Uploaded by Zufar Hamroyev

Mobil tarmoqlari. 3G (umts va wcdma), 4G (Wimax va lte) va 5G te

advertisement
Mobil tarmoqlari. 3G (UMTS va WCDMA), 4G (WiMAX va LTE) va 5G
texnologiyalari.
Kirish
XX asrning boshlarida to oxirigi qadar har bir telekommunikatsiya xizmati
uchun alohida tarmoq infratuzilmasi loyihalandi va qurildi. Foydalanuvchilarga
xizmatlar top’lami alohida qurilgan tarmoq infratuzilmalari orqali taqdim etildi,
masalan radio, telefon, sputnik, telegraf va boshqalari. 1980 yildan boshlab radio va
telefon aloqa tarmoqlari orqali tarqim etilgan xizmatlaridan tashqari kompyuter
tarmoqlari va telefon tarmoqlari infratuzilmalariga asoslangan xizmatlar (ISDN)
alohida alohida bo’lib rivojlantirildi. Keyinchalik paketli (IP) texnologiyalarni keng
joriy yetish yo’lga qo’yilganidan keyin, har bir xizmatni bitta tarmoq orqali
foydalanuvchilarga uzatish imkoniyati ishlab chiqildi hamda foydalanuvchining
oxirgi terminallarida ham o’z navbatida ushbu xizmatlarni qo’llab quvvatlash
imkoniyati ishlab chiqildi. Bugungi kunda smartfonlar orqali ovozli, matnli, video,
radio, mobil TV, online o’yin, videokonferensiya, faks, telegraf va ko’plab
xizmatlarni qo’llab quvvatladi.
1980 yildan keyin telefon va kompyuter tarmoqlari alohida bo’lib rivojlangan
bo’lsa, XXI asrning boshlarida ushbu ikki tarmoq yana birlashib xizmatlari bitta
platforma orqali foydalanuvchilarga taqdim yetish masalalari ishlab chiqildi. Bugun
kunda kompyuter tarmoqlari deganda faqatgina biz foydalanib kelayotgan an’anaviy
kompyuter tarmoqlari tushunilmasdan balki, raqamli qurilmalarining barcha,
masalan, mobil telefonlar, raqamli televizorlar, barcha turdagi PDA (personall
digital assistant)lar, gadjetlar, soatlar, maishiy texnikalar va x.k.larni tushunish
mumkin. Ushbu ma’ruzada asosan mobil aloqa tarmoqlari va avlodalari muhokama
etiladi.
Ko’pchilik insonlar “Mobil tarmoqlari” degan so’zni oddiy simsiz
tarmoqlarni nazarda tutishadi. Mobil va simsiz tarmoqlar aslida ikki xil turga ta’luqli
tarmoq hisoblanadi. Ular o'xshash funktsiyalarni bajarganligi sababli bir xil
tarmoqdek tuyuladi, ammo ular mutlaqo boshqa tarmoqlardir. Uyali tarmoq odatda
1-rasmda ko'rsatilgandek istalgan joyda jismoniy qurilma yoki mobil
telefon/terminal kabi tavsiflanadi. Mobil terminal mustaqil quuvat ta'minotiga ega
ya’ni batareyadan quvvatlanadi va qurilmani mijoz ulangan mobil operatorining
1
tarmog’iga ulanishi va uning hududda tashib yurish, tarif rejasiga binoan ma’lumot
uzatish va qabul qilishi mumkin.
1-rasm. Mobil qurilmasini istalgan joyga olib yurish mumkin
Simsiz aloqa tushunchasi - bu jismoniy qurilma degan ma’noni anglatmaydi.
Simsiz tarmoq degani mahalliy tarmoq (LAN), global tarmoq (WAN) yoki 4G / 3G
uyali tarmoq kabi simsiz tarmoqqa kirish anglatiladi. Ushbu turdagi tarmoqlar aloqa
qilish uchun elektr ta'minoti va tarmoq tugunlariga fizik ulanish uchun yaqin
masofadagi ba'zi qurilmalarni talab qiladi.
Simsiz tarmoq taqsimlangan tarmoqqa ulanish uchun stasionar yoki portativ
oxirgi nuqtani ta'minlaydi. Boshqa tomondan, uyali tarmoq, taqsimlangan
tarmoqlarga, yetarli qamrov mavjud bo'lganda, har qanday joyga ko’chib yurish
(mobillilikni) imkoniyatini beradigan portativ qurilma orqali tarmoqqa ulanishni
ta'minlaydi.
Mobil tarmoqlari yoki uyali aloqa tarmog'i deganda butun dunyo bo'ylab katta
quruqlik ustida tarqaladigan va uyalar yoki tayanch stantsiyalari deb nomlanuvchi
uzatgich stansiyalar orqali simsiz ulanadigan va multimediali ma’lumotlarni
uzatish/qabul qilishga moslashtirilgan aloqa tarmog'ini tushuniladi.
Odatda, uzatuvchi/qabul qiluvchi stansiyalar simsiz aloqa orqali radio
signallarini an’anaviy usulga asosan havo orqali uzatadi. Radio signallari yorug'lik
va infraqizil to'lqinlarni o'z ichiga olgan elektromagnit xossaga ega. Ushbu signallar
2
to'lqinlar chastotasi va to'lqin uzunligiga ega bo'lganligi sababli ko'ndalang to'lqinlar
oilasiga mansubdir, ya’ni;
2-rasm. Mobil tarmoqlarining avlodlari
Shu kunga qadar mobil tarmoqlarining bir nechta avlodlari (generation) ishlab
chiqildi - 1G, 2G, 3G, 4G, 5G va texnologiyaning rivojlanish evolutsiyasi davom
etib kelmoqda. 1G, 2G, 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlarning avlodlari bo’lib, ular
hozirgi kunda faol ishlatilib kelinmoqda. 5G-besh avlodini anglatadi, bu erda G
"avlod" so'zini anglatadi, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari avlod raqamini anglatadi. 80yillarning boshlaridan deyarli har 10 yilda mobil tarmoqlarning yangi avlodi paydo
bo'ldi.
3
3-rasm. Mobil tarmoqlarining avlodlari
Aslida, avlodlar har doim muayyan vaqt oralig'ida joylashtirilishi mumkin
bo'lgan standartlar guruhlariga asoslanadi. 5G bilan davom ettirish ehtimoli katta,
shuning uchun 5G joylashtirilgan bitta nuqta bo'lmaydi, aksincha uning
imkoniyatlari
aniqlanib,
rivojlantirilganidan
so'ng
bosqichma-bosqich
joylashtiriladi.
Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari
1980-1990 yillarda keng foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun
150MHz-900MHz chastota diapozonidan foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni
tashkil etgan va batariya ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat
ovozli ko’rinishda bo’lib, ovozning sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil
qurilmasining o’lchami esa ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan. Stansiya
bilan mobil qurilmasi o’rtasida analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib
maksimum 2Kbit/s tezlikda ma’lumot almashinilgan.
4
4-rasm. 1G mobil qurilmasi va stansiyasi
Ushbu avlod mobil qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish
sifati past bo’lgan, axborot xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli, 2 avlod
mobil tarmoqlarida ko’plab yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy etildi
global tarmoqda foydalanish imkoniyatli hal etildi.
Ikkinchi avlod aloqa mobil tarmoqlari
GSM (Global System for Mobiles) standartiga asoslangan 2 avlod mobil
standarti 1991 yil birinchi marta Finlandiyada joriy etildi. Bu avlod aloqa jarayonlari
uchun 1 avloddan farqli ravishda raqamli signallardan foydalanildi. 900MHz
chastota polosa kengligida ishlovchi ushbu standartning ma’lumot uzatish tezligi 64
Kbit/s gacha oshirish imkoniyati ishlab chiqildi.
2G tarmoqlari foydalanuvchilarga ovozli, matnli, rasmli va MMS (multimedia
message) xizmatlarini yuqori sifatda taqdim eta oldi. 2G tarmog’ida mobil telefonini
ishlash uchun kuchli raqamli signal talab etiladi, aks holda tarmoqda uzilishlar
yuzaka keladi va raqamli signal yoqoladi. 2G tarmoqlarida xech qanday video
xizmatlari joriy etilmadi, ammo 3G tarmoqlariga moslab video xizmatlarni qo’shish
va yana qo’shimcha xizmatlari taqdim etish masalalari ko’rib chiqilgan.
5
5-rasm. 2G mobil tarmoqlari arxitekturasi
2 (G) avlod mobil tarmoqlari GSM/CDMA standartiga asoslangan bo’lib,
tarmoq bir nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga asoslanadi. GSM
tarmog'ining arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va kommutatsiya
(NSS), operatsiya va qo'llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS), shuningdek MSC, AuC,
HLR, VLR va boshqalar iborat.
BSS (Base Station Subsystem) - an'anaviy uyali telefon tarmog'ining bo'limi
bo'lib, u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish
o'rtasida signalizatsiya uchun javob beradi.
BTS (Base Transceiver Station) - mobil telefonning tarmoqqa kirish
nuqtasidir. U tarmoq va mobil telefon o'rtasida radio aloqalarni amalga oshirish
uchun javobgardir. U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio
signallarining modulyatsiyasi / demodulyatsiyasi bilan shug'ullanadi.
BSC (Base Station Controller) - bir qator tayanch stantsiyalarni (BTS)
boshqaradigan va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar va mobil
kommutatsiya markazi (MSC) o'rtasidagi interfeysni ta'minlaydigan tarmoq
elementidir.
Mobil kommutatsiya markazi (MSC/ Mobile Switching Center) - GSM /
CDMA uchun ovozli qo'ng'iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa
xizmatlarni (masalan, konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma'lumotlari)
marshturlash uchun javob beradigan asosiy xizmat ko'rsatish tuguni hisbolanadi.
6
Barcha mobil telefonlardan mobil qo'ng'iroqlar va PSTN-dan mobil qo'ng'iroqlar GMSC orqali marshturlanadi.
NSS (Network switching subsystem) – tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi
tizimi (NSS) (yoki GSM yadro tarmog'i) asosiy stansiyalar tarmog'ida roumingda
mobil telefonlar uchun qo'ng'iroqlarni amalga oshirish va harakatchanlikni
boshqarish funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi.
AuC (Authentication Centre) - Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa
ulanishni istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM
tarmog'idagi yana bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va
yaroqliligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
HLR (Home Location Register) - bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa
abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo'qmi, xizmatlar
kabi turli xil ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi.
VLR (Visitor Location Register) – yangi hududga kirib boruvchi
faoydalanuvchilarni (masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga
oladi. Bu HLR qamrov zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming
funktsiyalarini qo'llab-quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server.
PSTN (Public switched telephone network) - umumiy foydalanishdagi telefon
tarmog'i - bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa operatorlari tomonidan
boshqariladigan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi va
xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo'ylab simli infratuzilma orqali ovozli
ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir.
Uchunchi avlod mobil aloqa tarmoqlari
3 avlod mobil aloqa tarmoqlari 2000-2010 yillar oralig’ida dunyo miqyosida
keng foydalanildi va ularda foydalanilgan terminallar smartfonlar deb nomlandi. 1
va 2 avlod taqdim etgan xizmatlarga qo’shimcha video qo’ng’iroqlar ham ushbu
avlod tomonidan qo’llab quvvatlandi. Aloqa almashish tezligi juda tez, qo’shimcha
xizmatlari ko’paygan va mobil TV xizmatlarini o’zida jamlagan 3G tarmoqlari 1.62.0 GHz chastota diapozonida ishlaydi. Bunday mobil aloqa tarmoqlarining
o’tkazish polosasi 100Hz va keng polosali qaramli tarmoq ham deb nomlanadi.
CDMA (Code Division Multiple Access), UMTS (Universal Mobile
Telecommunications System) va EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution)
standart texnologiyalarga asoslangan 3G avlod mobil aloqa tarmog’ining ma’lumot
uzatish tezligi soniyasida 144kb/s –2Mb/s tezlikni qo’llab quvvatlaydi.
7
Qo’shimcha qilib 3G tarmog’ida xavfsizlik masalalari juda puxta echilgan,
video konferensiya, 3 o’lchmli (D) o’yin xizmatlarini o’zida jamlagan bo’lsa, 3G
litsenziyasi juda qimmat, 3G tarmoq infratuzulmasini qurishda qiyinchiliklar
mavjud, yuqori o’tkazish qobiliyatini talab qiladi hamda 3G tarmog’ini qo’llab
quvvatlovchi mobil telefonlari (smartfonlar) ning narxi qimmat.
6-rasm. 3G mobil tarmoqlari arxitekturasi
Uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari UMTS (Universal Mobile
Telecommunications System) va WCDMA (Wideband Code Division Multiple
Access) standartlariga asoslangan bo’lib, 3G tarmog’i EU (User Equipment), VLR,
HLR, GGSN (Gateway GPRS (General Packet Radio Service) Support Node),
GMSC (Gateway Mobile Switching Center), SGSN (Serving GPRS Support Node),
RAN (Radio Access Network) va MSC (Mobile Switching Center) elementlarini o’z
ichiga oladi.
UMTS – universal mobil telekommunikatsiya tizimi GSM standarti asosida
ishlab chiqilgan uchinchi avlod mobil aloqa tizimi hisoblanadi. 3G tarmog'i tezroq
elektron ma'lumot uzatish tezligini 384 kbit / s dan yuqori tezlikni taklif qiladi, bu
foydalanuvchilar tez-tez katta fayllarni yuklab olishiga imkon beradi. Unda 5 MHz
kanal o'tkazish qobiliyati mavjud bo’lib, o'tkazish qobiliyatidan foydalangan holda
bir vaqtning o'zida 100 dan ortiq ovozli qo'ng'iroqlarni qabul qilish imkoniyatini
qo’llab quvvatlaydi yoki u asl formatida 2 Mbit/s gacha tezlikda ma'lumotlarni uzata
olish qobiliyatiga ega.
8
WCDMA – GSM standartiga asoslanmagan, kanallarni ajratish jarayoni
CDMA texnologiyasiga asoslangan 3 avlod mobil aloqa tarmog’i texnologiyasi
hisoblanadi. Ta’kidlanganidek keng polosali CDMA bu uchinchi avlod (3G) simsiz
standart, ovoz va ma'lumot uchun bitta 5 MHz kanalidan foydalanadi va dastlab 384
kbit/s gacha tezlikni taqdim etadi. WCDMA AQShda AT&T va T-Mobile
tomonidan ishlatiladigan 3G texnologiyasi hisoblanadi.
GPRS - bu 2G va 3G uyali aloqa tarmog'ining global aloqa tizimidagi
ma'lumotlarni paketli kommutatsiya qiladigan uyali aloqa standarti. GPRS avvalgi
CDPD va i-mode paketli kommutatsion uyali texnologiyalarga javoban Evropa
Telekommunikatsiya Standartlari Instituti tomonidan tashkil etilgan.
GMSC - bu MSCning maxsus turi bo'lib, u mobil tarmoqdan tashqarida
qo'ng'iroqlarni marshrutlash uchun ishlatiladi. Har doim mobil abonenti tashqi
tarmoq foydalanuvchisi bilan o’zaro qo'ng'iroq qilganida qo'ng'iroq GMSC orqali
amalga oshiriladi.
SGSN – GPRS qo'llab-quvvatlaydigan tuguniga xizmat ko'rsatish jarayoni
tushuniladi va u GPRS-ga asoslangan 2G va 3G tarmoqlarida muhim tarmoq
komponenti hisoblanadi.
SGSN shuningdek ma'lumot paketlarini o'z xizmat doirasi hududidagi mobil
stantsiyalar orasida etkazib berish uchun javobgar tarmoq elementi hisoblanadi.
Uning vazifalari paketlarni marshrutlash va uzatish, harakatchanlikni boshqarish
(biriktirish / ajratish va joylashishni boshqarish), mantiqiy aloqani boshqarish,
autentifikatsiya va zaryadlash vazifalarini bajarishni o'z ichiga oladi.
RAN - radio kirish tarmog'i mobil telekommunikatsiya tizimining bir
qismidir. Kontseptual ravishda, u uyali telefon, kompyuter yoki masofadan
boshqariladigan har qanday mashina kabi qurilmalar orasida joylashgan va uning
yadro tarmog'iga ulanishni ta'minlaydi, 6-rasm. RAN radiostantsiyalar orqali
resurslarga kirishni (foydalanishni) ta'minlaydi va ularni boshqarishni
muvofiqlashtiradi.
GGSN - ba'zan simsiz marshrutizator sifatida ham nomlanuvchi GGSN
tarmoq elementi, xizmat ko'rsatuvchi GPRS qo'llab-quvvatlash tarmog’i (SGSN)
bilan uyali aloqa foydalanuvchilarni Internetga va IP protokoliga asoslangan
ilovalarga ulanishini ta’minlaydi. GGSN mobil foydalanuvchilar tomonidan
kiruvchi ma'lumot trafigini o'zgartiradi va tegishli tarmoqqa uzatadi yoki aksincha.
ISDN (Integrated Services Digital Network) - umumiy foydalanishdagi
telefon tarmog'ining an'anaviy kanallar orqali ovozli, video, ma'lumotlar va boshqa
9
tarmoq xizmatlarini bir vaqtning o'zida raqamli uzatish uchun aloqa standartlari
to'plamidir.
To’rtinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari
2000 yildan oldi to’rtinchi avlod mobil texnologiyalarini rivojlantirish va joriy
etish masalalari boshlangan bo’lsa, birinch marta 2009 yilning oxirida Stokgolm va
Oslo shaharlarida TeliaSonera operatori 4G tarmog’ini ishga tushirdi. Undan keyin
dunyoda Finlandiya ikkinchilardan bo’lib, 4G tarmog’ini ishga tushirdi. 4G
tarmog’ida ma’lumot uzatish tezligi 100Mb/s-1Gb/s gacha etishi mumkin.
Shuningdek, 1G-3G mobil tarmoqlari qo’llab quvvatlagan barcha xizmatlariga
qo’shimcha mobil multimedia, global mobillilik, integrasiyalangan simsiz
yechimlar, shaxsiylashtirishlgan xizmatlar va boshqa xizmatlar to’plamini qo’llab
quvvatladi.
4G tarmoqlari 2GHz -8GHz chastota diapozonida ishlaydi va polosa kengligi
100MHz teng. Ma’lumot uzatish tezligi juda yuqori va IP texnologiyasini to’liq
qo’llab quvvatlaydi. Batariya quvvati talab dajarasida ishlay oladigan 4G
smartfonlar orasidagi axborot xavfsizligi darjasida yuqori va xizmat ko’rsatish sifafi
(QoS) talab darajasida.
7-rasm. 4G mobil tarmoqlari arxitekturasi
10
4G mobil aloqa tarmoqlari 3G avlod tarmoqlari kabi ikki standart asosida
ishlab chiqildi: WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) va
LTE (Long-term evolution). Dunyoda ba’zi mamlakatlar 4G tarmog’ini WiMAX
texnologiyasi va ba’zilari LTE texnologiyasi asosida qurib kelmoqda.
WiMAX texnologiyasi 2001 yilda birinchi marta ishga tushurilgan bo’lib,
simsiz keng polosali aloqa texnologoiyasi IEEE 802.16e standartlari to’plami
asosida ishlab chiqilgan va OFDMA (Orthogonal Frequency Division Multiple
Access) texnologiyasiga asoslangan ushbu standart asosida ma’lumot uzatish tezligi
soniyasiga 12Mbit/s yetadi. LTE tarmoqlarining asosiy elementlari haqida qisqacha
ma’lumot keltirib o’tamiz.
UE (User Equipment) – Universal Mobil Telekommunikatsiya Tizimi va
3GPP Long Term Evolution-da foydalanuvchi uskunasi to'g'ridan-to'g'ri oxirgi
foydalanuvchi foydalanadigan aloqa vositasi hisoblanadi. Bu qo'lda ishlaydigan
telefon, mobil keng tarmoqli adapter bilan jihozlangan noutbuk yoki boshqa har
qanday oxirgi qurilma bo'lishi mumkin.
EPC (Evolved Packet Core) - LTE tarmog’inig yadrosi bo’lib, u quyidagi
funktsiyalarni bajaradigan tarkibiy qismlardan iborat: harakatchanlikni boshqarish,
autentifikatsiya, xizmat ko'rsatish sifati, IP-paketlarni yuklash va yuklab olishni
marshrutlash, IP-manzilni ajratish va boshqalar.
MME (Mobility Management Entity) – UE va EPC o'rtasidagi, shuningdek
eNodeBs va EPC o'rtasidagi signal almashishlarni boshqaradi. MME tomonidan
amalga oshiriladigan signalizatsiya masalan NAS (Not Non Stratum) jarayonini
boshqaradi. MME eNodeB-ga S1-AP interfeysi orqali ulanadi va autentifikatsiyani
amalga oshiradi. U HSS-ga ulanadi va tarmoqqa ulanishga harakat qilayotgan
abonent uchun autentifikatsiya ma'lumotlarini talab etadi. Shuningdek MME
quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Autentifikatsiya - UE va HSS o'rtasida autentifikatsiya ma'lumotlarini
almashish orqali tarmoqqa autentifikatsiya qilish imkoniyatini beradi.
- Mobililikni boshqaradi - abonentning tarmoq ichida yoki tarmoqlar ichida
harakatchanligini ta'minlaydi.
- Joylashuvni yangilash - abonentning tarmoq ichidagi joylashuvini va hozirgi
holatini kuzatib boradi.
- Uzatishni qo'llab-quvvatlash - eNodeB-lar o'rtasida ma'lumot almashish
imkoniyatini beradi (S1 interfeysida uzatish uchun).
11
SGW (Serving Gateway) – qo'shni eNodeBs stansiyalari orasida marshrutlash
vazifasini bajaradi va ular o'rtasida ma'lumot almashish uchun langar kabi
harakatlanadi va barcha foydalanuvchilar ma'lumotni paketlar ko’rinishida
marshrutlaydi. S-GW shuningdek LTE va boshqa CS tarmoqlari o'rtasida
harakatchanlikni boshqaradi.
PGW (Packet Data Network Gateway) –UEning tashqi tarmoqlariga
ulanishini ta'minlaydi, PGW tarmoq elementi UE (foydalanuvchi terminali) uchun
trafikni chiqish va kirish nuqtasi sifatida ishlaydi.
PGW foydalanuvchilar o’rtasida paketlarni filtrlash, hisob kitoblarni qo'llabquvvatlash, paketni qonuniy ushlab qolish va filtrlash orqali foydalanuvchi
tomonidan qo'llaniladigan siyosatni boshqarish bilan shug'ullanadi. Shuningdek, u
P-GW ning yana bir muhim roli - 3GPP va WiMAX va 3GPP2 (CDMA 1X va
EvDO) kabi 3GPP bo'lmagan texnologiyalar o'rtasidagi harakatlanish uchun ham
langar vazifasini o'taydi.
HSS (Home Subscriber Server) - foydalanuvchilar va obunalar to'g'risidagi
ma'lumotlarni o'z ichiga olgan markaziy ma'lumotlar bazasi. HSS funktsiyalari
harakatchanlikni boshqarish, qo'ng'iroq va sessiyalarni tashkil etishni qo'llabquvvatlash, foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish va foydalanishni avtorizatsiya
qilishni o'z ichiga oladi. HSS shuningdek 2G va 3G tarmoqlari uchun uy manzilini
ro'yxatga olish kitobi (HLR) va Autentifikatsiya markazi (AuC) ga asoslanadi.
LTE texnologiyasi asoslangan GSM standartiga asoslangan 4G tarmoqlari
IEEE standartlash qo’mitasining GSM/EDGE va UMTS/HSPA standartlari to’plami
asosida quriladi. Taqqoslaganda LTE tarmoqlarining o’tkazish qobiliyati WiMAX
tarmoqlariga qaraganda ancha yuqori,100MHz va 40MHz mos ravishda.
Shuningdek, harakatlanish tezligi LTE 450-500km/soat bo’lsa, WiMAX 120
km/soatni qo’llab quvvatlaydi. Quyidagi 1-jadvalda mobil aloqa avlodlarining
imkoniyatlari keltirilgan.
12
1-jadval.
WiMax va LTE texnologiyalarning imkoniyatini ko’rib chiqamiz
Beshinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari
Beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasi – tzelekommunikatsiya sohasida,
5G uyali aloqa kompaniyalari tomonidan 2019 yilda global miqyosda tarqalishni
boshlagan uyali aloqa tarmoqlari uchun beshinchi avlod texnologiyasi hisoblanadi.
Bugungi kunda yuqori tezliklarda ma’lumot uzatish va boshqa ko’plab
imkoniyatlarni qo’llab quvvatlovchi zamonaviy 4G aloqa tarmoqlarining davomchi
sifatida 5G tarmoqlari rivojlantirilmoqda.
Bugungi kunda Janubiy Koreya, Xitoy va AQSh 5G texnologiyasini yaratish
va joriy etish bo'yicha dunyoda etakchi mamlakatlar hisoblanadi va 5G
tarmoqlarining ba’zi xizmatlarida foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. Butun dunyo
bo'ylab operatorlar, shu jumladan AT&T Inc., KT Corp va China Mobile, beshinchi
avlod (5G) simsiz texnologiyasini to’liqligicha yaratish va joriy etishga intilmoqda.
13
5G aloqa tarmoqlari 100Gbit/s tezlikda ma’lumot uzatish imkoniyati qo’llab
quvvatlaydi, bu degani 4G texnologiyasi taqdim etayotga mavjud tezlik bilan
taqqoslaganda 100 marta katta tezlik degani.
8-rasm. 2G, 3G va 4G avlodlarining arxitekturasining qiyosi
9-rasm. Beshinchi avlod mobil tarmoqlari arxitekturasi
14
Oldingi mobil aloqa avlodalaridan farqli 5G tarmoqlari 1G-4G bo’lgan barcha
turdagi xizmatlarni ajoyib sifat darajasida va uzatish tezligida qo’llab quvvatlaydi.
Ko’plab xizmatlarni integrasiya qiladi hamda mavjud fizik ob’ektlarning ko’plari
5G tarmoqlari dasturish ko’risnishda ishlab chiqilgan. 5G tarmoqlari orqali barcha
simsiz: sputnik aloqa, Wi-Fi, Wi-Max va simli aloqa xizmatlaridan foylanish
mumkin. 5G tarmoqlari uchun chastota diapazoni ikki to'plamda orqali belgilanadi
(1) chastota diapazoni LTE chastota diapazonini o'z ichiga olgan 450MHs – 6 GHz
oralig’ida va (2) chastota diapazoni 24, 25GHz - 52,6GHz oralig’i.
Beshinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarini dunyo miqyosida keng joriy yetish
bilan birga, 5G tarmoq foydalanuvchilari soniyasiga gigabit ma’lumot uzatish
imkoniyatiga ega bo’lishadi, 3D formatda online kino ko’rishlari, sensor
texnologiyalari keng joriy etish imkoniyati, smart home, smart city,
avtomatlashtirilgan sanoat, o’z o’zini boshqaruvchi aqlli ob’ektlar, aqlli tibbiyot,
aqlli transport, uchuvchisiz boshqariluvchi dronlar, aqlli elektr tarmoqlari, IoT
xizmatlari, mashina-mashina aloqasi, gologramma, va boshqa telekommunikatsiya
xizmatlariga ega bo’lishadi, 10-rasm.
2-jadval.
Mobil aloqa avlodlarining imkoniyatlari
15
16
Download