybersecurıty And Human Rıghts, 2018 BAYRAKTAR, Gökhan, Siber Savaş ve Ulusal Güvenlik Stratejisiİstanbul. Istanbul 2015 5. Clarke and Knake, “Cyber War” 2010 6. The White House, Washington, 2003 https://georgewbush-whitehouse.archives.gov/news/releases/2003/12/200312175.html 7. NATO, 2016 https://www.nato.int/cps/en/natohq/official_texts_133169.htm 8. ÇİFCİ Hasan, “Her Yönüyle Siber Savaş” Anqara, 2017 9. Flowers Angelyn, “Cyberwar: The What, When, Why and How”, IEEE Technology And Socıety Magazıne, 2014 10. SINGER Peter, FRIEDMAN Warren Allan, “Cybersecurity and Cyberwar” OXFORD 2013 11. Özen Muharrem, Baştürk Ihsan. Bilişim, İnternet ve Ceza Hukuku, Ankara, 2011 12. https://www.unodc.org/unodc/en/organized-crime/open-endedintergovernmental-expert-group-meeting-on-cybercrime.html (28.05.2018) 13. COMPREHENSIVE STUDY ON CYBERCRIME – Draft, Febral 2013 14. Marion Nancy, “The Council of Europe’s Cyber Crime Treaty: An Exercise in Symbolic Legislation”, International Journal of Cyber Criminology, Vol. 4, Issue: 1&2, 2010 1841