! Biz baxtli bo‘lamiz 00:00 -00:00 Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik. Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik... Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep, Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan. Faqat yig‘lamagin, aybim nima deb, Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!.. Menga bir tabassum hadya et, ey yor, nur tomsin lablaring sohillaridan. O‘zing ayt, senday qiz yana qayda bor, Kipriklari uzun kokillaridan?.. Iymanib yashama xayol pinjida, Yoyil, yayra, jonim, o’rtanma g‘amda. G‘iybatlarga chida, Tuhmatga chida: Sen bittasan, axir, Yorug‘ olamda. Men esa oshig‘ing sening eng g‘arib, Tundan so‘z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham Seni kutguvchi. Ista tiz cho‘kaman hozir oldingda, Sevdim, sevganimdan uyalmoq nechun? Barcha farishtalar sening qalbingda, Ijarada turgan qizlar men uchun!.. Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik. Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz? " " " " " Ma'lumot $ 2017, 16-Fevralda yuklangan % 3695 marta ko'rildi & 8 kishi kutubxonasiga qo'shdi ' Muhammad Yusuf o'qidi Tayanch tushunchalar: baxt yig'i oqshom xudo ko'k tabassum oy hadya kokil xayol oshiq tun pinj tong uchrashuv gunoh rayhon ayb yor nur lab jon g'am qarz so'z ona sohil g'iybat hid yo'l chiroy qiz kiprik tuhmat olam Muallif Muhammad Yusuf Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor Batafsil # Sizga yoqishi mumkin: Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari Tafakkur © 2022 ( ) * +