O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISH GURUX: 971-19 BAJARDI: YO’LDOSHEV SARVAR TEKSHIRDI:____________________________ Mustaqil ta’lim uchun mavzular: 1. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. 2. Gʻarb mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. 3. Pedagogika fanining tarmoqlari. 4. Oiladagi tarbiyaviy vazifalar. 5. Oilada estetik va ahloqiy tarbiya. 6. Ekologik va iqtisodiy tarbiya. 7. Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning oʻrni. 8. Milliy tarbiya va milliy gʻurur. 9. Tarbiya nazariyasi va uning mohiyati. 10. Shaxsda madaniy xulqni tarbiyalash vositalari. 11. Jamoa bilan ishlash metodikasi. 12. Ta’lim jarayonining gnoseologik asoslari. 13. Oʻqitish metodlari va vositalari. 14. Masofaviy ta’lim texnologiyalari. 15. Pedagogikaning maxsus tarmoqlari. 16. Muammoli ta’lim texnologiyasi. 17. Ijtimoiy pedagogika. 18. Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari va ularni amaliyot tadbiq etish. 19. Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi. 20. Psixologik testlar va ularning imkoniyatlari. 21. Psixologiya fanining rivojlanish bosqichlari. 22. Fanlar tizimida Psixologiyaning oʻrni. 23. Emotsoional holatlar. 24. Stress va frustratsiya. 25. Shaxslararo munosabatlar va konfliktlar. 26. Verbal va noverbal muloqot. 27. Guruhlar va jamoalar. 28. Muloqot va uning turlari. 29. Bilish jarayonlari va professional faoliyat. 30. Sezgi, diqqat, xotira va uning turlari 31. Qobiliyat va uning turlari. 32. Terperament va uning tiplari. 33. Xarakter va uning shakllanishi. 34. Kommunikativ muloqotning shaxs taraqqiyotidagi o’rni. 35. Ijtimoiy hulq motiviyalari va shaxs motivatsiyasi. 36. Nutq va uning turlari. 37. Tafakkur va xayol turlari. 38. Informatsion-psixologik xurujlar. 1-Mavzu: Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir. Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilm-fanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va Sunnada bo’lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’l-yo’riqlari tashkil etadi. Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi ”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag’dod, ”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O’rta Sharq xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asnosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi.Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning madonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Farg’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo’lgan. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular: • aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar; • ma’naviy-ruhiy qadriyatlar; • ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; • badiiy-nafis qadriyatlar; • diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan. Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi. Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining ”Baxt-saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilmma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. ”Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir” Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u ta’limtarbiyaga doir she’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr-ezgulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asarida aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug’laydi. Uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o’quv va bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi: Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi, Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’ladi. Zakovatli uqadi, bilimli biladi, Bilimli, zakovatli tilakka yetadi. Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi, o’g’il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o’rganmog’i lozimligini ta’kidlaydi. Bu, ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi. Pеdagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kеlib chiqadi. Avvalo pеdagogikaning nazariy kurtaklari falsafa nеgizida paydo bo’ladi. Ta'lim-tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kеlgan. Ular o’zlarini bola tarbiyasi, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pеdagogik fikrlar ravnaqiga ulush qo’shganlar. Masalan: Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-Haqoyiq», Alishеr Navoiyning «Mahbub - ul qulub», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarlari bеvosita odob, axloqqa daxldordir. Bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do’stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o’z aksini topgan. Yosh avlodlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg’or kishilari diqqat markazida bo’lib kеlgan. Kaykovusning «Qobusnoma», IV asrda yashab o’tgan hind faylasufi Bеydaboning «Kalila va Dimna» asarlari, «Ramayana», «Mahobxorat» dostonlari, Sa'diyning «Guliston» va «Bo’ston», Jomiyning «Bahoriston», Ahmad Donishning «O’g’illarga nasihat», bundan tashqari Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, «Chor darvеsh», «Ming bir kеcha» kitoblari ham qimmatbaqo ma'naviy-madaniy mеros bo’lib, Sharqu g’arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo’lganlar va komillik tog’risida uning qirralarini yoritib bеrganlar. O’rta asrda Yaqin va O’rta Sharqda diniy o’quv muassasalari - madrasalar ta'lim va fan markazlari bo’lgan. O’zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o’quv muassasalari aynan Markaziy Osiyoda yuzaga kеlgani va shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani isbotlangan. Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o’zida 20 ga yaqin madrasalar mavjud bo’lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o’rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga kеlganligi qayd etib o’tiladi. O’z davrida madrasalarda o’qitilishi yo’lga qo’yilgan fanlarni Abu Ali Ibn Sino quyidagi tizimlar bo’yicha ajratadi: odob (xulq etikasi), astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikx (musulmon qonunchiligi). Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlar esa quyidagilardan iborat: 1) aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog’lomlashtirish; 3) estеtik tarbiya; 4) ma'naviy tarbiya; 5) hunarga o’rgatish. Abu Ali Ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy Osiyoda Uyg’onish davridagi ta'limning insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g’oyalariga asoslangan edi, deyishiga imkon beradi. Sharqdagi Uyg’onish davri Sharq mutafakkirlari - Muhammad Muso alXorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o’zlarining ta'limiy qarashlarida birinchi o’ringa inson shaxsini qo’yadilar hamda bolalarni har tomonlama, jismoniy va estеtik kamolotga erishishlari, shuningdek, tillarni bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta'limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy-ilmiy fanlarni kiritadilar. 2-Mavzu: Gʻarb mutafakkirlarining pedagogik qarashlari Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida ma’naviy yangilanishlar to‘g‘risidagi turli g‘oya va qarashlarni chuqur va atroflicha tahlil etmay, ulardan tegishlicha saboqlar olmay, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari degan eng ulug‘ maqsadni amalga oshira olmaymiz. Shu bois insoniyat tarixida jamiyatning ma’naviy yuksalishi haqidagi turli davrdagi buyuk allomalar, davlat va jamoat arboblarining ilmiy-falsafiy qarashlaridan qancha ko‘p ma’lumotlarni tadqiq etsak, jahonning rivojlangan davlatlarining ijobiy jihatlarini o‘rgansak, mamlakatimizni jahon tendensiyalariga mos ravishda rivojlantirishimiz, fuqarolarni davlat va jamiyatimizning milliy yuksalishiga faol ishtirokini ta’minlagan bo‘lamiz. Ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixiga nazar tashlasak, ma’naviy yangilanishlar jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta’sir doirasi sezilarli ekanligini Sharq va G‘arb mutafakkirlari tomonidan qoldirilgan ilmiy merosi guvohlik beradi. Shuning uchun buyuk faylasuf, mutafakkir olimlar va adolatli davlat boshliqlari millatni mahdudlik holatidan chiqarib, taraqqiyotni rivojlantirish maqsadida, birinchi navbatda, ma’naviy yangilanishlar omiliga e’tibor berganlar, jamiyat a’zolarini umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanga daxldorlik mas’uliyati, insonni e’zozlash, adolat uchun kurash, halol mehnat, jamoaviylik, oilaga sadoqat, do‘stlarni hurmat qilish ruhida kamol toptirishga, ularda milliy g‘urur va iftixor, burch va mas’uliyat tuyg‘ularini kuchaytirishga harakat qilganlar. Shundan kelib chiqib, ma’naviy yangilanishlarning jamiyat rivojida tutgan o‘rnini qadimgi Sharq va G‘arb faylasuf olimlarining ijodlaridan namunalar asosida ilmiy tahlil qilib chiqsak. Bejizga Sharq qadimdan ma’naviyat va sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida ta’riflanmagan. Qadimgi Sharq faylasuflari ma’naviy yuksalish, shaxsning o‘zligini anglashi va kamol topishiga qaratilgan konsepsiyalarda, avvalo, zardushtiylik, buddizm, konfutsiychilik falsafasida juda ko‘plab noyob dialektik g‘oyalar ilgari surilgan. Ayniqsa, bu borada Zardushtning falsify-ijtimoiy qarashlari diqqatga sazovor. Zardushtiylik jamiyatni tinch va osoyishtalik, barqaror holatda bo‘lishi, insonlarning bir-birlariga maslakdosh, ko‘makdosh bo‘lishi kabi g‘oyalarni lgari surgan. Zardusht falsafasidagi “O‘zgalarga yorug‘lik istagan kimsalarga yorug‘lik nasib etadi. Haqiqat nurlari ostida, Ezgu Niyatdan yaralgan ma’rifatingdan bizlarga hadya qil, toki tirikligimizning har lahza, har soat, har bir kunida shodmonlikdan bahramand bo‘laylik” yoxud “Olam obodligi uchun g‘ayrat ko‘rsatmoq lozim, uni yaxshilik bilan asramoq va yorug‘lik sari eltmoq kerak” singari fikrlar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U o‘z davrida xalqni ezgulik va adolat g‘oyalariga da’vat etish, hayotbaxsh an’analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, uning g‘oyalari bilan bog‘liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda. Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida Konfutsiyning (551–479) qarashlari ham alohida o‘rin tutadi. U qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Mutafakkirning “Aforizmlar” asari teran falsafiy g‘oyalari bilan mashhurdir. Konfutsiyning falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy o‘rin tutadi. Qadimgi ajdodlarning urf-odatlari, marosimlari, tariqatiga tayangan Konfutsiy o‘tganlarning shuhrati ularning avlodlarini yuksaltiradi, deb jamiyatning haqiqiy negizi, poydevorini yanada mustahkamlash uchun qadimgi urf-odatlar, marosimlar, an’analarni tiklash va ularga amal qilish zarurligini uqdiradi.Hozirgi kunda Konfutsiy tomonidan yaratilgan ta’limotning maqsadga muvofiqligini mamlakatimizda qadimgi urf-odat, an’ana,milliymarosim va bayramlarimizning, ajdodlarimiz tarixiy xotiralarining tiklanishi borasidagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarimizda ko‘rishimiz mumkin. Qadimgi dunyoda falsafiy fikr taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Yunoniston edi. Qadimgi Yunonistonda falsafa ijtimoiy hayotning in’ikosi sifatida tabiat to‘g‘risidagi bilimlar bilan bog‘lanib bir butun dunyoqarashni o‘zida mujassamlantirgan edi. Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Platon va Aristotel asos solgan falsafiy oqimlar idealistik dunyoqarashni rivojlanishiga xizmat qiladi. Suqrot (eramizdan oldingi 469–399-yillar) – qadimgi Yunon faylasufi. Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, kambag‘aldan chiqqan, tosh yo‘nuvchining o‘g‘li, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo‘lgan.Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog‘i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga bog‘liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutganligi bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilishgan. Jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk alloma, faylasuf, san’atshunos olim Platondir. Uning fikricha, “Kimki, davlatlarga jamiyat va umumxalq muomalasida bo‘ladigan axloqning hayotiy qoidalari to‘g‘rsida qonunlar berishni o‘ylab, ammo xususiy hayotga e’tibor berishni zarur deb hisoblamagan bo‘lsa, bu bilan hammaga hamda har kimga o‘zi xohlaganicha kun o‘tkazishiga imkoniyat yaratib bergan bo‘lsa, fuqarolar, o‘zlarining xususiy hayotlari qonunlashtirilmaganiga qaramay, jamiyat va umumxalq hayotida qonunlarga mos yashaydilar, deb hisoblasa, u noto‘g‘ri mulohaza yuritgan bo‘ladi”. Platonning ideal davlat to‘g‘risidagi orzulari negizida adolat g‘oyasi yotadi. Platon aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.O’zining qomusiy merosi bilan jahonni lol qoldirgan, ilmiy-falsafiy g’oyalari bilan sharqda “birinchi muallim” sifatida e’tirof etilgan buyuk faylasuf Aristoteldir. Umuman, qadimgi Sharq va G‘arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq mavzusi yetakchilik qiladi. O‘sha davrda yaratilgan hikmatli so‘z, iboralar bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Markaziy Osiyoda siyosiy fikrlarning vujudga kelishi va rivojlanishida islom dini ham muhim manbalardan biri bo‘ldi. IX asrda maxsus islom ilmlari shakllandi. Greklardan o‘tgan falsafa, matematika, fizika va boshqa qator ilmlardan tashqari kalom, hadis, fiqh kabi islomiy ilmlar yuzaga keldi. Islom Sharqda nafaqat din sifatida, balki yaxlit madaniyat, ma’naviyatning shakllanishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U madaniyatning ilm-fan, san’at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda diniy ilmlar sohalarida mintaqa shuhratini olamga tanitgan imom Buxoriy, imom Termiziy, Nizomulmulk, dunyoviy ilmlar sohasida esa, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino hamda tasavvuf ma’naviyma’rifiy ta’limoti sohasida Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqa yirik alloma va mutafakkirlarning jamiyat taraqqiyoti rivojida ma’naviyat hodisasining beqiyos o‘rni haqidagi qarashlari butun jahon ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh hissa qo‘shdi. Abu Nasr Forobiy (873–950) jahon ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida “Sharq Aristoteli” (“Ikkinchi muallim”) degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur qomusiy olimdir. Forobiy o‘zining ijtimoiy-falsafiy qarashlarida jamiyatning vujudga kelish sabablarini, axloqning shakllanishi, inson va jamiyatning o‘zaro munosabatini, insoniylik, adolatparvarlik, tarraqiyot, buyuk jamiyat, komil inson kabi mavzularni ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Forobiy talqinicha, “…haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar – fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi – fazilatli jamoadir. Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtaga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi”.Demak, Forobiy ta’biricha, jamiyat va xalqlarning o‘zaro bir-biriga yordami, teng huquqlilik, adolatparvarlik tamoyillari fozil davlatning ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi. Ibn Sino (980–1037) jahon xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrining buyuk namoyandasi, Sharqda “Shayx ur-rais” (olimlar boshlig‘i) degan nom bilan shuhrat qozongan qomusiy olim – mutafakkiridir. U tabibgina bo‘lib qolmasdan, o‘z davrining buyuk mutafakkiri, keyingi asrlar fani, madaniyati, adabiyotiga salmoqli ta’sir ko‘rsata olgan buyuk siymo edi. Ibn Sino ijodidagi ajoyib xususiyatlardan biri shu ediki, u asarlarida o‘z davrining juda ko‘p ilg‘or g‘oyalarini aks ettira oldi. Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilimlarga yetishishni da’vat etgan. Chunki ilm-fan tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ochib, avlodlarga yetkazadi. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, deydi. “Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir”.Zero, bilimli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo‘ladi, deydi u fikrini davom ettirib. Nizomulmulk (1018–1092) oqilona va adolatli davlat boshqaruvi tufayli Malikshohning nomi tarixda qoldi. U “…davlatu donish va ezgu rasm-u odat yorug‘ shamga o‘xshaydi. Va odamlar shu yorug‘likda yo‘llarini topib, qorong‘ilikdan chiqadilar”. 3-Mavzu: Pedagogika fanining tarmoqlari Pedagogikaning tarmoqlari.Pedagogika fanlari tizimi. Shaxs kamolotini tahminlash, uning intellektual, ma’naviyaxloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh ddavrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir: 1. Umumiy pedagogika maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi. 2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash,ularni intellektual, ma’naviyaxloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi. 3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi. 4. Korrektsion (maxsus) pedagogika rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. O’z navbatida korrektsion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli qlari kiradi. Ular quyidagilardir: Surdopedagogika va surdopsixologiya eshitish qobiliyati rivojlantirish,o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi. Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya aqli zaif o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi. buzilgan bolalarni bolalarni rivojlantirish, Tiflopedagogika va tiflopsixologiya ko’rishqobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi. Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi nutqi,shuningdek,motorliharakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi. 5. Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi. 6. Pedagogika tarixi ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda etakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi. 7. Pedagogik texnologiya ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi. 8. Pedagogik mahorat bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi. 9. Ta’limni boshqarish ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi. 10. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi. 4.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash Ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi.Bizga Ma’lumki pedagogikhodisa murakkab tuzilmagaega bo’lib,uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: 1. Falsafa shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari muayyan pedagogik g’oya,qarashhamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 2. Iqtisod ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi. 3. Sotsiologiya ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida Ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’limtarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. 4. Etikashaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviyaxloqiymadaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi. 5. Estetika shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi. 6. Fiziologiyao’quvtarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi. 7. Gigiena o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi. 8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi. ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy 9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik,dialektik xususiyatlariniinobatga olish, shuningdekxalq pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi. 10. Madaniyatshunoslik o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulqatvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. 11. Tibbiy fanlar shaxsning fiziologikanatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini tahminlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi. Pedagogik texnologiyalar. Pedagogik muloqot. 1.Pedagogik texnologiya tushunchasi 2.Pedagogik texnologiyalarning mezonlari 3.Pedagogik muloqotning asosiy shakllari Hozirgi paytda ko’p mamlakatlar, shu jumladan respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida ham turlicha nomlangan texnologiyalardan foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning barchasi ma’lum umumiylikka ega bo’lib, ular xususiy jixatlariga binoan tasniflanishi V.S.Kukushin., G.K.Slevko., G.Berdiev kabi ko’plab olimlar tomonidan ko’rsatilgan bo’lib, ularni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin. 4-Mavzu: Oiladagi tarbiyaviy vazifalar «Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila ahil va totuv boisi, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikqa erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik huqm suradi. Oila farovonligi milliy farovonlik asosidir» Oila jamiyat ijtimoiy tuzumining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lib, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oilamuraqqab ijtimoiy guruh. U biologiq, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga qyeladi, shu sababli oilalar birlashib, jamiyatni tashqil etadi. «Oila-qishilarning qon-qarindoshlik, mulq va manfaat umumiyligi va talab-yehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo'lgan majmua. Ya'ni miqroijtimoiy tuzilmadir», - deb ta'qidlaydi O‘zbekistonlik olim A. O‘lmasov. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta'sirini qo‘rsatganideq, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta'sirini qo‘rsatadi. Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi ekan, uning mutsahqamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat manfaatdordir. Oilada ma'naviy va jismoniy yetuq avlodni shakllantirish, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy qasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434 raqamli farmoni va unda qo‘zda tutilgan maqsad va vazi-falar, Vazirlar Mahqamasining 2002-yil 5-iyuldagi «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog'ligini mutsahqamlash, sog‘lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning utsuvor yo'nalishlarini amalga oshirishning maqsadli datsuri to‘g‘risida»gi 242-sonli qarorining bajarilishi mamlaqatimizda sog‘lom oilalarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda.Oilajamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aqs ettiradi. Otaonalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir qo‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiyiqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik diagnotsiqada oila tarbiyasi o‘z milliy va demografiq xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a'zolarining soni, tarqibi alohida ahamiyat qasb etadi. O‘quv masqanlarida beriladigan ta'lim-tarbiya darajasi bilan O‘quvchi-talaba shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan ta'minlanganligi hamda ta'lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning tarqib topib borishini jadallashtiradi. Yoshlarning xulqida uchraydigan nuqsonlar: yolg'onchilik, agressivlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda o‘quv masqanlarida beriladigan ta'lim-tarbiyaning ta'sirini oshirish yo`llarini tad-qiq etishda oila diagnotsiqasining muhim ahamiyati mavjud. Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan Q. Leongard, Myuntsenberg, Dembo-Rubinshteyn, E. Olimov, I. Grebenniqov, A.Q. Munavvarov, M. Qur'onov, O. Musurmonova, L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma'rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va mohiyatidan qyelib chiqqan holda ota-onalarga uzluqsiz va ma'lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim datsurlari ham ishlab chiqilgan. Bu datsurlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq bo'linmoqda. Ma'lumqi, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy-pedagogik yordamga muqtoj oilalarni ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqIab, ularga real yordam qo‘rsatish, ya'ni oilada valeologiq sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila diagnotsiqasi muhim ahamiyat qasb etadi. Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spespraqtiqumlar) muhim ahamiyatga ega. Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi: maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan holda otaonalarning yana qanday imqoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; haraqatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o'rnatishga doir anqyetalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil yetish, ularning tavsifiga qo‘ra, ota-onalarni qichiq guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish qabi faoliyatdir; diagnotsiqa asosida pedagogik qonsiliumlarni tashqil etish, psixologiq xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalgam oshiriladi. Bu oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaqi, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. «Oilaviy tarbiya doimo o‘zining muraqqab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi» (42,54), - deb ta'qidlaydi A. Munavvarov. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig'magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, taqrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma'qul tushadigan yo`lyo'riqlari mavjud emas. O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘zini-o‘zi anglash, milliy tuyg'u, milliy madaniyat, milliy qiyinish va yurish-turishda o‘z aqsini topadiqi, o‘zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o‘rganishda bularni chetlab o'tish mumkin emas. O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‘p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. Oilashunos olimlar: D.Abdullaeva, N.Ismoilova, F.Habibullaevlar tomonidan oilaning asosiy funqciyalari turlicha qlassifiqatsiva qilingan. Bu o‘rinda oila funqsiyalarini sanab o'tish bilan qifoyalanmay, balqi ularni bir tomondan odamlarning moddiy, xo'jalik-maishiy va iqqinchi tomondan, emosional va ijtimoiypsixologiq ehtiyojlarini qondiruvchi funqsiyalarga farqlash muhim. Oilaning iqtisodiy funqsiyasi uning asosiy tarbiyaviy funqsiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy etsetiq tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini koyish bilan cheqlanmay, balqi uning so‘ngi g'ishti qo'yilgiincha javobgardir. Jamiyatning qomil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funqsiyasi darajasiga qiradi. Chunqi shaxsning ijtimoiylashuvi dastaval oilada amalga oshadi. Oilaning qommuniqativ funqsiyasi oila a'zolarining O‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo'lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Oilaning reqreativ funqsiyasi. Niqoh-oila munosabatlari yuzaga qyelgan datslabqi, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xaraqterli bo'lgan xususiyatlardan biri, oila a'zolarining axloqiy-psixologiq himoyalanishini ta'minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz qishilar yoqi qyeqsa qarindoshlarga moddiy-ma'naviy va jismoniy yordam qo‘rsatish qabilardan iborat boiib qyelgan. Bu holat oilaning reqreativ funqsiyasini tashqil qiladi. Oilaning reqreativ funqsiyasi - o‘zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologiq yordam qo‘rsatish funqsiyalaridan biri hisoblanadi. Oilaning muhim bo'lgan funqsiyalaridan yana biri - bu uning reproduqtiv (jamiyatning biologiq uzluqsizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga qyeltirish) funqsiyasidir. Bu funqsiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga qyeltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo'lgan davrdan boshlab yashab qyelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish intsinqti insonda farzand qo‘rishga ularni o'tsirishga va tarbiyalashga bo'lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, qishi, odatda, o‘zini baxtiyor his eta olmaydi. Oilaning felisitologiq funqsiyasi. Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funqsiyalaridan biri uning felisitologiq funqsiyasidir (italyancha «felicite» - baxt degani). «Shaxsiy farovonlikqa erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada, er- xotinning bir-birini to’lik tushunishi-ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta'minlaydi. Shuningdeq, o‘zidagi mayjud tabiiy-ijodiy imqoniyatlarni (iqtidorni) ro'yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish imqonini beradi”. +yeyingi vaqtlarda insonning imqoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda. Oila funqsiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta'minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funqsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichqi holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta'sir yetadi. Bola maqtabga qyelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir qo‘rsatishi tabiiy qoldir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ularning sog'ligini saqlashdir. 5-Mavzu: Oilada estetik va ahloqiy tarbiya. Inson xar doim go’zallikka intiladi, undan ma`naviy ozuqa oladi.O’z xayotini, faoliyatini, turmush sharoitini, o’zini o’rab turgan atrof- muxitni go’zalroq bo’lishga xarakat qiladi.Bu xol o’z navbatida uning dilini, nozik xis-tuyg’ularini shakllantiradi.Odamlarni o’ziga rom etuvchi go’zallik namunalari xayotning turli jabxalarida namoyon bo’ladi.SHuning uchun bolaga juda yoshligidan oilada, maktabgacha tarbiya muassaslarida, ayniqsa maktabdan estetik ruhda tarbiya aloxida e`tibor bilan beriladi.Estetik ruhda tarbiya xar bir davrda, xar bir xalqda turlicha bo’lsada, uni amalga oshirishning asosiy vositalari, tabiat go’zalligini sanab o’tadi. Bu vositalar bir- birini to’ldirib,boyitib beradi.Barchasidan to’la baxramand bulgan kishining ma`naviy boy, yuksak didli bo’lsagina zavqli xayot kechirishi mumkin.Tabiat o’ziga xos go’zalliklarga ega bo’lib, ma`lum qonuniyatlari asosida o’zgarib, jilolashtiradi. Yil fasllarning almashinuvi tabiatning ranglarini, shakllarining xushbo’y xidlaru, turli,jonzotlarning yoqimli tovushini,inson shu o’ringa tortiq etadi.Ular har bir kishini baxtiyor poklik,beg’uborlik olamiga olib kiradi. Estetik ruhda tarbiyaning yana bir tarbiyasi badiy ijod namunalari hisoblanadi. Ayrim pedagogik adabiyotlarda badiy tarbiya deb nomlanib, o’z ichiga badiy adabiyot,musiqa,qo’shiq va raqs sa`natini,teatr va kino sa`natin, tasviriy san`atning, xaykaltaroshlik, me`morchilik, halq amaliy sa`nati va boshqalarni oladi. Bu san`at asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda imkoniyatlari cheksizdir. Ayrim sa`nat asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda nixoyat darajada ustun turgannidek, badiiy tarbiya ham odamlarning ma`naviy boyishlarida tengi yo’q ta`sir kuchiga egadir. Dunyoning etti mo’jizasi sanalgan Misr firavnlarning ehromlari, Bobilning osma bog’lari, Efesdagi Artemida ibodotxonasi, Rodosskiy xaykali va Fors orolidagi mayoq hayratomuz go’zallik namunalari sanaladi. YOshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallik namunalari sanaladi. YOshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallikka ega bo’ladi. Rus yozuvchi A.Chexov »Insonda hamma narsa go’zal bo’lish kerak» degan edi, ammo ularning orasida alohida ajralib turadigani ma`naviy go’zallikdir.Shuning uchun xam milliy istiqlolga erishgandan keyin xalqning ma`naviyatini shakllantirishga katta e`tibor berilmoqda. Maktab yoshlarga estetik ruhda tarbiya berishning asosiy o’rinlaridan biridir. O’rta umumiy ta`lim tarkibiga kirgan barcha fanlarni o’qitishda o’quvchilarga estetik ruhda tarbiya berib boriladi,maxusus estetik ruhda tarbiya fanlari o’qtiladi,ularga rasm,ashula,chizmachilik va boshqalar kiradi. Estetik ruhda tarbiya mashg’ulotlari, mehnat darslarida ham estetik ruhda tarbiya doimiy berib boriladi. Bulardan tashqarii adabiyot, ona tili, odobnoma, tabiatshunoslik, jug’rofiya va boshqa fanlarni o’qitishda mavzuning mazmuniga mos holda estetik ruhda tarbiya beriladi. Bevosita estetik ruhda tarbiya beruvchi rasm va ashula darslari o’quvchilarning eng qiziqadigan hamda ijodiy o’rgandigan o’quv darslaridir. Bu darslarda o’quvchilar go’zallikni ongli idrok etibgina qolmasdan, ko’nikma va malakalar hosil qiladi.Buyuk rassomlar, bastakorlarning asari bilan tanishadi. O’zlari rasm chizadi, musiqa tinglaydi, ma`nasini tushunadi,imkoniyat darajasida ijrochilik mahoratlarini egallaydilar. O’quvchilarga estetik ruhda tarbiyani berishda maktabda tashkil etiilgan badiiy to’garakning ahamiyati katta. O’quvchilar qobiliyati va qiziqishlariga mos holda rasm, musiqa, raqs, xalq amaliy san`ati to’garaklarida ishtirok etib, tegishli malakalarni egallaydilar. Maktabda havaskor rassomlaarning ko’rgazmalarinig tashkil etilishi mukin. Unda «chevar qo’llar» to’garagi qatnashchilarining maktab ustaxonasida tayyorlanyotgan amaliy sa`nat namunalarni ham namoyish etish foydalidir. Maktab yoshlariga estetik ruhda tarbiya berishning markazi vazifasini o’tay oladi. Bunga misol qilib, Yhkkasaroy tumandigi 26-son o’rta umumiy ta`lim maktabini ko’rsatish o’rinlidir. Yuqorida ta`kidlanganidek estetik ruhda tarbiyaga tabiat manzaralari, yilning turli fasllarida unda sodir bo’ladigan o’zgarishlar ta`sir qiladi. SHahar va qishloqlarning qiyofasi ulardagi noyob binolar, bog’-rog’lar, me`morchilik yodgorliklari, xiyobonlar, maydonlar, favvoralar, xar-hil bezaklar, xatto tozalik, saranjom-sarishtalik bolalarning yuksak didli bo’lishlariga ta`sir etadi. SHu o’rinda ayniqsa, muzeylar, teatr va kinoxonalarning ahamiyatini aloxida ta`kidlamoq kerak. O’zbekistonda dunyoga mashxur bo’lgan shaxarlar, ulardagi me`morchilik yodgorliklari va san`at muzeylari ko’plab kishilarni xayratlantirib, o’ziga maxliyo qilish imkoniyatiga ega. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, qo’qon, SHaxrisabz va boshqa joylarda go’zalligi bilan asrlar osha estetik ruhda tarbiya berib kelayotgan inshoatlar bor. Sharqda sog’lom turmush tarzi to’g’risidagi tasavvurlar uzoq o’tmishga borib taqaladi. O’rta asrda Sharqda etuk insonni tarbiyalashga qaratilgan xarakatlarni Farobiy o’zining qator asarlarida umumlashtiradi. Olim o’z asarlarida qalb holatini mo’tadil saqlash uchun sog’lom avlod zarur deb ta`kidlaydi. Farobiyning fikricha, estetik ruhda tarbiya shaxsni xar tomonlama rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi kunda qo’yilgan muhim vazifalardan biri o’quvchilarni estetik ruhda sog’lom bo’lib o’sishga va o’z sog’lig’ini saqlashga o’rgatishdir. Mustaqil respublikamizda sog’liqni saqlash, jamiyatimizdagi sog’lom avlodni etishtirish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. SHulardan biri «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta`sis etilishidir. Maktab o’quvchilariga estetik ruhda tarbiya berish uchun, estetik ruhda tarbiya bo’yicha ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, o’quvchilar o’zlaridagi mehnatsevarlik, jasurlik, tashabbuskorlik xislatlarini to’la namoyish qila olish hamda xarakatli o’yinlar va estetik ruhda mashqlarni yanada sevib, o’z yutuqlarini yanada takomillashtirishga ega bo’lsainlar. Estetik ruhda tarbiya bo’yicha mashg’ulotlar ochiq xavoda, zalda yoki shu maqsadga muvofiq ajratilgan xonalarda o’tadi. Estetik ruhda a lotincha «estezio go’zallikni his etaman» ma`nosini bildiradi. Aqliy, ahloqiy, estetik ruhda va mehnat tarbiyasini estetik ruhda asiz tasavvur kilib bo’lmaydi. Estetik ruhda tarbiyaning maqsadi va vazifasi o’quvchilarni tabiat va jamiyatdagi go’zallikni idrok qilish, uni to’g’ri tushunish va fahmlash, qadriga etishga, shu asnoda o’z shaxsiy hayotining go’zal tomonini ko’ra bilishga, go’zal bo’lishi uchun ko’rashishga o’rgatishdan iboratdir. Estetik ruhda tarbiya ahloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor normalarini tarkib toptirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta`sir ko’rsatadi. Maktablarimizdagi musiqa, rasm, ashula darslari, adabiyot va boshqa fanlar estetik ruhda tarbiyaning vositasi hisoblanadi. Estetik ruhda tarbiya -badiiy-estetik ruhda tafakkurni shakllantirish, real hayotda san`atdagi estetik ruhda hodisalar, ko’rinishlar, holatlarni his qila olish, qabul qila olish, baholay olish qobshshyatlarini shakllantirish shuningdek, ijodiyotda faol ishtirok etish. Estetik ruhda tarbiya – borliqdagi va san`atdagi go’zallikni tushunish, ulardan zavqlanish va uni yaratishga intilishni tarkib toptirish. Inson xar doim go’zallikka intiladi, undan ma`naviy ozuqa oladi.O’z xayotini, faoliyatini, turmush sharoitini, o’zini o’rab turgan atrof- muxitni go’zalroq bo’lishga xarakat qiladi.Bu xol o’z navbatida uning dilini, nozik xis-tuyg’ularini shakllantiradi.Odamlarni o’ziga rom etuvchi go’zallik namunalari xayotning turli jabxalarida namoyon bo’ladi. Shuning uchun bolaga juda yoshligidan oilada, maktabgacha tarbiya muassaslarida, ayniqsa maktabdan estetik ruhda tarbiya aloxida e`tibor bilan beriladi.Estetik ruhda tarbiya xar bir davrda, xar bir xalqda turlicha bo’lsada, uni amalga oshirishning asosiy vositalari, tabiat go’zalligini sanab o’tadi. Bu vositalar bir- birini to’ldirib,boyitib beradi.Barchasidan to’la baxramand bulgan kishining ma`naviy boy, yuksak didli bo’lsagina zavqli xayot kechirishi mumkin. Tabiat o’ziga xos go’zalliklarga ega bo’lib, ma`lum qonuniyatlari asosida o’zgarib, jilolashtiradi. Yil fasllarning almashinuvi tabiatning ranglarini, shakllarining xushbo’y xidlaru, turli,jonzotlarning yoqimli tovushini,inson shu o’ringa tortiq etadi.Ular har bir kishini baxtiyor poklik,beg’uborlik olamiga olib kiradi. Estetik ruhda tarbiyaning yana bir tarbiyasi badiy ijod namunalari hisoblanadi. Ayrim pedagogik adabiyotlarda badiy tarbiya deb nomlanib, o’z ichiga badiy adabiyot,musiqa,qo’shiq va raqs sa`natini,teatr va kino sa`natin, tasviriy san`atning, xaykaltaroshlik, me`morchilik, halq amaliy sa`nati va boshqalarni oladi. Bu san`at asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda imkoniyatlari cheksizdir. Ayrim sa`nat asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda nixoyat darajada ustun turgannidek, badiiy tarbiya ham odamlarning ma`naviy boyishlarida tengi yo’q ta`sir kuchiga egadir. Dunyoning etti mo’jizasi sanalgan Misr firavnlarning ehromlari, Bobilning osma bog’lari, Efesdagi Artemida ibodotxonasi, Rodosskiy xaykali va Fors orolidagi mayoq hayratomuz go’zallik namunalari sanaladi. Yoshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallik namunalari sanaladi. Yoshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallikka ega bo’ladi. Rus yozuvchi A.Chexov Insonda hamma narsa go’zal bo’lish kerak» degan edi, ammo ularning orasida alohida ajralib turadigani ma`naviy go’zallikdir. 6-Mavzu: Ekologik va iqtisodiy tarbiya. Insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyati. Bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa juda muhim. Avvalo o'quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to'la tushunchaga ega bo'lmog'i darkor. Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Suso Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o'rin tutishini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u o'z mehnatining natijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.nO'zbekistonRespublikasining «Kadrlartayyorlashmilliydasturi»da: «Ta'limningbarchadarajalarita'limoluvchilarningiqtisodiyta'limihamdatarbiyasinitakomill ashtirish», zarurligi (45-bet) a'lohidata'kidlangan. Barkamol inson avvalo iqtisodiy tarbiya olmog'i shart. Chunki iqtisodiy tarbiyasiz, unga bog'liq ko'nikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukamml inson bo'lishi mumkin emas. U eng avvalo o'z mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tadbiq qilishning ta'limiy asoslarini ilmiy bilmog'i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta'lim negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo'llash jarayonida o'z ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'ziga xos tarzda, ya'ni sodda shaklda tashkil etiladi. Chunki kichik o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumotni, madaniyatni, ongni, ko'nikma va odatlarni birdaniga tarkib toptirish mumkin emas. Shuning uchun kichik o'quvchilarda dastlab iqtisod haqida tasavvur, tushuncha va ularni turmushda qo'llash bilan bog'liq ko'nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi. Kichik o'quvchilarning barkamol insonga xos bo'lgan iqtisodiy bilimlari bosqichma-bosqich ular yoshining ortibborishi bilan uzviy bog'liq holda tashkil etiladi. Iqtisodiy ong, madaniyat birdaniga tarkib toptirilmaydi. O'quvchilarning bu sohadagi tasavvurlari bevosita ta'lim jarayonida tarkib toptirilib borishni talab etadi. Bunday mas'uliyat boshlang'ich sinf o'qituvchisi zimmasiga to'g'ri keladi. Bu ish boshlang'ich ta'limning to'rt yilli davrida amalga oshiriladi. Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: «Inson o'z mablag'ini to'g'ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish, xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi». Ko'rinib turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o'rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e'tiborni qaratganlar. Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog'liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirimchiqim mohiyati haqida ta'lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni o'quvchi bevosita maktab ta'limi davrida oladi. Shuning uchun o'quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko'nikmalarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir. Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo'lg'aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko'p bo'lg'ay, yumshoq tabiatli va shirin so'zli bo'ling, do'stiniz ko'p bo'lg'ay». Demak, ko'p ranj bila topilg'on ganjni (boylik) g'aflat va qohillik bila qo'ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo'lg'andin so'ng har qancha pushaymon bo'lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo'lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg'il, sen bundan bahramand bo'lg'aysan. Biroq mol har qancha aziz bo'lsa ham, uni do'stlardin darig' tutmag'il. Har holda molingni go'ringga olib bormagungdur. Ammo daromad na chog'liq bo'lsa, xarjing ham ul miqdor bo'lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag'ay. Har kishiki xarjini daxlidin oz qilsa, hech vaq qashshoq bo'lmag'ay. Donishmandlar debdurlarkim, hech bir ishda isrof qilmag'il, isrof qiluvchi barcha vaqt ziyonkordur. Ammo tirikchilikni talx qilgudek qattiqliq qilmag'il. Ro'zgoringning zaruriy ishlarida tahsir nuqson ko'rguzmag'il. Joningga jabr qilmag'il: mol har nechakim azizdur, ammo jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig'ilgan molingni bahllarning qo'liga topshirmag'il va sharobxo'r, qimorbozlarga e'timod qilmag'il. Mol jam etmakda xato qilmag'il, har odam o'z ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo'lg'ay va muddaolarda bebahra qolg'ay, nedinkim, roham mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur. Molingdin mustahiqlarga (munosib, loyiq) edurg'il. O'zgalarning molidin ta'ma qilmag'il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog'i bo'lg'aysan. Molingni o'zgalarning moli deb bilg'il, o'zgalarning molin o'z molingdin ziyodrog' bilg'il, toki omonatga xiyonat qilmaslik, to'g'rilik bila xalqqa mashhur bo'lg'aysan. Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat molni sarf qilishgagina emas, ovqatda, kishining qiziqishlari, nutqida ham isrof bo'ladi, isrof tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o'ldiradi». Isrof so'zining lug'aviy ma'nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki o'zi va bola-chaqasi uchun hech narsa qoldirmay, bor-yo'g'ini maydachuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma'nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi ko'rinishda bo'lmasin kishining bor-yo'g'ini sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan (Aladab al-mufrat. Imom Ismoil al-Buxoriy. 131-bet). «Yaxshi sayrat, chiroyli hay'ot va har bir ishda iqtisodchilik etishi hislatlardan bir bo'lagidir» (216 bet, 468 hadis). Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azabda bo'ladi. Molni noo'rin erlarga sarf qilib zoe qilganingiz shularning bittasidur, deydilar» (206 bob, 131 bet). Birovdan qarzdor bo'lsangiz, va'da qilg'an kuningizda topshiring», deb ta'kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan ham inson mol, mablag', boylik uchun o'zini xavf-xatarga qo'ymasligi shart. Albatta har bir inson uchun mol, mablag', boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilgan qoidalarga rioya qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga to'siq bo'lmasligi darkor. Bu sohada tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilsa samarali natijalar keltiradi. Ekologik tarbiya haqida tushuncha. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumbashariy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog'liqdir, - deb ta'kidlagan I.A.Karimov (O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbo»sini ochib, birinchi so'zni hijjalab o'qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» - deb ta'kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublika «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta'limning barcha darajalarida ta'lim oluvchilarning ekologik va sanitariyagigiena ta'limi hamda tarbiyasini takomillashtirish zarur» - deb alohida ta'kidlangan. «Ekologiya» yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudodlarning yashash sharti va tevarak atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o'rganadigan fandir. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi E.Gekkel tomonidan kashf etilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50moddasida: «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar» va 55-moddasida esa: «YEr va er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyliklardir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat mudofaasidadir» - deb juda o'rinli ta'kidlangan. Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi va 2000 yilning «Sog'lom avlod yili» va 2005 yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon va davlat dasturi ishlab chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilganligini ko'ramiz. Aholi sonining tez o'sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, aholini er, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muammolar butun dunyo ijtimoiy muammolariga aylanib bormoqda. YEr kurrasida insoning farovon yashashi endi ekologik muammolarni echishga bog'liq bo'lib qolmoqda. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik va psixologik yo'nalishlari mavjud. 7-Mavzu: Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning oʻrni. Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”3 deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir.Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi.Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniyma’rifiy jarayonlar majmuasidir. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuchdir” deydi yurtboshimiz I. A. Karimov o’z asarlarida. Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. jiga kata e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim rBolaning Yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o’z atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga ko’nikib boradi.Umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tarbiyaning mazmuni va tashkil etilishi quyidagi vazifalarda o’z aksini topadi; 1.Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi. 2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.\ 3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog’liqligi. 4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi. 5. O’quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish. Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his- tuyg’ularini, kechinmalarini o’ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O’quvchilarni qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Ulardagi milliy tarbiyaga oid histuyg’ularni o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi kuy-qo’shiqlar yordamida shakllanadi.Bunday asarlarga DTS musiqa dasturiga kiritilgan qo’shiq va tinglash uchun asarlarni misol keltirishimiz mumkin. “Salom maktab” Sh. Yormatov musiqasi, “Paxtaoy” F. Nazarov musiqasi,”O’zbekistonim” Sh. Ramazonov musiqasi, “Oy Vatanim” E.SHvarts musiqasi, “Ex orzular” N.Norxo’jayev musiqasi kabi qo’shiqlar o’quvchilarda vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga xurmat tuygularini tarbiyalaydi. Umumta’lim maktablarida umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchilarga tanishtirib borishni ahamiyati katta.Boshlang’ich sinflarda umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda suhbat, hikoya, savol-javob va qo’shimcha adabiyotlardan unumli foydalanish lozim. Umuminsoniy qadriyatlar asosida ommaviy kuy-qo’shiqlarni o’rganishdan oldin ularga asar xususiyatini badiiy-g’oyaviy kelib chiqish tarixi haqida qisqacha suhbat o’tkazish maqsadga muofiqdir. Umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda boshqa fanlar bilan, masalan, adabiyot darslarida o’tiladigan mavzular bilan bog’lab olib borish maqsadga muvofiqdir. To’rtinchi sinf o’quvchilari bilan xalq musiqa san’atining asosiy xususiyatlari, ommaviy janrlari, an’analari haqida tushuncha berib, ular uzoq tarixga ega ekanliklarini soda, ravon, yorqin ohangda ijro etilishini tushuntirish shuningdek ularni ijro etadigan hofizlar, xonandalar, folklore guruhlar haqida savol-javoblar o’tkazish kerak. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi. Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida u kishilarni ezgulikka yetaklovchi ilhom manbai bo’lib kelmoqda. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz aytilmagan.Inson qo’shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo’shiqlarsiz hayotning mazmunini, atrofdagi go’zallikni tasavvur etish qiyin.Qo’shiq zavq ehtiyoji, eng go’zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya hayqirig’idir. Musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi.Umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarda milliy kuy-qo’shiqlarga ixlos uyg’otadi. Ularni musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o’stirib, musiqiy o’quvi va didini o’stiradi. 2. O’quvchilarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo’shiqlarga, xalq aytimlariga va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi. 3. Alla, lapar, terma qo’shiqlar vositasida o’quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatlari o’sib boradi.Musiqa ohanglari lad va ritm tiyg’usi usullari asosida o’rgatiladi. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib toptirishda pianino cholg’u asbob bilan birgalikda o’zbek milliy cholg’u asboblaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa doira chertib, qo’shiq kuylash, milliy raqs elementlarini ijro etish, ijodkorlik bilan shug’ullanish o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga oshufta etadi. O’quvchilar bu jarayonda o’zbek xalq musiqa madaniyatini ijobiy an’analarini bevosita idrok etadilar. Maktabda o’quvchilar musiqiy estetik tarbiyani xalq musiqasi na’munalari orqali o’rganadilar. Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida bolalarni xalq musiqasi bilan tanishtirish DTS musiqa dasturi asosida olib borilmoqda. Ta’limni milliy ruhda rivojlantirish maqsadida birinchi sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasi bilan tanishtirib boriladi. Bunga misol qilib, I dasturida tinglash uchun birinchi “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, “Farg’onacha”, “Olmacha anor”, “Allama yorim” kabi kuy-qo’shiqlarni keltirishimiz mumkin. Xalq musiqasi bolalar ongiga tez yetib boradi, ularni zavqlantiradi. Ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Chunki xalq musiqasi o’ziga xos badiiy tilga egdir. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin na’munalari o’z aksini topgan. Xalq musiqasi eng soda eng ixcham ravon yorqin ohangda ijro etiladi. Shuning ushun ham beshikda yotgan go’dak alla qo’shig’ini eshitishi bilan orom olib uxlab qoladi.Chunki, bu ohangda so’z, kuy, mutanosibligi og’zaki ijro etiladi. Shuning uchun ham ohanglar bir-biriga payvastdir.Asrlar davomida o’zbek kuy-qo’shiqlari xalqimiz orasida mehnat, to’ymarosim, kurash bayramlarida insonlar uchun ilhom manbai bo’lib kelgan.Biz musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlarini bolalarga tushunarli, tez va ifodali qilib yetkazish uchun turli metodlardan va innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz zarur. Musiqa san’ati boshqa san’at turlariga qaraganda insonlarga yaqin bo’lgan muhim san’at turidir. Xalqimiz azal-azaldan boy musiqa merosiga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjud. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat,milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.Ta’lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma’naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko’tarishni taqozo etadi.Bugungi kunda musiqa, ta’lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi va yosh avlodni musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqaga bo’lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish maktab musiqa darslariga bevosita bog’liq.Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog’liq. Musiqa ta’lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limini sifatli bosqichga ko’tarish uchun maktabda teng xuquqli fan hisoblanadi.Bu esa hozirgi zamon o’quvchisidan dars mashg’ulotlariga ijobiy munosabatda bo’lishi, o’quvchilar musiqiy faoliyatlarini oshirishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars mashg’uloti sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega . Bu xususiyatlarni esa har bir o’qituvchi bilishi kerak. Birinchidan musiqa tarixi nazariyasi ijrochilikka doir turli namunalardan ayrim mashqlari, musiqa savodi mashg’ulotlari, musiqa tinglash, musiqa ta’limi va adabiyoti, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlari, musiqada ijodkorlar faoliyatlaridan iborat darslar kiradi.Ikkinchidan musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalar ya’ni “tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan tasviriy san’at bilan, raqs badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqiy tovushlardan vujudga kelgan ohang vositasidan foydalanadi.Uchinchidan musiqa bolalarda faol hissiy ta’sir ko’rsatadi, ijobiy ko’rsatmalar, kechinmalar uyg’otadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha dasturi bir dars o’zida ta’limning musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodxonligi bolalar cholg’u asboblari va ritmik harakatlar bajarish musiqa ijodkorlari kabi bosqichlar bir-biri bilan bog’lanib yaxlit holda amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak. Zamonaviy mashg’ulotlardan musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o’ynaydi. Chunki bu bosqichda o’quvchilar faoliyatida ko’proq o’yin xususiyatlari bo’lib turadi. Shunday qilib ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalari to’laligicha amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni ilmiy uslub jihatdan yetakchi darajada ta’minlash, milliy musiqa ta’lim mazmunini anglash kabi muhim tadbirlar, shubhasiz musiqa tarbiya samaradorligini oshirishga imkon beradi. 8-Mavzu: Milliy tarbiya va milliy gʻurur. Milliy tarbiya – o`quvchilarda milliy ongni shakllantirishning muhim omili sifatida.Inson va insoniyat hеch qachon tashqi dunyodan o`zini qurshab turgan olamdagi o`zgarishlar, rivojlanishlar, ro`y bеrayotgan hodisalar, voqеalar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiysiyosiy kuchlar, ular o`rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta'sirlar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta'sir etmasdan qolmaydi. Ana shu ma'noda olib qaralganda har qanday jamiyat o`z istiqbolini kishilarni e'tiqod darajasiga aylangan muayyan g`oyasida ko`ra oladi. Chunki, «jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi bo`lmasa, o`z oldiga qo`ygan aniq bir maqsadmuddaosi bo`lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi». O`z navbatida kishilar ongi va qalbini makon tutgan g`oya va mafkuralar ta'lim hamda tarbiyasiz shakllanmaydi, jamiyat ravnaqiga, millat va xalqni kеlajagiga xizmat qiluvchi qudratli botiniy kuchga aylana olmaydi. Zеro, jamiyat mafkurasi, o`tmish bilan xozirgi davr va kеlajakni, kеchagi kun bilan ertangi kunni bog`lab, tutashtirib, aloqadorligini mustahkamlab turish uchun xizmat qilishga qodir ijtimoiy g`oyalar majmuyidir. Ana shu g`oyalardagi bеlgilovchi ustuvor tamoyil, bu jamiyatimiz tabiatiga, millatimiz mеntalitеtiga xos bo`lgan insonparvarlik bo`lib, u bizning milliy g`oyamizning shakllanishini tub nеgizi hisoblanadi. Binobarin, yoshlarimiz ruhiyatiga insonga mеhrmuhabbat tuyg`ullarini singdirish jarayonida milliy g`oyaning ana shu tamoyilini ta'limtarbiya tizimini bosh maqsadiga aylantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Boshqacha aytganda, biz o`z xaq-huquqlarini taniydigan, o`z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo`layotgan voqеa-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kеrak» Yoshlarni imon-e'tiqodli, milliy g`oyaga sadoqat, bir-birlariga mеhr-oqibatni, o`z Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kun talabidir. Fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy g`oya va mafkuraning hayotbaxsh insonparvarlik tomoyillariga, umumbashariy qadriyatlarga mos kеladigan xulq-atvorni shakllantirish va kamolga еtkazish, ya'ni jamiyatda mеhr-muruvvat madaniyatini qaror toptirish mumkin. Fikrimizcha, mеhrmuruvvat milliy mustaqillik g`oyasining insonparvarlik tomoyillaridan ko`zlangan asosiy yo`nalishdir. Shuning uchun ham tarbiya jarayonida xuddi shu yo`nalishga jiddiy e'tibor bеrish zarur. Ma'lumki, tarbiya o`z mohiyatiga ko`ra, kеng va tor ma'nolarda istеfoda etiladi hamda ijtimoiy hayotda amal qiladi. Kеng ma'noda oladigan bo`lsak, tarbiya – ijtimoiy-madaniy tajribalarni aniq maqsadni ko`zlagan holda avloddan-avlodga o`tkazadigan va shaxsning kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratadigan alohida jarayondir. Tor ma'noda esa, mеhr-muruvvat madaniyatini tarbiyalash bu yoshlarni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirish yo`lida kattalarning birgalikdagi aniq maqsadga yo`naltirgan faoliyatini, ya'ni rahm-shafqatli shaxsni kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish jarayonini anglatadi. Ushbu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Xuddi shuning uchun ham mеhr-muruvvat madaniyatini shakllantirishning samarali tashkiliy va pеdagogik uslublari, vositalari ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi zarur. Bunday shakl va vositalar milliy g`oyani ruyobga chiqarish, barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bosh maqsadga erishishni ta'minlovchi xalqimizning milliy madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlariga asoslangan bo`lishi lozim. Ta'lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo`lgan eng muhim dolzarb vazifa bo`lib turgan. Shuningdеk, u odamlarning amal qilib kеlayotgan tajribalari, yutuqlari, urf-odatlari va an'analari asosida tashkil qilingan. Farzandlar tarbiyasiga doir shakllangan urfodatlarimiz, boqiy an'analarimiz ko`p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni tarbiyalashda kеng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta'kidlab ko`rsatganidеk «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga еtishiga, farzandlarimizning hayotga nеchog`li faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kеrak» Rеspublikamizda ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xuddi mana shu maqsadga yo`naltirilgan. Zеro, ushbu masala g`oyaviy nuqtai nazardan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta'lim to`g`risida»gi qonun printsiplariga to`la muvofiq kеladi. Dеmak, milliy mеrosimizni o`rganishning dolzarbligi nazariy jihatdan asoslidir. Xususan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da zikr etilgan uzluksiz ta'limning milliy modеli (printsipi) tamoyillari mohiyatan ta'limning milliy-ma'rifiy, milliy tarix, xalq an'analari, milliy mеrosimiz bilan uyg`unlikda olib borilishini anglatsa, «Ta'lim to`g`risida»gi qonunning 4-bobida, ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlarni takomillashtirish, uning zamonaviy tarbiyaviy shakl va vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish, milliy tarixiy an'analar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanish muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etilgan. Dеmak, milliy modеlga ko`ra, ta'lim tizimini yangilash – tabiiy ravishda milliy mеrosimizni o`rganish va uni pеdagogik tafakkur istе'moliga olib kirish zaruriyatini vujudga kеltirmoqda. Bu bеjiz emas, albatta. Chunki milliy mеrosimizning g`oyaviy nеgizi – shaxs tarbiyasi, uning ma'naviy ehtiyojlariga da'vogar bo`lgan omillarni o`rganishdan iborat bo`lib kеlgan, ushbu muammo hozirda ham jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatda eng muhim masalalardan biri sifatida namoyon bo`lmoqda. Ajdodlarimizning yaratuvchanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo`lsa, ayni vaqtda mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kеlajagi uchun xizmat qilishi ko`zda tutilgan. Zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimi va milliy mеros asosidagi g`oyaviy uyg`unlik – ta'lim-tarbiya jarayonida milliy mеrosning ma'naviyma'rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda o`tmish allomalari, mutafakkirlarining ma'naviy mеroslarini yosh avlodning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g`oyat bеqiyosdir. Kadrlar tayyorlash milliy modеlidan bosh muddao qilib, Komil inson va еtuk malakali mutaxassisni tayyorlashni qo`yilishida ham yuqoridagi masalalar bilan mantiqiy aloqadorlik mavjud. Zеro, kadrlar tayyorlash milliy modеli faqat ta'lim-tarbiyadangina iborat emas, balki bir-biriga bog`liq bo`lgan ko`pgina hayot bosqichlarini o`z ichiga oladi. Milliy modеlimiz, bu – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarishning uzviy birligi va hamkorligi, ularning o`zaro bir-biriga aloqasini aks ettiradi. Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'еkti va ob'еkti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning istе'molchisi hamda ularni amalga oshiruvchisidir4. Shuning uchun ham bizning ajdodlarimiz ta'lim-tarbiya masalasida inson shaxsi uning xususiyatlarini hisobga olib ish ko`rganlar. Buyuk mutafakkirlarimizdan Abu Nasr Farobiy yozganidеk, ta'lim-tarbiya ishini boshlashdan avval tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xislatlarini o`rganish lozim. Alloma o`zining «Baxtsaodatga erishuv to`g`risida» asarida bilimlarni o`rganish tartibi haqida batafsil fikr bayon etadi. Farobiy ta'limotida inson ta'lim yordamida barcha fanlarni puxta o`zlashtirish bilan ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, odob mе'yorlari va kasb-hunarga oid malakalarga ega bo`ladi. U «Ta'lim-tarbiyada rag`batlantirish, odatlantirish, majbur etish mеtodlarini ilgari surdi. Bu usullar esa, o`z navbatida, Farobiyning «Fozil insonlar jamiyati»da axloqan pok, barkamol avlodning tarbiyasi uchun xizmat qilish kеrak edi. Farobiy ta'lim-tarbiyaga birinchi marta ta'rif bеrgan mutafakkir sanaladi. Ta'lim dеgan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim bеrish, tarbiya - insoniy fazilatni hamda ma'lum hunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, dеydi olim. IX-X asrdan kеyingi davrlarda yashab o`tgan allomalar ham inson axloqi, yoshlar tarbiyasi masalasiga oid ko`p ish olib borganlar. Bu xayrli ishga tasavvuf olamining allomalari Najmiddin Kubro, Fariddin Attor, Baxovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Aziziddin Nasafiy, Alishеr Navoiy va boshqalar katta hissa qo`shdilar. Bu allomalarning ijodiy faoliyati, boy ma'naviyati tufayli milliy tarbiya tizimining asoslari vujudga kеldi. Shuni alohida ta'kidlash kеrak-ki, milliy modеlimiz kontsеptsiyasining mazmuni milliy turmush tarzimiz va ma'naviy-axloqiy an'analarimiz bilan bog`liqdir. Shu boisdan ham rеspublikamiz jamiyatshunos olimlari faylasuflar, ta'lim-tarbiya tizimida milliy modеlimizning asosiy xususiyatlarini tahlil etayotganda ko`proq uning milliy tarbiyadagi o`rni hamda ahamiyatini ochib bеrishga harakat qilishmoqda. 9-Mavzu: Tarbiya nazariyasi va uning mohiyati. Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, e’’tika,e’tsetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan u’zviy bog’langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy. ahloqiy, irodaviy e’tsetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o’sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mutsaxkamlashadi. Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil e’tish maqsadida foydalanaladigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada e’rishgan yutuqlarga asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil e’tishi, usullari va ularga qo’yiladigan talablar shu qoidalarda o’z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: -tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi -tarbiyaning insonparvarligi va demokratligi -tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog’liqligi -tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning utsivorligi -o’qituvchining yoshini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish -izchillik, tizimchilik, o’zluksizligi. Tarbiyaning umumiy usullari. Bola o’qishni, tarbiya olishni, ulg’ayib jamiyatga hayotida faol ishtirok e’tishni xohlaydi. Pedagog uni qay tarzda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonida tarbiyalashi zarurligini bilishi kerak. O’qituvchi do’ts, murrabbiy yo’l boshlovchi bo’lgandagina o’quvchilar o’zlarining ichki adabiyotlarini ochib ko’rsatadilar. Avval ta’kidlaganimizdek, tarbiya-tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilimi va tarbiyaga e’ga bo’lgan qonunlar, tarbiyalanovchilar (faoliyatlarini o’z ichiga olgan) bilim va tajriba o’rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatishlari kerak. Demak tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning xamkorligidagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usullaridir. “Metod”- so’zi grekcha bo’lib yo’l usul ma’nosini bildiradi. Tarbiya vositalari bu biron bir taribiyaviy masalani maqsadga mufoviq yo’l bilan hal qilish ni tashkil e’tish uchun ishlatiladi. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Tarbiya natijalari tarbiyaviy jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan moxirona foydalanishga bog’liq. Tarbiya usullari bir bolaga, xar qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo’lishni nazarda tutadi. SHunday qilib tarbiya jarayonida o’qituvchi yakka o’quvchiga yoki sinf manfaati yo’lida biron bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o’quvchilarni yosh va individual xususiyatlarini. Tarbiyalanganlik darajasini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan xolda ta’sir e’tish shakllari majmuasiga tarbiya metodi deyiladi. Tarbiya g’oyatda murakkab jarayon bo’lib har davrning ijtimoiy siyosiy hayotini o’zida aks e’ttiradi. Uning usullar, shakllari, vositlari va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, an’anaga aylanadi. SHu sababli tarbiya milliy va tarixiy zamindan o’zilmasligi kerak. Xalq pedagogikasi o’zbekona axloq, odob va taribiyaning barcha qirralarini o’zida mujasamlashtirgan. Xalq pedagogikasida qo’llanilgan juda xilma xil tarbiya usullari mavjud. 1. Tushuntirish (o’rgatish, odatlantirish, mashq qildirish). 2. Namuna (maslahat berish, o’zr so’rash, o’rnak bo’lish, yaxshiliklar tug’risida gapirish). 3. Nasixat berish (undash, ko’ndirish, iltimos qilish , yolvorish, tilak itsak bildirish, ma’qullash, raxmat aytish ,duo qilish , oq yo’l tilash ). 4. Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish , koyish, ont, qasam, urish, kaltaqlash va x.) Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya usullari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Mexmon kutish, mexmonga borish, turli mexnat jarayonlari, xasharlar, turli guringlar, musobaqalar, turli nishonlashlar, sayllar, turli marosimlar, bazmlar va b. O’ziga xos tarbiya vositasi vazifasini bajaradi. YOshlarni tarbiyalashda turli milliy an’nalar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Inson qalbiga bugun e’qilgan yaxshilik o’rigi oradan 10 yil o’tgach unib chiqishini har bir pedagog ilmiy asoslab oldindan ko’ra bilish kerak. Tarbiya usullarini o’rganish, taxlil qilish , bu usullardan pedagog jarayonda foydalanish, ko’nikma va malakalarni e’gallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruxga bo’lib olamiz: -Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. -O’z o’zini tarbiyalovchi usullar. -Rag’batlantirish usullari. -Jazolash usullari Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruxda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni onggi, hislari va irodasiga ta’sir e’tish usullari kiradi. -suhbat va hikoya -hikoya -namuna (qush uyasida ko’rganini qiladi) Mashq o’rgatish usullari. Mashq muayyan xatti harakatlarni ko’p marotaba takrorlashni o’z ichiga oladi. Mashq va odatlanish o’quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko’nikma odat, yangi bilimlar hosil qiladi. O’quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi. Axloqiy tajribasi kengayadi. O’rgatish ijtimoiy xulq atvorni odatiy shaklga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarilishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. O’rganish bir necha izchil harakatlar yig’indisidir Pedagogik talab tarbiyaning e’ng muhim usullaridan biridir. Talab–bu -o’quvchining turli vazifalarini bajarishi -ijtimoiy xulq atvor mezonlarini ifodalashi U yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo’lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo’lishi. turli ko’rsatma sifatida namoyon bo’lishi u yoki bu harakatlar Rag’batlantiruvchi yoki uni to’xtatuvchi bo’lishi. Oqilona harakatlarga undovchi bo’lishi. O’z- o’zini tarbiyalash usullari. O’z o’zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo’lganda, u o’zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mutsaqillik ko’rsata boshlagan vaqtdan boshlanadi. 10-Mavzu: Shaxsda madaniy xulqni tarbiyalash vositalari. XXI asrning boshlanishi madaniy qadriyatlarning ma'naviy-axloqiy ko'rsatmalarining nafaqat davlat siyosatiga, balki odamlar ongiga qaytishi bilan bog'liq. Bu mamlakatni qayta tiklash, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun asosdir, bu yuqori ma'naviy madaniyatli shaxsni tarbiyalash bilan uzviy bog'liqdir. Ma'naviyat va axloq - bu ajralmas birlikda mavjud bo'lgan tushunchalar. Ular yo'q bo'lganda, shaxsiyatning buzilishi boshlanadi. Ijtimoiy axloqsizlik jarayoniga qarshi turish, ta'lim va tarbiya kerak. Ushbu muammoni hal qilishda o'qituvchiga alohida ahamiyat beriladi. Buyuk o'qituvchi V.A. Suxomlinskiy shunday deb yozgan: "Bola uchun eng yaxshi o'qituvchi - bu u bilan ruhan suhbatlashadigan, o'qituvchi ekanligini unutib, o'z shogirdida do'st, hamfikr odamni ko'radigan kishidir. Bunday o'qituvchi o'quvchining qalbining ichki tomonlarini biladi va og'zidagi so'z yosh, rivojlanayotgan shaxsga ta'sir qilish uchun kuchli vositaga aylanadi. Axloqiy xulq-atvorni va axloqiy xatti-harakatlarni rag'batlantiradigan muhitni yaratish o'qituvchining o'quvchilarning ma'naviy dunyosiga ta'sirchanligiga bog'liqdir. " Rus adabiyoti har doim xalqning urf-odatlari, ehtiyojlari va intilishlari, qalblari aks etgan. Bu jamiyat uchun dolzarb, talabchan savollarni qo'yadi, ularni insoniy yo'llar bilan hal qilishni o'rgatadi, yaxshilikka, insoniylikka, tushunish va rahm-shafqatga chorlaydi, insonning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantiradi. "Adabiyotning maqsadi bitta odamga yordam berish, unga iliqlik va yaxshilik bilan kitob o'qiyotganda o'lib ketish", dedi V. Rasputin. Insonning ma'naviy va axloqiy rivojlanishi g'oyasi zamonaviy shaxsni tarbiyalash uchun asosdir. Ma'naviy-axloqiy tarbiya vijdoniga muvofiq hayot kechiradigan odamni tarbiyalash uchun sharoit yaratadi. Rus adabiyotiga bo'lgan muhabbat talabalar orasida rus madaniyati va urf-odatlarining merosxo'rlari ekanliklarini, o'zlarini o'z mamlakatining fuqarolari sifatida tan olishlarini va uning bugungi va kelajagi uchun javobgar ekanliklarini anglashga yordam beradi. Rus adabiyotini milliy madaniyatdan, uning ma'naviy kelib chiqishidan ajratib o'rganish mumkin emas. Adabiyot insonni ma'naviy boyitadi, shaxsning axloqiy qiyofasiga ta'sir qiladi, shaxsning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini shakllantiradi. M. Gorkiyning "O'quvchi" hikoyasida adabiyotning mohiyati haqida shunday deyilgan: "Adabiyotning maqsadi insonning o'zini anglashiga yordam berish, o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish va unda haqiqatga bo'lgan intilishni rivojlantirish, odamlarda qo'pol muomalaga qarshi kurashish, ularda yaxshi narsalarni topa olish, uyg'onishdir. ularning qalblarida sharmandalik, jahl, jasorat, odamlar olijanob kuchli bo'lib, hayotlarini muqaddas go'zallik ruhi bilan ilhomlantirishi uchun hamma narsani qilish. Mana mening formulam; bu, albatta, to'liq emas, chizilgan ... uni hayotni ruhlantiradigan barcha narsalar bilan to'ldiring. ". Adabiyot bilan o'z-o'zini tarbiyalash, haqiqiy hayotni shaxsan va ma'naviy bilish boshlanadi. Talabada ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun uni adabiyot olamiga tanishtirish kerak, chunki bu sizga mustaqil ravishda fikr yuritish, aks ettirish, atrofingizdagi dunyoni bilish imkoniyatini beradi. U barcha sohalarni qamrab oladi faol ish insonning ma'naviy hayoti. Adabiyotsiz ma'naviy hayotni tasavvur qilib bo'lmaydi, chunki adabiyot ma'naviy boyitish manbai, aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishning cho'qqisidir. Adabiyotni o'rganish talabalarga o'z-o'zini rivojlantirish va o'z-o'zini tarbiyalashda katta bilim imkoniyatlarini beradi.Tan olishim kerakki, rus ma'naviyatining rivojlanishiga rus yozuvchilari katta hissa qo'shgan: A.S. Pushkin, L.N. Tolstoy, F.M. Dostoevskiy, A.N. Dobrolyubov, N.S. Leskov. Shunday qilib, "Sehrlangan sayohatchilar" qissasida N.S. Leskova rus odamining ma'naviy izlanishini aks ettirdi. F.M o'z asarlarida murakkab ma'naviy masalalarni ko'taradi. Dostoevskiy, pravoslavlik va katoliklikni ("Idiot") taqqoslash, zo'ravonlik va kechirim mavzularini ko'tarish (akauka Karamazov, Jinoyat va jazo), gunoh va aybsizlik (Kulgili odamning orzusi).O'zlarining axloqiy xulosalari va fikrlarida yozuvchilar rus xalqining hayotidan misol keltirdilar, shu bilan birga oddiy odamlar ham, yuqori tabaqadagi odamlarning hayotiga ta'sir ko'rsatdilar.Rus klassiklarining asarlarini o'rganar ekan, o'qituvchi suhbatlashish imkoniga ega bo'ladi ma'naviy axloqiy tegishli toifalarhayot muammolari, ma'naviyatning etishmasligi, axloqiy ideallarning yo'qolishi, yaxshilik va yomonlik, oilani shaxsni tarbiyalashdagi o'rni haqidaovqatlanish, burch, jasorat, vatanga muhabbat.Adabiyot darslarining afzalligi shundaki, ular aks ettirishga imkon beradi, adabiyot darslarida badiiy asar epizodlarini muhokama qilmaslik mumkin emas. Masalan, A.Platonov o'zining "Yushka" hikoyasi bilan tanishganida aytgan so'zlarini olaylik: "Bir kishiga bo'lgan muhabbat boshqa odamda iste'dodni yuzaga keltirishi yoki hech bo'lmaganda uni harakatga keltirishi mumkin. Men bu mo'jizani bilaman ... ” Talabalar Yushkaning yaxshi niyatni, odamlar va dunyoga nisbatan yaxshi munosabatni qanday tutganligi, odamlar rahm-shafqat va rahm-shafqatga muhtojmi yoki yo'qligi haqida munozarali fikrlarini qizg'in ifoda etadilar."Kapitanning qizi" asarida A.S. Pushkin olijanoblik va sharmandalikni taqqoslab, sharaf, qadr-qimmat, axloqiy tanlash muammolarini ochib berdi. Pushkin uchun tarixning har kungi shov-shuvlarida odam o'zini yo'qotib qo'ymasligi juda muhimdir. "Sevgi", "olijanoblik", "sharaf" tushunchalari insonning qalbida o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi, ruhning shakllanishi otalar uyida sodir bo'ladi. Pushkin uchun bunday otalik uyi litseyga aylandi. Tale A.S. Pushkinning "Kapitanning qizi" o'quvchilarga odillik, odob va sadoqatni o'rgatishga yordam beradi. Ularga Andrey Petrovich Grinevning o'g'liga bergan so'ziga o'xshash so'zlarni berish naqadar muhim! "Hurmat", "burch", "Vatan" so'zlari Grinev uchun otasi uchun muqaddas edi. Shon-sharaf, jasorat, vatanga muhabbat har doim rus zobitlarining eng yaxshi vakillariga xos bo'lgan. Ushbu harbiy qasamyoddan keyin bir marta rus zodagoni uchun odat bo'lgan. M.Yu.Lermontov uchun, avvalambor, Vatanga sadoqat. O'zini qo'rqmasdan bosib, u janglar haqida sodda va tushunarli tilda yozadi, Borodino jangining rus veteranini, rus askarining mohirona nutqini aniq, samimiy va haqqoniy etkazadi. M.Yu.Lermontov qalamidan Kavkaz urushidagi ofitser - Maksim Maksimichning vatanga sadoqat bilan xizmat qiladigan, mukofotlarga ahamiyat bermaydigan, oilasidan mahrum bo'lgan, ammo shikoyat qilmaydigan va to'g'ri ish qilayotganiga bir lahza ham ega bo'lmagan odamning tasviri paydo bo'ladi. .Ofitser vatanga hurmat va muhabbat, Kavkaz va Qrimda Leo Tolstoy bilan birga edi. Sevastopol hikoyalari qahramonlari, kazaklar jasur va chiroyli. Leo Tolstoyning suyukli qahramoni knyaz Bolkonskiyning hayot yo'li sharaf, chinakam olijanoblik, jasurlik yo'lidir.Yoki, masalan, muallifning atrofdagi barcha narsalar uchun axloqiy javobgarligi haqidagi fikrlari L.Tolstoyning "To'pdan keyin" hikoyasini V. Shekspirning "Romeo va Jyuletta" fojiasidagi muhabbatga sadoqat bilan qiziqtiradi. Rahmdil bo'lishga, rahm-shafqatga ega bo'lishga chaqiradi. V. Jeleznikovning "Qo'rqinchli" romani, adolat va halollik bilan yashashga Aytmatovning "Iskala kitobi" orqali o'rgatilgan. Shon-sharaf, halollik, vijdon, burch, mas'uliyat, rahm-shafqat, sevgi - bu har qanday o'zini hurmat qiladigan odamning axloqiy xatti-harakatlarining asosidir.Klassik rus adabiyoti qadimgi rusning vorisi hisoblanadi, chunki inson hayotining ma'nosi mavzusi unda asosiy mavzulardan biri bo'lib qolmoqda. Va bu holat rus adabiyotining diniy mohiyati haqida gapirishga imkon beradi. Nikolay Berdyaevning so'zlariga ko'ra, "rus adabiyotida buyuk rus yozuvchilari dunyodagi boshqa adabiyotlarga qaraganda ko'proq diniy mavzularga va diniy sabablarga ega edilar. XIX asrdagi barcha adabiyotlarimiz xristian mavzusiga o'ralgan, bularning hammasi najot, yovuzlikdan, azob-uqubatlardan xalos bo'lish, inson uchun, odamlar, insoniyat, dunyo uchun hayot dahshatlarini izlaydi. U o'zining eng muhim asarlarida diniy tafakkurni o'zida mujassamlashtirgan ... Xudo azobining inson azobiga qo'shilishi rus adabiyotini xristian qiladi, hatto rus yozuvchilari xristian dinidan ketganda ham. ". A.S. Pushkin, M.Yu. Lermontov, N.V. Gogol, I.S. Turgenev rasmlarni, g'oyalarni, hatto qadimgi rus adabiyotini yozish uslubini meros qilib oldi. N.V. hikoyasida yuksak axloqiy fazilatlar, do'stlik, kuchli va jasur odamlarning kamadadari, vatanga muhabbat aks etgan. Gogol "Taras Bulba".Ma'naviy qayta tug'ilish kabi sevgi rus adabiyotining asosiy sabablaridan biridir. Bundan tashqari, mualliflar birinchi navbatda bu insonning ma'naviy rivojlanishiga qanday ta'sir qilishini ko'rsatishga intilgan. Shuning uchun yozuvchilar va shoirlar ijodida sevgi mavzusi muhim o'rin egallaydiXIX- XX asr. A.S.Pushkin, M.Yu.ning sevgi lirikasidagi yorqin hissiyotlarning namunalari va ideallari, erkak va ayol o'rtasidagi uyg'un munosabatlar. Lermontova, F.I. Tyutcheva, A.A. Feta, A.A. Blok, S.A. Yesenin, A.A. Axmatova, Leo Tolstoy ("Urush va tinchlik") asarlarida, I.A. Bunina ("Qorong'u xiyobonlar" tsikli), A.I. Kuprina ("Anor bilaguzuk". "Urush va Tinchlik" romanida sevgi ma'naviy qayta tug'ilish kabi muhim o'rinlardan birini egallaydi. Shahzoda Andrey yosh qiziga jiddiy qiziqish Natasha Rostovaga unga dunyoga yangicha qarashga yordam berdi. 11-Mavzu: Jamoa bilan ishlash metodikasi. Jamoa bilan ishlash ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va ichidagi rollarni aniqlash uchun ishlatiladigan har xil faoliyat turlari uchun umumiy atama jamoalar, ko'pincha birgalikdagi vazifalarni o'z ichiga oladi. Jamoa tuzish bo'yicha ko'plab mashqlar guruh ichidagi shaxslararo muammolarni ochib berishga va ularni hal qilishga qaratilgan. Vaqt o'tishi bilan ushbu tadbirlar mo'ljallangan jamoaviy muhitda ishlashni yaxshilash. Jamoani shakllantirish - bu asoslardan biridir tashkiliy rivojlanish sport jamoalari, maktab mashg'ulotlari, harbiy qismlar yoki parvoz ekipajlari kabi guruhlarga qo'llanilishi mumkin. Rasmiy ta'rif[ Jamoa tarkibiga quyidagilar kiradi: • maqsadlar atrofida moslashtirish • samarali ish munosabatlarini o'rnatish • jamoa a'zolarining roli noaniqligini kamaytirish • jamoaviy muammolarga echim topish Jamoa tuzish - bu tashkilotlarda guruhlarni rivojlantirish bo'yicha eng ko'p ishlatiladigan tadbirlardan biridir. Umumiy strategiya - bu "jamoani yaratish chekinishi" yoki "korporativ muhabbat" ga ega bo'lishdir, bu erda jamoa a'zolari asosiy muammolarni hal qilishga harakat qilishadi va odatdagidek jamoa sifatida qilmaydigan ishlarga kirishish orqali ishonchni kuchaytiradilar. Barcha tashkiliy faoliyatlarning birida bitta tadqiqot natijalariga ko'ra jamoaviy rivojlanish tashkilotning ish faoliyatini yaxshilash uchun eng kuchli ta'sirga ega (moliyaviy chora-tadbirlarga nisbatan). 2008 yilgi meta-tahlil natijalariga ko'ra, jamoani shakllantirish va jamoaviy mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan jamoani rivojlantirish faoliyati ham jamoaning ob'ektiv ko'rsatkichlarini, ham jamoaning sub'ektivligini yaxshilaydi. nazorat reytinglari Jamoani shakllantirishga maqsadli shaxsiy o'zini o'zi tanishtirish faoliyati orqali erishish mumkin. Maqsadlarni belgilash Bu aniq maqsadlar va individual va jamoaviy maqsadlarning muhimligini ta'kidlaydi. Jamoa a'zolari ishtirok etadilar harakatlarni rejalashtirish muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikni aniqlash va maqsadlarga erishish yo'llarini aniqlash. Bu motivatsiyani kuchaytirish va egalik tuyg'usini tarbiyalashga qaratilgan. Qo'shimcha natijalar va o'sib boradigan muvaffaqiyat sinovlarini aniqlash orqali jamoalar o'zlarining yutuqlarini o'lchashlari mumkin. Ko'plab tashkilotlar jamoa va (kasaba uyushma rahbarlari) bilan jamoa ustavini muhokama qilishadi. Bu guruh a'zolarining o'zlarining va boshqalarning tegishli rollari va vazifalarini tushunishini yaxshilashga urg'u beradi. Bu noaniqlikni kamaytirish va rollarni aniqlashga va sozlashga qaratilgan tadbirlar orqali strukturaning ahamiyatini tushunishga yordam berish uchun mo'ljallangan. Bu a'zolarning o'zaro bog'liqligini va har bir a'zoning diqqatini jamoaning muvaffaqiyatidagi o'z roliga qaratishi muhimligini ta'kidlaydi. Muammoni hal qilish. Bu asosiy muammolarni aniqlashga urg'u beradi. Shaxslararo munosabatlar. Bu o'sishni ta'kidlaydi jamoaviy ish ko'mak berish va olish kabi ko'nikmalar, aloqa va almashish. Shaxslararo nizolari kamroq bo'lgan jamoalar, odatda, boshqalarga qaraganda ancha samarali ishlaydi. A yordamchi guruh a'zolari o'rtasida o'zaro ishonchni va ochiq muloqotni rivojlantirish uchun suhbatlarga rahbarlik qiladi. Jamoa tuzish samaradorligi bir tashkilotdan boshqasiga sezilarli darajada farq qiladi. Eng samarali harakatlar guruh a'zolari bir-biriga bog'liq, bilimdon va tajribali bo'lganda va tashkiliy etakchilik jamoani faol ravishda tashkil etganda va qo'llab-quvvatlaganda sodir bo'ladi. Jamoani samarali shakllantirish jamoaning maqsadlari to'g'risida xabardorlikni o'z ichiga oladi. Jamoalar maqsadlar, rollar va protseduralarni ishlab chiqish uchun ishlashi kerak. Natijada, jamoani shakllantirish odatda vazifalarni ko'paytirish, maqsadlar uchrashuvi va jamoalar ichida natijalarga erishish bilan bog'liq. Jamoa tuzish strategiyasining barcha to'rt natijalarga ta'siri, 10% va 90% ishonchlilik oralig'ida Jamoani shakllantirish jamoaviy samaradorlikka ijobiy ta'sir ko'rsatishi ilmiy jihatdan isbotlangan.Maqsadni belgilash va rolni aniqlashtirish ta'sir ko'rsatdi kognitiv, ta'sirchan, jarayon va ishlash natijalar. Ular ta'sirchan va jarayon natijalariga eng kuchli ta'sir ko'rsatdi, bu esa jamoani shakllantirish muammolarni boshdan kechirayotgan jamoalarga foyda keltirishi mumkinligini anglatadi. salbiy ta'sir, masalan, birdamlikning yo'qligi yoki ishonch. Shuningdek, bu jarayonda muammolarga duch keladigan jamoalarni yaxshilashi mumkin, masalan, rollarda aniqlik yo'qligi. Maqsadni belgilash va rolni aniqlash eng katta ta'sirga ega, chunki ular motivatsiyani kuchaytiradi, ziddiyatlarni kamaytiradi va individual maqsadlar, maqsadlar va motivatsiyani belgilashga yordam beradi. Jamoa bilan ishlash ko'nikmalarining etishmasligi: Rahbarlar oldida turgan muammolardan biri bu jamoaga yo'naltirilgan xodimlarni topishdir. Aksariyat tashkilotlar ushbu ko'nikmalarni o'quvchilarga singdirishda ta'lim muassasalariga ishonadilar. Dyer, ammo talabalar yakka tartibda ishlashga va hamkorlik qilmasdan muvaffaqiyat qozonishga da'vat etilishiga ishongan. Bu jamoaviy ishlash uchun zarur bo'lgan xattiharakatlarga qarshi ishlaydi. Boshqa bir tadqiqot shuni ko'rsatdiki, jamoaviy mashg'ulotlar kognitiv, ta'sirchan, jarayon va ishlash natijalarini yaxshilagan. Virtual ish joylari va tashkiliy chegaralar bo'ylab: Dyerning fikriga ko'ra, bir xil jismoniy makonda bo'lmagan shaxslar tobora ko'proq hamkorlik qilmoqdalar. A'zolar odatda boshqa jamoa a'zolari bilan aniq munosabatlarni o'rnatolmaydilar. Boshqa bir tadqiqot shuni ko'rsatdiki, yuzma-yuz muloqot samarali jamoaviy muhitni yaratishda juda muhimdir.Yuzma-yuz muloqot ishonchni rivojlantirishning kaliti edi. 12-Mavzu: Ta’lim jarayonining gnoseologik asoslari. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshhariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.Ta’lim o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko’ra keng ma’noga ega. Ta’lim o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoharashni shakllantirishga yo’naltirilgan jarayondir.Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o’zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to’laqonli anglash mumkin: DJ q M Q O’fQB Bu yerda; DJ – didaktik jarayon; M – o’quvchilarning o’qish (ta’lim olish) motivatsiyasi; O’f –o’quvchilarning o’zlashtirish faoliyati; B –o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshharish. Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog’liq. Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog’liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshharish usullari.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo’ladi (4chizma):Barcha tarkibiy qismlarning o’zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo’luvchi ta’lim jarayonining negizini o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi. Ta’lim funktsiyalari. “Funktsiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funktsiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funktsiyasini ajratib ko’rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.Ta’lim berish funktsiyasi ta’lim jarayonining o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to’laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi.Ta’lim jarayonida o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega. Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko’nikma va malakalarga og’zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o’qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.Ta’limning rivojlantiruvchi funktsiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchining rivojlanishi sodir bo’lishini ko’rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To’g’ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o’qituvchi va o’quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga haratilgan maxsus o’zaro munosabatlarida rivojlantirish funktsiyasi yanada samaraliroqdir.Ta’limning o’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilganligi “rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanali. XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondoshuvlar yuzaga keldi.Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o’quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiharish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi. Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi. Tarbiyalash funktsiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Tarbiyalash funktsiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o’qituvchi hamda o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida yetakchi o’rin tutadi. Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoharashi shakllantiriladi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o’quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori. Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari, o’quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogi-psixologik o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul ta’lim jarayonida o’quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohishistaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi. O'qitish va o'qish jarayonlari tavsifi, o'quv jarayonida ularning o'zaro bog`liqligi. O`quv jarayonining mohiyati davlat ta‘lim standarti fan bloklarida ko`rsatilgan bilimlarni yuqori darajada o`zlashtirib olish, zarur malaka, ko`nikmalarni egallashdan iborat. Tinglovchi bilimlarni o`qib, tushunib, anglab esda saqlashi, gapirib (yozib) bera olishi, ularni tahlil qila olishi, boshqa o`quv topshiriqlarini bajarishda va amaliyotda qo`llay olish malakalarini ham egallashi zarur. O`quv jarayonining muhim vazifalaridan biri yoshlardagi aqliy qobilyatni o`stirish, tug`ma iqtidor (iste‘dod) kurtaklarini rivojlantirish, ularni barkamol shaxs, raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishdan iborat . Inson hayotida o`qisho`rganish jarayoni umr bo`yi davom etadigan ijtimoiy – pedagogik hodisa. Demak, o`quv yurtida ta‘lim olish davrida tinglovchi o`z bilimlarini muntazam oshira borishga tayyorlanishi, mustaqil o`qib – o`rganish malaka va ko`nikmalarini hosil qilishi lozim. Maktabda o`quv jarayoni – tinglovchi bilan o`qituvchining hamkorlik faoliyatidir. Moslik printsipi – ta‘lim-tarbiya jarayonini tinglovchining bilim o`zlashtirish qobilyati, xotirasi va aqliy kuchlari o`sishiga mos kelishini nazarda tutadi. Bilim oluvchining o`qishga bo`lgan xohish va qiziqishi moslik printsipining ko`rsatkichi hisoblanadi. Jadallik printsipi – o`quv-biluv vazifasini tezroq va yuqoriroq darajada ro`yobga chiqarishni, oz vaqt va kam kuch sarflab, ko`proq samaraga erishishni nazarda tutadi. Tinglovchining bilim o`zlashtirish tezligi jadallik printsipining ko`rsatkichi hisoblanadi. Biror ish-harakatga, faoliyatga motiv hosil qilish – bu, murakkab ruhiy jarayondir. Motivlarni shakllantirish malakasi individual - shaxsiy xususiyatga ega bo`lib, ta‘limning maqsadi, shart-sharoiti, vaziyati bilan o`qishni tashkil etish shakllari, usullari mutanosibligini taqozo qiladi. 13-Mavzu: Oʻqitish metodlari va vositalari. Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qoilanilayotgan metodlar samaradorligiga bog'liq bo'lib, u ta'lim nazariyasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. «Metod» — yunoncha «metodos» - «yoi» degan so'zdan paydo bo'lib, u, tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qara-tilgan birgalikdagi faoliyatdir. Ta'lim metodlari o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi. O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining qanday boiishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ishharakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yolidir. Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar. Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayoniningmohiyatini vatamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan boisa, ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijo-diy ravishda izlab topishga yordam beradi. Shu sababli ham ta'lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi: 1. O'quv materialini o'rganish yo'li fikr yuritishning didaktik-materialistik usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak. 2. Ta'lim metodi ilmiy dalillar bilan ravshanva aniq asoslangan bo'lishi lozim. 3. Ta'lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi. 4. Ta'lim metodlari oldiga muqarrar sur'atda qo'yiladigan yana bir talab - ularning tushunarli bo'lishi. 5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayo-nida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish. 6. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri – bu bilimlarning asosli va puxta bo'lishi. Ta'lim metodlari yaxshi natija beradigan bo'lishi lozim. Ta'lim beruvchining tushuntirish va ta'lim oluvchilarning o'ziashtirish usuli rejalashtirilgan yoki moijailangan natijani berishi kerak. Ta'lim metodlari va vositalarining tavsifi Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisob-ga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og'zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo'llanilib kelayotgan ta'lim metodlarini quyidagi ko'rinishda ifodalash mumkin. Ta'lim mеtodlari tarkiban o’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlaridan iborat. O’qituvchi bilimlarni Og’zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o’qituvchi mustaqil ish topshirsa, o’quvchilar bajarishadi. Bilimlarni Og’zaki bayon etish, mustaqil ishlash kabilar o’qitish mеtodlari bo’lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni o’rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. O’quv-tarbiya jarayonida ta'lim mеtodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va o’qish mеtodlari majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza mеtodi tarkiban o’qituvshining o’rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, Og’zaki bayon qilishi, o’quvchilarning esa o’quv matеriallarini izchil tinglashi kabi mеtodlardan iborat. Ma'ruza mеtodidan shu yo’sinda foydalanish o’qituvchining, o’quvchining ham faolligi talablariga, binobarin, ta'limning samaradorligini oshirish ehtiyojlariqa mos kеlmaydi. Zеro, ma'ruzaning yuqoridagi ko’rinishi faqat bolalar xotirasiga mo’ljallangan. Ma'ruza ham bolalar xotirasiga, ham ular tafakkuriga mo’ljallab tashkil etilganda, uning samaradorligi yanada oshadi. tajribali o’qituvchilar ma'ruza mеtodining samaradorligini oshirish maqsadida turli variantlardan foydalanishadi. O’quvchi faoliyati -ko’rgazma qurolni tahlil etish; -qo’yilgan muammo to’g’risida o’ylash; -o’qituvchi tushuntirishlarini tinglash; -xulosalarni esda olib qolish; - bilimlarni o’quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq qilish. O’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlarining bir-biriga muvofiqlashuvi ta'limning ijtimoiy instinktning alohida turi-o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro ta'siri shaklida amal qilishni ta'minlaydi. O’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta'sir mohiyatidan kеlib chiqib, ta'lim mеtodlarini ikki guruhga ajratamiz; o’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish mеtodlari, o’zaro ta'sir natijasini nazorat etish mеtodlari. Ta'lim mеtodlarining har bir guruhida o’qitish va o’qishning o’zaro ta'siri qatnashadi. O’zaro ta'sir ishtirok etmaydigan mеtod ta'lim mеtodi sanalmaydi. Masalan, o’qituvchi evristik suhbatni tanladi dеylik: bolalar uchun tushunarli, ularni qiziqtiradigan savollarni o’rtaga tashlay olish o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. O’qituvchi o’zi dars bеradigan sinf o’quvchilarining umumiy tayyorgarligini aniq tasavvur etsa, bolalarning rеal bilish imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va individual xususiyatlariga tayansa, ana o’shandagina sinf o’quvchilari ta'limda faol ishtirok etishadi. O’qituvchi faolligi o’quvchi faolligini va, o’z navbatida, o’quvchilar faolligi o’qituvchi faolligini ta'minlaydi. Og’zaki bayon mеtodlari. hikoya, tasvir, suhbat, ma'ruza ta'limning bilimlarni Og’zaki baеn qilish mеtodlari sanaladi. Bu mеtodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o’quvchilarning xotirasiga mo’ljallab tashkil etiladi. hurilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o’qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi. Ta'limning turli bo’g’inlarida qo’llaniladigan univеrsal mеtodlardan biri hikoyadir. hikoyaning bir nеcha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o’quv matеrialini o’rganishga bolalarni tayеrlash maqsadida o’tkaziladi. kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, Yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor mеtoddir; bayon shaklidagi hikoya- Yangi o’quv matеrialini bеvosita idrok etish bilan aloqador mеtodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o’qituvchi o’quv matеriali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o’rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi. O’quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o’qituvchi o’z Nutqini ko’rgazmali qurol, darslikda bеrilgan omillar, muammo va topshiriqlar bilan uyg’unlashtiradi. Ma'ruza jarayonida ko’rgazma qurolidagi omillarni tahlil etishga bolalar dihuquqhuquqatini tortish, o’qituvchi aytgan qoida, ta'rif, aniqliklarni dars matеriallariga chog’ishtirish yo’llari bilan bolalar faolligi oshiriladi. Shuningdеk, o’quv matеrialiga oid tеrminlarga izoh bеrish, ayrim o’rinlarda o’quvchilarning o’zlariga xulosa chiqarishni taklif etish talabalarning o’quv-biluv faoliyatining samarador amal qilishini ta'minlaydi. U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham dеb yuritaladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo’l bilan o’quv matеrialini o’rganish; o’zlashtirishning individual xaraktеr kasb etishi. Bu mеtodning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, ma'ruza, hikoya vaqtni tеjash nuqtai nazaridan eng masalador mеtodlar sanalsa, vaqtni ko’p olishi, evristik suhbatning kamchiligidir. 14-Mavzu: Masofaviy ta’lim texnologiyalari Elektron va masofaviy o'qitish texnologiyalari. Zamonaviy o'qituvchi individual o'quv dasturlarini tuzishi, har bir bola uchun o'ziga xos traektoriyani shakllantirishi kerak. Bunday sharoitda masofadan o'qitish texnologiyalaridan foydalanish davr talabiga aylanib bormoqda. Birinchi marta eksperimental darajada masofadan o'qitish 1997 yilda boshlandi. Joriy yilning 30 mayida Ta'lim vazirligi tomonidan 1050-sonli buyruq chiqarildi. Unga muvofiq yangi ta'lim texnologiyalarini joriy etish boshlandi. Masofaviy ta'lim texnologiyalari - bu axborot va telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanishni o'z ichiga olgan o'quv faoliyatini amalga oshirish usullari va usullari. Ularning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular o'qituvchi va bola o'rtasida vositachilik (masofadan turib) yoki to'liq vositachiliksiz o'zaro ta'sir o'tkazish uchun ishlatiladi. Masofaviy o'qitishning ta'lim texnologiyalarini amalga oshirishda jarayonning asosini talabaning boshqariladigan va maqsadga muvofiq mustaqil ishi tashkil etadi. U o'qituvchi bilan o'zaro aloqada bo'lish imkoniyatini muvofiqlashtirgan holda, maxsus jadvallar to'plami bilan o'zi uchun qulay bo'lgan har qanday joyda bilim olishi mumkin. Masofaviy o'qitish texnologiyalari dasturlari har kimga, ularning joylashuvi, sog'lig'i va ijtimoiy holatidan qat'i nazar, ta'lim olish imkoniyatini ta'minlashga qaratilgan. Ushbu usullar yordamida ixtisoslashtirilgan o'qitish yo'nalishlarini sezilarli darajada diversifikatsiya qilish, aniqroq kasbga yo'naltirishni shakllantirish mumkin. Yaqinda ular keng tarqaldi. Ko'pgina mutaxassislarning fikriga ko'ra, an'anaviy sinf-dars tizimi o'rta maktab o'quvchilarining intellektual rivojlanishini sekinlashtiradi. Kuniga 6-7 ta dars, ularning har biri 45 daqiqani tashkil etadi, shu vaqt ichida mavzuning mohiyatini anglash kerak, fanlarni chuqur o'rganish, muammolarni jiddiy o'rganish, ma'lumotlarni mustaqil izlash va qayta ishlash uchun imkoniyat qoldirmang. Ayni paytda ma'lumotlar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish zamonaviy o'quv jarayonining asosiy vazifalaridan biridir. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, masofaviy o'qitish texnologiyalari shaxsga yo'naltirilgan pedagogik metodlarni amalga oshirishning samarali vositasidir. Ulardan foydalanishda talabalar bir-biri bilan va o'qituvchi bilan muloqot qilishadi. Bundan tashqari, ularning munosabatlari bilimlarni uzatish emas, balki hamkorlik shaklida bo'lishi kerak. Aks holda, pedagogik tizim avtoritarga aylanadi. Masofaviy ta'lim texnologiyalari - bu shaxsning axloqiy va intellektual rivojlanishiga, ijodiy va tanqidiy fikrlashga, axborot bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan usullar. Ular o'qituvchi va talaba o'rtasida teskari aloqa, maksimal interaktivlikni ta'minlashga imkon beradi. Natijada, materialni o'zlashtirish jarayonining o'ziga xos bir xilligi mavjud. Masofaviy o'qitish texnologiyalari va elektron ta'limni tatbiq etishning xususiyatlaridan biri shundaki, talaba har doim bajarilgan individual topshiriqlarni takomillashtirish imkoniyatiga ega. Agar bola uni etarli darajada bajarmagan bo'lsa, unda o'qituvchi uni tuzatish kerak bo'lgan xato va kamchiliklarni ko'rsatib, uni qayta ko'rib chiqish uchun qaytarishi mumkin. Masofaviy o'qitish texnologiyalarining afzalliklari Tizimning shubhasiz afzalliklari orasida: 1. Shaxsiy ta'lim tezligi. Talabaning o'zi shaxsiy ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab fanlarni o'zlashtirish tezligini belgilashi mumkin. 2. Moslashuvchanlik va erkinlik. Talaba har qanday dasturni (kursni) o'z xohishiga ko'ra tanlashi, mashg'ulotlar davomiyligi, joyi va vaqtini mustaqil ravishda rejalashtirish imkoniyatiga ega. 3. Mavjudligi. Masofaviy texnologiyalardan talaba va ta'lim muassasasi joylashgan joyidan qat'i nazar foydalanish mumkin. 4. Harakatlilik. Masofaviy o'qitish bilan talaba va o'qituvchi o'rtasida teskari aloqa o'rnatiladi. Harakatlilik ta'lim jarayoni samaradorligining asosiy talablari va asoslaridan biri hisoblanadi. 5. Ishlab chiqarish qobiliyati. Masofadan o'qitish innovatsion telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni o'z ichiga oladi. axborot va 6. Sog'liqni saqlash holati, yashash joyi, moddiy ta'minotidan qat'i nazar, ta'limdagi tenglik. 7. Ob'ektivlik. Interfaol mashg'ulotlardan, test sinovlarining turli shakllaridan, bilimlarni o'qituvchining bevosita ishtirokisiz avtomatik ravishda baholash mumkin. Ushbu yondashuv baholashda sub'ektivlik va xolislikni istisno qiladi. Albatta, bular masofaviy ta'limning barcha afzalliklari emas. Biroq, u sinf o'quvlarini to'liq o'rnini bosmasligi kerak. Masofaviy ta'lim an'anaviy ta'lim tizimini juda samarali ravishda to'ldirishi mumkin. Kamchiliklar Aniq afzalliklarga qaramay, masofaviy texnologiyalarning ba'zi kamchiliklari ham mavjud: 1. Talabalarning motivatsiyasi etarli emas. Masofaviy texnologiyalardan foydalanishda bola faoliyatini yanada qattiqroq nazorat qilish talab etiladi. 2. Ishni malakali tashkil qila olmaslik (yoshga qarab).Shu munosabat bilan o'qituvchi oldida batafsil ta'lim dasturini ishlab chiqish vazifasi turibdi. 3. Bilimlarni sinash uchun o'quv muassasasiga tashrif buyurish zarurati. Bundan tashqari, talaba turli xil texnik qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin: Internet tezligining pastligi, tarmoqdagi yoki kompyuterdagi nosozliklar va boshqalar. Maksimal ta'lim ta'siriga erishish uchun qulay muhit yaratish kerak. Psixologik iqlimning shakllanishi ko'p jihatdan o'qituvchiga bog'liq. O'qituvchi har bir o'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olishi, o'zaro hurmat va hamkorlik tamoyillari asosida o'zaro munosabatlarni qurishi kerak. 15-Mavzu: Pedagogikaning maxsus tarmoqlari. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati — uni o'qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o'rgatuvchi». didasko «o'rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi. Ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta'lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni berishga yo'naltiriladi. Umumiy ta'lim asosida o'zlashtirilgan ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo'ladi. Maxsus ta’lim — o'zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta'lim, shuningdek, turli darajadagi ta'lim dasturlarini amalga oshirishiga ko'ra maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta'lim kabi turlarga bo'linadi. Tarbiya nazarivasi — pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Tarbiva muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulqatvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo'nalishlarda tashkil etiladi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo'shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, lining hayotida yetakchi o'rin tutuvchi g'oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g'oyasi asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor qaratiladi: 1. Ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o'rganish. 2. Shaxsni hartomonlama kam 3. ol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 4. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelibchiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimi tajribasini o'rganish asosida uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish. 5Ta'lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. 6.Ilg'or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 7. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta'lim – tarbiya usullari bilan qurollantirish. 8. Ta'lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo'nalishlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart- sharoitlarini o'rganish. 9.O'qitish hamda tarbiyalash jarayoniningsamarali texnologiyalarini yaratish. 10.Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma'lumki, har bir fan o'zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e'tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriva deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlaming umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o'qitish, o'qish), bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, rivojlanish. Shaxs — psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi. Tarbiva — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni hartomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Ta'lim —o'quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon. Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui. Ko'nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka — muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma'lumot — ta'lim-tarbiya natijasida o'zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivoilanish — shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'Iadigan rniqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Pedagogik fanlar tizimi. Shaxs kamolotini ta'minlash, uning intellektual, ma'naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi. Ular quyidagilardir: 1. Umumiy pedagogika — maktab yoshidagi boialarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish masalalarini o'rganadi. 2. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi — maktabgacha ta'lim yoshidagi boialarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi. 3. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi - boshlang'ich sinflar o'quvchilarini tarbiyalash, ularga ta'lim berish, ularning o'ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi. 16-Mavzu: Muammoli ta’lim texnologiyasi Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o’quvchilarning o`rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llashda asosiy masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli o’quv fanlari bo’yicha o’qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko’zda tutishlari kerak. Muammoli vaziyat yaratish usullari: — o’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo’lini topishni taklif qiladi; — bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi; — hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar. Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: -o’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi; -o’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi; -o’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar. Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar: — muammoni turli nuqtai-nazardan o’rganish, tahlil qilish; — solishtirish, umumlashtirish; — faktlarni aniqlash va qiyoslash; — vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish; — o’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar. Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 7080-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli ta’limning asosiy g’oyasi bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo’yicha o’quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. O’zbekistonda muammoli ta’limni qo’llash bo’yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o’quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go’zal nutq tarkib toptirilgan. Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo’llaniladi. Bunda o’quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to’g’ri so’zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o’qituvchining o’quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto’g’ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo’liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin; 1. Savol-javoblar orqali o’quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash. 2. O’rganilayotgan mavzuning mazmunini o’quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o’quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo’lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi. 3. O’quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag’batlantirish usullaridan foydalaniladi. 4. O’qituvchi o’zini bilmaydigan odamdek, o’quvchidek tutib, savollar berib boradi. 5. O’quvchining to’g’ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so’zlashga jalb qilish. O’quvchining xato fikrlarini aniqlab borish. 7. O’quvchining xato fikrlariga nisbatan to’g’ri fikrni o’qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o’quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va o’quvchini o’z xatolarini o’zi tuzatishiga yo’naltiriladi. Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo’lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o’qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo’lishi kabilardan iborat. Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: -o’quv fani va darslar mavzusini o’rgatishda ular bilan bog’liq muammoli masalalarni belgilash; -ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish; -o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; -zarur o’quv vositalarini tayyorlash; -muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko’rsatish; -topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish; -o’quvchilarning muammoni hal etishda yo’l qo’yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko’rsatish; -o’quvchilarning noto’g’ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to’g’ri yo’lni topishlariga ko’maklashish va boshqalar. Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3.Yechimning to’g’riligini tizimlashtirish orqali). tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda o’quvchilarga hal etish taklif etiladigan muammoga qo’yiladigan eng asosiy talab – o’quvchilarning qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa, o’quvchilarda qiziqish hosil qiladigan bo’lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko’zda tutilgan natijaga erishish imkoni bo’lmaydi. Muammo o’quvchilarning bilim darajalariga hamda intellektual imkoniyatlariga mos bo’lishi shart. Hosil bo’lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o’zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog’liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo’ladi. Bunday tushuna olish esa o’quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o’quvchi o’zlashtirgan bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyatlarni bajaradi. Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni bo’lib, fikrlashning sifati uning mantiqiyligi, mustaqilligi, ijodiyligi, ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, tejamliligi, maqsadliligi, tezligi, tahliliyligi, qiyosiyligi, umumlashtirilganligi, xususiylashtirilganligi, kengligi, chuqurligi, ishonarliligi, realligi, haqqoniyligi darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birga intellektual sifatlar xotira, tasavvur, anglash va shu kabi psixologik jarayonlarning tezligi hamda boshqa parametrlari bilan bog’liq. Intellektual taraqqiyot darajasi o’qituvchilarda hamda o’quvchilarda qancha yuqori bo’lsa, shunchalik yaxshi natijalarga erishish imkoniyati hosil bo’ladi. Shunga ko’ra o’quvchilarda muammoni sezish, uni aniqlash, yechimiga doir taxminni to’g’ri belgilash va yechimning to’g’riligini tekshirish qobiliyatlari rivojlanib boradi. Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin: 1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi. 2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi. 3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi. Oguvchilarning ijodiy tafakkur va ijodiy gobiliyatlarini ostirishda muammoliy talimdan unumliy foydalanish uchun uninig ayrim nazariy asoslari sifatida B.Blumning yuqoridagi I.2.- mavzu ilovasida keltirilgan bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlar taksonomiyasi (tafakkurning bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajasi)ga hamda G.Gardnerninig intellekt kopligi nazariyasiga asoslsnish maqsadga muvofiq. Bu nazariya har bir odam turli darajada ifodalangan kamida sakkizta tipdagi intellektga ega ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar: 1. Verbal-lingvistik intellekt-so`z xotirasi, so`z boyligi yaxshi, o`qishni yaxshi ko`radi, so`z bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar. 2. Mantiqiy-matematik intellekt-hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy masalalar, boshqotirmalarni echishni, shaxmat o`ynashni yaxshi ko`radi, tengqurlariga nisbatan ko`proq abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat bog`liqliklarini tushunadi. Bular matematik, fizik va boshqalar. 3. Vizual-fazoviy intellekt-ko`rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, diagrammalarni tekstga nisbatan oson o`qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, modellar konstrukstiyalashni yaxshi ko`radi. Bular rassom, haykaltarosh, me’mor, ixtirochi, shaxmatchilar. 4. Motor-harakatli intellekt-yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning harakatlari, mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qo`l tekkizish, buyumlarni qismlarga ajratish va yig`ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi ko`radi. Hunarlarga qobiliyatli. Bular raqqos, mim, artist, sportchilar. 5. Musiqiy-ritmik intellekt-qo`shiqlar, kuylarni eslab qoladi, ovozi yaxshi, musiqa asbobini chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va so`zlashi ritmli, o`zicha sezmasdan kuylaydi, biror ish qilayotib, stolni ritmik chertadi. Bular bastakor, musiqachi, qo`shiqchi, raqqoslar. 6. Shaxslararo intellekt-tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalar bilan o`ynash va ularga o`rgatishni yaxshi ko`radi, turli holatlarda yetakchi bo`lib qoladi, hamdardlikni, boshqalarga g`amxo`rlik ko`rsatishni biladi, boshqa bolalar unga sherik bo`lishga intiladilar. Bular diniy xodim, siyosatchi, diplomatlar. 7. Ichki shaxsiy intellekt-mustaqillik hissi, iroda kuchini namoyish qiladi, o`zinining yaxshi va yomon xislatlarini real anglaydi, vazifalarni hech kim xalaqit bermaganda yaxshi bajaradi, o`zini boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko`radi, o`z hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o`z xatolaridan ibrat oladi, o`z qadrini bilish hissi rivojlangan. Bular psixolog, o`qituvchi, tarbiyachilar. 8. Tabiatshunos intellekti-tabiatga, tabiat hodisalariga, jonivorlar, o`simliklarga qiziqadi, tabiat olamini tushunish, atrof-muhitning belgilari va xususiyatlarini farqlash, tasniflash va shu kabilarga qobiliyatini namoyon qiladi. Bular tabiatshunos, ekolog, qishloq xo`jalik xodimlari. 17-Mavzu: Ijtimoiy pedagogika Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir- birini to’ldirib kelishadi va voqyelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatishadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin. O’zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo’lgani uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining Sharq mutafakkirlari va diniy arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o’zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib qo’shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha bo’lgan davrda pedagogikadan voz kechish, so’ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan bo’lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini o’rganadi, keyinchalik unga burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro’y berdi. Uning qayta “tug’ulishi” ijtimoiy pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o’zi inson faoliyatining obyektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini o’rganish “ ijtimoiy pedagogika” atamasining o’ziga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, ularni bitta sohaga birlashtirib turadi. Bu birlashuv tasodifiy emas va fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni so’nggi paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus pedagogikasi, kasb-xunar pedagogikasi, tarix pedagogikasi mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo’lishdi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo’ladi. Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni jarayoni va hodisalarini o’rganadi dalolat beradi. Biroq ularni muayyan o’ziga xos yo’nalishlarda o’rganadi. Bu fanning o’ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida mujassamlashtiilgan. “ Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida odamlarning shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim- tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) ijtimoiylashuv deyiladi. Shunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning obyekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo’lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham obyektibu bola, biroq o’rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay natijada ularning o’ziga xos vazifalari tufayli uzoqlashishi ro’y berdi. Umumiy pedagogikaning spesifik vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogning asosiy kasbi hisoblanadi . Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o’rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini ,nimaga bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o’rganadi. Shu bilan birga o’z rivojlanishida umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. 18-Mavzu: Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari va ularni etish. amaliyot tadbiq Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari. Qiyosiy metod («ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi. Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qaytaqayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish. Qiyosiy va longityud metodlari o’z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko’p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod birbirini to’ldiradi. Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasidagi aloqalar va bog’liqliklarni o’rnatish imkonini beruvchi o’rganish usuli. Suhbat metodi o’rganilayotgan muammoni qo’shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo’lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to’g’ridanto’g’ri yoki bevosita yo’l bilan ega bo’lishni ko’zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so’rovnoma varag’idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo’llaniladigan metodik vosita. Sosiometriya – o’zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo’llash uning validligi (oldindan belgilab qo’yilgani bo’yicha baholash uchun mos kelishi) va ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini beruvchi) bog’liqdir. Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori samaradorligini aniqlash mumkin bo’lgan mezonlar. Psixologiyani ko’rinishi va sohalari Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi, shuningdek, psixikaning moddiy, neyrofiziologik asosga ega ekanligi haqidagi sifatiy o’ziga xoslikni saqlagan holda psixofiziologik birlik tamoyilidan kelib chiqadi. Lekin olamning psixikada aks etishi faqat miyada sodir bo’ladigan hodisalar chegarasidan chiqadi. Odam psixikasi tashqi o’zaro aloqalar, inson faoliyatining xususiyati, uning turmush tarzidan vosita sifatida foydalanadi. Psixikaning faoliyati – bu miyaning harakatsizligi mahsuli bo’lmasdan, aksincha, uning olam bilan ijtimoiy-madaniy asosda faol o’zaro ta’sirlashuvining mahsuli. Odam psixikasi hayotiy faoliyatning biologik shaklidan ijtimoiy-tarxiy shakliga o’tishi bilan o’zgaradi, ong ko’rinishiga ega bo’lib, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasidan foydalana boshlaydi. Psixikaning o’zini-o’zi boshqarish xususiyatining asosiy vositasi bo’lib inson tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarilgan belgili tizim – nutq xizmat qiladi. Inson ongi, uning psixikasi biologik emas, balki, tarixiy, ijtimoiy sabab asosida yuzaga kelgan mahsulotdir. Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o’zidan emas, balki mustaqil fan bo’lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat. Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog’liq bo’lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o’rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulqatvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo’lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo’limlarining rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi. Bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), ta’lim tizimida o’qituvchi o’quvchi munosabatlari o’qituvchining psixologik xususiyatlari, ta’limni boshqarish jarayonlari va boshqa holatlarni kiritishimiz mumkin. Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog’liq bo’lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o’rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo’lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo’limlarining rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi. Birbiri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), ta’lim tizimida o’qituvchi o’quvchi munosabatlari o’qituvchining psixologik xususiyatlari, ta’limni boshqarish jarayonlari va boshqa holatlarni kiritishimiz mumkin. Tibbiyot sohasida psixologiyaning yordami Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integrasiyalashuvi va differensiasiyalash jarayonlari ro’y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differentsiatsiyasiga – psixologiya fanlari qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog’lovchi fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo’lgan fiziologiya mexanizmlarini o’rganuvchi psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik faolligini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog’langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning alohida sohasi bo’lib psixogigiyena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patopsixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologiya (psixik jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o’rganuvchi) va psixokorreksiyani o’rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi. Ijtimoiy munosabat sohalarida psixologik faoliyat Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi: - aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar)20; yosh psixologiyasi (o’rganish predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduyet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan muhandislik psixologiyasi («inson – qurilma» tizimida inson faoliyatini o’rganuvchi mehnat psixologiyasining bo’limi); koinot psix-ologiyasi (koinotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning xususiyatlarini o’rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada inson faoliyati va shaxslararo munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya (o’rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi mustaqil bo’limlarga shakllandilar. Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi: - aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar); - rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish psix-ologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar); - ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.). mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin. 19-Mavzu: Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning ahloq – ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z-o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini belgilaydi va uning barkamolligi mezonlaridan hisoblanadi. “Men” – obrazining ijtimoiy-psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiyani shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o’zini, o’zligini qanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo’ladi. O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko’pincha konkret shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni, inson tabiati shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi (Z.Freyd nazariyasiga ko’ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir shaxsdagi o’z shaxsiyatini o’ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko’pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Men” – obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o’sha shaxsni o’rab turgan tashqi muhit, o’zgalar va ularning munosabati katta rol o’ynaydi. Odam o’zgalarga qarab, go’yoki oynada o’zini ko’rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati – aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya “Men” – obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko’chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o’z yutuqlaringiz va mashg’ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo’lib, uning qayergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, xayoli boshqa yerda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda “mahmadona, laqmaroq” bo’lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o’rtog’ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo’l qo’ymaslik uchun “O’rtoq, shoshmayapsanmi?” deb so’rab ham qo’yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni, suhbatdosh o’rniga turib, o’zingizga tashlangan nazar (“Men unga qanday ko’rinyapman?”) – refleksiyadir. Shaxsning o’zi haqidagi obrazi va o’z-o’zini anglashi yosh va jinsiy o’ziga xoslikka ega. Masalan, o’ziga nisbatan o’ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o’smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo’ladigan “kattalik” hissi qizlarda ham, o’smir yigitchalarda ham nafaqat o’ziga, balki o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. qizlardagi “Men” – obrazining yaxshi va ijobiy bo’lishi ko’proq bu obrazning ayollik sifatlarini o’zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o’zida ayni paytda mavjudligiga bog’liq bo’lsa, yigitlardagi obraz ko’proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog’li uyg’un ekanligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’smirlikda o’g’il bolalardagi bo’yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan “Men” – obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. qizlarda esa tashqi tarafdan go’zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor – yo’qligiga bog’liq holda “Men” obrazi mazmunan idrok qilinadi. qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo’lgan ayrim toshmalar yoki shunga o’xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emosiyalarga sabab bo’lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o’ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi. Jamiyatda insonlararo munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi yana bir omil – bu odamlarning bir-birlaridan ijtimoiy kutishlaridir. Kutishlarning ijobat bo’lishi bir insonning sherigiga nisbatan iliq va samimiy munosabatiga sabab bo’lsa, oqlanmaslik, aksincha, nizolarni keltirib chiqaradi. Odam fe’l-atvorining turli bo’lishi esa ana shu kutishlar tizimining har bir insonda turli darajada bo’lishi bilan izohlanadi. Ayniqsa, bu narsa o’qituvchi, professor bilan o’quvchi, talaba munosabatlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy kutishlar go’yoki bizdagi o’zgalar to’g’risidagi o’y-fikrlarimizning obrazlariga o’xshaydi. Obrazning ijobiy yoki salbiyligiga qarab, biz o’zimizni turlicha tutamiz. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, matematik amallarni, sonlar, miqdorlar, shaxmat yurishlaridagi operasiyalar kabi ma’lumotlarni odam miyasida o’rnashib qolishidan ko’ra, ijtimoiy ma’lumotlarni, ya’ni, odamlar orasida o’zaro munosabatlar tizimida ongimizga ta’sir etuvchi ma’lumotlarni esda olib qolish qiyinroq ekan, shuning uchun bo’lsa kerak, insonning ijtimoiy xulqi vaziyatga bog’liq tarzda o’zgarib boraveradi, matematik hisobkitobga oid malaka esa umr bo’yi esda qolishi mumkin. Ijtimoiy kutishlarga mos tarzda harakat qilish, gapirish Sharq madaniyatiga xos bo’lgan jarayondir. Bu yerda shunday jarayon sodir bo’ladiki, auditoriyaga yoqish maqsadida biror fakt haqida yoki bo’rttirib, yoki aksincha, kamaytirib gapirgan notiq, oxir-oqibat o’sha yolg’on aralash fikrlariga o’zi ham ishonib boradi, faqat shu tarzda fikrlashga odatlanadi. Ya’ni, bu o’rinda biz yana o’sha verbal harakatlarning bora-bora e’tiqodga aylanib qolishini kuzatishimiz mumkin. Ba’zi domlalar talabalarning bilim saviyasi past degan illyuziya bilan sodda, oldi-qochdi gaplar bilan ma’ruzasini tugatish odati, ularning professional mahoratiga salbiy ta’sir ko’rsatishini ham aynan shu hodisa orqali tushuntirish mumkin bo’ladi. Ikkinchi tomondan, sodda, yuzaki, jiddiy fikrlashlarga sabab bo’lmaydigan ma’lumotlarga o’rganib qolgan auditoriya ham bora-bora notiqdan yaxshi ma’ruzani kutmaydigan, boshqa voizlarning ham har qanday talablariga e’tirozsiz qabul qiladigan bo’lib qoladi. Ayniqsa, diniy aqidaparastlikka ergashib ketgan bolalar psixologiyasida e’tiqodning shakllanishini shu orqali tushuntirish mumkin. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko’zlagan maqsadlaridan biri – o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatish, ya’ni fikr-g’oyalariga ko’ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir – bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi. Verbal ta’sir – bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlardir. Ma’lumki, nutq – bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi – so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni hoxlaydi. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan “Albatta bajaraman!”, desa ishonamiz, albatta. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o’rtog’ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, “Ko’rganimdan biram xursandman”, desa, ishonasizmi. Ta’sirning tashabbuskori – bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko’rsatish maqsadi bo’ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o’rnidan turib kutib oladi, iltifot ko’rsatadi, hol-ahvolni ham quyuqroq so’raydi va so’ngra gapning asosiy qismiga o’tadi. 20-Mavzu: Psixologik testlar va ularning imkoniyatlari Psixologik test ko'rib chiqiladi baholash yoki o'lchash uchun ishlatiladigan barcha sinov, usul yoki vosita shaxs psixikasiga kiruvchi turli xil xususiyatlardan biri yoki bir nechtasi. Psixologik testlar kuzatiladigan xulq-atvorga va tahlil qilinayotgan sub'ektivlikning ifodasiga asoslangan bo'lib, sub'ektning xususiyatlari va ruhiy holati to'g'risida xulosa chiqarish uchun, klinik ahamiyatga ega bo'lgan ma'lumotni olish uchun keyingi tahlil zarur. Psixologik testlar iloji boricha harakat qilib ko'ring uni amalga oshirish orqali olingan ma'lumotlar haqiqiy va ishonchli ekanligi, o'lchash uchun mo'ljallangan narsalarni aks ettirishga harakat qilish (psixologik xususiyatlar to'g'ridan-to'g'ri kuzatiladigan tuzilmalar emasligini unutmang) va ularni boshqa mutaxassislar takrorlashi mumkin (ya'ni, shaxs mavzu bo'yicha olgan ma'lumotni boshqasi tomonidan olinishi mumkin) bir xil o'lchovni amalga oshirsangiz, professional). Ushbu kontseptsiya asosida ko'plab turdagi psixologik testlar tuzilgan, yaratilgan turli mezonlarga rioya qilgan holda va turli xil maqsadlarni ko'zlagan holda. Olingan psixologik testlarning o'lchamlari va turlari Psixologik testni o'tkazishda biz qanday ma'lumotlarni olishni xohlayotganimizni va qanday qilib olishni rejalashtirayotganimizni baholashda ko'p jihatlarni hisobga olishimiz kerak. Baholanadigan asosiy o'lchovlarning ba'zilari quyidagilar. Har xil turdagi psixologik testlar ma'lumotlarning ozmi-ko'pi qisqacha so'ralganiga yoki bemorning o'z fikrini bildirish uchun ozmi-ko'pmi erkinligiga qarab farq qilishi mumkin. Bu jihat juda muhimdir ma'lumot olish uchun. Yuqori darajadagi tuzilgan testga ega bo'lish, qisqa va aniq javoblarni olish, baholashni eng dolzarb deb hisoblangan tomonlarga yo'naltirish imkonini beradi. Shu bilan birga, mavzuning ruhiy holatini yaxshiroq sozlash va tushunishga yordam beradigan ko'plab tegishli ma'lumotlarni yo'qotish mumkin. Shu ma'noda, biz strukturasiz psixologik testlarning turlarini topishimiz mumkin (unda baholashning mazmuni sub'ektning javoblariga qarab o'zgarib turadi), yarim tuzilgan (garchi javob berish erkinligi taklif qilinsa va savollar ma'lumotlarga qarab o'zgarib tursa). aks ettirilgan holda, u ozmi-ko'pmi oldindan belgilangan stsenariyni bajarishga harakat qilinadi) yoki tuzilgan (bunda berilgan javoblar hisobga olinsa ham, baho oldindan belgilangan kursga muvofiq amalga oshiriladi) Ixtiyoriylik deganda biz nazarda tutamiz sub'ektning javobni nazorat qilish darajasi berilgan sana. Masalan, agar elektroensefalogramma bajarilgan bo'lsa, sub'ekt u qanday javob chiqarayotganini nazorat qila olmaydi, ba'zi testlarda shaxs o'zi beradigan javob turini o'zi hal qilishi mumkin. Maskalash mavzuning darajasi sifatida tushuniladi qo'llanilayotgan test yoki testning maqsadini biladi va / yoki javoblaringizning mazmuni. Shu ma'noda, testlar maskalanishi mumkin (masalan, Rorschach testi, unda shaxs ularning javoblari nimani anglatishini bilmaydi) yoki maskalanmasligi mumkin. Ma'lumotlarning ob'ektivligi darajasi bemorning sub'ektivligidan kelib chiqadigan javoblarni yoki ular empirik va ko'rinadigan ma'lumotlar ekanligini anglatadi. Shu ma'noda biz turli xil psixologik testlarni topishimiz mumkin, ob'ektiv testlar va sub'ektiv testlar, garchi barcha o'lchov vositalarini shu ma'noda baholash mumkin. Psixologik baholash haqida o'ylab, biz odatda odamni odatda klinik yoki kadrlar sohasida mutaxassis tomonidan tahlil qilinadigan vaziyatni tasavvur qilamiz. Biroq, bu yoki boshqa sharoitlarda tez-tez bo'lsin bir nechta shaxslarni birgalikda baholash mumkin, yoki hattoki guruhni shunday baholashni amalga oshirish. Shunday qilib biz quyidagilarni topishimiz mumkin: 1. Shaxsiy testlar Ular baholanadigan psixologik testlarning turlari bitta mavzuning xususiyatlari yoki ishlashi. Odatda bu ma'lum darajadagi ixtisoslashuvni talab qiladigan testlar bo'lib, ular bir xil shaxs haqida juda ko'p ma'lumot beradi. Xuddi shu tarzda, bu baho beruvchiga testga kiritilishi yoki kiritilmasligi mumkin bo'lgan turli jihatlarni ko'rish va tahlil qilishga imkon beradigan munosabatlarni o'rnatishga imkon beradi. 2. Jamoa yoki guruh sinovi Jamoa sinovlari guruhlarga bo'lingan holda o'tkaziladi. Ular, odatda, individual qo'llanilishidan ko'ra, ularni qo'llash uchun quyi darajadagi tayyorgarlikni talab qiladi. Ha yaxshi vaqt va pulni tejash, ular shaxsga oid ba'zi ma'lumotlarning yo'qolishiga olib keladi va psixolog yoki baholovchi tomonidan baholash juda qiyin. Tarkibiga qarab Sinovlarni ham qarab tasniflash mumkin ular qanday ruhiy tarkibni baholash bilan shug'ullanadilar. Shu ma'noda biz quyidagi psixologik test turlarini topishimiz mumkin. 1. Intelligence testi Intellektual salohiyat tarix davomida eng ko'p baholangan jihatlardan biridir. Uning yordamida u potentsialni kashf etish uchun mo'ljallangan va moslashish va turli strategiyalardan foydalanish qobiliyati, o'z aqliy resurslarini saqlash va ulardan foydalanish qobiliyati bilan bir qatorda ushbu testlar bilan baholanadi. • Tegishli maqola: "Razvedka testlarining turlari" 2. Qobiliyatni sinash Ammo aqliy qobiliyatlar nafaqat aql bilan cheklanib qolmaydi, balki bizning xattiharakatlarimizning bir yoki bir nechta sohalarda ko'proq yoki kamroq samarali bo'lishiga imkon beradigan boshqa ko'plab xususiyatlar mavjud. Ayniqsa, kadrlar tanlashda qo'llaniladi, ushbu turdagi testlar haqiqatning o'ziga xos jihatlaridagi qobiliyatini aks ettiradi va mavzuning samaradorligi va samaradorligini taxmin qilishga imkon beradi. 3. Shaxsiyat testi Odamlar o'zini tutish va dunyoni ma'lum bir tarzda ko'rishga moyil bo'ladilar, bu biz qisman meros orqali va qisman rivojlanish davomida o'z tajribamizga muvofiq ravishda paydo bo'ladi. Ushbu xulq-atvor naqshlarini o'lchab ko'ring, e'tiqodlar, his-tuyg'ular va fikrlar insonni baholash uslubi, shuningdek, ular odatda dunyoda ko'rishlari yoki harakatlari haqida tasavvurga ega bo'lishga imkon beradi. • Tegishli maqola: "Shaxsiyatning beshta ajoyib xususiyati: ijtimoiy, mas'uliyatli, ochiq, xushmuomalalik va nevrotikizm" 4. Psixopatologiya testlari Ruhiy muammolar va hatto buzilishlarning mavjudligi bugungi jamiyatda tobora tez-tez uchraydigan element hisoblanadi. Bunday muammolarni aniqlang Shaxsga duch keladigan qiyinchiliklarni hal qilish uchun turli xil choralar va davolash usullari to'g'risida ko'rsatma berishimizga imkon beradi. • Sizni qiziqtirishi mumkin: "Eng keng tarqalgan 16 ta ruhiy kasallik" 5. Nöropsikologik test Ushbu turdagi psixologik testni aniqlashga yordam berish uchun ishlatiladi shaxsning aqliy va idrok holati, odatda qandaydir jarohat olgan sub'ektlarga nisbatan qo'llaniladi. Shuning uchun, ular ishlab chiqilgan maqsad turli xil aqliy jarayonlardagi mumkin bo'lgan zararlarning doirasidir. 6. Rivojlanish / qarish testi Ushbu turdagi test shaxsning darajasini baholash uchun ishlatiladi hayot tsikli davomida rivojlanadi, o'zgarishlarning mavjudligini kuzatish va qoidalarga nisbatan rivojlanish darajasini taqqoslash. Ushbu turdagi testlarning asosiy muammosi mumkin bo'lgan javoblarning keng erkinligi va standartlashtirishning past darajasi ulardan, bir xil javobni ishlatilgan talqin qilish uslubiga ko'ra har xil nuqtai nazardan izohlay olish. siz odatda javoblaringizning psixologik ma'nosini bilmayapsiz. Subyektiv testlar doirasida biz turli xil tipologiyalarni topishimiz mumkin. Ayniqsa, ular ajralib turadi: • Strukturaviy testlar. Ularda bemor mantiqiy va vizual materialni tartibga solishi kerak. Eng mashhurlaridan biri Rorschach testidir. • Tematik testlar. Sizdan rasmlarda keltirilgan materialdan hikoya aytib berishingiz so'raladi (TAT yoki Thematic Apperception Test odatda eng yaxshi tanilgan). • Ekspressiv testlar. Mavzudan ma'lum bir elementni chizish so'raladi (eng yaxshi tanilganlaridan biri bu HTC, odam, uy va daraxt chizilgan test). • Konstruktiv sinovlar. Shaxsga taqdim etilgan qismlar bilan ma'lum bir elementni yaratishni so'rashadi (Xayoliy Qishloq Testi bunga yaxshi misoldir) • Assotsiativ testlar. Ushbu turdagi proektsion psixologik testlarda bemorga so'zni (og'zaki yoki yozma ravishda) taqdim etilgan boshqa so'z yoki stimul bilan bog'lash so'raladi. So'z assotsiatsiyasi testi eng ko'p ishlatiladiganlardan biridir. • Olovga chidamli sinovlar. U sub'ekt faoliyati mahsulidan, masalan, uning yozuvchiligidan shaxsni tahlil qilishga asoslangan. 21-Mavzu: Psixologiya fanining rivojlanish bosqichlari. Mavzu tarixiy fon nafaqat uning bosqichma-bosqich rivojlanish ajoyib hikoya, ammo turli mafkuralar, tushunchalarni turli qiymatlarni kiriting ham yoritib boradi, alohidaalohida yoki birgalikda, yondashuv va nufuzli olimlar bilan himoyalangan vaqti-vaqti bilan mavzu vazifalari. shu shuningdek psixologiya mavzu uchun amal qiladi. quyida ko'rsatilgan quyidagi sahifalarda suiqasd asosiy boblarda, ba'zi psixologiya predmeti tarixiga qarash amalga oshiriladi: A. Erta yosh ilmiy psixologiyagacha. B. Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri. C. Zamonaviy psixologiyada so’nggi tendensiyalari. Erta yosh ilmiy psixologiyagacha - qanday qilib biz muomala va nima uchun biz qadim zamonlardan buyon qiziqish uyg'otdi masalalar sifatida tarqaladi. Quyidagicha psixologiya tarixi erta davrda, ular faqat taxmin va xurofot asosida juda ilmiy javob berdi: 1. Inson xulq sayyora harakat ta'siri ostida bo'lishi kerak edi, uning taqdiri, natijasidir deb hisoblaydi. Biz har qanday bir vaqtda sayyoralar pozitsiyasi, biz aytish mumkin va uning munajjimlar bashorati qadrlamaydigan, inson xatti oldindan bilar edi, agar. Sayyoralar o'rni tashqari, jinlar, ruhlar, arvohlar va boshqa g'ayritabiiy kuchlar ham inson faoliyati o'zgarishlar uchun mas'ul edi. Shunday qilib, sabablari va inson xulq shakllari inson tashqarida biror narsa joylashgan edi. 2. Yunon faylasufi xatti inson kalitlari ichida qarash uchun kirim. Suqrot kosmosning tabiatning o'rganish foydasiz, deb. Natijada, u savolga usuli olish va inson tabiatda peeping uchun javob berishga harakat qildi. Aflotun sobiq albatta xatti shakllantirishda asosiy roli tayinlash, aqli va jismi o'rtasidagi aniq farqni qaratdi. jon Arastu tushunchasi ko'p asrlar davomida psixologiya asosiy toshni o'girildi. U zot: «hayot» ma'nosini anglatuvchi sifatida "jonga" yoki "psixika" deb hisoblanadi va tana harakat faoliyatini yo'naltiradi tirik hodisasi sifatida fikringizni ko'rib chiqildi. Shunday bo'lsa-da, u kishi sifatida ong va tanani ko'rib, va shu tariqa biologiya uchun psixologiya keltirdi. Psixologiya tushunchasining rivojlanish tarixi: 1 bosqich: Psixologiya – ruhni o’rganadigan fan (mill.avv.6 asr-16milodiy). Qalbni mavjudligi tufayli har doim hayotdagi tushunarsiz hodisalarni tushuntirib berishga harakat qilinib kelingan. Boshlang’ich tushunchalar animistic xarakterga ega bo’lgan , ya’ni har bir jism o’z ruhi bilan ajralib turgan deb tushinilgan. Jonlilikda hodisalarning va harakatlarning sabablari ko’rib kelingan. Aristotel barcha organik jarayonlarda psixologiya tushunchasini kiritgan, shuningdek o’simlik, hayvonot va ongli mavjudotlarni belgilab chiqqan. Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o‘lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko‘rko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko‘pincha nafas bilan bog‘lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o‘zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar «animizm» deb ataladi. Animizm so‘zi –anima «jon» degan ma’noni anglatadi. Jon o‘z mohiyatiga ko‘ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan. Platonning «ideyalar tug‘ma bo‘ladi» degan g‘oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shdi. Platon ta’limotiga ko‘ra «ideyalar» mohiyati abadiy va o‘zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo‘lib, ularni odam ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi. Platon psixologiyada «dualizm» oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so‘zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma’noni anglatadi. Dualizm ta’limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning «Jon haqida» asari o‘sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o‘z mazmunini batamom o‘zgartirgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko‘ra, jon qismlarga bo‘linmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o‘simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to‘rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O‘simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta’limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo‘lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o‘zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to‘g‘risidagi nazariyani ilgari surdi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g‘oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib hisoblanadi. Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi. Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo‘lishida buyuk SHarq mutafakkirlarining roli katta bo‘lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabilar o‘zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o‘sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug‘ullangan olimlardan biridir. Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so‘ng ham zamonaviy psixologiyada o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo‘lib psixoterapevtik usullarni qo‘llab ko‘rgan olimlardan biridir. Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko‘rinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo‘llana boshlandi. Psixika kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong tushunchasi yuzaga keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat qilish imkoniyati tug‘ildi. Masalan, Galen (eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari to‘g‘risidagi tasavvurlarini yanada boyitdi. Uning ilgari surgan g‘oyalari «ong» tushunchasi talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi. XVII asr biologiya va psixologiya fanlari uchun muhim davr bo‘lib hisoblanadi. Jumladan fransiya olimi Dekart (1596-1650) tomonidan xulq-atvorning reflektor (g‘ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi bilan boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, refleks (lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta’sirga qonuniy ravishdagi javob reaksiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob’ektiv tarzda bilish vositasiga aylandi. Sezgi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini izohlashga imkon yaratildi. Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Uning negizida – epifenomalizm (yunoncha eri - o‘ta, rhainominon – g‘ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi jarayon-larning soyasi singari ruy beradigan ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi ta’limotga aylandi. Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko‘lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta’limot targ‘ibotchisi edi. XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716) ning ta’limoti matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta’sir etgan edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yig‘indi tariqasida emas, balki integral tarzda namoyon bo‘ladi. Leybnits tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi g‘oyasiga tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar diqqat va xotirani o‘z ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnits psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning onglilik va ongsizlik ko‘rinishlari o‘rtasidagi murakkab nisbat haqidagi g‘oyani olib kirdi. XVII asrda emperizm va sensualizmni tajriba va his etiladigan bilimning «sof» aql-idrokdan afzalligi haqidagi ta’limotning, ya’ni aqlda hech qanday tug‘ma g‘oyalar va tamoyillar bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi ta’limotning oldingi marraga ko‘tarilishiga olib keldi. Bu ta’limotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704) astoydil himoya qilib chiqqan edi. Uni empirik psixologiyaning asoschisi deb, hisoblash qabul qilingan. Barcha bilimlarning tajribadan kelib chiqishi haqidagi ta’limoti psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. CHunki u ruhiy hayotning aniq faktlari oddiy hodisalardan murakkab hodisalarga o‘tish yo‘llari puxta o‘rganilishini taqazo etadi. J. Lokkning fikricha, tajribaning ikkita manbai mavjud bo‘lib, biri tashqi sezgi a’zolarining faoliyati (tashqi tajriba) va ikkinchisi o‘zining xususiy miyani idrok etuvchi aqlning ichki faoliyati (ichki tajriba) dir. Kishi hech qanday g‘oyalarga ega bo‘lmagan holda dunyoga keladi. Uning ruhi – «toza taxta» bo‘lib, keyinchalik unga tajriba yozuvlari bitiladi. Tajriba oddiy va murakkab g‘oyalardan tarkib topadi. Bu g‘oyalar yo sezgilardan, yo ichki idrok (refleksiya) lardan hosil bo‘ladi. Ikkinchi holatda ong real narsalarga emas, balki o‘z xususiy mahsuliga yo‘naltirilib, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi. J.Lokkning refleksiya ta’limoti kishi psixologik faktlarni interospektiv tarzda bilib oladi degan taxminga asoslangan edi. Bu bilan yana dualizm ta’limoti ilgari suriladi. Ong va tashqi olamni prinsipial jihatdan turlicha usullar yordamida bilish mumkinligi jihatidan ham ular bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilar edi. Lokkning tashqi va ichki tajriba to‘g‘risidagi ta’limoti ikki xil xarakterga ega ekanligi ham materialistik ham idealistik ta’limotlarning taraqqiyotiga turtki bo‘ldi. Materialistlar Gartli (1705-1784) bosh bo‘lgan fransuz, A.N.Radishchev (1749-1802) boshchiligidagi rus materialistlari olamni bilishda tashqi tajribani asos qilib, olib inson psixikasining ichki mazmuni asosida odam atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati yotadi degan edilar. XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi (Galler, Proxazka). Buning natijasida psixika miya funksiyasi ekanligi haqidagi ta’limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi CHarlz Bell va fransuz Fransua Majandi tomonidan yoyiluvchi va harakat nervlari o‘rtasidagi tafovut ochib berildi. Uning negizida psixologiya fanida reflektor yoyi degan yangi tushuncha paydo bo‘ldi. Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf qilindi. «Psixologiya» so‘zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olim R. Goklenius tomonidan qo‘llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X. Volf birinchi marta ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-psixologik asarlar: «Empirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» (1734) ni yaratdi. Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan. Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, YUnoniston)da falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi. XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leypsig shahrida dunyoda birinchi bo‘lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo‘lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda (Vyursburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi. XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko‘plab maxsus bo‘limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko‘plab maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differensial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. XX asrning ikkinchi yarmida ilmiytexnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo‘llanila boshladi. Psixologiya tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlardan faol tarzda foydalana boshladi. Birinchi bosqich. Psixologiya – ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta’rifi ikki ming avval keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar. Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R. Dekart, B. Spinoza, D. Lokk, G. Leybnits, D. Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. Fikrlash, sezish, xohishga bo‘lgan layoqat ong deb ataldi. O‘rganishning asosiy metodi bo‘lib, insonning o‘zini kuzatishi va voqelikni bayon etishi hisoblanar edi. 22-Mavzu: Fanlar tizimida Psixologiyaning oʻrni. Psixologiya fani ko`plab fanlar bilan o`zviy bog`liq holda rivojlanadi. Fanlar orasi-dagi bog`liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o`rnini aniqlaydi. Bizga ma`lumki, fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo`linadi. Psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo`ladi, u inson ruxiy faoliyatining tabiiy tarixiy va ijtimoiy tomonini o`rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o`rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san`atshunoslik, fiziologiya, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog`liq. YOsh avlodni har tomonlama tarbiyalash uchun ularning psixologiyasini yaxshi bilish lozim. Falsafa ongni o`rganadi, psixologiya esa inson ongining shakllanishini o`rganadi. Bolalarning psixologik rivojlanishini bilmasdan turib biror bir ta`lim metodikasini to`g`ri ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etib bo`lmaydi. Psixologiyani tarbiyada, shaxs shakllanishida, uning kamollik darajasiga etkazishda, ma`naviyboy, axloqan pok, jismonan soqlom, jamiyatning barcha talablariga javob beruvchi qilib shakllantirishda ahamiyati katta. Psixologik bilimlarni inson o`z - o`zini tushunishda, o`zining kuchli va kuchsiz tomonlarini anglashda, qiyinchiliklarni engishda, muvaffaqiyatga erishishda, o`z kamchiliklarini bartaraf etib, ijobiy fazilatlarni shakllantirishda zarurdir. Psixologiya insonning aqliy imkoniyatlarini ochishda ham muhim. Zero, diqqat va xotirani yaxshilash va rivojlantirish yo`llarini bilib, bilimlarni to`g`ri o`zlashtirish, intellektual faoliyat samaradorligini oshirish mumkin Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mеntalitеtning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bеvosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqеi o’ziga xos va yеtakchidir. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanib tеndеnsiyalarini bеlgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kеlib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam bеradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan – falsafa va psixologiyaning hamkorligi bеvosita sеzilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g’oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko’lami kеngayishiga baholiqudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progrеssni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar.qolavеrsa, xuquqiy, dеmokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbеkiston aholisining huquqiy madaniyatini va dеmokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’z vaqtida o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mеzonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar mеtodologiyasi va mеtodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. Pеdagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o’ziga xosdir. Rеspublikamizda amalga oshirilayotgan yangi “Ta’lim to’g’risidagi”qonun hamda “Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi”ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini harqachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modеldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo’lib yеtishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart – sharoitlar orasida yangi pеdagogik tеxnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pеdagogikaning o’z uslub va qoidalari yеtarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tеndеnsiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish tеxnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intеllеktual qobiliyatlarga nеchog’lik ta’sir ko’rsatayotganligini o’rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi mеtodlarni didaktik mеtodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini tеran bilgan holda o’qitishning eng ilg’or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini farqlash avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulqatvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir. Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan, •umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi; •pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi; •yosh davrlari psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi tamoyillarini o’rganadi; • ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi; fikrlar, e’tiqodlar, hissiy •yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi; •mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o’rganadi; 23-Mavzu: Emotsoional holatlar. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi. Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «YUragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak». Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi. Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. CHunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq. Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar tabiati haqidagi masalani echishga uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu muammo bo‘yicha hech qaday nuqtai nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning organik ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo bo‘lgan intellektuallashtirish nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib, hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 1872 yilda ch. Darvin «inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi» asarini chop etdi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyusion ta’limot nomini olgan hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari sifatida yuzaga keldi. Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda u. Djemsning «hissiyot nima?» maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U. Djeyms va undan mustaqil ravishda g. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan, hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, «yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-atvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va visserosensor afferentatsiya esa hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi. Lekin djems-lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik va emotsional jarayonlarning nisbatiga u.kennon qarama-qarshi fikr bildirdi. Uning aniqlashiga ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil qilinadigan organik o‘zgarishlar har doim ham hissiyotli kechinmalar birgalikda kuzatilmaydi. Keyinchalik, p.bardning ko‘rsatishicha, haqiqatda, tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotli kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo bo‘ladi, bosh miya tuzilishidagi barcha qismlardan esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki, gipotalamus va limbik tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi. Lindsey-xebbning faollashtirish nazariyasi djems-lange va kennon-bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir. Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni, tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida, birinchi navbatda, l. Festingerning kognitiv dissonans nazariyasini ta’kidlab o‘tish lozim. Uning asosiy tushunchasi dissonansdir. Bu sub’ektning ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat konsonans sifatida xarakterlanadi, salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida yuzaga keladi. S.shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida shakllanadi. Kognitivistik nazariyalar qatoriga p.v. simonovning hissiyotlar axborot beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.v. simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: h = e (m – a), bunda h – hissiyot, uning kuchi va sifati; e – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; m – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; a – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot. Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (e = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (h = 0); ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi. Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. I.p. pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati ostida ushlab turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Yuqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, ba’zan xursandchilik sezadilar. Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega, chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi. Xulosa o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‘tish zarur, bular: 1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan va xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan hissiyotli reaksiyalar: salbiy hissiyotda atrofdagi voqealarga nisbatan munosabatingiz ham salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan harakatlarga moyillik. 24-Mavzu: Stress va frustratsiya. Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi. Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir. Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi: Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida); Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon. Stress tushunchasi kanadalik olim gans sele tomonidan kiritilgan, u stressni organizmning jismoniy yoki psixik jarohatni keltirib chiqaradigan ta’sirlarga nisbatan moslashish-himoya reaksiyalari yig‘indisi sifatida ta’riflagan. Stress holatining rivojlanishida g. Sele uch bosqich: a) xavotirlanish, b) qarshilik ko‘rsatish, v) izdan chiqishlarni ajratdi. Xavotirlanish reaksiyasi shok davri (mns tushkunlik holati) va izdan chiqqan psixik vazifalarning tiklanish, shokka qarshi davridan iborat. Qarshilik ko‘rsatish bosqichi (rezistentlik) stressorlar ta’siriga nisbatan chidamlilikning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ularning davomli ta’sirida organizm kuchi kamaya boradi, va izdan chiqish bosqichi boshlanadi, ba’zn organizm o‘limiga olib keluvchi nuqsonli kasallik jarayonlari yuzaga keladi. Stress hayot uchun xavfli bo‘lsada, organizm uchun zarurdir: austressda («foydali» stress) individning moslashish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Axborotli va psixik stress turlari mavjud (emotsional stresslar). Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya, vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi. Emotsional kechinmalarning xilma-xilligi avvalambor, odamlarning kayfiyatida ifodalanadi. Emotsional jihatdan kuchsiz ta’sirlanadigan odamlarda faqat qandaydir o‘ta xavotirli voqea yaqqol ifodalangan hislarni yuzaga keltiradi. Boshqa toifadagi, emotsional ta’sirchan odamlarda arzimas holat ham kuchli hissiyotlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham kayfiyatlarini ko‘tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin. Odamlar o‘rtasida hissiyotlarning ifodalanishining chuqurligi va barqarorligi bo‘yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba’zi odamlarni hissiyotlar o‘rab olib, o‘zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki xususiyatga ega bo‘lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‘tib ketadi. Odamlarda affekt va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda nomutanosib, o‘zi va hulq-atvori nazorati yo‘qotilgan, affekt va ehtiroslarga beriluvchan, masalan, g‘azab, jazava, xavotirga tushadigan odamlarni ajratish mumkin. Boshqa odamlar, aksincha, doimo o‘zini tuta biladi, o‘z hislarini, ongini nazorat qiladi. Odamlar o‘rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar ularning faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlar hislar ta’sir etuvchi xususiyatga ega, harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator o‘zgarishlarga sabab bo‘lmaydigan hisning o‘zi bilan chegaralanadi. Hislar sustligining yorqin shakli insonning ko‘ngilchanligida ifodalanadi. Shunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‘lishidagi farqlar ma’lum odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi. Oniomaniya va shopogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muammoni ko‘rib chiqamiz. Oniomaniya (do‘konlarga bog‘liqlik) – xarid qilishga bo‘lgan miyaga o‘rnashib qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan holda, vasvasa holatlarida kuzatiladi. Bunday bog‘liqlik zamonaviy tilda – shopogolizm deb ataladi. Xarid qilishga bo‘lgan nosog‘lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX asrda aniqlangan o‘ziga xos kasallikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib, olimlar unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra, oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%) aziyat chekadilar. AQSHda 55 mln. odam bu kasallikka chalingan, ulardan 15 mln. surunkali shopogoliklardir. Agar avval oniomaniyadan aziyat chekadiganlar xarid qilish maqsadida supermarket va do‘konlarni kezishgan bo‘lsa, endilikda ular Internet, TV-do‘kon yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali oxirigacha aniqlanmagan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, shopogolizm odam organizmiga inson kayfiyatini boshqaradigan serotonin gormonining etishmovchiligi bilan bog‘liq. Ba’zilar mahsulotlarni sovg‘alar qabul qilishni yoqtirganlari sababidan buyurtma qiladilar. YOki, ayol oiladagi muammolardan o‘zini yupatish uchun yangi xarid bilan o‘zini xursand qiladi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin, oqibatlari esa yirik qarzlarga borib taqaladi. SHopogolizm, olimlar fikriga ko‘ra, ichkilikbozlik kabi jiddiydir. Frustratsiya – tushkunlik, ma’lum maqsadga erishishda umidlarning parchalanishi bilan kechadigan inson muvaffaqiyatsizligining emotsional og‘ir kechinmasi. Frustratsiya ko‘p hollarda frustratorga qarshi qaratilgan tajovuzkorlik hulq-atvor bilan bog‘liq. Frustratsiya sabablari bartaraf etilmaganida, psixikaning davomli izdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur depressiv holat yuzaga kelishi mumkin (xotira, mantiqiy tafakkurga bo‘lgan layoqatlarning susayishi). Frustratsiya holati inson biror chiqib ketish yo‘llarini izlaydi, shirin xayol olamida beriladi, ba’zida esa tubanlashadi, ya’ni, psixik rivojlanishning dastlabki bosqichlariga qaytadi. Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda mavjud bo‘lmaydi. YUzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. YUksak hislar o‘z tarkibiga birinchi soddaroq ko‘rinishdagi turli hislarni oladi. Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik, axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi. Ahloqiy hislar odamning boshqa kishilarga, jamoa va o‘zining ijtimoiy burchlariga bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma’lum ahloqqa, ya’ni ijtimoiy ahloq-qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti-harakatlariga yoki ruhiy hususiyatlariga hamda o‘zining xatti-harakatlariga baho beradi. Intellektual hissiyotlar ham o‘z mohiyati jihatidan ahloqiy hissiyotlarga yaqin bo‘lgan hissiyotlardir. Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar bo‘lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, shubhalanish kabi holatlarda ifodalanadi. Estetik hislar ham yuksak ahloqiy hislardan hisoblanadi. Estetik his deganda biz go‘zallikni idrok qilish, go‘zallikdan zavqlanish va go‘zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik hissiyot hamma odamlarga xos bo‘lgan hissiyotdir. Atrofdagi tabiat manzaralari estetik hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi. Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo‘lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e’tirof etadigan yoki inkor qiladigan maqsadlarga erishish yo‘llarini baholaydigan ta’sir qilish usullari va ko‘lamlarini ma’qullaydigan va ma’qullamaydigan, ularni to‘g‘ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Hayotiy faoliyat jarayonida muhit va irsiy shartlar asosida insonda barqaror emotsional sifatlar – emotsional xususiyatlar va xossalar shakllanadi. Shaxsning emotsional xususiyatlariga emotsional reaktivlik, qo‘zg‘aluvchanlik, affektlilik, emotsional barqarorlik, umumiy emotsional tonus, emotsional ta’sirlanishlar kuchi va ularning tashqi ifodalanishi – ekspressivlik taalluqlidir. Emotsional xossalar individning psixik ko‘rinishini belgilaydilar, shaxs emotsional tipini tashkil etadilar. Odamlar emotsional, o‘ta ta’sirchan, ehtirosli va frigid mijozlilarga bo‘linadilar. Birinchisi oson qo‘zg‘aluvchan, emotsional ta’sirchan, impulsiv; ikkinchisi – o‘z sezgilarini mushohada qilish, ulardan zavqlanishga moyil; uchinchisi – emotsional intiluvchan, o‘ta faol, maqsadga erishishda sabotli; to‘rtinchisi – aql bilan ish ko‘radilar, qayg‘urish hissi ularga yot. Hissiyotlar va sezgilarning yuzaga kelishi va so‘nishi shartli refleks shakllanishining barcha qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli ob’ektlar sinfiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Shunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri ularning umumlashtirilganligi va ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati hisoblanadi. Boshqa qonuniyat – sezgilarning davomli seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi. Xuddi shunday sevimli qo‘shiq hadeb tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda ko‘p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo‘lmay qoladi. Ijobiy hissiyotlar kabi, salbiy hissiyotlar ham so‘nishga moyil bo‘ladi. Odam ma’lum darajada turli vaziyatlarga, shuningdek, salbiy ta’sirlar (badbo‘y hid, xunuk manzara, noqulay sharoit)larga ham ko‘nikadi. Turli seskantiruvchilar ta’sirida yuzaga keladigan turli segilar o‘zaro taqqoslanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro ta’sirlashadi. Biror shaxsning xunuk harakatidan, xuddi shunday vaziyatdagi boshqa shaxsning oliyjanob harakati solishtirilganida taassuf hissi kuchayadi, qoniqish hissi qoniqmaslik hissidan so‘ng kuchliroq seziladi. Insonning taqdiri, azob-uqubatlari qanchalik og‘ir, muvaffaqiyatsizliklarining yakun topishi shunchalik quvonch bilan idrok qilinadi – bu sezgilarning keskin qarama-qarshiligi. Sezgi qonuniyatlaridan biri – ularning jamlanishi. U yoki bu ob’ekt tomonidan muntazam ravishda hosil qilinadigan sezgilar to‘planib, jamlanadi. Buning natijasida insonda ota-onaga, do‘stga, qadrdon yurtga nisbatan muhabbat va ehtirom mustahkamlanadi. Salbiy kechinmalar (hayotiy qiyinchiliklar)ning to‘planishi affekt holatiga tashqi tomondan ahamiyatsiz bo‘lgan voqeadan juda kuchli ta’sirlanishga olib kelishi mumkin. Emotsional holatlar o‘rin almashishi mumkin. Xuddi shunday, biror faoliyatdagi muvaffaqiyat boshqa faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlikning o‘rnini bosishi mumkin. Hissiyotlarning yana bir qonuniyati – ularning o‘zgaruvchanligi hisoblanadi. Biror ob’ekt yuzasidan qondirilmagan hissiyotlar boshqa ob’ektlarga (barchaga «zarar o‘rnini to‘ldirish» hodisasi) o‘tkazilishi mumkin. Ambivalentlik – lotincha har tomonlama kuchga ega ma’nosini anglatib kishining bir ob’ektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladigan bir-biriga qarama – qarshi emotsional irodaviy holatdir. Hissiyotda ambivalentlik bu rohatlanish va azoblanishni birga qo‘shilib va biri ikkinchisiga o‘tib ketmaydigan emas, balki bunda birga bo‘lish kechiriladigan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan, rashk hissida muhabbat va nafrat. Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya, vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi. 25-Mavzu: Shaxslararo munosabatlar va konfliktlar Buning ko'p navlari bor salbiy hodisa... Ammo eng keng tarqalganlari: 1. Intrapersonal. Bunday konfliktning manbai insonning shaxsiy ehtiyojlari va istaklari jamiyatda qabul qilingan qoidalarga bevosita qarama-qarshi bo'lgan holatlardir. 2. Individual va guruh. Bu psixologik turdagi to'qnashuvlar bo'lib, ularning sababi tomonlarning qadriyatlaridagi farqdir. 3. Shaxslararo. Bu odamlar o'rtasidagi eng keng tarqalgan nizolar. 4. Guruhlararo. Bunday holda, qarama-qarshi tomonlar korxonalar va turli tashkilotlarning tarkibiy bo'linmalari bo'lishi mumkin. Ijtimoiy guruhlarda bunday nizolar norasmiy va rasmiy jamoalar o'rtasida kam uchraydi. 5. Professional asosda. Ular ishlab chiqarish mojarolarining sababi hisoblanadi. 6. Mafkuraviy va iqtisodiy ziddiyatlar, ijtimoiy va oilaviy-maishiy, psixologikpedagogik va boshqalar mavjud. 7. Shaxs ichidagi nizolarni bartaraf etish 8. Bu muammo turli usullarni qo'llash orqali hal qilinadi. Ulardan biri mavjud vaziyatni adekvat baholashdir. Mojaroni hal qilish uchun inson nafaqat paydo bo'lgan ichki taranglik sabablarini tushunishi, balki yuzaga kelgan muammoning murakkabligini ham aniqlashi kerak. 9. Intrapersonal xarakterdagi nizolarni hal qilish usullari ko'plab psixoterapevtlar tomonidan taklif etiladi. Ulardan eng maqbullari quyidagilardir: 10. Yaratilish to'g'ri tasvir o'z "men"; 11. Faqat faktlarga munosabat; 12. Keraksiz his-tuyg'ularsiz tirnash xususiyati kechiktirish; 13. O'zingizni ham, boshqalarni ham kechirish qobiliyati; 14. O'ziga achinish va turli xil norozilik kabi his-tuyg'ularni rivojlantirishga to'sqinlik qilish qobiliyati; 15. Agressiya bilan kurashish, uni to'g'ri yo'nalishga yo'naltirish qobiliyati; 16. Aniq baholash hozirgi vaziyat. 17. Bular, shuningdek, shaxslararo xarakterdagi nizolarni hal qilishning boshqa ko'plab usullari sizga og'ir va keraksiz shikoyatlar yukini tashlashga imkon beradi. Shu bilan birga, ular o'zlarining his-tuyg'ularini boshqarishga, nafrat va qo'rquvdan, g'azabdan va hokazolardan xalos bo'lishga moslashadilar. 18. Ushbu turdagi nizolarni hal qilish usullariga yaqinlar davrasida gapirishni taklif qilish, sport paytida biroz dam olish, eski jurnallarni yirtib tashlash va boshqalarni o'z ichiga oladi. 19. Individual-guruh ziddiyatlarini bartaraf etish 20. Mas'uliyat va huquqlarning noto'g'ri taqsimlanishi, yomon tashkil etilishidan kelib chiqadigan salbiy hodisa mehnat jarayoni, korxona xodimlarini rag'batlantirish tizimidagi adolatsizlik va hokazolarni tuzilmaviy usullar bilan bartaraf etish mumkin. Tashkilotdagi nizolarni hal qilish mumkin, agar: Xodimning va butun bo'linmaning ish natijalariga qo'yiladigan talablarni aniqlashtirish amalga oshirildi; Jamoaning har bir a'zosi uchun aniq belgilangan huquq va qoidalar mavjudligini ta'minlash; Bir kishilik boshqaruv tamoyiliga rioya qiling va hokazo. 21. Ushbu nizolarni hal qilishning barcha usullari alohida xodimlar va butun bo'limlar o'rtasidagi to'qnashuvlarni bartaraf etadi. Ushbu usullardan birini qo'llash uchun rahbar vaziyatni tahlil qilishi va butun jamoaning samaradorligida muhim rol o'ynaydigan mezonlarni belgilashi kerak bo'ladi. 22. Aniqlangan nizolar va ularni hal qilish yo'llari mavjud vaziyatning keskinlashuviga olib kelmasligi kerak. Masalan, mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishini aniqlaganlik uchun faqat xavfsizlik choralari uchun mas'ul bo'lgan xodimlarga beriladigan bonuslar, albatta, operatsion va ishlab chiqarish xizmatlarining salbiy munosabatini keltirib chiqaradi. Ammo bir xil harakatlar uchun barcha xodimlar uchun pul mukofotlari nizolarni kamaytiradi. Bundan tashqari, bu usul aylanadi samarali chora mehnat xavfsizligini yaxshilash. 26-Mavzu: Verbal va noverbal muloqot. Muloqotning verbal va noverbal vositalari. Til muomalaga kirishuvchilar o`rtasidagi kommunikatsiyani ta`minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir birini to`g`ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga ega bo`lishi kerak. Til so`z belgilari yig`indisidan iboratdir. So`zning ma`nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilab olmaydi, u ota onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o`z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so`z belgilari tizimidahosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo`ladi, o`quvchi olam haqida barcha bilimlarni o`qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya`ni til yordamida o`zlashtiradi. Bu erda til o`zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya`ni yashash vositasi ijtimoiy tarixiy tajribani berish va o`zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo`ladi. Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish harakati va faoliyati ko`pincha ijtimoiy qiymatga ega bo`lmagan o`zga kishilarning bevosita tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo`l olaman. Yo`lda o`rtog`im uchrab menga: “oshxona yopilgan”, deydi. SHu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma`lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo`nayman. Bu erda til o`zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya`ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki olamning xatti harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo`ladi. Natijada har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta`sir qilishdan iboratdir. Uchinchidan, har bir alohida odamning ish -harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning “shaxsiy” tajribasi, o`z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o`ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli ularoq, o`z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishdan va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu erda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning ( idrok, xotira tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga to`qnash keldik. So`z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi. Nutq faoliyati odam tomonidan ijtimoiy tarixiy tajribani o`zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o`rnatish o`z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o`zidir. Nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi: So`zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi esa passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo`linadi. Tashqi nutqyozma va og`zaki nutqka, ogzaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bo`linadi. Monolog bir kishining o`ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o`qituvchining bayoni, o`quvchining to`laroq javobi, ma`ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma`lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e`tibor berish kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda o`qituvchilar o`quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e`tibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar o`rtasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko`p jihatdan undan oldingi fikrga bog`liq bo`ladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma`lum bo`lgan ayrim so`zlar tushirib qoldiriladi. SHuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo`lmasligi mumkin. Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya`ni odatlanib qolingan so`z birikmasi ko`p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon bo`ladi. Biz so`zni chala - yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og`zaki nutq aktlaridan ilgariroq, xususan ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq bo`lgan og`zaki nutqdan ilgariroq sodir bo`lishi mumkin. YOzma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo`lib yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir. Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko`z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so`zni to`ldiradi, kuchaytiradi va ba`zan uning o`rnini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo`q degani, ruslarniki teskarisi bo`ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo`ladi. Masalan, bolalar ko`pincha kattalarga ta`sir etish, ularga o`z xohish va kayfiyatlarini o`tkazishda yig`idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so`z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Bu ayniqsa pedagog uchun g`oyat muhimdir. Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi. «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir. Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar. Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega. Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi. Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir. Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq. Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir. Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksizchegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi. 27-Mavzu: Guruhlar va jamoalar. Pedagog yoki tarbiyachi o`z ishida faqat birgina o`quvchining o`zi bilan emas, balki turli guruh va jamoalar bilan munosabatda bo`ladi. SHuning uchun dastlab u o`zi bilan bolalar o`rtasida guruh yoki jamoa tuzib olishi kerak. Guruh deb, ikki yoki undan ortiq kishilar uyushmasiga aytiladi. Masalan, o`quvchilar guruhi, sinfda qandaydir boshliq atrofiga to`plangan bolalar guruhi. Har bir kishi qaerda yashamasin, baribir qandaydir guruh yoki jamoa orasida yashaydi, ular bilan muloqot qiladi. Guruh va jamoalar doimo o`zgarib turadi. Shaxs ana shu guruh yoki jamoaga moslashib yashashi kerak. Guruh va jamoadagi munosabatlarni ijtimoiy psixologiya o`rganadi. Guruhning eng yuksak shakli jamoadir. Har qanday jamoa umumiy maqsad asosida tarkib topadi. Har qanday uyushgan guruh jamoa bo`la olmaydi. Masalan, banditlar shaykasi, jinoyatchilar to`dasini jamoa deb bo`lmaydi. CHunki ularning maqsadi faqat o`zlarining ehtiyojini qondirish, shaxsiy boylik orttirishdir. Ular ichki manfaatidan tashqariga chiqa olmaydi. Haqiqiy jamoa a`zolari jamiyat rivoji, o`z xalqining moddiy hayot farovonligini oshirish maqsadida harakat qiladilar. Masalan, oila, o`qituvchilar jamoasi, tadbirkorlar uyushmasi, olimalar va psixologlar uyushmasi kabilarni jamoa deyish mumkin. Jamoadagi kishilar umuminsoniy maqsad yo`lida xizmat qiladilar. Demak, jamoa deb umumiy maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga to`la buysungan kishilar guruhiga aytiladi. Ushinskiy K. D. , Leont`ev A.N, Anan’ev B. G, Kovalev A. G. kabilarning ishlari shaxs va jamoaning tarkib topishiga qaratilgan. Har qanday jamoaning maqsadlari shu jamoaning o`z ichida cheklanmay, jamoa doirasidan chetga chiqishi kerak. Sнunda jamoa a`zolarining javobgarlik hissi ortadi. Har bir jamoa o`zidan katta bir jamoaning bir qismidir. Masalan: 1 - kurs talabalar jamoasi fakul’tet jamoasining, fakul’tet jamoasi esa universitet jamoasining bir qismidir. Jamoa va shaxs. Jamoachilik shaxsning xislati sifatida odamning jamiyat taraqqiyoti maqsadlari bilan birdamligining ifodasidir. Bu ijtimoiy birdamlik mehnatda namoyon bo`ladi va mehnatning tarkibiga quyidagilar kiradi: mehnat va ijtimoiy faollik, javobgarlik va burch hissi, butun jamiyat va jamoa maqsadlari manfaati nuqtai nazaridan o`rtoqlarcha o`zaro yordam hamda o`ziga va o`zgalarga nisbatan talabchanlik. Kishi shaxs sifatida tug`ilmaydi, balki boshqa kishilar bilan munosabatlardagina shaxsga aylanadi. Shaxs deb, jamiyatda faoliyatda bo`ladigan, yuksak ongga ega bo`lgan kishiga aytiladi. Agar yasli yoshidagi bolalar kattalar bilan munosabatda bo`lmasalar, ular shaxs sifatida shakllanmaydi. Shaxs ong egasi bo`lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida to`plangan narsalar bilan munosabatda bo`ladigan ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Maktab o`quvchisi shaxsining tarkib topishi jamoada amalga oshadi. Bola avval o`zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: “Sardorni o`ynagisi kelyapti”. Bola jamoadagi bolalar bilan bo`lgan munosabatdagina o`z – o`zini anglash darajasiga ko`tariladi. Kattalar yoki tengdoshlari bolani yaxshi yoki yomonsan deganlarida bola o`zo`ziga baho berishni o`rganadi. Mana shu tariqa tanqidni tushunishdan o`z - o`zini tanqid qilish yuzaga kela boshlaydi. Guruh va uning turlari 1. Shartli guruhlar. Tadqiqotchi tomonidan ma`lum belgilar asosida kishilarni birlashtirib guruh tuzishga shartli guruh deyiladi. Masalan: bir xil kasbi bo`yicha, bir xil yoshi bo`yicha, jinsi bo`yicha shartli guruh tuzish mumkin. 15 yoshli o`smirlar guruhi, 5 yoshlilar bog`cha guruhi kabilar. Sнartli guruhga kirgan kishilar bir -birlarini mutlaqo ko`rmasliklari, bir - birlarini mutlaqo tanimasliklari mumkin. Millatiga ko`ra O`zbekistonda yashaydigan 18 yoshli kizlar guruhi deb tuzish mumkin. SHartli guruhlarni katta guruhlarga kiritiladi. Masalan: o`zbeklar guruhi, sotuvchilar guruhi, banditlar guruhi, qizlar, o`g`il bolalar guruhi va h.k. 2. Real guruhlar deb, bir jamiyatda yashab, kishilar bilan haqiqiy, real munosabatga kirishish yo`li bilan tuzilgan guruhga aytiladi. Masalan: yoshlar jamoa guruhi, bolalar guruhi (bir maktab doirasida) sinflar, talabalar guruhi. NamDUning fizika fakul’teti 3 kurs talabalari guruhi real guruhdir. Demak, real guruhga kiradigan kishilar doimo bir biri bilan munosabatda bo`lib, bir -biriga yordam beradi. Bizga ma`lumki, odamni mehnat yaratgan, shuning uchun kishilarning 1 - guruhlari mehnat guruhlari bo`ladi. Masalan: oila mehnat guruhiga kiradi. Ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilani guruhlarga kiritish mumkin. Guruhlarning eng kattasi - bu butun insoniyatdir. Jamoadagi moslik Shaxs boshqa kishilar bilan munosabatga kirishar ekan, u o`zining fe`l - atvori va xatti harakatlarini boshqalarning xatti - harakatlari bilan uyg`unlashtirib olib borishi, ya`ni har bir shaxs jamoa a`zolari bilan sig`ishishi kerak. Buning uchun shaxs boshqa a`zolarni chug`ur o`rganishi lozim. Jamoadagi shaxslararo munosabatlarni, ya`ni shaxslarning bir birlariga yordam berishlarini, do`stlashishi, janjallashishi, yarashishlarini o`rganib chiqish kerak bo`ladi. Jamoadagi munosabatlarni o`rganish rahbarlik qilish imkoniyatini tug`diradi. Shaxs jamoada boshqalarga mos keladigan bo`lsa, uning xulq - atvori va harakatlari boshqalarda ijobiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan bo`lsa, uning fe`l - atvori, harakatlari boshqalarda salbiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan kishilar jamoada uzoq vaqt qololmaydilar. Shaxsning jamoa bilan moslasha olmasligiga bir necha sabablar bo`lishi mumkin. Masalan: yagona bir maqsadning bo`lmasligi, shaxsda salbiy xislatlarning bo`lishi, takabburlik, ezmalik, o`zini tuta olmaslik kabilar. Guruh ongi bilan guruhiy moslik bir - biri bilan bog`liq tushunchalardir. Jamoa va guruhiy moslik fiziologik , psixologik bo`lishi mumkin. Masalan, jismoniy jihatdan zaif bo`lgan yigit bilan sog`lom, kuchli yigitga bir xil ish topshirilsa ularda fiziologik nomoslik kuzatiladi. YOshi turli xil o`quvchilarda bir xil masala echish topshirilsa psixologik jihatdan nomoslikni keltirib chiqaradi. Jamoa va guruhdagi moslik shaxslarning bir qator xususiyatlariga bog`liq. Bunday xususiyatlar jismoniy, ya`ni bo`yning balandligi, muskul kuchiga bog`liq. SHuningdek, idrok, diqqat, tafakkur, iroda xususiyatlariga ham bog`liq bo`ladi. Masalan, guruh a`zolaridan biriga yoqadigan musiqa boshqasiga yoqmasligi mumkin. Oilada er va xotinning xarakteri mos bo`lishi kerak. Psixologik moslik deganda guruh a`zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining tafovut qilishi nazarda tutiladi. Bundan tashqari fanda psixofiziologiya va ijtimoiy psixologik moslik ham farqlanadi. Birinchi holatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, ish ritmi va tezligidagi uyg`unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisidan ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, yo`nalishlar birligi nazarda tug`iladi. Birinchi xil moslik sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo`lsa, oliygoh o`qituvchilari, ijodiy kasb egalarida ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati katta. Guruh va jamoadagi ruxiy muhit Ijtimoiy psixologik muhit deganda, o`sha guruhning a`zolari fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalar va o`zaro munosabatlaridan iborat bo`lgan emotsional intellektual holatni tushunamiz. Bu o`rindagi asosiy omil a`zolarning o`zaro munosabatlaridir. Ma`lumki, o`zaro munosabatlar ish yuzasidan, faoliyat maqsadlari va mazmuni bilan hamda bevosita bir - birlarini yoktirish – yoqtirmaslikka asoslangan insoniy emotsional hissiyotlar ko`rinishida bo`lishi mumkin. Professional faoliyatni bajarish jarayonida birinchi tipli munosabatlar ustun bo`lib, ikkinchilarining xarakterlari birinchisidan kelib chiqadi. Do`stlar to`plangan davradagi muhit esa bevosita simpatiyalarga tayanadi. Jamiyatdagi barcha nizolar, muammolarning echish usullaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganish va shunga ko`ra jamiyatdagi o`zgarishlarni amalga oshirishdir. 28-Mavzu: Muloqot va uning turlari. Muloqot turli-tuman vazifalarni bajaradi. Turli mualliflar muloqotning turli vazifalarini ajratib ko‘rsatadilar. G.m. andreeva kommunikativ, interaktiv va perseptiv vazifasini sanab o‘tadi. M.i. enikeev axborotli-kommunikativ, boshqaruv-kommunikativ, perseptivsamarali va affektiv-ekspressiv (emotsional o‘zini ifodalash) vazifalarini ko‘rsatadi. A.a. brudnыy: instrumental, sindikatli, translyasiya, o‘zini ifodalash vazifalarini ajratadi. Instrumental – bu muloqotning harakatni bajarish uchun muhim axborotni etkazishdan iborat bo‘lgan asosiy ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin bo‘lgan, lekin unga o‘xshash bo‘lmagan vazifa, birlashtirish – sindikativ vazifa. Ko‘pchilik muloqot aktlarining bevosita maqsadlari katta va kichik guruhlardagi odamlar o‘rtasidagi umumiylikni aniqlash va mustahkamlashdan iborat. Sindikativ vazifa bilan o‘zini ifodalash vazifasi bir-biriga yaqindir. O‘zini ifodalash o‘z mohiyatiga ko‘ra, hamfikrlikka, aloqaga qaratilgan. Alohida o‘rinni ijodiy faoliyatdagi o‘zini ifodalash egallaydi, u faoliyat mahsuli sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u, odamlar o‘rtasidagi muloqot predmetiga aylanadi. Va, nihoyat, muloqotning translyasion – faoliyatning aniq usullari, baholash mezonlari va dasturlarni etkazish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Bu vazifa ta’lim olish asosida yotadi: muloqot orqali shaxsning ta’lim olishi amalga oshadi. L.a. karpenko maqsadga ko‘ra muloqotning sakkiz xil vazifasini belgilaydi: aloqaviy – xabarlarni qabul qilish va etkazish, hamda o‘zaro aloqada bo‘lishga ikkala tomonning shayligi holati sifatida aloqa o‘rnatish; axborotli – xabarlar, fikrlar, maqsadlar, echimlar va boshqalar almashinuvi; chorlovchi – muloqot bo‘yicha sherikni u yoki bu harakatlarni bajarishga yo‘naltiruvchi faolligini rag‘batlantirish; boshqaruvchi – hamkorlik faoliyatini tashkil etishda haraktlarni o‘zaro yo‘naltirish va muvofiqlashtirish; anglash vazifasi – etkazilgan ma’lumotning mohiyatini mutanosib holda idrok qilish va tushunishgina emas, balki, sheriklarning ham o‘zaro bir-birlarini tushunishlari (istaklari, mayllari, kechinmalari, holatlari va h.k.larni); amotiv – sherikda zarur hissiyotli kechinmalarni uyg‘otish («hislar almashinuvi»), shuningdek, uning yordamida shaxsiy kechinma va holatlarni o‘zgartirish; munosabatlarni o‘rnatish – individ mavjudligi kutilayotgan jamiyatdagi rolli, darajali, ish bo‘yicha, shaxslararo va boshqa aloqalari tizimlarida o‘z o‘rnini anglash va qayd etish; ta’sir o‘tkazish – sherikning holati, hulq-atvori, shaxsiymazmunli hosilalari, shuningdek, istaklari, mayllari, fikrlari, echimlari, tasavvurlari, ehtiyojlari, harakatlari, faolligi va boshqalarni o‘zgartirish. B.f. lomov muloqotning quyidagi vazifalarini taklif etadi: axborotni qabul qilish-etkazish jarayonlarini o‘z ichiga olgan axborot-kommunikativ; hamkorlik faoliyatini amalga oshirishda harakatlarni o‘zaro tuzatish bilan bog‘liq boshqaruvchi-kommunikativ, inson hissiyotlari sohasiga tegishli bo‘lgan va o‘z emotsional holatini o‘zgartirishdagi ehtiyojlarga javob beruvchi affektiv-kommunikativ vazifalar. Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar real muloqot amaliyotida amalga oshiriladi. Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga ko‘ra, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), konditsiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivatsion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar almashinuvi) bo‘lishi mumkin. Moddiy muloqotda sub’ektlar, shaxsiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan holda, uning mahsulotlari bilan almashadilar, ular o‘z navbatida dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Konditsiyali muloqotda odamlar o‘zlarini ma’lum jismoniy yoki ruhiy holatga keltirishga mo‘ljallangan bir-birlariga nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan, kayfiyatni ko‘tarish yoki, aksincha, uni tushirib yuborish; bir-birini qo‘zg‘atib yuborish yoki tinchlantirish, va, oqibatda, bir-birining kayfiyatiga ma’lum ta’sir o‘tkazish. Motivatsiyali muloqotning mazmuni bir-biriga ma’lum istak, mayllarni etkazish yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga shay bo‘lishlikdan iborat. Bunday muloqot sifatida insondagi biror maqsadga, boshqa odamda biror-bir intilishning paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, kimdadir harakatga bo‘lgan ma’lum maylning yuzaga kelishi, qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi uchun etishish istagining kuchliligi kabi vaziyatlarni keltirish mumkin. Kognitiv va faoliyatli muloqotning ifodasi bilish yoki o‘quv faoliyatining turlari bilan bog‘liq muloqot bo‘la oladi. Bunda sub’ektdan sub’ektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, layoqatlarni rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi. Maqsadlariga ko‘ra, muloqot xizmat ko‘rsatish ehtiyojlariga muvofiq holda biologik va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Biologik – bu organizmni mustahkamlash, muhofazalash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muloqot. U asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Ijtimoiy muloqot maqsadlari shaxslararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, individ shaxsiy kamolotining interxususiy munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni nechta turga ajratish mumkin bo‘lsa, muloqotning ham shuncha xususiy maqsadlari bo‘lishi mumkin. Vositalariga ko‘ra, muloqot bevosita va vositali, to‘g‘ridan –to‘g‘ri va bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy organlar: qo‘llar, bosh, tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq. Bular yo tabiiy (yog‘och, erdagi izlar va h.k.) Yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio, televidenie, internet va h.k.) Jismlar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot shaxsiy aloqalar va muloqot aktining o‘zida qatnashayotgan odamlarning bir-birini bevosita idrok qilishini belgilaydi, ularga, masalan, jismoniy aloqalar, odamlarning bir-birlari bilan suhbatlashishlari, bir-birlarining harakatlarini bevosita ko‘rib turgan holda, ularga javob qaytarishlari kiradi. Bilvosita muloqot vositachilar sifatida ish yuritadigan boshqa odamlar orqali amalga oshiriladi. Muloqot turlari orasida, shuningdek, ish bo‘yicha va shaxsiy, instrumental va maqsadli kabi turlarni ajratish mumkin. Ish bo‘yicha muloqot, odatda, xususiy qism sifatida insonlarning hamkorlikdagi samarali faoliyatiga kiritilgan va bu faoliyatning sifatini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning mazmuniga odamlar ichki dunyosining muammolari emas, balki ularning nima bilan mashg‘ulliklari kiradi. Ish bo‘yicha muloqotda suhbatdoshning shaxs, xarakter, yosh, kayfiyat xususiyatlari hisobga olinadi, lekin ishdan ko‘riladigan manfaat shaxsiy ixtiloflardanda ustun va muhimdir. Ish bo‘yicha muloqotdan farqli ravishda shaxsiy muloqot, aksincha, asosan, ichki xarakterning psixologik muammolariga, inson shaxsini chuqur va yaqinlik bilan ochib beradigan: hayot mazmunini izlash, muhim insonga, atrofdagi voqealarga, qandaydir ichki nizolini hal etishga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilgan. Instrumental muloqot sifatida mustaqil ehtiyoj bilan rag‘batlantirilmaydigan, maqsadga aylanmagan, lekin muloqot aktining o‘zidan qoniqishdan tashqari, qandaydir boshqa maqsadga qaratilgan muloqotni keltirish mumkin. Maqsadli – bu o‘z holicha maxsus ehtiyojni, ushbu vaziyatda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi muloqot. Ta’kidlab o‘tish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar: 1. «niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami qo‘llaniladi. 2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar. 3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundirilgan. 4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan. 5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar. 6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot. 7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin. Inson hayotida muloqot alohida jarayon yoki faollikning mustaqil shakli sifatida mavjud bo‘lmaydi. U jadal va ko‘p tomonlama muloqotsiz paydo bo‘lmaydigan individual yoki guruhli amaliy faoliyatga kiradi. Odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir ( 6.1 rasm). Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil, ko‘rish, eshitish, hid bilish, hamda, boshqa sezgi va tasavvurlar. Odam muloqotining noverbal shakl va vositalarning ko‘pchiligi tug‘ma bo‘lib, faqat o‘ziga o‘xshashlar bilan emas, balki, boshqa tirik jonzotlar bilan ham hissiyot va hulq-atvor darajalarida hamfikrlikka erishish orqali o‘zaro ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Verbal muloqot faqat insonga xos bo‘lib, zarur shart sifatida tilni o‘zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o‘zida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o‘zaro ta’sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Buyuk shoir sa’diyning so‘zlarini yodda tutish lozim: «aqling bormi yoki yo‘q, buyukmisan yo kichik, biz bilmaymiz, sen bir so‘z atmaguningcha». Verbal (nutq) muloqot tarkibiga: so‘zlar, iboralar ma’nosi va mohiyati kiradi. Asosiy o‘rinni so‘zning qo‘llanilish aniqligi, uning ifodalanishi va hammabopligi, tovushlar, so‘zlar talaffuzi, ohang ifodasi va mohiyati egallaydi. Nutqdagi tovush hodisalari: nutq jadalligi, tovush balandligi modulyasiyasi, tovush toni, nutq vazni, tovush sifati, ohangi, aniqligidan iborat. Tovush sifatining ifodalanishi: o‘ziga xos maxsus tovushlar: kulgu, hiqillash, yig‘i, pichirlash, xo‘rsinishlar va boshqalar; ajratuvchi tovushlar – bu yo‘tal; ahamiyatsiz tovushlar – tanaffuslar, shuningdek, nazalizatsiya tovushlari – «xm, xm», «e-e-e», «o-o-o» va boshqalar. Tadqiqotlarga ko‘ra, odam kommunikatsiyasining har kungi aktida so‘zlar – 7%, tovush va ifodalar – 38%, nutqiy bo‘lmagan o‘zaro ta’sir – 53%ni tashkil etadi. Publitsiy aytganidek: «ovoz orqali gaplashamiz, butun tanamiz orqali suhbatlashamiz». Kundalik muloqotda odamlar ko‘proq quyidagi fanlar o‘rganadigan muloqotning noverbal vositalaridan foydalanadilar: kinestetika (inson hissiyotlarining tashqi ifodalanishi), mimika (yuz mushaklarining harakati), imo-ishoralar (tana alohida qismlarining ishoratli harakatlari), pantomimika (butun tana: gavda holati, qomat, egilish, yurish harakatlari), takesika (muloqot vaziyatidagi yaqinlashishlar: qo‘l siqish, o‘pishish, tegib ketish, siypalash, itarib yuborish va h.k.), proksemika (odamlarning muloqot vaqtida fazoda joylashishi, inson aloqalarida quyidagi masofalar sohalarini ajratadilar: yaqinlik sohasi (15-45 sm), shaxsiy yoki xususiy soha (45-120 sm), ijtimoiy soha (120400 sm), ommaviy soha (400 smdan ortiq)). Mimika, nigoh, imo-ishoralar – noverbal muloqotning ko‘proq ma’lumot olish mumkin bo‘lgan vositalari. Peshona, qoshlar, og‘iz, ko‘zlar, burun, iyak – bu yuz qismlari insonning asosiy hissiyotlari: hijron, g‘azab, shodlik, ajablanish, qo‘rqinch, nafrat, baxt, qiziqish, qayg‘u va boshqalarni ifodalaydilar. Muloqot turlaridan tashqari, uning ba’zi shakllarini ham ajratish mumkin, bular: rasmiyish yuzasidan, mutaxassislik, xususiy, ommaviy, pedagogik muloqot, autokommunikatsiya (o‘zi bilan muloqot)lardir. Muloqot o‘zining maxsus masalalari hal etiladigan ma’lum davrlarga ega. Eng mas’uliyatli davr tayyorgarlik davri – muloqotni rejalashtirish, o‘zi uchun muloqot natijalariga qaratilgan mayllarni aniqlab olish zarur. Muloqotning birinchi bosqichi – aloqaga kirishish. Bunda vaziyatga kirishish, sherikning holati, kayfiyatini his etish, o‘zi kirishib ketib, boshqasiga ham yo‘nalishini belgilab olishga imkon yaratish muhimdir. Bu davr ruhiy aloqa o‘rnatilishi bilan yakunlanadi. So‘ngra qandaydir muammo, tomonlarning vazifasi va mavzuni ishlab chiqishda diqqatni jamlash davri boshlanadi. Keyingi bosqich – motivatsion zondaj. Uning maqsadi – suhbatdoshning motivlari va qiziqishlarini anglash. So‘ngra diqqatni mustahkamlash bosqichi boshlanadi, keyin esa fikrlarda nizolilar bo‘lsa, asoslash va ishontirish bosqichi keladi. Va, nihoyat, natijalarni qayd etish bosqichi boshlanadi. Agar mavzular ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoki sherik notinchlik alomatlarini namoyon qilgan taqdirda muloqotni yakunlash zarur. Muloqotni doimo davom ettirish istiqboli bilan yakunlash kerak. Eng oxirgi daqiqalar, yakuniy so‘zlar, qarashlar, qo‘l siqishlar o‘ta muhimdir, ba’zida ular ko‘p vaqt davom etgan suhbat natijasini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Muloqot tuzilishida uch xil o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlar: kommunikativ yoki kommunikatsiyani, interfaol va perseptiv nuqtai nazarlarni ajratib ko‘rsatadilar. 29-Mavzu: Bilish jarayonlari va professional faoliyat. Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir. Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko’p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko’rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko’zi bilan ko’rgan har qanday obyektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o’z his-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar – har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo’shishga moyil bo’ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo’larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o’z diqqatini har qanday mayda o’zrgarishlarga ham qaratishga o’rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo’lib boradi. Iqtisodchimoliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o’rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va voqyealarni badiiy bo’yoqlarda, o’ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o’sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog’liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo’lmish bilish jarayonlari – idrok, sezgi, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o’sishidagi roliga to’xtalib o’tamiz. Xo’sh, bilish jarayonlari deganda psixologiyada aynan nimalar nazarda tutiladi? Bilish jarayonlari – bu shunday psixik jarayonlarki, ular shaxsga o’zini o’rab turgan atrof-muhitning ma’lum va muhim xususiyatlarini anglashga, tushunishga va ular ustida o’ziga zarur xulosalar chiqarib, o’z xulq-atvorini rejalashtirishga imkon beradi. Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda o’ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo’lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo’qligini birovlardan so’ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o’zi o’qiyotganligini boshqalardan so’ramaydi. Bunday ishlar o’z-o’zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kechasi bilan mutoaala qilib, o’rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko’proq qiziqtiradi va siz “Xotiram ustida ishlashim kerak” degan xulosaga kelasiz. Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo’lib, agar siz o’z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo’lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak. Bilish jarayonlari va ularning umumiy xususiyatlari. Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o’zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o’rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo’lib o’rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar – sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog’liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o’zi qiyin. Masalan, ko’rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko’ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko’rgan yoki o’qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to’g’risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo’ladi. Hattoki, tasodifan qo’limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham oddiy oh-vohga o’xshash hissiyotlardan tashqari, o’sha narsaning bu yerda qanday paydo bo’lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi. Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o’z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o’xshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o’xshash) va uni saqlash (xotira) haqida ko’p gapiradigan bo’lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko’tardi. Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko’ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko’proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko’rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko’rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko’z o’ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o’ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o’rniga 25 ta kadr berib, o’sha 25-kadrda “Koka-kola iching” degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg’amaydi. Lekin tomoshadan keyin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro’y bermagan ekan. Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro’y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o’ylanamiz: qayerda ko’rgan ekanman? hyech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko’zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko’rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo’lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o’y-fikrlar kelaveradi. O’shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi. Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi – odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o’zi uchun “ahamiyatsiz” deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham. U o’z ongida barcha mavjud ma’lumotni o’ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o’zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o’ziga xos va qaytarilmasdir – individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz. Bilish jarayonlari va ularning qisqacha tasnifi. Insonning sezgisi, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, xayoli, his-tuyg’ulari va irodasi psixik jarayonlar deb ataladi. Sezgi – odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta’sir ko’rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan eng sodda psixik jarayondir. Sezgi, asosan, eksteroseptorlar, interioseptorlar hamda proprioseptorlardan tashkil topadi. O’z navbatida ularning har bir tarmoqlanish xususiyatiga ega hisoblanadi Fanda, asosan, eng ko’p o’rganilgan tarmoq – bu ekstroseptorlar sanalib, ularga ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m-maza bilish hamda teri-tuyish sezgilari kiradi. Idrok – ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir. Tasavvur – biz ilgari idrok qilgan narsa va hodisalar obrazini ayni choqda fikran qayta tiklashimizdir. Tasavvurlar idrok bilan o’xshash bo’lib, idrok asosida maydonga keladi, ammo ular, odatda, idrokka qaraganda birmuncha xiraroq, rangsiz bo’ladi va unchalik to’liq bo’lmaydi. Xotira – o’tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo’lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki tanishdir . U quyidagi psixik jarayonlardan: esda olib qolish, o’zlashtirilgan materialni esda saqlash, tanish va esga tushirishdan iboratdir. Xayol – biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir. Iroda – kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to’siqlarni harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayondir. Tafakkur – fakt va hodisalarni mavhumlashtirgan, umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirishdan, ular o’rtasiga aloqa hamda munosabatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan bilish jarayonidir Diqqat – ongning biron-bir predmet, hodisa yoki faoliyatga qaratilishi hamda to’planishidir. Ongning qaratilishi deganda obyektni tanlab olish nazarda tutiladi, ongning biron-bir narsaga to’planishi esa ana shu obyektga aloqador bo’lmagan barcha narsalarni ong doirasidan tashqarida qoldirish ma’nosini bildiradi. Nutq – kishilarning til vositasida o’zaro munosabatda bo’lish jarayonidir. 30-Mavzu: Sezgi, diqqat, xotira va uning turlari Sezgi, diqqat, xotira va uning turlari. Odamga xar bir daqiqada atrof-muxitdan juda kup narsa va xodisalar tasir etib turadi. Lekin odamga tasir etayotgan bu narsa va xodisalaryaing hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari anik yakkol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga tasir etayotgan narsalarga diqqatning kay darajada karatishiga boglikdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va xodisalar anik; va tula aks ettiriladi. Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksii akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan «bu nima ran refleksi» deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga tosatdan birorta yangi narsaning tasiri yoki xaddan tashqari kuchli tasirot orqali hosil boladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi xisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining pusti da kuchli qozgalish jarayonidan iborat boladi. Boshqacha kilib aytganda xar bir daqiqada organizmga turli narsalarning tasiridan hosil bolgan kozgalishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chogda nisbatan kuchli (yani optimal) kozgalish manbaini yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining postida paydo boladigan kuchli kozgalish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam kozgalish boladi. Ixtiyorsiz diqqat deb tosatdan tasir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashkdri hosil boladigan diqqatga aytiladi. Odamning koz ongida paydo boladigan juda yorkin rangli narsalar, ozining tashki korinishi jixatidan odatdagi narsalardan keskin farq kiluvchi predmetlar, tosatdan paydo bolgan qattik, tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bolishi mumkin. Masalan, xikoya oqish mashguloti paytida tosatdan uchib otgan reaktiv samolyotning kattik; va baxaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor oziga jalb kiladi. Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qatiy bir maksad asosida va ongli ravishda diqqatimizni malum bir narsa va xodisalarga qaratnshimizga aytiladi. Odamning kopchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun barcha faoliyat turlarida, yani uqish, oyin va mexnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bolib, u zor berishlikni, yani irodaviy kuch sarf kilishlikni talab etadi. Diqqat xususiyatlari. Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bolib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning kolami, diqqatning bolinuvchanligi va diqqatning kochuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga kura odamlarning diqqatlari ozining kuchi va barqarorligi jixatidan bir-biridan farq kiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bolsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror boladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam oz diqqatini biror narsa yoki xodisaga uzoq muddat davomida muttasil karatib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson xayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni malum muddat biror narsaga muttasil, yani uzluksiz tarzda karatib odam ishlay ham olmaydi, oqiy ham olmaydi va xatto uxlay ham olmaydi Odam sezgilar orqali moddiy borliqdagi barcha predmeti va hodisalari o'z ongida aks ettiradi, tashqi dunyoning predmetlari va voqea hodisalari munosabatini bog'laydi, tashqi kuzatuvchilarning sezgi a'zolari uzluksiz ta'sir etishi tufayli sezgi vujudga keladi. Odamni o'rab turgan olamdagi narsa va hodisalarni turli xil belgi va xususiyatlari sezgilarda aks etadi. Jumladan, ko'rish sezgisi orqali yorug'lik turlarini ranglarni eshitish sezgisi orqali nafas olish natijasida butun bo'shligiga havo zarrachalarini ta'siri, predmetlarning teriga ta'siri natijasida teri sezgilari hosil bo'ladi. Sezgilar o'z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asosi va manba hisoblanadi Sezgilar tufayligina idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar hosil bo'ladi. Odamning sezgilari orqali tashqi dunyo voqea hodisalarini bilish quyidagi uch bosqichdan iborat. 1. Tashqi dunyodagi predmetlar va voqea hodisalar sezgi a'zosiga (reseptorga) ta'sir etadi. Bu ta'sir tegishli nervlarni harakatga keltiradi, natijada qo'zg'alish vujudga keladi.Bu qo'zg'alish maxsus nervlar yordamida bosh miyaga yetkaziladi. Bosh miya po'stining markaziy hujayralar tizimida, qo'zg'alish yuz beradi. Ushbu uch bosqichdan iborat bo'lgan sezuvchi nerv apparati mashhur rus fiziologi akademik I.P.Pavlov ta'limotida analizator deb ataladi. Ya'ni, biror predmet yoki voqea-hodisaning ta'sirini bevosita aks ettiruvchi apparat analizator deyiladi.Analizatorlarning har uchala qismdan birortasi zarar ko'rsa, sezgi vujudga kelmaydi. Demak, sezgi deb, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolariga ta'siri natijasida vujudga keladigan va bu narsa yoki hodisalarning ayrim belgilarini aks ettiradigan psixik jarayonga aytiladi. Sezgilar tashqi ta'sirotlarining harakteri, yo'nalishi va mazmuni bilan bog'liq holda quyidagi turlariga bo'linadi: 1. Ko'rish sezgilari. 2. Eshitish sezgilari. 3. Hidbilish sezgilari. 4. Ta'm yoki ma'za sezgilari. 5. Teri sezgilari. 6. Muskul va harakat sezgilari. Organik sezgilar. Ko'rish sezgisini analizatori ko'zdir.Bu sezgining qo'zg'ovchisi esa yorug'lik hisoblanadi. Ko'rish jarayonining yuzaga kelishi uchun ta'sirlovchi, ya'ni yorug'lik ko'zning to'r pardasidagi retseptorlarga ta'sir etish va ko'rish markaziga borgandagina biz ko'ramiz. Eshitish sezgisini analizatori quloq bo'lib, vazifasi tovushlarni sezishdir. Tovush chiqaruvchi jismdan har tomonga tarqaluvchi to'lqinlari eshitish sezgilarining qo'zg'atuvchisi hisoblanadi, ovoz to'lqinlarining tebrangan havo zarralari orqali quloqka kirishi natijasida eshitish sezgisi vujudga keladi. Ichki quloqda joylashgan eshitish nervining uchidagi reseptorlardan tovush to'lqinlari eshitish orqali bosh miya katta yarim sharlari sohalariga borishi natijasida eshitish sezgisi bo'ladi. Hid bilish sezgisining analizatori bug'in bo'lib, bo'rinbo'shlig'ining yuqori qismida joylashgan hid bilish nervning reseptorlari qabul hid bilish nerv orqali bosh miyadagi hid bilish markazga borgandagina hidni sezamiz. Ta'm yoki ma'za tilda joylashgan reseptorlar orqali seziladi. Teri sezgilari yerdamida oraginzmga biron narsaning tegishi, harorat va og'riq seziladi. Muskullar, pay va bo'g'inlardagi proprioreseptorlar deb ataladigan uchlarining tana harakati vaqtidagi qo'zg'alishi natijasida muskul harakat sezgilari paydo bo'ladi. Bu sezgilar odamga o'z organizmidagi barcha qismlarning holati va harakatlarini bilishga imkon beradi. Buning natijasida odam gavdasidagi har bir harakatni bilishga imkoni beradi. Organik sezgilarga ochlikni, chanqashni, ko'ngil aynishini, ortiqcha to'qligini va shu kabilarni sezish kiradi, ya'ni organizmlarining ichki holatini aks ettiradi. Organik sezgilarining sezuvchi nervlari ichki a'zolarining devorlari ham boshqa to'qimalarda joylashgan reseptorlari orqali taa'ssuroti seziladi. Barcha sezgi turlarida adaptasiya hodisasi mavjud bo'lib, organizmning har qanday sharoitda ham tashqi muhitning o'zgarishlariga va taa'ssurotlariga moslashish, ko'nikish imkoniyatlarini beradi. Sezgilar doimo ta'sirning kuchiga bog'liq bo'ladi, shuning uchun sezgilar ma'lum chegara ichida hosil bo'ladi. Sezgilar doimo bir-biriga ta'sir etadi va o'zaro munosabatda bo'ladi. Analizatorlarning sezgilari insonning mehnat faoliyati jarayonida shakllanadi va takomillashadi 31- Mavzu: Qobiliyat va uning turlari. Psixologiyaning eng murakkab va qiziqarli muammolaridan biri bu individual farqlar muammosidir. Bu muammo doirasiga kirmaydigan odamning hech bo'lmaganda bitta xususiyatini, sifatini, xususiyatini nomlash qiyin. Kishilarning ruhiy xossalari va sifatlari hayotda, ta’lim, tarbiya, faoliyat jarayonida shakllanadi. Xuddi shu bilan ta'lim dasturlari va o'qitish usullari, biz barcha individual xususiyatlarni ko'ramiz. Va bu ajoyib. Shuning uchun odamlar juda qiziq, chunki ular boshqacha. Shaxsning individual xususiyatlarida markaziy nuqta uning qobiliyatlari bo'lib, u shaxsiyatning shakllanishini belgilaydigan va uning individualligining yorqinlik darajasini belgilaydigan qobiliyatdir. Imkoniyatlar- Bu ichki sharoitlar inson taraqqiyoti, uning tashqi dunyo bilan o'zaro ta'siri jarayonida shakllanadi. “Insonni boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turuvchi qobiliyatlar uning tabiatini tashkil etadi, lekin inson tabiatining o‘zi tarix mahsulidir”, deb yozgan edi S.L. Rubinshteyn. Inson tabiati tarixiy taraqqiyot jarayonida inson mehnat faoliyati natijasida shakllanadi va o'zgaradi. Intellektual qobiliyat tabiatni o'zgartirib, shaxs uni anglagan, badiiy, musiqiy va boshqalar sifatida shakllangan. san’atning turli turlari rivojlanishi bilan birga shakllandi” "Qobiliyat" tushunchasi uchta asosiy xususiyatni o'z ichiga oladi: Birinchidan, qobiliyatlar deganda bir shaxsni boshqasidan ajratib turuvchi individual psixologik xususiyatlar tushuniladi. Bu hislar va idrok, xotira, fikrlash, tasavvur, histuyg'ular va iroda, munosabatlar va vosita reaktsiyalarining xususiyatlari va boshqalar. Ikkinchidan, qobiliyatlar, umuman olganda, individual xususiyatlar deb ataladigan emas, balki faqat faoliyat yoki ko'plab faoliyatni amalga oshirish muvaffaqiyati bilan bog'liq bo'lganlar. Faoliyat va munosabatlarning xilma-xilligi mavjud bo'lib, ularning har biri uni etarlicha yuqori darajada amalga oshirish uchun ma'lum qobiliyatlarni talab qiladi. Shakshubhasiz kishilarning individual xususiyatlari bo'lgan jahldorlik, letargiya, befarqlik kabi xususiyatlar odatda qobiliyat deb nomlanmaydi, chunki ular har qanday faoliyatning muvaffaqiyati uchun shart sifatida qaralmaydi. Uchinchidan, qobiliyatlar deganda shaxsning mavjud ko'nikmalari, qobiliyatlari yoki bilimlari bilan cheklanib qolmasdan, balki ushbu bilim va ko'nikmalarni egallashning qulayligi va tezligini tushuntira oladigan individual xususiyatlar tushuniladi 2 . Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagi ta'rifni olish mumkin. Qobiliyatlar - bu faoliyat talablariga javob beradigan va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti bo'lgan shaxsning shunday individual psixologik xususiyatlari. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, qobiliyatlar deganda shaxsning ma'lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish uchun mos keladigan xususiyatlari yoki fazilatlari tushuniladi. Siz biron bir kasbdan qat'i nazar, shunchaki "qodir" yoki "hamma narsaga qodir" bo'lolmaysiz. Har bir qobiliyat, albatta, biror narsaga, har qanday faoliyatga qobiliyatdir. Qobiliyatlar faqat harakatda namoyon bo'ladi va rivojlanadi. Inson u yoki bu faoliyatga qobiliyat bilan tug'ilmaydi. Qobiliyatlar rivojlanishining tabiiy asosini tashkil etuvchi moyilliklargina tug`ma bo`lishi mumkin. Moyilliklar - miya tuzilishining xususiyatlari va asab tizimi, sezgi organlari va harakatlari, tananing funktsional xususiyatlari, tug'ilishdan boshlab har bir kishiga beriladi. Moyilliklarga ko'rish va eshitish analizatorlarining ba'zi bir tug'ma xususiyatlari, asab tizimining tipologik xususiyatlari kiradi, ularda vaqtinchalik nerv birikmalarining hosil bo'lish tezligi, ularning kuchi, diqqatni jamlash kuchi, asab tizimining chidamliligi va aqliy qobiliyatlari. bog'liq. Birinchi va ikkinchi signal tizimlarining rivojlanish darajasi va korrelyatsiyasi ham moyillik sifatida ko'rib chiqilishi kerak. I.P. Pavlov yuqori asabiy faoliyatning uchta maxsus turini ajratib ko'rsatdi: badiiy turi birinchi signal tizimining nisbatan ustunligi bilan, fikrlash turi ikkinchi signal tizimining nisbatan ustunligi bilan, uchinchi tur signalizatsiya tizimlarining nisbiy balansi bilan. Badiiy tipdagi odamlar uchun bevosita taassurotlarning yorqinligi, idrok va xotiraning tasviri, tasavvurning boyligi va jonliligi, hissiyotliligi xarakterlidir. Fikrlash tipidagi odamlar tahlil qilish va tizimlashtirishga, umumlashtirilgan, mavhum fikrlashga moyildirlar. Miya yarim korteksining alohida bo'limlari tuzilishining individual xususiyatlari ham moyillik bo'lishi mumkin. Ammo moyillik qobiliyatlarni rivojlantirish uchun zarur shartdir, ular qobiliyatlarni rivojlantirish va shakllantirish shartlaridan biri, garchi juda muhim bo'lsa ham. Agar odam, hatto eng yaxshi moyilliklarga ega bo'lsa ham, tegishli faoliyat bilan shug'ullanmasa, uning qobiliyatlari rivojlanmaydi. Qulay muhit, tarbiya va ta'lim mayllarning erta uyg'onishiga yordam beradi. Masalan, Rimskiy-Korsakov ikki yoshidan boshlab onasi kuylagan barcha kuylarni aniq ajrata olardi, to'rt yoshida u otasi chalgan hamma narsani kuylagan, tez orada u o'zi eshitgan parchalarini yig'a boshlagan. pianinoda otasi.Igor Grabar o‘zi haqida shunday deydi: “Rasm chizishga bo‘lgan ishtiyoqim esimda yo‘q, lekin rasm chizmaganimni eslay olmayman. Qobiliyat tegishli aniq faoliyatsiz paydo bo'lmaydi. Qobiliyat tegishli faoliyat boshlanishidan oldin mavjud bo'lib, faqat ikkinchisida qo'llaniladigan tarzda masalani tushunish mumkin emas. Qobiliyat sifatida mutlaq balandlik bolada tovush balandligini tanib olish vazifasiga duch kelgunga qadar mavjud emas. Bungacha anatomik va fiziologik fakt sifatida faqat kon bor edi. Va musiqa uchun nozik quloq, agar inson musiqani maxsus o'rganmasa, amalga oshirilmasligi mumkin. Shuning uchun, yosh bolalar bilan musiqa darslari, hatto bolalar yorqin musiqiy iste'dodlarni namoyon qilmasa ham, bor katta ahamiyatga ega ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Qobiliyatlar nafaqat faoliyatda namoyon bo'ladi, balki shu faoliyatda ham yaratiladi. Ular har doim rivojlanish natijasidir. O‘z mohiyatiga ko‘ra, qobiliyat dinamik tushunchadir – u faqat harakatda, faqat rivojlanishda mavjud. Qobiliyatlarning rivojlanishi spiralda sodir bo'ladi: bir darajadagi qobiliyat ifodalovchi imkoniyatlarni amalga oshirish yanada rivojlanish, yuqori darajadagi qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochad. Demak, bolaning moddiy va ma’naviy madaniyat, texnika, fan, san’at mazmunini o‘zlashtirish jarayonida uning qobiliyatlari bosqichma-bosqich shakllanadi. Qobiliyatlarning bunday rivojlanishining dastlabki sharti tug'ma moyillikdir (biz "tug'ma" va "irsiy" tushunchalari bir xil emasligini ta'kidlaymiz). Har bir qobiliyat maxsus omonatga mos keladi deb o'ylamaslik kerak. Moyilliklar noaniq va har xil turdagi qobiliyatlarda amalga oshirilishi mumkin, ular asosida insonning hayoti qanday o'tishi, nimani o'rganishi, nimaga moyilligiga qarab turli xil qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Moyilliklar u yoki bu darajada shaxs rivojlanishining o`ziga xosligini, uning intellektual yoki boshqa faoliyati uslubini belgilab berishi mumkin. Oldindan aniqlab boʻlmaydi aniq chegaralar muayyan qobiliyatlarni rivojlantirishda, "shipni", ularning rivojlanish chegarasini aniqlash. Buning sababi shundaki, har qanday faoliyat uni amalga oshirish uchun bir emas, balki bir nechta qobiliyatlarni talab qiladi va ular ma'lum darajada birbirini to'ldirishi, o'rnini bosishi mumkin. Insoniyatning butun mavjudlik tarixi davomida yaratgan narsalarni o'rganish va o'zlashtirish, biz o'zimizning tabiiy fazilatlarimizni, moyilliklarimizni rivojlantiramiz, ularni faoliyat qobiliyatiga aylantiramiz. Har bir inson biror narsaga qodir. Qobiliyatlar shaxsda qandaydir faoliyatni, bilim sohasini, o‘quv predmetini o‘zlashtirgani sari rivojlanadi. Shaxsning qobiliyatlari u nima qilayotganiga qarab rivojlanadi va ishlab chiqadi. Misol tariqasida P.I.ni keltirish mumkin. Chaykovskiy. Uning mutlaq balandligi yo'q edi, bastakorning o'zi yomon musiqiy xotiradan shikoyat qildi, u pianinoda ravon chaldi, lekin u bolaligidan musiqa chalgan bo'lsa ham, unchalik yaxshi emas. Bastakorlik faoliyati P.I. Chaykovskiy birinchi marta huquq fakultetini tugatgan holda ish boshladi. Va shunga qaramay, u ajoyib bastakorga aylandi. Qobiliyatni rivojlantirishning ikki darajasi mavjud: reproduktiv va ijodiy. Qobiliyatlar rivojlanishining birinchi bosqichida bo'lgan shaxs biror bir malakani egallash, bilim olish, faoliyatni o'zlashtirish va uni taklif qilingan modelga muvofiq, taklif qilingan g'oyaga muvofiq amalga oshirish qobiliyatini ochib beradi. Qobiliyatlar rivojlanishining ikkinchi darajasida odam yangi, o'ziga xoslikni yaratadi. Bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayonida, faoliyat jarayonida shaxs bir darajadan ikkinchi darajaga "o'tadi". Shunga ko'ra, uning qobiliyatlari tuzilishi ham o'zgaradi. Ma'lumki, hatto juda iqtidorli odamlar ham taqlid qilishdan boshladilar, keyin esa tajriba orttirgandan keyingina ular ijodkorlik ko'rsatdilar. 32- Mavzu: Terperament va uning tiplari. Har qaysi kishidagi hissiyotning qo’zg’alish tezligi, kuchi va barqarorligi har hil bo’ladi. Bir hil odamlarning hissiyoti tez, kuchli qo’zg’aladi va barqaror bo’ladi. Ba’zi kishilarda esa bunday qo’zg’alish sust, zaif bo’lib, uzoqqa bormaydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlari bilan birga, organizmning atrofdagi muhit ta’siriga javoban ko’rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantomimikalarida, har hil beixtiyor ish-harakat va imo-ishoralarida ko’rinib turadi. Kishi hissiyotining bunday qo’zg’aluvchanlik xususiyatlari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda sifatlarida, aqliy jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks etadi. Mana shunday ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir hil odamlarni «tez», «betoqat», «serg’ayrat», «jo’shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash», «lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu hildagi individual xususiyatlardan kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi. Ayrim temperamentlarning alomatlari kishining bolalik chog’larida yaqqol namoyon bo’ladi. Har bir kishining o’z temperamenti bo’ladi. Lekin har qaysi odamning temperamentlarida mana shunday individual tafovutlar bo’lishi bilan birga, bu temperamentlarning umumiy, o’xshash belgi va alomatlari ham bo’ladi. Hamma hilma-hil temperamentlarni mana shunday umumiy belgilariga qarab ajratish, ya’ni klassifikasiya qilish mumkin. Xolerik temperament – hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan, serg’ayrat va har doim urinuvchan bo’ladilar. Bu hil temperamentli bolalar serg’ayrat bo’ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan bo’ladilar. Ular ko’pchilik bilan jamoa o’yinlar o’tkazishni sevadilar va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar arazchan, serjahl va tajang bo’ladilar. Bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo’ladi. Sangvinik temperament– hissiyotning tez, kuchli qo’zg’aluvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o’zgarib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog’i mumkin. Sangviniklardagi psixik jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o’tadi. Bu hil temperamentli kishilar ildam, chaqqon, serharakat va jo’shqin bo’ladilar. Sangvinik temperamentli kishilar tevarak-atrofdagi voqyealardan tez ta’sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar hamda ko’ngilsiz hodisalar uncha qattiq xafa qilmaydi. Ular ko’p ishga tez va g’ayrat bilan kirishadigan bo’ladilar, lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi ishlarni uzoq davomli sur’atda bajarishga moyil bo’lmaydilar. Sangvinik temperamentli bolalar juda serharakat, ildam va chaqqon bo’ladilar. Ular har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo’ladilar. Ko’pincha, bir qancha vazifalarni birdaniga bo’yinlariga oladilar. Lekin, har bir ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ishdan tez qaytishlari ham mumkin. Sangviniklar chin ko’ngildan va’dalar berishlari, lekin, ko’pincha, va’dani unutib, uni bajarmasliklari ham mumkin. Bu hil temperamentli bolalar o’yinlarga tez va zavq bilan kirishadilar, lekin o’yin davomida, o’z rollarini tez-tez o’zgartirib turishga moyil bo’ladilar. Ularning darrov xafa bo’lishlari va yig’lashlari mumkin, lekin ular hafalikni tez unutadigan bo’ladilar. Ularning yig’isi kulgi bilan tez almashadi. Melanxolik temperament – hissiyotning sekin, lekin kuchli qo’zg’aluvchanligi va barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo’ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo’ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sustkash bo’ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga yetkazmay qo’ymaydi. Bunday temperamentli bolalar mo’min-qobil, yuvosh bo’ladilar, ko’pincha, birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darrov xafa yoki xursand qilish yengil emas, lekin bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik uzoq davom etadi, barqaror bo’ladi. Ular bir ishga yoki o’yinga tez yopishib kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o’yin boshlasalar, bunda chidam va matonat ko’rsatadilar. Flegmatik temperament – hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo’ladi. Bu hil temperamentli odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g’azablantirish ancha qiyin. Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo’ladi. Bu hil temperamentli odamlar nihoyat og’ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo’ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar. Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo’min qobil bo’ladi. Ular ko’pchilikka ham aralashadigan, tortinchoq va hyech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo’ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo’lsa, o’zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o’yinlarga moyil bo’lmaydilar. Bu hil temperamentli bolalar jizzaki bo’lmaydilar va odatda ular o’yin-kulgilarga moyil emaslar. Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko’rsatishga moyil bo’lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo’lga qo’yilsa, ancha qunt bilan ish ko’radilar, yaxshi o’qib ketishlari mumkin. Har qaysi odam temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig’dirib» bo’lmaydi albatta. Tip tushunchasining o’zi faqat bir-birlariga o’xshash bir guruh odamlarnigina o’z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi odam temperamentida o’ziga xos individual xususiyatlari bo’ladi, bu xususiyatlarni batamom muayyan bir temperament tipiga kiritib bo’lmaydi. Bu xususiyatlar ayni individual xususiyatlardir, ya’ni shu shaxsning o’zigagina xos xususiyatdir. Ko’pchilik odamlarda bir tip temperament alomatlari ikkinchi bir tip temperament alomatlari bilan qo’shilgan bo’lishini ko’ramiz; chunonchi, xolerik temperamentli kishida melanxolik yoki flegmatik temperament alomatlari bo’lishi, sangvinik temperamentli kishida xolerik va flegmatik temperament alomatlari bo’lishi mumkin va hokazo. Odamlarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo’lsa, shunga qarab, ma’lum bir temperament tipiga kiritish mumkin. Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadimgi (bizning eramizdan oldingi 460–356 yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga muvofiq sur’atda, keyinchalik «temperament» termini ham ishlatiladigan bo’ldi, shuningdek, hamma to’rt tip temperament nomlari o’rnashib qoldi. Gippokrat ta’limotiga muvofiq, odamlarning temperament jihatdan turlicha bo’lishi, ularning organizmidagi suyuqliklarning (hiltlarning) turlicha nisbatda bo’lishi bilan bog’liqdir. Gippokrat fikricha, odam tanasida to’rt hil suyuqlik (hilt) bordir. Chunonchi, o’t yoki safro (grekcha sholye), qon (latincha sandus), (qora o’t- grekcha melanhole) va balg’am (grekcha rhlegma) bordir. Bu suyuqliklarning har biri o’z xususiyatiga ega bo’lib, ularning o’z vazifasi, ishi bordir. Chunonchi, o’tning xususiyati – quruqlikdir. Uning ishi – organizmdagi quruqlikni saqlab turish, ya’ni badanni quruq tutishdir. Qonning xususiyati – issiqlikdir. Uning ishi – organizmni isitib turishdir. Qora o’tning xususiyati – namlikdir. Uning ishi badan namligini saqlab turish, uning namligini tutib turishdir. Balg’am (shilimshiq modda)ning xususiyati sovuqlikdir. Uning ishi – badanni sovitib turishdir. Gippokrat fikriga muvofiq, har qaysi odamda shu to’rt hildagi suyuqlikdan biri ko’proq bo’lib, ustun turadi. Bu aralashma (latincha tyemperamentum) lardan qaysi biri ustun bo’lishiga qarab, odamlar temperament jihatdan har hil bo’ladilar. Xoleriklarda sariq o’t ustun; sangviniklarda – qon; melanxoliklarda – qora o’t; flegmatiklarda esa balg’am (shilimshiq modda) ustun bo’ladi deb ko’rsatadi. Gippokratning mana shu to’rt hil moddalar aralashmasp to’g’risidagi ta’limotidan kelib chiqqan temperament so’zi qadimgi zamonlardan beri hozirgacha saqlanib kelmoqda. Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari I.P.Pavlovning yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta’limotida ochib berildi. I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyat turlari deganda hayvon bilan odam nerv sistemasining faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi. Nerv jarayonlari kuchining ahamiyati shundan ravshan ko’rinib turadiki,– deydi I.P.Pavlov,– atrofdagi muhitda odatdan tashqari, favqulodda hodisalar, zo’r kuchga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar ma’lum darajada tez-tez voqye bo’lib turadi, shu bilan birga, tabiiy ravishda, ko’pincha, bu qo’zg’ovchilarning ta’sirini boshqalarning talabiga va shuningdek, undan ham qudratli bo’lgan tashqi sharoitning talabiga muvofiq bosmoq, to’xtatib turmoq zaruriyati tug’iladi. Nerv hujayralari esa o’z faoliyatining bunday haddan tashqari zo’riqishiga bardosh berishi kerak».Nerv sistemasidagi muvozanat, I. P. Pavlov ta’limotiga muvofiq, nerv sistemasining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuch darajasini teng baravar holda tutib tura bilish qobiliyatida ko’rinadi. 33- Mavzu: Xarakter va uning shakllanishi. Kishining xarakteri kup kirralidir, lеkin xarakterning ayrim xislatlarini bir biridan ajratib olib alohida o’rganish ayniksa bu xislatlarning birini ikkinchisiga karama karshi qo’yish mumkin emas chunki ular o’zaro mustaxkam bog’langandir. Kishining xarakterida odatda avvalo shaxs xulkining hama tomonlarida iz koldiradigan bazi bir hilma xil tartibda birga kushilib kеladigan umumiy xislatlar ajralib turadi. Xarakterning mukammalligi katiyligi barqarorligi va kuchli bunday xislatlari katoriga tеgishlidir. Masalan: Xarakterning juda kuchli bo’lishi bilan birgalikda uning bir tomonlama va tor ekanligini yoki еtarlicha barqaror bo’lmagan tulikligini ham uchratish mumkin. Uzoq vaqt davomida xarakter kishi organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari gavda tizimining xususiyati qonning kimyoviy tarkibi, qon tomirlarini to’zilishi va boshqalari bilan bеlgilanadi dеb xisoblash qabo’l kilingan edi. Har bir tarixiy davr va undagi kishilarning ijtimoiy gruppalari fakat shu kishilargagina xos bo’lgan xarakter xislatlarini vujudga kеltiradi. Xususiy mulkchilik va rakobatga asoslangan to’zum ekspuatatorlar sinfining xudbinlik, ochko’zlik, munofiklik, odam sеvmaslik va boshqa shu kabi tipik xususiyatlariga iz koldirmaydi. Shaxsning turli xususiyatlari urtasidagi munosabatlar juda murakkabdir. Mustaxkam xarakterli kishilar kupincha aqliy jixatdan ham еtuk bo’ladilar shu bilan birga bazan shunday kishilar ham uchraydiki ular qobiliyatli, sеrfikr va aklli bo’ladilaru o’zini tuta bilish salobatlilik xarakterining katiylik kabi xarakter xislatiga ega bo’lmaydi. Qobiliyat bilan xarakterning to’g’ri kеlmaslik xollari o’quvchilar orasida ham uchraydi. Kupincha o’quvchilar tula asos bilan «qobiliyatli o’quvchi ancha yaxshi o’qishi mumkin» dеb gapiradilar. Bu shunga uxshash o’quvchilarni tarbiyalashda еtarlicha etibor bеrilmaganligidan dalolat bеradi. Inson xarakteri xususiyatlarining yana bir tomoni uning extiyojlari, qiziqishlari, didi va odatlari bilan o’zviy bog’’liq bo’lgan fakat shu kishi uchun tipik xisoblangan. Shunday qilib shaxsning kiyofasiga o’zviy ravishda kiradigan xis tuygulari yigindisidir. Kishining xarakteri individual va umumiy xislatlarining birligidan iborat. Kishi xarakterinig psixologiyasi to’g’risida gapirganda qo’yidagilarni fark qilish kеrak. - Ayrim xislatlarning tipikligi - Mazkur kishidagi xarakterning namoyon bo’lishi - Xislatlarning bir guruppa kishilar uchun xosligi va ularning namoyon bo’lishi - Kup kishilarga nisbatan umumlashtirish Ayrim kishi xarakteridagi tipik xususiyat bu bir muncha davomli vaqt davomida uning xulkini ifodalab bеradi. Ammo barqarorlik xarakter xislatlarning o’zgarmasligidan dalolat bеrmaydi. Masalan: Bola o’smirlik yoshiga kadam qo’yishi bilan unda yangi hayotiy munosabatlar paydo bo’ladi. Shubxasiz bu uning xarakterida iz koldiradi. Yangi tipik xususiyatlarning shakllanishiga tasir qiladi. Bunda kupincha eski xususiyatlar uning xarakteri uchun tipik bo’lmay koldi. O’quvchining boshqa maktab kollеktiviga utish uning kiyofasida xarakterning yangi xislatlari paydo bo’lishi xodisalari ham tеz tеz uchrab turadi. Umumiy xususiyat kishilarning malum bir ijtimoiy gruppasiga xos bo’lgan xususiyatdir. O’smirlarning voqеylikka ongli ravishda munosabatida bo’lishning ortib borishi bilan birga ularda o’qishga va mеhnatga ongli ravishda munosabatda bo’lishining ortib borishi bilan birga ularda o’qishga va mеhnatga ongli munosabatda bo’lish ham ortadi. O’smirlar o’zlarining o’quv faoliyatida ijtimoiy xarakterdagi motivlarga malum darajada amal qiladi, birok o’smirlar o’z yoshida o’qishga bеfark karash yoki unga salbiy munosabatda bo’lish mеhnat qilishni yoktirmaslik kabi ayrim xodisalar uchrab turadi bu o’qishning hayotdan ajrab turadiki, kupincha esa noto’g’ri yo’lga qo’yilgan oila tarbiyasining natijasidir. O’smirlarda kattalarga ularning xulk atvori, bilimlari va fikr atvori bilimlari va fikr muloxazalarga nisbatan tankidiy munosabatda bo’lishi kabi xarakter xislatining ancha rivojlanganligi ham ko’zga tashlanib turadi. Masalan: Ular o’quvchilarning ayrim xato va kamchiliklarini mamnuniyatsizlik bilan sеzib koladilar. O’smirlarning kattalarga tankidiy ko’z bilan karashi ularga nisbatan yomon munosabatning ifodasi emas. Odatda bu kuprok uchraydigan xolatdir. O’zining еtukligin tasdiklash ifodasidir. Katta yoshdagi o’quvchilarda irodaviy xarakter sifatlarning shakllanish protsеssi davom etadi. Xudi shu vaqtda o’quvchi usimrlarning katiylik va tashabbuskorliligida shoshma shosharlik extiyotsizkorlik hamda ularni еtarli ravishda motivlashtirish bеrilmaslik xollari uchraydi. Talimni unumli mеhnat bilan to’g’ri bog’lab olib borish o’quvchilarning hilma xil jamoat topshiriklarini muntazam ravishda bajarib borish o’smirlar va kata yoshdagi o’quvchi bolalar xarakterida ijobiy xislatlarning tarkib topishiga kata tasir kursatadi. Faoliyatning hilma xilbo’lishi xarakterning yunalishinida ham uning namoyon bo’lishida ham ifodalanadi. Xarakterni shakllantirishning asosiy yunalishlaridan biri o’z o’zini tarbiyalashdir. O’quvchining buni anglab olishi va o’z oldiga vazifa qilib qo’yishi kеlajakda uni muvaffakiyatli hal etishi uchun o’quvchilar xarakterini ochadi. Kishining mеhnat qilish istagini va orzusini ifodalovchi xarakter xislatlariga mеhnatsеvarlik dеb aytadilar. Kishi mеhnat protsеsida va o’z faoliyati natijalaridan kanoatlanish shodlanish va mamnuniyat xislarini boshidan kеchiradi. Kishi mеhnatdan biron marta xo’zurlanib o’z faoliyatini takdirlagandan sung mеhnat qilishga intiladi. Unda mеhnat qilish ishtiyoki paydo bo’ladi. Kishi faoliyat protsеsida boshqa kishilar bilan malum munosabatda bo’ladi. Kishi faoliyat protsеsida kishilar Bilan bo’lgan aloqa protsеsida vamеhnat potsеsida boshqa kishini biladi va unga nisbatan o’z munosabatini bеlgilaydi. Kishi boshqa kishilar bilan ijtimoiy munosabatda bo’lib faoliyat protsеsida o’zini jamiyat azosi sifatida ijtimoiy mavjudod sifatida anglaydi. Kishining o’z faoliyatiga karab munosabatida bo’lishi hamda kishining faoliyatiga bog’’liq xolda harakatlarining o’zgarishi o’z o’zig bo’lgan munosabatini ham o’zgartiradi o’zini mеhnat qilishi jamoa azosi sifatida anglash mеhnat protsеsida sodir bo’ladi. O’z shaxsini nisbatan munosabatini ifodalovchi xarakter xislatlarigi qo’yidagilar kiradi. Kamtarlik o’z o’zini tankid qilishlik o’z kadrini bilishlik. Xarakter xislati sifatida kamtarlik shunda namoyon bo’ladiki kishi o’z xizmatlarini yutik va shaxsiy sifatlarini xеch kachon burttirib yubormaydi. U ukzi kanday ish kilsa uning urnida bo’lgan boshqa kishi ham shunday ish qilishni xisobga oladi. Ijodiy mеhnatda kishilarning Yangi ilgor narsalarga intilishlari ifodalovchi xarakterning bu xislatlariga navotorlik mansubdir.mеhnat prtsеsida xarakterning tеjamkorlik kabi muhim xislatlari usib boradi. Bo’lar kishining o’z mеhnat samaralariga va boshqa kishilarning faoliyatlariga bo’lgan munosabatlariga ifodalanadi. Boshqa kishilar munosabatini mеhnatni xurmat qilibo’zida har bir narsa kupchilik kishilarning mеhnati tufayli yaratilgan dеgan tushunchani tarbiyalay boib kishi o’z akl idroki va kullari bilan yaratilgan narsalarga extiyotkorona munosabatda bo’lla boshlaydi. Mеhnatga ijobiy shu munosabatda ifodalovchi xarakter xislatlarga karama Karshi kishilarda xarakterning salbiy sifatlari ishyokmaslikni ifodalovchi yalkovlik parvosizlik mеhnatga etiborsizlik bilan shu munosabatda bo’lish ishda vijdonsizlik va boshqalar ham ko’zatiladi. Xarakterning kotib kolganlik sustlik xislatlari salbiydir. Bo’lar kishining eski usul bilan ishlashga intilishda har kanday Yangi ilgor narsalarga salbiy munosabatda bo’lishida kurinadi.kishi boshqa kishilar bilan ijtimoiy munosabatda bo’lib faoliyat protsеsida o’zini jamiyat azosi chifatida anglaydi. Kishining o’z faoliyatiga bog’’liq xolda xarakterning o’zgarishi o’z o’zga bo’lgan munosabati ham o’zgaradi. O’zini mеhnat kishisi jamoa azosi sifatida anglash mеhnat protsеsida sodir bo’ladi. Bo’lar kishida o’ziga nisbatan yangi munosabat tarkib toptiradi. O’z o’ziga bo’lgan malum munosabatni amaliyotda mustaxkamlanib xarakter xislatga aylanadi.o’z shaxsiga nisbtan munosabatini ifodalovchi xarakter xislatlarga qo’yidagilar kiradi. Kamtarlik, o’z o’zini tankid qilishlik, o’z kadrini bilishlik, xarakter xislati sifatida kamtarlik kishi boshqa kishilar bilan munosabatda oddiy va tabiiy birok shuning bilan birga u o’z kadr kimmati va o’z kuchiga ishongani saklab koladi. Kishida bazan xatto kurkuvda sabab bo’ladigan kamtarlikdan o’ziga еtarlicha baxo bеrmaslikni fark qilish kеrak. Bunday vaqtda kishilar o’zlariga va o’z kuchlariga ishonishni yukotadi. Xurmat qilish xissi o’z imqoniyatlarini to’g’ri tushinining kishining to’g’ri kimmatli sifati o’z kuchigia ishonuvchanligini tugdiradi. O’z kadr kimmatini saklovchi kishi o’zini kamsitish va xakorat qilishlariga yo’l qo’ymaydi.o’zini ximoya qiladi. Birok xarakterning bu xislatlari manmanlik magrurlik va maktanchoklik bilan aralashtirilib yubormaslik kеrak. O’z kadrini bilish xissi mеhnatda kachonki kishi o’z mеhnatining jamiyat uchun foydali ekanini kurib uni xurmat kilganliklarini bilganda tarbiyalanadi. Shu kishi uchukn etiborlitaklid qilishga arziydigan kilarga namuna kursatishi kata ahamiyatga ega. O’z kadrini bilish xissini tarbiyalash kamtarlik va o’z o’zini tankid qilishni tarbiyalash bilan jips bog’langandir. Xarakterning xislati sifatida mеxribonlik o’qituvchining o’quvchilarga bo’lgan munosabatlarida ham sеzilarli darajada ifodalangan. O’qituvchilarning qayguli xislatlarinixatti harakatlarini va nojuya kiliklarini tushina olish uning orzu va istaklariga etibor bilan karash bo’larning hammasi mеxribonlikning namoyon bo’lishidir. G’am alam xissini boshidan kеchirayotgan o’quvchilarga mеxribonlik kursatish ularning muvaffakiyat va yutiklar bilan bog’’liq bo’lgan shodlik va xafagarchiliklarni tushunish mumimdir. Xarakter xislatlari dеganda kiining odatlangan shaxsiy xatti harakat fomalarini tushunish kеrak. 34- Mavzu: Kommunikativ muloqotning shaxs taraqqiyotidagi o’rni. Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi. «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir. Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar. Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega. Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi. Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir. Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq. Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir. Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi. Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir. Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin. Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi. Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi. Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi. Muloqotning kommunikativaxborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat. Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq. Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur. Til va nutqning psixologik faoliyatda tutgan o’rni. Til va nutqning psixologik rivojlanish yo’lida tutgan o’rni beqiyosdir. Nutqning paydo bo’lishi bilan birga insonning psixologik va ruhiy doirasi ham rivojlana boshlaydi. Masalan, qabul qilish , xotira, tafakkur, tasavvur, e’tibor kabilar faqatgina til tufayli rivojlana boradi. 35- Mavzu: Ijtimoiy hulq motiviyalari va shaxs motivatsiyasi. Motivatsiya - bu uning ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan insonning ichki holati. Motivlar jismoniy va aqliy funktsiyalarni faollashtiradigan, insonni harakatga va maqsadga erishishga undaydigan harakatlantiruvchi kuchdir. Motivlarning funktsiyalari va turlari Inson motivlarining asosiy turlari oltita komponentni o'z ichiga oladi: Tashqi motivlar. Ular tashqi komponentlardan kelib chiqadi. Misol uchun, agar do'stingiz sotib olgan bo'lsa yangi narsa, va siz buni ko'rgan bo'lsangiz, pul ishlashga va shunga o'xshash narsani sotib olishga undaysiz. Ichki motivlar. Insonning o'zida paydo bo'ling. Masalan, biror joyga borish va vaziyatni o'zgartirish istagida ifodalanishi mumkin. Bundan tashqari, agar siz bu fikrni boshqalar bilan baham ko'rsangiz, kimdir uchun bu tashqi sababga aylanishi mumkin. ijobiy motivlar. Ijobiy mustahkamlashga asoslangan. Misol uchun, bunday motiv o'rnatishda mavjud - men ko'p ishlayman, men ko'proq pul olaman. Salbiy motivlar. Ular insonni xato qilishdan qaytaradigan omillardir. Misol uchun - men o'z vaqtida turmayman, muhim uchrashuvga kechikaman. Barqaror motivlar. Inson ehtiyojlariga asoslangan va tashqaridan qo'shimcha mustahkamlashni talab qilmaydi. Beqaror motivlar. Ular tashqaridan doimiy mustahkamlashga muhtoj. Ushbu turdagi barcha motivlar uchta asosiy funktsiyani bajaradi: 1. harakat uchun motivatsiya. Ya'ni, shaxsni harakatga undaydigan motivlarni aniqlash; 2.faoliyat yo‘nalishi. Inson qanday qilib maqsadga erishishi va ehtiyojlarini qondirishi mumkinligini belgilaydigan funktsiya; 3.yutuqga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni nazorat qilish va saqlash. O'zining yakuniy maqsadini eslab, inson o'z faoliyatini unga erishishni hisobga olgan holda moslashtiradi. Aytgancha, faoliyatga kelsak, bu erda ham bir qator motivlar mavjud. Bu nafaqat insonning ichki ehtiyojlariga, balki uning ijtimoiy muhit bilan o'zaro munosabatiga ham bog'liq. Shaxsning yo'nalishi, uning turlari. Qiziqishlari, qadriyat yo'nalishlari, dunyoqarashi. ostida shaxsiyat yo'nalishi insonni hayotiy maqsadlariga nisbatan erishishga yo'naltiradigan barqaror motivlar, e'tiqodlar va intilishlar yig'indisini tushunish. Orientatsiya har doim ijtimoiy jihatdan belgilanadi va ta'lim va tarbiya jarayonida individual rivojlanish jarayonida shakllanadi. Bu shaxsning o'z oldiga qo'ygan maqsadlarida, uning manfaatlarida, ijtimoiy ehtiyojlarida, qaramliklarida va munosabatlarida, shuningdek, uning intilishlarida, istaklarida, mayllarida, ideallarida va hokazolarda namoyon bo'ladi. Motiv - bu ehtiyojni qondirish uchun harakat qilish uchun turtki. Motiv - faoliyat yo'nalishini rag'batlantiruvchi va belgilovchi tanlash - ehtiyojning predmeti. Motivatsiya - bu faoliyatni keltirib chiqaradigan impuls. Chet el psixologiyasida xulq-atvorni tartibga solishda motivning tabiati va funktsiyalarining bir qator xususiyatlari aniqlangan 1. Motivning motivatsion va yo'naltiruvchi funktsiyasi. 2. Inson xulq-atvorini ongsiz motivlar bilan aniqlash. 3. Motivlar ierarxiyasi. 4. muvozanat va taranglikka intilish – bu yerda motiv sof energetik tarzda tushuniladi. (K. Levin nazariyasi, gedonistik nazariyalar). Mahalliy psixologiya motivni faoliyat va ong kontekstidan ajratish uchun bu yondashuvlarni tanqid qildi. Leontiev faoliyati nazariyasida qidiruv faoliyati jarayonida ehtiyojlarni ro'yobga chiqarish va shu orqali uning ob'ektlarini ehtiyoj ob'ektiga aylantirish motivning paydo bo'lishining umumiy mexanizmi sifatida qaraladi. Demak: motivning rivojlanishi voqelikni o'zgartiruvchi faoliyat doirasining o'zgarishi va kengayishi orqali sodir bo'ladi. Insonda motiv rivojlanish manbai moddiy va ma'naviy qadriyatlarni ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidir. Otnogenezdagi bunday potentsial motivlar ma'lum jamiyatga xos bo'lgan qadriyatlar, ideallar, manfaatlar bo'lib, ular ichkilashtirilgan taqdirda harakatlantiruvchi kuchga ega bo'lib, motivga aylanadi. Bu motivlar ma’no hosil qilish vazifasini bajaradi, ya’ni ongda aks ettirilgan voqelikka shaxsiy ma’no beradi. Ma'noni shakllantirish funktsiyalari shaxsning umumiy yo'nalishini boshqarish bilan bog'liq. Xulq-atvorni kuchaytiradigan rag'batlantiruvchi motivlar ham mavjud. Ular juda kuchli bo'lishi mumkin, ammo motivlar to'qnashuvi bo'lsa, mazmunli motivlar egallaydi. Boshqarish funktsiyasi motivlar bilan bevosita emas, balki mexanizm orqali amalga oshiriladi hissiy tuzatish» xatti-harakati. Tuyg'ular sodir bo'layotgan narsaning shaxsiy ma'nosini baholaydi va agar bu ma'no motivga mos kelmasa, ular shaxs faoliyatining umumiy yo'nalishini o'zgartiradi - motivning maqsadga siljishi (imtihon uchun kitob o'qish misoli). . Leontievning fikricha, qidiruv faoliyati jarayonida ehtiyoj odatda o'z ob'ektiga javob beradi. Ehtiyoj ob'ektni qondirayotgan paytda ehtiyojning ob'ektivlashuvi sodir bo'ladi. Bu juda muhim voqea. Bu juda muhim, chunki ob'ektivlashtirish harakatida motiv tug'iladi. Motiv ehtiyoj predmeti sifatida belgilanadi. Xuddi shu hodisaga ehtiyoj tomondan qarasak, shuni aytishimiz mumkinki, ob'ektivlashtirish orqali ehtiyoj o'zining konkretlashuvini oladi. Shu munosabat bilan motiv boshqa yo'l bilan ob'ektivlashtirilgan ehtiyoj sifatida aniqlanadi. Motiv - bu faoliyatni qo'zg'atuvchi va boshqaradigan, u yoki bu ehtiyojga javob beradigan, ehtiyojni aniqlaydigan yoki uni qondiradigan maqsad. Ya'ni, motivlarning asosiy vazifasi faoliyatni rag'batlantirish va yo'naltirishdir. Ehtiyojning ob'ektivlashuvi va motivning paydo bo'lishidan so'ng, xattiharakatlar turi keskin o'zgaradi, agar shu paytgacha xatti-harakatlar yo'nalishsiz, qidiruv bo'lsa, endi u "vektor" yoki yo'nalishga ega bo'ladi. U ob'ektga yoki undan uzoqqa yo'naltiriladi - agar motiv salbiy valent bo'lsa. Bir ob'ekt atrofida to'planadigan ko'plab harakatlar motivning tipik belgisidir. Demak, boshqa ta'rifga ko'ra, motiv - bu harakat amalga oshiriladigan narsadir. Biror narsa uchun "biror kishi", qoida tariqasida, juda ko'p turli xil harakatlarni amalga oshiradi. Va bitta motiv bilan bog'langan bu harakatlar majmui faoliyat, aniqrog'i, maxsus faoliyat yoki deyiladi maxsus turdagi tadbirlar. O'z roli yoki funktsiyasi nuqtai nazaridan, bitta faoliyatga "birlashuvchi" barcha motivlar bir xil emas. Qoida tariqasida, ulardan biri asosiy, qolganlari ikkinchi darajali. asosiy motiv Etakchi motiv deyiladi, ikkilamchi motivlar motivlar-rag'batlantirishdir: ular unchalik ko'p ishga tushmaydi, balki bu faoliyatni qo'shimcha ravishda rag'batlantiradi. Keling, motivlar va ong o'rtasidagi munosabatlar muammosiga murojaat qilaylik. Motivlar har doim ham tan olinmaydi, shuning uchun motivlarning ikki toifasi ajralib turadi: tan olinganlar va tan olinmaganlar. Birinchi sinf motivlariga misol qilib, inson hayotining uzoq davrlaridagi faoliyatini yo'naltiradigan buyuk hayotiy maqsadlarni keltirish mumkin. Bu motivlar. Bunday motivlarning mavjudligi etuk shaxslarga xosdir. Ongsiz motivlar ongda boshqa ko`rinishda namoyon bo`ladi. Bunday shakllarning kamida ikkitasi mavjud. Bu hissiyotlar va shaxsiy ma'nolar. Tuyg'ular faqat motivlar bilan bog'liq bo'lgan bunday hodisalar yoki harakatlar natijalari haqida paydo bo'ladi. Agar biror kishi biror narsadan xavotirda bo'lsa, unda bu narsa uning motivlariga ta'sir qiladi. Keling, motivlar va shaxs o'rtasidagi bog'liqlik masalasini ko'rib chiqaylik. Ma'lumki, inson motivlari ierarxik tizimni tashkil qiladi. Odatda motivlarning ierarxik munosabatlari to'liq amalga oshirilmaydi. Ular motivlar to'qnashuvi sharoitida aniqroq bo'ladi. Faoliyat jarayonida yangi motivlar shakllanadi. Faoliyat nazariyasida yangi motivlarni shakllantirish mexanizmi tavsiflanadi, bu motivni maqsadga o'tkazish mexanizmi deb ataladi. Ushbu mexanizmning mohiyati shundan iboratki, ilgari uni amalga oshirish uchun biron bir motiv bilan turtki bo'lgan maqsad oxir-oqibat mustaqil harakatlantiruvchi kuchga ega bo'ladi, ya'ni. o‘z motiviga aylanadi. Maqsadning motivga aylanishi faqat ijobiy his-tuyg'ular to'plangan taqdirdagina sodir bo'lishi mumkinligini ta'kidlash muhimdir. Motivlarning quyidagi funktsiyalari ajratiladi: 1. rag'batlantirish (faoliyatga); 2. yo‘naltiruvchi (motiv faoliyatni o‘ziga qarab yo‘naltiradi); 3. maqsad hosil qiluvchi (motiv ehtiyojni qondirishga qaratilgan harakatni hosil qiladi. Maqsadlar harakatlar asosini tashkil qiladi); 4. his yasovchi (motiv harakatlarga ahamiyat, ahamiyat beradi). Biz qilayotgan ish biz uchun shaxsiy ma'noga ega bo'ladi, ya'ni. motiv bilan bog'liq bo'lgan ob'ekt yoki hodisaning ortib borayotgan sub'ektiv ahamiyatini boshdan kechirish. Motivlarni tasniflashning mumkin bo'lgan asoslari. 1) Haqiqiy motivlar - nima qilinmoqda ( professional tanlov, dam olish). Potentsial - harakatni tashkil qila oladiganlar. Aniqlash mumkin bo'lgan variantlar inson hayoti. Ammo ijtimoiy sharoitlar o'zgarishi mumkin, keyin motivlar o'zgaradi. Motivlar o'zgarganda odam qanday bo'ladi. Biz sharoit va hokazo ta'siri ostida o'zimiz uchun yoqimsiz tanlov qilishga majbur bo'lganimizda, potentsial motivlar muhimroq bo'ladi. 36- Mavzu: Nutq va uning turlari. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl nutq (tashqi nutq), yaʼni gapirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yordamida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi. Asl nutq ("tashqi nutq") bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nutq asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma nutq ogʻza-ki nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogi k (qarang Dialog) turlari mavjud. Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir. Har bir kishining nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; vaholonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy nutq, ilmiy nutq, rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak. Til va nutq. Nutqiy faoliyat turlari. Nutqning holati va uning tarkibiy qismlari. Nutq uchun asosiy talablar. Til va nutq Til - bu so'zlar ma'nosiga ega bo'lgan so'zlarni va sintaksisni o'z ichiga olgan belgilar tizimi - bu jumlalar quriladigan qoidalar to'plami. Nutq - bu harakatdagi til. Nutq - bu insonning o'ziga xos lisoniy faoliyat turi bo'lib, odamlar o'rtasidagi aloqani va ularning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishini ta'minlaydi. Nutq aloqasi Nutq aloqasi, og'zaki aloqa - bu odam bilan shaxsan muloqot: biz gapiramiz, tinglaymiz, o'qiymiz, yozamiz, tarjima qilamiz. Nutqiy vaziyat - bu suhbatdoshlarni ma'lumot almashishga undovchi tashqi sharoitlar va ichki psixologik reaktsiyalarning murakkab kombinatsiyasi. Nutqiy vaziyatning tarkibiy qismlari: ishtirokchilar: qabul qiluvchi, qabul qiluvchi, auditoriya; nutq mavzusi; holatlar: joy, vaqt, boshqa muhim shartlar; aloqa kanali - aloqa usuli - og'zaki yoki yozma nutq, odatiy belgilar va boshqalar yordamida. kod: til, dialekt, uslub; nutq janri, masalan, ilmiy ma'ruza, suhbat; voqea maqsad, ishtirokchilarning fikriga ko'ra, muayyan vaziyatda nutqning natijasi bo'lishi mumkin bo'lgan narsa; nutq samaradorligini baholash, masalan, hisobot tinglovchilarni qiziqtiradimi yoki yo'qmi. 37- Mavzu: Tafakkur va xayol turlari. Insonning Er sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – yangilik yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil etadi. Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira taassurotlari namoyon bo‘ladi. Tafakkur kabi xayol ham o‘tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan. Shunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni. Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o‘zida sodir bo‘lishi kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu darajada bog‘langan bo‘ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning individual taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. Xayol obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga oshishi mumkin. Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, harakatdan o‘zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda yuzaga keladi. Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko‘ra oladi va o‘z hulq-atvorini boshqaradi, atrof-olamni ijodkorlik bilan o‘zgartiradi. Xayol – mehnat faoliyatida shakllangan psixik faollikning maxsus tarzda inson tomonidan ifodalanishi. Xayol voqelikni avvaldan aks ettirishni ta’minlaydi, bunda o‘tmishning kelajakdagi proeksiyasi hosil qilinadi. Xayol insonga vaziyatda yo‘l topishga va bevosita amaliy harakatlarning aralashuvisiz masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xayol obrazlari faqat insonda mavjud bo‘lgan real olam obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab chiqish yo‘li bilan yaratiladi. Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Inson biror harakatni amalga oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni qanday bajarishini tasavvur qiladi. SHunday qilib, u avvaldan keyinchalik sodir bo‘ladigan amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy jism obrazini yaratadi. Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini tadbiq etish bilan uzviy holda bog‘langan. Xayolning fiziologik asosi nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning emirilishi, qayta guruhlarga qo‘shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o‘tmish tajribada shakllanib bo‘lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg‘unliklarining hosil bo‘lishidan iborat. Bunda mavjud bo‘lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. YAngilikning yaratilishi avval bir-biri bilan uyg‘unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan hosil bo‘lgan uyg‘unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi – so‘z katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Barcha ko‘rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog‘langandir. So‘z xayol obrazlarining hosil bo‘lish manbai bo‘lib xizmat qiladi, ularning tarkib topish yo‘lini nazorat qiladi, ularni saqlab qolish, mustahkamlash, o‘zgartirish vositasi hisoblanadi. Xayol doimo voqelikdan chetga chiqishdir,lekin istalgan vaziyatda xayol manbai – ob’ektiv voqelik hisoblanadi. Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda kiritilgandir. Xayolning ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O‘z xayoli ko‘magida inson qisman bo‘lsada, ko‘pgina ehtiyojlarni qondirish, uning natijasida yuzaga kelgan zo‘riqishni kamaytirishga layoqatli bo‘ladi. Uchinchi vazifasi xayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, idrok, diqqat, xotira, nutq va hissiyotlarni ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. Obrazlar vositasida inson idrok, xotiralar, iboralarni boshqarish imkoniga ega bo‘ladi. To‘rtinchi vazifasi harakat ichki rejasining shakllanishi – obrazlardan foydalanib, ularni ongda bajarish layoqatidan iborat. Beshinchi vazifasi – bu faoliyatni rejalashtirish va dasturlash, bunday dasturlarni tuzish, ularning bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash. Xayol yordamida biz organizmning ko‘plab psixofizioligik holatlarini boshqarishimiz, kutilayotgan faoliyatga moyillashtirishimiz mumkin. Insonning irodaviy yo‘l bilan xayol vositasida organik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi, nafas olish maromi, tomir urish tezligi, qon bosimi, tana haroratini o‘zgartirishi mumkinligini isbotlovchi dalillar ma’lumdir. Ushbu dalillar autotrening asosida o‘z tasdig‘ini topgan turlari tasniflanishining bir necha xillari mavjud, ularning har biri asosida xayolning ahamiyatga molik belgilari: faollik, inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar yaratish mustaqilligiga egadir. Faollik belgisi bo‘yicha xayol faol va sust xayolga bo‘linadi. Faol xayol doimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq amaliy faoliyatni bajarish bilan bog‘liq. Faol xayol kelajakka qaratilgan bo‘lib, vaqtdan ma’lum daraja sifatida foydalanadi. U masala tomonidan uyg‘otiladi va yo‘naltiriladi, irodaviy sharoitlar bilan aniqlanadi va iroda nazoratiga bo‘ysunadi. Faol xayol o‘zida artistlik, ijodkorlik, tanqidiy, yaratuvchilik va antitsipiruyuщee xayol turlarini mujassamlashtiradi. Yaratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar) ga tayangan holda tasavvur qilish. Xayolning bu turi insonning turli xil faoliyatida, shu bilan birga, ta’limda ham keng qo‘llaniladi. Xuddi shunday, yaratuvchi xayol ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo‘yicha bajarishga yordam beradi. Ijodiy xayol – bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo‘lgan, faoliyatning aniq o‘ziga xos mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g‘oyalar yaratadi. Ijodiy xayol inson ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo‘lib hisoblanadi. Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi. Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi. Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladi. Bu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular – inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin. Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladi. SHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan hayotda yashash, demak. Bu eskapizm – voqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq. Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng foydalaniladi. Murakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik xayollarini yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim miyasida voqea yoki jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda amalga oshiradi. Buyuk A. Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradigan umumiy nisbiylik nazariyasini kashf etgan. 38- Mavzu: Informatsion-psixologik xurujlar. Milliy ma’naviyatimizning ildizlari uzoq o’tmishimizga borib taqaladi va u o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Yurtimizda stivilizatsiyalar ancha ilgari shakllangan, ya’ni Termizning 2500 yilligi, Qarshining 2700 yilligi va Samarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosda nishonlanganligi fikrimizning dalilidir. Qadimiy Xorazm yozuvi va boshqalar) shakllangan. Jahondagi eng muhim ilmiy yo’nalishlarning, texniktexnologik kashfiyotlarning ildizlari ham (irrigastiya, shishasozlik, magnitli qurilmalar, quyosh energiyasini jamlash, lupa va oynalar, bo`yoq tayyorlash va dori texnologiyasi, to’qimachilik dastgohlari va boshqalar) yurtimizda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosi bilan bog‘langandir. Chunonchi, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalarning ilmiy kashfiyotlarini ko’rsatish mumkin. Eng qadimiy diniy ta’limot tangrichilik, zardo’shtiylik g‘oyalari hamon xalqimiz qalbida yashamokda. Barcha mutafakkirlarimizning ijodida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish muhim o’rin egallab kelgan. Islom dinining ma’naviy-axloqiy jihatlari ham markaziy osiyolik olimlar tomonidan takomiliga etkazilgan. Abu Lays Samarqandiyning axloqiy o’gitlari, Imom al-Motrudiyning iroda erkinligiga asoslangan Kalom ta’limoti, Imom Buxoriyning va at-Termiziyning hadislari, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya»si, tasavvuf namoyandalari Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqalarning ta’limotlari tom ma’noda islom falsafasining mag‘zini tashkil etadi. Milliy ma’naviyatimiz ham mazmunan, ham shaklan boydir. Ammo uni kamsitishga, qadr-qimmatini erga urishga intilishlar mavjud. Bunday xattiharakatlar ichki va tashqi ma’naviy tahdidlar shaklida namoyon bo’lmokda. Ichki tahdidlarni takabburlik (manmanlik), noprofessionallik, ta’lim-tarbiyaga yuzaki yondashish, tarixiy qadriyatlarga e’tiborsizlik va milliy nigilizm tashkil etadi. Tashqi tahdidlar esa yo’naltirilgan mafkuraviy xurujlar tarzida bo’lib, turli shakl va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Avvalo tashqi tahdidlarg to’xtalib o’taylik. Hozirgi kunda O’zbekistonda millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlikni barbod qilish asosida mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga intiluvchi kuchlar mavjud. Bu kuchlar bir tomondan millatlararo nizo chiqarishni maqsad qilib olishgan. Buning uchun ular birinchi navbatda o’zbek va qoraqalpoq xalqi orasiga, o’zbek va tojik, o’zbek va qozoq, o’zbek va qirg‘iz o’rtasiga nizo solishga va bu millat vakillarini bir-biriga qarshi gij-gijlashga urinishadi. Bundan tashqari, turli viloyatlarda yashovchi kishilar orasida " nizolar uyg‘otishga, ayrim hududlarimizni (masalan, Farg‘ona vodiysi yoki Qoraqalpog‘istonni) O’zbekistondan ajratib tashlashga, hududimizda ilgari mavjud bo’lgan xonliklarda yashovchi kishilar orasiga nizo solishga, «Turkiy xalqlar birligi», «Islom diniga e’tiqod qiluvchilar birligi» shiorlari ostida mahalliy millatlarni mahalliy bo’lmagan millat vakillariga, musulmonlarni boshqa din vakillariga qarama-qarshi qo`yishga intilishmoqda. Mafkuraviy muxoliflarimiz mahalliy xalqning diniy e’tiqodini va tilini kamsitish asosida ularni G‘arbga yoki Sharqqa tobe qilishga urinishadi. Shu asosda bu xalqlar va dinlar orasiga nifoqsoluvchi, ularning tarixini ataylab buzib ko’rsatuvchi adabiyotlar nashr etilmokda. Masalan, tojikistonlik Rahim Masov tojik va o’zbek xalqlarining manfaatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo`yuvchi maqola va kitoblar yozgan. Markaziy Osiyo xalqlarini turkiylar va forsiylarga ajratib, ular orasiga nifoq solib, har ikkala tomon ustidan hukmronlik qilishga da’vat etuvchi rejani rossiyalik politolog Aleksandr Dugin o’zining «Geopolitika asoslari» («Osnovi geopolitiki») nomli asarida ro`y-rost ilgari suradi. Bunday xatti-harakatlar O’rta Osiyo respublikalari orasida vujudga kelgan suv mojarasida ham yaqqol sezilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 2009 yil 28 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo’lib o’tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvida so’zlagan nutqida «Bu borada «bo’lib tashla va hukmronlik qil!» degan prinsip - eskidan ma’lum bo’lgan savdo amalga oshgudek bo’lsa, biz kimlarningdir qo’lida arzimas tangaga aylanib qolishimiz mumkin», - deb juda to’g‘ri ta’kidladi. Shuningdek, xalqimizning tarixiy xotirasini buzishga intilish diniy qadriyatlarini oyoqosti qilish, ma’naviy merosini qadrsizlantirishga intilishlar ham ma’naviy taxdidlar jumlasiga kiradi. 2005 yili «Bi-Bi-Si» teleradiokompaniyasi islom tarixiga oid «Islom - e’tiqod saltanati» deb nomlangan hujjatli film yaratdi. Unda islom dini va falsafasi ravnaqiga beqiyos hissa qo’shgan va bizning yurtimizdan chiqqan olimu fuzalolar haqida lom-mim deyilmagan. O’nlik sanoq sistemasini, algebra fanini arab olimlari yaratgan, deyilgan-u, ammo al-Xorazmiy va al-Farg‘oniy nomlari tilga olinmagan. Go`yoki Islom tarixida Markaziy Osiyoning hech qanday o’rni yo’qday. Vaholanki, islom dini va ta’limoti taraqqiyotini Markaziy Osiyoda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosisiz tasavvur etish mumkin emas (kalom ta’limotida - Imom al-Motrudiy, Abu Lays Samarqanday; tasavvuf ta’limotida - Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband; hadisshunoslikda - Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy; fiqh ilmida - Burhoniddin Marg‘inoniy, Hakim Termiziy va boshqalar alohida mavqega egadir). Bir qator tahdidlar xalqimizning diniy qadriyatlariga, muqaddas Islom dinining qadr-qimmatini pasaytirishga yo’naltirilgandir. Keyingi paytlarda Markaziy Osiyo respublikalarida prozelitizm kasalligi, ya’ni mahalliy dindorlarning boshqa dinlarga o’tib ketish hodisasi paydo bo’ldi. Bu hodisaning ildizida bir tomondan aholining ayrim dindor qatlamlarida diniy e’tiqodning yuzakiligi, diniy bilimlarning sayozligi va iqtisodiy etishmovchiliklar sababchi bo’lsa, ikkinchi muhim omil bo’lib Respublikamizda har xil dinlarga mansub missionerlarning ochiq va yashirin faoliyatlari sabab bo’lib keladi. Bunday tahdidlarga zarba berish uchun ilm-ma’rifatni yanada yuksaltirish, raqiblarning asossiz da’volarini puchga chiqaruvchi asarlar yozish, xalqning diniy va dunyoviy ma’lumotini takomillashtirish zarur bo’ladi. Prezidentimiz, «G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» deganida aynan shu yo’lni nazarda tutgan. Xalqning ko’pchiligida diniy tasavvurlar sayozligidan foydalangan turli mafkuraviy markazlar Islom dinini bir yoqlama aqidalashtirishga yoki uni o’ta radikallashtirish maqsadida uni mutaassiblashtirib tasvirlovchi adabiyotlar tarqatishga zo’r berish-moqda. Bunday taxdidlardan himoyalanishda xalqning an’anaviy islomiy qadriyatlariga tayanib ish ko’rish maqsadga muvofikdir. Bunday qadriyatlar insoniy, ya’ni gumanistik mohiyatga ega bo’lib, xalq ongida asrlar davomida saqlanib kelmokda. Ular Islom dinini aqidalashish va radikallashishdan asraydi hamda insof va adolat, iymon va e’tiqod, nomus va oriyat, sharm va hayo, saxovat va muruvvat, sadoqat va diyonat, ilm va ma’rifat, soflik va to’g‘rilikmi qadrlash, halollikka intilish va haromdan jikanish kabi insoniy tuyg‘ulardan iborat bo’lib, bu tuyg‘ular inson kamolotida muhim o’rin egallab kelgan. Taxdidlarning yana bir- yo’nalishi xalqning tarixiy xotirasini buzishga qaratilgandir. Buning uchun ayrim mafkuraviy markazlar rus va o’zbek tillarida o’zbek xalqining kelib chiqish tarixini buzib ko’rsatuvchi kitob va darsliklar nashr etib, Respublikamizda arzon narxda yoki tekinga tarqatishga intilishadi. Mafkuraviy tahdidlarning bosh maqsadi mustaqil davlat fuqarolarini o’z qadriyatlaridan begonalashtirib, turli «yaltiroq» g‘ilofparga o’ralgan begona mafkuraviy ideallarni ularning qalbiga singdirishdan iboratdir. Bu hodisa axborot xavfsizligi bilan, axborot xurujlari bilan ham chambarchas bog‘langandir. Bu haqda mutuxassislar «axborot neokolonializmi» (D.Frolov), «informastion fashizm» (K. Byord), «axborot urushi» (G. Pochepstov) degan atamalarni ishlatishadi. Axborot xurujlari avj olayotgan globallashuv sharoitida o’zligimizni saqlab qolish, o’z qadriyatlarimizga sadoqatni tarbiyalash biroz mushkullashib boradi. Bu esa o’z navbatida bizning kddriyatlarimizdan begonalashuvimizga olib keladi. Bu ma’naviy taxdidning o’zidir. Bunday sharoitda sog‘lom ma’naviyatga ehtiyoj tug‘iladi. Prezidentimiz I.Karimov shunday sharoitni nazarda tutib, «...odam o’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o’tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimaqol»-deb yozadi. Ma’naviy tarbiyada unga qanday shaklda yondashishning ahamiyati juda katta. Masalan, o’qituvchining o’z o’quvchilarini boshqa tillarni o’rganishga rag‘batlantirish maqsadida «Siz ingliz yoki rus tilini puxta egallab olmasangiz - mahallangizdan (yoki qishlog‘ingizdan) chetga chiqa olmaysiz!» - degan da’vati ham mafkuraviy immunitetni «sindirishi (buzishi)» mumkin. Bunday gap, ya’ni uni eshitgan o’quvchida, «demak, mening ona tilim hech narsaga arzimas ekanda»,- degan nigilistik kayfiyatni uyg‘otadi. Ikkinchidan, tilga bunday munosabat, o’zbek tilining davlat tili sifatidagi qadrini erga urish shaklida namoyon bo’ladi. Shu o’qituvchining yuqoridagi sovuq gapi o’rniga «Sen ona tiling bilan bir qatorda rus, ingliz tillarini ham chuqur egallab olsang, yurtingning qadriyatlarini butun dunyoga yoyishing mumkin!» - degan da’vati esa uning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirgan bo’lar edi.