Uploaded by Doniyor Xushboqov

2 курс малакавий амалиёт дастури танишув

advertisement
2
KIRISH
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat
ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib
borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha
bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka
hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o‘rni
beqiyos.
Tanishuv amaliyotining maqsadi 5230600 – “Moliya va moliyaviy
texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun iqtisod majmuining ma’lum
tarmoqlari bilan tanishtirish, umumta’lim va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy
bilimlarini mustahkamlashdan iborat. O‘zlashtirgan nazariy bilimlarini
chuqurlashtirish va mustahkamlash, bevosita malaka talablariga muvofiq mustaqil
ishlashga tayyorlash, sohada mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini
shakllantirishdan iborat.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi
PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi
PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy
ta’lim 230 000 - iqtisod ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son
buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari
talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda
ishlab chiqilgan.
Dasturda tanishuv amaliyotining umumiy qoidalari, maqsadlari va vazifalari,
institutdan va amaliyot joyidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari va
majburiyatlari, amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi
bayon etilgan.
I. MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Tanishuv amaliyotining maqsadi talabalarning moliya bo‘limi faoliyati va
xodimlarining xizmat vazifalari bilan tanishish, kasbiy-amaliy bilimlarini o‘rganishdan
iborat.
Talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy
bo‘linmalari, ya’ni moliya bo‘limining tashkiliy tuzilishi, funksiyasi va vazifalari bilan
tanishish amaliyotning asosiy vazifalari hisoblanadi. Shu bilan birga, amaliyot davrida
talabalar amaliyot obyektining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam
ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiq.
3
II. MALAKAVIY AMALIYOTI DAVRIDA TALABANING ISH JOYI VA
VAQTNING TAQSIMLANISHI
Tanishuv amaliyotining dastlabki kuni tuman (shahar) moliya bo‘limining
tashkiliy tuzilishi, bo‘limlari va sho‘balari ish faoliyati bilan tanishishdan boshlanadi.
Amaliyot joyidan biriktirilgan mas’ul xodim talaba amaliyot obyektining ichki
intizomi, bo‘limlarning ish faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beradi. Amaliyot
tuman (shahar) moliya bo‘limining barcha bo‘lim va sho‘balari(ikkita bo‘lim va beshta
sho‘ba)da o‘tkaziladi. Talabadan amaliyot o‘tash davomida amaliyot o‘tiladigan har
bir ish o‘rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan
axborot-kommunikatsiya vositalari, “UzASBO” DM, “DMBAT” zamonaviy vebtexnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan dasturlari bilan
tanishib chiqish talab etiladi.
Talabalarning tanishuv amaliyotini o‘tash davri o‘quv jarayoni jadvali asosida
belgilanib, quyidagicha taqsimlanadi (1-jadval):
1-jadval.
Amaliyot kunlari bo‘yicha mavzular va ularning taqsimoti
№
Amaliyot ish joyi
1.
Moliya bo‘limining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishi
2.
Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy
ta’minlash bo‘limining funksiya va vazifalari
Moliya bo‘limining byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash
va byudjetlararo munosabatlar bo‘limining funksiya va vazifalari
Moliya bo‘limining davlat maqsadli dasturlari monitoringi
sho‘basining funksiya va vazifalari
Moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini
rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basining funksiya
va vazifalari
Moliya bo‘limining qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy
etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basining funksiya va
vazifalari
Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basining
funksiya va vazifalari
Moliya bo‘limining byudjet ijrosi va hisobi sho‘basining funksiya va
vazifalari
Moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy
hujjatlar
Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni
rasmiylashtirish
Jami
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
Ish kunlari
soni
5
5
5
5
5
5
5
5
3
2
45
Eslatma: Talaba institutdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan maslahatlashgan holda, har
shanba kuni o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, tanishuv
amaliyoti to‘g‘risida hisobot tayyorlashi kerak.
4
III. MALAKAVIY AMALIYOTINING YO‘NALISHLAR BO‘YICHA
TAQSIMLANISHI
1-mavzu. Moliya bo‘limining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilish
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining faoliyat yo‘nalishlari, uning
nizomi, funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilmasini o‘rganadi hamda o‘rganish
natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotga ilova qilinishi lozim:
1. Amaliyot obyektining nizomi;
2. Amaliyot obyektining tashkiliy tuzilishi.
2-mavzu. Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy
ta’minlash bo‘limining funksiya va vazifalari
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining mahalliy byudjetni
shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi faoliyati,
funksiyalari va vazifalarini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida jamlangan
ma’lumotlar asosida bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotda aks ettirilishi zarur:
1. Amaliyot obyektining mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet
tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi faoliyati tavsifi;
2. Amaliyot obyektining mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet
tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi xodimlarining funksional vazifalari va
majburiyatlari bayoni.
3-mavzu. Moliya bo‘limining byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash
va byudjetlararo munosabatlar bo‘limining funksiya va vazifalari
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining byudjetning daromadlar
bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo‘limi faoliyati va
funksiyalarini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida
bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotda aks ettirilishi zarur:
1. Moliya bo‘limining byudjet daromadlar bazasini mustahkamlash va
byudjetlararo munosabatlar bo‘limi faoliyati tashkiliy tuzilmasi bayoni;
2. Moliya bo‘limining byudjet daromadlar bazasini mustahkamlash va
byudjetlararo munosabatlar bo‘limining funksional vazifalari va majburiyatlari
tavsifi.
5
4-mavzu. Moliya bo‘limining davlat maqsadli dasturlari monitoringi
sho‘basining funksiya va vazifalari
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining davlat maqsadli dasturlari
monitoring sho‘basi faoliyati va funksiyalarini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida
jamlangan ma’lumotlar asosida bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotda aks ettirilishi zarur:
1. Moliya bo‘limining davlat maqsadli dasturlari monitoringi sho‘basi faoliyati
yo‘nalishlari;
2. Moliya bo‘limining davlat maqsadli dasturlari monitoringi sho‘basining
funksional vazifalari va majburiyatlari bayoni.
5-mavzu. Moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini
rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basining funksiya va
vazifalari
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va
yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basi faoliyati va
funksiyalarini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida
bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotda aks ettirilishi zarur:
1. Moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini
rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basi faoliyati tavsifi;
2. Moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini
rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basining funksional vazifalari va
majburiyatlari bayoni.
6-mavzu. Moliya bo‘limining qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy
etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basining funksiya va vazifalari
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining qishloq xo‘jaligida bozor
mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basi faoliyati va
funksiyalarini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida
bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotda aks ettirilishi zarur:
1. Moliya bo‘limining qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va
tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basi faoliyati tavsifi;
2. Moliya bo‘limining qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va
tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basining funksional vazifalari va majburiyatlari
bayoni.
6
7-mavzu. Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basining
funksiya va vazifalari
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish sho‘basi faoliyati va funksiyalarini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida
jamlangan ma’lumotlar asosida bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotda aks ettirilishi zarur:
1. Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basi faoliyati
tavsifi;
2. Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basining
funksional vazifalari va majburiyatlari bayoni.
8-mavzu. Moliya bo‘limining byudjet ijrosi va hisobi sho‘basining funksiya va
vazifalari
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining Byudjet ijrosi va hisobi
sho‘basi faoliyati va funksiyalarini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida jamlangan
ma’lumotlar asosida bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotda aks ettirilishi zarur:
1. Moliya bo‘limining Byudjet ijrosi va hisobi sho‘basi faoliyati tavsifi;
2. Moliya bo‘limining Byudjet ijrosi va hisobi sho‘basining funksional vazifalari
va majburiyatlari bayoni.
9-mavzu. Moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy
hujjatlar
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi
me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishadi. Shuningdek, amaliyot obyektining
moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘linmalar xodimlarining vazifalari, majburiyatlari
va huquqlarini tartibga soluvchi hujjatlarni o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida
jamlangan ma’lumotlar asosida bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotga ilova qilinishi lozim:
1. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaliyot obyekti faoliyatini
tartibga soluvchi qarorlari;
3. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari.
7
IV. MALAKAVIY AMALIYOTINI O‘TASH JARAYONIDA TALABANING
MAJBURIYATLARI
Tanishuv amaliyotni o‘tash davrida talaba tegishli moliya bo‘limida o‘rnatilgan
ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik
texnikasi va tanishuv sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy rioya qilishi zarur.
Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni
bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda
ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba institut
dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarini yoritib
borishi lozim. Kundalikda bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi:
Sana
Amaliyotdagi ish joyi
Bajarilgan ishlar
Moliya bo‘limidan
biriktirigan amaliyot
rahbarining imzosi
Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan moliya
bo‘limining mas’ul xodimi talabaning bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z
imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
Talaba moliya bo‘limida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini
umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach, hisobot tayyorlaydi (bo‘lim va
sho‘balarning tavsifi hamda ularga tegishli ilovalar). Hisobotning hajmi mundarija,
ilovalardan tashqari, kamida 25 betni tashkil etishi lozim. Tayyor bo‘lgan hisobot
kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
̶ kirish;
̶ har bir bo‘limda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan mavzular va savollar to‘liq
ochib berilgan amaliyot natijalari;
̶ amaliy ma’lumotlar;
̶ moliya bo‘limi tomonidan foydalaniladigan hujjatlardan namunalar;
̶ ilovalar.
Talaba amaliyot obyektidan quyidagilarni olishi va tasdiqlatishi kerak:
̶ kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo‘yicha yakuniy xulosani
mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi):
̶ tavsifnoma;
̶ buyruq yoki undan ko‘chirma.
8
V. MALAKAVIY AMALIYOTI BO‘YICHA AMALIYOTDAN VA INSTITUT
TOMONIDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI
Moliya bo‘limi tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari
Talabalar amaliyot o‘tashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
hududiy moliya bo‘limlarining tegishli buyrug‘i bilan qabul qilinadilar va ularga
amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan bir
kun ichida amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning
amaliyot o‘tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi:
Ish joyi
Ish joyidagi
rahbarining
ismi-sharifi
Amaliyotning
boshlanish
muddati
Amaliyotning
tugash muddati
Hisobotni
rasmiylashtirish va
topshirish
muddatlari
Moliya bo‘limining rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida amaliyot
rahbari talabaning amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi
va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga moliya bo‘limi
tomonidan tayinlangan mas’ul xodim rahbarlik qiladi.
Moliya bo‘limi tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotni tashkil qilishda,
talabaga hisobot uchun ish hujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi.
Amaliyot rahbari talabaning amaliyot dasturida belgilangan ishlarni o‘z vaqtida
to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat
qiladi. Amaliyot tugagandan so‘ng, amaliyot rahbari talabaning amaliyot davridagi
faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarni talabaning kundaligiga yozib beradi, shuningdek,
talabaga amaliyot o‘taganligi bo‘yicha tavsifnoma beradi.
Institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining majburiyatlari
Institutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
− talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o‘tkazish va amaliyot o‘tash
tartibini tushuntirish;
− amaliyotni o‘tash holati, talabaning bajarayotgan ishi, amaliyotga qatnashish
davomatini nazorat qilib borish;
− amaliyot dasturining to‘liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o‘z muddatlarida
o‘tashini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
− kundalikning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilayotganligini, rasmiylashtirilishini nazorat
qilib borish;
− kundalikning alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o‘tashi va olgan
ko‘nikmalari haqida rahbarning yozma ravishda o‘z xulosasini berish;
− amaliyot so‘nggida hisobotni tekshirib, unga taqriz hamda xulosa berish.
9
VI. TALABANING MALAKAVIY AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOTI, UNI
HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI
Tanishuv amaliyoti yuzasidan hisobot har bir bo‘lim va sho‘ba bo‘yicha alohida
tuziladi. Asosiy bo‘limlar bo‘yicha talaba hisobotda quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:
̶ har bir ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda amaliyot yuzasidan amalga
oshirilgan ishlarni;
̶ moliya bo‘limida foydalaniladigan dasturlar bilan tanishib chiqqanligini;
̶ amaliyot obyektidagi ish yuritish hujjatlari hamda ularning turlari bo‘yicha
tavsifini.
Har bir yoritilgan bo‘limlar faoliyati amaliy misollar va rasmiylashtirilgan
hujjatlar bilan to‘ldirilishi kerak. Agar hujjatlarning nusxalarini olish imkoniyati
bo‘lmasa, bo‘sh blankalarni qo‘lda ham to‘ldirish mumkin. Hisobotda o‘rganilishi
lozim bo‘lgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, ilova qilingan
hujjatlarga izoh berish talab etiladi.
Tanishuv amaliyoti tugagandan so‘ng, talaba tomonidan 3 ish kuni ichida
buyruqdan ko‘chirma, talaba tomonidan to‘ldirilgan hamda moliya bo‘limidagi
amaliyot rahbarining xulosasi ko‘rsatilgan kundalik, amaliyot dasturida ko‘rsatilgan
har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirilishi
lozim.
Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali
talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning
dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi
alohida hisobga olinadi. Amaliyot hisobotini baholash kredit-modul tizimining 100
ballik mezonida amalga oshiriladi va natijasi himoya komissiyasi tomonidan tegishli
tartibda rasmiylashtiriladi.
2 –jadval.
Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotni baholash mezonlari
Baholash
Talabalarning bilim darajasiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi, barcha savollarga javob bera olishi, talaba
amaliyot bo‘yicha hisobotida taqdim etgan ma‘lumotlarni tahlil
“90-100” ball
etishi va mustaqil bayon etishi hamda barcha bajargan ishlari
(a'lo)
bo‘yicha yakuniy fikr va xulosalar bildira olishi, huquqiy-me’yoriy
hujjatlarning mazmunini yorita olishi va u bo‘yicha o‘zgarishlarni
tushuntira olishi
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi, talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlarini
“70-89,9” ball hisobotda keltirilgan amaliy ma‘lumotlar asosida izohlashi,
(yaxshi)
amaliyot obyekti moliyaviy ko‘rsatkichlariga oid ma‘lumotlarni
tahlil qila olishi hamda ularga o‘zining obyektiv xulosasini bera
olishi
10
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri
“60-69,9” ball
rasmiylashtirilishi hamda amaliyot obyekti umumiy faoliyati
(qoniqarli)
to‘g‘risidagi va amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera olishi
“0-59,9” ball Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri
rasmiylashtirilmaganligi, amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera
(qoniqarsiz) olmaganligi, bu haqda yetarli tushunchaga ega bo‘lmasligi
Hisobot O‘quv-uslubiy boshqarma va kafedra tomonidan belgilangan
muddatlarda hisobot qabul qiluvchi komissiya oldida og‘zaki himoya qilinadi.
Hisobot tituli amaliyot dasturining 1-ilovasida keltirilgan namunadagi kabi
rasmiylashtirilishi zarur. Talabaning hisoboti institutdan tayinlangan rahbar tomonidan
tekshirilib, yozma ravishdagi taqriz bilan birga talabaga qaytariladi. Taqrizda amaliyot
bo‘yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan hisobotning ijobiy jihatlari va
yutuqlari bilan birga, kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
ko‘rsatiladi. Talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan komissiya oldida
himoya qilgunga qadar taqrizda ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etishi
darkor.
Tanishuv amaliyoti davrida amaliyotga to‘liq qatnamagan, amaliyot dasturini
to‘liq bajarmagan, amaliyot bo‘yicha salbiy taqriz olib, hisobotni qayta ishlamagan
talabalar hisobot himoyasiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, hisobot himoyasidan
“qoniqarsiz” baho olgan talaba tegishli tartibda va amaldagi huquqiy-me’yoriy
hujjatlarga muvofiq kursdan-kursga o‘tkazilmaydi, 2-kursda qoldiriladi va talaba
kelasi o‘quv yili amaliyotni qayta o‘taydi.
11
1-ilova.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYA” KAFEDRASI
60410400 - “MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLIGIYALAR” TA’LIM
YO‘NALISHI BO‘YICHA
MALAKAVIY (TANISHUV)
AMALIYOTI
HISOBOTI
Tayyorladi
______kurs
_____guruh
Kafedra tomonidan ro‘yxatga olingan
talabasi ________________________________
Tartib raqami ______
Amaliyot rahbari: _______________________
“___” ____________2023-y. ________
( imzo)
Hisobotni qayta taqriz uchun topshirilgan sana
Hisobot himoyaga tavsiya
qilindi (qilinmadi)
“___” ____________2023-y.
“___” _____________2023-y.
________
( imzo)
Rahbar imzosi: ___________
Hisobot himoyaga tavsiya
Hisobot bahosi ____________________
qilindi (qilinmadi)
Komissiya a‘zolari:
“___” _____________2023-y.
______________________________
___________
Rahbar imzosi: ___________
______________________________
___________
______________________________ ___________
TOSHKENT-2023
12
13
14
15
16
Download