Uploaded by asliddinfarhodov777

asliddin 3

advertisement
Fizika Fakulteti
F-2005-guruh talabasi
Farhodov Asliddin
Mavzu nomi: TEMURIYLAR DAVRIDA (II RENESSANS)
TA’LIM-TARBIYA VA PEDOGOGIK G’OYALAR TARAQQIYOTI
Fan o’qituvchisi: Sodiqov U.
Reja:
1. XIV - XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik
fikr taraqqiyoti.
2. Temuriylar davrida ilm-fan, san’at va adabiyot rivoji.
3. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari.
4. Xulosa
XIV - XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr
taraqqiyoti.
Ma’lumki, mamlakatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixining eng qudratli, sifat jihatdan yangi davri Temur
va temuriylar hukmronligiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat yana qayta yuksalishi, ijtimoiy aloqalarning
mustahkamlanishi turli qabila-urug‘lar, qavmlar, elatlar o‘rtasidagi mushtaraklikni kuchaytirdi, ularning milliy jipslashishini
tezlashtirdi. Eski o‘zbek adabiy tili shakllana boshladi. U Taroz va Yassadan to Hirotgacha fors tili bilan bir qatorda
umumiy aloqa va ijod vositasiga aylandi. Milliy ong, tafakkur, milliy adabiyot va san’at, ilm-fan rivojida kishilarning qaror
topayotgan yangi tarixiy birligi ehtiyojlari o‘z aksini topdi. Biz bejiz bu davrdagi O‘rta Osiyo o‘troq turkiy xalqi tilini eski
o‘zbek tili, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur ijodini mumtoz o‘zbek adabiyoti deb atamaymiz.
Bugungi mumtoz o‘zbek adabiyoti, san’ati, ma’naviy madaniyatining oyoqqa turishi va rivojlanishida Temur va
temuriylar davri hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mo‘g‘ullardan hokimiyat Temurga va temuriylarga o‘tgandan so‘ng
ma’naviy hayotda haqiqiy uyg‘onish davri boshlandi. Madaniyat, ma’rifat, hunarmandchilik, savdo-sotiq gullab yashnadi,
shaharlar va qishloqlarda obodonchilik keng ko‘lamda olib borildi. Ariqlar, kanallar qazildi. Yangi erlar o‘zlashtirildi,
bog‘lar barpo etildi. Karvonsaroylar, madrasalar, hammomlar, bozorlar, rastalar, saroylar, hashamatli imoratlar, suv
quvurlari barpo etildi. Amir Temur bu ishlarni faqat ota yurtidagina emas, zabt etilgan mamlakatlarda ham amalga oshirdi.
Sohibqiron milliy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va bir-birini boyitishi aslo zo‘ravonlik natijasi emas, balki buyuk
bunyodkorlik, xalqlarning o‘zaro yaqinlashuvi, hamkorligi natijasidir. SHu bois, biz yuqorida keltirib o‘tganimizdek,
akademik N.I.Konrad Amir Temurni CHingizxonga emas, balki Aleksandr Makedonskiyga va Kanishkaga qiyoslaydi,
ularning davomchisi deb hisoblaydi.
Ta’kidlash joizki, Samarqandga va mamlakatimizning boshqa shaharlariga o‘zga yurtlardan ko‘chirib
keltirilgan hunarmandlar, san’atkorlar, olimlarning, ular oila a’zolarining haq-huquqlari cheklanmagan, ular
qulga yoki haq-huquqsiz xizmatkorga aylantirilmagan. Balki mahalliy aholi bilan bir xil sharoitda bir
huquqqa ega bo‘lib yashagan va o‘z kasb-kori bilan shug‘ullangan. Yuqorida iqtibos keltirilgan Ibn Arabshoh
12 yoshida Samarqandga oilasi bilan ko‘chirilgan edi. Uning Samarqandda har tomonlama bilim olib, etuk
tarixnavis, shoir va adib, ko‘p fanlar bo‘yicha chuqur bilimdon bo‘lib etishgani yuqoridagi fikrimizni
tasdiqlaydi.
U eski o‘zbek, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Turkiyda she’rlar yozgan, hatto o‘zining ayrim
tarixiy asarlarini, Qohiraga mamluk sultonlari xizmatiga borganda, turkiy tilga she’riy usulda tarjima qilib,
doston shaklida baxshilardek mamluklarga kuylab bergan. Temur faoliyatining bosh g‘oyasi va amaliy shiori
«Kuch — adolatda» degan hikmatki, u umuminsoniy ahamiyatga ega. Bu g‘oya hozir ham, bundan keyin
ham eng e’zozli umuminsoniy ma’naviy qadriyatlardan, axloqiy va huquqiy me’yorlardan biri bo‘lib qolajak.
Rostgo‘ylik, haqiqatgo‘ylik, adolatparvarlik, yurti va fuqarolari to‘g‘risida qayg‘urish, mamlakati tinch va
osoyishta, obod va farovon bo‘lishiga butun kuchg‘ayratini, aql-zakovatini yo‘naltirish kabi Temurning xos
fazilatlari uning chinakam buyuk ma’naviy shaxs bo‘lishiga, buyuk yaratuvchi davlat boshlig‘i sifatida
tarixda o‘chmas iz qoldirishiga xizmat qildi. Mazkur fazilatlar uning avlodlariga ibrat bo‘ldi va hozirgacha
ibrat bo‘lmoqda.
Temuriylar davrida ilm-fan, san’at va adabiyot rivoji.
Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g'amxo'rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma'rifiy markaziga aylandi.
Mashxur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos
Mavlono Axmad, Ulug'bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat
ko'rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar soxasida buyuk olimlar yetishib chiqdi
xamda jaxon faniga munosib xissa qo'shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin
Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Xofizi Abro',
Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy
ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshox Samarqandiy, Atoullo Xusayniy, Koshifiy singari ijodkorlar
yuksak san'at asarlari bilan mashxur bo'ldi.
Mirzo Ulug'bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Yer kurrasini o'lchash va
falakiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan
madaniy voqea bo'lib, jixozi va ilmiy yutuqlari jixatidan unga teng keladigan rasadxona yo'q edi. Rasadxonada
Ulug'bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar soxibi edi. Ali Qushchi, Muxammad
Xavofiylar uning sevimli shogirdlari bo'lgan. Temur va temuriylar davrida xalq og'zaki ijodi namunalari yaratildi.
Adabiyot badiiy uslub jixatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O'zbek
tarjima adabiyoti vujudga keldi.
Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur,
Muxammad Solix va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o'zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko'lamini Alisher
Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko'tardi.
Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari.
Movarounnaxr va Xurosonda o'zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei orta bordi.
Xurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand, Buxoro, Turkiston va
boshqa shaxarlardagi olimlar shoiralar va san'atkorlar bilan o'zaro juda yaqin munosabatda bo'la
boshladilar. Qaysi ijodkor o'ziga qaysi mamlakat yoki shaxarni qulay deb bilsa, yosha yerda
yashab ijod qildi.
XV asrning ikkinchi yarmi o'zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo'lib, bu yuksalik
Temuriy Boyqaro va o'zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy nomlari bilan bog'liq.
Boyqaro xukmronligi davrida adabiyot, san'at va fanning ko'p soxalari rivojiga katta axamiyat
bergan. «Xusayniy» taxallusi bilan she'rlar yozgan, bu ulug' zot o'z xukmronligi davomida
Navoiyga «muqarrabi xazrati sultoniy» mansablarini berib birgalikda madaniyatning
rivojlanishiga xomiylik qilishgan. Navoiy ustozi Jomiy bilan xamkorlikda ma'naviyat
taraqqiyotiga raxnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi.
Navoiyning «Xamsa» va «Xazoyinul-maoniy» devoni, Jomiyning «xasht avrang» va she'riy
devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo'ldi. Xusayn Boyqaro o'z
«Risolasida» uning xukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani
bejiz emas.
Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari.
Amir Temur Kuragon ibn Amir Tarag`ay (1336-1405). Temur shaxsi masalasi uzoq yillar davomida man
qilinganligi natijasida nafaqat Temur tarixi, balki Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi tarixi, madaniyati
deyarli o`rganilmay qolgan edi. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi:
"Amir Temur nomi tariximiz sahifalarida qora buyoq bilan o`chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad
xalkimizning(ongidan) yuragidan milliy ong, milliy g`urur tuyg`usini yo`qotish, uni qaramlikka, tobelikka
kundirish edi. Lekin o`zbek xalki o`z ajdodlarini, uz bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to`rida
saqladi". Mustaqilligimizdan so`ng esa o`z milliy qadriyatlarmizni, tariximizni haqqoniy o`rganish
imkoniyatiga ega bo`ldik.
Shuningdek, birinchi prezidentimiz Amir Temur hayoti, faoliyati, koldirgan buyuk merosiga katta e’tibor
berdi. "Istiqlol va ma’naviyat" asarida Temurning yoshlikdan mard, dovyurak, mag`rur, o`tkir zehn va aql egasi
bo`lganligi, Qur’onga amal qilib yashaganligini ta’kidlab o`tadi.
Birinchi Prezidentimiz "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" asarida ham Amir Temur qoldirgan katta meros
haqida yozadi: "Amir Temur kim edi? U birinchi navbatda ulug` bunyodkor shaxs edi. Samarqanddagi obidalar,
Shaxrisabzdagi yodgorliklarni kim qurdi? Turkistondagi Yassaviy maqbarasini kim tikladi? Kim "Kuch adolatdadir" degan olamshumul, teran hikmatni o`z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?". Yurtboshimiz Temur
va Temuriylarning biz uchun qoldirgan meroslarini yuksak qadrladi va baholadi. Temurning qanchalik buyuk zot
bo`lganligini uning nomiga qo`shilgan unvonlardan ham kurish mumkin. Uning ismiga "Kuragon" (xon kuyovi yoki
kurkam, toza urug`dan), "Sohibqiron" (yulduz burjlarining baxtli kelishi (qiron)da tug`ilgan farzand) Iskandar,
Muhammad payg`ambar, Temur), "Qutbiddin" (zamona peshvosi), "Abulmansur" (zafarmand, g`alaba qozonuvchi)
kabi unvonlar qo`shilib ulug`langan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan
boʻlib, Turon oʻlkasida qadimgi davrdan boshlab boshlangʻich maktablar va kattalarga taʼlim beruvchi
oʻquv dargohlari shakllana boshlagani maʼlum. Ilk islom uygʻonish davri deya eʼtirof etiladigan IX-XII
asrlarda Movarounnahr islom dunyosining madaniy markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda yashab
oʻtgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy meros islom davri madaniyati andozalarini belgilab,
umuminsoniyat sivilizatsiyasi rivojiga ham katta taʼsir koʻrsatdi. Buyuk ajdodlarimiz dastlabki taʼlimni
islom dunyosining madaniy va ilmiy markazlari sifatida tanilgan Movarounnahr va Xorazmning yirik
shaharlarida olishgani ham bu davrda taʼlim tizimi yutuqlarining yaqqol dalilidir. Ilk islom davridayoq
Movarounnahrda boshlangʻich maktablar, madrasalar barpo etila boshlagan.
Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilmfanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo
etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etildiyu Amir Temur va
temuriylar davri qadim Turon oʻlkasida maorif va taʼlim tizimi, ilm-fan yuksak rivojlangan davr sifatida
ahamiyatlidir.
Download