Kurs ishi mavzu: A. S. Pushkin nomidagi samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi bajardi: 05-20 guruh o’quvchisi Solihova Nazokat. Tekshirdi: Mamtaliyeva G. G’. Samarqand 2023 reja NOSHIRLIK-MATBAA FAOLIYATI SOHASIDA MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH KOLLEJI KUTUBXONASHUNOSLIK YO’NALISHI KUTUBXONASHUNOSLIK FANIDAN KURS ISHI MAVZU: A.S.PUSHKIN NOMIDAGI SAMARQAND VILOYAT AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI Bajardi: 05-20 guruh o’quvchisi Solihova Nazokat. Tekshirdi: Mamtaliyeva G.G’. Samarqand 2023 REJA I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1. Samarqand axborot-kutubxona markazi tashkil topishi 2. Samarqand viloyati A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlari ko'rsatish to'g'risida NIZOM 3. Samarqand viloyati A.S.Pushkin nomidagi axborot –kutubxona markazi bo’limlari faoliyati III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI KIRISH O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborotkutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida»gi PQ-381-son qaroriga asosan viloyat universal ilmiy kutubxonalar asosida o'sib kelayotgan avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun qaratilgan printsip jihatdan yangi axborot markazlarini yaratish, madaniy, ma'naviy-ahloqiy boyliklarni saqlash, aholini yanada kengroq axborot bilan ta'minlash uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrida O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ixtiyoridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi idorasidan uzatish bilan axborot-kutubxona markazlari yaratildi. Axborot-kutubxona markazlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006 yil 21 avgustda 178-son qaror qabul qilindi, unda tashkiliy tuzilmani belgilash tartibi bilan bir qatorda Markaz vazifalari ko'rsatildi. Hozirgi kunda 14ta axborot ktubxona markazlari o’z ish faoliyatini olib bormoqda. Har bir viloyat axborot kutubxona markazlari o’z ish faoliyatini turlich olib boradi ularda olib borilayotgan tadbirlar va bo’layotgan o’zgarishlarni ASOSIY QISM 1. A.S.Pushkin nomidagi samarqand axborot-kutubxona markazi tashkil topishi Samarqand viloyat kutubxonasi 1911 yil dekabrda ochilgan. Kutubxona tashkilotchilari va tashabbuskorlari mashxur arxeolog – Vyatkin V.L., polkovnik Brjeziskiy, agronom Grushanovskiy, Ye.M.Volnev va boshqalar bo'lgan.Avval kutubxona muzey bilan bir binoda joylashgan. Xozir bu chiroylik minorali Saroy kabi bino Amir Temur va M.Koshgariy chorraxasini bezab turibdi va uning old tomonida yirik xarflar bilan «Chitalnaya» deb yozilganini kurish mumkin.Dastlabki kitob fondi turli adabiyotlarning atigi 2 ming nusxasini tashkil etgan.Kutubxonaning birinchi direktori amaldor maslaxatchi Andreyev V.A. bo'lgan, u kutubxona katalogini tuzish ustida ishlagan. Dikson o'zining 1916 yil 16 mayda «Turkistanskiy kuryer» gazetada chop etilgan «V stolise Temerlana» maqolasida Samarqand shahri xayotining ba’zi tomonlarini tasnifidan tashqari shaxar ommaviy kutubxonasi haqidagi qizikarli ma’lumotlarni keltiradi. U qisman, Samarqandda 50 ming axoli borligini e’lon qiladi. 1915 yilda kutubxonaga yil davomida 373 kishi a’zo bo'lgan, o'quv zaliga 7216 kishi kelgan, kutubxona xayr-ehson bilan qullab-quvvatlanadi.1917 yildan keyin Samarqand shahar ommaviy kutubxona OkrONO ning markaziy kutubxonasi, 1920 yildan fundamental deb nomlangan, 1927 yildan respublika Narkomprosning ixtiyoriga o'tdi va davlat kutubxonasi deb nomlandi.1937 yilda buyuk rus shoiri A.S.Pushkin vafotining 100 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan kutubxonaga A.S.Pushkin nomli Davlat kutubxonasi nomi berilgan.Yildan yilga kutubxonaning kitob fondi o'sdi, bulimlar tizimi rivojlandi. 1960 yilga kelib kutubxona fondi turli bilim sohalari bo'yicha 150 mingdan ortik edi. Bu yillar Samarqand uchun ahamiyatlidir. Bu davrda Afrosiyob shaharchasi qazilmalari tugagan. Arxeologik tadqikotlar natijasida shararning asoslanish sanasi aniqlangan. Butun jaxon hamjamiyati 1970 yilda shahar-yodgorlikning 2500 yilligi nishonlangan. Yubiley obyektlaridan biri – Samarqandning eng guzal gushasi – universitet xiyobonida joylashgan. Viloyat kutubxonasining yangi binosi bo'ldi.70-80 yillar kutubxona fondining va kitobxonlar auditoriyasining, xizmat ko'rsatishning yangi tizimining rivojlanishi, kitobxonlar bilan ishlashning yangi taraqqiy shakllaridan foydalanishning jadal usishi davri bo'lgan. Kutubxona o'zining ilmiy-uslubiy xizmat ko'rsatishi tufayli 18 markazlashtirilgan kutubxona tizimiga birlashtirilgan 740 davlat ommaviy kutubxonalari uchun uslubiy markaz bo'lib qoladi. Hozirgi vaqtda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxona mintaqada axborot – kutubxona texnologiyalarini demokratlashtirish va isloh qilish jarayonlarini ta’minlash markazi hisoblanadi. Bugungi kunda A.S.Pushkin nomidagi viloyat kutubxona 700 ming kitobni o'z ichiga oladi, shu jumladan kutubxonaning mavjud bulishdan hozirgi kunga qadar bo'lgan kitoblar, matbuot nashrlari, gramyozuvlar va notalar.Hozir har yili o'rtacha 33 ming kishi kutubxona foydalanuvchilariga aylanadi, umumiy kitob tarqatish 700 mingdan ortiq bosma nashrlarni tashkil qiladi, maxsus xizmat ko'rsatish bo'limlari zallariga xar kuni o'rtacha 700 kishi tashrif buyuradi. 1-rasm 2006 yilda mazkur muassasa A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyati axborot – kutubxona markazi deb nomlanadi. Bu Prezident I.A.Karimovning O'zbekistonda kutubxona tizimini takomillashtirishga qaratilgan Qaroridan keyin sodir bo'ldi.Bu hujjatga muvofiq Samarkand viloyat bosh kitob saqlash bo'limining axborot resurslarini jahon kutubxona tarmog'iga joriy qilishning jadal jarayoni boshlandi. Kitob fondlari elektron tashuvchilarga kuchirilmoqda, foydalanuvchilar kompyuterlardan, elektron kataloglardan foydalanish imkonini olishdi. Kelajakda kutubxona fondlari foydalanuvchilarga masofali qo`l keladi. 2. Samarqand viloyati axborot kutubxona markazi foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish nizomi qoidalari. Аxborot kutubxona markazi (АKM), 14 yoshga toʼlgan Аxborot kutubxona markaziga aʼzo boʼlish va kitobxonlik biletini olish Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa davlartlar fuqarolariga oʼquv zallaridan foydalanish imkonini beradi. Kutubxonaga aʼzo qilish faqatgina foydalanuvchining shaxsiy ishtirokida amalga oshiriladi. Kutubxona aʼzolik bileti oʼz egasiga axborot kutubxona markazi jamgʼarmasidan toʼla foydalanish xuquqini beradi va boshqalarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi. Kitobxon kutubxonaga aʼzo qilinishida “АKM dan foydalanish qoidalari” bilan tanishtiriladi, rozichiligi xaqida shaxsiy varaqasiga imzo qoʼyadi. Foydalanuvchini kutubxonaga aʼzo qilish – unga rasmi va shaxsiy belgilari kiritilgan raqamli hamda foydalanuvchining tabaqasi belgilangan, kitobxon formulyari berilishi koʼzda tutiladi. A - Doktor, professor B – ilmiy xodim darajasi bor B – ilmiy xodim darajasi yoʼq D – muxandislik va texnik xodimlar D - aspirantlar N - oliy maʼlumotli C – studentlar P - ishchilar Sh- maktab oʼquvchilari O - boshqalar K - belgi boshqa davlat fuqarolariga bosh xarf sifatida qoʼyiladi. Foydalanuvchilar kutubxonaga aʼzo boʼlgan kunidan boshlab 3 yil muddatga aʼzo qilinadi va xar yili qaytadan roʼyxatdan oʼtkaziladi. Qarzdorligi bor kitobxonlar aʼzoligi qaytadan roʼyxatga olinmaydi. Kitobxonlik biletining amal qilish muddati formulyarning orqa qismida shuningdek xisobga olish kartasida belgilanadi. Ishlovchi foydalanuvchilar xar yili ish joylaridan maʼlumotnoma taqdim qiladilar.Kutubxonaga aʼzo boʼlish uchun taqdim etiladigan xujatlar quyidagilardan iborat: Shaxsni tasdiqlovchi xujatlar. 1. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari: pasport doimiy yashash joyi xaqidagi belgisi bilan; ichki ishlar organlari tomonidan berilgan pasport yoki vaqtincha roʼyxatdan oʼtganligi belgisi bilan (talabalar uchun); 2. Yaqin xamdoʼstlik mamlakatlari fuqarolari uchun: Oʼzbekistonda qolish vizasi va vaqtinchalik roʼyxatdan oʼtgan xujati bilan. АKM ga foydalanuvchini aʼzo qilish Kutubxonaga aʼzo kilish foydalanuvchining pasporti asosida amalga oshiriladi. ¾ formatdagi 2 dona rasm, 1 dona kitobxon bileti uchun va 1 dona shaxsiy kartasi uchun. Shuningdek uyga kitob olish uchun oʼqish va ishlash joyidan kafolat xati. Ishlamaydigan foydalanuvchilar kutubxonaga pasport asosida aʼzo qilinadi lekin faqat oʼquv zalidan foydalanishlari mumkin. Ularning shaxsiy kartalariga O belgisi qoʼyiladi. Maktab oʼquvchilari kutubxonaga tugʼilganligi xaqidagi guvoxnomaga asosan aʼzo qilinadi va Sh belgisi bilan belgilanadi. FOYDALANISH QOIDALARI A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot - kutubxona markazidan foydalanish qoidalari 1. UMUMIY QOIDALAR A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyati axborot-kutubxona markazi (AKM) demokratik, insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, fuqarolik shaxsning erkin kamol topish prinsiplari asosida faoliyat yuritadi.AKM xizmatidan foydalanish bepul, ayrim xizmat turlari pullik xizmat ko’rsatish usulida, belgilangan tartibda, tegishli qonuniy hujjatlar asosida olib boriladi, unga haq to’lash miqdori O'zbekiston Respublikasi qonuniligi asosida belgilanadi. 2. AKMNING ASOSIY VAZIFALARI Universal axborot-resurslarining, milliy va xorijiy bosma audiovizual elektron nashrlar fondini shakllantirish, saqlash va ochib berish.Foydalanuvchilarga boshqa AKM, ARM hamda kutubxonalarda, shu jumladan, xorijiy AKM, ARM hamda kutubxonalarda mavjud hujjatlar va boshqa hujjatlarni olish imkoniyatini yaratish. 3. FOYDALANUVCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 3.1 Qaysi mamlakat fuqarosi bo’lishidan, yoshidan, ijtimoiy kelib chiqishidan, qaysi tashkilot yoki muassasada ishlashidan qat’iy nazar doimiy yoki vaqtincha AKM xizmat ko’rsatayotgan xududda istiqomat qiluvchi har bir fuqaro AKMdan foydalanish huquqiga ega; bu AKMda axborot resurslarini to’la butlash, shuningdek, kutubxonalararo abonement orqali avtomatlashtirilgan shakldagi axborotni yetkazish, axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishning boshqa shakllari bilan ta’minlanadi. 3.2 Foydalanuvchilar quyidagi xuquqlarga egadir: AKM fondidanvaqtincha foydalanishuchunhar qanday hujjatni olish shuningdek, boshqa AKM va ARMlar kutubxonalar fondida nhujjatlarni elektron yo’l bilan uzatish tizimi orqali bosma va elektron xujjatlarga buyurtma berish va olish; AKMning bibliografik, ma’lumot – axborot va boshqa xizmat turlaridan foydalanish; AKM tomonidan o’tkaziladigan ommaviy axborot tadbirlarida qatnashish. 3.3 AKMga a’zo bo’lish uchun foydalanuvchilar pasport yoki uning o’rnini bosadigan hujjatni, zarur miqdordagi fotosuratlarni taqdim etadilar.Boshqa shaharlik fuqarolar pasport yoki uningo’rnini bosadigan hujjatni taqdim etishasosida vaqtinchalik kitobxon bilet oladilar.Xorijiy fuqarolar o’z mamlakatining pasporta yoki belgilangan tartib darasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat asosida vaqtinchalik bilet beriladi. Foydalanuvchilarga bir marta foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni AKM tomonidan yakka tartibda hisobga olinadi. Foydalanuvchilarga nodir hamda qimmatbaho nashrlar va hujjatlar, shuning dek, e’lon qilinmagan materiallar belgilangan tartibda beriladi.AKMning foydalanuvchilariga asosiy xizmat ko’rsatish faqat Uquv zali orqali amalga oshiriladi.Adabiyotlarni uyga berish faqat Abonement sektorida va nota nashrlari – Madaniyat va san’at sektorida amalga oshiriladi.Foydalanuvchilar AKMdan olingan hujjatlar va boshqa materiallarni ehtiyot qilishlari shart.Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko’zdan kechirishi va biron – bir nuqson aniqlangan taqdirda bu haqda AKM xodimiga ma’lum qilishi kerak.AKM fondiga zarar yetkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladilar.AKM fondidan olingan hujjatlar yoki materiallarniy o’qotgan va ular o’rnini to’ldirib bulmay digan darajada zarar yetkazgan fukarolar korxona, muassasava tashkilotlar AKM direktorii tomonidan belgilangan hujjat va materiallar yoki ularning nusxasi bilan almashtirish, almashtirish mumkin bo’lmagan holatda ular qiymatining 10 barobar miqdorida qoplashga majburdir. Bu miqdor yo’qotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan xujjatning qiymatidan kelib chiqib va amaldagi qonuniy hujjatlar asosidan AKM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan belgilanadi.AKMdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun foydalanuvchilar AKM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga AKMdan foydalanish huquqidan mahrum etilish mumkin. 4. Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’yicha akm majburiyatlari 4.1 AKM quydagilarga majburdir: foydalanuvchilarga AKM va uning tashqarisidagi barcha axborot resurslaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratish; foydalanuvchilarning so’rovlarini o’rganish va maksimal darajada qondirish; kutubxonachilik, bibliografik, axborot – ma’lumotnoma xizmati ko’rsatishni takomillashtirish, shu maqsadda foydalanuvchilar bilan ishlashning yakka va guruhli usullaridan foydalanish; foydalanuvchilarga yuksak madaniy va malakaviy xizmat ko’rsatishni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirish hamda olishda zarur yordam ko’rsatish; foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish asosida ularga turli xil shakldagi axborot tashuvchilarni takdim etish bilan tabaqalashtirilgan axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish; zarur axborotni qidirish va undan foydalanish jara yonida mustaqillikni shakllantirish va mustaqil o’qish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam berish. 2.3 A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot kutubxona markazi xizmati bo’limlari faoliyati AKM bo‘limlari: Ilmiy-uslubiyat bo‘limi; Axborot-kutubxona hujjatlarini butlash bo‘limi; Axborot-kutubxona hujjatlarini tizimlash va kataloglashtirish bo‘limi; Axborot-bibliografiya bo‘limi; Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi; Axborot texnologiyalar bo‘limi; Axborot-kutubxona hujjatlarini saqlash bo‘limi. AKM sektorlari: Yig‘ma elektron katalog sektori; Axborot o‘lkashunoslik sektori; Huquqiy axborot sektori; Umumiy o‘quv zali sektori; Kompyuter zali sektori (Elektron o‘quv zali sektori); Ma’naviyat-ma’rifat va yoshlar bilan ishlash sektori; Abonement sektori. Axborot-kutubxona markazining ilmiy-metodika xizmati bo'limi Ilmiy-metodika xizmati axborot-kutubxon markazining (keyingi o‘rinlarda AKM deb yuritiladi) tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, kutubxonachilik sohasida AKMning barcha tarkibiy bo‘limlari va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari, axborotresurs markazlari hududdagi barcha kutubxonalar uchun metodik va amaliy yordamni amalga oshiradi.Axborot-kutubxona markazi tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlari, kutubxonalar va ilmiy-ta’lim muassasalari bilan axborot-kutubxona aloqalarini rivojlantiradi. Xizmatning asosiy vazifalari аxborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi, amaliyotga joriy qilishga ko‘maklashadi; axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatish, axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish, hisobga olish, foydalanish va saqlashning samarali shakl va usullarini ishlab chiqadi; axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining malakasini oshiradi; kutubxona ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi; yangi ish shakllarini o‘rganadi, axborot texnologiyalarini tadbiq etish va kutubxonachilar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan kutubxona ishini tashkil etish metodikasini ishlab chiqadi va takomillashtiradi; AKMning alohida bo‘limlari va axborot-kutubxona muassasalari, shuningdek butun kutubxonalar tizimi holatini va rivojlanishini o‘rganish maqsadida analitik faoliyatni amalga oshiradi; kutubxonachilarni o‘z vaqtida metodik monitoring doirasida zamonaviy kutubxonachilik nazariyasi va amaliyoti yutuqlari, kutubxona ishidagi barcha yangiliklar bilan tanishtiradi. Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish xizmati bo'limi Xizmatning asosiy funksiyalari xizmat AKM xizmatlari va viloyat axborot-kutubxona muassasalariga metodik, amaliy, maslahat yordamini ko‘rsatadi va ularning monitoringini olib boradi; tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari, hududdagi axborot-kutubxona muassasalarining hisobotlarini yig‘adi, tahlil qiladi, muammolarini o‘rganadi, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtiradi; axborot-kutubxona muassasalari uchun ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, konkurslar, stajirovka va o‘quv kurslarini tashkil etadi. kitobxonlar bilan ishlashning an’anaviy shakllarini o‘rganadi, yangi kutubxona texnologiyalarini va yangi ish shakllarini viloyat kutubxonalari ishiga tadbiq etadi; xizmat metodik-bibliografik materiallar, metodik qo‘llanmalar, metodik-ko‘rsatma materiallarni ishlab chiqadi va chop etadi; AKM faoliyati bo‘yicha yozma hisobotlar (yillik, chorak) tayyorlaydi; ommaviy axborot vositalariga AKM faoliyati haqida ma’lumotlar taqdim etadi; shaxsning umumiy va o‘qish madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ommaviy tadbirlarni tashkil etishga rahbarlik qiladi; xizmatning istiqboldagi va joriy ish rejalarini tuzadi, raqamli va yozma hisobotlarni tayyorlaydi; O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy boshqarmasiga axborotlar tayyorlaydi; ish jarayoniga davlat standartlari va me’yorlarni joriy qiladi; xizmat xodimlari AKM tomonidan tashkil etilgan seminar, trening, davra suhbatlari, konferensiyalarda ishtirok etadilar. Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish xizmati Axborot-kutubxona markazining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Xizmat AKMning turli ko‘rinishdagi (kartochkali va elektron) kataloglarini tashkil qiladi va yuritadi, axborot-kutubxona resurslarini indekslash (tizimlashtirish)ni amalga oshiradi, viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi.Xizmat qoshida yig‘ma elektron sektori faoliyat olib boradi. Yig’ma elektron katalog sektori bo'limi Asosiy vazifalari Xizmat axborot-kutubxona fondining tarkibi va mazmunini ochib beruvchi, ma’lumotbibliografik apparati bo‘lgan barcha ko‘rinishdagi kartochkali va elektron kataloglari ishini yaratadi va tashkillashtiradi. Xizmat AKMning axborot-kutubxona resurslarini saqlash, foydalanuvchilarning talablariga asosan berish, shuningdek, kataloglar bo‘yicha bibliografik qidiruvni amalga oshirish uchun axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish kompleks jarayonlarini amalga oshiradi. Xizmatning asosiy funksiyalari Axborot, kutubxona va nashriyotchilik ishi bo‘yicha standartlar tizimi, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat standartlari, xalqaro standartlar, xizmat ishlari jarayonlarini boshqaruvchi tasdiqlangan yo‘riqnoma va me’yoriy hujjatlar asosida ishlaydi va tahrirlaydi, AKMning barcha turdagi kartochkali va elektron katalogini to‘g‘ri shakllantirish yo‘li bilan tashkillashtiradi. Xizmat axborot-kutubxona resurslarini saqlashga, foydalanishga hamda ular haqida bosma va elektron katalog ma’lumotlar bazasidan axborotlarni taqdim etish uchun ishlov beradi. Bibliografik yozuvlarni yaratish, indekslash, axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni AKM kataloglarida aks ettirish va bibliografik qidiruv uchun predmetlashtirishni amalga oshiradi. Axborot-kutubxona resurslariga texnik ishlov berish jarayonlarini amalga oshiradi. Raqamlashtirilgan resursni serverga yuklash yo‘li bilan AKM elektron katalogining to‘liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va elektron katalog ma’lumotlar bazasida bibliografik yozuv bilan bog‘lanishni tashkillashtiradi. AKM va viloyat axborot-kutubxona muassasalari bibliografik yozuvlarini muntazam rejali taqdim etishni tashkillashtirish yo‘li bilan viloyat yig‘ma elektron katalogini yaratishda qatnashadi. Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish bo‘yicha viloyat axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining kasbiy bilimlarini oshirish uchun metodik yordam ko‘rsatadi. Mahalliy va xorijiy mamlakatlarning etakchi axborot-kutubxona muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganadi va o‘z faoliyatida amaliyotga joriy etadi. Xizmatning barcha ko‘rinishdagi ish faoliyati bo‘yicha istiqbolli va yillik reja, hisobotlarini tuzadi. O‘rnatilgan namunadagi hujjatlarda qabul qilingan kutubxona ko‘rsatkichlari va hisoblash birliklarida bajarilgan ishlarni qayd etadi. Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish bo‘yicha majlislar, maslahatlar, seminar va konferensiyalarni o‘tkazadi, kadrlar malakasini oshiradi. Xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro konferensiya, seminarlarda qatnashadiНачало формы.Конец формыНачало формыКонец формыkataloglashtirish va axborot kutubxona fondalriga ishlov berish xizmatining tarkibiga kiradi. YEK sektori elektron shakldagi bibliografik yozuvlarni to‘g‘ri shakllantirilishini tekshirish, yig‘ish, AKM Yig‘ma elektron katalog sektori (keyingi o‘rinlarda YEK deb yuritiladi) axborot–kutubxona markazining serverida saqlash, Respublika Yig‘ma elektron katalog markaziga kiritish ishlarini olib boradi.YEK sektori viloyat hududidagi axborot-resurs markazlarida va axborot-kutubxona muassalarida yaratilayotgan bibliografik yozuvlarni nazorat qiladi.YEK sektori olib borayotgan ishlar yuzasidan statistik ma’lumotlar hisobotini tayyorlaydi va viloyat axborot-kutubxona markaziga topshiradi. Sektorning asosiy vazifalari YEK sektori hududiddagi barcha ARMlarning va axborot-kutubxona muassalaridagi elektron bazasi bilan ishlaydi; axborot-kutubxona muassasalariga elektron-katalog sohasiga oid uslubiy yordam berib boradi; axborot-kutubxona muassasalariga qanday dasturlarda elektron bazasini yaratishi va ishlash tizimini tushuntirib boradi; axborot-kutubxona muassasalaridan o‘z vaqtida elektron bibliografik yozuvlarni oladi; elektron bibliografik yozuvlarni GOST O‘z Dst 2009-1215, O‘z DSt 2312:2011, UzMARC 2803-2013, 3304:2018 standartlari asosida nazorat qiladi; bibliografik yozuvlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi; AKMning YEK, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va REYKM elektron bazasini yaratishda faol qatnashadi; olib borilgan ishlar yuzasidan AKM rahbariyatiga, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va REYKMga o‘z vaqtida hisobot berib boradi. Sektorning asosiy funksiyalari Axborot-kutubxona muassasalari YEKni shakllantirishda ishtirok etadi va YEK ishtirokchilari hisoblanadi. Ularga o‘zlarining mahalliy elektron katalog ma’lumotlar bazasini YEKka yuklash hamda YEKdan bibliografik yozuvlarni o‘zlarini elektron katalogiga olish huquqiga ega; YEK ishtirokchilari ma’murning kirishi huquqi bilan o‘z elektron katalogidan bibliografik yozuvlarni eksport qilishi va ularni YEK tizimiga import qilish (yuklash) yo‘li bilan YEK tizimiga taqdim etadi; YEK tizimi bibliografik yozuvlarni yagona davlat standartlari asosida UZMARC formatda konvertatsiyalashni nazarda tutadi; YEK qatnashchilari tomonidan bibliografik yozuvlarning dubleti bor-yo‘qligi tekshiriladi. Bibliografik yozuvlarning dubleti mavjud bo‘lganda faqat nusxalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuklanadi; YEK ishtirokchilari me’yoriy hujjatlarga muvofiq YEKga yuklashga qadar o‘z bibliografik yozuvlarini tahrir qilishda qatnashadilar. Axborot-bibliografiya xizmati bo'limi Axborot-bibliografiya xizmati Axborot-kutubxona markazi (keyingi o‘rinlarda - AKM) ning tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, hududda chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini olib boradi, o‘lkashunoslik bibliografik ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va viloyatning shahar, tumanlardagi boshqa axborot-kutubxona muassasalariga bibliografiya yo‘nalishi bo‘yicha metodik rahbarlik qiladi. Axborot-bibliografiya xizmati qoshida quyidagi sektorlar faoliyat olib boradi: o‘lkashunoslik sektori; huquqiy-axborot sektori. Xizmatning asosiy vazifalari ma’lumot-bibliografik apparati (katalog, kartoteka, axborot ma’lumot bazalari (shu jumladan elektron MB)ni ma’lumotnoma va bibliografik nashrlar fondini shakllantiradi; viloyat hududida nashr etilgan milliy hujjatlarning, o‘lkashunoslik, bibliografiya va me’yoriy huquqiy hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi; o‘lkashunoslik va huquqqa oid axborotlarning elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirib boradi; bibliografik qo‘llanmalar, muhim va unutilmas sanalar taqvimi (kalendar)ni, bibliografik ko‘rsatkichlar, yangi adabiyotlar axborot byulletenlari hamda adabiyotlar ro‘yxatini tuzadi, ularning sifati va samaradorligini oshirib boradi; o‘lka va uning mashhur shaxslariga bag‘ishlangan qo‘llanmalar tuzadi. Mazkur mavzularda yozma bibliografik sharh, eslatmalar, tavsiya ro‘yxatlari va boshqalarni tuzish bilan birga foydalanuvchilar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib boradi; viloyatning boshqa axborot-kutubxona muassalari bilan hamkorlikda bibliografik qo‘llanmalar tayyorlash va chop etish ishlarini amalga oshiradi; foydalanuvchilar, ilmiy va ishlab chiqarish jamoalarining bibliografik axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini tezkorlik bilan qondiradi; viloyatdagi axborot-kutubxona muassasalarining bibliografik ishini o‘rganadi va muvofiqlashtirishda ishtirok etadi; foydalanuvchilarning siyosiy, huquqiy bilim, huquqiy madaniyatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan adabiyotlarni targ‘ib etadi; axborot-bibliografiya yo‘nalishi bo‘yicha seminarlar tashkil etadi; “Axborot kunlari”, Mutaxassis kunlarini o‘tkazadi, “Yangi adabiyotlar” axborot byulletenlari orqali foydalanuvchilarga yangi adabiyotlar to‘g‘risida axborot beradi; foydalanuvchilarga bibliografik bilimlarni targ‘ib qiladi; yakka tartibda va guruhlarga bibliografik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi. Xizmatning asosiy funksiyalari Foydalanuvchilarga AKM ma’lumot-bibliografiya apparati va axborot-kutubxona fondi asosida og‘zaki hamda yozma so‘rovlarini bajarishni amalga oshiradi; foydalanuvchilar, tashkilotlar, idora va muassasalarning buyurtmalariga muvofiq bibliografik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali milliy bibliografik ma’lumotlar bazasini shakllantiradi; o‘lkashunoslik mavzusidagi ilmiy-yordamchi, kundalik hamda retrospektiv bibliografik qo‘llanmalarni tuzadi va nashr etishga tayyorlaydi. Jumladan: - o‘lka va o‘lkaning mashhur shaxslari haqida; - “O‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi”ni tayyorlashda (hududiy nashrlar - kitob, jurnal, gazeta va boshqa resurslar aks etgan bibliografik ro‘yxat) ishtirok etadi; - “Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unitilmas sanalar taqvimi”ni tuzishda ma’lumot tayyorlash orqali Milliy kutubxona bilan bevosita hamkorlikda ishlaydi. Ma’lumot-bibliografik nashrlar fondini bosma va elektron shaklda to‘ldirib boradi; kartotekalarni tashkil etadi, yuritadi, tahrir qiladi; huquqqa oid hududda nashr etilgan axborotlarni yig‘adi va ma’lumotlar bazasini to‘ldirib boradi. Shuningdek huquqqa oid axborot qidiruv apparatini muntazam tahlilini olib boradi; viloyatning boshqa axborot-kutubxona muassasalariga bibliografiya, o‘lkashunoslik, huquqshunoslik bo‘yicha ma’lumot-bibliografik ishlarini takomillashtirishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi; hududdagi axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikda davlat bibliografiyasi hamda milliy bibliografiya hisobini yuritadi; o‘z faoliyatida bibliografik ma’lumotlarni to‘liq yig‘ishni ta’minlashda O‘lkashunoslik muzeyi, arxivlar, o‘lkashunoslik muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi; axborot-bibliografiya yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va axborot-kutubxona muassasalariga joriy qiladi; xizmat faoliyatiga doir bajariladigan ishlar yuzasidan reja ishlab chiqadi va ushbu rejaga asosan haftalik, oylik, chorak va yillik hisobotlar tayyorlaydi; bibliografik ma’lumotlar haqida mutaxassislarning malakasini oshirish uchun AKMda va joylarga chiqib, o‘quv seminarlar tashkil etadi; sohaviy konferensiyalarda, seminarlarda va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi. O’lkashunoslik sektori O‘lkashunoslik sektori axborot-bibliografiya xizmatining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, sektor foydalanuvchilarga nashriy hujjatlar va elektron MB asosida o‘lkashunoslikka ixtisoslashgan ma’lumot-bibliografik va axborot xizmatini ko‘rsatadi. Sektorning asosiy vazifalari foydalanuvchilarning axborot so‘rovlarini yuqori sifatli kutubxona-bibliografik xizmat orqali bajarish; aholiga o‘lkaga oid milliy, etnik, tabiiy-geografik, madaniy-tarixiy an’analar bo‘yicha bilimlarni taqdim etish; o‘lkaning hozirgi holati va kelgusidagi taraqqiyoti haqida bilim va axborotni taqdim etish; o‘lkaga oid axborot resurslarini, milliy va xorijiy nashrlar fondi (bosma, elektron va boshqalar)ni shakllantirish, saqlash va taqdim etish; o‘z faoliyatini O‘lkashunoslik muzeyi, arxivlar, o‘lkashunoslik muassasalari va tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish. Sektorning asosiy funksiyalari sektor fondini to‘kislash, joylashtirish va saqlash ishlarini amalga oshiradi; sektor mahalliy matbuot nashrlari maqolalarining an’anaviy va elektron o‘lkashunoslik kartotekasini va dolzarb mavzularga oid MBni shakllantiradi; sektor foydalanuvchilarga an’anaviy va elektron o‘lkashunoslik kartotekalaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar beradi; o‘lkaga oid bibliografik qo‘llanmalar (bibliografik sharh, eslatmalar, tasiyaviy ro‘yxatlar va boshqalar) tuzadi; foydalanuvchilarni sektor fondi va axborot nashrlari bilan tanishtiradi; foydalanuvchilarning qiziqishlarini va talablarini o‘rganib, axborot resurslarini taqdim etadi; foydalanuvchilarga o‘qish, o‘z ustida ishlash va bilimini oshirish, dam olish jarayonlarida kelib chiqadigan masalalar bo‘yicha axborot olishda ko‘maklashadi; sektor foydalanuvchilarning o‘lkaga oid ijtimoiy, madaniy talablariga yo‘naltirilgan ommaviy tadbirlar o‘tkazadi; sektor fondidan foydalanish statistikasini yuritish va foydalanuvchilar so‘rovini o‘rganish maqsadida har bir foydalanuvchi so‘rovini belgilangan tartibda hisobga oladi; sektorning perspektiv va joriy ish rejalarini ishlab chiqadi, raqamli va yozma hisobotlarini tayyorlaydi. Ish rejalari va hisobotlari AKM direktori tomonidan tasdiqlanadi; sektor xodimlari AKMda tashkil etiladigan seminar, trening, davra suhbati, konferensiya va boshqa tadbirlarda ishtirok etadilar. Elektron resurslardan foydalanish va o’quv zallari xizmati bo'limi Elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmati (keyingi matnlarda – xizmat deb yuritiladi) axborot-kutubxona markazining mustaqil tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, faoliyati barcha toifadagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Xizmatishi axborot-kutubxona va ma’lumot-axborot xizmat ko‘rsatish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi asosida tuziladi. Elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmati qoshida quyidagi xizmat va sektorlar mavjud: umumiy o‘quv zali sektori; xorijiy adabiyotlar o‘quv zali sektori; ma’daniyat va ma’rifat va yoshlar bilan ishlash sektori; abonement sektori; elektron o‘quv zali sektori Asosiy vazifalari Foydalanuvchilar madaniy, bilim olishlariga bo‘lgan ehtiyojini AKM o‘quv zallarida axborot xizmat ko‘rsatish asosida qondiradi, umumta’lim jarayonini tashkil etadi, o‘quv zallari va AKM veb-saytida kitob-rasmli ko‘rgazmalar (mavzuli, yangi nashrlar)ini tashkil etish orqali aholining jamiyat madaniy merosi bilan tanishtiradi. Foydalanuvchilarga o‘quv zallarida bosma, elektron, audiovizual axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni tashkil qiladi va turli xizmat turlarini uyg‘unlashtirgan holda foydalanuvchilarning talablariga javob beradi. Milliy manaviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni taminlash, manaviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etadi, innovatsion g‘oyalar va yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtiradi, ulardan foydalanishni muvofiqlashtiradi, tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatadi. Foydalanuvchilarga yangi kompyuter texnologiyalari, elektron resurslar, elektron axborot tashuvchilar orqali ishlashni ta’minlaydi; elektron resurs fondini tuzadi, elektron kitoblar,ensiklopediyalar va boshqa resurslar bilan boyitib boradi; elektron o‘quv zali kompyuterlari va xona jihozlarini yaroqli holatda saqlaydi. Xizmatning asosiy funksiyalari Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi: AKM fondlarida saqlanayotgan resurslarni o‘quv zallarida foydalanuvchilarga beradi; AKM foydalanuvchilari tomonidan “Axborot-kutubxona markazida axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Nizomiga va “Axborot-kutubxona markazidan foydalanish qoidalari”ga amal qilishlarini nazorat qiladi; foydalanuvchilardan adabiyotlarni qabul qiladi, qaytarilgan adabiyot holatini nazoratga oladi. Xizmatga biriktirilgan yordamchi fondlar haqida ma’lumot beradi: adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil qiladi; adabiyotlarning sharhlarini tashkil qiladi va o‘tkazadi; foydalanuvchilar uchun konferensiyalar, yozuvchi va shoirlar, fan va madaniyat arboblari bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi. Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlarni olib boradi. Yordamchi fondlarni shakllantirishni yo‘lga qo‘yadi. AKM fondlarini shakllantirish va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Respublika axborot-kutubxona muassasalari va jahon kutubxonalari innovatsion tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va amaliyotga tatbiq qiladi. AKMning foydalanuvchilari bilan o‘zaro aloqasini yo‘lga qo‘yish maqsadida, nizomlar, eslatmalar, yo‘riqnomalar va tavsiyalar tuzadi. Axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish va belgilangan xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha OAV bilan faol hamkorlikda ish olib boradi Umumiy o’quv zali sektori Umumiy o‘quv zali sektori axborot–kutubxona markazining elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmatining tarkibiy bo‘limlaridan biridir. Sektor foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini yordamchi kitob jamg‘armasi va AKM asosiy kitob fondi yordamida tashkil etadi. Sektorning asosiy vazifalari foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talablarini yuqori darajali axborot-kutubxona xizmati bilan qondiradi; barcha bilim sohalari bo‘yicha erkin ma’lumot tanlash uchun sharoit yaratadi; shaxsni shakllantirish, bilim olish va o‘z ustida ishlash, foydalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratadi; sektor axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashadi; milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Sektorning asosiy funksiyalari sektor o‘z kitob fondi va axborot omillari haqida foydalanuvchilarga axborot berib boradi; defferensial axborot-kutubxona xizmatini amalga oshiradi; foydalanuvchilarning o‘qishi va o‘z ustida ishlashi, bo‘sh vaqtlarini tashkil etishi uchun axborot ko‘magini tashkil etadi; sektor foydalanuvchilarining o‘qish madaniyatini shakllantiradi va ushbu ishni doimiy ravishda olib boradi; ko‘rgazmali targ‘ibot orqali fondni xarakatga keltiradi; sektor fondining tarkibini va undan foydalanishini o‘rganadi; belgilangan tartibda foydalanuvchilarning talablarini va murojaatlarini hisobga olib borib, sektor hisobotini shakllantiradi; sektor xodimlari AKMda tashkil etilgan seminar, trening, amaliy ko‘rgazmalar, konferensiyalarda qatnashadilar. Madaniy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori Madaniy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori axborot-kutubxona markazining elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmatining tarkibiga kiradi. Sektor yakka va guruxli xizmat ko‘rsatish turlari orqali, yoshlar ongiga istiqlol g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, uning mustaqil tafakkurini yuksaltirishga ko‘maklashish, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Sektor ma’naviyatimiz yulduzlari, o‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkirlari qutlug‘ merosidan yoshlarimizning bahramand bo‘lishiga, ularning mana shunday ma’naviy muhitda kamol topishiga sharoit yaratadi. Sektorning asosiy vazifalari foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talablarini yuqori darajali axborot-kutubxona xizmati bilan qondiradi; ma’naviyat-ma’rifat, sport va madaniyat sohalari bo‘yicha erkin ma’lumot tanlash uchun sharoit yaratadi; shaxsni shakllantirish, bilim olish va o‘z ustida ishlash, foydalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratadai; yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, Mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shadi; yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish; milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish. Sektorning asosiy funksiyalari sektor fondini to‘kislash, joylashtirish va saqlash ishlarini amalga oshiradi; kitobxonlarning bosma san’at, ma’naviyat va sportga oid vaqtli matbuot va elektron nashrlardan erkin foydalanishlarini ta’minlash maqsadida maxsus ma’lumotnoma bibliografik va axborot xizmatini amalga oshirish; yuqori sifatli axborot-kutubxona xizmatini ta’minlash orqali axborot so‘rovlarini qondirish; shaxsning kamol topishi, ta’lim va mustaqil bilim olish, madaniy faoliyat va dam olish uchun shart-sharoit yaratish; belgilangan tartibda foydalanuvchilarning talablarini va murojaatlarini hisobga olib borib, sektor hisobotini shakllantiradi; sektor xodimlari AKMda tashkil etilgan barcha seminar, trening, amaliy ko‘rgazmalar, konferensiyalarda qatnashadilar. Abonement sektori Abonement sektori axborot–kutubxona markazining elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmatining tarkibiga kiradi. Sektor yakka va guruhli xizmat ko‘rsatish turlari orqali, ma’lum vaqtga kutubxonadan tashqarida foydalanish uchun bosma nashrlar va boshqa turdagi hujjatlarni berish vazifasini bajaradi. Sektorning asosiy vazifalari foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talablarini yuqori darajali axborot-kutubxona xizmati bilan qondiradi; foydalanuvchilarga barcha bilim sohalari bo‘yicha erkin ma’lumot tanlash uchun sharoit yaratadi; shaxsni shakllantirish, bilim olish va o‘z ustida ishlash, foydalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlarni yaratadi; sektor kitobxonlarning AKM kitob fondi va xizmatlaridan to‘la ravishda foydalanishi uchun, kutubxonalar aro abonement (KAA) xizmatini tashkil etadi; kitobxon so‘rovlarini KAA xizmati orqali to‘la, tezkor ravishda bajaradi; AKM yoki boshqa kutubxonalar jamg‘armalaridan hujjatlar nusxalarini yoki elektron nusxalarini, vaqtincha yoki doimiy foydalanish uchun taqdim etadi. Sektorning asosiy funksiyalari sektor o‘z kitob fondini va axborot omillari xaqida foydalanuvchilarga axborot berib boradi; defferensial axborot-kutubxona xizmatini amalga oshiradi; foydalanuvchilarning o‘qishi va o‘z ustida ishlashi, bo‘sh vaqtlarini tashkil etishi uchun axborot ko‘magini tashkil etadi; sektor foydalanuvchilarining o‘qish va kitobdan foydalanish madaniyatini shakllantiradi hamda ko‘rgazmaviy targ‘ibotni amalga oshiradi; foydalanuvchilirni kitob mutolaasiga jalb qilish maqsadida, turli shakllardan foydalangan holda ommaviy-madaniy tadbirlar tashkil etadi (adabiy kechalar, kitob taqdimotlari, sharhlar, viktorinalar, konkurslar va boshqalar); belgilangan tartibda foydalanuvchilarning talablarini va murojaatlarini hisobga olib borib, sektor hisobotini shakllantiradi. sektor xodimlari AKMda tashkil etilgan barcha seminar, trening, amaliy ko‘rgazmalar, konferensiyalarda qatnashadilar. Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati Axborot-kutubxona fondlarini saqlash xizmati (keyingi matnlarda - xizmat deb yuritiladi) axborot-kutubxona markazi (keyingi matnlarda - AKM deb yuritiladi) tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, “Asosiy fond” “Ixtisoslashtirilgan fondlar” va “Majburiy nusxalar fondini” o‘z ichiga oladi (kitoblar, gazetalar, jurnallar, CD-disklar, plakatlar va hk). Xizmat axborot-kutubxona resurslarini fondini jamlaydi, saqlaydi, shuningdek, foydalanuvchilardan tushgan buyurtmalar asosida xizmat ko‘rsatadi. Xizmatning asosiy vazifalari Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: axborot-kutubxona fondlarini jamlash, joylashtirish, saqlash, hamda foydalanuvchi buyurtmasiga muvofiq xizmat ko‘rsatish; axborot-kutubxona markazi fondlarini belgilangan tartibda joylashtirish, fondlarni umumiy va fizik holatini nazorat qilish; qabul qilingan davlat standartlari va me’yorlarga muvofiq fondlardagi adabiyotlarni saqlash uchun belgilangan havo harorati normalarini nazorat qilish; axborot-kutubxona resurslarining uzoq vaqt saqlanishini ta’minlash maqsadida ularni muqovalashga berish, shikastlangan tashqi va ichki varaqlarini doimiy nazorat qilish va ta’mirlashga tayyorlash; uzoq vaqt saqlashga mo‘ljallangan axborot-kutubxona resurslarini elektron nusxalarini yaratish (raqamlashtirish) maqsadida skanerlash va raqamlashtirish xizmatiga tasdiqlangan reja asosida berish; axborot-kutubxona fondlarini saqlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha viloyatning tuman axborot-kutubxona massasalari ishlarini muvofiqlashtiradi, tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatadi. Xizmatning asosiy funksiyalari Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: AKMning axborot-kutubxona fondini to‘ldirish, joylashtirish, saqlanishini ta’minlash; fondlarga kelib tushadigan yangi resurslar (kitoblar, vaqtli va davriy nashrlar, CD-disklar va h.k)ni qabul qilish va ularni joylashtirish; yangi kelib tushgan vaqtli matbuot nashrlarini ro‘yxatga olish, alifbo tartibida joylashtirish, muqovalash va jamlamalarni tikish; foydalanuvchilardan tushgan buyurtmalar asosida axborot-kutubxona resurslarini etkazish bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatish; foydalanuvchilar tomonidan qaytarilgan axborot-kutubxona resurslarini butligini tekshiruvdan o‘tkazish va joylashtirish; kitoblar va davriy nashrlarni to‘g‘ri va tartibli joylashtirilishini doimiy nazoratini yuritish; axborot-kutubxona fondidan foydalanish statistikasini yuritish, kitobxonlarning so‘rovini o‘rnatilgan tartibda belgilab borish; axborot-kutubxona fondidagi foydalanuvchilar tomonidan kam so‘raladigan resurslarni mavzular bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etish orqali aholiga tavsiya qilib borish (ko‘chma kutubxona, ko‘chma ko‘rgazmalar, AKM hududida va h.k) kitob ko‘rgazmalariga mavzular bo‘yicha zaruriy adabiyotlarni ajratish; axborot-kutubxona fondida saqlanib kelinayotgan axborot-kutubxona resurslarini reja va ro‘yxat asosida elektron raqamlashtirishga berish va qabul qilish; axborot-kutubxona fondidan foydalanish davrida yaroqsiz holga kelib qolgan kitoblarni ajratish va dalolatnoma asosida muqovalashga topshirish, qayta qabul qilib olish, joylashtirish; katalog-kartotekalar, inventar kitobi va hisobga olish hujjati asosida fondni xatlovdan o‘tkazish; retro fondlarda saqlanayotgan axborot-kutubxona resurslariga texnik ishlov berish; fondlarda mavjud bo‘lgan dubletlarni saralash va boshqa axborot-kutubxona muassasalari so‘roviga asosan o‘rnatilgan tartibda berish va dalolatnomani rasmiylashtirish; kam so‘raladigan, mazmunan eskirgan adabiyotlarni depozitar fond tashkil qilib, alohida saqlash; nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan axborot-kutubxona resurslarini belgilash, aniqlash, alohida fondga yoki kichik fondga ajratish, ularni maxsus himoyalash va hisob hujjatnomalarida alohida qayd etish; nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan axborot-kutubxona resurslarini yaroqsiz holga kelgani kabi sabablar bilan hisobdan chiqarish xolatlarini oldini olish; ko‘chirish, yangi kolleksiyalar qo‘shilganligi yoki yo‘qolgani sababli ularning tarkibida yuz bergan har qanday o‘zgarishlar bo‘yicha -Yozma ravishda rahbariyatga ma’lum qilish; -Dalolatnomalar asosida axborot-kutubxona muassasalarining ichki hisob hujjatnomalarida qayd etish; nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarining bibliografik va to‘liq matnli bazasini shakllantirish hamda uni to‘ldirish; nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan axborot-kutubxona resurslarining pasportlarini yuritish; kutubxona foydalanuvchilari, tashrif buyuruvchilar va yoshlarni fondda saqlanib kelinayotgan manbaalar bilan tanishtirish hamda targ‘ib qilish maqsadida mavzuli ko‘rgazmalar tayyorlash; fondlarda sanitariya-gigiena talablari asosida muntazam profilaktik ishlarni olib borish; faoliyat yuzasidan hisobotlar, ma’lumotlar va axborotlar tayyorlash. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va raqamlashtirish xizmati Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati axborot-kutubxona markazining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Xizmat AKMning bosma nashrlarini raqamlashtiradi, server va tarmoqlar, dasturiy ta’minotlarining xatoliklarsiz doimiy ishlashini boshqaradi, elektron kutubxonani shakllantirish ishlarini olib boradi, markaz veb saytining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi, raqamlashtirilgan bosma resurslarni bibliografik yozuv bilan bog‘lash va to‘liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi. Xizmatning asosiy vazifalari Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: markazning dasturiy va texnik ta’minotlarini qo‘llab-quvvatlaydi; elektron kutubxonani shakllantirish bo‘yicha reja ishlab chiqib ularni amalga oshiradi; markazda yaratiladigan raqamli kitoblar, audio va video resurslarningbutun saqlanishini ta’minlaydi; server va tarmoq infratuzilmalari, dasturiy ta’minotlarining xatoliklarsiz doimiy va bir maromda ishlashini boshqaradi, monitoring qilib boradi, xizmatlaridagi xatoliklarni o‘z vaqtida tez va aniq bartaraf etadi; markaz axborot texnologiyalarini rivojlantirishda joriy va istiqbolli rejalashtirishni amalga oshiradi, mavjud kompyuter parkidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini hal qiladi; foydalanuvchilarning markaz veb saytiga uzluksiz kirishini ta’minlaydi; markaz axborot texnologiyalarini rivojlantirish, texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha axborot-kutubxona xodimlariga maslahat va amaliy yordam ko‘rsatadi; tizim va dasturiy ta’minotlarni o‘rnatadi va qo‘llab-quvvatlaydi; texnik va dasturiy mablag‘larning marketing tahlili, ularni modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar asosida Markaz ehtiyojlari uchun texnik-dasturiy va boshqa texnik vositalarini sotib oladi; markazning kompyuter uskunalari va boshqa texnik vositalari hisobini yuritadi va pasportlashni tashkil etadi; xizmat vazifalaridan kelib chiqqan holda rejalarni ishlab chiqadi va bajaradi, haftalik, oylik, kvartal, yillik hisobotlarni tayyorlab boradi; raqamlashtirilgan resurslarga (kitob, gazeta, jurnal, albomlar, xaritalar, qo‘lyozmalar, nota nashrlar va boshqalar) ishlov berishni amalga oshiradi; avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi, raqamlashtirilgan bosma resurslarni bibliografik yozuv bilan bog‘lash va to‘liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantiradi; boshqa tashkilot va muassasalarga bosma resurslarni raqamlashtirish bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatadi; soha bo‘yicha o‘quv seminarlarida ishtirok etadi. Xizmatning asosiy funksiyalari Xizmatning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: markaz tuzilmalarida kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotni jamlash, yig‘ish va o‘rnatishni amalga oshiradi; kompyuter texnikasidan foydalanish tartibi va qoidalarini ishlab chiqadi, hamda undan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qiladi; markaz lokal tarmog‘inin guzluksiz ishlashini ta’minlaydi; server va tarmoq infratuzilmasini markazlashtirilgan boshqaruv tizimi orqali boshqaradi va nazorat qiladi, xatoliklarga bardoshligi va dasturiy ta’minot xizmatlarning, shuningdek Markaz axborot tizimi xizmatlarini doimiy to‘g‘ri ishlab turishini ta’minlash maqsadida doimiy monitoringini amalga oshiradi va natijalarini Markaz direktoriga taqdim etib boradi; ta’mirlash va profilaktika ishlarini amalga oshiradi, murakkab ta’mirlashni amalga oshirish uchun uchinchi tomon tashkilotlari bilan shartnomalar tayyorlaydi, tashkil qiladi va nazorat qiladi; lokal tarmoqlarni loyihalashtiradi, ulardan foydalanish masalalarini o‘z vakolatlari doirasida hal qiladi; server va tarmoq infratuzilmalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘radi; umumiy foydalanish resurslarini to‘g‘ri taqsimlanishini rejalashtiradi, ulardan foydalanishni nazorat qiladi; axborot xavfsizligi uchun mas’ul, tashqi va ichki xujumlarni bartaraf qiladi hamda ularning oldini oladi, tarmoq va serverlar auditini olib boradi, arxivlash va nusxa ko‘chirish ishlarini amalgaoshiradi; markaz direktori bilan kelishgan holda cheklangan kirish huquqiga ega bo‘lgan internet saytlariga va ichki ma’lumotlarga kirish huquqini ajratib beradi, foydalanuvchilar tarixini yuritib boradi va tekshiradi; server va tarmoq infratuzilmalariga hamda ma’lumotlar bazalariga ruxsatsiz kirish choralarni ko‘radi; server va tarmoq infratuzilmalari, ma’lumotlar bazasi serverining boshqaruvini amalga oshiradi, uning ishini optimallashtirishni ta’minlaydi, tartibga solish tadbirlarini amalga oshiradi; konfiguratsiyalaridan nusxa oladi va nosozliklar bo‘lganda uni qayta tiklaydi; raqamlashtirilgan bosma resurslarni (pdf, tiff, jpeg) formatlarda serverga yuklaydi; elektron dasturiy ta’minot yordamida raqamlashtirilgan resurslarning tashqi ko‘rinishini restavratsiya qiladi; raqamlashtirilgan resurslarning hisobini yuritadi, tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi. Axborot-kutubxona fondlarini saqlash xizmati Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati-viloyat axborot-kutubxona markazining tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, AKMda axborot-kutubxona fondlarini jamlash,umumiy va yakka tartibda hisobga olish vazifasini amalga oshiradi, viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi. Asosiy vazifalari AKMning axborot-kutubxona fondlarini xizmatlarning vakillari bilan birgalikda kitob saqlash fondlari va ularning ixtisoslashtirilgan qismlarini jamlashning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi. Mavzuli rejaga muvofiq jamlashning turli manbalari (nashrlarning bepul majburiy nusxasi, obuna, nashriyotlar, kitob do‘konlari orqali sotib olish, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan sovg‘alar) orqali,fondni milliy axborot-kutubxona resurslari va xorijiy nashrlar bilan komplektlashni va qo‘shimcha jamlashni amalga oshiradi. Xizmatning zahira fondiga hujjatlarni qabul qilib oladi, kutubxonaning asosiy va qo‘shimcha fondlarida mavjud bo‘lmagan hujjatlarni zahira fondidan taqdim etadi. Boshqa kutubxonalarning so‘roviga ko‘ra zahira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarni hisobini yuritish to‘g‘risida”gi yo‘riknoma (Adliya vazirligi ro‘yxat raqami № 2567) asosida, axborotkutubxona fondlariga kelib tushgan va hisobdan chikarilgan axborot-kutubxona resurslarining hisobini yuritadi. Milliy kutubxona tamonidan ishlab chiqilgan fondlarni to‘ldirish mezonlari asosida ish yuritadi. Xizmat metodik maslahatlar, tavsiyalar, qo‘llanmalar, eslatmalar, axborot varaqalarini tayyorlash va berish orqali viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi. Xizmatning asosiy funksiyalari Boshqa xizmat vakillari bilan birgalikda kitob fondlarini to‘ldirishning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi. Xarid qilib olish uchun zarur bo‘lgan (nashriyot rejalari, takliflar ruyxati, davriy nashrlar kataloglari va xokazolar bo‘yicha) adabiyotlarni tayyorlaydi. AKMning zaxira fondiga xujjatlarni kabul kilib oladi, AKMning asosiy va kushimcha fondlarida mavjud bo‘lmagan xujjatlarni zaxira fondidan takdim etadi. Boshqa kutubxonalarning so‘roviga ko‘ra zaxira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi. Axborot kutubxona fondlarini jamlash xizmati viloyat axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining kasbiy bilimlarini oshirish uchun metodik yordam ko‘rsatadi. Mahalliy va xorijiy mamlakatlarning yetakchi axborot-kutubxona muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganadi va o‘z faoliyatida amaliyotga joriy etadi. Xizmatning barcha ko‘rinishdagi ish faoliyati bo‘yicha istiqbolli va yillik reja, hisobotlarini tuzadi. O‘rnatilgan namunadagi hujjatlarda qabul qilingan kutubxona ko‘rsatkichlari va hisoblash birliklarida bajarilgan ishlarni qayd etadi. Xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro konferensiya, seminarlarda qatnashadi tajribasini umumlashtiradi. XULOSA Samarqand viloyati - axborot kutubxona markazi Samarqand viloyatida milliy va Xulosa o`rnida shuni aytamanki Samarqand axborot kutubxonasi 1911 yilda tashkil topilgan ekan. Kutubxona arxeologlar tomonidan tashkil etilgan bo’lib muzey bilan bir binoda joylashgan . Hozirda ushbu kutubxona samarqandda joylashga .Kutubxonada ilk bora birinchi direktor Andereyev.V bo‘lgan, juda mehnatkash ziyolilardan edilar. A.S. Pushkin tavaludining 100 yiligi munosabati bilan Samarqand kutubxonasiga Pushkin nomi berilgan ekan. Samarqand axborot kutubxonasi markazi jahon madaniyatini, fan va ta'limni rivojlantirish manfaatlari yo'lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanar ekan. Kutubxonaning axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanar ekan. Axborot-kutubxona fondi byudjetdan ajratiladigan mablag'lar, nashrlarining majburiy nusxasini hamda tashkilotlar va xususiy shaxslardan homiylik yordamini olish hisobiga shakllantirilar ekan. Kutubxona noyob hamda alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini asrash va ulardan foydalanishni ta'minlash maqsadida va O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda axborot-kutubxona fondlari va boshqa axborot-kutubxona resurslarini asrash va ulardan foydalanishning alohida tartibini ishlab chiqar ekan. Samarqand axborot kutubxona markazi Samarqand viloyatidagi eng katta kutubxona hisoblanib u viloyat tuman kutubxonalariga metodik yordam beradi Samarqand axborot kutubxona markazi ish faoliyatini o’rganish jarayonida yana shunga e’tibor qaradimki hozirda barcha axborot kutubxona markazlarini rivojlantirish uchun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasidan metodik yordam berilar ekan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 1. Shavkat Mirziyoev “Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz” Toshkent – “O'zbekiston”-2018. 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyaevning 2017 yil 13sentyabrdagi 3271-sonli “Kitob maxsulotlarini nashr yetish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora tadbirlar dasturi to'grisida” gi qarori //Xalq so'zi.-2017 yil 14-sentyabr 3. O'zbekiston Respublikasining "Axborot – kutubxona faoliyati to'g'risida"gi (280-sonli) Qonuni. 2011yil 13 aprel```. 4. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Respublika aholisini axborot- kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida”gi PQ-381 sonli Qarori. “Xalq so'zi” 2006 yil 20 iyun``. 5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015- yillarda axborot komunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot – resurs xizmatlari ko'rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirishni davom ettirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1487 sonli Qarori. “Xalq so'zi” 2011 yil. 6. Z.Berdieva Kutubxonashunoslik. T:”Ilm-ziyo”, 2015.- 398b. 7. E.Yo'ldoshev. Kutubxonada bolalar o'qish madaniyatini tarbiyalash.T.:2002.-228 b. 8. E Islomov,. E.Yo'ldoshev.Maktab litsey kutubxonasi ishini tashkil qilish.T:2004.99. Internet manbaalari 1. www.http://kitob.uz 2. www.http://natlib.uz 3. www.http://ziyonet.uz 4. www.http://google.uz 5. www.http://edu.uz http://fayllar.org