Jizzax shahridagi Prezident maktabida “Evrika!” intellektual turnirini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1.1. Mazkur nizom Jizzax shahridagi Prezident maktabi rahbariyati va ushbu turnir tashkilotchisi, o‘qituvchi Namozov Abbos tomonidan tashkil qilinuvchi ushbu maktab o‘quvchilari hamda 18 yoshdan katta maktab jamoasi vakillari (farrosh, direktor, o‘qituvchi, tarbiyachi va h.k.) dan iborat 6 kishilik guruhlar o‘rtasida “Evrika!” intellektual turnirini (keyingi o‘rinlarda – “Turnir”) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1.2. Turnirni tashkil etish bo‘yicha barcha tashkiliy va ijodiy ishlarni muvofiqlashtirish, tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda – “Tashkiliy qo‘mita”) Turnir tashkilotchilari tomonidan tuziladi. 2-bob. Turnir ishtirokchilari 2.1. Turnir Jizzax shahridagi Prezident maktabida tahsil oladigan o‘quvchilar hamda 18 yoshdan katta maktab jamoasi vakillari (farrosh, direktor, o‘qituvchi, tarbiyachi va h.k.) dan iborat 6 kishilik guruhlar o‘rtasida o‘tkaziladi. 2.2. Turnirda ishtirok etish uchun jamoalar (1-ilovaga muvofiq) ariza namunasini to‘ldirgan holda jamoa sardori imzosi bilan birgalikda @itma_uz telegram manziliga ariza yuborishlari lozim. 2.3. Turnir ishtirokchilari telegramdagi https://t.me/eureka_uz telegram kanaliga a’zo bo‘lishlari kerak. 2.4. Jamoalar tarkibida 2 nafardan ortiq professional bilimdonlar bo‘lishiga ruxsat berilmaydi. Professional bilimdon deyilganda, 18 yoshdan katta maktab jamoasi vakillari (farrosh, direktor, o‘qituvchi, tarbiyachi va h.k. tushuniladi. 2.5. Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi 6 ta asosiy va 1 ta zaxira ishtirokchi (11-sinf o‘quvchisi) dan iborat bo‘ladi. 3-bob. Turnirni o‘tkazish tartibi 3.1. Turnir ikki davrali ko‘p bosqichda o‘tkaziladi. 3.2. Birinchi davra dekabr oyining so‘nggigacha davom etadi. Ikkinchi davra boshida eng past ochkolarni to‘plagan 3 jamoa turnirni tark etadi. 3.3. Ikkinchi davraning qay tarzda kechishi guruhlar soniga qarab tashkiliy qo‘mita tomonidan hal qilinadi. Amaldagi rejaga ko‘ra, har oyda eng past reyting ochkolariga ega bittadan jamoa turnirni tark etaverishadi. 3.4. Turnirning aniq o‘tkazilish formati kelib tushgan arizalar soniga qarab Tashkiliy qo‘mita tomonidan turnir o‘tkazilishidan kamida 3 kun oldin @eureka_uz telegram kanalida qo‘shimcha e’lon qilinadi. 4-bob. “Evrika!” musobaqasi qoidalari 4.1.1. Turnirdagi birinchi shart - “Zakovat” o‘yini davomida jamoalarga bir paytda bir xil savol beriladi, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blankalarigayozib berishlari lozim bo‘ladi. Javob blankining yuqori qismida albatta jamoa nomi, tur va savol raqami ko‘rsatilishi kerak. Ushbu ma’lumotlar hamda jamoaning javob varianti maxsus javob blankning bir tomonida bo‘lishi kerak. 4.1.2. Har bir savolni o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Boshlovchi 50 soniya bo‘lganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani haqida ogohlantiradi. 4.1.3. Bir daqiqa vaqt tugagach, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blanklariga yozishlari uchun yana qo‘shimcha 10 soniya beriladi. 4.1.4. Jamoalar savol berilib, “vaqt ketdi” ishorasi bildirilgandan so‘ng jami bir daqiqayu 10 soniya tugagan paytda javob variantlarini yozib, maxsus javob blankni baland ko‘targan holda turishlari lozim. 4.1.5. Jamoalarning javob variantlari oldindan maxsus tayinlangan sekundantlar tomonidan yig‘ib olinadi va hisob-komissiyasiga topshiriladi. Javob blanklarini jamoa a’zolari tomonidan mustaqil olib kelinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 4.1.6. O‘z vaqtida javob blankini ko‘tarishga ulgurmagan jamoaning javobi “kech topshirildi” qayd bilan yuritiladi. Jamoa javobi to‘g‘ri bo‘lgan taqdirda ham qabul qilinmaydi va jamoaga ball berilmaydi. 4.1.7. Javob varianti tushunarli husnixat bilan yozilgan bo‘lishi va aniq javobni ko‘zlashi lozim. Mantiqiy tugallanmagan javob varianti qabul qilinmaydi. 4.1.8. Javob blankida faqat 1 ta javob varianti aks etishi lozim. Ikki yoki undan ortiq variant yozilgan javob variantlari, garchi ulardan biri to‘g‘ri bo‘lsa ham, qabul qilinmaydi va jamoaga ball berilmaydi. 4.1.9. Ustiga chizilgan, ustidan bo‘yalgan yoki qavsga olingan javob variantlari hisobga olinmaydi. 4.1.10. Hisob komissiyasining qarori apellyatsiya natijasida o‘zgartirilishi mumkin. 4.2.1. Ikkinchi shart - Homework timeda jamoalarga oldindan o‘qish va o‘rganishga berilgan maqola, podcast hamda qisqa videomateriallar bo‘yicha loyiha tashkilotchisi tomonidan tuzilgan savollarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. 4.2.2. Savollar test, savol-javob yoki topshiriq ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 4.3.1. Uchinchi – MixSub shartida jamoalarga tuzilgan savollarning qaysi fan(lar) doirasidan bo’lishligi ixtiyoriy tanlashga beriladi. Tanlov bloklari quyidagilar: - biologiya; kimyo; geografiya; jismoniy tarbiya + musiqa tarix. 4.3.2. Savollarga javob berishdan oldin o‘quvchilar revizorlar (hakamlar hay’ati)dan ehtimoliy jazolarni tinglaydilar. Guruh ushbu shartdagi kamida uchta savolga to‘g‘ri javob bera olmagan taqdirda revizorlardan oldindan eshittirilgan jazolarni bir hafta mobaynida bajaradilar. 4.3.3. 1 hafta ichida revizorlar intellektual shou tashkilotchisi (Namozov) ga yakuniy ballar hisobotini topshiradi. Bunda ballar ushbu shartda to‘play olish mumkin bo‘lgan maksimal ball (25) ning 3/5 qismidan ko‘p bo‘lmasligi inobatga olinadi. 4.3.4. Uchinchi shartdagi har bir blokda beshtadan savollar mavjud. Ushbu shart vaqt parametrlarini hisobga olgan holda bir yoki ikki davra tashkil etilishi mumkin. 5-bob. Shartlar bo‘yicha ballar taqsimoti 5.1. Zakovat shartidagi to‘g‘ri topilgan har bir javobga 10, qolgan shartlardagi to‘g‘ri javoblarga 5 balldan beriladi. 6-bob. Apellyatsiya tartibi 6.1. Hakamlar hay’ati (keying o‘rinlarda HH) jamoa tomonidan berilgan javob variantini aniq javobga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini mustaqil baholab, jamoaga ball berish masalasini hal qiladi va turnir natijalari hisobini olib boradi. 6.2. Jamoa sardori yoki jamoa sardori tomonidan tanlangan jamoa vakili e’lon qilingan natijalar bo‘yicha tanaffus e’lon qilingandan so‘ng HHga apellyatsiya formasiga (2-ilovaga muvofiq) yozgan holda yoki og‘zaki murojaat bilan chiqishi mumkin. 6.3. Turnirda faqat javobni to‘g‘ri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiyalar qabul qilinadi. 6.4. Apellyatsiya berish uchun jamoadan jamoa sardori yoki jamoa sardori tomonidan tanlangan jamoa vakilidan boshqa vakillarning HH oldiga kelishi, yaqinlashishi, apellyatsiya jarayoniga aralashishi qat’iyan man etiladi. Ushbu holat sodir bo‘lgan taqdirda jamoa apellyatsiya berish huquqidan mahrum etiladi. Apellyatsiya natijasida hisoblangan ballari ham bekor qilinadi. 6.5. Apellyatsiya HH va loyiha boshlovchisi, tashkilotchisi (A. Namozov) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayonga boshqa shaxslarning aralashishi taqiqlanadi. 6.6. Hakamlar hay’ati (revizorlar) 3 nafar a’zodan iborat bo‘ladi. 6.7. Javobni to‘g‘ri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiya kelib tushmagan bo‘lsa ham, HH xuddi shu savol bo‘yicha berilgan boshqa apellyatsiya natijasida jamoalarga ball yozishi mumkin. 6.8. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayonida aniqlashtirish uchun internet vositalari yoki boshqa manbalardan foydalanish mumkin. 7-bob. Turnir odob-axloq qoidalari 7.1. Turnir davomida ishtirokchilarning o‘yin jarayoniga xalaqit qiladigan xatti-harakatlar (o‘rnidan turish, so‘kinish, raqib jamoa, ishtirokchi va tashkilotchilarga hurmatsizlik qilish va h.k.) qilishi taqiqlanadi. Bunday holatda ishtirokchi yoki uning jamoasi turnirdan chetlashtirilishi yoki ishtirokchi jamoasi 1 balldan 3 ballgacha jarima tariqasida jazolanishi mumkin. 7.2. Ishtirokchilar turnirlar davomida savollarga javob topish maqsadida qo‘shimcha manbalardan (telefon, gadjet, planshet, shpargalka va h.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Turnir tashkilotchilari tomonidan shunday holat aniqlanganda jamoa yoki ishtirokchi turnirdan chetlatiladi va ballari bekor qilinadi. 7.3. Savol o‘qilgach, ishtirokchilarga tomoshabinlar tomonidan javob variantlarini aytilishi qat’iyan taqiqlanadi. Turnir tashkilotchilari tomonidan shunday holat aniqlanganda tomoshabin turnirdan chetlatiladi. Boshlovchi tomonidan savol almashtiriladi. 7.4. Turnir davomida qoidalarni buzgan ishtirokchilarga “Evrika!” intelektual turniri Kodeksida nazarda tutilgan boshqa intizomiy jazo choralari ham qo‘llanilishi mumkin. 8-bob. G‘oliblarni taqdirlash 8.1. Turnirning yakuniy natijalariga ko‘ra 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar va alohida nominatsiyalar bo‘yicha laureat egalari maktab rahbariyati tomonidan aniq maqsadga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari va qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar bilan taqdirlanadi. 8.2. Turnir sarhisobi va yakuni, shuningdek, g‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan alohida marosim (Closing Ceremony of “Eurika!” Intellectual Tournament) tashkil qilinadi. 9-bob. Yakuniy qoidalar 9.1. Hamma shartlar tugagandan so’ng, umumiy ballar e’lon qilinadi. Shou uchun alohida ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi Prezident maktabi shafeligida izohi bilan rasmiy sahifalar tuzilib, ushbu shouning haqqoniy yoritilib borishi, undagi tafsilotlar, reyting jadvallari, Homework time shartining materiallari hamda shoudan lavhalar berib borilishi ta’minlanadi. 9.2. Turnir davomida mazkur Tartibda nazarda tutilmagan holatlar yuz bersa, bunday holatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ijtimoiy adolat nuqtai nazaridan hal etiladi. 9.3. Mazkur Tartibga Tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Jizzax shahridagi Prezident Tasdiqlayman: _________________ maktabi ijrochi direktori v. v. b. Ma’ruf G‘aniyev Nizomga 1-ilova “Evrika!” intellektual turnirida ishtirok etish uchun ARIZA Quyidagi ro‘yxatdagilarni “Evrika!” intellektual turnirida ishtirok etish uchun ruxsat berishingizni so‘raymiz. Jamoa tarkibi: T/r F. I. Sh. 1 2 3 4 5 6 7 Kim sifatida qatnashadi Ta’lim muassasidagi lavozimi yoki o‘qiydigan sinfi Jamoa sardori Jamoa a’zosi Jamoa a’zosi Jamoa a’zosi Jamoa a’zosi Jamoa a’zosi Zaxira a’zosi Jamoa sardorining F. I. Sh. imzo Loyiha nomi: __________________ intellektual shousi Loyiha tashkilotchisi va boshlovchisi: Abbos Namozov Loyiha maqsadi: Prezident maktabida nafaqat o‘quvchilarni, balki katta auditoriyani qamrab olgan holda keng ilmiy atmosfera hosil qilish, o‘quvchilarni bir loyiha ostida yanada birdamlikka, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga undash, yoshlarimizni vatanparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orish. Musobaqada kimlar qatnasha oladi: ikkita 5-6-7-sinf o‘quvchilari, ikkita 8-910-sinf o‘quvchilari, ikkita 18 yoshdan katta maktab jamoasi vakillari (farrosh, direktor, o‘qituvchi, tarbiyachi va h.k.) dan iborat 6 kishilik guruhlar. Musobaqani o‘tkazish tartibi va undagi shartlar: shou har oyda ikki marta har oyning 2-, 4-seshanbasida) maktab sport zalida o‘tkaziladi. Musobaqadagi barcha savollar o‘rta qiyinchilikda, hamma fanlarni qamrab olgan holda tuziladi, to‘planadi. Shouda, shuningdek, boshlovchi yordamchisi hamda 3 kishidan iborat revizorlar (hakamlar) jamoasi bo‘ladi. Musobaqa 3 shart asosida o‘tkaziladi: 1. Zakovat (mantiqiy) savollari 2. Homework time 3. MixSub Zakovat sharti. Odatiy “Zakovat” intellektual shousidagi savollardan o’rta darajada (qiyin emasligi) bilan ajralib turadi. Homework timeda jamoalarga o‘qish va o‘rganishga berilgan maqola, podcast hamda qisqa videomateriallardan loyiha tashkilotchisi tomonidan tuzilgan savollarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. MixSub sharti o‘ziga xosdir. Bunda jamoalarga tuzilgan savollarning qaysi fan(lar) doirasidan bo’lishligi ixtiyoriy tanlashga beriladi. Tanlov bloklari quyidagilar: - matematika; fizika; - biologiya; kimyo; geografiya; jismoniy tarbiya + musiqa tarix. Savollarga javob berishdan oldin o‘quvchilar revizorlardan ehtimoliy jazolarni tinglaydilar. Mabodo guruh ushbu shartdagi kamida uchta savolga to‘g‘ri javob bera olmagan taqdirda revizorlardan oldindan eshittirilgan jazolarni bir hafta mobaynida bajaradilar. Roppa-rosa bir hafta o‘tgandan keyin revizorlar intellektual shou tashkilotchisi (Namozov) ga yakuniy ballar hisobotini topshiradi. Bunda ballar ushbu shartda to‘play olish mumkin bo‘lgan maksimal ball (25) ning 3/5 qismidan ko‘p bo‘lmasligi inobatga olinadi. Har bir blokda beshtadan savollar mavjud. Ushbu shart vaqt parametrlarini hisobga olgan holda bir yoki ikki davra tashkil etilishi mumkin. Zakovat shartidagi to‘g‘ri topilgan har bir javobga 10, qolgan shartlardagi to‘g‘ri javoblarga 5 balldan beriladi. Hamma shartlar tugagandan so’ng, umumiy ballar e’lon qilinadi. Shou uchun alohida ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi Prezident maktabi shafeligida izohi bilan rasmiy sahifalar tuzilib, ushbu shouning haqqoniy yoritilib borishi, undagi tafsilotlar, Homework time shartining videomateriallari hamda shoudan lavhalar berib borilishi ta’minlanadi.