Amaliy ishi № 2. Mavzu: Matn protsessorlari va ularning ta’limiy imkoniyatlari bilan tanishish. Ishning maqsadi: Matnli hujjatlar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Kerakli jihozlar: Word dasturiy ta'minotiga ega kompyuterlar, tarqatma materiallar. Nazariy ma’lumotlar: Microsoft Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat "oyna" deb ataladigan maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi.Oynalarning o‘lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o‘z xoxishiga qarab belgilab oladi. Microsoft Word matn protsessorining hozircha o‘zbnek tilidagi varianti mavjud emas. Microsoft Word ishga tushirilganda ekranda uning ishchi maydoni va boshqarish paneli hosil bo‘ladi. Boshqarish paneli odatda sarlovha satri, menyu satri va uskunalar panelidan iborat. Uskunalar panelida uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bo‘lib ulardan foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik yaratadi. Sarlavhalar satrida ishlanayotgan hujjatning nomi aks etadi. Menyular satri quyidagilardan iborat: fayl menyusi; to‘g‘rilash (pravka); ko‘rinish (vid); joylashtirish (vstavka); format; servis; jadval (tablitsa); oyna (okno); ma`lumot (spravka). Mazkur menyular hujjatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Endi har bir menyuning asosiy buyruqlari mavjud. Masalan: "Fayl" menyusi quyidagi amallarni bajaradi: ochish (Открыть); hosil qilish (создать); saqlash (сохранить); ... kabi saqlash (soxranit kak); hujjatlarni chop etish (печать); Word dan chiqish (выxoд). Topshiriq 1: Word dasturini ishga tushiring va quyidagi matnni tering: Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri sоhаsidаgi kаdrlаrni tаyyorlаsh tizimini tаkоmillаshtirish «Rаqаmli O’zbеkistоn - 2030» strаtеgiyasini muvаffаqiyatli аmаlgа оshirish, axborot tехnоlоgiyalаrni rivоjlаntirish vа аhоlining kundаlik hаyotigа kеng jоriy etishni tа’minlаshning muhim shаrtlаridаn biri hisоblаnаdi. Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri sоhаsidаgi kаsbgа tаyyorlаsh vа qаytа tаyyorlаsh tizimining sаmаrаdоrligini оshirish bo’yichа ko’rilаyotgаn chоrаlаr dаvlаt оrgаnlаri vа tаrmоq tаshkilоtlаrini mаlаkаli IT-mutахаssislаr bilаn tа’minlаsh uchun mustаhkаm zаmin yarаtmоqdа. Raqamli va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va asosiy vazifalari. Хususаn, MUHАMMАD АL-ХОRАZMIY nоmidаgi ахbоrоt tехnоlоgiyalаri yo‘nаlishigа оid fаnlаrni chuqurlаshtirib o‘qitishgа iхtisоslаshtirilgаn mаktаb vа bir qаtоr хоrijiy univеrsitеtlаr filiаllаri fаоliyati yo‘lgа qo‘ilib, tumаn vа shаhаrlаrdа axborot tехnоlоgiyalаrgа o‘qitish mаrkаzlаri bоsqichmа-bоsqich tаshkil etilmоqdа. Ахbоrоt tехnоlоgiyalаrining o‘qitilishini sifаt jihаtidаn yangi bоsqichgа ko‘tаrish, mеhnаt bоzоrining mаlаkаli IT-mutахаssislаrgа bo‘lgаn tаlаbini qоniqtirish, shuningdеk, 2017-2021 yillаrdа O’zbеkistоn Rеspublikаsini rivоjlаntirishning bеshtа ustuvоr yo‘nаlishi bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasini «Ilm, mа’rifаt vа rаqаmli iqtisоdiyotni rivоjlаntirish yili»dа аmаlgа оshirishgа оid dаvlаt dаsturidа bеlgilаngаn vаzifаlаr аmаlgа оshirilib kеlinmоqdа. Topshiriq 2: Hujjatni “Raqamli texnologiyalari” nomi bilan ish stolga saqlang. Topshiriq 3: Hujjat cheti maydonini chap, o’ng tomondan 3 sm, yuqori va pastdan 1 sm ga keltiring. Topshiriq 4: Hujjatni albomnaya, Shirftni 14, Times New Roman, intervalni 1.5 ko’rinishiga keltiring. Topshiriq 5: Hujjatdan “Axborot texnologiyalari” so’zini qidiring . Nechta? Topshiriq 6: Hujjatdan “Axborot texnologiyalari” so’zini “Raqamli texnologiyalar” so’ziga almashtiring. Topshiriq 7: Hujjatingizga ramka qo’ying. Hujjat betini havorangga o’zgartiring. Hujjat foniga so’z yozing. Topshiriq 8: Qatorlarga raqam qo’ying. 5-qatorni жирный, 6-qatorni курсив, 7-qatorni чизикли ko’rinishga keltiring. Topshiriq 9: Hujjat oxiriga 5 ta ustun, 10 ta satrdan iborat jadval qo’shing. 1-ustunni avtomatik raqamlang. Ma’lumotlar bilan to’ldiring. 3-ustundagi ma’lumotlarni 5-ustunga nusxalang. 2-ustunni o’chiring. 3-satrni o’chiring, 9-satrdan keyin 2 ta satr qo’shing. Topshiriq 10: Hujjat betlariga raqam qo’ying. Kolontitul qo’ying. Topshiriq 11: Quyidagicha titul varog’i yarating: Topshiriq 12: Quyidagi chizmani chizing Nazorat uchun savollar: 1. Word dasturining imkoniyatlarini ayting? 2. Word dasturida jadval qo’yish qanday amalga oshiriladi? Adabiyotlar ro’yxati: 1.M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYI, 2004 y. 2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta’limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2019. 1-tom,-262 b.