Uploaded by Samandar Karimov

deutsche Phonetik 1

advertisement
Deutsche Phonetik - nemis tili fonetikasi
Nemis tili fonetikasi ham boshqa tillardagi kabi to’g’ri talaffuz
qilish,tovushlar,harflar, umlaut harflar hamda unli va undosh
harf birikmalarini o’rganishni o’z ichiga oladi.
Das Alphabet=Das ABC – alfavit
Nemis tili alvafitida 26 ta harf bo’lib, 6 ta unli va 20 ta
undoshdir.Nemis tilida 45 ta tovush bor.
Unli harflar: a,e,i,o,u,y.
Nemis tili alfaviti quyidagicha:
Yozilishi
O’qilishi
Aa
a
Bb
be
CC
tse
Dd
de
Ee
e
Ff
ef
Gg
ge
Hh
ha
Ii
i
Jj
jot
Kk
ka
Ll
Mm
el
em
Nn
en
Oo
o
Pp
pe
Qq
ku
Rr
er
Ss
es
Tt
te
Uu
u
Vv
fau
Ww
ve
Xx
iks
Yy
ypsilon (epsilon)
Zz
tset
Umlaut harflar
Alfavitdan tashqari nemis tilida umlaut harflar ham mavjud.
Umlaut harflar deb- yozilishidan boshqacha talaffuz
qilinadigan yoki a,o,u harflariga biroz o’xshahshroq talaffuz
qilinadigan harflarga aytiladi.
Umlaut harflar nemis tilida 3 ta:
Ӓӓ- e: der Bӓr-ayiq, die Fakultät
Ӧӧ-o’: zwӧlf- o’n ikki
Üϋ- ˂ 1- So’z boshida kelsa o’zbek tilidagi uy,uyqu so’zlaridagi
uy kabi o’qiladi: die Übung-mashq, über.
2- So’z o’rtasida kelsa o’zbek tilidagi yurak,yutuq
so’zlaridagi yu kabi o’qiladi: die Tϋr-eshik, für-ga,uchun.
Kompyuterda klaviaturada ishlayotgan paytimiz ä,ö,ü umlaut
harflarni ä-ae,ö-oe,ü-ue ß-ss deb ham yozish mumkin: der BärBaer,zwölf-zwoelf,die Tür-Tuer, groß-gross.Lekin iloji boricha
o’z shaklida yozishga harakat qilish kk.
Bundan tashqari nemis tilida – β –es-tset belgisi ham
mavjud.Bu harf o’zbek tilidagi s undoshi kabi o’qiladi: groβ, die
Straβe.
Nemis tilida alfavitdan tashqari harf biriklamalari ham bor.Harf
birikmalari deb-ikki yoki undan ortiq harflarning birikishiga aytiladi.Nemis
tilida ikki xil harf birikmalari mavjud:
1 Unli harf birikmalari- Diftong lar.
2 Undosh harf birikmalari-Affrikat lar.
Unli harf birikmalari:
ai- ay: Mai-may, trainieren-shug’ullanmoq.
ay- ay: Bayern- Bavariya(Federal yer).
ei- ay: eins- bir, das Ei- tuxum.
eu- oy: neun- to’qqiz, deutsch- nemischa, Deutsch- nemis tili.
ӓu- oy: der Raum-die Räume,- xona –xonalar, der Baum-die
Bäume-daraxtlar.
au- ao: auch- ham, rauchen-chekmoq(sigaret), Bauch- qorin.
ie- ii (cho’ziq i): die- jenskiy rod artikli, wie?-qanday, nie- hech
qachon.
2 Undosh harf birikmalari:
ch- x: lachen- kulmoq, machen- qilmoq, acht- sakkiz.
sch- sh: schreiben-yozmoq, die Schule- maktab,
schon-allaqachon, schön- chiroyli.
tsch- ch: Tschüß-xayr, Tschirtschik- Chirchiq(shahar,daryo),
Deutsch- nemis tili.
ck- kk: gucken- qaramoq, die Jacke- kurtka, backen- pishirmoq.
chs- ks: sechs- olti, wachsen- o’smoq.
ph- f: Physik- fizika, Phonetik-fonetika.
th- t: Thema- mavzu.
ng- (ng)ᵑ: fangen, lang, singen.
Ch - k : Ch undosh birikmasi internatsional so’zlarda so’z
boshida kelsa o’zbek tilidagi k undoshi kabi talaffuz qilinadi:
Chor-xor(musiqa),Charakter-xarakter.
Nemis tili alfavitida o’zbek tilidagidan farqli talaffuz qilinadigan
harflar bor:
C,G,H,J,Q,R,S,V,W,X,Y,Z.
Bu harflar bilan batafsil tanishib chiqamiz:
C – tse harfi
Bu harf nemis tilida 2 xil holatda qo’llaniladi:
1. Sof nemischa so’zlardagi undosh birikma tarkibida kelib,
boshqa tovush yasalishida ishtirok etadi:
ch-x: lachen-kulmoq, noch-yana.
sch-sh: schreiben- yozmoq, die Schule-maktab
tsch-ch: deutsch- nemischa, Deutschland- germaniya
gucken- qaramoq
chs-ks: sechs-olti
2 Nemis tiliga chet tillardan kirib kelgan so’zlarda hamda internatsional
so’zlar tarkibida kelsa o’sha tillarda qanday talaffus qilinsa nemis tilida ham
shunday o’qiladi:
Coca Cola- ichimlik, WC- Hojatxona, Chef- boshliq, CD-disk,
Cafe va b…
G- ge harfi
Bu harf nemis tilida xuddi o’zbek tilidaigi g undoshi kabi
o’qiladi: der Garten- bog’ groß- katta.
H- ha harfi
Bu harf nemis tilidagi unli harflardan keyin kelsa o’qilmaydi,
biroq cho’ziqroq talaffuz qilinadi:
ah- a: fahren-bormoq (transportda),
eh- e: lehren- o’qitmoq,
ih- i: ihn – uni (mujs.rod), ihm-unga(mujsk.rod) ,
oh- o: bohren- parmalab teshmoq
uh- u: die Uhr- soat, kühl-salqin
Agar h harfi so’z boshida kelsa o’zbek tilidagi h undoshi kabi
o’qiladi: Halima, haben, Himmel-osmon, Hammer-bolg‘a.
Agar h harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi, biroz cho’ziqroq
talaffuz qilinadi:
nah- yaqin, froh-xursand, früh-erta.
J – jot harfi
Bu harf nemis tilida o’zbek tilidagi y harfi kabi talaffuz qilinadi:
Die Jacke-kurtka, ja-ha, das Jahr-yil. J-y-й
Q- ku harfi
Bu harf nemis tilida u unlisi bilan birga kelib, q+u=qu-kv
tovushini beradi:
Die Quitte-behi, das Aquarium-akvarium, die Qualität-sifat, die
Quelle-manba.
R-er harfi
Bu harf nemis tilida 2 xil talaffuz qilinadi:
1 agar r harfi nemis tiida so’z boshida, bo’g’in boshida,
undoshdan keyin hamda juft rr kelsa o’zbek tilidagi g’ undoshi
kabi o’qiladi:
Die Reise-sayohat, rot-qizil; der Freund-o‘rtoq, frei-bo‘sh;
(ver)heiraten- uylanmoq, turmushga chiqmoq,
Europa-yevropa, Euro-yevro- pul birligi, Büro-byuro, Kamera;
Drei-uch, die Kontrollarbeit-kontrol ish, schreiben-yozmoq;
Das Fahrrad-velosiped, Andorra-shahar nomi, das
Motorrad-mototsikl.
2 agar r harfi nemis tilida undoshdan oldin hamda so’z oxirida
kelsa o’zbek tilidagi a unlisi yoki inglizcha -ar- tovushi kabi
o’qiladi:
werden-bo’lmoq(kelasi zamonda), die Erde-yer, das Wort-so’z,
erste-birinchi;
der-mujsk. rod, wer? –kim?, vier-to’rt, er-u mujsk. rod,
sehr-juda, hier- bu yer(da).
S - es harfi
Bu harf nemis tilida 3 xil talaffuz qilinadi: 1 z, 2 s, 3 sh.
1 Agar s harfi so’z boshida va bo’g’in boshida kelsa o’zbek
tilidagi z undoshi kabi o’qiladi: der Sommer-yoz,
sagen-aytmoq, sieben-yetti.
Der Insel- orol, die Nase-burun, die Reise-sayohat,
kritisieren-tanqid qimoq.
2 Agar s harfi so’z o’rtasida yakka, juft hamda so’z oxirida kelsa
o’zbek tilidagi s undoshi kabi o’qiladi: bist-sensan(sein fe’li 2
shaxs birlik), ist-u… dir(sein fe’li 3 shaxs birlik),
husten-yo‘talmoq, erste-birinchi;
essen- yemoq, wissen –bilmoq, müssen- kerak bo’lmoq;
das-sr.rod, was?-nima?,Windows, Das Gras-o’t(o‘simlik);
3 Agar s harfi so’z boshida nemis tilidagi -p va -t undoshlari
oldidan kelsa o’zbek tilidagi sh undoshi kabi o’qiladi: Sport,
spielen-o‘ynamoq, sprechen-gapirmoq, die Sprache-til;
Die Stadt-shahar, der Staat-davlat, statt-o’rniga, die
Stunde-dars, soat, stehen-turmoq.
V- fau harfi
Bu harf nemis tilida 2 xil o’qiladi: 1-f, 2-v.
1 agar v harfi sof nemischa so’zlar tarkibida kelsa o’zbek tilidagi f
undoshi kabi o’qiladi: der Vater-ota, vier-to’rt, viel-ko’p,
verstehen-tushunmoq, das Vögel-qush;
2 agar v harfi nemis tiliga chet tilidan kirib kelgan so’zlar hamda
internatsional so’zlar tarkibida kelsa o’zbek tilidagi v undoshi
kabi o’qiladi: die Vase-vaza, der November-noyabr, das
Verb-fe’l, TV-tv, Visa-viza.
W- ve harfi
Bu harf nemis tilida o’zbek tilidagi v undoshi kabi o’qiladi: das
Wort-so’z, der Winter-qish, wir-biz, warten-kutmoq,
wer?-kim?, was?-nima?
V 2-w-= v-vavilon
X-iks harfi
Bu harf nemis tilida ks tovushini beradi: Taxi-taksi,
Box-boks,Text-matn, Xerox-kserokopiya, Fax-faks, boxen-boks
tushmoq.
Y- ypsilon harfi
Bu harf nemis tilida 2 xil talaffuz qilinadi.
1 So’z o’rtasida kelsa o’zbek tilidagi yu tovushiga o’xshash
talaffuz qilinadi: die Hymne-madhiya, Antonyme-antonim,
Hygiene-gigiyena, Hydro-gidro. Ü-2--y-1=yu
2 So’z oxirida kelsa o’zbek tilidagi y undoshi kabi talaffuz
qilinadi: Sony-kompaniya nomi, Handy y 2-j- =й
Z- tset harfi
Bu harf nemis tilida o’zbek tilidagi ts-ц – undoshi kabi o’qiladi:
die Zeit-vaqt, zwei-ikki, die Zwiebel-piyoz, zu- ga-predlog,
jetzt-hozir, Panzer-tank.
Nemis tilida –tion qo’shimchasi –tsion- ц shaklida o’qiladi: die
Operation-Operatsiya, Delegation-delegatsiya,die
Funktion-funksiya, Deklination-turlanish,
Konjugation-tuslanish.
Nemis tilida ch undosh birikmasi
2 xil talaffuz qilinadi.
1 Qattiq x- Achlaut, 2 Yumshoq x-Ichlaut.
1 Agar ch undosh birikmasi nemis tilida a,o,u unlilaridan keyin
kelsa Achlaut-qattiq x kabi o’qiladi: lachen-kulmoq,
kochen-pishirmoq, suchen-qidirmoq, izlamoq, das Fach-fan,
die Tochter-qiz bola, das Buch-kitob.
2 Agar ch undosh birikmasi nemis tilidagi e,i unlilari va umlaut
(ä,ö,ü) harflardan keyin kelsa Ichlaut-yumshoq x kabi o’qiladi:
rechnen- hisoblamoq, echt-haqiqiy, haqiqatdan, ich-men,
dich-seni, mich-meni;
Das Fach- die Fächer-fanlar, die Tochter-die Töchter-qiz
bolalar, das Buch-die Bücher-kitoblar.
Nemis tilida so’z oxirida –ig suffiksi kelsa yumshoq x kabi
o’qiladi: richtig-(rixtix)-to’g’ri, wichtig-(vixtix)-muhim,
zwanzig-(tsvantsix)-yigirma.
Agar –ig suffiksidan keyin boshqa qo’shimcha kelsa
yozilganidek –ig kabi o’qiladi: richtig-richtiger,
wichtig-wichtiger, zwanzig-zwanziger, dreißig-dreißiger.
Download
Study collections