Uploaded by mazmu na

tfhdgsd

advertisement
Namunaviy
“Yozni “Kamalak” bilan!” loyihasining
KONSEPSIYASI
“Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi (keyingi o‘rinlarda “loyiha” deb yuritiladi)
barcha tuman (shahar)larda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, umumiy o‘rta
ta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan mavsumiy oromgohlarda hamda
mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tartibini
belgilaydi.
Loyiha iyun-avgust oylari davomida tashkil etiladi.
Loyihaning maqsadi
Yoz mavsumida yoshlar va bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,
ularni sog‘lom turmush talablari asosida va harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, bolalar orasida sportning ommaviy turlarini keng targ‘ib qilish, siyosiyhuquqiy va diniy-ma’rifiy dunyoqarashlarini shakllantirish hamda ma’naviy hordiq
olishlarini tashkil etish maqsadida o‘tkaziladi.
Loyihani tashkil etish va o‘tkazish
Loyiha quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
Maktab qoshidagi oromgohlarda mavsumiy “Kamalak” bolalar tashkiloti
faoliyati;
Shahardan tashqari oromgohlarda “Ittifoq” va “Kamalak” kunlari”;
Mahalla bolalarining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish darslari;
Mahalla bolalarining diniy bilimlarini oshirish darslari;
Mahalla bolalarining ma’naviy-madaniy hordiq olishlariga qaratilgan tadbirlar;
Mahalla bolalari uchun psixologlar maslahatlari;
Mahallalarda “Ko‘chma sport o‘yinlari” tadbirlari;
Mahallalarda “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” darslari;
Mahallalarda “Kitobxonlik kunlari”;
Mahallalarda “Mening yurtim, O‘zbekiston!” mavzusida asfaltga rasm chizish
tanlovi;
Mahallalarda “Tabiatni asraymiz!” shiori ostida ekologik aksiya;
Mahallalarda “Robototexnik bolalar” robotlar ko‘rgazmasi;
Mahallalarda “O‘zbekiston umumiy uyimiz” diniy bag‘rikenglik, millatlararo
totuvlik targ‘iboti;
Mahallalarda “Kamalak” mening sevimli tashkilotim” mavzusida seminartrening;
Mahallalarda “Ko‘chma kino” tadbirlari;
Mahallalarda “Ko‘chma teatr” tadbirlari.
Maktab qoshidagi oromgohlarda mavsumiy “Kamalak” bolalar tashkiloti
faoliyati.
Mavsumiy “Kamalak” bolalar tashkilotini tashkil etish uchun tuman (shahar)
Sardorlar kengashlari a’zolari umumiy o‘rta ta’lim mauassasalari qoshida tashkil
etiladigan oromgohlarga biriktiriladi. Ularning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
ishchi dasturlar qabul qilinadi. Oromgohning boshlanish kunida dam oluvchilar
ichidan Sardorlar kengashi shakllantirilib, biriktirilgan sardorlar bilan birgalikda
turli loyiha va tadbirlar amalga oshiriladi. Faol ishtirok etgan ishtirokchilarga
esdalik sovg‘a va faxriy yorliqlar taqdim etiladi.
Shahardan tashqari oromgohlarda “Ittifoq” va “Kamalak” kunlari”.
Shahardan tashqari oromgohlar tuman (shahar) Kengashlariga biriktiriladi.
Loyiha doirasida targ‘ibotchilar guruhlari shakllantirilib, sardorlar, madaniyat
xodimlari, estrada yulduzlari, sport ustalari, psixolog va boshqalardan iborat
targ‘ibotchilar guruhi ishtirokida oromgohlarga tashriflar tashkil etiladi.
“Ittifoq” va “Kamalak” kunlari” doirasida oromgohlarda sport musobaqalar,
davra suhbatlar, madaniy kechalar, seminar-treninglar va ijodiy uchrashuvlar
tashkil etiladi. Faol ishtirok etgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘a va faxriy yorliqlar
taqdim etiladi.
Mahalla bolalarining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish darslari.
Mazkur yo‘nalishda birinchi navbatda loyihani o‘tkazish bo‘yicha yagona dastur
ishlab chiqiladi va hamkor tashkilotlar o‘rtasida qo‘shma qaror imzolanadi. Hamkor
tashkilotlar bilan birgalikda ma’ruza matnlari, ko‘rgazmali vositalar va targ‘ibot
materiallari shakllantiriladi. Darslarni tashkil etish bo‘yicha aniq manzilli reja ishlab
chiqiladi hamda ushbu reja asosida darslar tashkil etiladi.
Darslar “Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya”, “Bola huquqlari kafolatlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha
“Mening huqularim” mavzusi ostida tashkil etiladi.
Darslarni o‘tkazish uchun ko‘ngillilar jalb etilishi lozim. Oliy ta’lim
muassasalarining siyosiy-huquqiy yo‘nalishidagi talabalarni amaliyot sifatida jalb
etib, loyiha doirasida ularning bilim ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadga
muvofiq.
Darslarni mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida mavjud kutubxonalar va
majlislar zallarida tashkil etish lozim.
Tadbirlar davomida faol ishtirok etgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik
sovg‘alar taqdim etiladi.
Mahalla bolalarining ma’naviy-madaniy hordiq olishlariga qaratilgan
tadbirlar.
Tadbirni tashkil etish maqsadida hamkor tashkilotlar o‘rtasida qo‘shma qaror
imzolanadi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun mahalla hududidan qulay
joy yoki mahallaga yaqin bo‘lgan kichik bog‘, madaniyat va istirohat bog‘lari
tanlanadi. Madaniy tadbirlarni bosqichma-bosqich tashkil etish maqsadida jadval
ishlab chiqiladi.
Madaniy-ma’rifiy tadbirning yagona dasturi va ssenariysi ishlab chiqilishi
maqsadga muvofiq. Dastur va ssenariy asosida madaniy tadbir tashkil etiladi.
Madaniy tadbirga kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj, DEOga mansub
hamda notinch va noqobil oila farzandlarini jalb etish lozim.
Tadbirlarni o‘tkazish uchun ko‘ngillilar jalb etilishi lozim. Oliy ta’lim
muassasalarining madaniyat yo‘nalishidagi talabalarni amaliyot sifatida jalb etib,
loyiha doirasida ularning bilim ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadga muvofiq.
Tadbirlar davomida faol ishtirok etgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik
sovg‘alar taqdim etiladi.
Mahalla bolalari uchun psixologlar maslahatlari.
Psixologlar maslahatlarini tashkil etish uchun hamkor tashkilotlar o‘rtasida
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va imzolash lozim. Mahallalarda
maslahatlarni tashkil etish jadvali va biriktirilgan psixologlar ro‘yxatini
shakllantirish lozim.
Maslahatlarni yagona ishlab chiqilgan dastur asosida tashkil etish maqsadga
muvofiq.
Maslahatlarni o‘tkazish uchun ko‘ngillilar jalb etilishi lozim. Oliy ta’lim
muassasalarining psixologiya yo‘nalishidagi talabalarni amaliyot sifatida jalb etib,
loyiha doirasida ularning bilim ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadga muvofiq.
Maslahatlar o‘tilgandan so‘ng bolalardan har xil mavzular ostida so‘rovnomalar
o‘tkazish lozim.
Mahallalarda “Ko‘chma sport o‘yinlari” tadbirlari.
Mazkur tadbirlarni tashkil etish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan qo‘shma
qaror yoki chora-tadbirlar rejasi tasdiqlab olinadi. Ushbu tadbir quyidagi
yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Arqon tortish musobaqasi.
2. Shaxmat va shashka musobaqasi.
3. Quvnoq startlar musobaqalari.
4. Arqondan sakrash musobaqasi va boshqalar.
Musobaqalarni tashkil etishda mahallalardagi sport yoki bolalar
maydonchalaridan foydalaniladi. Mahalliy Kengashlar tomonidan mahallalarda
ko‘chma sport o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha jadval ishlab chiqilishi
va hamkor tashkilotlari bilan birgalikda imzolanishi lozim.
Musobaqalarni o‘tkazish uchun ko‘ngillilar jalb etilishi lozim. Oliy ta’lim
muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi talabalarni amaliyot
sifatida jalb etib, loyiha doirasida ularning birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadga muvofiq.
Tadbirlar davomida faol ishtirok etgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik
sovg‘alar taqdim etiladi.
Mahallalarda “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” darslari.
Darslarni tashkil etish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan qo‘shma qaror yoki
chora-tadbirlar rejasi tasdiqlab olinadi hamda darslarni o‘tkazish tartibi ishlab
chiqiladi. Darslarni o‘tkazish uchun ko‘ngillilar jalb etilishi lozim. Oliy ta’lim
muassasalarining tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarni amaliyot sifatida jalb etib,
loyiha doirasida ularning birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini
mustahkamlash maqsadga muvofiq. Darslar tizimli o‘tishini ta’minlash maqsadida
aniq reja-jadval ishlab chiqiladi. Reja ishlab chiqilishida darslarni o‘tkazish joylariga
alohida e’tibor qaratiladi. Darslarni mahallaga yaqin bo‘lgan oilaviy poliklinikalar,
mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan tashkil etilgan kichik bog‘lar va darsning
mazmun-mohiyatiga mos joylarda tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tadbirlar davomida faol ishtirok etgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik
sovg‘alar taqdim etiladi.
Mahallalarda “Kitobxonlik kunlari”.
Tadbirni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yagona dastur ishlab chiqiladi.
Dastur asosida quyidagi tanlovlar tashkil etiladi:
1. “Men ham bu asarni o‘qiganman”.
2. “Men sevgan asar qahramoni”.
3. “Men sevgan yozuvchi”.
4. “Zukko kitobxon” tanlovlari.
Tadbirlarni tashkil etishda bolalarga oldindan qaysi asarlardan savollar bo‘lishi
aytib boriladi yoki oldindan tayyorlangan savollar asosida tanlov tashkil etiladi.
Tadbirlarni mahalla fuqarolar yig‘inlarida mavjud kutubxonalar, majlislar zallari,
mahalla hududida joylashgan kitob do‘konlari, kichik hamda madaniyat va istirohat
bog‘larida tashkil etiladi. Tanlovlarda o‘zlarining savollari bilan yozuvchi va shoirlar
ishtirok etishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tadbirlar davomida faol ishtirok etgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik
sovg‘alar taqdim etiladi.
Mahallalarda “Mening yurtim, O‘zbekiston!” mavzusida asfaltga rasm
chizish tanlovi.
Tanlovda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hududlarda qad ko‘targan
bino inshootlar hamda diqqatga sazovor maskanlar, kundan kun chiroy ochib
borayotgan yurtimiz jamolini aks ettiruvchi rasmlarni chizishlari talab etiladi.
Mazkur tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol qatnashgan ishtirokchilar
faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Mahallalarda “Tabiatni asraymiz!” shiori ostida ekologik aksiya.
Aksiya davomida bolalarning ekologik bilimi sinovdan o‘tkazilib, bolalar
ishtirokida mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida kichik hasharlar tashkil etiladi.
Faol qatnashgan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan
taqdirlanadi.
Mahallalarda “Robototexnik bolalar” robotlar ko‘rgazmasi.
Mazkur ko‘rgazma bolalar o‘rtasida zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallash,
ushbu sohada amalga oshirilayotgan faoliyatni keng targ‘ib qilish, robototexnika
faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, kelgusida mazkur sohada malakali mutaxassis
bo‘lib kamol topishlariga yo‘naltirishdan iborat. Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
maxsus ajratilgan joyda robototexnika bo‘yicha kichik robotlarning qismlari va
robotlarni boshqarish bo‘yicha ko‘rgazmali vositalar tashkil etiladi.
Mahallalarda “O‘zbekiston umumiy uyimiz” diniy bag‘rikenglik,
millatlararo totuvlik targ‘iboti.
Mazkur targ‘ibot aksiyasida mahalla fuqarolar yig‘ini hududida belgilangan
joyda proektor va targ‘ibot vositalaridan foydalangan holda kichik trening tashkil
etiladi.
Faol qatnashgan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan
taqdirlanadi.
Mahallalarda “Kamalak” mening sevimli tashkilotim” mavzusida seminartrening.
Mazkur treningda bolalar tashkilotining asosiy maqsad-vazifalari, Sardorlar
kengashlari yo‘nalishlari bilan bolalarni yaqindan tanishtirish, yozgi ta’tildan so‘ng
ta’lim muassasalarida “Kamalak” bolalar tashkilotining faoliyatida ishtirokini
ta’minlashdan iborat. Ushbu seminarni har bir tuman (shahar) “Kamalak” bolalar
tashkiloti tashkil etadi.
Faol qatnashgan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan
taqdirlanadi.
Mahallalarda “Ko‘chma kino” tadbirlari.
Tadbirlarni tashkil etish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan qo‘shma qaror yoki
chora-tadbirlar rejasi tasdiqlab olinadi. Tadbirlarni o‘tkazish uchun ko‘ngillilar jalb
etilishi lozim. Oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishdagi talabalarni
amaliyot sifatida jalb etish maqsadga muvofiq. Tadbirlar tizimli o‘tishini ta’minlash
maqsadida aniq reja-jadval ishlab chiqiladi. Reja ishlab chiqilishida tadbirlarni
o‘tkazish joylariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadbirlarni kechki payt ochiq
maydonlar yoki mahalla guzarlari ko‘chalarida tashkil etish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Tadbirlar doirasida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan filmlarni namoyish etish
maqsadga muvofiq.
Film ijodkorlari bilan uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi. Uchrashuvlarda
faol ishtirok etgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar taqdim etiladi.
Mahallalarda “Ko‘chma teatr” tadbirlari.
Tadbirlarni tashkil etish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan qo‘shma qaror yoki
chora-tadbirlar rejasi tasdiqlab olinadi. Tadbirlarni o‘tkazish uchun ko‘ngillilar jalb
etilishi lozim. Oliy ta’lim muassasalarining teatr san’at yo‘nalishidagi talabalarni
amaliyot sifatida jalb etish maqsadga muvofiq. Tadbirlar tizimli o‘tishini ta’minlash
maqsadida aniq reja-jadval ishlab chiqiladi. Reja ishlab chiqilishida tadbirlarni
o‘tkazish joylariga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadbirlarni kechki payt ochiq maydonlar yoki mahalla guzarlari ko‘chalarida
tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tadbirlar doirasida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan teatrlarni namoyish
etish maqsadga muvofiq.
Teatr ijodkorlari bilan uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi.
Uchrashuvlarda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar
taqdim etiladi.
Loyihaga sardorlarni jalb etish
Loyiha doirasidagi tadbirlarning hajmiga qarab sardorlarni jalb etish lozim.
Tadbirlarga biriktirilgan barcha sardorlar loyiha logotipi tushirilgan futbolka va
kepkalarda bo‘lishi talab etiladi.
Loyihani ommaviy axborot vositalarida yoritish
Loyihani o‘tkazishda tashkilotning barcha tuman (shahar) Kengashlari qoshida
5-10 nafardan iborat “Yosh reportyorlar” guruhlari shakllantiriladi. Ushbu guruh
a’zolari loyiha doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni kunlik onlayn tarzida yoritib
boradi.
Bundan tashqari loyihani o‘tkazish bo‘yicha maxsus videorolik ishlab chiqiladi
va mahalliy telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon beriladi.
Loyihani targ‘ib etuvchi maxsus bannerlar chop etiladi va hududlar
markazlaridagi bilbordlarga joylashtiriladi.
Loyiha ishtirokchilarini rag‘batlantirish
Loyiha doirasidagi tadbirlar kesimida faol ishtirok etgan yoshlarga “Yoshlar
kutubxonasi” rukni ostidagi kitoblar, loyiha logotipi tushirilgan futbolka va kepka,
A5 formatdagi sertifikat va faxriy yorliklar hamda boshqa sovg‘alar bilan
rag‘batlantiriladi.
Loyihani tashkil etishdagi ko‘magi uchun jalb etilgan talabalar va sardorlarga
tashakkurnomalar bildiriladi.
Download