Uploaded by abduxalilovabdulaziz22

Taqrizlar

advertisement
Jòrayeva Moxlaroyim (Oyisha)
TAQRIZ
Bizni hayoti dunyodagi eng barxtlilardan ya’ni Muhammad sollallohu alayhi
vasallamga ummatlardan qilgan Alloh taologa hadsiz hamd-u sanolar bo’lsin.
Oxirgi
nafasigacha
“Ummatim,
ummatim”
deya
o’tgan
suyukli
payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovat-u durudlar
bo’lsin.
Alloh azza va jalla agar payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi
vasallam bo’lmaganda, bu dunyolarni yaratmas ekanligi, butun dunyoni mana shu
suyukli bandasi uchungina yaratgani barchamizga ma’lumdir. Olamlarga rahmat
qilib yuborilgan rasulimiz sollallohu alayhi vasallam o’zlariga yuklatilgan zalvorli
vazifani butun umrlari davomida go’zal va mukammal tarzda ado etdilar.
Insoniyatga o’rnak qilib yuborilgan bu Zot bilan hamnafas yashash baxtiga
muyassar bo’lgan saodat asri sahobalari har nafaslarida u Zotga ergashdilar,
ulardek hayot kechirishga jiddu jahd ila harakat qildilar. Bejizga bu muborak
hayotni Alloh taolo O’z Kalomida maqtamadi.
Chunki Rosululloh sollallohu
alayhi vasallamning hayot yo’llari butun islom ahli uchun oliy dasturulamal
demakdir.
Shunday
ekan,
dunyo
va
oxirat
sadatini
qo’lga
kiritishda
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayot yo’llarini o’rganish va uni
hayotimizga tatbiq qilish biz ummatlar uchun oliy burch va zaruriy ehtiyojdir.
Ummatning bu boradagi ehtiyojini yetarlicha qondirish va ko’zlangan
maqsadga erishish yo’lida payg’ambarning merosxo’rlari hisoblangan olim-u
fuzalolar maydonga chiqadi. Ular bizga Alloh fazli bilan Rosululloh sollallohu
alayhi vasallamning hayotlariga doir ishonchli hadislarni ajratib, ularni sharhlab,
umuman olganda siyratni to’g’ri tushunish va amal qilishga ‘rgatadilar. Bu ulug’
maqsad yo’lida ko’plab siyrat ulamlari yetishib chiqqan bo’lib, ularning asarlari
bir-biridan yarqirab turadigan bebaho marvaridlar kabidir go’yo. Ana shunday
marvaridlardan biri Hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
qalamlariga mansub “Nubuvvat va risolat” kitobidir. Mazkur kitob “Hadis va
hayot” silsilasning 19-va 20-juzlarini o’z ichiga olgan bo’lib, ummatning siyart
bilan bog’liq ehtiyojini qondirishda ayni muddaodir. Unda payg’ambarimiz
Muhammad sollallohu alayhi vasallamning aziz hayot yo’llari, 14 kunlik oydanda
go’zal shakl-u shamoyillari, islom dini uchun chekkan zahmatlari, qur’oniy
xulqlari hamda u Zotgacha bo’lgan anbiyolar haqidagi sahih hadislar sharxlab
berilgan. Kitobni o’qir ekansiz, payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga
yanada yaqinroq bo’lib boraverasiz. Biz ummat uchun tortgan mashaqqatlarini
o’rgana turib, qalbingizdagi muhabbat yanada avj oladi. Kitobda har bir hodisa
tartibli ravishda va asosiysi barcha tushuna oladigan soda tilda bayon qilingandir.
Mazkur kitobni mutolaa qilish orqali olamlarning sarvari Muhammad sollallohu
alayhi vasallam hayotlarining har nuqtasi hamda u Zotgacha bo’lgan anbiyolar
haqida atroflicha va boy ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Beixtiyor saodat asriga
xayolan yo’l olib, qayg’uli kunlarda u Zot bilan yig’laysiz, farahli kunlarda birdek
sevinasiz. Shuningdek, bu dunyo yaralibdiki, insoniyatni o’ylantirib kelayotgan
“Asli nima uchun yaratilganmiz va qanday yashashimiz kerak?” degan savolga
tafakkur ila javob topasiz. Zero, ilmdan o’zga najot yo’qdir va bo’lmagay ham.
Siyrat ilmi borasidagi ushbu kitob esa Allohning marhamati ila bu yo’lda biz
ummatlarga madadkor bo’lajak.
Mubina Muhammadqodirjonova.
"Olamarga raxmat payg‘ambar " Rasululloh Sallolohu alayhi Va
sallamning qissalari ham kitobda mufassal va ularga bo‘lgan kuchli
hurmat va muhabbat ila yozilgan .Bu buyuk siyratni o‘qigan insonning
Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbati yana
ziyodalashadi
O‘zini ana o‘sha Saodat asriga tushib qolgandan his etadi
Kitobni tariflayman desam gaplar juda ko‘p lekin men shu yerda
tugatishga qaror qildim
•Kitobning bugungi kunda ahamiyati va qaysi yoshdagilar uchun
mo‘ljallangan?
Kitobning bugungi kundagi ahamiyati juda katta
Hammamizga ma'lumki bugungi kunda ham e'tiqodi buzilgan va shu
bilan birga o‘zining buzuq e'tiqodiga insonlarni ayniqsa (yosh yigit
qizlarni ) da'vat qilib ularning ongini zaharlash orqali fitnalar qilayotgan
Terroristik va ekstremistik tashkilotlar ko‘p .
Aynan mana shu yolg‘onchi aqidaparast insonlarga aldanib
qolmasliklari uchun ham har bir vatandoshim o‘zining suyukli
paygambarlarining tarixini yaxshi organmoqlari zarur va bu ishda ularga
eng ko‘p tavsiya eta oladigan kitoblarim ham aynan Shayx Muhammad
Sodiq Muhammad Yusuf hazratning kitoblari va albatta bugun siz bilan
gaplashgan o‘sha "Nubuvvat va Risolat "kitobimizdir
Xulosa :
Xulosa qilib bugun har birimiz o'z dinimizni mukammal o‘rganishga
harakat qilmog‘imiz kerakligini va bu ishda bizga eng ko‘p yordan
beradigan narsa kitoblar ekanligi eslatib o‘tmoqchiman
Va so‘zimning oxirini Shayx hazratlarining
"Bugun kitob o‘qigan inson ,kechagi inson emas!" degan gaplari bilan
tugatmoqchiman
O‘qish uchun ketkazgan vaqtingizga rozi bo‘ling
Agar biror manfaat topgan bo‘lsangiz Alloh taolodan ,biror kamchilgu hato ko‘rgan bo‘lsangiz kamina xodimingizdan dep bilgaysiz.
Jumlamizga Allohning salomi, rahmati,barakoti bo'lsin. Jannatiga,
Jamoliga musharraf bo'lishimizga vasila bo'ladigan amallarni qilishimizni
nasib etsin.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bizga haqiqiy taqvo, iymon,
Allohni bilish yo'lini ko'rsatib berganlar. "To'g'ri din bu- Islomdir".
Dunyoda juda ko'p aholi bo'lishiga qaramasdan, haqiqiy e'tiqodni
topganlar ozchilikni tashkil etadi. Asosiy ahloqni din tarbiyalaydi.
Allohdan qo'rqish, unga ishonish insonning qalbiga, ongiga xotirjamlik,
sakinat beradi. Barcha yomonliklardan yiroq qiladi.
Fazilatli Shayximiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
xarajatlarining qalamlariga mansub " Nubuvvat va Risolat " asarlarida
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yuborilgan din,dinga
da'vatlari, Islomning boshqa dinlardan afzalligi, talablari, ummatlarining
badbaxtlik va halokatlardan saqlab qolinganligi, payg'ambarlikka oid
mo'jizalari, ahloqlari va shunga o'xshash keng qamrovli ilmlar keltirib
o'tilgan. "Muhammad sollallohu alayhi vasallam gunoh va razolatga
quloqlaricha botgan xatokorlarga tavbaning eshigini keng ochib
qo'ydilar va unga odamlarni umumiy ravishda da'vat qildilar." -deya
keltiriladi asarda.
" Risolai Muhammadiya amallar va ahloqlarning asosi ulardan
ko'zlangan maqsad ekanini barcha ufqlarga baland ovoz ila nido qilib,
yetkazadi. U narsaga "niyat" degan nomni berdi. U zot : " Albatta,
amallar niyatlarga bog'liqdir. Albatta, har bir kishining niyat qilgan
narsasi bo'ladi", dedilar." kabi jumlalar asarning qanchalik ahamiyatli
ekanligini ko'rsatib beradi.
Ushbu kitob "musulmonman,dinim Islom "-degan jamiki ummat o'qishi
lozim bo'lgan nodir asardir.
Kitobxon kitobni o'qish davrida hech qanday qiyinchilikka duch
kelmaydi,negaki, shayximiz jumlalarni sodda, kishi tushunib,
anglaydigan uslubda yozganlar.
Asardan olgan taassurotlarim ijobiy bo'lib, Payg'ambarimizga bo'lgan
muhabbatim, ishqim ortdi. Sababi oshiq sevikligini tanisagina, unga chin
muhabbat qo'ygan bo'ladi. Ishqimiz davomli bo'lishi uchun " Oshig‘imiz"
ni taniylik, shundan so'nggina "Oshiqmiz" desak arziydi.
Har bir asar ma'lum bir maqsad bilan dunyoga keladi. Qo'limizdagi
ushbu kitob ham Allohning rizosini umid qilgan holda, ma'naviy
ehtiyojlarimizni, qiziqishlarimizni qondirish maqsadida
yozilgan. Kitobni o'qib chiqqan o'quvchi bunga amin bo'lishi shubhasiz.
Valhamdu lillahi robbil a'lamiyn.
‫الرحِ ـــــــــــيم‬
‫ِبس‬
َّ ‫الرحْ َم ِن‬
َّ ِ‫ْـــــــــــم هللا‬
ِ
Bizlarni eng mukarram mavjudot o‘laroq yaratgan, O‘z Ruhidan puflash ila sharaflantirgan, hamisha
tavbamizni kutguvchi hamda ahli Jannat bo‘lishimiz uchun barcha ko‘rsatmalarni tanlangan bandalari orqali
yetkazgan Qodiri Mutlaqqa izzaticha, ikromicha hamd bo‘lsin, eng mukammal shakldagi shukronalar bo‘lsin.
Tavhidni go‘zal suratda odamlarga yetkazgan, Kariym zot buyurgan shariatni targ‘ib qilib, bu omonatni ado
etishda barcha sinovga chidab, sabot-u sabrda o‘rnak bo‘lgan, xulqi ila barchaga ibrat bo‘lgan barcha
payg‘ambar alayhissalomlarga hasanotu durudlar bo‘lsin.
Hamda ushbu haq yo‘lni, shariat, fiqh, aqidani bizlarga qadar bekam-u ko‘st yetib kelishiga hissa qo‘shgan
sahobai kiromlardan, tobein, tabaa’ tobein, ulug‘ ulamolardan Alloh rozi bo‘lsin.
Yurtimizda ham shunday ulug‘lar, din peshvolari yetishib chiqqani biz uchun faxr, iftixordir. Bunday
allomalarning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri barchamizga talabi ilmdagi jiddu jahdi, o‘zi o‘rgangan ilmlarni
atrofga ziyo o‘laroq tarqatgani, umrini islomga, musulmonlarga baxshida etgani bilan tanish bo‘lgan, ilm
suhbatlari, fatvolari, asarlari hali hanuz o‘zbeklarga manfaat keltirayotgan shayximiz Muhammad Sodiq
Muhammad Yusufdir. Ustozning dinga xizmatlaridan yana biri “Hadis va hayot” to‘plamidir, uning qadri
bebaho bo‘lgan ikki qismi: “Olamlarga rahmat payg‘ambar” (19-juz) va “Anbiyolar qissasi” (20-juz) juzlari
alohida e’tiborga molik. Yaqin kunlargacha alohida kitob bo‘lgan bu ikki qimmatli manbaa yaxlit holga
keltirildi va kitobxonlarga taqdim etildi.
Kitob siyrat ilmi haqidagi tushunchalar, ilk siyrat ulamolariyu bizgacha yetib kelgan tarjima asarlar sharhi bilan
boshlanadi; davomida Nabiy alayhissalomning fazllari, azizliklari ta’rif qilinadiki, toki o‘quvchi kimning
shaxsiyati, hayoti bilan tanishayotganini bilsin, haybatlarini his qilsin, kitobni istalgan joyda, biror ish bilan
mashg‘ul holda, munosib ehtiromsiz o‘qimasin, hurmatlarini joyiga qo‘yib, e’tibor, muhabbat va izzat-ikrom
saqlagan holda mutolaa qilsin. Chunki o‘rganayotganimiz olamlarga rahmat o‘laroq yuborilgan (Anbiyo:107),
bizning oxiratimiz uchun hatto o‘zimizdanda ko‘proq kuyungan (Tavba:128), bashar farzandining eng komil
xulqlisi (Qalam:4), barchamiz uchun Qiyomatga qadar o‘rnak (Ahzob:21) bo‘lgan va kamolotning inson zoti
chiqishi mumkin bo‘lgan eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan zotdir.
Kitobni varoqlab payg‘ambarlik belgilaridan hisoblangan pok va oliy nasablari xususida ma’lumotga ega
bo‘lamiz, shunchaki ega bo‘lamiz emas, naqd 21ta bobolari bilan tanishamiz, ular haqidagi uzun-qisqa
xabarlarni bilib olamiz; oxirzamon payg‘ambari uchun bundan-da sof va hurmatli shajara yo‘qdek tuyuladi.
So‘ngra sahifalar bizni u zot alayhissalomning hayot zarvaroqlari, kechmishlari bilan tanishtiradi. Azob
uqubatlari-yu xushnud damlari, yaqinlaridan ayrilish dardi-yu Me’rojda Alloh huzuriga chaqirilishlari,
suyganlari shahid bo‘lishi-yu ashaddiy mushriklar Islom madoriga aylanishi.. barisini kitobni o‘qish davomida
bilib olasiz.
Payg‘ambarimiz alayhissalomning tug‘ilishlaridan tortib, vahiy nozil bo‘lgunga qadar kechgan umrlari;
nubuvvatdan keyingi davr; Islomning 5-10 kishi bilan boshlanib, butun arab jazirasiga yoyilishi; 10-12ta
musulmonning mazammat va haqorat ostida qilgan ibodatiyu 12.000 kishi ummon to‘lqinidek talbiya aytib
Haram hududiga kirishi; va so‘nggida Muhammad alayhissalomning din zafar topgach, Islom aziz bo‘lgach
rafiqi a’loga intiqol qilganlari bayon qilinadi. Kitobning eng qayg‘uli va istar istamas o‘qiladigan qismidir bu..
Kitobning davomida Qur’onda vasfi kelgan 25 payg‘ambarning qissai muboraklari keltiriladi. Nabiy va rosul
orasidagi farq tushuntirilib, payg‘ambarlar kim ekani, mo‘jiza-yu karomatning farqi, anbiyolar orasidagi fazlkaram darajalari, ularning vazifalari, yuborilish sabablari, belgi-fazilatlari tushuntirilgach, payg‘ambarlar
haqidagi qissalarni bayon etilish sabablari hamda undan olinadigan foydalar keltiriladi. Xususan, Alloh Taolo
kalomida “Batahqiq, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bor edi” (Yusuf:111) deydi. Qanday ibrat
ekaniga fikr yurituvchilar qissalarni o‘rganish davomida javob topishadi hamda kerakli saboqni olishadi.
Qur’onda zikri kelgan 25 payg‘ambar alayhissalomlar ismlari sanab o‘tilgach, navbati bilan har birlarining
qissalari Qur’ondagi oyatlarni sharxlash asosida hikoya qilinadi: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil,
Lut, Is’hoq, Ya’qub, Yusuf, Shuayb, Ayyub, Zulkifl, Muso, Horun, Dovud, Sulaymon, Ilyos, Al-Yasa, Yunus,
Zakariyo, Yahyo, Iyso alayhissalomlar...
Har birining hayotida o‘zgacha timsol, o‘zgacha ma’no, o‘zgacha dars va ayricha xulosa bor. Ammo barini
matonat, kuchli iymon e’tiqod, taqvo, tavakkul va Allohga qurbat bog‘lab turadi. E’tibor qilsangiz biriga kelgan
dard, aziyat, ozor keyingilariga boshqa ko‘rinishda sodir bo‘ladi.
Bu aynan yuqoridagi oyatga dalildir. Farzandi nobop chiqqan Nuh alayhissalomni eslasin, ayolidan noligan Lut
alayhissalomni yodga olsin, otasi sabab ozorlangan Ibrohim alayhissalomni xotirlasin, dardga chalinganlar
Ayyub alayhissalomni hayolida jonlantirsin, ularning ajr savobini ko‘z oldiga keltirsin-u sinovni ne’mat deyilish
sababini anglasin, Alloh eng suygan bandalariga berganini beryapti deya hamd aytsin, iymonini mustahkam
qilsin.
O‘qish davomida bir narsani mulohaza qildim. “Islomga bag‘ishlangan umr” kitobida shayx hazratlari “Tafsiri
Hilol”ni Baytullohning yonida tamomlaganlari, so‘ng Nabiy alayhissalom ravzalarida ulardan ruxsat olgandan
so‘ng “Hadis va hayot” qoralamalarini boshlaganlari aytib o‘tilgandi.
Ko‘pgina payg‘ambarlar yurtidan uzoqqa ketishga majbur bo‘lgani, oilasidan olisda bo‘lgani, ota-ona firoqida
yongani.. bularning barini shayximiz his qilib yozgan, ham millatlari uchun jiddu jahd qilgan, ham o‘zlariga
taskin bergan, shundan kuch olgan bo‘lsalar ehtimol.. Ayni shu jumlalarni terayotib nabiylar bilan ma’nan
bog‘langandirlar ehtimol..
Nega boshqa payg‘ambarlar qissasi kitobga kiritilmagan?
Ancha avval bir tanishim nega bu kitobda Shis, Hizr, Doniyol, Uzayr alayhissalomlar keltirilmagan degandi.
Shayximizdek inson ularning qissasini bilmasmidilar? Yo hadislar yetarli emas edimi?
Javob shundan iboratki, Qur’onda 25 payg‘ambarning ismi aniq ravshan zikr qilingan, qolganlariga esa ishora
qilingan. Kitobning afzalligi ham shundaki har bir nabiyning hayotini vasf qilishda eng avval Qur’ondan oyatga,
bu oyatni sharxlash uchun sahih hadislarga yuzlanilgan. Bu esa kitobning ishonchlilik darajasini oshirgan,
sayozliklarga, kemtiklarga, voqealar to‘liq bo‘lsin uchun bo‘rttirishlarga yo‘l qo‘yilmagan.
Qolgan nabiylar borligi hadislar orqali vorid bo‘lgan bo‘lsa-da, shayximiz maqsadlari Furqondagi nabiylarni
bayon qilinganidek tanitish bo‘lgan. Zotan, agar boshqa nabiylarda biz o‘rganishimiz shart bo‘lgan ibrat
bo‘lganida O‘zi Kalomida eslatgan bo‘lardi.
Kitobni o‘qishdagi yana bir yutuq — mutolaa yakuniga yetgach, Qur’onning anchayin tafsirini tugatgan
hisoblanasiz, chunki Qur’oni Kariymning katta qismi avvalgi nabiylar qissalari hamda oxirzamon
payg‘ambarining hayotidagi voqealar asnosida shariat hukmlarini joriy qilib borishdan iborat. Demakki,
“Nubuvvat va risolat” kitobi orqali ham tarixni o‘rganish, ham nabiylarimiz xususida bilimga ega bo‘lish, ham
ulardan o‘rnak olish, mehr qo‘yish, ham Qur’onning ma’lum qism tafsirini tamomlash mumkin.
Kitobning kamchiliklariga kelsak, yozilish ilhomi ilohiyga ko‘ra bo‘lgan va tamomlaganlarini nashr qildirgan
bo‘lsalar kerak. Ammo ikki juzni birlashtirishda anbiyolar qissasi va payg‘ambarimiz alayhissalom
hayotlarining o‘rnini alishtirgan bo‘lardim. Sabablar: 1) avvalo nabiy kim, rosul kim, ular nega tanlab olingan
va xizmatlari nimadan iborat, bularni bilgan inson Payg‘ambarimizni yaxshiroq taniydi, avval gul nimaligini
tushuntirib so‘ng bu atirgul deb unga ta’rif berilgani kabi; 2) o‘tgan anbiyolar qissasi ketma-ketlikda
keltirilgani vajidan shu zanjirni davom ettirib tartibga rioya qilish masalasi; 3) Muhammad alayhissalom
nabiylarning “muhri” (Ahzob:40), so‘nggisi bo‘lganlari sabab u zotdan keyin boshqa payg‘ambarni zikr
qilmaslik; 4) Rosululloh alayhissalomda o‘tgan barcha nabiylarning ozorlaridan qatra-qatra mujassam
bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Agar avval boshqa nabiylar hayoti keltirilsa va so‘ngra Muhammad sollallohu
alayhi vasallam siyratlaridan gap ketsa, u zotning mashaqqatlari naqadar zalvorli bo‘lgani hamda irodalari qay
darajada yuksak bo‘lgani, nega fazl jihatdan eng ulug‘i ekanlari, nega avvalgilarga imom va hatiblikka munosib
ko‘rilganlari yaqqol namoyon bo‘lgan bo‘lar edi.
Albatta, bular mening ojizona fikrlarim, kamchilik va nuqsonlar, fikrlashdagi xatoliklar uchun ma’zur tutgaysiz.
Yuqoridagi mulohazalar kitobning qiymatiga, ilm-u irfon to‘la sahifalariga aslo dahl qilolmaydi va ishonamanki
o‘zbek xalqining ma’naviyatini, diniy savodxonligini oshirishda asosiy manbalardan bo‘lib xizmat qiladi.
Kitob kemg kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan, diniy ilmda yangilar biror bilimli tanishi bilan o‘qisa
yanada ko‘proq manfaat topgan, nozik nuktalardagi ma’nolarni anglay olgan bo‘lardi. Yosh bolalarga uyqu
oldidan ertak o‘rniga aytib berish va qorday toza xotirasiga muxrlash mumkin. Bundan tashqari, kitobda
oyatlar va hadislar ko‘p uchragani sabab uni avaylashni, odob yuzasidan tahoratli holda o‘qishni, bu bilan
Alloh kalomiga hurmatni niyat qilish o‘laroq Haq taolo rahmatidan umid qilishni tavsiya qilaman.
Guli Abduĝafforova
13.10.2023
Durdona.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Bizni ummatlar ichida eng afzal ummat qilib yaratgan, ilm deb atalmish buyuk
ne’mat bilan rizqlantirgan ulug‘ Allohga hamdlar bo‘lsin.
Ikki dunyoda ham yaratiqlarning eng afzali bo‘lmish payg‘ambarimiz
Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat-u salomlar yog‘ilsin.
Ilm insonni ko‘kka chiqaruvchi, jaholat qorong‘iligidan ma’rifat nuri tomon
yetaklovchi eng yaxshi yo‘lboshchidir. Qalbni yomonliklardan tozalab yaxshiliklar
tomon undovchi ham ilmdir. Inson ilm olgani sari dunyoqarashi ortadi, hayotga
sog‘lom fikr bilan yondashadigan bo‘ladi. Bu borada kitoblar bizning eng katta
yordamchimiz, ustozimizdir. O‘z yo‘nalishida to‘g‘ri va manfaatli ma’lumotlar
bilan boyitilgan har bir kitob qiymati dunyo qadar bo‘lgan xazinadan ham afzaldir.
Ana shunday kitoblardan biri fazilatli shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad
Yusuf hazratlarining “Nubuvvat va risolat” asarlaridir. Ushbu kitobda qiyomatga
qadar yaratiladigan insonlar ichidan tanlab olingan eng yaxshilari, ya’ni
payg‘ambarlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qur’oni karimda zikri kelgan 25
payg‘ambar alayhissalomlarning barchasi haqida tafsilotlar, ularning hayot va
nubuvvatlik faoliyatlari ushbu asarda jamlangan. Kitobning afzal jihati shundaki,
muallif har bir payg‘ambar hayotini yoritar ekan, eng asosiy tirgak sifatida Qur’oni
karim va hadisi shariflarga tayanadi. Kalomullohda zikr etilgan payg‘ambar
alayhissalomlarning qissalarini bayon etishda avvalo Qur’oni karimdagi oyat
hamda uning tafsirini keltirib o‘tish yo‘lidan borilgan. Bu esa o‘quvchida nafaqat
o‘sha payg‘ambar, balki Qur’ondagi oyat, suralar haqida ham qimmatli
ma’lumotlarga ega bo‘lishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari, har bir
ma’lumotning oyat va hadislar bilan isbotlanishi uning yana-da ishonchli
bo‘lishiga hissa qo‘shgan. Bu ilmdagi eng nozik nuqta, nazarimda. Yana shuni
ta’kidlash joizki, hazrat rohimahullohning so‘z boyliklarining yuqoriligi,
ma’lumotlarni ifoda etish uslublari tahsinga sazovor. Shayximiz har bitta gapni
o‘quvchi oson tushunishi uchun sodda va ravon uslubda bayon etganlar. Diniy
istilohlarni qo‘llashda ularning ham lug‘aviy, ham istilohiy ma’nolarining alohida
keltirilganligi o‘sha so‘zning kitobxon tomonidan tez tushunilishi va yodda
qolishiga zamin yaratadi.
Ushbu kitobni o‘qir ekansiz, payg‘ambar alayhissalomlarning hayot
yo‘llaridan o‘zingiz uchun juda katta ibrat olasiz. Jumladan, Odam alayhissalom
qissasi bilan tanishganingizda shaytonning doimo inson bolasiga dushman bo‘lishi,
nafs va hasadning inson umrini kemiruvchi illat ekanligini, hidoyatdan
adashmagan, nafsiga qul bo‘lmaganlarning hayoti yaxshilik bilan yakun topishiga
guvoh bo‘lasiz. Nuh, Hud, Solih, Lut alayhissalomlarning qissalari bilan
tanishganingizda esa yaxshilik tomon chorlanganda itoat etmaganlarning hayoti
yomonlik bilan tugashini tushunasiz. Ba’zan eng yaqinlaringiz tomonidan
yetkazilgan jafolardan ozurda qalbingizga Yusuf alayhissalomning qissasidan shifo
topasiz. Ayyub alayhissalomning qissalarini o‘qiganingizda shukur va go‘zal
sabrning mukofoti naqadar katta ekanligini anglaysiz. Payg‘ambarlarning xatibi
Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamning qissalarini esa ko‘z yoshlarsiz
o‘qishning aslo iloji yo‘q. Shayximiz Payg‘ambarimiz alayhissalomning qissalarini
shu qadar go‘zal tarzda keltirganlarki, o‘qiganingiz sari qalbingiz yayraydi,
ko‘zingiz yoshlanadi. Ushbu qismda payg‘ambarimiz alayhissalomning
tug‘ilishlaridan to Rafiqi a’loga ko‘tarilgunlariga qadar bo‘lgan har bir voqea
go‘zal holatda yoritilgan. Kitobning zavq va shavq bilan o‘qilishining yana bir
sababi muallif fikrlarining sodda, ravon ifodalanganligi hamda o‘zbek tilining boy
imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanganligida, nazarimda. O‘qigan har bir
insonning qalbini ilm nuriga to‘ldiruvchi, dinini yana-da chuqurroq bilishiga sabab
bo‘luvchi shunday nodir asarni bitgan Shayximizdan Alloh rozi bo‘lsin, ilm
yo‘lida qilgan mehnatlarini, chekkan zahmatlarini O‘zi munosib mukofotlasin.
“O‘qi” deya bizni ilm olishga amr qilgan buyuk Allohga cheksiz hamd-u
sanolar bo‘lsin, go‘zal axloqi ila qiyomatga qadar barchamizga eng go‘zal namuna
bo‘luvchi Rasulimiz sollallohu alayhi vasallamga beadad salovat-u durudlar
yog‘ilsin.
Axrorjon.
Nubuvvat Risolat kitobi Qur‘onda zikri kelgan nabiy alayhissalomlar
haqidadir.
Bilasizmi Tarix fani nima uchun kerak? O‘tgan voqealardan xulosa qilish
qilingan xatolardan saboq olish va erishilgan yutuqlar sirini o‘rganish
uchun, avvalgi xatolarni takrorlamaslik saodatga eltuvchi yo‘lni mahkam
tutish uchun ham! Shunday ekan Qur’onning 3dan bir qismi
Payg‘ambarlar qissasi haqida. Alloh bizga ularni keltirishdan maqsad bir
xatoni takror qilishimizni istamaydi bu Uning Rahmatim hamma
narsadan kengdir deganiga yorqin dalil. Agar Alloh rahmat qilmaganida
O‘zining eng mahbub payg‘ambariga bizni ummat qilib qo‘ygan
bo‘larmidi?! Birgina Nuh alayhissalom o‘z qavmini salkam 950 da’vat
qildi. Agar Alloh marhanati cheksiz bo‘lmaganida bandalariga shuncha
vaqt imkon berarmidi?! Yana Kitobni o‘qir ekansiz Muso
alayhissalomdek buyuk ulul azim payg‘ambar bizga qanchalik havas
qilganlarini ko‘rib ta’sirlanasiz. Agar qidirsangiz har bir payg‘ambar
tarixlaridan hayotimizda qaysidir voqealar mos kelib bizga qanday yo‘l
tutishga yorqin namuna vazifasini o‘taydi. O‘sha namuna-yu
andozolarning eng yaxshisi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi
vasallamning hayotlaridir. Sahobalarning ul zot alayhissalomga bo‘lgan
muhabbatlari va Islom yo‘lida ko‘rsatgan sabotlari haqida hikoya qiladi.
Ushbu kitob Hadis va Hayotning ikki juzini o‘z ichida jamlar ekan barcha
payg‘ambarlarning negizi, maslagi, tutgan yo‘li, manbaasi bitta ekaniga
amin bo‘lasiz. Darhaqiqat ular bir mo‘jaz uy bo‘lsa Rasululloh bilan
o‘shal uy kamoliga yetadi va bundan ortiq mukammal bo‘lmaydi.
Kitobning g‘oyasi barcha payg‘ambarlar tavhidga chaqirganini
g‘ayridinlarning bugungi kundagi da’volari botil ekanini bilib olasiz.
Maqsad ham shu bo‘lgan
Asarni nima uchun o‘qish kerak?
Bugungi kunda kishi borki baxt izlab yo‘lga xalovat izlab yo‘lga chiqadi
o‘ziga kumir yo‘lboshchi qidiradi. Bu kitob unga o‘zidan bo‘lgan,
mashaqqat chekishi uning uchun og‘ir bo‘lgan soadatiga tashna bo‘lgan
mushfiq va mehribon, eng to‘g‘ri yo‘lboshchisini tanitadi.
Kitobni aqlini tanigan istalgan odam o‘qisa bo‘ladi.
Asrning o‘zida Banu Isroil qilgan xatolarini biz qilmaymiz degan Miqdod
ibn Amr roziyallohu anhuni so‘zlari go‘yo yolg‘iz qolganimizda yoki
gunoh ishlarga yo‘liqqanimizda iymonimiz qay darajada ekanini haqida
o‘ylab qolamiz.
Bu ham mahorat.Hadislarni mavzularga moslab keltirish, sharhlash
jarayonida ulug‘ allomalar fikrini ham keltirib, yanada tushinishni
osonlashtirgan.Kitoblardagi insonlarning hayoti davomida ko‘rgankechirganlari borasidagi holatlari, yig‘laganda qo‘shilib yig‘lash,
tabassum qilganda qalblarimiz ham yorishishi bu muallifning mahorati
qanchalik yuksakligidan darak beradi.
Inson hayotini tartibga solib, ikki dunyo saodatiga erishish yo‘llarini
qidirar ekan, eng birinchi kitob mutolaasidan izlashi kerak.O‘zining
maqsadlariga erishish yo‘lida bu yo‘lni bosib o‘tgan insonlarni o‘ziga
ustoz tutishi lozim.Shayximiz bosib o‘tgan hayot yo‘liga nazar solsak,
ilmga bo‘lgan rag‘batlarini ko‘rib, yozgan kitoblarini o‘qib qalblarimiz
shijoatga to‘ladi.Asosiy maqsadi insonlarni ilmga bo‘lgan qiziqishlarini
oshirish, ummatni g‘aflat uyqusidan uyg‘otishdir.
Ey muslim! Mutolaa qilishdan to‘xtama!
Ey muslima! Farzandlaringning eng birinchi ustozi sen
bo‘lasan.Tarbiyani go‘zal berish uchun avvalo, tarbiyang go‘zal bo‘lishi
kerak! Ilm olishdan to‘xtar ekansan, kelajak avloding ilmli bo‘lishdan
to‘xtaydi.
Ey musulmon ahli! Nahot sodda va ravon uslubda yozilgan kitoblarni
mutolaa qilishga ham qodir bo‘lmasang.Ilmlar kitoblarni mutolaa qilish
orqali olinadi.Mutolaa jarayonidagi ajib holatlardagi rohatni yana
qayerdan topa olasan.Mutolaa qil va o‘z hayot tarzingni yaxshi tomonga
o‘zgartirish vaqti keldi.
Taqriz asarga qiziqtirish uchun yoziladigan erkin fikrlar jamlanmasidir,
asarning o‘zi emas! Shunday ekan barcha ushbu taqrizimni o‘qiganlarga
mingta boshqalar fikridan ko‘ra bir marta asarni to‘liq o‘qib chiqishlarini
tavsiya qilaman. Ze'ro "Kim ilm yo‘lida yo‘lga chiqsa , Alloh uning yo‘lini
oson qilib qo‘yadi".
So‘zim yakunida ilm olishga doimo intilishingizni va bu yo‘lda
Shayximiz asarlari sizga beminnat ko‘makchi bo‘la olishini alohida
ta'kidlamoqchiman.
O‘qigan, o‘qiyotgan, va o‘qiydigan har bir satrimiz bizlarni yaxshiliklarga
boshlasin!!.��
TAQRIZ
Kitob nomi: “Nubuvvat va risolat”
Kitob muallifi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sahifalar soni: 896 bet (kitob shaklida)
Nashriyot nomi: Hilol-Nashr
Taqriz muallifi: Sevaraxon Karimberdiyeva Azizbek qizi
• Kitob muallifi haqida qisqacha:
Kim islomni o‘rganmoqchi bo‘lsa,
Hazratning kitoblarini o‘qisin.
Butun bir hayotini, soniyalarigacha ilm olish, o‘rgatish va uni
ummatga xolisona tarqatish bilan o‘tkazgan, Qur‘on, fiqh, tasavvuf,
aqida, tafsir va yana shu kabi bir qancha islom ilmlariga oid kitob va
tarjimalarni nashr ettirgan yetuk olim, muhaddis, mufassir, faqih
zamondosh yurtdoshimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
hazratlari qo‘lingizdagi ushbu mo‘jazgina risolaning muallifidir. Tunlarini
kunlariga ulab, Payg‘ambarimizni siyratlarini, hayot yo‘llarini diqqat
bilan o‘rganib, kelajak ummatga o‘ta aniqlik ila rivoyat qilib qoldirgan
saxobai kiromlar, va tayyor kitob holatida bizga qoldirib ketgan
ulamolar va ular qatori Shayx hazratlariga Allohning rahmati bo‘lsin.
Ushbu yozilayotgan taqrizdan biror bir yaxshilik topsangiz Allohdan,
xato va kamchilik bo‘lsa insoniylik ojizligimizdan deb bilasiz.
• Kitobning bosh g‘oyasi:
Avvalo hayotlarining har bir lahzasi biz uchun ibrat manbai bo‘lgan
habibimiz, shafoatchimiz Alloh taolo yaratgan bandalari ichida eng
afzali, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga batamom va
mukammal salovat-u durudlar bo‘lsin.
Qo‘lingizdagi “Nubuvvat va risolat” nomli kitobi ham habibimizning
hayot yo‘llari, silsilasi, tug‘ilishlaridan to barcha yashab o‘tgan hayoti,
ahli oilasi, sahobalari, urushlardagi qiyinchiliklari-yu payg‘ambarlik
mo‘jizalari, risolat tongigagacha bo‘lgan barcha holatlar va undan
keyingi siyrat haqidagi barcha ilmlarni o‘rganishingiz uchun oz bo‘lsada
xizmat qiluvchi kitoblaringiz orasidagi chaman ichra bir gul bo‘lsa ajab
ermas. Zero, “Muhammad payg‘ambarimiz haqida ozmi ko‘pmi
o‘rgangan har qanday inson u zotni olamlarga rahmat qilib
yuborilganligini anglaydi”– deydi muallif hazratlari.
Bu borada so‘z yuritar ekanmiz, Payg‘ambarimizning siyratlari bu
dunyoda o‘tgan barcha payg‘ambar alayhissalomlarning siyratlaridan
eng mukammali va eng ishonchlisidir. Insoniyat tarixida hech bir
Payg‘ambarning hayoti ilohiy Kitobda Payg‘ambar alayhissalomning
hayotichalik yoritilmagan. Shuning uchun ushbu kitob
siyratni
o‘rganishingizda bir poydevor sifatida xizmat qilsa, kitob muallifining
haqqiga duo qilib qo‘yishingizdan umidvormiz.
• Kitob nega o‘qilishi kerak, uning ahamiyati qanday?
Aslida yuqoridagi shuncha ma‘lumotlardan so‘ng bu savolni berishni o‘zi
noto‘g‘ri, ahir nega o‘qilinmasligi kerak? Shunday bo‘lsada, bu haqida ham
biroz to‘xtalib o‘tamiz. Bu hayotni o‘rganmaslikni o‘zi bir kamchilik, chunki
bu
hayot
dunyodagi
barcha
fazilatlarni
o‘zida
jamlagan,
barcha
yomonliklardan yiroqda bo‘lgan zotning hayotidir. Uni o‘rganar ekanmiz,
o‘zimizdagi kamchiliklarni tafakkur qila boshlaymiz, hayotimizni ul zotni
hayotlaridek go‘zal qilishga harakat qilamiz, hammada bo‘ladigan mayda
qiyinchiliklar va mushkulotli holatlarga sabr qilishni, ayrim kamchiliklarga
ko‘z yumishni, qisqa qilib aytganda Alloh buyurgan holatdagidek yashashni
o‘z hayotimizga tadbiq qilishni o‘rganamiz
Kitobni o‘qir ekansiz xuddiki saodat asrida Rosululloh bilan birga
yashayotgandek his qilasiz o‘zingizni, Halimayi Sa‘diya onamizdan boshlab
to payg‘ambarlik mo‘jizalari-yu risolat kunlarigacha ul zot bilan birga
bo‘lasiz. Badr, Uhud, Xandaq, Tabuk janglarda birga kurashib birga qon
to‘kasiz, ayniqsa, risolatning so‘nggida Rosulullohning vafotlaridan so‘ng
azon aytmay qo‘ygan Bilolni, kim ul Zotni o‘ldi desa chopib tashlayman, ul
Zot Muso kabi Yaratgan bilan uchrashgani ketti degan Uma(r.a) lar bilan
birga bo‘lasiz. Bu so‘zlani o‘qiganda ko‘ziga bir tomchi yosh kelmagan inson
menimcha hali chin mo‘minlik baxtini topmabdi.
“Batahqiq, sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan
va Allohni ko‘p zikr qilganlar uchun Rosulullohda go‘zal o‘rnak bor”
Haa haqiqattan bu hayot shunchaki oddiy hayot emas. Bu barcha uchun
o‘rnak manbai bo‘lib, mo‘min musulmonlar uchun ilhom chashmasi bo‘lgan
hayotdir. Bu hayotning dushmanlari undan kamchilik topa olmay dog‘da
qolgan, unga tuhmat qilib, sharmanda bo‘lgan va oxiri uning buyukligiga
tan bergan hayotdir.
• Kitob qaysi yosh toifasidagilar uchun ?
Odatda har qanday kitobda ma‘lum yosh chegaralari qo‘yiladi, ammo
men bu kitobni o‘qib bir oddiy kitobxon sifatida qat‘iy bir belgilangan
yoshni berolmayman. Faqatgina bitta talab, kitobxon buni o‘qiganda, undan
nimanidir olishni bilsa bas va yana siyrat haqida ham ozgina bilimga ega
bo‘lishi kerak deb o‘ylayman, chunki ayrim hollarda ushbu kitobdagi ba‘zi
malumotlarni tushunishi u uchun biroz qiyinchilik paydo qilishi mumkin,
albatta bu holat o‘quvchining tafakkuri va ma‘lumotlarni qay holatda qabul
qilishiga bog‘liq.
• Xulosa.
Jannatga yetaklovchi bir hayotni o‘rganishlik haqida kichkina bir xulosani
keltirish o‘zi mushkuldir, chunki buning o‘zi bir katta ilm, katta xazinadir. Siz
ushbu kitobni o‘qir ekansiz, siz oddiy kitobxon emassiz, siz oddiy bir kitobni
o‘qimayapsiz, bu Olamlarga rahmat bo‘lgan ulug‘
siyaritidir, albatta
Payg‘ambarning
o‘qiganni uqmog‘i, uqqanidan ibrat olib unga amal
qilmog‘i bor. Zero Alloh amalsiz ilmdan va ilmsiz amaldan o‘zi saqlasin
Oddiy bir kitobxon va taqriz muallifi sifatida shuni ham aytib o‘tishim
joizki,
yuqoridagi
chalkashgandek
satrlarni
go‘yo,
yozar
ba‘zida
ekanman,
ko‘zimda
yosh,
hayolimda
ba‘zida
fikrlar
yuzimda
xursandchilik paydo bo‘ldi o‘zimni xuddi saodat asridagidek his qildim,
Rosulullohning yashab o‘tgan davrlarini, sahobalari, ularning ahli ayollari,
Qur‘onning nozil bo‘lishi, yana islomga da‘vat qilishdagi og‘ir qiyinchiliklar
ko‘z oldimdan bir-ma bir o‘tar ekan, ular haqidagi fikrlarimni so‘zlar orqali
qog‘ozlarga tushirish biroz qiyinchilik tug‘dirdi.
Va albatta, barchangizga ushbu kitobni o‘qib, uqmog‘ingizni tavsiya
qilaman. Darhaqiqat, bu kitob bir martta o‘qilsa kifoya qiladigan kitoblardan
emas, umringiz davomida qayta-qayta o‘qisangiz ham unga bo‘lgan ehtiyoj
yana qaytalinaveradi, o‘qiganingiz sari qalbingiz yana o‘qishni istab qoladi.
Yanoqlaringiz yoshlarnib, qalbingiz bo‘shab ketaveradi
Ushbu yozilganlarni o‘qish uchun qimmatli vaqtingizni ayamaganingiz
uchun tashakkurlarimni bildiraman. Yozilgan jumlalardan biror bir yaxshilik
topsangiz Allohdan, xato va kamchilik bo‘lsa insoniylik ojizligimizdan deb
bilasiz.
Sevaraxon Karimberdiyeva Azizbek qizi
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим.
Бу китоб толиби илмлар учун ва китобхонлар учун жуда ҳам чиройли бир кўринишда жамланган.
Жумладан Пайғамбаримиз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳаёт йўлларини ўрганиш
ва у зот алайҳиссаломнинг суннатларига амал қилиш барча мўмин мусулмонлар учун вожибдир
деб биламан. Аниқроқ қилиб айтганда барча ҳаёт жабҳаларида керак бўладиган маълумотлар бу
китобда жамланган деб биламан. Китобни ўзига келсак кўриниши жуда ҳам чиройли бир
кўринишда шакллантирилган. Икки китоб яни Ҳадис ва ҳаёт тўпламининг 19 ва 20-жузлари
жамланиши китобхонлар учун қулайлик ҳам яратади. Яни баъзи инсонлар Ҳадис ва ҳаёт
тўпламининг 19-жузини олиб ўқиганидан кейин бошқа пайғамбарларни ҳаётни ҳам билишга
қизиқиб қолади. Чунки биз мўмин мусулмонлар барча пайғамбарларга иймон келтирганмиз ва у
зот алайҳиссаломларнинг ҳаётларини ҳам ўрганиб ўзимизга ибрат олишимиз керак. Китобни совға
қилганда ҳам олувчини кўнглини жуда ҳам хушнуд этади. Ўзим бу китобдаги пайғамбарлар
тарихини бошқа китоблардан ўқиган эдим, лекин бу китобда яна ҳам маълумотларга бойитилган
ва аниқ, равшан ҳолатда жамланган экан. Пайғамбаримиз алайҳиссаломни ҳаётларига тегишли
илк саҳифалари эса тартиб билан воқеаларни жойлаштирилгани китобхонни хотирасида
воқеаларни бир-бирига улаб, ўртада узилиш бўлиб қолмасдан тўлақонли сақлаб қолишига имкон
беради. Шу жумладан ҳар бир мавзуни аудио шаклини эшитиш имконини яратилгани ҳам кенг
имкониятларни тақдим этади. Иш билан банд бўлганда китоб ўқишни иложи бўлмаса китобхон
келган мавзудан тўхтаб қолмасдан, шунингдек вақтдан унумли фойдаланган ҳолатда аудио
шаклини эшитиши ҳам мумкинлиги жуда ҳам яхши ўйлаб топилган ғоя деб биламан.
Ўзим бу китобни Ислом.уз парталида ўтказилган "Ислом.уз-1444" танловида мақолалар
ёзиш орқали ютиб олдим. Бу китобни устозларимиз илк бор қўлимга беришаётганида устида
Мадинанинг анча йиллар олдин туширилган расмли ғилофи бор эди. Табиийки бу кўринишдаги
китоб менга нотаниш эди. Ичида қандай китоб борлигига жуда ҳам қизиқиб кетдим. Тадбирдан
кейин уйга келиб онажоним билан бу китобни биргаликда очдик. Очганимда кейин шу китобни
эълон қилинганида "Жуда чиройли чиқибди" деб жуда ҳам орзу қилган эдим. Лекин бошқа
китоблар қатори бу китобни кимдир менга совға қиладими ёки йўқми деган хаёл келмаган эди.
Лекин Аллоҳ таоло ўйламаган жойимдан менга бу китобни менга насиб қилдириб қўйди.
Олганимдан кейин бу китобни бир қанча жойларидан жумлаларига кўз ташладим. Баъзи ҳадислар
танишдек туйилди, чунки Имом Термизий раҳматуллоҳи алайҳнинг "Шамоилул Муҳаммадийя"
китобида ҳам у ҳадисларни ўқиган эдим.
Шунингдек бу китобни ёзишда жуда ҳам маълум ва машҳур уламоларнинг китобларидан,
тафсирларидан фойдаланганлигини кўриб бу китобни ўқиган одам бир китобни эмас, балки бу
китобни жамлаш учун қанча китобдан фойдаланилган бўлса ўшанча китобни ўқигандек бўлади
деб биламан.
Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам зикр қилинган жойда барака бўлади. Бунинг
шарти зикрни қалбдан ҳис қилган ҳолда, иймон ва ишонч билан қилишимиз керак.
Бу китобда яна ўқишим эса менга илмни мустаҳкамлашда ёрдам беришини Аллоҳ
таолодан сўраб қоламан. Бу китобни қунт билан ўқиган китобхон жуда ҳам катта бир фойда олади.
Ҳаёти, дунё қараши, инсонлар билан муносабати ҳам тубдан ўзгаради. Чунки бу китобни ўқиган
одам Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг хулқлари билан хулқланишга ҳаракат қилади,
суннатларига эргашиб унда бардавом бўлишга қасд қилади. Шунингдек бу китобда бошқа
пайғамбарларнинг ҳаёт йўлларидан ҳам китобхон ўзига керакли хулосани олади, илмини янада
бойитиб боради. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларини бир сўзлари доимо китоб
ўқишдан олдин ва кейин эсимга тушим туради. Яни инсон бир китобни ўқир экан у китобни
ўқимасидан олдинги одам бўлмайди. Жумладан бошқа китоблардан фарқли равишда Расулуллоҳ
соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳаётларини ўқиб, ўрганган одам юқорида таъкидлаганимдек
тубдан ўзгаради. Инсон учун фойдали илм дунё ва охиратига фойда олиб келадиган илм деб
биламан. Бундай илмни мусулмон инсон манбалардан энг олийи бўлмиш Пайғамбаримиз
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳаётларини ўрганиш орқаси ҳосил қилиши мумкин.
Хулоса қилиб айтганимда ўзим ҳам бу китобни охирига етганимда олдинги одам
бўлмасликга ҳаракат қиламан. Чунки инсон билган илмига амал қилса у илми инсонни фойдасига
ҳужжат бўлиб жаннатга олиб киради. Билиб туриб амал қилмаслиги эса Аллоҳ асрасин уни
залолатга кетишига, билиб туриб амал қилмагани учун дўзахга ҳам киришига сабаб бўлади. Илм
олар эканмиз унга амал қилишга ва бошқаларга ҳам яхшилик илинжида таълим беришга ҳарис
бўлишимиз керак.
Мен бу китобни ҳали тўлиқ ўқиб чиққаним йўқ, лекин шундай бўлса ҳам бу китобдаги кўп
маълумотлар менга таниш бўлгани учун ва бу китоб ҳақида ўз фикримни билдириш учун бу
тақризни холислик билан баён этдим. Шу китоб каби бошқа китоблар ҳам китобхонларни
кўзларини қувнатадиган даражада чиқишини кутиб қоламан. Бир бирига яқин мавзудаги
китобларни бундан кейин ҳам жамланган ҳолатда ҳамёнбоп бўлиб чиқиши китобхонларга
қулайлик яратади деб ўйлайман.
Исм, фамилия: Тоиров Юсуфхўжа.
Телефон номер: +99897 748 12 30
TAQRIZ
Bismillahir rohmanir rohiym.
Insoniyatni O’zining to’gri va haq yo’lida yurishini xohlab, bashariyatga o’z
qavmidan nabiylar va rasullar yuborishni iroda etgan Alloh subhanhu va taologa
cheksiz hamd-u sanolarimiz bo’lsin.
Olamlarga rahmat bo’lib, o’z ummatlarini yolg’iz Alloh taologa ibodat etishga
buyurgan, haq din bo’lmish Islomni insonlar qalbiga nur bo’lib kerishiga xizmat
qilgan sarvari olam Muhammad mustafo (s.a.v) ga durud-u salovatlarimiz bo’lsin.
Robbil alamiyning ko’rsatmasi ila bashariyatni zalolatdan hidoyatga chorlgan
anbiyo va rasullarga salovatu salomlarimiz bo’lsin.
Payg’ambarlarning merosxo’rlari bo’lib, biz ummatlarga ul zotlarning ibratli
hayot yo’llari va haq yo’lda chekgan mashaqqatlaridan xulosa chiqarishimizga
sabab bo’lgan ulamolarimizdan Alloh o’zi rozi bo’lsin.
Xususan, unutulib ketayotgan suyukli Rasulimizning sunnatlari va hikmatlarini
jonlantirishga o’z hayotini baxshida etib, bu orqali nafaqat biz o’zbekzabon millati
va boshqa ko’plab insonlarni eng to’g’ri va haq yo’l bo’lmish Islom dinini chuqur
o’rganishiga va anglashiga sabab bo’lgan fazilatli shayximiz Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf hazrlatlarini Alloh taolo o’z rahmatiga olgan bo’lsin.
Shayx hazratlarini biz millatni oldida qilan ishlari beqiyos, asarlari esa ilm
dengizinig javohirlaridir. Men bir necha yil avval kitob o’qish borasida o’zimda
oqsashlik, ilmga bo’lgan rag’batning kamiyishini sezdim, qalbimni g’ashlik o’rab
olgan edi, turli yo’nalishdagi kitoblarni mutolaa qilishga harakat qildim, lekin bu
kitoblarni o’qiy olish davomli bo’lmadi, maktab davrimizdan oynayi jahon orqali
shayx hazratlarining Ramazon oyi suhbatlarini ko’rib va tinglab ul zotga va
asarlariga o’zgacha bir mehr uyg’ondi, Tolibi ilm bo’lish baxtiga sazovor bo’lib
shaharga o’qishga keldim, bu joyda u zotning asarlarini biz yashayotgan qishloq
joylaridan ko’ra topish osonroq bo’ldi . Asta sekinlik bilan u zotning kitoblarini
oqishni boshladim, o’tgan ikki yil davomida shayx hazratlarining qalamiga mansub
bo’lgan, “Iymon”, “Vasatiya-hayot yo’li”, uch juzli “Ruhiy tarbiya”, sakkiz kitobni
o’ziga jamlagan “Zikr ahlidan so’rang” savol –javoblar to’planmasi, olti kitobdan
iborat bo’lgan “Tafsiri hilol” asari , fiqh ilmiga bag’ishlangan “Usulul fiqh “, “
Kifoya “ nomli uch jildlik asarinig birinchi va ikkinchi kitoblari, aqida ilmiga oid
“ Sun’iy aqidalar” , “ Aqiydatut-taxoviya sharhining talxiysi”, mazhablar borasida
keng va to’g’ri tushuncha olishga yordam beradigan “Ixtiloflar, sabablar va
yechimlar”, “ Mazhablar birlik ramzi”, “Ochiq xat”, tasavvuf ilmiga oid “
Tasavvuf haqida tasavvur “, baxtli oila qurish va oilaga oid ilmlarni jamlagan “
Baxtiyor oila “ asari hamda
o’zida bir nech on juzni jamlagan
Payg’ambarimizning hadislarini qanday qilib hayot yo’limizga tatbiq etsihga
mo’ljallangan “ Hadis va hayot” silsilasini o’ndan ziyod kitoblarini mutolaa
qildim. Bu asarlar menda olam olam taassurot uyg’otdi. Bu kitoblarning har
biridan o’zgacha tasavvurlar oladi inson va ularni qayta-qayta o’qishni xohlaydi.
Xususan, “Nubuvvat va risolat” haqida yozilgan “Hadis va hayot “ silsilasining
o’n to’qqizinchi juz “Olamlarga rahmat payg’ambar”, yigirmanchi juz “Anbiyolar
qissasi “ nomli kitoblarni o’qib munoqasha qilib shuni angladimki, har bir ummati
Muhammadiya bu asarlarni o’qishi lozim. Chunki bu kitoblar orqali nabiylar va
rasullar ibratli hayot yo’llarini va ma’no, hikmatlarga boy qissalarini o’qib inson
Allohning o’z bandalariga naqadar rahmatli ekanligi anglaydi va U Zotning
cheksiz ilmi, qudratiga lol qoladi.
“Olamlarga rahmat payg’ambar” deb nomlanuvchi bu asar biz ummatlarga Rasuli
akram (s.a.v ) ning dunyoga kelishlaridan to ul zotning firdavs ul a’loga rihlat
qilgan davrlari dunyo tamaddunini butunlay o’zgarishiga sabab bo’lganligi haqida
so’zlaydi. Dastlab, bu kitobda Siyrat ilmiga oid buyuk ulamolarning asarlari ,
ularning o’z yondashuvlari , ularning ichida buyuk muhaddis Muhammad atTermiziyning “ Shamoiliy Muhammadiya” asari islom ummati orasida juda ham
mashhur asar ekanligi faxr bilan esga olinadi. Shundan so’ng “Nubuvvat va
risolat “ kitobining birinchi fasli boshlanadi. Sarvari olamning fazilatlari haqida
Allohning Kalomi Qur’on Karimda U Zotning payg’ambarimiz haqida kelgan
oyatlar, u zotning sahobalari tomonidan aytilgan hikmatli gaplarni o’z ichiga oladi.
Shulardan biri Muslim, Abu Dovud va Terzmiziy rivoyat qilgan “ Qiyomat kuni
men Odam farzandining sayyidiman…” deb boshlanuvchi birgina hadis biz
ummatlarga naqadar ulug’ fazl egasi ekanligi haqida so’zlaydi.
Rasullohning tug’ilishlari, nasablari va ismlari to’g’risida esa u zot fil yilida
tug’ilgan ekanliklari , nasabalari esa eng ulug’ nasab sohibi bo’lganliklari, Ahmad,
Mohiy, Oqib, Hoshir ismlari va ular haqida qisqacha o’quvchiga ma’lumot
beriladi. Bu buyuk zotning tug’ilishlariga bog’liq ajoyibotlar ham bu olam buyuk
bir insonning dunyoga kelishiga tayyorgarlik ko’rganday edi go’yo. Nabiy
sollallohu alayhi vassalamning emizdirilishlari ham insonlarga faqat
baraka va
hayotlariga esa quvonch olib kirgan, Payg’ambarimiz tug’ulmasidan avval otalari
Abdulloh, olti yoshlarida esa onalari Ominadan yetim qolishlari, shundan keyin
bobosi Abdulmutallib, bobolari vafotidan so’ng esa amakisi Abu Tolib
qaramog’ida qolishlari ham Alloh taolo u zotni buyuk bir ish uchun hayot
sinovlarida toblantirganday edi. Tarixdan ma’lumki, yoshligida yetim qolgan
insonlar boshqalardan ko’ra ko’proq mashaqqatlarga chidamli, yuksak ishlarni
bajarishga iroda hosil qilib voyaga yetadilar. Rasululloh hali payg’ambar
bo’lmaslaridan oldin ham go’zal xulq sohibi ekanliklari johiliyat botqog’iga botgan
Quraysh aholisning og’ziga tushgan edi. Ul zot xalq orasida “amin” taxallusini
olgan edi, ya’ni bu so’z ishonchli kishi, rostgo’y ma’nolarini anglatadi. Agar
qavmi orasida qandaydir kelishmovchilik chiqib qolsa, Muhammad (s.a.v) ga
murojaat qilishar, chunki bu zotning adolatli, rostgo’y va omonatdorligiga hech
kim shubha qilmas edi. Kitobni o’qish davomida shuni anglash mumkinki, butun
insoniyat tarixi davomida hech bir shaxs Nabiy (s.a.v) kabi o’rganilmagan va
asarlar bitilmagan. Shuningdek, Payg’ambarimiz o’zlari ta’kidlaganidek, ko’plab
nabiylar cho’ponlik bilan shug’ullanishgan, u zot ham Makka ahlini qo’ylarini
boqib kun kechirganlar. Keyinchalik Rasuli akram Hadicha onamizga uylanadilar,
bu ham Alloh taolonining irodasi bilan payg’ambardek buyuk ishga tayyorlashning
bir bosqichi bo’lib xizmat qildi.
Tarixchilar nega Alloh taolo payg’ambarlik maqomiga aynan Makka ahlidan
bo’lishini xohlaganligini o’rganganlar, ulomolar bunga javoban aytganlarki, o’sha
davrda arablar, xususan, Makka ahli zalolatga botgan, gunoh-ma’siyatga to’la,
shirk urchigan bir jamiyat edi, Alloh subhanhu va taolo bu mushrik qavmlarni
zalolatdan hidoyatga boshlash uchun nabiylarning eng ulug’i va so’ngisi bo’lmish
Muhammad (s.a.v) ni ularga yubordilar, oldingi rasullar faqat o’z qavmiga
payg’ambar bo’lib kelishgan bo’lsa, u zot esa butun bashariyatga Allohning
hidoyatni yetkazishdek buyuk vazifani oldilar. Robbil alamiyn qaysi rasulni biror
qavmga yuborsa , shu nabiy o’zidan keyin kelguchi oxirgi payg’ambar haqida
xabar bergan, ammo Tavrot va Injil kabi ulug’ kitoblar tushgan yahudiylar,
nasorolar qavmi bu muqaddas kitoblarda kelgan so’ngi payg’ambar haqida
ma’lumotni yashirdilar, o’zgartirdilar , ular, ayniqsa, yahudiylar payg’ambarlarni
faqat ularning millatidan bo’lishini xohlashgan va birgalikda yashagan arab
qabilalarga , bizga yaqinda bir rasul keladi, u bilan sizlarning adabingizni beramiz
deb maqtanar ham edilar, ammo ish ular o’ylagandek bo’lmadi. Ularning bu
qilmishlari Alloh taoloning g’azabiga sabab bo’ldi, chunki U Zot o’z Kalomida ,
xohlagan qavmidan rasul tanlab olishi mumkin ekanligini ta’kidlagan va
nabiylarning oxirgisi esa arablardan bo’lishini iroda etdi. Aslida yahudiylar ham
arablar ham hammasi Ibrohim alayhissalom millatidan hisoblanadi.
Payg’ambarlik alomatlaridan, agar Muhammad (s.a.v) tush ko’rsalar xuddi
hayotlarida ham ko’rgan tushlari sodir bolar edi. Demak butun bashariyatni eng
ulug’ davri, ba’zi ulamolar aytgandek, olam huddi yigirmi uch yil uchun
yaratilgandek deb hisoblashgan payg’ambarlik davri boshlandi. U zot qirq yoshga
yetganda Hiro g’oridaligida nabiylik maqomi berilganligi Jabroil farishta orqali
Alloh taolo bildirdi. Shu o’rinda ajib bir voqea sodir bo’lgan edi, Jabroil
alayhissalom muborak zotga “Iqro” dedilar, ya’ni bu so’z arab tilida “O’qi” degan
ma’noni angalatdi. Bundan ko’rininib turibdiki , Islom dini insonni o’qishga , ilm
olishga undaydi , ba’zi Islom dushmanlari o’ylagandek bu muqaddas din ilm va
ma’rifatdan uzoq emas, balki ilmni talab qilishni farz darajisiga olib chiqqan
hidoyat, ma’rifat , ilm dinidir.
U zot payg’ambar bo’lganidan so’ng dastlab, Hadicha onamiz musulmon
bo’ldilar, va bu mashaqqatli va ulug’ yo’lda Rasullohga jonlari va mollari bilan
xizmat qildilar. Abu Bakr, Ali ibn Abu Tolib, Abdurahmon ibn Avf, Talha ibn
Ubaydulloh, Sa’d ibn Abu Vaqqos kabi sahobalar ham bu ummatning
dastlabkilaridan bo’ldilar, jonlarini o’rtga tikib haq dinni yoyilishida beqiyos
xizmat qildilar. Albatta biror rasul o’z qavmiga yuborilsa u qavm u zotlarni
adshganlikda, uydirma qilayotgandalikda ayblab ustlaridan kulishgan, ammo,
Rasululloh esa bu qavmlarning ta’ziyqlaridan og’ir musibatlarga duch keladilar,
mushriklar u zotni sehrgarlikda, jinnilikda, yolg’onchilikda ayblaydilar, vaholanki,
oldin o’zlari u insonga “amin” deb , ya’ni rostgo’y deb murojaat qilganlarini
unutdilar, oldingi nobakor qavmlar singari zalolatga, tug’yonga ketadilar, Alloh
taoloninig xohishi bilan sodir bo’lan payg’ambarlik mo’jizalari ham bu qavmni aql
idrok etishga undamadi, mushriklar battar musulmon bo’lganlarga ta’ziyq qilishni,
ularni vaxshiylarcha jazolashni kuchaytirdilar, Umar ibn Xattob raziyollohu anhu
musulmon bo’lganlaridan so’ng islom dini yanada quvvatli bo’ldi, bu voqeadan biz
musulmonlar o’rnak olishimiz kerakki, ko’pchilikni hayolida musulmon kishi faqat
masjidda taot-ibodat bilan shug’ullanadigan, yuvosh, dunyo ishi bilan ishi yo’q deb
o’ylaydilar, aslida esa Islom dini insonni ikki dunyo saodatiga erishishga harakat
qilishga undaydi. Agar dunyo amalini Allohning roziligi deb bajarilsa, bu ham
ibodat darajasida hisoblanishi mumkin. Haq dinni mohiyatini tushunmagan Makka
mushriklari musulmonlarga tahdidilarini yanadar kuchaytirar, Bilol ibn Raboh kabi
qalbi iymonga to’la mo’minlar mushriklar bergan azobga bardosh berib,
o’zlarining dinida sobit turar edi. Payg’ambarimiz Makka aholisining jabrsitamalaridan musulmonlarni himoya qilish uchun ularni Habashistonga hijrat
qilishga buyurdilar. Ammo, musibatlar ustiga musibat tushib, Hadicha onamizning,
amakilari Abu Tolibning vafotlari esa Rasululloh va mo’minlarni yanada qayg’uga
soldi. Biroq, Alloh taolo o’zining suyukli bandasiga Me’roj voqeasi bilan yana
ham nusrat berdi. Payg’ambarimiz da’vat ishlarini kuchaytirdilar, Makkaga haj
qilish niyatida kelgan Madinadan kelgan insonlar bilan Islom dinining arkonlari
bilan tanishib, ularni haq dinga chorlar edilar. Ular bilan da’vat ishlari yana ham
kuchaydi, keyingi yil haj mavsumida ko'plab madinaliklar musulmon bo'ldilar.
Alloh taolo Muhammad (s.a.v) ga vahiy orqali Madinaga hijrat qilishni bildirdi.
Madinaga hijrat qilish ham oson kechmadi, mo'minlar Makkadan o'z yaqinlarini,
mollarini tashlab Alloh roziligi uchun yo'lga otlandilar.
Madinaliklar Rasulimiz va muhojirlarni iliq qilib kutib oldilar, Sarvari olam
Makkalik muhojirlar bilan Madinalik ansorlarni bir-biriga xuddi qadrdon akaukalardek bo'lib Alloh dinini yoyishga buyurdilar, asta sekinlik bilan dastlabki
islom davlatining ildizlari kurtak ota boshladi, ammo bu ish osonlik bilan sodir
bo'lmay, yahudiylar, munofiqlarning g'araz niyatlari, dushmanchiligi tufayli
ko'plab sinovlarga xiyonat, Payg'ambarimizga suiqasdlarga duch keldilar.
Nubuvvatning dastlabki o’n yilligini oladigan bo'lsak, bu davr asosan mo'minlarni
Allohning yagonaligi, faqat unga ibodat qilish, iymonlarini yanada mustahkam
qilish bilan bog'liq ishlar amalga oshirilgan. Chunki, inson qalbi iymon lazzatini,
mohiyatini bilmay turib bu dinda sobit turish oson emas edi. Alloh taolo
mo'minlarga bo'lgan ta'ziyqlar, jabrlarga qaramasdan ularga qarshi urushga
buyurmas edi, biroq Alloh buyurgan ishda fitnaga sabab bo'lgan mushriklarga
o'zlarini himoya qilish, Islom dinini mukarram etish maqsadida ularga qarshi jang
qilishga buyurdi. Bu voqeadan oladigan xulosamiz shuki, islom ba'zi islomoflar
o'ylagan kabi terror dini emas balki, tinchlik dini, insonlarni faqat birdam bo'lib
yashashga da'vat etadi. Islom tarixida g'azotlarning o'rni ham beqiyos bo'lib, Badr,
Uhud, Ahzob kabi mushriklar va mo'minlar bilan bo'lgan urushlar ummati
Muhammadiyani saboq olishga chorlaydi. Xususan, Badr g'azotini oladigan bo'lsak
uch yuz o'n uch kishilik musulmon jamoasi mingga yaqin mushriklarga qarshi jang
qildilar, bu urushda Alloh taolo Rasuli akram (s.a.v) ning iltojilari tufayli o'zining
farishtalari bilan mo'minlarga g'alaba ato etdi. Bu esa musulmonlarning obro'sini
yanada oshirdi, yahudiy va nasorolar ular bilan sulh tuzib yashashga harakat qila
boshladilar, shuningdek, islom diniga kiruvchilar soni ham ko'paydi. Biroq keyingi
Uhud g'azotida esa mo'minlarni oldingi zafarlari g'uluga ketishga sabab bo'lib ,
mushriklar bilan bo'lgan jangda yengildilar, bu jangda ko'plab sahobalar shahid
bo'lishdi, Payg'ambarimizning muborak yuzlari jarohatlandi. Bu ham Alloh
taoloning hikmatidan edi. Chunki musulmonlar Badr g'azotidagi g'alabadan mast
bo'lib bizni hech kim yenga olmaydi deb o'ylashgan edi, biroq bilmasmidilar,
g'alaba va nusrat yolg’iz Allohning o'zidan ekanligini. Ushbu jang musulmonlarga
katta saboq bo'lib xizmat qildi. Kuch va quvvat yolg'iz Allohdan ekanligiga yana
bir bor amin bo'lishdi. Uhud g'azotidan so'ng mo'minlar bilan sulh asosida
yashovchi yahudiylar o'zlarining qabih ishlarini boshladilar. Rasulullohga bergan
ahdlarida turmay arab mushriklari bilan til biriktirib, ularga qarshi ittifoq tuzishdi
va tarixda Handaq yoki Ahzob g'azoti nomini olgan jang bo'lib o'tdi. Bu jangda
musulmonlar jamoasi Allohning nusrati tufayli, shuningdek Salmon Forsiy
roziyallohu anhu ko'rsatgan urush taktikalari bilan ham g'alaba qozonishdi. Shu
o'rinda bir savol uyg'onish lozimki, nega Alloh birdinga hamma zolim , kufrga ,
shirkga botgan qavmlarni yo'q qilib, musulmonlarga osonlik bilan zafar ato
qolmaydi. Bunga javoban aytish mumkinki, Alloh taolo bandasidan faqat o'ziga
tavvakul qilib, shunga yarasha sabablarini ham keltrishini ham xohlaydi, agar
musulmonlar doim osonlik bilan maqsadlariga yetganlarida , ular islomning asl
mohiyatini anglamasdan tug'yonga ketgan bo'lishar edi huddi yahudiylar singari.
Bir necha sariya va g'azotlardan so'ng haj qilish niyatida Makka sari otlangan
musulmonlar jamoasi arab mushriklari bilan "Hudaybiya" sulhini tuzishi Islom
davlatini tan olina boshlanganini, bu sulh aslida fath ekanligini anglatib,
musulmonlarning obro'sini yanada oshirdi. Rasululloh sahobalarini o'sha davrdagi
eng qudratli bo'gan Rum va Fors podshohlariga elchi qilib yuborib islom diniga
da'vat qila boshladilar, bu ham nafaqat dinni yoyish, balki diplomatik aloqalarni
qanday yo'lga qo'yish lozimligini ham ko'rsatib berdi. Hijriy sakkizinchi yilda
Allohning inoyati bilan Makka fath ham bo'ldi, mo'minlar yanada quvvatli
bo'lishdi. Makka fathi islom dinini keng yoyishda beqiyos xizmat qila boshladi,
turli qabilalar, qavmlar o'z elchilarini Muhammad Mustafo (s.a.v) ning huzurlariga
yuborib Allohning dinini o'rgatishlarini iltimos qilishar edi, odatda elchilarga
masjidlar yaqin joyda chodirlar tayyorlanar, bu yerda ular masjidga namoz,
ibodatga kelgan musulmonlardan ko'rib islom dinining arkonlarini o'rganishar,
qavmlari oldilarga borib, haq din haqida ta'lim bera boshlashdi. Islom o'zining eng
gullagan davrlarni kechirayotgan, har tomonlama yuksala boshlagan edi. Allohning
so'ngi va qiyomatgacha boqiy dini keng yoyilib , Payg'ambarimiz o'zlariga berilgan
bu ulug' vazifani yuksak iroda, Allohning quvvati, madadi bilan ado etdilar.
Yuzmingga yaqin musulmonlar bilan haj ziyoratiga chiqqan Rasulullohning bu
safargisi vidolashuv haji bo'ldi. Bu hajda musulmonlarga va'z o'qib, islomni ularga
yetkazganliklari , haq bilan botil ajraganligini aytdilar, munkar ishlardan, o'g'rilik,
zinokorlik kabi yomon ishlardan qaytarib, Alloh taologa doimo ibodat qilib,
tafriqaga tushishdan qaytardilar. Ulardan Alloh va uning rasuli rozi ekanliklarini, u
zotdan ular ham rozi bo'lishini aytdilar. Ko'p o'tmay Nabiy (s.a.v) xasta bo'lib
qoldilar, jamoat namozlariga ham chiqishga qurbilari yetmay qoldi, Abu Bakr
Siddiq raziyollohu anhuni jamoatga imom bo'lishini tayinladilar. Shundan so'ng oz
muddatdan keying hijriy o'n birinchi yil o'n ikkinchi rabiy’ul avval oyida foniy
dunyodan boqiy dunyoga firdavs ul a'loga rihlat qildilar. Ul zotning biz ummatlar
oldida qilgan buyuk ishlarini ta'riflashga hech kim so'z topa olmaydi, butun
hayotini ummatim deb yashadilar, mo'minlarning onasi Oisha roziyallohu anho
aytganidek, xulqlari Qur'on bo'lgan bu ulug' zot butun Odam qavmining eng azizi,
mukarrami, yaxshi ahloqlarni tugal qilishga Alloh taolodan yuborilgan nabiylar
sayidi sifatida ikki olam sarvari deb nomlangan buyuk maqomga erishdilar.
"Nubuvvat va risolat" haqida yozilgan "Hadis va hayot" silsilasining yigirmanchi
juz "Anbiyolar qissasi" ham nabiylar va rasullar to'g'risida juda ham muhim
bo'lgan ma'lumotlarni to'liq ketma- ketlikda va har birlariga xos ma'lumotlar bilan
boyitilgan bo'lib, o'quvchida o'ziga katta qiziqish uyg'otadi. Bu kitob dastlab nabiy
va rasullarning umumiy vazifalari, ya'ni Alloh taoloning tavhidini o'z qavmlariga
yetkazishga buyurilganliklari bilan boshlanadi, shuningdek, bir yuzi yigirma to'rt
mingta anbiyo va rasullar o'tkanligi , shulardan Qur'oni karimda nomlari
keltirilgan yigirma besh payg'ambarlar Odam Atodan boshlab Muhammad
alayhissalomgacha bo'lgan Allohning elchilari to'grisida ma'lumot beriladi.
Qolaversa, nega aynan bu ulug' zotlar erkak zotidan bo'lishliga, nega o'z qavmiga
o’z qavmi tilida yuborilishi, ularning mo'jizalari, oddiy insondan bo'lishlari, bashar
va ma'sum ekanliklari kitobda keltirilib o'tiladi. Olti “Ulul azm” payg’ambarlar
haqida to’xtalib, bularning qolgan nabiylardan ko’ra ko’proq qavmi tomonidan
aziyat yetganligi, sinovlar yog’dirilib kelishi esa ularni sabrli, matonat bilan
Allohning hidoytini yetkazishdek ulug’ vazifani ado qilgankilari to’g’risida
ma’lumotlar beriladi. Dastlab Odam Atoning yaratilishi, Momo Havo bilan
jannatdan quvilishlari , Alloh esa Odamni birinchi payg'ambar qilib tanlab
olinlganligi bilan boshlanadi, shuningdek Idris, Nuh, Od qavmiga Hud, Samud
qavmiga Solih, shirk ishlari gurkirab ketgan qavmga yuborilgan Ibrohim, bu
Halilullohning ikki solih farzandlari Ismoil va Is'hoq , hayvon ham qilmaydigan
jirkanch ishlarni qilayotgan Lut qavmi qissasi, yahudiy qavmi tarqalishiga sabab
bo'lgan Ya'qub, akalari tomonidan o'ldirishga harakat qilinib , qul sifatida Misr
diyoriga borib oddiy darajadan Misr valiysiga aylangan Yusuf , yolg'onchikka
botgan qavmga yuborilgan Shuayb, Zulfikal, o'zini Xudoman deb da'vo qilib
yurgan Fir'avnga qarshi kurashgan , Alloh bilan parda ortidan Tur tog'ida
suhbatlashgan Muso, u zotga haq dinda yoyishda yordam bergan akalari Horun,
ilohiy kitob Zabur nozil qilingan Dovud, hatto shamollar-u jinlar bo'ysindirilgan,
dunyo podshohligi poyida bo'lgan Sulaymon, Ilyos, birinchi bor qavmi tomonidan
uning da'vati qabul qilingan Yunus , ota-bola Zakariyo va Yaxyo, pok va taqvoli
ayol Maryam onamizga Jabroil farishta orqali Allohning ruh puflashidan dunyoga
kelgan Iyso alayhissalomlar qissalari bayoni keltiriladi.
Shuningdek, kitobda keltirilgan payg’ambarlar qissalari orqali o'quvchi hidoyat
faqat va faqat Alloh subhanohu va taoladan ekanligi, to'qqiz yuz ellik yil da'vat
qilgan Nuh alayhissalom qanchalik urinmasin oz insonlar haq yo'lga yurganligi,
hatto mushrik otasi va qavmini yolg'iz Allohga ibodat qilishga undagan Ibrohim
Halilullohni misol keltirishimiz mumkin. Aziz kitobxon, bu "Nubuvvat va risolat"
kitoblari islom dinini o'rganishda muhim dasturamal bo'lib hisoblanadi, ayniqsa biz
o'sib kelayotgan yoshlar bu asarlarni o'qish orqali dinimizni chuqur anglaymiz, bu
dinning ilm, tinchlik, insonparvarlik jo'sh urgan haq yo'l ekanligini idrok etamiz.
Bunday go'zal va nodir asarlarni yozgan fazilatli shayximiz Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf hazratlaridan Alloh taolo o'zi rozi va rahmatiga olgan bo'lsin.
Sepatullayev Lutfullo Baxtiyorjon o’gli (Toshkent moliya instituti 4-kurs talabasi)
Assalamu alaykum va rohmatullohi va borakatuh
Bismillahir Rohmanir Rohim
Taqrizni men asosan 3 ta toifaga boʻlib shuni izohlab bermoqchiman
1 Olamlarga Rahmat paygʻambarimiz bu dunyoga kelishlari
2 Paygʻambarimizning goʻzal hulqlari
3 Paygʻambarimizning vafotlari
Olamlarga rahmat paygambarimiz 570 yil rabiul avval oyining 12 kuni
dushanba kuni tavallud topadi. Paygʻambarimizning otalaring ismi
Abdullox onalarining ismi Omina onamiz boladi Paygʻambarimizning ota
Abdulloh uning otasi Abdulmutalib uning otasi Hoshim va keyin oxiri
Ismoil A.s kelib tarqalganligini bilamiz paygʻambarimiz avlodidan
bironta faxsh ishni qilgan odam boʻlmagan
Ularning nasabi pok va toza boʻlgan
Paygʻambarimiz tugilishi ham bir moʻjiza edi shunki Omina onamiz
Paygʻambarimizga homila boʻlganida hech qanday bir oʻgir qiyinchilik
chekmaydi hattoki suyukli Paygʻambarimiz dunyoga kelganda ham bir
moʻjiza boʻlgan edi, Paygʻambarimiz sajda Xolida tugilgan edi va butlar
yiqilgan edi va bir nur sochilgan ediki bu nur Hattoki Yahudiylar ham
koʻrib aytgan edi bu gapimni yodlab olinglar bugun oxir zamon
paygʻambari dunyoga keldi deb shu tariqa paygʻambarimiz otasini
kormay dunyoga keldi va 6 yoshga yetmay onasi ham vafot etgan edi bu
qiyinchilik ustidan yana qiyinchilik tushdi.shu tariqa 6 yoshdan song
bobosi Abdulmutalibning qoʻlida katta boʻlishni boshladi ming afsuski
hech qancha vaqt oʻtmay bobosi abdulmutalib ham vafot eta boshladi
Undan keyin amakisini qoʻlida tarbiya topdi unda Paygʻambarimiz 8
yoshda edilar
Alloh irodasi bilan paygʻambarimiz ham onasiz ham otasiz tarbiya topa
boshladi. Asta ulgaydi va amakisiga yordam boʻlish uchun choʻponlik
qilardi u ham hikmat deb atashadi shunki hamma paygʻambarlar ham
qoy boqqa ekan.40 yoshga toʻlganda vahiy kela boshladi xiro gʻorida
iqro (oqi)bismi robbi kallazi xolaq(robbing nomi bilan oqi)xolaqol insana
min alaq (robbing insonni alaqdan yaratdi)shu iqro surasining boshidagi
oyatlar nozil boʻla boshladi
Paygʻambarimizning hulqlaridan ogʻiz ochadigan boʻlsak
Paygʻambarimiz Odamlarning eng yaxshisi hulqi goʻzaldir degan edi
U zod S.A.V gapirsalar shunish uchun doim 3 marota takrorlar edi
Alloh taolo ham siz goʻzal hulq egasidirsiz deb marhamat qilgan 18 ming
olamni yaratgan Alloh taalodan eshitish qanday baxt togrimi shunchalik
baxtki buni til bilan izohlab bera olmaymiz
Paygʻambarimiz vafotidan oldin Hajni tavof qilib oxiri minbarga chiqib
aytilar men sizlarning eng yaxshilaringizman bas sizlarga bir
musulmonni mulki harom deb har bir soʻzini yetkazdimmi der edi buni
eshitib Abu Bakir r.a eshitib yigʻlab yubordi buni koʻrgan Umar r.a nega
yigʻlayapsiz ey Abu Bakir r.a deb soʻradi ey Umar Paygʻambarimizning
gaplarini eshitmayabsanmi bu aytgan gaplari vidolashuv Haji deb yigʻlay
boshladi ha oxir oqibat Paygambarimiz S.A.V betob boʻlib yotib qoldilar
namozga chiqar edi oxir imom bola olmay qoldi shunda imomlikka Abu
Bakir otar edi shunchalik ogʻir bemor ediki buni korib Oyisha onamiz
Fotima onamiz yigʻlar edi va Jabroil A.s Paygʻambarimizning yoniga kirib
aytdilarki ey Allohning Rasuli bu safar 1 mexmon bilan keldim ijozat
bersangiz kiradi boʻlmasa kirmaydi deb soʻradi Paygʻambarimiz izn berdi
Azroil a.s kirib keldi shunda Jabroil A.s aytdilarki Ey Allohning Rosuli
Agar ijozat bersangiz joningizni oladi hohlamasgiz qiyomatta oladi deb
aytilar buni qarangki shuncha paygʻambarlar otkanki manbalarga koʻra
124 mingta deb keladiki birortasini jonini soʻrab olinmagan
Paygʻambarimiz shu 124 mingta paygʻambarlarning eng ulugʻi boʻlgan
edi shundan soʻng Paygʻambarimiz izn berdi va Jabroil paygambarimiz
yuzini yonbosh qilib qoʻydi shunda Paygʻambarimiz soʻradim ey Jabroil
nega bunday qilyapsan desa Ey Allohning Rosuli sizni bu xolatta korib
chiday olmayapman degan edi. Shu bilan ummatning eng ogʻir kelgan
kuni bu Paygʻambarimizning favotlari edi
Bu ummatga bundan ham ogir musibat bormi yoq albatta
paygʻambarimiz aytganlarki oʻzingiz va ota-onangizdan va
yaqinlaringizdan koʻra meni yaxshi kormaguningizcha momin bola
olmassiz degan edi Ilohim U zot Paygʻambarimiz S.A.V
Qoʻllaridan havzi Kavsar suvlari ichish jannatta birga korishishlik baxtiga
hammamizni ham nasibi Roza aylasin ����
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub “Nubuvvat
va risolat” kitobiga taqrizlar tanloviga
Bu qalb ishqning manzilidir, unda Sultonim, izing bor!
Bismillahir Rohmanir Rohiym!
Ikki olamni yaratgan, soʻngra unda insonni azizu mukarram qilgan va
olamlarga rahmat oʻlaroq paygʻambarimiz Muhammad
sallollohu alayhi
vasallamni yuborgan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Ismlarini zikr qilganda
beixtiyor koʻzlarga yosh keladigan, sifatlarini his qilganda vujudlarni titroq
bosadigan, eng fasohatli, balogʻatli soʻzlarni terib yozmoqchi boʻlsak ham
qalamlar ojiz qoladigan Allohning suyukli bandasi haqida ojizona fikrlarni bayon
qilishga sababchi boʻlgan, moʻtabar kitoblarni yozgan shayx hazratlari Muhammad
Sodiq Muhammad Yusufdan, ularni tarbiya qilgan aziz insonlar boʻlmish otaonalaridan hamda mazkur kitoblarning nashr qilinishida hissalari qoʻshilgan barcha
insonlardan Alloh taolo rozi boʻlsin. Ajrlarini behisob qilib bersin. “Hadis va
Hayot” kitobining paygʻambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamga
bagʻishlangan oʻn toʻqqizinchi juzini mutolaa qilarkanmiz, undan olgan
foydalarimizni, manfaatlarimizni eʻtirof etish uchun aslida necha-necha kitoblar
yozsak-da qalbimizdagi asl muhabbatni, teran maʻnolarni, tuygʻu va hislarni
boricha ifoda qilib berolmaymiz. Chunki, aytilganidek “Ilmda holat tili soʻz tilidan
ustundir”. Shunday boʻlsada ayrim xulosalarimiz bilan oʻrtoqlashamiz va sizni
ham asri saodat davrining eng shirin lahzalariga yetaklaymiz, biiznillahi taʻala.
Kitobni ochar ekanmiz birinchi faslda nabiy sallollohu alayhi vasallamning
fazilatlari undan keyin esa ism va nasablari haqidagi bobga duch kelamiz. Unda
muborak zotning ismlari va maʻnolari aytib oʻtiladi. Shu asnoda paygʻambarimiz
sallollohu
alayhi
vasallamning
chin
maʻnoda
olamlarga
rahmat
qilib
yuborilganliklarining guvohi boʻlamiz. Ularning oʻzlari “Men Mohiyman, Alloh
men ila kufrni mahv etur”, “Men Hoshirman, odamlar mening ikki oyogʻim oldida
hashr qilinurlar” deganlarida qalblarda Mahshar kuni ularning yonlarida boʻlishga
ishtiyoq, umid, sogʻinch kabi hislar qorishib ketadi. Zam-zam suvlaridan
totayotganimizda esa paygʻambarimiz sallollohu alayhi vasallam havzi kavsardan
barchaga maxsus idishda suv tutarkanlar, ularni bu dunyoda koʻrmasdan ham
shunchalar qattiq suygan bizdek gʻariblarga oʻz kaftlarida suv tutishlarini oʻylab
koʻzyoshlarimiz zam-zam suvlariga qoʻshilib ketadi. Har yomgʻir yoqqanida
koʻkdan ingan tomchilar goʻyoki Abdulmutollib oʻz nevarasi boʻlmish kichkina
Muhammadni yomgʻir soʻrab duo qilish uchun olib chiqqanlarida yoqqan yomgʻir
hamon yer yuzini sugʻorib, yashnatib turgandek boʻladi. Shunday paytlarda asl
tiriklar kimlar ekanligi, aslida oʻliklarning kim ekanligi yaqqol namoyon
boʻlgandek boʻladi. Halima onamizning uylarida tarbiyalanayotganlarida tuproq
koʻchalarda oʻynab yurgan muborak bolaning barokatlaridan bahramand boʻlgan
ushbu oilaga, oʻsha tuproq koʻchalarga havas qilamiz. Ular bilan oʻynagan
bolalarning baxtiyorliklarini xayol qilib koʻnglimiz entikadi. Atirgullarni
hidlaganda paygʻambarimiz sallollohu alayhi vasallamdan keladigan xush is shu
atirgulning
isiga
oʻxshaganmikina,
deya
biroz
huzunli
jilmayamiz.
Na
soyalarining, na xush boʻylarining, na xulqlarining oʻxshashi yoʻq boʻlsa kerak,
vallohu aʻlam. Chunki u zot bitta edilar. Muhammad sallollohu alayhi vasallam
vafotlaridan oldin “Ummatim, ummatim, ummatim” deganlarini eslab, hatto
bizning muhabbatimiz ham juda-juda ojiz ekanligini his qilamiz. Odinaxon
ustozam aytganlaridek “Kim muhibu kim mahbub?” Hazrat Rumiyning
qalblarning tubiga yetib boradigan soʻzlarini bir yodingizga keltiring-a: “Sevilgan
sevilishni istamaguncha, sevuvchi sevolmaydi”. Demak, bizning qalblarimizni
yoqqan muhabbat oʻti, biz endi-endi anglab yetgan bu sevgi paygʻambarimiz
sallollohu alayhi vasallamning koʻksilarini bir umr yoqqan muhabbatning bir
uchquni ekan, xolos. Agar u zotning pok muhabbatlari, ummatlariga beqiyos
sevgilari boʻlmasa biz ularni bunchalik sevolmasdik. Demak, butun dunyo
musulmonlarining qalblaridagi muhabbat hissi Muhammad sallollohu alayhi
vasallamning qalblaridagi muhabbatdan nasibador ekan. Aynan mana shu
olamlarga rahmatning oʻzidir, vallohu aʻlam.
Kitob sahifalarini varaqlashda davom etarkanmiz ustozlar ustozi
Muhammad sallollohu alayhi vasallamning balogʻat yoshlarida ham qanchalik aql
va zakovat egasi boʻlganliklarini koʻramiz. Tijorat ishlarida ham mohir, odamlar
bilan munosabatlarda zukko va xushmuomala, qolaversa, ijtimoiy aloqalarda oʻta
farosatli, bilimdon boʻlganliklariga havas qilamiz. Ularning hayotlaridagi ogʻir
pallalardan qalbimiz mahzun boʻlgani uchun faqat shirin damlarini eslashga, biroz
boʻlsada qalblarimizni yupatishga, ularning sogʻinchi sabab ovunmayotgan qaysar
koʻnglimizni sokinlashtirishga urinamiz. Beozor hazillarini aytib, jilmayamiz.
“Kampirlar jannatga kirmaydi” deganlarining oʻziyoq nozik xilqat boʻlmish biz
ayollarning koʻnglini quvontiradi. Jannati maʻvolarda abadiy goʻzal boʻlib
yurishni, hurlardanam ortiq ekanligimizga umid bilan erkalanib yashaymiz bu
dunyoda. Ha, mana biz-da oʻsha paygʻambarimiz sallollohu alayhi vasallam
tahannus ibodati uchun toqqa chiqib ketganlarida Xadija onamizning u zotga ovqat
olib chiqqanlaridagi hansiragan nafaslarini tuygan va birga, yonma-yon borgandek
hayajonlanib, birga toliqqan. Biz-da oʻsha boshqa ayoldan taom keltirilsa,
rashkdan qoshlari chimirilgan Oysha onamizni juda yaxshi “Tushungan”, ularga
hamdard boʻlgan. Biz-da oʻsha Abdulloh ibn Masʻud roziyallohu anhu doim
paygʻambarimizning xizmatlarida boʻlganini oʻqib, ularga havas qilgan. Qaniydi,
misvoklarini, kovushlarini men koʻtarib yursam edi, deya yigʻlagan, mahzun
boʻlgan. Qaysi xonadonga kirganlari haqida oʻqib qolsak, qaniydi bizning ham
uyimizga mehmon boʻlib kelsalar edi, deb ilhaq kutganlardanmiz. Albatta, fazl va
izn Allohdandir. Ajab emas bir kun u zoti barokotning duolarini olsak, uyimizda
mehmon qilsak, yaxshi koʻrgan qovoqlaridan shirin taomlar tayyorlaganimizda
uylarimizni nurga toʻldirib kirib kelsalar ajab emas. Axir, biz koʻrganlarimizdan
koʻra koʻrmagan narsalarimizga koʻproq ishonamiz. Bizga paygʻambarimiz
shuning taʻlimini berganlar. Bizga husnu xulq va odobni oʻrgatgan suyukli
insonimizga ergashishga ilhom bergan Haq taolo tavfiqini doimiy qilsin,
Jannatlarida barchamizni birgalikda jamlasin. Amiyn ya Robbal aʻlamiyn!
Bu qalb ishqning manzilidir, unda sultonim, izing bor,
Makka Madinaga borsam senga aytar bir soʻzim bor.
Muhabbatdan yongan qalb-la atirguldek titrab turgan,
Paygʻambarim, bu dunyoda Fotimadek bir qizing bor!
Dilbar Rajabova
Nubuvvat va Risolat
Bismillah.
Inson yaralibdiki to bugunga qadar qancha yillar o‘tdi. Qancha odamlar,
podshohlar, yaxshi va yomon insonlar o‘tdi... O‘tmoqda ham... Alloh o‘zi
hohlagan bandalari orasidan tanlab olgan nabiylarini, do‘stlarini
chiqardi. Alloh barcha payg‘ambarning mahbubi qilib olamlarga rahmat
payg‘ambar qilib Payg‘ambarimiz Rosululloh ‫ ﷺ‬ni chiqardi. U zotni
ismlarini eshitishimiz bilan sollallohu alayhi vassallam deyishni o‘rgatdi.
Ha, U zot shunga munosib zot edilar. Shayx Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf hazratlarining «Hadis va Hayot» silsilasining 19-juzi
Payg‘ambarimiz haqlarida bo‘lib, Nabiyimiz sollallohu alayhi
vassallamning to tug‘ilganlaridan, Ra'fiqu A'lo ga rihlat qilgunlariga
qadar sodda, tushunarli va hadislar ila bayon qilingan. Kitobni o‘qir
ekansiz! U zot bilan ba'zan hursand bo‘lasiz, ba'zan esa qayg‘ulariga
sherik bo‘lasiz.. Qani endi, U zotni yonlarida bo‘lsangizu ularga yordam
bersangiz, xizmatlarini qilsangiz, birga namoz o‘qisangiz... Tasavvur
qilyapsizmi? Rosululloh sollallohu alayhi vassallam bilan bir kun, bir
soat, bir soniya bo‘lsada birga bo‘lishlik, U zotning duolarini olishlik
naqadar buyuk baxt! Bundan ortiq baxt bormi?
Kitobni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamga ummat bo‘lgan
yoshu-qari o‘qimog‘i lozim! Nega siz har safar siyrat kitobini o‘qir
ekansiz, U zotga yanada muhabbatingiz ortadi...
«Hadis va Hayot» ning 19-juzining davomi o‘laroq 20-juz Anbiyolar
qissasi deb nomlandi. Bu Qur'onda zikri kelgan payg‘ambarlarni
yaqindan tanishga yordam beradi. Anbiyolar qissasini o‘qir ekansiz,
olam-olam taassurot olishingiz tabiiy. Odam alayhissalom yerga
tushganlaridan so‘ng, dunyo go‘zallashdi, yaxshilik hukm surdi,
vaholanki yomonlik ilk bora qotillik, hasad, nafrat ham o‘sha paytdan
boshlandi.. Alloh inson uchun nimaiki yuborgan bo‘lsa, yaxshilikka,
nimadan qaytargan bo‘lsa, u odam uchun foydasigadir. Juda ko‘plab
payg‘ambarlar o‘tdi. Payg‘ambarlar otasi deya nom olgan Nuh
alayhissalom ham 950 yil da'vat qilgan bo‘lsalarda ozchilik u kishiga
iymon keltirdi holos. Bundan olinadigan foyda shuki, Alloh
hoxlaganlargina hidoyatga keladi. Fir'avn davrida Muso alayhissalom
keldilar, Fir'avn qanchalik boy,«qo‘li uzun» bo‘lsada Alloh unga hidoyat
bermadi. Alloh hoxlasa o‘z bandasini o‘tda yondirmaydi, hoxlasa
baliqning qornida ham tirik qoldiradi. Anbiyolar tarixini o‘qib, o‘sha
qavmlarga achinasiz, ammo Alloh hidoyat bermadiki ular zalolatda,
botqoqda o‘tdilar. O‘z qavmiga yuborilgan payg‘ambarni horladilar,
azobladilar.... Alloh ham bu jirkanch qavmlarni o‘z amri ila balolab
qo‘ydi... Payg‘ambarlar tarixiga qiziqqan ey do‘stim siz albatta «Hadis va
Hayot» 20-juzni o‘qing va iymoningizni ziyoda qiling! Ular bilan o‘sha
davrda yashagandek his qilasiz in sha Alloh!
#Xulosa: Nubuvvat va Risolat! Bu kitobni o‘qir ekansiz! Hammada har
hil tushuncha paydo bo‘ladi. Men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi
vassallam davrlarida yashaganimda qanday inson bo‘lardim? Ularga
iymon keltirgan bo‘lib, sahobalik sharafiga ega bo‘larmidim? Yoki....
Yo‘q, Alloh saqlasin..... Alloh bizni hozirgi kunda dunyoga kelishimizni
hoxlabdi.. Vaholanki, Alhamdulillah musulmon qildi. U zotga ummat
qildi. Biz shunga yarasha ummat bo‘lyapmizmi? Bugun shu savolni
o‘zimizga beraylik! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallam kabi
mehribon, odil, rostg‘o‘y inson bo‘lyapmizmi? Ayyub alayhissalom kabi
kasal bo‘lganimizda nima qilgan bo‘lardik. U payg‘ambar kabi sabr qila
olarmidik, yo‘q albatta! Ammo shunga yarasha harakat qilmog‘imiz
zarur! Shundagina chin musulmon bo‘lamiz!
✍️Abdukarim Majidov
Ассаломуалекум мани исмим Зиёда Ман шу нуббуват ва рисолат
китобни укирканман шунак,аям мазза к,илдим к,урон укишни
билган мазмунини чунган опа сингилларим булишса айник,са олиб
битта укила мазза к,иласила чайнаб солиб куйиларкан миямизга
Расулуллох с,а,в нинг барча барча майда элименлари хам коолмай
ёзилган болаликлари кукси ёрилиш вок,ияси жин ва гойиб
овозларнинг набийимиз хак,к,иларида хабар бериши,вахий нозил
булишидан то вахийни узулиб к,олиши,ошкора давватга утиш,одно
маслахатлар,худайбия натижалари хак,Ида ,к,уронда исмилари
келган пайгамбарларимиз хак,Ида к,иссалар Энг к,изк,Арли
к,иссалар ёзилган ичига кириб кино кургандек мазза к,илиб
УК,идим бутун Бир олам мужассам барса саволларимни бачасини
жавоби бор экан аллохим Рози булсин ������������
Alloh taolo aytadiki:
“ Rasul sizga nimani bersa oling va sizni nimadan qaytarsa qayting”
(Hashr surasi, 7-oyat)
Bismillahir rohmanir rohiym
Bizlarni go`zal hilqatda yaratgan Alloh taologa bitmas tuganmas hamd sanolar,
Payg`ambarimiz, habibimiz Muhammad s.a.v ga durudu salovatlar bo`lsin.
TAQRIZ
“Nubuvvat va risolat” asari Fazilatli shayx, yetuk alloma, usozimiz xazrat Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub juda go`zal tarzda
bitilgan nodir asarlardan biri hisoblanadi. Bu asar ikki qismdan iboratdir.
Birinchi qismda olamlarga rahmat payg`ambar, ummatim,ummatim deb o`tgan
suyukli zot, bizlarning musulmon, mo`min bo`lishligimizda, haq va botilni
tanishligimizda, Alloh taologa muhabbat qo`yishligimizda asosiy sababchi bo`lgan
va biz har bir ishda va amalda ergashishimiz zarur bo`lgan shaxs Rosululloh s.a.v
ning hayot yo`llari ,chekkan mashaqatlari, bizlarga qoldirgan o`gitlari va
nasihatlari, qaytariqlari haqida so`z boradi.
Ikkinchi qism “Nubuvvat va risolat” deb nomlanishi asarning o`ziga xos
ahamiyatini kasb etadi. Bu qismda “Ulul azm” ya`ni azmu matonat sohibi bo`lgan
payg`ambarlar, Anbiyo va Rosullar haqida va ularning hayot yo`llari, ular yashagan
davrda olib kelgan shariatlari, butun insoniyatgan qoldirgan meroslari haqida
chiroyli yoritib berilgan.
Bu asar haqida aytadigan bo`lsam, asar mukammal ilmiy uslubda yozilgan bo`lib
biroz bo`lsada badiylikdan chekinilganligi asarning salmog`i va saviyasini ancha
yuqoriligini ko`rsatib turadi. Har bir ma`lumot oyat va hadisdan, ulamolarning
mashhur asarlaridan foydalanilgan holda dalilantirilib ketilgan. Manashu
keltirilgan hadislar o`quvchiga tushunarli bo`lishi uchun har bir jumla soda va
tushunarli tarzda sharxlab ketilgan va hadisdan , oyatdan olinadigan foydalar
yoritib berilgan. Asarning yanada mukammal bo`lishiga sabab boshqa kitoblarda
uchramaydigan ma`lumotlar keltirib o`tilganligi deb bilaman. Misol uchun boshqa
asarlarda uchrartmagan bir ma`lumot e`tiborimni tortdi:
Ifk voqeasida Safvon ibn Mu`attal roziyallohu anhu juda chiroyli ta`riflangani va
unga qilingan to`xmatga chiday olmay Ifkka aloqador kishilardan Hasson ibn Sobit
roziyallohu anhu ni boshiga qilich bilan urib o`ldirib qo`yishiga sal qolganligi
haqida ma`lumot keladi. Bu ma`lumot men uchun yangi ma`lumot bo`ldi. Siyrat ga
aloqador ko`pgina kitoblarni mutolaa qilganman lekin bu kitobda kelgan juda ko`p
ma`lumotlar men uchun yangi bo`ldi. Yana bir ajib xolat Payg`ambarimiz s.a.v
davrlaridagi G`azotlar jadval ko`rinishida yani bo`lib o`tgan vaqti, qo`shin soni,
shahidlar adadi, talofatlar xaqida ma`lumot berib o`tilgan. Bunaqangi jadvallarni
bu kitobda ko`plab uchratishingiz mumkin. Bu esa kitobxonga ma`lumot olishda
yengilik yaratadi.
Kitobning asosiy qismi “Nubuvvat va risolat” bobida har bir Payg`ambarlar
haqida qur`oni karimda kelgan xabarlar bilan yoritib berilgan. Har bir oyat
sharxlanib soda va tushunarli holatda ochib berilgan. Qur`oni karimda qissalari
kelgan 25 ta payg`ambarlar haqida to`liq ma`lumot berib o`tilgan.
Bu asarni o`qib chiqarkanman o`zim uchun ko`pgina ma`lumotlar va manfaatli
foyda oldim desam adashmagan bo`laman. Kitobning o`ziga tortgan jihati shunda
bo`ldiki asarning yozilishi jihatidan ilmiyligi va ma`lumotlarning ko`pligi bilan
boshqa kitoblardan ajralib turganligi deb o`ylayman.
Bu Kitobni barcha yosh-u qari kitobxonlarga tavsiya qilaman. Chunki kitob
o`quvchi o`zi uchun nima olishi kerakligi tushunilgan xolda yozilgan. Har bir
kitobxon bu kitobni o`qish orqali kerakli va manfaatli ilm bilan chiqadi deb
o`ylayman. Men yana bir narsaga amin bo`ldimki ustoz Shayx Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf xazratlarining kitoblari va asarlari o`quvchi kitobxon qalbiga
joylashadigan ilohiy qobiliyat bilan yozilgan.
Alloh ustozimizni oxiratlarini obod qilsin , ajr-u savoblarini karrot karrot qilib
berin.
G`ayrat Ismoilov Shavkat o`g`li
Бисмиллахир Рохманир Рохийм
Фазилатли шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф хазратларининг «Нубувват ва рисолат » китоби
буйича олган фойдаларим, хулосаларим ва таассуротларим
Фазилатли шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф хазратларининг қаламларига мансуб
«Нубувват ва рисолат » ( “Хадис ва ҳаёт” 19-20- жузлар) китобини ўқиб ундан ўзим учун қуйида
келадиган фойдаларга эга булдим. Аввало “Хадис ва ҳаёт” китобининг 19- жузи “Оламларга
рахмат пайғамбар” деб номланиши ва бу китоб пайғамбаримиз Мухаммад соллалоху алайхи
васалламнинг муборак сийратларига бағишланган бўлиб, ушбу сийрат китобини ўқиш жараёнида
пайғамбаримиз Мухаммад соллалоху алайхи васалламга тегишли қимматли ва ишончли
маълумотларга эга булдим. Жумладан устозимиз фазилатли шайх хазратларининг бу илмни
урганишда икки Харами Шарифга шахсан боришлари эса биз учун илм учун химматни юкори
килиш кераклигини, олийҳимматлик бўлиш накадар лозимлигини курсатиб турибди.Олинган
фойдалардан яна бири бу китобни укиш мобайнида Куръони Каримда келган оятларнинг нозил
булиш сабаблари хам аста –секин менга тушунарли булмокда. Жумладан: Тавба сурасининг 66оятининг ким хакида ва нима учун нозил булганлигини ушбу китобни укиш жараёнида билиб
олдим. Хаётим давомида кимни севишим, кимга таклид килишим, кимга ўхшашга харакат
килишим , шунингдек келгусида ким билан бирга бўлиш, кимнинг хаётини доимий равишда қайтақайта ўрганиб боришим, кимнинг сухбатларини соғиниш орзуим бугунги кунда мен учун аник ва
равшан булди. Бу китобни ўрганишим жараёнида Аллох Таъалонинг хар бир ишидаги тегишли
хикматни ирода этганини ургандим. Хақиқий ўрнак олинадиган ягона инсон бу Мухаммад
соллалоху алайхи васаллам экан. Яна Аллох Таъало ер юзида хаётни яратиб, унда инсон зотини
яшашини ирода килиб, яшаш учун шароит хозирлаб, яшаш тарзини қандай амалга оширилиши
лозимлигигача хабарини бериб, бу ишни қандай тарзда бўлишини қиёматга қадар содикул масдук
хабиби Росулуллох соллаллоху алайхи васаллам оркали очиқ ойдин равишда билдириб қўйган
экан.
Куйида укигувчига бу айтиладиган фикр мулохазаларим балким такрорий балким эриш
туюлар, лекин хушбўй бир нарсани кайта кайта тутатса хар сафар тутатилганда олинадиган
ёкимли ифор яна янгиланганидек, гузал сийратни ва ундаги келтирилган суннатларни кайта кайта
укилганда ана шундай ёкимли хиссиётлар, саодат асри куёшининг ёркин нурлари калбимни
ёритганнин хис килмокдаман.
Бу китобдан инсоннинг гўзал бўлишга харакат қилишлиги, хушбўйлик махбуб эканлиги
,табаррукотлар ширк эмаслиги, гапирганда шошмасдан дона-дона килиб нуткни ифода этиш
макталганлиги, кулишда эса кахкаха отмасдан балким табассум килиш яхшироклиги, сукут лозим
ишлардан эканлиги, кўп ухлашлик илгари хам хозир хам мақталмаслиги, фахш ишлардан доимо
узок бўлиш,сахийлик килиш суннат амал деб бунга ахамият беришим, фазилатли одамларнинг
хизматларини килиш суннат ва одоб деб тушуниш кераклиги, заифлар, ёш болаларга, хожатманд
инсонларга рахмли бўлиш лозимлиги, ўзим учун интиком олмаслик эса замонавий тилда
айтилаётгандек соддалик эмас балки суннат амал эканлиги, бир ишда рахбар булган одам иложи
борича инсонларга енгиллик тарафдори бўлиши кераклиги,умматнинг хаккига хам дуо килиб
туриш кераклиги, илм олишга сабрли бўлиш ва унда бардавом булиш лозимлиги, озорларга Аллох
ризоси учун сабрли бўлиш , тилни шикоят ва бекорчи гапларга эмас балки, Қуръон тиловати, зикр
ва
истигфор
билан
машгул
килиш,
мужизаларга
хеч
кандай
иккиланишсиз
ишониш,қийинчиликларга Аллохнинг розилигини топиш мақсадида сабр қилиш, сафар килишни
суннат амал дея ниятни чиройли килиш, бошликларга яхши ишларида ёрдам бериш ва хилоф
килмаслик, мукаддас жойларни яхши кўриш, доимо огохлик зарурлиги, карор килганда азм билан
касд ила бўлиши, сафарда бўлсин муқимликда бўлсин ахамиятли ишларда фазл ахллари билан
шўро( маслахат) килишлик, душманларни ахволидан хам доимо хабардор бўлиш кераклиги,
бунинг учун сабаб ва воситалардан пухта фойдалана билиш, хар холда ёрдам сураб Хаққа илтижо
килишлик, уруш ва фитна булганда ишбошиларга итоатда бўлишлик, тўқнашув пайтида сабрни
лозим тутишлик, асирларга шафкат кўрсатиш, доимо Аллох таъолодан яхшиликни умидида бўлиш,
хар кимга хам сирларни очавермаслик, хар бир ишда тайёргарлик қилиш зарурлиги ва бу иш
суннат эканлигини фаҳмлаш,урушда енгилган такдирда бу иш ўзимдаги нуксон сабабли деб фикр
килиш, ўлим етганда эса У зотнинг олдига у зотдан розилигини ,рахм шафкатини умид килган
гунохлардан эса қўрққан холда бўлишим, ғалаба козонган такдирда эса уни Аллохдан деб
билиш,мусулмонларни ютуқлари учун хурсанд бўлишлик,уларга машаққат ва қийинчилик
келганда эса хамдард бўлиш, мусулмонлар орасида бўхтон, тухмат ва уйдирма уюштирилганда
ахли фазллар тўғрисида яхши гумонда бўлишлик, ортиқча гаплардан тийилишлик, бекорчи
гапларни тарқатувчиларга гапига ишонмаслик, тасдиқламаслик, эргашмаслик ва уларни қўллаб
кувватламаслик,балки уларга насихат килишлик, ёмонлик килган одамга эса суннатга эргашишлик
учун яхшилик килишда бардавом бўлишлик, сулҳ яхши иш эканлиги,адолатли бўлиш, ахдларга
вафо килиш мусулмонликнинг белгиси эканлиги, хурсандчилик пайтларда Қуръон оятларини
тиловат килишлик, тинглашлик ила ҳузур килиш гўзал суннатлардан эканлиги, инсонларга
манфаат келтирувчи кишиларнинг исломга киришларини рағбатлантириш яхши иш экани,
уларнинг илгариги килган ишларини , насл насаби мусулмонларга етказган озорларини юзига
солмаслик лозимлиги, узрни қабул килиш, качон бир ишни бошламокчи бўлса эрта тонг субхдан
ушбу ишга азм билан киришиш яхшилиги, диний багрикенг бўлиш мусулмоннинг чиройли
хулкидан эканлиги, хиёнат килиш мумкин эмаслиги, ўзига нисбатан хиёнат килганларга нисбатан
эхтиёт чораларини кўриш лозимлиги, инсон умри давомида ўзи, оиласи, ватани учун етиши
мумкин бўлган синовларга доимо тайёр туриши, оила аъзоларини хам ғафлатга берилиб
қолишдан огохлантириб туриши лозимлиги, чунки бу синов дунёси эканлигидан вақти вақти
билан эслатиб туриш яхши иш экани, чунки пайгамбаримиз соллаллоху алайхи васалламнинг
хаётларида бўлган бундай воқеалар ҳаётларининг охирига қадар бир зум хам тин олмаганлигини
сийрат китобини ўқувчи яхши англаб етади.Айникса инсонларнинг бошига омматан келган турли
хил қийинчиликлар, касаллик, уруш, офат бўлганда саховатли, кенг феъл бўлиш зарурлиги
,яхшилик ахлидан оркада колмаслик учун шундай кунларда доимо халкнинг дардига енгиллик
исташлик, Аллохнинг мархамати жуда кенг эканлиги, тавбаларни қабул қилувчи сифатининг
Куръон, хадис ва ушбу сийрат китобида хам такрор такрор келиши бу имкониятдан тириклик
пайтда фойдаланишим кераклиги, бунга элтувчи сабабларни ғанимат билиш , хусусан имкон
туғилиши билан хаж ва умра амалларини чиройли адо этиш, яқинларни хам бу ишга
рагбатлантириш кераклиги, мукаддас жойларни зиёрат килганда хусусан Пайгамбаримиз
соллаллоху алайхи валламнинг зиёратларига борганда сийрат илмларини яна бир бор кўздан
кечириб, унутганларимни қайта эсга олиш ва бу вактларни ганимат билиш лозимлигини англаб
етдим.
Менинг ушбу китобдан олган фойдаларимдан яна бири ушбу китобда келажакда
мусулмонлар йўлиқиши мумкин бўлган фитналар ва зулмларда кандай қилиб уларнинг домига
тушиб колмаслик йўлларининг айтиб ўтилиши ,жумладан мол дунёни ўзаро талашишдан
сақланиш лозимлиги, мол дунёни садака килишда хадисда айтилганидек олов (жаханнам)га
тушишдан сакланишни ният қилиш, мол дунё топа олмаган кишиларга эса бир оғиз ширин сўз
билан ҳам ушбу (жаханнам)оловидан сақланиши учун ҳаракат қилиш лозимлигини тушуниб
етдим.Ушбу китобни мутоаала килиш жараёнида мухим саналар хронологиясининг хам берилиши
мен учун айни муддао бўлди. Қани эди мана шу хронологияда келтирилган йиллар кетма
кетлигида бўлган воқеа- ходисалар юзасидан хам мусобақалар ташкиллаштирилса , ўзимиз ва
фарзандларимиз , оилавий давраларда хам шундай муборак саналар ёдга олиниб турилса эди.
Хадис ва ҳаёт” китобининг 20- жузъи “Анбиёлар қиссаси” китобини ўқишим мен учун
аввало биздан илгари ўтган пайғамбарларнинг ҳаёти, босиб ўтган йўли, қилган ишлари билан
ишончли манбалар орқали танишишимга сабаб булди. Бу ишнинг зарурати мен учун бошқача,
чунки бунга сабаб эса Муқаддас Куръони Каримнинг ўтмишда ўтган пайғамбарлар замонида
ўтмиш қавмларнинг йўл қўйган хатоларини билишим ва бу хатоларни такрорламасликка харакат
қилишимга сабаб бўлмоқда, жумладан хозирги глобал дунёда рибовий муомалаларнинг кўпайиб
кетиши вақтида бундай ишларнинг оқибатиии нима билан тугашлиги очиқ ойдин оятлар орқали
билдириб ўтилган. Шунингдек хозирги ахборот коммуникация воситалари ривожланган даврда
глобал дунёда муқаддас нарсаларнинг обрўсизлантирилишига уринишларнинг ҳам оқибатлари ,
ҳаддидан ошиш нималарга олиб келганлигини анбиёлар қиссалари мисолида ушбу китобдан ўқиб
кўриш мумкин.
Мен учун Бақара сураси 143-оятида келтирилганидек келажакда биз умматлар бошка
умматлар учун хам гувохлик беришимиз учун хам анбиёлар қиссасисини пухта ўрганишим
зарурийдир. Шу билан бирга Куръони Каримда мазаммат қилинган умматларнинг ҳолатларига
тушиб қолмаслик учун анбиёларга тегишли булган қиссаларни ўрганиш барча мусулмонлар учун
лозим деб биламан.
Ушбу китоб мен учун кўп нарсаларнинг ҳақиқатини очилишига туртки бўлди. Жумладан,
хозирги глобал дунёда маълумотлар ва ахборотларнинг тарқатилишида уларнинг ишончлими ёки
ишончсиз эканини тахлил қилишда, ўша маълумот ёки хабарни
тарқатувчига бўлган
муносабатларимни ҳам белгилаб бермоқда.Ақидавий билимларни олишда хам эса ушбу китоб
орқали қадимги, хозирги ва келажакда бўладиган воқеа-ҳодисалар хам ишончли тарзда баён
этилган.Мисол учун келажакда ўзини пайғамбарлигини даъво қилувчилардан ушбу китобдаги
айтилган пайғамбарларда бўлиши лозим сифатларни яхши билиб олиб бемалол ёлғончи
кишиларни ҳам фош қилиниши осондир. Шунингдек ушбу китобда анбиёларнинг қандай
мақсадни кўзлаб ҳаракат қилганликлари ва уларга хилоф қилганларнинг амалларидаги
хақиқатлари очиб ташланган.Қизиғи шундаки анбиёларнинг ушбу чақириқларининг тури асрлар
давомида ўзгармасдан келганлиги ва бу хақиқат такрор такрор Қуръони Каримда ҳам эслатилган.
Шунингдек биз хаётда кўп эшитадиган сўзлардан бири бўлган сехрнинг мўъжизадан
фарқларини ҳам билиб олиш мумкин.Ушбу ўкиганларимдан яна шуни билдимки, қачон ҳақиқат
келганда албатта унга қаршиликлар бўлар экан. Хақиқатни олиб келувчи, уни тарқатувчи, унга
амал қилувчиларни эса обрўсизлантирувчи, уларни ёлғончига чиқарадиган тоифалар пайдо
бўлар экан. Ҳақиқатга чақирувчи кишининг атрофида у кишининг сўзини тасдиқлайдиган ва
эргашадиган кишилар оз бўлиб, у зотга хилоф қилувчиларнинг аксарияти бойлар . мансаб эгалари
ва баъзида эса кишининг ўз яқинлари, қариндошлари ҳам бўлиши мумкин экан. Қарши тараф
асосан соғлом ақл билан иш юритишдан бош тортиб кўпинча ёлғон ва асоссиз хабарлар
тарқатиши, айш –ишратга берилганлиги, жоҳиллиги, қўрқитиши, ҳаддидан ошиши, зулм қилиши,
кулиб мазах қилишлиги, кибрлилиги каби сифатлари билан танилади.Анбиёларнинг ўтган
қиссаларидан ҳақиқатга эргашувчи киши ўзини ожиз ҳисоблаб қолган вақтда ноумид бўлмасдан,
сабр ила ўз Роббисига дуо қилиш билан собитқадам бўлиши лозимлигини англаш мумкин.
Бундай дуони қилиш учун албатта Аллоҳ таъаолонинг сифатларини яхши билиш, У Зотни яхши
таниш орқали бўлиши кераклигини билдим.Шунингдек қийин пайтларда дуони қандай қилинса
тўғри бўлиши учун ушбу китобда пайғамбарлар тилидан келган дуолар ҳам келтириб ўтилган экан.
Сўзимнинг хулоса ўрнида шуни айтишим мумкинки, мен бу дунёда яшашни бошладимми, аввал
ўзимни таниб олишим, ўз мақсад ва ғояларимни тўғри қўя билишим, айниқса , ўзгарувчан дунёда
ўтмишдан то ҳозиргача турли хил инсонларга хос бўлган тушунчалар, ғоялар, мафкуралар ва
харакатларнинг такрорланиб келганлигини инобатга олганим ҳолда келгусида асрлар давомида
яшаб ўтган анбиёларнинг тарихларини қайта-қайта ўқишим, уларнинг тарихини хозирги ҳаёт
билан таққослашим зарурлиги ва бу ишни аввало илмий равишда ўша замоннинг ишонилган
уламолари билан бирга суннатда келганидек Қуръони Каримни, унинг тафсирларини, анбиёлар
қиссалари келтирилган китобларни ўқишни вазифа қилишим орқали, шунингдек бу мақсадга
элтувчи бошқа таъсирчан омилларни ҳам жумладан ахборот коммуникация воситалари орқали
ҳам амалга оширишимни лозим деб билиб, бунинг учун фазилатли шаёх Мухаммад Содик
Мухаммад Юсуф хазратларининг қолдирган илмий меросларида келтириб ўтилган ўқиш
тартибида ўрганишни асос сифатида қабул қилдим.Бунга сабаб эса хазратнинг қолдирган илмий
меросларини ўқиб-ўрганишим мобайнида олган таъссуротларим сабаб булди.
Шунингдек бошқалар учун ҳам шу нарсани айтган бўлар эдимки, хаётда турли хил
карашлар, тузумлар ва йўллар кўп, майли сиз кандай лавозимда ,кайси касб эгаси булишингиздан
катъий назар шуни билишингиз керакки, дунёда эргашиладиган йўллар кўп, лекин Жаннат деб
номланувчи бу манзилга фақатгина бир йўл олиб боради. У хам бўлса Росулуллох (соллаллоху
алайхи васаллам)га эргашиш йўлидир. Бунинг учун эса мархамат килиб аввало қизиқиш
билдиринг, уламоларни топинг , уларнинг қолдирган илмий меросларини осон ўрганиш
йўлларини ва сабабларни изланг, жумладан ушбу фазилатли шайх Мухаммад Содик Мухаммад
Юсуф хазратларининг ҳам қоғоз, ҳам электрон шаклдаги «Нубувват ва рисолат » китобини укинг,
урганинг, хаётингизга татбик этинг.
РАСУЛУЛЛОҲ САЛЛАЛЛОҲУ АЛАЙҲИ ВАСАЛЛАМГА МАКТУБ...
Осмон билан ер орасида янгидан боғланиш бошланиб, Рисолат
келиб, Нур тоғидаги Ҳиро ғорида Жаброил алайҳиссалом Қуръони
Каримнинг илк оятларини Аллоҳнинг ҳузуридан олиб тушганларида
ёнингизда бўла олмадик ё Расулуллоҳ..
Сўнг Макка шаҳрида 10 йил инсонларга Ислом Зиёсини
таратсангиз-у, аммо Қурайш кофирлари сизга зулм қилиб, озорлар
берганида ёнингизда бўла олмадик ё Расулуллоҳ..
Сўнг Ҳаққа ёрдам бергувчиларни излаб Тоиф шаҳрига бориб,
уларга-"Эй инсонлар.. Ла илаҳа иллаллоҳ денглар.. Жаннатга
кирасизлар "-деган сўзларингиз учун у ерни бадбахт саййидлари
сизни тош бўрон қилдиришганида ёнингизда бўла олмадик ё
Расулуллоҳ..
Сўнг туғилиб ўсган шаҳрингиз, Аллоҳ учун энг севимли шаҳарМакка шаҳридан Мушрикларни 13 йиллик зулмларидан кейин
Мадина шаҳрига хижрат қилганингизда ёнингизда бўла олмадик ё
Расулуллоҳ..
Сўнг Ҳақ билан Ботил ажратилган кун Бадр куни ёнингизда бўла
олмадик ё Расулуллоҳ..
Сўнг Муборак бошингиз ёрилиб, Муборак тишингиз мушриклар
томонидан синдирилган, Саҳобалар сизни душманлар хужумидан
химоя қилиб, сизга жонларини фидо қилишган вақт - Уҳуд куни
ёнингизда бўла олмадик ё Расулуллоҳ..
Ер юзида Ислом дини Азиз бўлиб, мусулмонлар Азиз бўлиб, Она
шаҳрингиз бўлмиш Макка шаҳри Фатҳ бўлган, сиз муҳожирлар ва
ансорлар билан Масжидул Ҳарамга Бобис Салом эшигидан кириб
келганингизда ёнингизда бўла олмадик ё Расулуллоҳ..
Қийин ва оғир кунларда ёнингизда бўла олмадик ё Расулуллоҳ..
Сиз бу дунёни тарк этиш арафасида ҳам, сакаротул мавтда яъни
жон бериш қийинчилигида ҳам биз Умматларингизни Ўйлаб,
Умматим Умматим дея охиратга рихлат қилганингизда ёнингизда
бўла олмадик ё Расулуллоҳ..
Аммо биз сизни ҳаётлик вақтингизда ёнингизда бўлганимизда
Сизни ВАФОТИНГИЗ ХАБАРИНИ ЭШИТИШ МУСИБАТИГА - БУНДАЙ
ОҒИР МУСИБАТГА биз чидай олмас эдикда.. ё Расулуллоҳ..
Саҳобаларга сизни Вафот этганингизни эшитиш қанчалик оғир
бўлганлигини ўйлаб, бутун Уммат бошига тушган энг катта мусибатСИЗНИ ВАФОТ ЭТГАН КУНИНГИЗНИ ЭСЛАБ КЎЗИМИЗДА ЁШ Ё
Расулуллоҳ..
Лекин биз сизни ВАФОТ ЭТГАН кунингиз ЁНИНГИЗДА
БЎЛГАНИМИЗДА СИЗГА ҚАЙСИ ҚЎЛЛАРИМИЗ БИЛАН ҚАБР ҚАЗИБ,
ҚАЙСИ қўлларимиз билан СИЗНИ ҚАБРГА ҚЎЯРДИК ВА УСТИНГИЗГА
ҚАЙСИ ҚЎЛЛАРИМИЗ билан Тупроқ тортардик ё Расулуллоҳ..
Биз бундай мусибатга бардош бера олмас эдикда ё Расулуллоҳ..
Биз сизни дунёда кўра олмадик.. Аммо Аллоҳдан умид қилиб
қоламизки.. ЖАННАТДА доимо ёнингизда бўлишни Дуо қилиб
қоламиз..
Қиёматда Кавсар Ховузидан Биз ОХИРГИ ЗАМОН УММАТЛАРИГА ЎЗ
ҚЎЛИНГИЗДАН СУВ ИЧИШДЕК ШАРАФГА ЭРИШТИРИШИНИ ДУО
қилиб қоламиз..
Ё Расулуллоҳ.. Қайтиб бориладиган нақадар гўзал манзил,
ЖАННАТНИНГ энг ОЛИЙ ЖОЙИ БЎЛМИШ ФИРДАВС ЖАННАТИДА,
МУҲОЖИРЛАР, АНСОРЛАР, ПАЙҒАМБАРЛАР, СИДДИҚЛАР,
ОЛИМЛАР, ШАҲИДЛАР, АБРОРЛАР ВА ЖАННАТ САЙЙИДЛАРИ ИЛА
РОББИМИЗ ЖАМОЛИНИ КЎРИЛАДИГАН ВАҚТЛАРДА КЎРИШГУНЧА..
ЭЙ ОЛАМЛАРГА РАҲМАТ БЎЛИБ КЕЛГАН ЗОТ..!
Мен бу мактубни Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни
тушимда кўрганимда ёзган эдим.Ўшанда У зот менга қараб
кулганларида еру осмон ёришиб кетган эди..
СУБҲАНАЛЛАҲ..
Telefon nomerim +998901581227
Assalomualaykum.Men Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf
xazratlarining Xadis va Hayot silsilasining 19-juzi "Olamlarga rahmat
payg'ambar" kitobini 2019 yil avvalo Allohning izni va rahmati bilan
o'qib chiqdim.Shundan keyin o'zimning xayotim butkul o'zgarib
ketdi.Birinchi bor 30-kun ro'za tutdim.Payg'ambarimiz Muhammad
sollallohu alayhi vasallamni shu qadar yahshi ko'rdimki tasvirlab
berolmayman.Yana ro'za tutdim lekin namoz o'qimadim.Yana ro'za
tutdim lekin namoz o'qimadim.Bu yil 23-aprel kunidan boshlab
InshaAlloh namozni boshladim va to'liq (qazo namozlarim ko'p
o'qimoqdaman) o'qiyapman.Alhamdulillah.23-aprel rabiulavval oyi
payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tug'ilgan
kunlari.Bu xam yaxshilakka.Xozir Umar ibn Xatto serialini tomosha
qilyapman negadir payg'ambarimizni o'lganlarini eshitib rosa
yig'ladim.(kitobni o'qiganimda bundan ko'p
yig'laganman).Payambarimizni oyni ikkiga bo'lib yuborgani va Rukonani
kuragini yerga tekkizgani judayam zo'r.Keyin Holid ibn Validning islomga
kelishi xam.
Download