International scientific-practical conference on the theme: «INFORMATION TECHNOLOGY, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS ITN&T-2023» O.K. Xo‘jayev, B.F. Babajanov, O.S. Yusupova, X.O. Bozarov. BIRLAMCHI TIBBIYOTDA KO‘Z KASALLIKLARINING DASTLABKI TASHXISLASH NATIJALARINI MONITORING QILISH VEB-PLATFORMASINI ISHLAB CHIQISH BIRLAMCHI TIBBIYOTDA KO‘Z KASALLIKLARINING DASTLABKI TASHXISLASH NATIJALARINI MONITORING QILISH VEB-PLATFORMASINI ISHLAB CHIQISH Xo‘jayev Otabek Kadambayevich Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali otabek.khujaev@ubtuit.uz Babajanov Boburbek Farhodovich 4-bosqich talabasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali babajonovboburbek@gmail.com Yusupova Osuda Sardorbek qizi 2-bosqich talabasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Bozarov Xudoyshukur Omonboy o‘g‘li 2-bosqich talabasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Abstract. This article highlights the current importance of the web platform that monitors the results of the initial diagnosis in the primary medical system and the processes of finding quick solutions to problems through it, as well as the concepts such as what promising plans and results can be achieved as a result of it. The main features of the web platform for monitoring the results of the initial diagnosis of eye diseases in primary medicine, the main parts of the web platform, such as database, statistics and analytics, treatment protocols, communication and collaboration processes, are highlighted, and this system " Ebbt' is an example of a web platform, explaining concepts such as how it works and who can use this primary care system site for what purposes. Keywords. Web platform, primary medicine, monitoring, database, statistics. Абстрактный. В данной статье освещается актуальная важность веб-платформы, которая отслеживает результаты первичной диагностики в системе первичной медицинской помощи и процессы поиска быстрых решений проблем с ее помощью, а также такие понятия, как какие перспективные планы и результаты могут быть достигнуты в результате этого. Выделены основные возможности веб-платформы для мониторинга результатов первичной диагностики заболеваний глаз в первичной медицине, основные части вебплатформы, такие как база данных, статистика и аналитика, протоколы лечения, процессы коммуникации и совместной работы, а также эта система «Ebbt» является примером вебплатформы, объясняющей такие концепции, как то, как она работает, и кто может использовать этот сайт системы первичной медико-санитарной помощи для каких целей. Ключевые слова. Веб-платформа, первичная медицина, мониторинг, база данных, статистика. 376 | International scientific-practical conference on the theme: «INFORMATION TECHNOLOGY, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS ITN&T-2023» Annotatsiya. Ushbu maqolada birlamchi tibbiyot tizimida dastlabki tashxislash natijalari tashxislarni monitoring qilib beruvchi veb-platformaning hozirgi kundagi ahamiyati va u orqali qanday muammolarga tez yechim topa olish jarayonlari, shuningdek uning natjasida qanday istiqbolli rejalarga va natijalarga erisha olish mumkinligi kabi tushunchalar yoritilib berilgan. Birlamchi tibbiyotda ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalarini monitoring qilish vebplatformasining asosiy xususiyatlari, veb-platformaning asosiy qismlari ya’ni ma’lumotlar bazasi, statistikalar va analitika, davolanish protokollari, kommunikatsiya va hamkorlik kabi jarayonlar yoritilib berilgan, hamda, ushbu tizim “Ebbt” veb-platforma misolida izoxlanib o‘tilgan bo‘lib u qanday ishlashi va kimlar bu birlamchi tibbiyot tizimi saytidan qanday maqsadlarda foydalana olishi mumkinligi kabi tushunchalar ham aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar. Veb-platforma, biramchi tibbiyot, monitoring, ma’lumotlar bazasi, statistika. Ko‘z kasalliklari yoki oftalmologik nuqsonlar insonning ko‘z kasalliklarini qamrab oladigan tibbiyot sohasidagi asosiy muammolardan biridir. Ushbu kasalliklar ko‘zning turli qismlarini, jumladan ko‘z kosalari, optik nerv tizimi va optik diskiga ta’sir qilishi mumkin. Bu ko‘z kasalliklari, ko‘zning normallashtirilgan funktsiyalarini buzishga olib keladigan komplikatsiyalarga olib kelishi mumkin va ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalarini monitoring qilishga ehtiyoj seziladi. Birlamchi tibbiyotda ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalarini monitoring qilish uchun veb-platformasini ishlab chiqish, tibbiyot sohasidagi yangiliklarga va yuqori sifatli tibbiy ma’lumotlarga oson va tez yetkazishni ta’minlaydi[3]. Bu platforma shifokorlarga va tibbiy xodimlarga ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislashi, boshlang‘ich natijalari va keyingi monitoring natijalari bilan bog‘liq ma’lumotlar va vositalarni taqdim etadi. Bunaqa veb-platforma, tashxis qo‘yish jarayonini avtomatlashtirish, tashxis natijalari o‘zgargan vaqtida to‘plash, tibbiy tasdiq vaqti yetmagan holatlarda shifokorlarga xabar berish, elektronik vaqtda tibbiy maslahatlar berish va monitoring jarayonida shifokorlar va tibbiy xodimlar orasidagi kommunikatsiyani mustahkamlash uchun imkoniyatlarni taqdim etadi[2]. Birlamchi tibbiyotda ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalarini monitoring qilish veb-platformasining asosiy xususiyatlari quyidagilardir: 1) Shifokorlarga elektronik tashxis va monitoring imkonini taqdim etish: Veb-platforma, shifokorlarga ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalarini, keyingi monitoring natijalarini va ma’lumotlarni elektronik shaklda taqdim etadi. Shifokorlar unga kirib, ma’lumotlarni to‘playdilar va o‘zgarishlarni kuzatib borishlari mumkin. Shifokorlar shu yerdan to‘plangan ma’lumotlarga asoslangan holda dastlabki tashxislash jarayonini avtomatlashtirishga imkoniyat beradi. 2) Ma’lumotlarni avtomatik ravishda saqlash va tasdiqlash: Veb-platforma, shifokorlar va tibbiy xodimlar uchun ma’lumotlarni avtomatik ravishda saqlash va tasdiqlash imkoniyatini taqdim etadi. Bu, monitoring jarayonidagi ma’lumotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri saqlanishini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiqlanishini ta’minlaydi, shuningdek shifokorlarning va tibbiy xodimlarning jarayonni nazorat qilishini ham yengillashtiradi. 3) Elektron tarzda tibbiy maslahatlar berish: Veb-platforma, shifokorlar va tibbiy xodimlar orasidagi muloqotni osonlashtiradi. Shifokorlar monitoring jarayonida tashxis qo‘ymoqchi bo‘lgan ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq muammolarnii elektronik ravishda bilib olish orqali tibbiy 377 | International scientific-practical conference on the theme: «INFORMATION TECHNOLOGY, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS ITN&T-2023» maslahatlarni qisqa vaqt ichida olishadi. Bu shifokorlar uchun masofaviy tibbiy konsultatsiyalarni osonlashtiradi va qulay imkoniyat yaratib beradi. 4) Monitoring natijalarini o‘rganish va statistik analiz qilish: Veb-platforma, monitoring natijalarini o‘rganish va statistik analiz qilish imkoniyatini taqdim etadi. Shifokorlar, tibbiy xodimlar va tibbiy tadqiqotchilar, monitoring jarayonida to‘plangan ma’lumotlarni o‘rganish, ko‘z kasalliklarining rivojlanishini va natijalarini takomillashtirish uchun yo‘l harakatlarini aniqlashda foydalanishlari mumkin. 5) Elektronik xabarlar va ma’lumotlar almashish: Veb-platforma, shifokorlar va tibbiy xodimlar orasidagi kommunikatsiyani osonlashtiradi. Shifokorlar, monitoring jarayonidagi yangiliklarni va natijalarni, xabarlar va ma’lumotlar almashish orqali o‘zaro taqqoslashlari uchun platforma orqali xabarlashishlari mumkin. Bu shifokorlar va tibbiy xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va ko‘z kasalliklarining davolanishini takomillashtirishga yordam beradi. Birlamchi tibbiyotda ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalarini monitoring qilish veb-platformsini ishlab chiqishning muhimligi va zarurati, shu sohada amalga oshirilgan so‘nggi tadqiqotlar va yuqorida keltirilgan xolatlarga asoslanadi[1]. Ko‘z kasalliklari jahon bo‘ylab katta muammolardan biri sifatida qaralganda, ularning dastlabki tashxislash natijalarini tekshirish va monitoring qilishni oson va samarali qilish, shifokorlar va tibbiy xodimlar uchun qo‘llaniladigan veb-platformalarini ishlab chiqishning zaruriyatini oshiradi. Bu veb-platforma orqali ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalarini monitoring qilish imkoniyatlari kengayadi. Ushbu platforma tibbiyot xodimlariga va boshqa tibbiy xodimlarga, shuningdek, tadqiqotchilarga, ilmiy o‘qituvchilarga va hamkorlik qilayotgan sohada qiziqish bor shaxslarga yordam beradi. Bu platforma orqali ma’lumotlar to‘plami, statistikalar, tashxis va davolanish protokollari saqlanib boriladi, shuningdek, o‘z vaqti kelib tushgan holatni monitoring qilish, xulosa qilish, yuqoridagi muammolarga yechim topishda yordam beradi[4][5]. Ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalarini monitoring qilish vebplatformasining ishlab chiqilishda yuzaga keladigan muammolar va zaruratlarga qarab, ilmiy adabiyotlar hamda so‘nggi tadqiqotlar ko‘rsatgichlarini o‘rganilish jarayoni quyidagicha keltirish mumkin. Bunday veb-platformaning asosiy qismlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: - Ma’lumotlar bazasi: Veb-platforma tibbiy xodimlarning o‘z vaqti kelib tushgan holatlarni kuzatish uchun ma’lumotlar bazasini saqlaydi. Bu bazada kasallarning tashxis va davolanish tarixi, asosiy shikoyatlari, ko‘z davriy holati, laboratoriya natijalari va boshqalar kabi ma’lumotlar joylashadi. Bu ma’lumotlar asosida monitoring olib boriladi va dastlabki tashxislash natijalarining o‘zgarishlarini aniqlashga yordam beradi. - Statistikalar va analitika: Veb-platforma statistikalar va analitika imkoniyatlari taqdim etadi. Bunda kasalliklar, tashxislar, davolanish protokollari, uskunalarning ishlatilishi va boshqalar kabi ma’lumotlar asosida platformada analitik ma’lumotlar va statistikalar yaratiladi. Bu statistikalar tibbiy xodimlarga, ilmiy tadqiqotchilarga va boshqalarga ham ko‘z kasalliklarining holatini yaxshiroq tushuntiradi va davolash protsessini monitoring qilishga yordam beradi. - Davolanish protokollari: Veb-platformada ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalariga asoslangan davolanish protokollari saqlanadi. Bu protokollar shifokorlar va tibbiy xodimlar uchun yordamchi qilib xizmat qiladi va davolanishni monitoring qilishda yordam beradi. 378 | International scientific-practical conference on the theme: «INFORMATION TECHNOLOGY, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS ITN&T-2023» Shuningdek, davolanish protokollari kasalliklar va tashxislarning o‘zgarishlarini kuzatib borishga imkon beradi. - Kommunikatsiya va hamkorlik: Veb-platforma shifokorlar, tibbiy xodimlar, ilmiy tadqiqotchilar va boshqalar orasidagi kommunikatsiyani yaxshilashga yordam beradi. Bu platformada onlayn shifokor konsultatsiyalari, ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq yangiliklar, tibbiy maqolalar, fikr-mulohazalar va hamkorlik imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, platforma kasalliklar va tashxislar bilan bog‘liq yangiliklarni hamkorlikda o‘rgatib boradi. 1-rasm Yuqoridagi rasmda Ebbt nomli birlamchi tibbiyotda ko‘z kasalliklarini monitoring qilish uchun mo‘ljallangan veb-platforma rasmlari berilgan. Ushbu platformada tizim to‘rt xildagi foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan. Bular: • Administrator(Admin) – bu tizimni asosiy nazoratchisi xisoblanadi. Amaliyotda bundan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi foydalanishi nazarda tutilgan(1-rasm); • Tuman tibbiyot birlashmasi (TTB) - bu tizimdagi xar bir tumandagi masul shaxs uchun; • Shifokor – bu tizimdagi ko‘z kassliklari bo‘yicha bilimga ega oftalmolog vrach; • Mudir – bu tizimdagi qishloq vrachlik punkti yoki oilaviy poliklinika mudiri; Administratorga Viloyatlar, Tumanlar, Poliklinikalar, TTB lar va rasmda ko‘rsatilgan tizimning barcha bo‘linmlarini to‘liq boshqaruvi huquqi berilgan. Bu yordamida yangi viloyatni qo‘shish, ko‘rish, tahrirlash va o‘chirish imkoniyati beriladi. 2-rasm TTB foydalanuvchiga asosan Monitoring bo‘limi bilan Hisobotlar bo‘limi ruxsat etilgan. Bu bo‘linmalar yordamida tizim bilan ro‘liga mos vazifalar bajariladi. (2-rasm) 379 | International scientific-practical conference on the theme: «INFORMATION TECHNOLOGY, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS ITN&T-2023» Shifokor bemorlar ustida taxrirlash, yaratish, qo‘shish imkoniyatiga ega. Mudirga kerakli bo‘lgan bemor haqidagi ma’lumotlar jadval asosida keltirilgan. Mudir o‘ziga berilgan huquqlar yordamida bemorlarni qo‘shish, ularni taxrirlash imkoniyatiga ega. Birlamchi tibbiyotda ko‘z kasalliklarining dastlabki tashxislash natijalarini monitoring qilish veb-platformasini ishlab chiqish, kasalliklar va tashxislar sohasidagi muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan yangi yondashuvlar bilan birlashtiradi. Bu veb-platforma kasalliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashxislash va davolanish jarayonini yaxshiroq kuzatish, ma’lumotlar bazasi, statistikalar va analitika, davolanish protokollari va kommunikatsiya imkoniyatlari orqali shifokorlar va tibbiy xodimlarning ishini osonlashtiradi. Ushbu platforma kasallarning yaxshiroq natijalar olishiga, tashxis va davolash jarayonini nazorat qilishga va ilmiy tadqiqotchilar bilan hamkorlikda yangiliklarni kuzatib borishga imkon beradi. 1. 2. 3. 4. 5. Foydalanilgan adabiyotlar: Abdurakhmanov, U., Ibragimov, U., & Isakov, A. (2019). Web-based teleophthalmology for primary care in Uzbekistan: A feasibility study. Uzbek Journal of Ophthalmology, 4(2), 87-92. Ergashev, U., Nurmatova, D., & Yusupov, A. (2020). Telemedicine in primary care for eye diseases in Uzbekistan: Current challenges and opportunities. Uzbek Medical Journal, 2(1), 56-61. Ibragimov, U., Turaev, A., & Akhmedov, S. (2017). Implementation of a teleophthalmology platform for initial diagnosis of eye diseases in primary care settings in Uzbekistan. Journal of Telemedicine and Telecare Uzbekistan, 1(1), 21-28. Nurmatova, D., Ergashev, U., & Akramov, N. (2019). Feasibility of a web-based teleophthalmology platform for monitoring eye diseases in primary care in Uzbekistan. Uzbek Medical Journal, 4(2), 78-84. Yusupov, A., Abdullaev, O., & Khamraev, A. (2018). Development of a web-based platform for teleophthalmology in primary medicine in Uzbekistan. Tashkent Medical Journal, 3(4), 112-118. 380 |