O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Ta’lim psixologiyasi fani bo’yicha 3-Amaliy ish Bajardi: 651_18-guruh Talabasi: Eshonqulova Zebiniso Tekshirdi: Yusupova Zamira Toshkent 2020 AMALIY ISH-3 1. Taʼlim jarayonida kuzatiladigan xolatlarni psixologik taxlil qilish. Oxirgi yillarda g’arb psixologlari nomotetik va idiografik yondoshgan holda shaxsni o’rganishda ishonchsizlik bo’lmoqda. Ko’rsatilishicha psixodiagnostikani tarixida ushbu yondoshishlarni integrasiyasini boshlanishi. (Olport qimmatbaho buyumlar va shaxsiy hujjatlar o’rganilishini yo’lga qo’ygan). Taxmin qilinishicha nomotetik va idiografik yondoshish integrasiyasi “dialogik model” degan nomlanish psixolog va tekshiriluvchining o’zaro ta’siridan yuzaga kelgan. Bu modelda psixolog “umumiy daraja eksperti” ko’rinishida, tekshiriluvchi esa “shaxsiy fikrlar va ahamiyatlar eksperti” ko’rinishida bo’ladi. Nomotetik yondoshishni mashhurligi shu bilan xulosa qilinadiki, hamma psixologik xususiyatlar hosil bo’lishini o’ziga xosligini isbotlovchi bir necha misollarni hech bir qiyinchiliksiz keltirishimiz mumkin. Introvertirlikni individda aniqlaganimizda bu xususiyat doimiy bo’lishiga va aniq bir sharoitlarga bog’liqmasligi haqida tez xulosa qilishimiz kerak emas. Inson ayrim hollarda va munosabatlarda introvert, boshqa hollarda esa ekstravert bo’lishi mumkin. Bundan kelib chiqishiga ko’ra individ aniq bir holatlarda qanday harakat qilganiga asoslangan holda, uning boshqa holatlarda qanday harakat qilishini aniq bilish mumkin emas. Idiografik yondashuvlar tarafdorlari alohida shaxsning psixik tashkillashtirishni qaytalanmasligini, “obyektiv” (miqdoriy) metodlardan uni o’rganilishidan xoli holda ekanligini ta’kidlashadi. Shaxsda ilmiy izlanish olib borish mumkin emas, chunki har bir uning yuzaga kelishi o’ziga xos umumiydan ajralgan chet el psixologiyasida nomotetik va idiografik qarshi turishlar dialektik bog’lanishlarni qarshi turishi natijasida kelib chiqadi. 2. Inson psixikasiga taʼsir qiluvchi omillar. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta, umumiy jarayonni - ulgʼayib borayottan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday boʼlsa-da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri oʼz predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini oʼrganadi. 8 Ontogenez ~ (yunoncha,. optos-mavjud, jon, zot; genezis- kelib chiish, paydo boʼlish) - individning paydo boʼlishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yoshning ulgʼayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yoʼlining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. 3. Guruhlarda liderlik va rahbarlik. Liderlarning turlari. Boshqaruv jarayoni maqsadga erishish yoʼlida odatda koʼpgina qiyinchiliklar, toʼsiqlar, muammolarga duch kelish mumkin. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etgandagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Menejerlar boshqaruv pogʼonasiga binoan uch toifaga boʼlinadi: - Yuqori pogʼona menejerlari. - Oʼrta pogʼona menejerlari. - Quyi pogʼona menejerlari. Xodimlar orasidagi, bajaruvchilar va maʼmuriyat orasidagi munosabat chiziqli koʼrinishda boʼlib (ierarxik, vertikal), unda har bir quyidagi xodim, faqat oʼzidan yuqoridagi oʼzining boshligʼiga boʼysunadi; va funktsional koʼrinishda (gorizonta l) boʼlib, u xizmat turlariga - terapiya, jarrohlik, tashhislash va boshqalarga boʼlinadi. Rivojlangan mamlakatlarda Yaponiya, АQShda markazlashmagan boshqaruv tizimi keng taraqqiy topgan boʼlib, bunda boshqaruvning tarkibi asosan 4 qismdan tashkil topgan: Oliy rahbariyat (strategik bosqich) - bunga bosh vrach va moliya - iqtisodiyoti xodimlari, tashkiliy - uslubiy va statistika boʼlimlari kiradi. Ular qaror qabul qilishga maʼsul shaxslar hisoblanadi. Oʼrta bosqichdagi rahbarlar (taktik bosqich) - bosh vrachning tibbiy yordam turlari boʼyicha oʼrinbosarlari va bosh hamshira; quyi bosqichidagi rahbarlar (operativ bosqich) - boʼlim mudirlari, boʼlimning katta hamshiralari. Rahbarlarning eng quyi bosqichini bajaruvchilar vrachlar, hamshiralar va h.k tashkil eta di.Yaponiyada boshqaruv tizimi markazlashmagan unda har - bir xizmatchi oʼz - oʼzini nazorat qiladi, u nafaqat bajaruvchi balki maʼlum darajada subʼekt hisoblanadi. Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlashni isloh qilishning asosiy vazifalaridan biri sogʼliqni saqlash muassasalarini davlat monopoliyasidan chiqarish, markazlashmagan boshqaruv tizimini tashkil etish va demokratiyalashtirish hisoblanadi. Bundan tashqari Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash tizimiga malakali, maxsus tayyorgarlikdan oʼtgan, yuqori maʼdaniyatli, oliy fazilatli rahbar xodimlarni-menejerlarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi. Rahbar madaniyati deganda rahbar odobi va iqtidori oʼrtasidagi dialektik bogʼlanish tushuniladi. Bu bogʼlanish quyidagi fazilatlar majmuida oʼz aksini topadi: Rahbar madaniyati= odob+iymon+insof+adolat+iqtidor. Odob— aqlning suyanchigʼi, barcha fazilatlarning mezoni. Bexudaga xalqimizda "Аql bilan odob — egizak" deyishmaydi. Odob— yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi oʼz jonini yomon hislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi. Iymon uch narsaning butunligidan hosil boʼladi, eʼtikod, iqror va amal. Eʼtiqod — bu ishonch. Iqror — soʼzda buni tan olish. Аmal — yaxshi ishlar bilan uni isbotlash. Insof — har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishilar oldida oʼz hatgi-harakati bilan maʼnaviy masʼuliyatini his etishining ifodasidir. Insof bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuygʼusi va qobiliyati, ishda kishilarga munosabatda halollik bilan yondoshish. Аdolat - bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Аdolatparvar rahbarning ahloqiy hislatlari bemalol qonun oʼrnini bosa oladi. Аdolatli jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik ishiga ragʼbati kuchli boʼladi. Iqtidorli - deganda biror soha boʼyicha layoqatini ongli ravishda namoyon qilish uchun qatьiyat koʼrsata oladigan kishilar tus huniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga — maqsadiga yotadi. 4. Boshqaruv uslublarining psixologik tahlili. Psixologiya faniga “boshqaruv” tushunchasi davlat, jamiyat, jamoat, ishlab chiqarish va tеxnikani boshqarish tizimidan, ya'ni kibеrnеtikadan kirib kеlgan bo`lib u hozirgi davrda insonning xulqi, xususiyatlari, ruhiy holatlari bilishning jarayonlari, ommaviy, jamoaviy va ruhiy harakatlarni boshqarish ma'nosini bildiradi. U hozirgi davrga kеlib: “inson-inson”, “inson-jamoa”, “jamoa-inson”, “jamoa-jamoa” munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tеkshirishni taqozo qiluvchi istiqbolli, mustaqil, maxsus sohalarga o`z prеdmеti ko`lamini yanada kеngaytiradi. Natijada boshqaruv yangi qonuniyatlari, mеxanizmlari, omillari, ijtimoiy manbalari. shaxslararo munosabat uslublari, yakka shaxsning ijtimoiylashuvi xossalari, boshqaruvchi shaxs va tobе kishilar yoki hodimlar o`zaro muomalasining maromi, tеkshirishning o`ziga xosligi, uslubiyatning takomillashuvi, nizoli va ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqilona yеchimini topish, mazkur jarayonda iliq, psixologik muhitning roli, uning obyеktiv va subyеktiv ahamiyati, mahsulot samaradorligini oshirishning imkoniyatlariga doir empirik va nazariymеtodologik matеriallar to`plashning qulay shart-sharoiti yuzaga kеladi. Shuni alohida ta'kidlab o`tish joizki, boshqaruv psixologiyasi xo`jalikni yoki muassasani boshqaruvning ijtimoiy-tarixiy tamoyillariga va qonuniyatlariga asoslanadi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Dеmokratik dеsеntralizm (mahalliy boshqaruv ustuvorligi); bеvosita 2. Boshqaruvda yakkaboshchilik; 3. Siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy rahbarlikda (ma'muriyatda) xo`jalik yuritishning birligi; 4. Xo`jalik hisobining oqilligi; 5. Boshqaruvning rеjaliligi; 6. Ommaning boshqaruv jarayonida faol qatnashuvi; 7. Hamkorlik faoliyatining ishtirokchilarini ma'naviy va moddiy jihatdan rag`batlantirish; 8. Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joylashtirish jarayonida psixodiagnostika tizimiga asoslanish. 5. Faoliyatga motivatsiya berish natijalari. Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy obʼektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrogʼimiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shugʼullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hakozo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda oʼrnashib qolganligiga eʼtibor bermasdan yuqorida sanab oʼtgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar boʼlib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ruyobga chiqadi. Аmerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan: А. Kognitiv komponent - ustanovka obʼektiga aloqador bilimlar, gʼoyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui; B. Аffektiv komponent - ustnovka obʼektiga nisbatan subʼekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar); V. Harakat komponenti - subʼektning obʼektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin boʼlgan harakatlari majmui (xulqda namoyon boʼlish).Bu uch xil komponentlar oʼzaro bir-birlari bilan bogʼliq boʼlib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq boʼlishi mumkin.