Berdaq nomidagi QDU matematika fakulteti 4K1-guruh talabasi Mirzakulov Sabitning Xo’jayli tumani 42-maktabning 9-sinfida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan “Operatsion tizimlar” mavzusida oʻtgan bir soatlik ISH REJASI Sana: 09.09.2023 Sinf: 9 Fan: Informatika va axborot texnologiyalari Mavzu: Operatsion tizimlar Vaqt: 45 daqiqa Darsning maqsadi va vazifalari: Ilimiy maqsadi: O'quvchilarga operatsion tizimi haqida ma'lumot beriladi. Tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarning fanga bo'lgan ishtiyoqi, hurmat-e'tibor orttiriladı. O'quvchilarda turmushta uchraydigan misollarning yechimini topishda tassavur qilish qobiliyatini rivojlantirish. Rivojlantiruvchi maqsadi: O'quvchilarga avvalgi o'tilgan mavzusiga misollar ko'rsatish va bilimini orttirib borish. Operatsion tizimlarni o'rganish. Darsning tipi: Yangi bilim berish Darsning turi: Aralash Oʻqitish metodlari: Savol-javob, yakka tartibda ishlash, kichik guruhlarda ishlash, diskussiya. Darsga kerakli qurollar: 9-sinf informatika darsligi, tarqatma materiallar, proektor, kompyuter, doska, bo'r. Darsda shakllanadigan kompetenctsiyalar: ishlashish, o'z-o'zini rivojlantirish. Kommunikativ, xabar Darsning borishini rejalashtirish: Bajariladigan ishlar Vaqti Metod Kerakli qurollar bilan 1 Tashkillashtirish 5 daqiqa 2 Uyga vazifani so’rash 10 daqiqa 3 Yangi mavzu 10 daqiqa 4 Mustahkamlash 15 daqiqa 5 Darsni yakunlash va 5 daqiqa baholash Nazorat qilish, savol-javob Savol-javob, birgalikda islashish Diskussiya, kichik leksiya, savol-javob, aqiliy hujum Savol-javob Kundalik.com sayti Kitob, doska, bo'r Kitob, doska, bo'r, proektor, kompyuter Kitob, doska, bo'r,kompyuter Kitob, misollar Darsning borishi: I. Tashkillashlashtirish: Salomlashish; Sinfning tozaligini tekshirish; O'quvchilarning darsga qatnashini tekshirish; O'quvchilarning darsqa tayyorgarligini tekshirish; II. Uyga vazifani so’rash: O'tilgan mavzuni takrorlash. O'quvchilar mavzuni qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash, ularni baholash maqsadida uyga topshiriqlarni tekshirish va dars materiallarin o'zlashtirish. III. Yangi mavzu: 2-mavzu: Operatsion tizimlar Mavzuni bayon qilishdan oldin disskussiya usuli bilan o'tilganlarni esga tushiriladi. Mavzuni bayon qilishdan ustoz quyidagicha bir nechta ma’lumotlarni keltirib mavzuni tushundiradi. OS kompyuter tizimidagi barcha dastur va qurilmalarni boshqaradi. OSning bir necha turlari mavjud. Ulardan eng keng tarqalgan uchtasi: shaxsiy kompyuterlar uchun Microsoft Windows, Macintosh (Mac) kompyuterlari uchun Apple OS X va Linux operatsion tizimlari. Foydalanuvchi interfeysi Operatsion tizim kompyuter ishlashi uchun zarur boʻlgan barcha amallarni bajaruvchi dasturlar toʻplamidir. Uning dasturlaridan biri foydalanuvchi ekranda koʻradigan tasvirlarni boshqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu qism interfeys yoki to‘liq aytganda inson-kompyuter interfeysi (HCI – Human Computer Interface) deb ataladi. Interfeysning bir necha turlari mavjud. Ularni tanlashda quyidagilar inobatga olinadi: • kompyuter bajarishi kerak boʻlgan vazifalar; • foydalanuvchi turi va uning imkoniyatlari. Grafik foydalanuvchi interfeysi inson tomonidan kompyuterga berilgan murakkab ko‘rsatmalarni tushunishi uchun grafik ma’lumotlardan foydalanadi. Grafik foydalanuvchi interfeysi. Odatda GUI bajarilishi mumkin boʻlgan funksiyalarni ifodalash uchun ikonkalardan foydalanadi. Boshqaruvingizdagi sichqoncha kursori bilan ekrandagi ikonkani koʻrsatishingiz mumkin. Ekran turli ikonkalarga ega har xil maydonlarga boʻlinishi mumkin, bu maydonlar oynalar deb ataladi. Toʻrtta elementni (oynalar, ikonkalar, sichqoncha va kursor) birlashtirsangiz WIMP (windows, icons, mouse, pointer) hosil boʻladi. Foydalanuvchining grafik interfeysi baʼzan WIMP deb ham ataladi. Sichqoncha yordamida ikonkani ko‘rsatish va tanlash juda oson hamda uni amalga oshirish foydalanuvchidan deyarli IT sohasidan bilim talab qilmaydi. Bu esa yosh bola yoki kompyuterlar haqida kam maʼlumotga ega kishi uchun ham GUI interfeysidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. IV. Mustahkamlash uchun mashg'ulotlar: Topshiriq: Interfeysning boshqa turlari haqida maʼlumot topishga harakat qilib koʻring. Masalan, “Natural language” interfeysi nima?. Topshiriq: Maktabda foydalaniladi. foydalanuvchi interfeyslarining qanday turlaridan V. Darsni yakunlash va baholash: Darsning maqsadi o'quvchilarga o'rgatish va qay darajada tushunganligini aniqlash topshiriqlarni bajargan o'quvchilarni baholash. Uyga vazifa: 1. Kir yuvish mashinasining yuvish siklini boshqarish uchun kompyuter protsessordan foydalanadi. Foydalanuvchi interfeysi qanday koʻrinishga ega? Nega GUI emas? 2. Kamera qanday turdagi foydalanuvchi interfeysiga ega? T/r Mashq bosqichlari Ajratilgan vaqt Darsning texnologik xaritasi Mashq mundarijasi Ta'lim metodlari va turlari Ta'lim vositalari 1 Tashkil etish bo'limi 2 Aktuallashtirish (Motivaciya) 3 Yangi tushuncha va ish harakat usullarini umumlashtirish 4 Mustahkamlash yoki qo'llash 5 Yakunlovchi bo'lim Fan o'qituvchisi:______________________________ _________________ Amaliyotchi: ________________________________ _________________