Uploaded by shahzod5341

Mavzular (1)

advertisement
1. Xalqaro valyutaning mohiyatini izohlovchi asosiy tushunchalardan «klaster»
tuzing.
2. O’zbekistonning xalqaro valyuta munosabatlaridagi ishtirokini ifodalovchi
ko’rsatkichlarni baholang.
3. Jahon iqtisodiyotining o’sish sur’atlarini o’rganing. (Xalqaro valyuta fondi
va Jahon banki ma’lumotlari asosisda).
4. Globallashuv jarayoni mohiyatini izohlovchi asosiy tushunchalardan
«klaster» tuzing.
5. Jahon iqtisodiyoti globallashuviga xos bo’lgan tendentsiyalarni o’rganing.
6. Valyuta kursiga qanday asosiy omillar ta’sir etadi.
7. Market-meykerlar qanday faoliyat bilan shug’ullanadi.
8. Jahon valyuta tizimiga oid asosiy tushunchalardan “klaster” tuzing.
9. Milliy valyuta tizimi doirasidagi operatsiyalarning mohiyatini o’rganing.
10. Milliy valyuta so’mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan kursining
o’zgarishini tahlil eting.
11. TMKlarning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o’rnini
tavsiflovchi ma’lumotlarni o’rganing.
12. YuNKTADning TMKlar faoliyatiga oid hisobotlarini o’rganing.
13. TMKlarning investitsion faoliyatiga oid jahon statistika ma’lumotlarini
tahlil eting.
14. Mamlakatning jahon bozorida mustahkam o’rin egallashiga va yuqori
raqobatbardoshlik darajasiga erishishni ta’minlash
15. Коrxonalar o’rtasida o’zaro aksiyadorlik munosabatlarining rivojlanishi
16. Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimining shakllanishi va rivojlanishi
17. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga tegishli asosiy terminlardan “klaster”
tuzing.
18. Jahon iqtisodiyotidagi rivojlangan iqtisodiy integratsion hududlarga tegishli
moliyaviy ko’rsatkichlarni o’rganing.
19. Xalqaro integratsion hududlarning jahon iqtisodiyoti rivojidagi o’rnini
tavsiflovchi ko’rsatkichlarni tahlil eting.
20. XVFga a’zo mamlakatlarning fonddagi kvota miqdorini va ovoz berish
huquqini tahlil eting.
21. XVF Kelishuvlar moddalarini tarkibiy jihatdan o’rganing.
22. Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlarning moliyaviy operatsiyalari
rivojlanishini tahlil eting.
23. Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatiga oid yillik moliyaviy hisobotlarni
o’rganing. (Yillik hisobotlar mazkur tashkilotlarning rasmiy saytida mavjud).
24. TTXIlarni jalb etish borasida rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini
o’rganing va esse tayyorlang.
25. TTXIlarni boshqarish bo’yicha xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatini tahlil
eting.
26. “World investment Report” (UNCTAD (BMTning savdo va rivojlanish
bo’yicha konferentsiyasi)ning hisoboti) asosida jahonda to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalar harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib,
zamonaviy tendentsiyalarga baho bering.
27. Merkantilistlarning iqtisodiy qarashlari bo’yicha Devid Yumning xalqaro
savdo va metal pullar harakati nazariyasini mamlakkat to’lov balansiga
bog’lagan holda o’rganing.
28. To’lov balansining qoldig’ini o’lchash kontseptsiyalarini rivojlanish
jarayonini o’rganing, ularni o’zaro solishtiring va hozirgi kunda mamlakat
to’lov balansini tuzish va uni elon qilish shartlari bo’yicha xulosa yasang.
29. Moliyaviy derivativlarda qo’llaniladigan kurslarni hisoblash formulalarini
topib, o’zaro qiyoslang va umumiy qonuniyatlarni aniqlang?
30. Moliyaviy derivativlarning umumiylikdan xususiylikka tomon yo’nalish
bo’yicha klasterini tuzing?
31. Moliyaviy derivativlarning foydalanish maqsadlarini baliq skletiga
o’xshatib tasvirlang.
32. Djon K. Xallning “Optsioni, fyuchersi i drugie proizvodnie finansovie
instrumenti” (8-e izdanie /Options, Futures, and Other Derivatives, 8th Edition./
- M.:«Vilyams», 2013. – 1072s.) kitobidan moliyaviy derivativlarni baholash
usullarini chuqur tahlil qiling va derivativlarga xos grafiklarni tasvirlang.
33. Moliyaviy derivativlaring har bir turi bo’yicha shartnoma yoki qimmatli
qog’oz shakllari o’z bilimingiz asosida tuzing va belgilangan standart shakllar
bilan ularni taqqoslang.
34. Yevrobozorlar va ularga xos xususiyatlar.
35. Yevrokredit bozori.
36. Yevrovalutadagi qimmatli qog‘ozlar bozori.
37. Xalqaro qarzdorlik muammosini tartibga soluvchi tashkilotlar bo’yicha
klaster tuzing va ularning faoliyatiga doir qisqacha (ko’pi bilan 1 varoqlik, yillik
faoliyat natijalarini ham ko’rsatgan holda) ma’lumotnomani tarqatma material
ko’rinishida tayyorlang.
38. Xalqaro kredit munosabatlarini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga
solish amaldagi holatini va ularning o’zaro nisbati qanday bo’lishi kerakligi
to’g’risida mutaxassislar fikrini oldindan belgilangan shakldagi so’rovnoma
orqali o’rganing
39. Rivojlanayotgan mamlakatlarni xalqaro kreditlash va moliyaviy resurslar
bilan ta’minlash holatini o’rganing va uning milliy iqtisodiyotda havfsizlik
darajasi bo’yicha ko’rsatkichlarini tizimlashtiring hamda bu to’g’risida
mutaxassislar fikrini oldindan belgilangan shakldagi so’rovnoma orqali tahlil
qiling
40. Mamlakatimizda chet el investitsiyalarini tartibga solishning qonuniyhuquqiy me’yorlari va ularga berilgan turli imtiyozlar bilan “Mamlakatimizda
xorijiy investitsiyalarni jalb etish shart-sharotilari” nomli baliq skletini tuzing.
41.Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish asoslari va tartibi
42.Xalqaro hisob-kitob shakllari va uning turkumlanishi.
43.Elektron to‘lov tizimi, pul o‘tkazmalari va ularni amalga oshirish texnikasi.
Inkasso va uning turlari.
44.Akkreditiv va uning turlari. Akkreditiv hisob-kitob shaklida hujjatlar
aylanishi, afzalliklari va kamchiliklari.
45.O’zbekistonning tashqi savdo hajmi o’zgarishini tahlil eting.
46.O’zbekistonning xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari bilan o’zaro
hamkorlikdagi loyihalarini o’rganing.
47.O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy
hujjatlarni o’rganing.
48.O’zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o’rtasidagi loyihalarga oid statistik
ma’lumotlarni tahlil eting. (Asian Development Bank & Uzbekistan Fact Sheet)
ma’lumotlari asosida.
49. Jahon, milliy va xalqaro moliya bozorini o’zaro bog’liqligini va ushbu
jarayonda xalqaro moliya bozorini tutgan o’rnini chizma ko’rinishida tasvirlang.
Bunda mamlakatning ichki va tashqi operatsiyalari ham ishtirok etsin.
50. Milliy moliya bozorini xalqaro moliya bozori operatsiyalariga ishtirokini
aniqlovchi omillarni quyidagi jadval bo’yicha tasniflang.
Makroiqtisodiy omillar Geosiyosiy omillar
Milliy iqtisodiyot bo’yicha Mamlakatning jahon iqtisodiyotidagi o’rni bo’yicha
(masalan, milliy moliya tizimining rivojlanish darajasi va h.k.) (masalan, to’lov
balansi holati ko’rsatkichlari va h.k.) (masalan, jahon moliya tizimiga
integratsiya darajasi, geografik joylashuv va h.k.)
51. Xalqaro moliya bozori ishtirokchilarini quyidagi xususiyatlar bo’yicha
klaster ko’rinishida tasniflang:
- sub’ektlarning xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarga ishtiroki;
- ushbu bozorga ishtirok etishdan maqsadi va manfaati;
- xalqaro moliya bozoridagi investorlarning turlari.
52. G-20 faoliyati-2022/2023 yillar kesimida
53. G-7 faoliyati-2022/2023 yillar kesimida
Download