Uploaded by rasulbek_hojiyev

oquvchilarda-kreativlikni-shakllantirish-mazmuni-va-usullari

advertisement
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
O'QUVCHILARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI VA
USULLARI
Nellya Midxatovna Zakirova
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 6-umumiy o’rta ta’lim maktabi
ANNOTATSIYA
Maqolada o’quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish mazmuni va usullari
bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. PISA (The Program for International Student
Assessment) xalqaro baholash dasturida kreativ fikrlashni baholash yo‘nalishi haqida
asosiy tushunchalar, baholashda e’tibor qaratiladigan muhim jihatlar va baholash
yondashuvlari keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar: kreativlik, PISA, baholash, yondashuvlar, qobiliyat, layoqat,
tadqiqotchilik, tahlil, kreativ topshiriqlar.
FORMATION OF CREATIVITY IN STUDENTS CONTENTS AND
METHODS
Nellya Midkhatovna Zakirova
Chirchik city, Tashkent region, 6th comprehensive school
ABSTRACT
The article provides information on the content and methods of forming creative
thinking in students. The PISA (The Program for International Student Assessment)
program provides an overview of the direction of creative thinking assessment,
important aspects to consider in assessment, and assessment approaches.
Keywords: creativity, PISA, assessment, approaches, ability, competence,
research, analysis, creative assignments.
KIRISH
Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib,
falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari
surgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U
insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon
beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va
tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora
ehtiyoj sezmoqda, bu esa, oʻz navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini
Academic Research, Uzbekistan
937
www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli
innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va
tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday sh axs, u yoki bu
darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Mustaqil hamdoʼstlik davlatlari olimlaridan L.Vigotskiy, А.Leontev, D.Elkonin,
O.Vasilchenko, E.Melkumova, V.Miretskaya, M.Suxomlinova, E.Emmanuel
kabilarining ilmiy ishlarida shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy
asoslari oʼrganilgan. E.P.Torrance, N. Rogers, J.Purnell, P.Roberts, A.M.Galligan,
Sh.Tatsuno kabi xorijiy olimlarning ishlarida shaxsning individual qobiliyatlari, ijodiy
salohiyatini namoyon etish masalalari ochib berilgan.
Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra,
ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunilgan
kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlanishiga olib
keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va
shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari
kiradi. Shu bilan birga, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi
kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ
fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq.
MUHOKAMA
Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va
pedagogikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro PISA
baholash dasturi bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlardagi
kreativ fikrlash
yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda
koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash
vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani
taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab
boʻladi. PISA xalqaro baholash dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani
qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir.
Kreativ fikrlashda taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda
muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan
koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak
boʻlgan muhim koʻnikma bo’lib, bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan
oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos
Academic Research, Uzbekistan
938
www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
koʻnikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga koʻmaklashadi.
Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan
sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora
murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali
hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati
faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat
va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy iste’dodlarini kashf etishda muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini
hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin
etish orqali qoʻllab quvvatlaydi.
Oʻquvchining qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi, ijodiy fikrlash
shu tariqa oʻzaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan
taʼlim maqsadlari kontekstida ham bu samara beradi. Maktabda oʻquvchining
motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha oʻquvchilarning ijodiy salohiyati
va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu
ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan oʻquvchilarga yordam
berishi mumkin va ular oʻz fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat
qiladi.
Boshqa koʻnikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va yo’naltirilgan
yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ
fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek
ko’rinadi. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ
fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash oʻrniga
tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan
alohida ahamiyatga ega.
O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shartsharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻproq ijodiy
yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga
kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida, o‘qituvchilarga taʼlim jarayonida
o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etiladi. Kreativ
fikrlash ko’nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib,
oʻquvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan va yaratayotgan
narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi.
Kreativlikni baholash - oʻquvchining qobiliyatlari haqidagi muayyan
da’volarni dalilga asoslangan fikrlash jarayonida tahlil etishdir. Umuman olganda,
oʻquvchining baholashdagi vazifalarga javobi ushbu fikrlash jarayonida dalillar bilan
taʼminlaydi, psixometrik tahlil esa har bir da’voni tahlil qilish uchun isbotning yetarli
Academic Research, Uzbekistan
939
www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
ekanligini belgilaydi. PISA baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashning
asosiy doirasi sifatida foydalanish mumkin.
PISA dasturida 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan
foydalanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali
yechimlar, yutuqlar va tasavvurni ta’sirchan ko‘rinishlarga olib ke ladigan g‘oyalarni
ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobiliyati deb
ta’riflanadi. Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya
berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga
xosligi va munosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki
maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif
ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va
kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan.
Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha
keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi.
Demak, kreativlik – layoqat, jarayon va muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib,
u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali
boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.
Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin
shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi
kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat
durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda
kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz
mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi
eʼtirof ham talab etiladi. Aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masalan,
fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi
taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish
kabi) ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.
Tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin
boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida
PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik
bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat
insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan
taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi
muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.
NATIJALAR
Academic Research, Uzbekistan
940
www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Kreativ fikrlash testlarining birinchi avlodi domenning umumiyligi, yaʼni har
qanday sohadagi ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi haqidagi g‘oyaga
asoslangani kabi tadqiqotchilar ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning
natijalari umumiylashtirilishi mumkinligini, bir sohadagi kreativlik ikkinchi sohaga
ham oʻtkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu tadqiqotlar yo ijodkorlik uchun
zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalar domenga bog‘liq boʻlib, domendan domenga
ajralib turishini taʼkidlamoqda, yoki ikki yondashuvning qisman jamlagan ijodkorlik
modellarini taqdim etmoqda. “Domen” deganda “sanʼat, adabiyot, tarix yoki
astronomiya kabi ilmning har qanday muayyan sohasi” yoki “muayyan ilm sohasi
asosida yotadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan reprezentatsiyalar turkumi”
tushuniladi.
Tadqiqotchilar tomonidan kreativ yondashuvning quyidagi domenlari sanab
o’tilgan: kundalik, taʼlimga oid, harakatga oid, ilm-fanga oid va sanʼatga oid sohalar.
Ijodiy faoliyat “sanʼatkorlik” va “ilmiy’ sohalariga ajratilgan. Ijodiy faoliyat uch
umumiy sohaga boʻlinishi mumkin: verbal, sanʼatkorlik va muammoni hal qilish.
Kreativlik sohalarini oʻrgangan amaliy tadqiqotlarning batafsil tahliliga ko‘ra,
matematika ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik sohalardan yaqqol ajralib turadi.
Har qanday shaxsning ijodiy faolligi uchun toʻrt zaruriy qismi sanab o’tiladi:
sohaga bogʻliq qobiliyatlar;
kreativlikka bogʻliq jarayonlar;
vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya);
mos, qulay sharoit.
XULOSA
Ijodiy sermahsullik bazaviy resurs yoxud sohaga bogʻliq qobiliyatlar,
jumladan, bilim va texnik koʻnikmalar bo‘lib, ularni yangicha usulda birlashtirish
uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar tayyor qoʻllanmalardan voz kecha olish kabi
zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham turgʻun, ham
takomillashtirish va muhitga moyil boʻlgan komponentlardan iborat.
O‘quvchilarning kreativ fikrlash koʻrsatkichlari ularning tadqiqotchilik
qobiliyatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil etish ham oʻrinlidir. Xuddi o‘quvchi
ishtiyoqini oʻlchaydigan uslub kabi, uning tadqiqotchilik qobiliyatini ham
kompyuterlashgan testdagi xatti-harakatini kuzatishdan olingan (telemetriya)
maʼlumotlar asosida tahlil qilish mumkin.
Academic Research, Uzbekistan
941
www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
REFERENCES
1. Gafforov Ya. X. (2020). Methods for developing a system of teaching history and
increasing the effectiveness of history teaching. Индия. EPRA International Journal of
Multidisciplinary Research. 2020, 108.
2. Ғаффоров. Я.Х. Мактаб ислоҳати ва ўқитиш методларини такомиллаштириш.
Science and education. Sgientific Journal. 2020, 482.
3. Toshtemirova S. A. (2020). Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo
sifatida // Uzluksiz ta'lim. № 1 (86). - S.5
4. Gafforov Ya.X. Toshtemirova. S. (2020). Ways to increase the effectiveness of
education in an integrated environment. International Journal of Current Research and
Review. India.
5. Gafforov Ya. X. (2019). THE STATE OF HUSTORICAL EDUCATION IN
UZBEKISTAN DURING WORLD WAR II. USA(Philadelphia) .2019. 173-175.
6. Gafforov Ya. X. (2019). Technical approach in the education system. International
journal on Integrated Education. England. 2019. 40-41.
7. Ҳайдаров С. Ўзбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда
тасвирий санъат воситаларининг роли. "Science and Education" Scientific Journal
September 2020/Volume 1 Issue 6. Page 174-179.
8. Ҳайдаров С. Педагог-ўқитувчиларда ахборот-коммуникация кўникмасини
шакллантириш асослари. "Science and Education" Scientific Journal Oktober 2020 /
Volume 1 Issue 7. Page 610-617.
9. Тошев, С. (2020). Ўзбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври
тарихини ўрганишда турк тилидаги манбаларни ўрни. In Тарихий
манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадқиқотлари методлари ва
методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)
10. Тошев, Солежон Аҳматжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ
ТАРИХИНИНГ ЎРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(7), 625-631
11. Тошев, Солежон Аҳматжонович.(2020). Ўзбекистон совет мустамлакачилик
даври тарихининг Туркияда ўрганилиши. Ўтмишга назар.2(2-махсус сон). 347353
12. Gafforov Ya.X. (2020). Important aspects of environmental education in the
education system. EPRA International Journal. of research & development. India.
2020. 97.
13. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case
of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.
14. Жуммагул
Номозовна
Абдурахманова,
Саодат
Абдурашидовна
Тоштемирова.(2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини
шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and
Education.1(7). 436-442
15. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI
TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195.
Academic Research, Uzbekistan
942
www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
16. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the
Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research
and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.
17. Mardonov, S., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020).
Structure and Mechanisms of Action of the Educational Cluster. International Journal
of Psychological Rehabilitation, 24(7), 8104-8111.
18. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the
Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.
19. Н.С. Кенжаева (2019). Научное изучение Памира в 1923-1928 гг. при
участии
Материалы международной научно-практической конференции
"Социально-экономическое и культурное сотрудничество Таджикистана и
Узбекистана: история и современность. С. 291-295.
20. Н.С. Кенжаева (2019). Вклад российских ученых в изучение Памира и
Припамирья в составе Таджикской комплексной экспедиции 1932 года.
Гуманитарное измерение в истории российско-узбекистанских связей. С. 79-86.
21. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Білімді адамгершілікке баулу
идеясының қажеттігі // “Actual problems of society, education, science and
technology: status and prospects of development” collection of scientific papers of the
ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.
22. Раимова, А. (2020). Эвакуация центров науки и культуры в Узбекистан в годы
Второй мировой войны. Science and Education, 1 (7), 600-609.
23. Ҳ. Жўраев (2019). Бухоро Халқ Совет Республикасида миллий театр ва кино
саъати (1920 - 1924йй). ҚарДУ хабарлари. 1-сон, 48-б.
Academic Research, Uzbekistan
943
www.ares.uz
Download