Uploaded by avatarar259

innovatsion iqtisodiyot mustaqil ish 1

advertisement
Mavzu: Innovatsiyalarning rivojlanishi
Reja:
1.Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari
2. Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari
3. Milliy innovatsion tizimlar
Innovatsiya termini inglizcha “innovation” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
so‘zma-so‘z tarjima qilganda “yangiliklarni joriy etish” ma’nosini anglatadi.
Shunday qilib innovatsiyaning markaziy muhim o‘rni yangilanishga tegishlidir.
Bunday yangilanish qachon yuz beradi, agarda insonlar qaror qabul qilish usullarini
o‘zgartirib, standart usullardan voz kechib, mavjud norma va qonuniyatlar
doirasidan tashqarida qaror tanlovini qila olishni o‘rganishsa, u holdaamalga oshishi
mumkin. Innovatsiyani yangi ilmiy-texnikaviy, tashkiliy-iqtisodiy, ishlab chiqarish
yoki boshqa echim va qarorlarni amaliyotda birinchi bo‘lib joriy etish sifatida
ta’riflash mumkin. Ta’kidlash lozimki, “innovatsiya” ni tushunish murakkab
bo‘lgan umumiy tushunchalar sirasiga kiradi, uning mazmunini to‘laqonli ochib
berish uchun turli usul va yondashuvlar talab etiladi. Bir tomondan innovatsiyalarni
“o‘zgarish funktsiyasi” sifatida qarar ekanmiz, aytish mumkinki, umum falsafiy
ma’nodainnovatsiya – bu biror-bir jarayon yoki majmuaning holatini o‘zgartirishdir.
Shu ma’noda innovatsiya rivojlanishning o‘ziga xos kesimi hisoblanadi deyishimiz
mumkin bo‘ladi. Bu o‘rinda innovatsiyalarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida
yuz beruvchi jarayon sifatida talqin qilishimiz o‘rinli hisoblanadi, zero jamiyat
hayotining barcha sohalarida innovatsion rivojlanish o‘ziga xos tarzda kechadi.
Boshqa bir tomondan esa, innovatsion jarayon sifatida yakuniy natija innovatsiya
(innovatsion mahsulot) tushunchasi bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Mazkur o‘quv
qo‘llanmada biz faqatgina, iqtisodiy sohada amalga oshiriluvchi innovatsiyalarni
tadqiq qilish bilan chegaralanamiz xolos. Y.Shumpeter innovatsiya atamasini ilmiy
muoamalaga kiritib, uning o‘ziga xos jihatlarini yoritib bergani holda, u o‘zining
“Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (1912 y.) asarida o‘zgarishlarning beshta tipik
ko‘rinishini ajratib ko‘rsatadi:
1. Iste’molchi hali tanish bo‘lmagan yangi mahsulotni yoki avvaldan mavjud
bo‘lgan mahsulot sifatining yangi darajasini joriy qilish.
2. Ilmiy kashfiyotlarga asoslangan yangi ishlab chiqarish usullarini, mahsulot yoki
xom-ashyoning tijorat maqsadlarida foydalanishning yangi usullarini joriy etish.
3. Bozorning avvaldan mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, muayyan
mamlakatning ishlab chiqarish sohasi yoki tarmog‘iga kirib borish orqali yangi bozor
ochish.
4. Mavjud yoki mavjud emasligi yoki avvaldan yaratilganligiga qaramasdan xomashyo yoki yarim tayr mahsulotlarning yangi manbalarini qo‘lga kiritish.
5. Biror tarmoq yoki sohada iqtisodiy faoliyatni tashkil etish usul va vositalarini
o‘zgartirish. Xususan bunday o‘zgarishlar orqali iqtisodiy faoliyat subyekti bozorda
monopol mavqega ega bo‘lishi yoki bozordagi o‘rnini butkul yo‘qotishi ham
mumkin. Ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalarni Y.Shumpeter nafaqat ishlab
chiqarishdagi texnika va texnologiyalarni sifat jihatdan o‘zartirish bilan, balki
tadbirkorning ongli ilmiy faoliyati natijasi hisoblanuvchi ishlab chiqarishni tashkil
etish usullarining o‘zgartirilishi bilan ham bog‘laydi. Y. Shumpeterning fikricha,
innovatsiya - bu tadbirkor tomonidan amalga oshiriluvchi ishlab chiqarish omillari
va
shart-sharoitlarining
yangicha
birikmasi
(kombinatsiyasi)dir.
Xalqaro
standartlarga muvofiq innovatsiya innovatsion faoliyatning natijasi hisoblanadi va
innovatsion faoliyat natijalarining quyidagi ko‘rinishlaridan biri sifatida talqin
etiladi:
• Bozorga olib chiqilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yohud xizmatlar;
• yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon;
• amalda foydalanilayotgan ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullari.
Ko‘rib chiqilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda innovatsiyalarni
quyidagicha tartiblashtirish mumkin:
 innovatsion-mahsulotlar (yangi mahsulotlar va xizmatlar);
 innovatsion jarayonlar (mikro darajada - ishlab chiqarishni tashkil etishning
yangicha usullari va yangi texnologik jarayonlar; makro darajada - bozorlar
tuzilmasini o‘zgartirish va yangi bozorlar tashkil etish).
Shunday qilib, iqtisodiy faoliyat natijasi hisoblanuvchi innovatsion mahsulotlar
va innovatsion jarayonlar bizning o‘rganishimiz obyekti hisoblanadi.
Innovatsion faollik yoki innovatsiyalarni baholashni ikki: korxona va davlat
darajasida amalga oshiriladi. Korxona darajasida innovatsion faoliyatni baholash bu
to‘g‘ridan-to‘g‘ri alohida xodimlar darajasida jamoaviy faoliyatni baholash,barcha
kompaniyalarda uning kichik korxonalaridan yirik korxonalar miqyosida amalga
oshadi. Kompaniya darajasida innovatsion faollikni baholash jarayoniga tashqi
konsultantlarni jalb qilish, hisobotlar tuzish, seminarlar o‘tkazish yoki ichki
benchmarketing (ya’ni o‘zini mavjud etalon bilan solishtirish) orqali amalga
oshirilishi mumkin. Korporativ baholashlarda korxona faoliyatining moliyaviy
ko‘rsatkichlari,
innovatsion
jarayonlarning
samaradorligi,
xodimlarni
rag‘batlantirish holati va ulardan kutilayotgan qaytim va shuningdek iste’molchilar
uchun yaratilgan qo‘shimcha navflilikni baholashga tegishli bo‘lgan innovatsion
faoliyatning bir qator jihatlarini qamrab oluvchi o‘zaro muvozanatlashgan
ko‘rsatkichlar tizimi falsafasidan foydalaniladi. Siyosiy darajada innovatsiyalarni
baholash ko‘proq darajada u yoki bu turdagi innovatsiyaga asoslangan mamlakat
yoki xududni raqobat ustuvorliklarida ifodalanadi. Iqtisodiy rivojlanish va
hamkorlik tashkiloti (IRXT) tomonidan yaratilgan “Oslo yo‘riqnomasi” (1992)
mahsulotlar va innovatsion jarayonlarni baholash uchun standart usullarni taklif
etadi. Ko‘pincha “Oslo yo‘riqnomasi” ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha
statistik ma’lumotlarni yig‘ish uslubiyatining asoslarini belgilab beruvchi “Fraskat
yo‘riqnomasi” (1963) ni to‘ldiruvchi hujjat ekanligi haqida fikr va xulosalar ham
mavjud. Innovatsion jarayon - ilmiy bilimlarni (g‘oyalarni) innovatsiyaga (yakuniy
mahsulotga) aylanish va uning keyinchalik tarqalish (diffuziya) jarayonidir.
Innovatsiya jarayoni o‘z ichiga ikki zaruriy bosqichni (fazalarni) qamrab oladi:
1- bosqich. Ishlab chiqarish (o‘zlashtirish) uchun tayyor bo‘lgan yangi mahsulot
(mahsulot namunasi, prototip) ni yaratish.
2- bosqich. Mahsulotni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish va tarqatish (diffuziya)
jarayoni natijasida, bozor tomonidan talab etiluvchi yangilik sifatida ishlab
chiqarilgan mahsulot innovatsiyaga aylanadi.
Birinchi bosqich, asosan, izchillikda amalga oshiriluvchi ilmiy-tadqiqot
ishlanmalari, tajriba-konstruktorlik ishlari, tajriba tariqasidagi ishlab chiqarishlarni
tashkil etishni o‘z tarkibiga oladi. Birinchi bosqichda innovatsiyalarning foydali
jihatlari hali ko‘zga tashlanmaydi, balki uni ro‘yobga chiqarish uchun zaruriyshartsharoitlar yaratiladi. Tijoriy ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichida va
innovatsiyalarning
tarqalishida
innovatsiyalarning
ijtimoiy-foydali
samarasi
innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda iste’molchilar o‘rtasidaham
taqsimlanadi.
Innovatsion jarayonning uchta shakli mavjud:
• oddiy tashkilot ichida (natural);
• oddiy tashkilotlararo (tovarli);
• kengaytirilgan shakllari farqlanadi.
Oddiy innovatsion jarayon bitta korxonaning o‘zida innovatsiyalarning
yaratilishi va ulardan foydalanishni o‘ziga oladi, mazkur holatda innovatsiya
bevosita tovar shaklini olmaydi. Oddiy tashkilotlararo innovatsion jarayonda
yangilik (innovatsiya) oldi-sotdi obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Innovatsionda
jarayonning ushbu shakli innovatsiya yaratuvchisi va ishlab chiqaruvchisining
funktsiyasini iste’molchi funktsiyasidan alohida ajralib turishini anglatadi.
Kengaytirilgan innovatsiya jarayoni (diffuziya) yangidan yangi innovatsion ishlab
chiqaruvchilarning paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Kashfiyotchi ishlab
chiqaruvchilar monopoliyasining barham topishi o‘zaro raqobat natijasida ishlab
chiqarilgan mahsulotning iste’mol xususiyatlarini yanada takomillashtirishga
yordam beradi. Diffuziya - bu qachonlardir o‘zlashtirilgan va foydalanilgan innovatsiyalardan yangicha sharoitda yoki yangi qo‘llash joylarida foydalanilishni
Y.Shumpeterning
bildiradi.
innovatsiyalar
borasidagi
nazariyasiga
ko‘ra,
innovatsiyalarning diffuziyasi – novatorning ortidan yuqori foyda olish ilinjida
yangiliklarni amaliyotga joriy etuvchi imitatorlar sonining kumulyativ ko‘payish
jarayoni hisoblanadi. Y.Shumpeter, yuqori foydaga ega bo‘lishni kutishning,
yangiliklarni joriy qilish jarayonlarini tezlashtiruvchi kuch sifatida baholaydi.
Novatorlar
va
imitatorlar
-
innovatsion
jarayonning
asosiy
subyektlari
hisoblanadilar. Novatorlar - ilmiy-texnik bilimlar generatorlari, yangiliklarni
yaratuvchilari hisoblanadilar. Ular alohida ixtirochilar yoki ilmiy-tadqiqot
muassasalari ham bo‘lishi mumkin. Ular ixtirolardan olinadigan foydaning bir
qismiga
egalik
qilishdan
manfaatdor
bo‘ladilar.
Ilk
retsipientlar
-
bu
innovatsiyalarning bozorga olib chiqilishini tezlashtirish orqali qo‘shimcha
daromad olishni istagan va innovatsiyalarni birinchilardan bo‘lib o‘zlashtirgan
tadbirkorlardir. Ular “pioner” tashkilotlar nomini olishgan.
Ilk ko‘pchilik – bu qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishga
birinchilardan bo‘lib yangiliklarni joriy qilgan kompaniyalardir.
Ortda qoluvchilar –
yangiliklarni
joriy qilishda ortda
qolayotgan
kompaniyalar, yangiliklarni joriy etishda kechikish ularni innovatsion jihatdan
eskirgan yangi mahsulotlarni chiqarishga majbur qiladi.
Innovatsion jarayonlarni tadqiq qilishning zamonaviy uslubiyoti quyidagi uch
gipotezaga asoslanadi:
“texnolgik turtki” gipotezasi (fandan-bozorga);
“bozor talabi bosimi” gipotezasi (bozor ehtiyojlaridan-fanga);
“interfaol model” gipotezasi (yuqoridagi ikki modelni o‘ziga oluvchi dual model).
Yuqorida sanab o‘tilgan uch xil yondashuvni atroflicha ko‘rib chiqamiz.
“Texnologik turtki” gipotezasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
• ilmiy g‘oyani amaliyotdan (bozordan) mustaqil ravishda rivojlantirish, bu esa
avvaldan ko‘zda tutilgan ilmiy paradigmalarning obyektiv ravishda o‘zgarishini
ko‘zda tutadi;
• iqtisodiy muhit (bozor ehtiyojlari) va ilmiy-texnologik taraqqiyot o‘rtasidagi
teskari aloqalar unchalik ham ahamiyatga ega emas.
Ushbu gipoteza doirasida innovatsion jarayon g‘oyaning fundamental, amaliy
tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar, marketing, ishlab
chiqarish va nihoyat, sotish orqali bosqichma-bosqich tijoriy mahsulotga aylanish
jarayoni sifatida qaraladi. Ilmiy g‘oyani amalga oshirish bosqichlarining bunday
qat’iy ketma-ketligi innovatsion jarayonning chiziqli modeli bilan tavsiflanadi.
Yopiq innovatsiyalarga ega bo‘lgan kompaniyalarning asosiy jihatlari:
• g‘oyalarning asosiy qismi kompaniyaning o‘ziga tegishli bo‘lgan g‘oyalar;
• xodimlar mobillik darajasining pastligi;
• venchur kapitali hajmining kichikligi;
• nisbatan yangi kompaniyalarning ozchiligi va ularning zaifligi;
• mazkur kompaniyalarning faoliyatida universitetlar o‘rnining ahamiyatsiz
darajada ekanligi.
Ochiq innovatsiyalarga ega
kompaniyalarning asosiy
xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
• kompaniya faoliyatida tashqi g‘oyalardan keng foydalanilishi;
• xodimlar mobillik darajasining yuqoriligi;
• innovatsion jarayonlarda venchur kapitalining faol ishtiroki;
• yangi-kompaniyalar sonining ko‘pligi;
• universitetlar bilan yaqindan hamkorlik qilish.
Biotexnologiya, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, kompyuterlar
ishlab
chiqarish, dasturiy ta’minot, kommunikatsiyalar, bank va sug‘urta xizmatlari singari
sohalardagi ko‘plab kompaniyalar bugungi kunda bir paradigmadan boshqa bir
paradigmaga o‘tish jarayonini boshidan o‘tkazmoqdalar. Yuqorida tilga olib o‘tilgan
sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yirik kompaniyalardagi nnovatsiyalar ilmiytadqiqot ishlarini olib boruvchi markazlashtirilgan laboratoriyalar chegaralaridan
tobora tashqariga chiqmoqda. Shunisi aniqki, ochiq innovatsiyalar modeli
tadqiqotlar va ishlanmalar sohasida mutlaqo o‘zgacha tamoyillarni va kompaniyalar
faoliyat yuritishi borasida boshqacha biznes-modellarni ishlab chiqishni talab etadi.
Bugungi kunda biznes innovatsion salohiyatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi
tashqarida bo‘lgan innovatsion faoliyatning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
Shunga qaramasdan atom energetikasi sanoati, harbiy-sanoat kompleksi kabi
tarmoqlar mavjudki, ular yopiq innovatsion model sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Ko‘plab sanoat tarmoqlari bugungi kunda ochiq innovatsiyalardan foydalanish
jarayoniga o‘tish
bosqichida xarakat
qilmoqdalar.
Iqtisodiyotning
ushbu
sohalaridagi innovatsiyalarni shakllantirish markazi yirik markaziy ilmiy-tadqiqot
laboratoriyalaridan bugungi kunda keng rivoj topayotgan startap kompaniyalarga,
universitetlarga va shuningdek innovatsion jarayonlarning vositachisi bo‘lgan
boshqa tashkilotlar tomonga siljib bormoqda. Shu bilan kompaniyalar innovatsion
faoliyatni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik va birgalikda qo‘shma loyihalarni
amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqdalar. JoelVest va Skott Gallagerlar ochiq
innovatsion tizimning uch asosiy: motivatsiya, integratsiya, innovatsiyalardan
samarali foydalanish vazifasini ajratib ko‘rsatishadi. Shuningdek, mualliflar ochiq
innovatsiyalarni rivojlantirishning to‘rtta asosiy strategiyasini belgilab ko‘rsatdilar:
1. Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirishni umumiy fondga birlashtirish
orqali tashkil etish;
2. Innovatsion mahsulotning komponentlarini alohida kompaniyalar tomonidan
ishlab chiqish;
3. Turli ommaviy innovatsion mahsulotlarni yaratishda foydalanilishi mumkin
bo‘lgan ishlanmalarni erkin sotish;
4. Yirik firmalarda innovatsiya sohasida qaror qabul qilish jarayonidabyurokratik
to‘siqlarni sezilarli darajada kamaytirish.
Shu tariqa, innovatsion jarayonni boshqarish modeli sifatida ochiq
innovatsiyalardan
iqtisodiyotning
ko‘plab
tarmoqlarida
tobora
kengroq
foydalanilmoqda. Alohida ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini saqlash
xarajatlarining yuqoriligi bois, kompaniyalar ochiq innovatsion markazlarni
yaratishga, hamkorlikda ishlanmalarni yaratishga katta e’tibor qaratmoqdalar.
O‘zining
ichki
muhiti
bilan
cheklanib
qolgan
kompaniya
innovatsion
ishlanmalarning yaratilishiga takroriy sarf-xarajatlarni amalga oshirish hisobiga
o‘zlarining barcha resurslarini sarflab tugatadilar. Yaratilgan ishlanmalar va ilmiytadqiqot ishlarining natijalaridan o‘z vaqtida foydalanilmasligi innovatsion
g‘oyalarning ixtirochilari va ilg‘or texnologiyalarning yo‘qotilish xavfini
kuchaytiradi. Kompaniyada mavjud bo‘lgan innovatsion jarayon modeli ham
tegishli biznes -modelini yaratishni nazarda tutadi. Shubhasiz, innovatsiyalarni
tijoratlashtirish, ularning innovatsiyalarga aylanishi, birinchi navbatda, hayotiy va
raqobat sharoitida yashovchan biznesni shakllantirishni talab etadi. Garvard biznes
maktabi
professori
Genri
Chesbro
bu
borada
shunday
fikr
bildiradi:
“Texnologiyaning o‘zida hech qanday o‘ziga xos ichki qiymat mavjud emas - uning
qiymati mazkur texnologiyaning bozorga muvaffaqiyatli kirib borishini ta’min
etadigan
biznes-
model
bilan
belgilanadi”.
O‘z
navbatida,
texnologik
yangiliklarning tijoratlashuvi tashkiliy innovatsiyalarni ishlab chiqish va
rivojlantirishni talab qiladi. Ushbu holatda, tashkiliy innovatsiya deyilganda mos
innovatsion biznes-modelning asoslanishi nazarda tutiladi. Boshqacha qilib
aytganda, innovatsion biznes- model - bu innovatsiyalarni ishlab chiqish va
tijoratlashtirish jarayonida kompaniyaning imkoniyatlarini bozor imkoniyatlari
bilan bog‘lashning o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan mexanizmdir. O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish va turmush sifatini yaxshilash,
jamiyat va davlatni har tomonlama hamda jadal rivojlantirish, mamlakatni
modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha aniq
maqsadlar belgilab olindi. Boshqacha qilib aytganda, biz O‘zbekistonni ishlab
chiqarishda innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror
bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga,
shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan
mamlakatga
aylantirishimiz
lozim.
Qo‘yilgan
maqsadlarga
O‘zbekistonni
rivojlanishning innovatsion modeliga to‘liq o‘tkazmasdan turib erishish mumkin
emas, bu mamlakatda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashning hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy
sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalda joriy qilishni
rag‘batlantirishning
samarali
tizimini yaratish
zaruratini
taqozo
etadi.
Mamlakatimizda innovatsion g‘oyalarning tug‘ilishiga va ularni tijoratlashtirishga
yordam beruvchi to‘laqonli innovatsion muhit mavjud emas. Bu innovatsion
rivojlanish sohasida mustahkam qonunchilik bazasining yaratilmaganligi bilan
bog‘liq.
XULOSA
Innovatsion jarayon barcha bo‘g‘inlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’min
etuvchi zaruriy innovatsion muhitni yaratish uchun innovatsiyalarni amalga
oshirishning barcha ichki va tashqi omillarini o‘zaro hamohanglikda rivojlantirish
talab etiladi. Yangiliklar (biznes g‘oyalar, innovatsion loyihalar)ni yaratish va ularni
amalga oshirishning eng muhim sharti innovatsion faoliyat subyektlari (tadbirkorlar,
innovatsion jamoa, faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar)da quyidagi turli-tuman
resurslarning umumiyligi bilan tavsiflanuvchi innovatsion salohiyatning mavjudligi
bilan belgilanadi:
1) Intellektual resurslar (texnologik hujjatlar, patentlar, litsenziyalar, yangiliklarni
o‘zlashtirish bo‘yicha biznes-rejalar, korxonaning innovatsion dasturi);
2) Moddiy resurslar (eksperimental va asbob-uskunalar bazasi, zamonaviy ishlab
chiqarish va axborot texnologiyalari uskunalari, maydonlar);
3) Moliyaviy resurslar (o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari va grantlar);
4) Kadrlar (innovatsiyalarni amalga oshirishdan manfaatdor lider –novatorlar,
personal; ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan xodimlarning
hamkorlik va shaxsiy aloqalari; ITTKI larini amalga oshirish borasida to‘plangan
tajriba; loyihalarni boshqarish tajribasi);
5) Infratuzilma resurslari (korxonalarning ITTKI bo‘limlari, yangi mahsulot
bo‘yicha marketingi bo‘limi, patentlashtirish va huquqiy bo‘lim, axborot
texnologiyalari bo‘limi) shuningdek, innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan boshqa resurslar. Tadbirkorlar innovatsion kompaniyani tashkil etish
bosqichida yuqorida sanab o‘tilgan resurslarning barchasiga ham egalik qila
olmasliklari mumkin, shunday bo‘lsada innovatsion faoliyatni amalga oshirish
chog‘ida ularga egalik qilishga intilish va ularning zarur ekanligini anglab etish engg
muhim shart hisoblanadi. Faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyada innovatsion strategiya
va innovatsion loyihalarni amalga oshirish ham, o‘z navbatida innovatsion
salohiyatning asosiy komponentlari mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Ushbu
vaziyatda, sanab o‘tilgan resurslar: ilmiy –texnik salohiyat, ishlab chiqarishtexnologik salohiyat, moliyaviy- iqtisodiy salohiyat va kadrlar salohiyati kabilar
kompaniyaning umumiy resurs salohiyatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Shu
bois, innovatsion potentsial haqida gapirganda, innovatsiya uchun zarur bo‘lgan
resurslar mavjudligini emas, balki ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini ham
yodda tutish kerak. Ushbu imkoniyatlar, birinchi navbatda, ko‘zlangan innovatsion
maqsadga erishilishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi muhitga ko‘p
jihatdan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos innovatsion muhitning shakllantirilishi bilan
bog‘liq. Shunday qilib, mavjud va yangidan tashkil etilayotgan kompaniyalarning
innovatsion rivojlanishi ko‘p jihatdan innovatsiya salohiyat darajasi va
kompaniyaning
innovatsiyalarni
yaratish
(tijoratlashtirish)
borasidagi
imkoniyatlarini tavsiflovchi innovatsion muhit bilan belgilanadi. Shu bilan birga,
ichki innovatsion muhit sifatida innovatsion salohiyatning mavjud ekanligi zarur
omil hisoblansada, ilmiy-texnik faoliyat natijalarini samarali tarzda tijoratlashtirish
va innovatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun etarli emas. Innovatsion
jarayonda barcha yo‘nalishlarning samarali ishlashi va ilmiy ishlanmalarning
tijoratlashuvini amalga oshirish uchun, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, innovatsion
rivojlanishga imkon beruvchi tashqi sharoitlarni yaratish zarur. Tashqi muhit
omillari yangi institutsional tuzilmalarni yaratish va mavjudlarini yangilash,
ularning funktsiyalari, faoliyat ko‘rsatish modellari va boshqa institutsional
tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq. Har bir
mamlakatning innovatsion iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan
institutsional bozor tuzilmalarining yaxlitligi milliy innovatsion tizim (MIT)ni ifoda
etadi. XX asrning 80-yillaridan buyon innovatsion tizimlarni yaratish dunyoning
barcha rivojlangan mamlakatlari davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Y.E.Aliev. Innovatsion iqtisodiyot. 0‘quv qo‘llanma. - Toshkent: Iqtisodiyot,
2019- yil, 236 bet.
2.
Инновационная политика: учебник / под.ред. Л.П.Гончаренко. - М.:
Издательство Юрайт, 2019.- 502 с.
3.
Инвестиционная и инновационная деятельность в реальном секторе. Т.:
«Iqtisod-moliya», 2018, 254 стр
4.
Инновационный вектор экономики знания / науч.ред.Г.А.Унтура,
А.В.Евсеенко и др,- Новосибирск: Изд-во СО РАН. 2011.-279с.
Download