Mavzu: AMALIY MASHG’ULOT 2-3 (Getter, Setter, Konstruktorlar) 1. Shifoxona nomli sinf e’lon qiling. Uning tarkibida uchta xossa(private), uchta getter va bitta setter metodlar bo’lsin. 2. Shifoxona nomli sinf e’lon qiling. Uning tarkibida uchta xossa(private), uchta getter va bitta parametrli konstruktor bo’lsin. 3. Shifoxona nomli sinf e’lon qiling. Uning tarkibida uchta xossa(private), uchta getter va bitta parametrli, bitta parametrsiz konstruktor va ikkita obyekt bo’lsin. 4. Viloyat nomli sinf e’lon qiling. Tarkibida ikkita metod, to’rtta xossa, ikkita konstruktor, ikkita obyekt bo’lsin. 5. Shifoxona nomli sinf e’lon qiling. Tarkibida ikkita metod, uchta xossa, ikkita konstruktor bo’lsin. 6. Fakultet nomli sinf yarating. Uning tarkibida public, protected, private bo’lgan xossalar e’lon qiling. Setter va getter metodlardan foydalaning. 7. Inson nomli sinf hosil qiling, insonning ismi, tug’ilgan yili, oyi,kuni kabi xossalari berilgan. Insonning shu kungacha qancha kun yashaganini hisoblang. ( Izoh: Dastur tarkibida xossalar private bo’lsin. Parametrli konstruktordan foydalaning ) 8. Human nomli sinf hosil qiling. Xodimning ismi, maoshi, manzili kabi xossalari berilgan.12% foiz daromat solig’ini undirilgandan so’ng sof oylik daromadni va bir yillik sof daromadni hisoblang. ( Izoh: Dastur tarkibida xossalar private bo’lsin. Bir oylik va bir yillik daromadni hisoblashda getter metoddan foydalaning. Dastur tarkibida ikkita obyekt va ular uchun ikki xil konstruktordan foydalaning ) 9. Uchburchak nomli sinf yarating. Uchburchakning nomi, tomonlari kabi xossalari bo’lsin. Uchburchakning yuzini hisoblang. ( Izoh: Dastur tarkibida getter va setterlardan foydalaning, uchburchak mavjud deb faraz qiling) 10. Aylana va doira nomli sinflar yarating. Radius(private ) nomli xossasi bo’lsin, Doirani yuzini va aylananing uzunligini hisoblovchi metod yarating. Izoh: Dastur tarkibida har bir sinfda bittadan obyekt, konstruktor va getterlardan foydalaning. 11.Aylana va doira nomli sinflar yarating. Radius(private ) nomli xossasi bo’lsin, Doirani yuzini va aylananing uzunligini hisoblovchi metod yarating. Izoh: Dastur tarkibida har bir sinfda bittadan obyekt, setter va getterlardan foydalaning. 12. Telefon nomli sinf e’lon qiling, uning tarkibida to’rtta xossa(private) va uch xil konstruktordan foydalaning. 13.Telefon nomli sinf e’lon qiling, uning tarkibida to’rtta xossa(private) va getter va setterlardan foydalaning. 14.Maktab nomli sinf e’lon qiling, uning tarkibida to’rtta xossa va uch xil konstruktordan foydalaning. 15.Inson nomli sinf yarating, uning ismi, manzili, tug’ilgan yil, oy, kun kabi xossalari berilgan. Uning tarkibida qaysi faslda tug’ilganligini aniqlovchi getter metod, ikkita obyekt va ikki xil konstruktordan foydalaning. 16.Universitet nomli sinf e’lon qiling. Uning a’zolarini xususiy a’zo sifatida e’lon qiling. Dastur tarkibida 3 ta obyekt yarating va bu obyektlarning ma’lumotlarini chop eting. 17.Sonlar nomli sinf e’lon qiling. Sinfning tarkibida A, B(private) xossalari bo’lsin. Dastur tarkibida bu sonlarning yig’indisi, ko’paytmasi, bo’linmasi, ayirmasini hisoblovchi getter metod bo’lsin. Konstruktorlardan foydalaning. 18.Sonlar nomli sinf e’lon qiling. Sinfning tarkibida A, B(private) xossalari bo’lsin. Dastur tarkibida bu sonlarning yig’indisi, ko’paytmasi, bo’linmasi, ayirmasini hisoblovchi getter metod bo’lsin. Setterlardan foydalaning. 19.Sonlar somli sinf e’lon qiling. Uning tarkibida a,b,c xossalar(private) bo’lsin. Uchta sondan eng kattasini va eng kichiga getter funksiya yordamida aniqlang. 20.Sonlar somli sinf e’lon qiling. Uning tarkibida a,b,c xossalar(private) bo’lsin. Dastur tarkibida parametrli konstruktor va bu sonlarning o’rtachasini hisoblovchi metod bo’lsin.