Uploaded by Shakhriyor Toshkulov

masalalar murakkab 4sinf

advertisement
1. Diyorbek tog'ning cho'qqisiga 8ta yo'l bilan borish mumkin. Borgan yo'lidan qaytmaslik sharti bilan
tog'ning cho'qqisiga jami necha xil usulda borib kelish mumkin?
2. 52314 sonining raqamlari joyini almashtirib, 1 bilan tugaydigan nechta har xil son hosil qilish mumkin?
3. Hozir soat 12:00. Oradan 80 daqiqa o'tgach soatning soat mili va minut mili orasidagi burchak necha
gradus bo'ladi?
4. Perimetri 52sm bo'lgan uchburchakning bissektrisasi uni perimetrlari 34sm va 38sm bo'lgan
uchburchaklarga ajratgan bo'lsa, bissektrisaning uzunligini toping.
5. Karim ota 71 yoshda. Uning nabiralarining o'rtacha yoshi 21 da. Nabiralari bilan Karim otaning
yoshlarining o'rta arifmetigi 26 ga teng. Karim otaning nechta nabirasi bor?
6. Ikki sonining yig'indisi 78 ga teng. Agar shu sonlardan birining 40%i ikkinchisining 1/4 qismiga teng
bo'lsa, shu sonlarni toping.
7. A ning 18%i 60 ning 3/5qismiga teng. A ning 20%i 15 sonidan qancha ko'p?
8. 1ta daftar 600 so'm va u 1ta qalam narxidan 400 so'm qimmat. Azizbek 3600 so'mga daftarlar va
qalamlar sotib oldi. Quyida keltirilgan sonlardan qaysi biri xarid qilingan qalamlar soni bo'la oladi? A)4.
B)5. C)3. D)1
9. Tub sonlarning 2ta bo'luvchisi bor. Qanday sonlarning 3ta bo'luvchisi bor?
10. Ketma-ket kelgan 3 ta natural sonlar ko'paytmasi 6ga bo'linishini isbotlang.
11. Baliqning 1ta tomonini pishirish uchun 6 minut vaqt kerak. Idishga 4ta baliq sig'adi. 5ta baliqning
ikkala tomonini pishirish uchun eng kamida qancha vaqt kerak?
12. 5ta natural son berilgan. 1- va 5- sonlarning yig'indisi 13ga teng. 2-son barcha sonlarning
yig'indisidan 3 marta, 3-son barcha sonlar yig'indisidan 4 marta, 4-son esa barcha sonlar yig'indisidan 5
marta kichik bo'lsa, eng katta sonni toping.
Download