O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ______________________________________ UNIVERSITETI _______________________ _________________________ ______________fakulteti _____________ kafedrasi Ro’yxatga olindi №__________ Ro’yxatga olindi №__________ “_____” ____________20 y. “_____” ____________20 y. “___________________________ “ KAFEDRASI “_____________________________ “ FANIDAN KURS ISHI Mavzu:____________________________________________________________ Bajardi:_________________________________ ________________ fakulteti, guruh talabasi Tekshirdi ; Kurs ishi taqrizga Topshirilgan sana “____” _____20 y. Kurs ishi himoya Qilingan sana “___” ______20 y. Baxo “___”_______ Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “___” ______20 y. ___________ (imzo) ___________ (imzo) ___________ (imzo) ______________ - 20 1 Komissiya a’zolari; _____________________ _____________________ MAVZU: O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI. REJA: KIRISH I – BOB. TASHQI IQTISODIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISHNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA TA’SIRI II – 1.1. Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning tutgan o‘rni 1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar BOB. O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI 2.1. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi 2.2. O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi 2.3. O‘zbekistonning rivojlangan Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 2 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Globallashuv jarayonining hozirgi bosqichidagi muhim yo’nalishlardan biri – O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish hamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonlarini kuchaytirish hisoblanadi. Bu borada mamlakatimizning ko’plab mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishi, jahondagi turli iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning teng huquqli a’zosiga aylanishi e’tiborga molikdir. Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohalaridan biri bo’lib, turli mamlakatlar bilan ilmiytexnik, madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish ular o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi vositadir. Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o’rin egallash, eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi davrda mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy strategiyasi import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan birga eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va o’zining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirishdan iborat. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”1 alohida ustuvor vazifalar sifatida belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali bajaralishi mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhitining yanada yaxshilanishini, korxonalar ishlab chiqarishiga xorijdan Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. ПФ-4947-сон, 2017 йил 7 феврал. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 й., 6-сон, 70-модда 1 3 zamonaviy texnikatexnologiyalarni jalb etishni faollashtirishni taqozo etadi, bu esa o’z navbatida mahsulotlar eksportini ko’payishiga, umuman olganda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faol tarzda amaliyotga joriy etishga bo’lgan talabni kuchaytiradi. O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvida uning hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo’yicha qiyosiy ustunligi, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko’p jihatdan bog’liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo’yicha qizg’in munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik, mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olish muhim o’rin tutadi. Chunki, xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi xalqaro moliyaviy munosabatlar ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash har bir mustaqil davlat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligi uning milliy iqtisodiyotning aholi uchun normal hayot kechirish sharoitlarini, uni barqaror tarzda resurslar bilan ta’minlash, milliy davlat manfaatlarini ro‘yobga chiqara olishga qodirligi bilan ham belgilanadi. Ayniqsa, yesh mustaqil davlatlar iqtisodiyotining biryoqlamaligi va qaramligi, aholining past turmush darajasi o‘zida ijtimoiy tahdidni ifodalab, xavfsizlikni saqlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Milliy iqtisodiyotning turli ichki va tashqi tahdidlarga bardoshliligi hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, uning jahon iqtisodiy tizimida raqobatbardoshligini oshirishga oid masalalarni tahlil qilish mazkur o‘quv qo‘llanmaning maqsadi hisoblanadi. Bozor iqgisodiyotiga o‘tish davrida milliy iqtisodiyotga, korxona (firma) va alohida shaxsga nisbatan xavf tug‘dirayotgan taxdidlarni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-iqtmsodiy jarayonlarning barchasi o‘quv qo‘llanmada bayon qilikgan masalalarning ob’ekti hisoblanadi. Zero, bugungi rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir fuqaro, shaxs iqgisodiy hayotda sodir bo‘layotgan jarayonlarning o‘zi, oilasi va mamlakat 4 uchun qay darajada ta’sir etishi haqida mustaqil fikrlash, iqgisodiy tahdidlarni aniqlash hamda xavfsizlikni mikro va makro darajada ta’minlashda yuzaga keladigan muammolar yechimini izlab togshsh yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishi lozim. Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir paytda vujudga keladi. Chunki shu vaqtdan boshlab barqarorlik, rivojlanish bilan bir qatorda, xavfxatar, turli-tuman tahdidlar ham paydo bo‘lib, ularni hisobga olish, ularga asoslanib, davlat strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish mamlakat xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Darhaqiqat, “xavfsizlik" tushunchasi Rober ma’ lumotnomasiga ko‘ra 1190 yilda paydo bo‘ldi2. Bu tushuncha o‘zini har qanday xavf-xatardan himoyalangan deb hisoblovchi inson ruhining xotirjam holatini ifodalagan3. Ushbu ma’noda mazkur termin G‘arbiy Yevropa halslari leksikonida XVII asrgacha qo‘llangan. Tarixning keyingi davrlarida davlat tuzilmalarining shakllanishi bilan bog‘liq ravishda “xavfsizlik" tushunchasi moddiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda davlat kurilishi, boshqarish organlari tendensiyalariga mos keladigan real xavf-xatar (jismoniy va ma’naviy)ning yo‘qligi natijasida vujudga keladigan tinchlik holati ma’nosini anglatgan.4 Kurs ishining ob’ekti va predmeti: O‘zbekistonning dunyoning rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi, kurs ishining predmeti sifatida esa O‘zbekistonning dunyoning rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligidagi yutuq va muammolar o‘rganiladi. Kurs ishining maqsadi va vazifalari: O‘zbekistonning dunyoning rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligini ilmiy tahlil qilish hisoblanadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: Михайлушкин А.И ., Шимко.Д. Международная экономика: теория и практика: У чебник для вузов. — СПб.: П итер, 2018. 464 с. 3 Основм экономической беаопасности. — М., 1996. -С.З 4 Экономическая безопасность хозяйственньгх систем. Учебник. - М.: Изд-во РАГС, 2001. -С.8 2 5 Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning tutgan o‘rni nazariy jihatdan asoslash Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlarini muhokama qilish O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasini ilmiy o‘rganish O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini tahlil qilish O‘zbekistonning rivojlangan Osiyo hamkorligini tahlil qilish Kurs ishining hajmi va tuzilishi. 6 mamlakatlari bilan iqtisodiy I – BOB. MILLIY IQTISODIYOTNING AHAMIYATI VA UNGA BO‘LADIGAN TAHDIDLAR 1.1. Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning tutgan o‘rni va uning manfaatlariga tahdidlar Zamonaviy jahon iqgisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy iqtisodiyotlar o‘rtasida barqaror, har tomonlama o‘zaro alokadorlikning shakllanishi oqibatida xo‘jalik haetining xalqaro miqyosda internatsionallashuvini ifodalaydi. Buning oqibatida iqgisodiy makon vujudga kelmoqsa. Ushbu makonda xalqaro tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablaglar, kapital, ishchi kuchi bozorlari vujudga kelib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik hamda bog‘liqlik kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, madaniy tizimlar jadal ravishda rivojlanmoqda. Milliy iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimotiga ko‘ra, ixtisoslashuvi, o‘zining foydali qazilma boyliklari, geografik joylashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro savdo, xalqaro iqgisodiy faoliyatining faolligiga muvofiq jahon iqgisodiy tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Jahon iqgisodiyotita integratsiyalashish uchun milliy iqtisodiyot xalqaro hamkorlikka ochiq bo‘lishi, ya’ni ochiq iqtisodiyot tavsifiga ega bo‘lishi lozim. Ochiq iqtisadiyotning xususiyatlari va potensial imkoniyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin: - o‘tish davrshsh o‘e boshidan kechirayotgan mamlakatda bozor mexanizmi va unsurlari raqobat muhiti shakllanishining jadallashuvi; - jahon xo‘jaligi bilan o‘zaro aloqada milliy iqtisodiyot an’anaviy tovar ayirboshlashdan tashqari, kapitalni netga chiqarish va chetdan kiritish, ilmiytexnikaning kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabi shakllarda integrallashadi; - xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirishga asoslangan holda ichki ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan milliy daromadning o‘sishi; - xalqaro ayirboshlashning mutanosib iqtisodiy o‘sish omili sifatidagi rolining ko‘payishi; 7 - xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirish hisobiga ichki ishlab chiqarish ko‘lamiga nisbatan milliy daromadning ko‘proq o‘sishi O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish yo‘li bilan ochiq turdaga bozor iqgisodiyotini vujudga keltirmoqda. Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirish istiqbollari ustun darajada uning jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog‘liqsir. Ushbu maqsadni amalga oshiriil uchun Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan respublikamiz tashqi iqtisodiy siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanishi belgilab berilgan5: - mafkuraviy kurashlardan qat’i nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik; - teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; - o‘zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligida o‘aaro manfaatlarki har tomonlama hisobga olish; - to‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tashqi aloqalar o‘rnatish hamda ularni rivojlantirish; - umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va xalqaro tartiblarga izchillik bilan o‘tish. Prezidentimiz tomonidan tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavkeini mustahkamlash, uning to‘lov belansini kuchaytirish va xorijiy investitsiya uchun qulay muhitni vujudga keltirishga qaratilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan Iqgisodiyotning ochiqligini ta’minlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlaiggirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi oqibatida mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kela boshladi, qo‘shma korxonalar ko‘paya bordi, ichki bozor tovarlar bilan to‘la boshladi. 5 www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi sayti. 8 Ammo, shu bilan birga, buning mamlakat manfaatlariga zid tomoni ham ko‘zga tashlana boshladi. Bunday holat quyidagilarda namoyon bo‘ldi: - respublikaning ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lishiga cheklovlarning mavjudligi; - mamlakatga ma’naviy va moddiy eskirgan texnika hamda texnologiyalarni olib kirishga urinish; - milliy raqobatbardosh mahsulotlarni xorijiy bozorlarga chiqarishga to‘sqinlik qilish, ilgari o‘zlashtirilgan bozorlardan siqib chiqarishga urinish; - milliy boylikning bir qismini xorijiy kapital tomonidan qo‘lga kiritishga intilish; - muhim xom ashyo tovarlari va kapitalni chetga chiqarish ustidan nazorat qilish mexanizmining yetarli darajada shakllanmagailigi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilishi sharoitida xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini nazorat qilish mexanizmish1ng takomillashmaganligi tufayli, bu sohada jinoky guruhlar, korrupsiya, xufyona iqtisadiyot, narkobiznes, iqgisodiy qaroqchilik ham jonlana boshladi. Shuningdek, ayrim holatlarda jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyalashuv maqsadlari bilan milliy ishlab chikaruvchilar manfaatlari o‘rtasida eiddiyat vujudga kelganligi tufayli, asosiy energiya va xom ashyo mahsulotlarining jahon hamda ichki narxlari o‘rtasida nomutanosibliklar vujudga keldi. O‘tish iqgisodiyotiga ega mampakatlarda iqtisodiyotni tezda ochiq qilib qo‘yish, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadal erkinlashtirish mamlakat ikgisodiy xavfsizlitga tahdidlarning kuchayishiga olib keldi. Bu holat esa milliy ishlab chiqarunchilar faollitening cheklab qo‘yilishi, moliyaviy pul tizimining normal faoliyatiga xavf tutalishi, importga, xalqaro iqgisodiy tashkilotlarga o‘ta qaram bo‘lib qolishga olib kelishi mumkin. Shu boisdan, ochiq iqtisodiyotni shakllantirshn va tashqi iqtisodiy foaliyatni erkinlashtirish jarayoni informatsion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. 9 Mamlakat iqgisodiy xavfsizligi, manfaatlariga tahdidlardan himoyalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim6: - taklif etilayotgan investitsion loyiha va xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan yirik bitimlar, iqtisodiy xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, dastlabki mustaqil ekspertizadan o‘tkazish; - xorijiy kapital uchun ustuvor soha va tarmoqlar bilan bir qatorda, ularning kiritilishi man qilinadigan soha va tarmoqlar ham qonuniy asosda belgilab qo‘yilishi kerak; - xorijiy investorlar tomonidan ayrim sohalarda aksiyalarni xarid qilish jarayonlarini qat’iylashtirish; - xorijiy investorlarning strategik tarmoqparda milliy boyliklarimizning katta kismini qulga kiritishlariga yo‘l qo‘ymaslik; - mamlakat bank tizimining ishonchini himoyalash; — tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlaridagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish, ularni o‘qitish va qayta tayyorlash; - ichki bozorni, milliy ishlab chikaruvchilarni tashqi rakobatchilar tajovuzidan himoya qilish; - tashqi iqgisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish; - tashqi bozorlarda milliy eksportchilar va ishlab chiqaruvchilarimiening diskreminatsiya qilinmasligi, kamsitilshpidan himoya qilish; - tashqi iqtisodii faoliyat sohasidagi nieo va kelishmovchiliklarki »so‘p tomonlama tartibga solish mexa nizmlari teng huqukli shartnomalar tuzish orqali hal qlpinishiga intilish lozim bo‘ladi. Bunda asosiy e’tibor mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilari va fukarslarimizning manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi; - chet ellardagi respublika mulkini himoya qilish; - tashqi iqtisodiy faolint tashqi savdodan yuqori foyda, iqtisodiy samara olishga intilish bilan bir vaqgda, mamlakatning jahon iqtisodiyoti tizimida o‘zsha Xodiyev B.Y.,Shodmonov Sh.Sh. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Darslk.- Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2017.-783b. Toshkent. “Barkamol fayz media” 6 10 mos nufuzli o‘rinni egallashiga intilishi kabilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va unint xavfsizligini ta’minlashda davlat markaziy o‘rin egallaydi. Bu boradagi davlatning vazifalari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: - davlatni mikro va makro darajada iqgisodiy tartiblash ko‘lamlarini o‘z ichiga oladigan tik xamda strategik qarorlarni asoslash, qabul qilish uchun dastaklar bilan ta’minlash; - iqtisodiy va ma’muriy dastak, vosita hamda usullar yordamida iqtisodiy strategiya va joriy dastlelarni amalga oshirish, erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash, mavjud sharoitlarga mos ravishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga tuzatishlar kiritish; - boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalar tizimida ximoyalanishni rag‘batlantirish rejimlarini ko‘zda tutadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlarni hayotga tatbiq etish orqali mamlakattyut iqtisodiy suverenitetini huquqiy va siyosiy jihatdan himoyalashni ta’minlash; - iqtisodiyotda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni tezlikda hal qilish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda mansabdor shaxslarning huquqlari, vazifalari mas’uliyatini oqilona taqsimlash va ularning o‘zaro bir o‘lchamdagi faoliyatini uyg‘unlashtirish. Mamlakat xavfsizligini ta’minlashni boshqarish tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - tashkiliy tuzilmalar; - kommunikatsiya va o‘zaro aloqalar tizimi; - axborotlar; - har tomonlama tayyorlangan kadrlar. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv ishlari ikki, o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda olib boriladi: 11 - iqtisodiy huquqbuzarliklarning manbalari va ularning sub’ektlariga qarshi kurashish; - barcha qonun, me’yoriy hujjatlar hamda bonlfruv qarorlarini iqtisodiy xavfsielikni mustahkamlash talablariga mosligini aniqlash uchun ekspertizadan o‘tkazish. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning bozor iqgisodiyotini daalat tomonidan tartibga solishning samaradorligini oshirish hisoblanadi. Zero mamlakat iqtisodiy xavfsizligi darajasi uning iqtisodiy salohiyati bilan belgilanadi. Bu salohiyat millii iqtisodiyot resurslari, zaxiralari, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning samaradorligi, bozor strukturasi, boshqarish tizimi, sanoatni tashkil etish hamda tashqi bozor konyunkturasining o‘egarishlarga moslashuvchashtgi boshqa mamlakatlarning qo‘llab-quvvatlashi, xalqaro uyushma va tashkilotlarda ishtirok eta olishi bilan ifodalanadi. Mamlakatning iqtisodiy mustahkamligi, unga nisbatan qo‘llanilayotgan blokada, sanksiya va tahdidlar kuch bilan ta’sir qilishga qarshilik ko‘rsatishga qodirlshini o‘ziga mujassamlashtiradi. Uni ta’minlash uchun milliy manfaatlarni kelishtirish, muvofiqlashtirishning siyosiy mexanizmlarini qiyosiy tahlil qilish lozim. Iqgisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun milliy iqgisodiyotning jahon hamjamiyati bilan takror ishlab chiqarish jarayonlariga to‘sqinlik kilmaydigan hamda tahdidlar xavfini keskin kamaytirishga imkoniyat beradigan o‘earo uyg‘unlashish sharoitlarini yaratishga intiladi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy mahsulotlar bo‘yicha importga bog‘liqlikka barham berish, tayyor mahsulotlarni eksport qilishni kuchaytirish kerak bo‘ladi7. Bunrshg uchun mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo, oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni, mahsulotlarni eksport qilishga yo‘naltirilgan Майкл Портер. Международная конкуренция. Конкурентные преимущества стран. Издательство-Альпина Паблишер, 2017 г. 947 с. 7 12 mahsulotga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Shundagina mamlakatning iqgisodiy ahvoli jahon bozorlaridagi konyunktura o‘zgarishlariga, resurs baholarining o‘zgarishiga bogliq bo‘lmaydi. Shu boisdan, mamlakat iqgisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan daalat strategiyasi iqgisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar qilishga, sanoat, moliya va bank tizimini mustahkamlashga qaratiladi. Buning uchun, texnologik jihatdan orqada qrlishga barham berish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish lozim bo‘ladi. Shuningdek, milliy tovar ishlab chiqarzgvchilarning manfaatlarini ichki va tashqi bozorda himoya qilishga qaratilgan oqilona proteksionizm siyosatini amalga oshirish lozim. Bu siyosat quyidagilarni ko‘zda tutipsh kerak8: - monopolistik faoliyatni cheklash; - tayyor ishlab beruvchi sanoat mahsulotlari, asosan, mashina va asbobuskunalarni eksport qilishni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlash usullarini qo‘llash; - turli ishlab chikdrish tarmoqlarida kichik biznes va xugusiy tadbirkorlikni, yangi tashkil topgan xo‘jalik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay sharoitlar yaratish; - ichki bozorga noqonuniy yo‘llar bilan areon, iste’molchilar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar kirib kelishining oldini olish; - ichki bozorda milliy tovar ishlab chikaruvchilar manfaatini ko‘zlash, ularni tashqi bozorga chiqishlarini qullab-quvvatlash; - yirik ishlab chiqarish birlashmalarini ko‘llab-quvvatlashning oqilona tieimini yaratish. Iqgisodiy xavfsizlixni ta’minlash maqsadida davlat tomonidan iqgisodiyotni tartibga solishning samarali tizimi shakllantiriladi. U o‘z ichiga keshidagilarni oladi: 8 Michael E. Porter. Competitive strategy: Techniques Analyzing Industries and Competitors. The free press. New York London Toronto Sydney Singapore. 2017 y. 840 p. 13 - barcha turdagi korxona va tashkilotlar xo‘jalik yuritishining umumiy qoidalarini o‘rnatuvchi makroiqtisodiy tartiblash; - iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish va indikativ rejalashtirish; - davlat va xo‘jalik boshqaruvi salohiyatini muvofiqlashtirish hamda davlat mulkini boshqarishshyut samarali metodlarini qo‘llash. Mamlakat iqgisodii xavfsialigini ta’minlash uchun iqgisodiyotning kriminallashuviga qarshi kurashish lozim. Jinoiy guruhlarning iqgisodiyotga kirib kelishining aldini olish uchun quyidashlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: - daromadlarni deklaratsiya qilish tizimini takomillashtirish; - nodavlat xo‘jalik sub’ektlarining ayrim faoliyat turlarini qonun yo‘li bilan cheklash; - ro‘yxatga olinmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni man qilish; - iste’molchilar salomatligiga zarar yetkazuvchi mahsulotlar va litsenziyasiz, sifat sertifikatisiz tovar sotishni man qilish; - huquq-targ‘ibot organlarida iqgisodiy qonzgabuzarliklarga qdrshi kurashish bo‘limlari fapliyatini quchaytirish; - iqtisodiyotni erkinlapggirish sharoitida turli nazorat va davlat organlarining tadbirkorlar xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashishlarini cheklash va bunga qarshi kurashish; - iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari erkin amal qilishini ta’minlash bilan bir qatorda, davlat organlarining iqtisodiyotni tartibga solish faoliyati samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish kabilar maqsadga muvofiqdir. 14 1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yo‘li bilantina iektimoiy-iqgisodiy taraqqiyotga erishish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o‘zaro hisobkitob va tarsport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish loeim bo‘ladi Tashqi iqgisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa chet mamlakatlar bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya kabi sohalarda o‘aaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orkdli mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iboratdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim yo‘nalishi xalqaro savdo bo‘lib, bunda mamlakat chegarasidan tashqarida amalga oshiriladigan tovar va xizmatlar almashuvi tushuniladi. Xalqaro savdoning vujudga kelishi mutlaq xarajatlardagi tafovutlar va qiyosiy xarajatlardagi tavofutlar bilan tavsiflanadi. Shunga ko‘ra korxo nalar (yoki mamlakatlar) tashqi savdoni amalga oshirayotganida, o‘zlari ishlab chiqarmagan (yoki bu ular uchun chetdan sotib olish arzonga tushadigan) maxsulotlarni sotib oladilar hamda o‘elari foydalanmaydigan (yoki foydalanishdan ortib qoladigan) mahsulotlarni chet el mamlakatlari yoki korxonalariga sotadilar. Bu hol ularning ma’lum tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishini bildiradi. Oqibatda, ular boshqalar ishlab chiqarmaydigan yoki ishlab chiqarish ular uchun qimmatga tushadigan tovarlarni tayyorlab, sotadilar. Bunday ixtisoslashuv savdoda ustunlikni vujudga keltirib, ularga foyda keltiradi. Mamlakat va xorij o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan transoperatsiyalar statistikada to‘lov balansida aks ettiriladi. To‘lov balansi joriy moddalar, ya’ni savdo balansi, xiematlar va o‘tkaziladigan balanslar, shuningdek, kapital harakati balansiki o‘z ichiga oladi9. Чиркунов Олег Анатольевич Государство и конкуренция; Новое литературное обозрение (НЛО) - М., 2016. - 277 c. 9 15 Ochiq iqtisodietga ega mamlakatlarda tashqi savdo faoliyati ancha erkinlashtirilgan. Ammo barcha mamlakatlarda hukumatlar ta’sirida cheklangan. tartibga solinadigan tashqi savdo amalga oshiriladi. Uning asosiy vositasi tarif bareri deb ataladigan bojxona poshlinasi hisoblanadi. Shushyutdek, tarifsiz cheklashlar ham mavjud bo‘lib, u import va eksport kvotalarini belgilashni hamda o‘zini-o‘zi cheklash usulini o‘z ichiga oladi. O‘zini-o‘zi cheklash usuli eksport qiluvchi mamlakat hukumati o‘zining eksport qiluvchi korxonalaridan savdo bozoriga chiqariladigan tovarlarining ma’lum yillik hajmidan (qiymatidai) oshib ketmaslikni talab qilgan holda namoyon bo‘ladi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanish limitini belgilash ham tashqi savdoni cheklashning o‘ziga xos turi hisoblanadi. Hukumat tomonidan tarifli va tarifsie cheklashlardan maqsad mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki bozorda sotilishshsh opshrish yo‘li bilan to‘lov va tashqi savdo balansining musbat samarasini olish, shuningdek, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatchilar tajovuzidan himoya qilishdan iborat. Jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatshgng iqgisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi10: - eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskik oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish lozim bo‘ladi; - mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy tovar ishlab chikaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli bozorlarini o‘zlashtirish; ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish; ishlab chiqarish kooperatsiyasi, injiniring, lizingni rivojlantirish; 10 Овчинников, В. В. Глобальная конкуренция. М.: Институт экономических стратегий, 2016. - 360 c. 16 - chet el mamlakatlari, ularning savdo-iqgisodiy tashkilotlari, uyushma va ittifoqlari bilan o‘earo munosa batlarda qulay imtiyozli savdo rejimlariga erishish; mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va kapital bozorlariga chiqishlari, transport kommunikatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; - kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan bo‘ladigan o‘zaro valyuta moliyaviy muammolarni tartibga solish. Ushbu choratadbirlarni amalga oshirishda belgilangan huquqiy me’yor va normalar asos bo‘lib xiemat kiladi. Bu normalar, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar, intellektual mehnat natijalari, shuningdek, jismoniy hamda xuquqiy shaxslarning mamlakatlararo harakat yo‘nalishlari, shakllari, usullari, shartlarini belgilab beradi. Mamlakatnrshg iqgisodiy xavfsialigini ta’minlash uchun davlat tashqi iqgisodii faaliyatni tartibga soladi. Davlatning tashqi iqgisodiy faoliyatni tartibga ssshish mexanizmi iqshsodiy va efgquqiy-ma’muriy usullarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy tartibga solish usullari bojxona poshlina (to‘lov)lari, yig‘imlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlardan iborat. Xuquqiy-ma’muriy usullar litsenziyalash, kvotalash, tovar sifatini sertifikatsiyalash, ayrim tovarlar eksporti va importiga davlat monopoliyasini o‘rnatish, shuningdek, bojxona chegaralari orqali tovarlar, kapitallar va xiematlarning o‘tib turishi bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik choratadbirlarni o‘z ichiga oladi Mamlakatning eksport hamda import qilish bilan bog‘lik milliy manfaatlari va xavfsizlitni himoya qilish uchun samarali va moslashuvchan eksport nazorati tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi11. Eksport nazorati asosida eksport shartnomalarining xalqaro majburiyatlarga, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi talablariga mosligi ta’minlanadi. Shuningdek, Mamatov A.A., Abulqosimov H.P., Mamatov S.A., Saidgaziyeva S.Sh. Iqtisodiy xavfsizlik. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022.- 731 bet. 11 17 mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tovar va texnologiyalar ekcporti litsenziyalashtiriladi. Ushbu nazorat asosida biron-bir strategix aqamiyatga ega bo‘lgan mahsulotni eksport qilish man qilinsa, undan mamlakat ichida foydalanish imkoniyatlari yaratilishi kerak. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda davlatning bojxona organlari muhim rol o‘ynaydi. Vojxona organlari chetga ruxsatsiya, noqonuniy ravishda kapital, milliy va madaniy boyliklar, intellektual mahsulotlarning olib ketilishi, noqonuniy valmta operatsiyalari, qurol-yarog‘, strategik material va narkotik moddalar kontrabandasining oldini olishga qaratilgan faoliyat yuritadilar. Davlat organlari bojxona nazorati vazifalarini bajarish uchun xalqaro tajribada ko‘tt qullanuvchi quyidagi usullardan foydalaniladi: - bojxana yig‘imlari miqdorini tartibga solish orqali mamlakatga kirib kelayotgan tovarlar tarkibiga ta’sir ko‘rsatish. Bunda tovarlarning mamlakat haet faoliyati uchun qay darajada muhimligi e’tiborga olinadi. Aholi va mamlakat ehtiyojlari uchun muhim bo‘lgan import mahsulotlarita boj to‘lovlari kamaytiriladi yoki bekor qilinadi. Boshqa tovarlarga esa boj to‘lovlari yuqori darajada belgilanadi; - mamlakatning hisob va to‘lov balansining holatini hisobga olgan holda tarif qoidalarini tartibga solish; - milliy iqtisodiyotni jahon bozoridagi mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqpar hamda ichki va tashqi bozorlardagi narx qaychisi tufayli yuzaga keladigan salbiy omillar ta’siridan himoya qilish. Ichki va jahon bozorlari narxlarini muvofiqlashtirish uchun bojxona dastaklari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bojxona organlarining muhim vazifalaridan biri muhim strategik xom ashyolar, valyutalarni noqonuniy tarzda chetga olib chiqib ketilishiga yoki eksport va barter operatsiyalari tufayli olingan valyuta tushumlarining qaytmasligiga hamda kontrabandaga yo‘l qo‘ymaglik hisoblanadi. Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega. Tashkiliy jinoiy guruhlar va ayrim tadbirkorlar tomonidan mamlakatga noqonuniy tarzda tovarlarining olib kelinishi ichki bozorlardagi 18 tovarlarning rasobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki kontrabanda tovarlari bojxona to‘lovlari, soliqlarni to‘lamasdan olib kirilgani uchun ichki bozordagi milliy tovarlarga nisbatan arzon bo‘ladi. Natijada, ular milliy tovarlarning bozorini kasod qilib, tovar ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo‘lishiga olib keladigan kontrabandistlarning maqsadi qisqa muddatda tovarlarini sotib, foyda olishdan iborat. Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurashning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat:12 - barcha transport vositalaridan foydalanib, bojxona nazoratidan yashirincha bojxona chegaralari orqali tovar, boyliklar hamda boshqa buyumlarni olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarni aniqlash va ularning oldini olish; - kontrabanda buyumlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni musodara kilishning texnologik sxemalarini ishlab chiqish. Buning uchun bojxona chegara postlarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, yuqori malakali bojxona xodimlarini tayyorlash va ularni vatanparvar qilib tarbiyalash lozim bo‘ladi. Shuningdek, kontrabanda bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning javobgarligi, ularni jazoga tortishning konuniy-me’yoriy asoslarini kuchaytirish kerak; - tashqi iktisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘rtasida profilaktika ishlarini olib borish; - davlat bojxona organlarining xavfsizlik va huquqtartibot organlari hamda jamoatchilik bilan xamkorliqsa faoliyat olib borishlarini ta’minlash; - kontrabandaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi, ularning qonuniyligini ta’minlovchi hujjatlarni ishlab chiqish. Mamatov A.A., Abulqosimov H.P., Mamatov S.A., Saidgaziyeva S.Sh. Iqtisodiy xavfsizlik. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022.- 731 bet. 12 19 II – BOB. O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI 2.1. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi Mustaqil O‘zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o`rnatish va rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni samarali yo`lga qo`yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada katta imkoniyatlar mavjud. O`zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko`hna karvon yili-Buyuk ipak yo`lida joylashib, tashqi dunyo (G`arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy aloqalar olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi yo`nalish - tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo`l ochildi. Endilikda O`zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit etishga, jahon iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga qodir. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, bojxona qo`mitasi tuzildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo`nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga ko`maklashish kabi yo`nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo`lga qo`yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo`lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat 20 to`g`risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida"gi va boshqa bir qator qonun va me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. O`zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko`pchilik davlatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. Tashqi aloqalar ham ko`p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda. Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko`lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo`shma korxonalar, supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo`lib bormoqda. Mamlakatimizda chet el firmalari mablag`i ishtirokida tuzilgan qo`shma korxonalar soni 6 mingdan oshib ketdi. Ular orasida dunyoga tanilgan "Samsung", "DEU", "Nyumont-Mayning", "Filips" va boshqalar samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Hozirgi vaqtda O`zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig`i bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekistonning chet mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi. O`zbekistonning xorijiy kompaniya va firmalar bilan hamkorligi, ularning hududimizda to`la faoliyat ko`rsatib ishlashiga kafolat berilganligi tashqi savdoga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shunday qilib, mamlakatimiz tashqi aloqasi, savdo geografiyasi juda kengayib bormoqda. O`zbekiston barcha qit`alarda joylashgan davlatlar bilan keng qamrovli savdo-sotiq aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdoda Yevropa-66,3, Osiyo-28,0, Amerika qit`asi-5,4, Afrika-0,1, Avstraliya va Okeaniya-0,2 foizni egallaydi. Keyingi yillarda O`zbekiston tashqi savdo 21 aylanmasida MDH va xorijiy mamlakatlar hissasida birmuncha o`zgarishlar sodir bo`ldi. Agar 1994 yilda tashqi savdo aylanmasining 58 foizi MDH davlatlari hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich 34,6 foizga teng bo`ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog`i esa 1994-2004 yillarda mos ravishda 42 foizdan 65,4 foizga o`sdi Shuni alohida ta`kidlash lozimki, MDH mamlakatlari orasida O`zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Rossiya, Qozog`iston va Ukraina hisoblanadi. 2004 yilda jami eksportning 14,9 foizi Rossiya, 3,8 foizi Qozog`iston, 2,3 foizi Ukraina hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, jami importda mazkur mamlakatlarning ulushi muvofiq ravishda 24,0; 6,3 va 4,5 foizni tashkil etdi. Uzoq xorij mamlakatlari orasida Buyuk Britaniya (7,9 %), Eron (6,9 %), Turkiya (4,1 %), va AQSH (3,1 %) mamlakatimiz eksportida sezilarli o`ringa ega bo`lsa, import tarkibida AQSH (10,3 %), Janubiy Koreya (9,2 %), Germaniya (7,1 %), Xitoy (7,0 %) yuqori salmoqqa ega. So`nggi yillarda mamlakatimiz eksport tarkibida bir qator o`zgarishlar yuz berdi. Paxta tolasi mamlakat eksportida muhim o`rin tutsada, uning ulushi mustaqillik yillarida 2,6 martadan ziyodroqqa pasaydi (1992 yilda 47,9 foizdan 2004 yilda 18,1 foizgacha). Istiqlol davrida eksport tarkibida yangi soha-xizmatlar paydo bo`ldi va uning jami eksportdagi ulushi 2004 yilda 11,8 foizni tashkil etdi. Umuman, O`zbekistonning eksporti to`g`risida 8-chizmadan to`liq ma`lumot olish mumkin. Kelajakda O`zbekiston eksportining tovar tarkibini oziq-ovqatlar, mashina va asbob-uskunalar, shuningdek, boshqa tayyor mahsulotlar eksportini oshirish orqali mamlakat eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish mumkin. Bugungi kunda respublikamizda o`tish iqtisodiyotining o`ziga xos xususiyatlari va tarkibiy o`zgarishlar yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda import tarkibini takomillashtirish sohasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlarning natijasi o`laroq mustaqillik yillarida importning tovar tarkibida sezilarli ijobiy o`zgarishlarga erishilmoqda. 22 Istiqlol yillarida oziq-ovqat mahsulotlarining O`zbekiston jami importidagi salmog`i sezilarli darajada pasaydi: agar 1992 yilda jami importning 36,8 foizi oziqovqat mahsulotlari hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich 6,8 foizga teng bo`ldi (9-chizmaga qarang). Bu eng avvalo, oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlashga qaratilgan dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasidir. Import tarkibida yana bir muhim o`zgarish shundan iboratki, mustaqillik yillarida energiya manbalari importi sezilarli darajada kamaydi. Agar 1992 yilda jami importning 25,5 foizini energiya manbalari tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich 2,1 foizga teng bo`ldi. Yuqoridagi o`zgarishlar natijasi o`laroq, bugungi kunda mamlakatimiz don va yoqilg`iga bo`lgan ehtiyojlarini asosan milliy ishlab chiqarish evaziga qoplanmoqda. Import tarkibini optimallashtirish borasida erishilgan ijobiy natijalardan yana biri jami importda mashina va asbob-uskunalar ulushining 1992 yilda 9,2 foizdan 2004 yilda 46,0 foizgacha o`sganligi hisoblanadi. Bu holat respublikamiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan milliy iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va modernizatsiyalash strategiyasiga muvofiq keladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar har tomonlama taraqqiy ettirishning muhim va samarali yo`llaridan biri xorijiy mamlakatlar bilan qator sohalarda qo`shma korxonalar qurishdir. Tashqi iqtisodiy munosabatlarning bu yo`nalishi jahonning ko`p mamlakatlarida keng tarqalgan. Qo`shma korxonalar tashkil etish va ularni samarali taraqqiyot yo`liga solish ishchi kuchlari ko`p bo`lgan davlatlar qatoriga kiruvchi mamlakatimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra O`zbekistonda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. O`zbekistonda qo`shma korxonalarni tashkil qilishda jahonning ko`pgina mamlakatlari ishtirok etmoqda. Ular orasida AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Hindiston, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlar yetakchi o`rinni egallab kelmoqda. Respublikada vujudga kelayotgan qo`shma korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda. 1994 yilda bunday korxonalar soni 900 23 tani tashkil etgan bo`lsa, 2001 yilda 1958 ta, 2002 yilda 2087 ta, 2005 yilda 2627 taga yetdi. 1994 yilda xorijiy investitsiya hisobidagi korxonalar YAIMdagi ulushi 2,6 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilga kelib mazkur ko`rsatkich 15,1 foizga yetdi. Ular tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi 1994 yilda 2 mln dollardan 2004 yilda 785,2 mln dollargacha, mamlakat jami eksportidagi ulushi 1,0 foizdan 16,2 foizgacha o`sdi. Bunday korxonalarning respublika importdagi ulushi esa 1994 yilda 6 foizdan 2004 yilda 30,5 foizgacha ko`paygan. Mustaqillik yillarida O`zbekiston hududida barpo etilgan qo`shma korxonalar orasida "O`zDEU avto ", "Zarafshon-Nyumont", "Kabul-O`zbek", "O`zBAT", "DEU Tekstil komponi" kabilar shuhrat qozongan. Mamlakat ma`muriy mintaqalari doirasida tahlil qiladigan bo`lsak, korxonalarning 68,5 foizi yoki 1800 tasi Toshkent O`zbekistondagi qo`shma shahriga to`g`ri keladi. Shuningdek, ularni soni Samarqand (125 ta) va poytaxt viloyatlarida (193 ta) ham nisbatan ko`p. Ayni vaqtda qo`shma korxonalar Sirdaryo (37 ta), Navoiy (36 ta), Xorazm (29 ta) va Jizzax (25 ta) viloyatlarida yetarlicha rivojlanmagan. Kelajakda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda uning har bir ma`muriy rayoni (viloyat, tuman) hamda turli mulk shaklidagi korxonalar ishtirokini ta`minlash vatanimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalqning turmush sharoitini yaxshilashga ma`lum hissa bo`lib qo`shiladi. Mustaqil mamlakatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda xalqaro turizm katta o`rin tutmog`i lozim. Bu faoliyat to`g`ri va samarali tashkil etilsa, juda katta iqtisodiy samara berishi hamda mamlakatga katta miqdorda chet el valyutasini olib kelishi mumkin. O`zbekiston xalqaro turizmni rivojlantirish uchun zarur bo`ladigan ulkan imkoniyatlarga ega. Turizm haqida gap borganda tarix durdonalari bo`lmish va jahon ahlini o`ziga qaratgan ajoyib obidalar saqlanayotgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Marg`ilon kabi shaharlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligini aytib o`tish lozim. 24 Xalqaro turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida 1992 yil iyulda “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu kompaniya turizm borasida arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda. Kelajakda mazkur sohani yanada rivoj topishida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Turizm to`g`risida"gi qonun alohida o`ringa ega. 25 2.2. O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb biladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi, deb aytsak bo‘ladi. Birgina misol. Prezidentimizning Fransiya (2018 yil oktyabr), Germaniya (2019 yil yanvar) va Turkiyaga (2017 yil oktyabr va 2020 yil fevral) rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga erishildi. O‘z navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019 yil may) va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an (2018 yil aprel) mamlakatimizga javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz. Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ishlar olib borilmoqda. So‘nggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv o‘tkazildi. Biz so‘nggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi muloqot ilgari kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh bo‘ldik. Xususan, 2019 yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki marta (2017 yil noyabr va 2018 yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi. 2020 yilning aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Tashqi ishlar 26 vaziri A.Komilov YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel (2020 yil yanvar oyida Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta suhbatlashdi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiydiplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mazkur muzokaralar chog‘ida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiya, transport, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Shu o‘rinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yo‘nalishda hamkorlikni sezilarli tarzda o‘sib, rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Jumladan, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YeI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 2016 yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz o‘sib, 4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSh dollari miqdoriga yetgan bo‘lsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil etdi. Joriy yil yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 1,315 milliard dollarni, shu jumladan, eksport 196,6 million dollarni, import 1,11 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi va yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida rasmiy Toshkent va Bryussel o‘rtasida yangi keng qamrovli ikki tomonlama hujjat — Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha 2019 yildan boshlab faol muzokaralar o‘tkazilmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p jabhali muloqotni rivojlantirishga xizmat qilayotgan mazkur yo‘nalishga, asosan, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli erishildi. 27 So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy dinamikasi, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va konstruktiv muloqot orqali barcha masalalarni hal etishga qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel mintaqaga nisbatan siyosatini mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan qayta ko‘rib chiqdi. Bularning barchasi Bryussel tomonidan Markaziy Osiyo uchun tasdiqlangan (2019 yil iyun oyida) yangi strategiyada yaqqol namoyon bo‘ldi. Yevropa tomonining pozitsiyasiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar Markaziy Osiyoning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishidan, shuningdek, ikki mintaqa o‘rtasidagi integratsiya aloqalarini faol rivojlantirishdan manfaatdordir. Mintaqamizdagi barqaror vaziyatni e’tirof etgan holda, rasmiy Toshkent tomonidan ilgari surilgan yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli rasmiy Rim ilk marta «Italiya — Markaziy Osiyo» formatidagi vazirlar uchrashuvini (2019 yil dekabr) o‘tkazdi. O‘z navbatida, Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida rasmiy Parij ham shu singari muloqotning ikkinchi bosqichini davom ettirishga qaror qildi. 2020 yilning aprel va iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Ittifoqi savdo komissari F.Xogan bilan ikki marotaba videokonferensiya shaklida uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha kelishish jarayonini faollashtirish borasida kelishuvga erishildi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 4-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek, O‘zbekistonning YeI «PBT+» imtiyoz tizimida benefitsiar mamlakat maqomini olishi jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda COVID-19ning global miqyosda tarqalishi va butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’siri sharoitida Yevropa Ittifoqi 28 uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonga 30 million yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratishga qaror qildi. Bundan tashqari, BMT shafeligida O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast fondiga Yevropa Ittifoqi 5 million yevro, Norvegiya 1,1 million AQSh dollari va Finlyandiya 1 million yevro miqdorida mablag‘ ajratdi. Fursatdan foydalanib, Yevropadagi hamkorlarimizga O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi hamda respublikaning “GSP+”tizimi doirasida benefitsiar maqomini olishi bo‘yicha sa’y-harakatlari, shuningdek, keng qamrovli o‘zgarishlar sharoitida mamlakatimizga ko‘rsatayotgan moliyaviy va texnik ko‘magi uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi uchun 2014 — 2020 yillarga mo‘ljallangan beg‘araz yordami to‘g‘risidagi ko‘p yillik indikativ dasturi doirasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 168 million yevro mablag‘ ajratildi. Shu bilan birga, biz Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha olib borayotgan xalqaro maydondagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz. O‘zbekiston uchun qo‘shni davlatda uzoq kutilgan tinchlikni o‘rnatish ustuvor ahamiyatga egadir. Biz Yevropa bilan ikki va ko‘p tomonlama istiqbolli munosabatlarni davom ettiramiz. Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori texnologiyalar transferi, ilmfan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash O‘zbekiston — Yevropa munosabatlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. 29 2.3. O‘zbekistonning rivojlangan Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida jahonning barcha davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali sheriklikni yanada kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va yagona tarixiy ildizlarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan munosabatlar rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻnggi hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi kunda Markaziy Osiyo aholisi 72,5 million kishini tashkil etadi. Bunda Oʻzbekistonning ulushi 45% atrofida, Qozogʻiston - 25%, Tojikiston - 13%, Qirgʻiziston va Turkmaniston - har biri 8,5% ni tashkil etadi. Qayd etish joizki, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼyharakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi. Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi. Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning 30 chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda. O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barcha darajalardagi aloqalar jadallashtirilgani tufayli o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashning yangi siyosiy muhiti shakllandi. Bu esa, avvalo savdo, sanoat, investitsiya, energetika, transport va tranzit, suvdan foydalanish, ta’lim, xavfsizlik, ekologiya, mintaqa aholisining ijtimoiy muhiti va turmush sharoiti sifatini yaxshilash borasida umumhududiy rivojlanishning dolzarb masalalarini samarali, birgalikda hal etish imkonini berdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan Hindiston va Pokiston kabi qator davlatlar bilan faol tashqi siyosat olib bormoqda. O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘sib, 2020-yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo hajmi 1,38 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Bu O‘zbekistonning jami tashqi savdo hajmining 3,8 foizini tashkil qiladi. Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, gumanitar, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ushbu tashbbuslar va amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyati bilan ham dolzarb ahamiyat kasb, mintaqada tinchlikni ta’minlash va aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Qolaversa, yirik infratuzilmaviy hamda madaniy-gumanitar loyihalarning ro‘yobga chiqarilishi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarida barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar kengayishi drayveri – harakatlantiruvchi kuchi savdo-sotiq va iqtisodiy soha bo‘lib turibdi. Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigiga aylandi va shu mavqeni saqlab qolayotir. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, respublikaning Xitoy bilan 2019 yildagi tashqi savdo aylanmasi 7,62 milliard AQSh dollari bo‘ldi. Hozircha Xitoy savdo hajmi bo‘yicha Rossiyadan bir oz oldinda bormoqda. Bugungi 31 kunda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 16,8 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Undan keyin Rossiya (14,8 foiz), Qozog‘iston (7,3 foiz), Koreya Respublikasi (5,8 foiz), Turkiya (5,2 foiz), Qirg‘iziston (2,4 foiz) va Germaniya (2,1 foiz) bormoqda. O‘zbekistonning Xitoyga eksporti ortmoqda, biroq eksportning asosiy qismini hozircha strategik xom ashyo: tabiiy gaz, uran, mis, paxta va mineral o‘g‘itlar tashkil qilyapti. Ushbu tovarlar orasida eng muhim o‘rinni tabiiy gaz egallaydi, Tabiiy gaz bo‘yicha 2011 yilda imzolangan ikki tomonlama oldi-sotdi shartnomaga ko‘ra, XXRga uni yetkazib berish 25 yilga mo‘ljallangan. O‘tgan yil oktyabrida O‘zbekistonda Xitoyning “Alibaba” savdo platformasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish soddalashtirilgan edi. O‘zbekistonning bir qandolatchilik kompaniyasi ushbu platforma bilan birinchilardan bo‘lib 3 million AQSh dollarilik eksport shartnomasini imzoladi. Savdo-sotiq aloqalarini kengaytirish maqsadida 2020 yil oktyabrida O‘zbekiston Guanchjou shahrida bosh konsulligini ochdi. U O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi bunday shakldagi ikkinchi vakolatxonasidir, ilk vakolatxona Shanhay shahrida faoliyat ko‘rsatmoqda. Tomonlar bosh konsullik ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar taraqqiyotiga qo‘shimcha turtki berishini, O‘zbekiston viloyatlari bilan Xitoyning janubiy viloyatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi oshishini kutmoqda. Bundan tashqari, Toshkent (Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ham shu qatorda) Pekin bilan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldi. Muzokara vaqtida qayd etilishicha, klinik sinovlar muvaffaqiyatli yakun topgan taqdirda O‘zbekiston vaksinani o‘z muddatida va arzon narxda sotib olish uchun ustuvorlikka ega bo‘ladi. 32 XULOSA Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, ma’muriy to’siqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va to’lovning bozor mexanizmi joriy qilindi. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real o’sish sur’atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur’atlariga muvofiq emasligini ko’rsatmoqda. Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo’lgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli o’sishini ta’minlashga to’sqinlik qilmoqda. Jumladan: birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xomashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud bo’lgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lgan yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi afzalliklardan to’liq hajmda foydalanilmayapti; ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas; uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o’tkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga etarli darajada e’tibor qaratilmayapti; to’rtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo’yicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni ko’rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan. Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko’paytirish maqsadida 2018 yil 20 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko’maklashish va uni rag’batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. 33 Tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilarda har tomonlama ko’maklashish asosiy vazifalari etib belgilandi: yuqori qo’shilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni ko’rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish; o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni etkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish. 34 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xodiyev B.Y.,Shodmonov Sh.Sh. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Darslk.- Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2017.-783b. Toshkent. “Barkamol fayz media” 2. Mamatov A.A., Abulqosimov H.P., Mamatov S.A., Saidgaziyeva S.Sh. Iqtisodiy xavfsizlik. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022.- 731 bet. 3. Xalqaro iqtisodiy huquq. Darslik. Mas’ul muxarrir prof. G.Yuldasheva. Mualliflar jamoasi. Toshkent:TDYuU nashriyoti, 2019, 186 bet. 4. Isadjanov A.A., Ismailova N.S. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi. O‘quv qo‘llanma. –T.: «IQTISODIYOT», 2019. – 154 b. 5. Kimsanboyeva.M.B. “Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining iqtisodiyot uchun afzalliklari”. International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands. June 8th 2022. https: econferencezone.org 6. Жек И., Жук И., Киреева Е., К равченко В. «Международные финансы». Учеб. Пособие. Минск: «БГЭУ», 2007. 200 с. 7. . Лавруши н И.О. Деньги, кредит, банки . — Москва, «ФИНАНСЫИ СТАТИСТИКА» 2022, 2-изд. 8. . Моисеев С. Международны евалютн о -кредитные отношения. — М.: «ИНФРА -М », 2017. 573 с. 9. Михайлушкин А.И ., Шимко.Д. Международная экономика: теория и практика: У чебник для вузов. — СПб.: П итер, 2018. 464 с. 10. Федякина Л .Н . Международные финансы . — СПб.: «Питер», 2019. 344 с. 11. Arynov, Z. 2021. “Opportunity and Threat Perceptions of the EU in Kazakhstan and Kyrgyzstan.” Central doi:https://doi.org/10.1080/02634937.2021.1917516. Asian [Taylor Survey. & Francis Online], [Google Scholar] 12. Azretbergenova, G., and A. Syzdykova. 2020. “The Dependence of the Kazakhstan Economy on the Oil Sector and the Importance of Export 35 Diversification.” International Journal of Energy Economics and Policy 10 (6): 157–163. [Crossref], [Google Scholar] 13. Майкл Портер. Международная конкуренция. Конкурентные преимущества стран. Издательство-Альпина Паблишер, 2017 г. 947 с. 14. Michael E. Porter. Competitive strategy: Techniques Analyzing Industries and Competitors. The free press. New York London Toronto Sydney Singapore. 2017 y. 840 p. 15. Чиркунов Олег Анатольевич Государство и конкуренция; Новое литературное обозрение (НЛО) - М., 2016. - 277 c. 16. Кулешова А. Б. Конкуренция в вопросах и ответах; ТК Велби, Проспект М., 2016. - 256 c. 17. Овчинников, В. В. Глобальная конкуренция. М.: Институт экономических стратегий, 2016. - 360 c. Internet saytlari 14. www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi sayti. 15. www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi sayti. 16. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi sayti. 36