PORSHEN VA SHATUN Porshen quyidagi vazifalarni bajaradi: Yonishdan hosil bulgan bosimni uziga qabul qilib, porshen barmog’i va shatun orqali tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi. Yonish kamerasidagi gazlarni karterga utkazmaslik Issiqlikni silindr devoriga uzatish. Porshen porshen yuqori qismi, halqalar urnatish joyi, porshen asosi va porshen yubkasidan iborat. Porshen yuqori qismi yuqori bosim va haroratga chidamli bulishi kerak, (masalan, dizel dvigatellarida 200 kg sm2 gacha va 2000 C0). Porshen komponovkasi yonish kamerasining konstruksiyasiga bog’liq bo’lib, yonish sifatiga ta’sir kursatadi. Porshen yuqori qismi va birinchi halqa orasidagi masofa yuqori haroratga chidamli bulishi kerak. Bu funksiya birinchi halqani qizib ketishidan himoya qiladi. Porshen asosiga porshen barmog’i joylashtiriladi. Porshen yubkasi quyidagi vazifani bajaradi: Porshenni yunaltiradi Kundalang kuchni uzatish Silindr devoriga moy pardasini hosil qilish Issiqlikni motor moyi orqali silindr devoriga tarqatish Porshen quyidagi talablarga javob berishi kerak: Porshenning ilgarilama-qaytma harakati inersiya kuchini kamaytirish uchun uning vazni yengil bulishi kerak, Yuqori bosim va haroratga chidamli bulishi. Porshen va shatun Talablarni bajarish uchun porshen yengil qotishmadan quyma ravishda tayyorlanadi. Bunda, alyuminiy qotishmasidan iborat quyma porshenga termik ishlov beriladi. Yuqori harorat tufayli porshen yuqori qismi kengayadi va uning diametri kattalashadi. Porshenni uta kengayishini oldini olish uchun pulat halqalar urnatiladi. Porshen devorining porshen barmog’i joylashgan qismi yunaltiruvchi qismiga nisbatan qalin. Shuning uchun, issiqlik kengayishi porshen barmog’i joylashgan qismida katta. Buning urnini bosish uchun, porshen barmog’i joylashgan qismi ovalsimon shaklda tayyorlanib, diametri kichik buladi. Shatun va porshen barmog’i Shatun odatda po’latdan tayyorlanadi. Ular ikki tarafidan qattiq qotirilmagan, shuning uchun porshen va shatun o’rtasidagi burchak o’zgaradi hamda yuqoriga va pastga harakatlanib tirsakli valni aylanma harakatga keltiradi. Ma’lum qismi porshen barmog’iga qotiriladi, ko’pincha usha qismi shatunga zichlab urnatiladi, ammo porshenda harakatlanadi. Shatunning katta kallagi tirsakli valga sirpanish podshipniklari bilan birgalikda urnatilib, ustidan pastki kallaklar boltlar yordamida qotiriladi. Odatdagidek, shatunning katta kallagida teshik orqali motor moyini bosim bilan siqib chiqarib ishqalanish podshipnikiga, shatun sterjen orqali esa silindr devorlari, porshen yuli va porshen halqalariga uzatadi. Porshen xalqalari Ko’pgina avtomobillarning porshenlarida halqalar uchta buladi: ikkitasi gazlarni utkazmaslik uchun (compression halqalar); bittasi moyni sidirish uchun (moy sidirish halqalari). Kompression halqalar konstruksiyasi to’g’ri to’rtburchak, konussimon yoki trapetsiya shaklida bo’ladi. Keystnoy tipdagi halqalar Napier halqalariga nisbatan kichik o’lchamli bo’lib, odatdagi moy sidirish vazifasini bajaradi. Odatda, ularning konstruksiyasi konussimon ko’rinishda bo’ladi. Birikish xususiyati halqaning prujinalik xususiyatidan kelib chiqadi. Porshen halqalari silindrning ichki yuzasida yuqoriga pastga harakatlanib, bu harakat doimiy ishqalanishda bajariladi. Shuning uchun ular jadal yedirilishga mahkum. Bu yedirilishni minimumga keltirish uchun juda qattiq materiallardan, odatda cho’yandan tayyorlanadi. Silindr devoir bilan xalqaning tashqi yuzasi oralig’ida yupqa moy qatlami hosil qilish uchun bir-necha mikrometrik tirqish qoldiriladi va u belgilangan qiymat chegarasida bo’lishi kerak. Xalqani porshenga o’rnatish silindrdan tashqarida bajarilib, undan so’ng xalqani compressor yordamida silindrga o’tqaziladi. Silindr devori va xalqalar orasidagi tirqish maxsus kalibrli shuplar bilan o’lchanadi. Tirqish belgilangan normadan juda kichik bo’lsa, bosim tushib ketishiga va yonish jarayoni samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tirsakli val Turlari va konstruksiyasi Tirsakli val dvigatelning asosiy qismi bo’lib, porshenning chiziqli ilgarilama-qaytma harakatidan aylanma harakatni oladi. Bu komponentlar quyidagicha ishlaydi: Halqali porshen va porshen barmog’i, Shatun, Tirsakli val, Maxovik. Porshenlar Yuqori Chekka Nuqta (YuChN) va Pastki Chekka Nuqta (PChN) orasida harakatlanadi. Har bir porshen porshen barmog’i va shatun orqali tirsakli val bilan birikadi. Shuning uchun shatun chiziqli va aylanma harakat qiladi. Tirsakli valning aylanma harakatidan yordamchi qurilmalar, maxavik, moy nasosi, suv nasosi va boshqalar harakatni oladi. Bundan tashqari dvigatelning titrashini kamaytirish yoki bartaraf etish uchun muvozanatlovchi val urnatilishi mumkin. Tirsakli val konstruksiyasi quyidagilarga bog’liq: Silindrlar soni Silindrlar joylashishi (chiziqli, V simon yoki qarama-qarshi) O’t oldirish vaqti Tirsakli val podshipniklarining soni Yonish kuchi Tirsakli val dinamik muvozanatlanadi. Tirsakli val podshipniklari: Podshipnik tirsakli valning silliq aylanishi uchun zarur. Umuman olganda, dvigatel tirsakli valiga sirpanuvchi podshipniklar qullaniladi. Sirpanish podshipniklari kuproq yuzani egallaydi, shuning uchun ular rolikli podshipniklarga nisbatan katta yuklanishlarda ishlatiladi. Zamonaviy 4 silindrli chiziqli dvigatellarda (eski dvigatellarda 3 ta) 5 ta podshipnik urnatilgan. V-simon dvigatellar tirsakli valida podshipniklar kam, shu tufayli tirsakli val qisqa. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !