Uploaded by Poxxuy

Biz baxtli bo‘lamiz Muhammad Yusuf

advertisement
!
Biz baxtli bo‘lamiz
00:00
-00:00
Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa,
Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz,
Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik...
Rayhon hidlaringni
yo‘llarimga sep,
Kut meni har oqshom
ko‘kka oy chiqqan.
Faqat
yig‘lamagin,
aybim nima deb,
Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!..
Menga bir tabassum
hadya et, ey yor,
nur tomsin
lablaring
sohillaridan.
O‘zing ayt,
senday qiz
yana qayda bor,
Kipriklari uzun kokillaridan?..
Iymanib yashama
xayol pinjida,
Yoyil, yayra, jonim,
o’rtanma g‘amda.
G‘iybatlarga chida,
Tuhmatga chida:
Sen bittasan, axir,
Yorug‘ olamda.
Men esa oshig‘ing
sening eng g‘arib,
Tundan so‘z
qarz olib,
tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham
seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Ista
tiz cho‘kaman
hozir oldingda,
Sevdim,
sevganimdan
uyalmoq nechun?
Barcha farishtalar
sening qalbingda,
Ijarada turgan
qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo‘lamiz,
Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik.
Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan
baholaysiz?
"
"
"
"
"
Ma'lumot
$ 2017, 16-Fevralda yuklangan
% 3695 marta ko'rildi
& 8 kishi kutubxonasiga qo'shdi
' Muhammad Yusuf o'qidi
Tayanch tushunchalar:
baxt
yig'i
oqshom
xudo
ko'k
tabassum
oy
hadya
kokil
xayol
oshiq
tun
pinj
tong
uchrashuv
gunoh
rayhon
ayb
yor
nur
lab
jon
g'am
qarz
so'z
ona
sohil
g'iybat
hid
yo'l
chiroy
qiz
kiprik
tuhmat
olam
Muallif
Muhammad Yusuf
Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy
she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt
etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli
sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi
bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi.
Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek
qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy
san’atimizning eng yirik va iste’dodli
vakillaridan tortib, havaskor
Batafsil #
Sizga yoqishi mumkin:
Yangi She'rlar
Muhammad Yusuf She'rlari
Muhammad Yusuf asarlari
Tafakkur © 2022
(
)
*
+
Download