See discussions, stats, and author profiles for this publication at: https://www.researchgate.net/publication/351491453 TALABA-AMALIYOTCHILAR UCHUN METODIK QO'LLANMA Book · February 2021 CITATIONS READS 0 50,429 1 author: Guljaxan Doshanova Karakalpak State University 3 PUBLICATIONS 0 CITATIONS SEE PROFILE All content following this page was uploaded by Guljaxan Doshanova on 11 May 2021. The user has requested enhancement of the downloaded file. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI TALABA-AMALIYOTCHILAR UCHUN METODIK QO’LLANMA Nukus-2021 Mazkur metodik qo’llanma talabalar uchun pedagogik amaliyot jarayonida foydalanishga mo’ljallangan. Talaba amaliyotchilar uchun metodik q o’llanma Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ilmiy Kengashi __ ____ -Sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan. TUZUVCHI: O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti G.I.Doshanova TAQRIZCHILAR: O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti I.Qurbanbayev O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Z.Baltayeva 1.PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL QILISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Ta`lim to’g`risidagi qonunda butun dunyo ta`lim me`yori asosida tuzilgan davlat ta`lim talablari darajasida, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida chet el ta`limi bilan raqobat qila oladigan, raqobat jarayonida Vatan sha`ni, manfaati va obro’sini munosib himoya qila oladigan milliy kadrlarni yetishtirish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Bu muhim vazifani amalga oshirish yalpi ta`lim va tarbiya tizimini, uning murakkab qismlaridan biri pedagogik amaliyotni tashkillashtirishni tubdan isloh qilishni talab etmoqda. Chunki, yangi zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash milliy modeliga mos Yangi pedagogik xodimlarni avvalgi pedagogik texnologiya asosida tayyorlash aslo mumkin emas. Shu bois, kadrlar tayyorlash milliy dasturida Yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqish, rivojlantirish va uni hayotga tadbiq etishga talaba-amaliyotchilarni o’rgatish alohida ta`kidlangan. Kadrlar tayyorlashning milliy modeliga muvofiq pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Har bir talabaning pedagogik faoliyatga ongli, qiziquvchanlik bilan qatnashishini shakllantirish, pedagogik kasbga muhabbat hissi bilan qarash, hurmatini rivojlantirish va mustahkamlash ijtimoiy, maxsus, pedagogik va psixologik fanlarni chuqur o’rganishga yordam berish. 2. Bo’lajak o’qituvchining Yangi jamiyat talablariga, shuningdek, mutaxassisning shaxsiy xususiyatlariga javob beradigan kasbiy mahoratlarini egallashiga yordam berish. 3. Talaba tomonidan institut auditoriyasida egallangan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularni o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlar jarayonida mohirona foydalanishga o’rgatish. 4. Talabalarni o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlarini nazorat qilish va tanlash uquvi bilan qurollantirish. 5. Talabalarni o’quv-tarbiya korxonalaridagi ta`lim-tarbiya ishlarining hozirgi davrdagi holatlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish va o’rgatish. 6. Talabalarni psixologiya, pedagogika, bolalar va yosh o’smirlar fiziologiyasi fanlaridan egallagan bilimlari asosida, mustaqil o’zbekiston Respublikasi xalqlarining milliy-madaniy dasturlaridan foydalanib mashg`ulotlar tashkil qilishga o’rgatish. 7. Talabalarni o’quvchilarning bilim faoliyatini jadallashtiruvchi har xil usul va metodlarni ko’rgazmali texnik vositalarni, an`anaviy va noan`anaviy dars va tarbiya turlarini foydalanishga jalb qilish. 8. Bo’lajak o’qituvchilarni sinf rahbari faoliyatini bajarishga har tomonlama tayyorlash. 9. O’quvchilarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini, shakllanish va bilim darajasini o’rganish maqsadida talabalarning ular bilan o’zaro munosabatini tashkil qilish. 10. Talabalarni ilg`or zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’rganishga jalb qilish, ularda pedagogik izlanuvchanlikka bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, kurs va diplom ishlarini bajarishga yordam berish. 11. Talabalarni pedagogik faoliyatga ijodiy va izlanuvchanlik bilan yondashishga, o’z faoliyatini tanqidiy baholashga, mustaqil bilim olishga bo’lgan talabchanlikni shakllantirish. 12. Talaba-amaliyotchilarni xalq pedagogikasining bebaho durdonalaridan mohirona foydalanishga o’rgatish. Ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida, milliy maktabda milliy tarbiyani muvaffaqiyotli olib borishga o’rgatish. 13. Bo’lajak o’qituvchilarni o’qitish ishlarini uyushtirishda o’quvchilarga dunyo va davlat ta`limi me`yorlari talablari darajasida bilim berishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash. 2. PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAZMUNI 1 Maktabning o’quv-tarbiya ishlari bilan tanishish, pedagogik hodisalarni kuzatish. 2. O’quvchilar va sinf jamoasining psixologik xususiyatlarini o’rganish. 3. Bolalar va o’smirlar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiyaviy ishlar bilan tanishish. 4. Maktabning ish tajribalarini, o’qituvchi va sinf rahbarining o’quv tarbiyaviy ishlarini o’rganish va tahlil qilish. 5. O’quvchi va o’qituvchilar tarkibini o’rganish. 6. O’qituvchining, sinf rahbarining yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlar olib borish. 7. Fanlar bo’yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlarga qatnashish va tashkil qilish. 8. Psixologik-pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarini amalda foydalanish. 9. Maktabdagi o’quv-tarbiya ishlarini o’rganish, taqqoslash, tanqidiy qarash va ularni amalda foydalana bilish. 10. O’quvchilarning kasbiy qiziqishlarini o’rganish, o’quvchiga psixologikpedagogik tavsifnoma tuzish. 11. Sinf rahbarining yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlarni uyushtirish. 12. Fan o’qituvchilarining yordamchisi sifatida o’quv-tarbiya ishlarini bajarish. 13. Psixologik-pedagogik va uslubiy fanlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritish. 14. Maktabning o’quv-tarbiya ishlari sistemasini, o’quvchini va o’quvchilar tarkibini har tomonlama o’rganish. 15. Fanlar b o’yicha sinf va sinfdan tashqari ishlarni olib borish, dars va tarbiyaviy ishlarni tahlil qilishda opponent vazifasini bajarish. 16. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish. 17. Sinf jamoasiga psixologik-pedagogik tavsifnoma berish. 16. Uslubiy va ilmiy ishlarni bajarish. 3. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA TALABALARNING HUQUQ VA VAZIFALARI Talabalar pedagogik amaliyot davrida xohlagan masala bo’yicha pedagogika institutining pedagogik amaliyot va maktab rahbariyatiga, o’quv o’rni o’qituvchilariga murojaat qilishi, o’quv – tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish, amaliyotning tashkiliy masalalari bo’yicha tavsiyalar berish, o’quv muassasalaridagi bolalar va o’smirlar, yoshlar va kasaba uyushmalarining konferentsiya va yig`ilishlariga qatnashish, kutubxona, fan kabinetlaridan va mavjud o’quv-uslubiy qurollardan foydalanish huquqiga ega. Oliy pedagogika ta`lim muassasasining talaba amaliyotchilari pedagogik amaliyot jarayonida: -pedinstitutning (peduniversitetning), fakul`tetning pedagogik amaliyot bo’yicha rahbari, guruh rahbari, metodistlar, pedagogika va psixologiya o’qituvchilari, maktab rahbariyati va o’qituvchilarning topshiriqlarini ma`suliyat bilan bajarishga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidasini qat`iuan saqlashga, kamtarinlik, tashkilotchilik, tartib-intizom, odoblilik va mehnatsevarlilik namunasi bo’lishiga; - pedagogik amaliyot dasturlarida ko’rsatilgan barcha vazifalarni bajarishga, bolalar bilan o’tkaziladigan quv-tarbiyaviy ishlarning tashkil qilinishi va uyushtirilishiga puxta tayyorlanishga, ularning reja va dasturlarini, konspektlarini tuzishga, uni o’qituvchi, sinf rahbari va uslubiyotchiga tasdiqlatishga; - dars jadvaliga muvofiq barcha o’quv tarbiyaviy ishlariga va ularning tahliliga faol qatnashishga, ma`lum sifatda amaliyot kundaligini yuritish va amaliyot yakunida guruh rahbariga hisobot berishi va amaliyot bo’yicha sinov topshirishi shart. Yuqorida e`tirof etilgan talablarni bajarmagan amaliyotchi pedagogik amaliyotdan chetlashtiriladi. Pedagogik amaliyotdan chetlashtirilgan yoki pedagogik amaliyot davridagi faoliyati uchun noloyiq baho olgan talaba ushbu semestrdagi o’quv rejasini bajarmagan hisoblanadi. Fakul`tet (Institut) kengashi qarori bilan unga o’qishdan uzluksiz ravishda takror pedagogik amaliyot belgilanadi. 4. AMALIYOTCHINING PEDAGOGIK AMALIYOT KUNDALIGI 4.1. Pedagogik amaliyot kundaligining namunasi — tuman (shahar) xalq ta`limi bo’limiga qarashli ___________ nomidagi _______________ maktabning ______ sinfida pedagogik amaliyot o’tovchi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti _________________ fakul`teti _______ kurs talabasi ____________________________________________ning amaliyot davrida yuritgan kundaligi. Kundalik boshlandi __________________ tugadi ______________. Institut bo’yicha pedamaliyot rahbari ______________________ Fakul`tet bo’yicha pedamaliyot rahbari______________________ Pedagogik amaliyot guruh rahbari __________________________ Mutaxassislik bo’yicha uslubiyo’tchilar ______________________ Pedagogika va psixologiya o’qituvchilari____________________ Maktab gigienasi fani bo’yicha o’qituvchisi__________________ Maktab direktori _______________________________________ O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini______________________ Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor muovini____________________________ Boshlang`ich sinflar bo’yicha sinf rahbari, o’qituvchi ___________________________________________ Fan o’qituvchilari ________________________________________ Uslubiy uyushma raisi ___________________________________ Maktab Kamolot ijtimoiy uyushmasi rahbari: ______________ O’qituvchilar qo’mitasi rahbari:______________________ Maktab ota-onalar qo’mitasi raisi:____________________ Sinf ota-onalar qo’mitasi raisi:______________________ Fan komissiyasi rahbari:__________________________ Sinf rahbarlari metodik kengashi rahbari_________________ Maktab manzili:_______________________________ Telefon raqami:_______________________________ 4.2. Maktabning taqvimiy ish rejasi Pedagogik kengash:_____________________________ Metodik kun:________________________________ Maktab rahbari qoshidagi majlis:_____________________ Mehnat kengashi majlisi:__________________________ Ota-onalar majlisi:_____________________________ Maktab «Kamolot» ijtimoiy harakati majlisi: ________________________________________ Fan komissiyalari kengashi:________________________ Metodik kengash majlisi:__________________________ Sinf rahbarlari metodik uyushma majlisi:_________________ Siyosiy-axborot:__________________ Sinf tarbiyaviy soati:____________________________ 4.3. Sinf faollari 4.4. Sinf o’quvchilari ro’yxati Q№O’quvchilarning Choraklar bo’yicha ulgurim ismi-sharifi «5»ga «4»ga «4»«4»- «3»ga «2»ga «5»ga «3»ga 4.5. O’quvchilarning sinfda joylashuv tartibi O’quvchilarning ismi-sharifi to’liq yoziladi. O’quvchilarning ismi-sharifi to’liq yoziladi. 4.6. Sinf jadvali № Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Shanba • • • • • • Darslar 1-chi 2-chi 3-chi 4-chi 5-chi 6-chi Boshlanishi 4.7. Tanaffuslar jadvali (smena) Yakunlanishi Tanaffuslar Kundalikda amaliyot oldi va yakunlovchi konferensiya (anjuman) mazmuni, maktab direktori, uning o’quv va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, yoshlar ijtimoiy harakati kotibi, sinf rahbari, o’qituvchilar, uslubiyotchilar (metodistlar), o’quvchilar bilan olib borilgan ishlar mazmuni va suhbatlar o’z ifodasini topadi. Darsga va tarbiyaviy ishlarga tayyorgarlik, ularni tashkil qilish, o’qituvchi va amaliyotchilar tomonidan o’tilgan darslar va tarbiya soatlari tahlilidagi ishtiroki, sinf rahbari yoki sinf rahbari yordamchisi vazifasida olib borgan va bajargan ishlari haqida ma`lumotlar aks ettiriladi. Amaliyotchi bu bo’limda pedagogik amaliyot ishlarining xar-hil turlariga ayrim o’quvchi yoki sinf jamoasi nazoratiga o’zlarining ishtiroki, taklif va tavsiyalarini kiritadi. Bundan so’ng kundalikda bajarilgan ishlar, xotirada qoladigan voqealar ketma-ketlikda yoziladi. 202___y. ______________oyning ____________sanasi _____________________________________________________________ _________________________________________________________________ _________________________________________________________________ _____________________________________________________ 4.8. Talaba-amaliyotchining sinov darslarni va tarbiyaviy ishlarni o’tkazish jadvali Q№ Vaqti Sinf Fan Darsning, Bahosi tarbiyaviy ahamiyati, turi va mavzusi • • • • Eslatma: Kundalik har kuni to’ldirib boriladi. U amaliyotchining amaliyot natijalari bo’yicha hisobot berishdagi asosiy hujjatlaridan biri hisoblanadi. 5. Amaliyotchining o’quv va tarbiyaviy ishlari bo’yicha shaxsiy ish rejasi 5.1. Amaliyotchining shaxsiy ish rejasini tuzishiga qo’yiladidan talablar Amaliyotchining har bir hafta uchun shaxsiy ish rejasi har haftaning juma va shanba kunlarida tuziladi. U guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Reja bosqichlarining bajarilishi «Ijro haqidagi belgi» grafasiga muddatini ko’rsatgan holda yozib boriladi. Shaxsiy ish rejani tuzishda qo’yidagilar inobatga olinadi: 1. Maktab direktori, uning o’rinbosarlari, sinf rahbarlari, o’qituvchilar, yoshlar harakati kotibi, metodik birlashma rahbarlari bilan suhbati, kuzatish orqali maktab tajribasini o’rganishi. 2. Talaba va o’qituvchilarning darsini kuzatishi: a) Sinf o’quvchilarini har tomonlama o’rganish uchun o’z sinfida dars beruvchi o’qituvchilarning darslarini kuzatish va tahlilida ishtirok etish; b) O’qitish usullarini, metodlarini, dars usullari va turlarini, zamonaviy ta`lim texnologiyalarini chuqurroq o’rganish uchun boshqa fan o’qituvchilarining darslarini kuzatish; v) Maktabning ilg`or o’qituvchilarining ijodiy ochiq darslarini kuzatish va tahliliga qatnashish; 3. Tajribali sinf rahbarlarining tashkil qilgan namunaviy tarbiya ishlarini (sinf soati, suhbat, ertaklar kechasi va h)kuzatish va tahlilida qatnashish; 4. Sinf majlisini (mavzu ko’rsating) tashkil qilishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish; 5. Sinf rahbarlari bilan suhbatlashish, maslahatlashish (maqsadini ko’rsating); 6. O’quvchilar bilan alohida ishlashish; 7. Ota-onalar uchun ma`ruza yoki doklad (mavzuni ko’rsating) tayyorlash va tashkil qilish; 8. Ota-onalar majlisini tayyorlash va tashkil qilish; 9. Sinf soatini (mavzusini ko’rsating) tayyorlash va tashkil qilish; 10. O’quvchilarning uylariga borish; 11.12.13 Boshqa ish shakllari. 5.2. Uslubiy ishlar 1. Uslubiy birlashmalar majlislarida ishtirok etish. 2. Fan komissiyalari majlislarida ishtirok etish. 3. Uslubiy mavzuda ma`ruza qilish 4. Hokazo ish shakllari. 5.3. Amaliyotchining shaxsiy ish rejasi namunasi. “Tasdiqlayman” Amaliyotning guruh rahbari _______________________ “_______” 202 yil Berdaq nomidagi QQDU _________________________ fakul`teti ____________ kurs talabasi ___________________________ __________________________________________________________ (maktab nomi, manzili, shahri) pedagogik amaliyotni o’tash ishlarining shaxsiy rejasi. Vaqti Tartib soni Bajariladigan ish turlari 1 2 sentyabr` 2 3 4 1 3 sentyabr` 2 3 1 4 sentyabr` 2 3 4 1 5 sentyabr` davrida bajariladigan o’quv va tarbiyaviy Bajarilganligi haqida belgi Pedagogik amaliyotga bag`ishlangan yo’l-yo’riq konferentsiyasida ishtirok Bajarildi etish. Maktab direktori va o’rinbosarlari bilan suhbatlashish O’qituvchilar, sinf rahbarlari va o’quvchilar bilan tanishish Biriktirilgan sinf o’qituvchilari darslarini kuzatish va tahliliga qatnashish. O’qituvchilarni mavzuviy, sinf rahbarlarining tarbiyaviy rejalari bilan tanishib, ko’chirib Bajarildi olish O’qituvchilarning darslarini kuzatish va tahlilda qatnashish Sinf jamoasini, yakka o’quvchini o’rganish, ularning shaxsiy hujjatlari bilan tanishish. O’qituvchilarning darslarini kuzatish va tahlilida ishtirok etish Bajarildi 1 “a” sinfidagi “Oltin kuz” mavzusida tashkil qilinadigan sinf soatini kuzatish va tahlilida ishtirok etish Ba`zi o’quvchilarning uylari bilan tanishish Maktab hujjatlari bilan tanishishni davom etish O’qituvchi N.Jumabaevaning VIII “B” sinfdagi ona tilidan o’tkaziladigan ochiq darsiga Bajarildi kirish va tahlilida ishtirok etish 2 3 1 6 sentyabr` 2 1 7 sentyabr` 2 3 Biriktirilgan sinfdagi o’qituvchilar darslarini kuzatish va tahlilida ishtirok etish. Sinf rahbarlarining tarviyaviy ishlarini tashkil etish tajribasini o’rganish, hujjat yuritish va dars rejalarini chuqurroq o’rganish. O’qituvchi va uslubiyotchilardan sinov darsi mavzusini olish, uni tashkil etishga tayyorgarlik ko’rish, ko’rgazmali qurollar tayyorlash. Sinf rahbari K.Sultanovaning V-VI sinfda tashkil etiladigan “Non qadri” mavzusidagi sinf soatini kuzatish va tahlilida ishtirok etish. O’qituvchi va uslubiyotchiga sinov darsining rejakonspektisini ko’rsatish, ma`qullangach, direktor o’rinbosarlariga tasdiqlatish. Sinf o’qituvchilari darslarini kuzatish va tahlilida qatnashish. VI sinfda tashkil qilinadigan “Yashayvergin Orolim” mavzusidagi sinf soatiga tayyorgarlik ishlarida ishtirok etish. Bajarildi 8 sentyabrga ko’chirildi Eslatma: Amaliyotchining shaxsiy ish rejasi pedagogik amaliyotning 1haftasi uchun namuna sifatida tuzilgan. Amaliyotchi rejani pedagogik amaliyotning har bir haftasi uchun juma, shanba kunlari tuzadi va guruh rahbariga tasdiqlatadi Bir soatlik darsning reja-konspekti. “Tasdiqlayman” ___________________________ «______»______ 20 yil ___________________________shahar (tuman) xalq ta`limi bo’limiga qarashli ______ maktabning ______ sinfida Berdaq nomidagi QQDU _________________ fakul`tetining ______ kurs talabasi _________________________________________________ 200 yil _____ oyining ________ sanasida ________________ __________ fanidan o’tadigan bir soatlik dars reja konspekti _____________________________________________________________ _____________________ I Dars mavzusi va turi II. Dars maqsadi a) ta`limiy:_____________________________________________ b) tarbiyaviy:___________________________________________ v) rivojlantiruvchi:_______________________________________ III. Dars jihozlanishi Darsning borishi. 1. Darsni tashkil qilish (1-2 min) 2. O’rganilgan bilimlarni xotiralash va uy vazifani tekshirish (7-13 min). 3. Yangi mavzu bayoni (8-12 min) 4. Yangi bilimlarni mustahkamlash. (15-20 min) 5. Uyga vazifa berish. (2-3 min) Dars reja ishlanmasini tuzuvchi amaliyotchi: Reja-konspekti kelishildi: Fan o’qitiuvchisi: Uslubiyotchi: Erimbetov K. Do’sanov J. Turaev B. Shamshetova G. Eslatma: Yuqorida aralash dars turining namunaviy tuzilishi berilgan. Amaliyotchi darsning to’liq rejasi va konspektiga ega bo’lishi kerak. 6. Darslarni kuzatish va tahlil qilish malakalari 6.1. Aralash darsni kuzatish va tahlil qilishning pedagogik malakalari 1. Darsning mavzusi; 2. Darsning maqsadi (ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi) uning umumiy dars tizimida tutgan o’rni; 3. Dars tuzilishi; 4. Darsning didaktik xususiyatlari; 5. Dars bosqichlari; 6. Darsni tashkil qilish: amaliyotchining (o’qituvchining) va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi; ish rejasi, dars jihozlarining mavjudligi yoki yo’qligi; dars xonasining holati; o’quvchilarning darsga psixologik jihatdan moslashishi; sinfdagilarning tartibi; o’quvchilar diqqati; o’quvchilarning ishlashga tayyorligi; dars maqsad va vazifalarining aytilishi; o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun foydalaniladigan usullar; 7. O’tilganlarni takrorlash va o’quvchilarning malakaviy ko’nikmalarini tekshirish: takrorlash maqsadi, o’rni, hajmi, metodi va turlari; o’quvchilarning bilish darajasini rivojlantirish usullari; savollarning berilishi; javoblarni to’liqtirish va xulosalash; o’yin shaklida beriladigan misollarni qo’llash va h.; 8. Yangi mavzu bayoni: yangi mavzuni o’rganishning maqsad va vazifalarini o’quvchilarga yetkazish; yangi mavzu mazmunining davlat ta`limi me`yorlari, o’quv dasturiga mos kelishi; foydalanilgan o’qitish metodlari va didaktik asoslari, o’quvchilarda mavjud bilimlarga tayanish, muammoli, asoslangan savollarning o’rtaga tashlanishi, ko’rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, yangi mavzuni tushuntirish paytida o’qitish tamoyillarining hisobga olinishi, darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishi; o’quvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etishi, darslik, qo’llanmalardan, gazeta va jurnallardan va hokazolardan foydalanish, jadval, sxema va diogrammalar tuzish; 9. Uy vazifasining bajarilishini nazorat qilish shakllari: uy vazifasi qay vaqtda tekshirildi, tekshirishning maqsadga muvofiqligi, o’quvchilar javobining to’liqliqi, aniq chuqur va mushohadali javob berishi; eng asosiysi, ajratib olish va yechimini topish malakasi, nutq madaniyati va hokazolar; bilimni baholashning odilona bo’lishi; o’tilganlarni takrorlash shakllari; Yangi mavzuni o’tilganlar, o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan bog`liq ravishda, mahalliy manba va misollardan foydalanishi, mohirligi, material hajmi, uning dasturi va darsliklarga muvofiqligi, materialning ilmiyligi, uning g`oyaviy yo’nalishi, loyiq rag`batni amalga oshirishi, dasturiy o’qitish elementlari, muammoli vaziyatlar yaratishi, bilimning mustahkamligi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, amaliy malakalar va ko’nikmalar bilan jihozlanishi; o’quvchilarning dunyoga ilmiy dunyoqarashini, umuminsoniy va milliy fazilatlarni rivojlantirish; 10. Yangi bilimni mustahkamlash shakllari: uy vazifasi qachon berildi, uning hajmi, yangi berilgan topshiriqlar; 11. O’quvchilarning darsga qatnashishi (faolligi, ijodiy yondashuvi va h.); 12. Amaliyotchining darsdagi axloqiy madaniyati; sinf jamoasi bilan ishlashish mohirligi; hamkorlik pedagogikasini qo’llashi; nutq madaniyati, yuz ifodasi, o’zini erkin his qilish va h.; 13. Amaliyotchining (o’qituvchining) darsdagi yutuqlari, o’quvchilar tomonidan olingan yangi bilim, malaka va ko’nikmalar sifatida: dars turini, tuzilishini, metodlarini tanlashning maqsadga muvofiqligi; 14. Darsning qiziqarli o’tishi, o’ziga xos xususiyatlari; dars jarayonini demokratiyalashtirish; darsni baholash, asosiy yutuq va kamchiliklar. 6.2. Ona tili va adabiyoti darslarini kuzatish va tahlil qilishning pedagogik namunasi 1. Dars mavzusi va turi (dars turini to’g`ri tanlash); 2. Darsning maqsadi (ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uning umumdars sistemasida tutgan o’rni); 3. Darsning jihozlanishi (foydalaniladigan darsliklar, o’quv-metodik qo’llanmalar, gazeta, jurnallar, ko’rgazmali va texnik vositalar ); 4. O’quvchilarni, sinf xonasini, o’quv jihozlarini darsga tayyorlash, sinfdagi tartib intizom; 5. Uy vazifasini tekshirish usullari (umumiy nazorat,tabaqalashtirilgan, o’z-o’zini tekshirtirish, o’zaro tekshirtirish), o’tilganlarni o’quvchilarga eslatish; 6. O’qituvchining o’quvchilarga bergan og`zaki va yozma savollarining aniqligi, tushunarliligi, mazmundorligi. Savollarga to’liq javob olishga intilishi (tirishqoqligi); 7. O’quvchilarning nutq madaniyati, og`zaki va yozma savollarga aniq, mazmunli, ijodiy yondashgan holda javob berishi; 8. O’quvchilar bilimini odilona baholashi, tanqidiy va rag`bat nuqtai nazaridan yondashuvi; 9. Reyting baho to’plashi, dars so’rashi, uy vazifasini so’rashda uddaburonligi; 10. O’tilganlarni xulosalashi va uni yangi mavzu bilan bog`lashi; 11. Yangi mavzuni o’rgatishning maqsad va vazifalarini aniqlashi; 12. Yangi mavzuni bayon qilish chevarligi, mohirligi, so’zga chechanligi, go’zal nutqi, asar ilmiy g`oyasining yoritilishi, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashi; 13. Yangi bilimning respublika va dunyo madaniyati, fan-texnikasi bilan aloqadorligini ta`minlashi; 14. Bilimni muammoli bayon qilishi, muammoli vaziyat yaratishi va ularni o’quvchilar bilan birgalikda уechishi; 15. Darsda o’quvchilarning mustaqil, og`zaki, yozma, amaliy va ijodiy ishlarini tashkil qilishi; 16. O’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirish darajasi; 17. O’quvchilarning darsda o’zlarini erkin his qilishlari, mustaqilligi, faolligi, tartibi; 18. O’qituvchining vaqtdan unumli foydalanishi; 19. Ko’rgazmali va texnik vositalardan o’rinli foydalanishi; 20. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabat odobi; 21. O’qituvchi foydalangan metod va usullarning maqsadga muvofiqligi; 22. Uy vazifasini berish me`yoriga amal qilishi; 23. Vazifa va topshiriqlarni bilimga mos holda berishi; 24. O’qituvchining sinf jamoasi, va o’quvchilar bilan alohida ishlash layoqati; 25. O’qituvchining darsni insoniylashtirish va demokratiyalashtirish layoqati; 26. O’qituvchining darsni xulosalashi; 27. Dars reja-konspektining sifati; 28. Darsning umumiy bahosi, dars sifatini yangilash va samaradorligini oshirish yuzasidan maslahatlar. Dars kuzatish va tahlilni rasmiylashtirish texnologiyasi. Sinf Fan Darsni kim tashkil qildi Dars yutuqlari Darsning kamchiliklari Amaliyotchiga (o’qituvchiga) maslahatlar Amaliyotchi: Soliev J Dars tahlili bayonnomasini rasmiylashtirish namunasi ___________________________ shahar (tuman) xalq ta`limi bo’limiga qarashli ______________ nomidagi maktabning ______ sinfida ______________ fanidan dars bergan amaliyotchi ______________________________________________________________ (ismi sharifi) darsi tahlili bayonnomasi. “_____” _________ 20 yil Qatnashdilar:__________________________________________________ _________________________ Amaliyotchilar:________________________________________________ __________________________ O’qituvchilar:_________________________________________________ __________________________ Uslubiyotchilar:________________________________________________ __________________________ Tinglandi: 1. Dars tashkil qilgan amaliyotchi nutqi (darsning mavzusi, maqsadi, o’z darsi haqida amaliyotchining fikri aks etadi). 2. Dars tashkil qilgan amaliyotchiga savollar: a) _________________________________________________________________ _____________________ b)__________________________________________ 3. Chiqib so’zlaganlar (dars keng ravishda tahlil qilinadi). Opponentlar amaliyotchilar, uslubiyotchilar, o’quv bo’limi boshlig`i, pedagogika va psixologiya kafedrasining uslubiyotchilari darsning yutuq va kamchiliklarini ko’rsatadi. O’zlarining tavsiya va fikrlarini aytadi. Har bir chiqib so’zlagan nutq bayonnomada qisqacha ifodalanadi. 4. Uslubiyotchining yakunlovchi xulosaviy nutqi. 5. Darsning baholanishi (uslubiyotchi baholaydi) Bayonnomani rasmiylashtiruvchi amaliyotchi: Boltaeva Z. Amaliyotchining pedagogik amaliyot bo’yicha yozma hisoboti Berdaq nomidagi QQDU __________________________ fakul`teti________kurs talabasi_________________shahar _______________ nomli _____________ sonli maktabda 2020-2021 o’quv yilining ___________ oralig`ida o’tkazgan pedagogik amaliyot natijasi haqida yozma hisoboti. 1. Maktabning qisqacha tavsifi (bezalishi, fan xonalari, texnik vositalar, o’quv tarbiya jarayoni); 2. Maktabning ish qog`ozlari bilan tanishish (o’quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnali, sinf rahbari rejasi); 3. Pedagogik amaliyot rejasining bajarilishi; 4. O’qituvchi sifatida o’z faoliyatiga qisqacha baho berish (sinov darslari, yutuqlari, kamchiliklari, foydalangan metod va usullari, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llanishi); 5. Sinf rahbari sifatida o’z ishiga baho berish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va hokazo. 6. Maktab pedagogik jamoasi, institut metodistlari, fan xonalaridan berilgan uslubiy yordamlar. Maktabga ko’rsatilgan amaliy yordam. 8. Amaliyot davrida bajarilgan ishlar va ularning natijalari. 9. Maktabning uy, fuqarolar kengashi jamoasi bilan aloqa yo’llari. 10. Pedagogik amaliyot samaradorligini yanada yaxshilash va rivojlantirish maqsadidagi istak va tasviyalar. Hisobot beruvchi amaliyotchi talaba: Niyozov. B • O’zbek tili fanidan namunaviy dars ishlanmalari Darsning mavzusi: Milliy madaniy markazlar (Iboralar )11-sinf Darsning maqsadi: • ta’limiy: o’quvchilarga milliy madaniy markazlar haqida ma’lumot berish. Iboralar yuzasidan nazariy ma’lumot berish. • tarbiyaviy: o’quvchilarda milliy iftixor, bag’rikenglik madaniy va ma’naviy qadryatlarni e’zozlash ruxida tarbiyalash. • rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish. Dars turi: Yangi bilimni bayon qilish darsi, aralash dars Dars metodi: ko’rgazmalilik metodi, yangi pedagogik texnologiyalar (zigzag strategiyasi, test usuli, fikriy hujum). Darsning jihozlanishi: slaydlar, darslik, tarqatma materiallar,fotoflbom,buklet Darsning borishi: a) Salomlashish b) Davomatni tekshirish I.Tashkiliy qism -Valaykum assalom, aziz ustoz, muallim! Bizlar shaymiz saboqqa, hamda bilim olmoqqa, Jon-u dildan tinglaymiz, o’zingiz bering ta’lim 2 Aziz o'quvchilar Vatan degan tushunchani siz qanday izohlaysiz. Vatan-ostonadan boshlanadi. Vatan-sajdagoh kabi muqaddas Vatan tuyg'usining manzillari beshikdan qabrgachadir. Vatan eng katta taqdir Sen Vatanni madh etgan minbar-mehrobdir Vatan nechog'li ulkan bo'lmasin, u qalbda ham, ko'z qorachig'iga ham joy bo'la oladi. Vatan haqiqatdan ham yagonadir. Mana shu go'zal yurtimizning tinchligi, obodligi va farovonligi yo'lida prezidentimiz tomonidan qanday qaror va farmoyishlar qabul qilinganlidan parcha namoyish etamiz. Sinf o’quvchilari 5 tashabbus bo’yicha o’quvchiar taqdimotini namoyish etadilar Qollariga har bir o’quvchi tashabbus boyicha ko’rgazmalar bilan sahnaga chiqadilar. O’quvchilar 5 tashabbusni o’zbek va ingliz tilida aytadilar 1-o’quvchi 1. Increasing the interest of young people in music, arts, literature, theater and other types of art; 2-o’quvchi. Enroll youth with sports, create the necessary conditions for this; 3-o’quvchi. The organization of effective use of computer technologies and the Internet by the population and young people; 4-o’quvchi. Enhancing the spirituality of young people, a wider propaganda of reading; 5-o’quvchi. Ensuring the employment of women. Siyosiy daqiqa . O`zbekiston va jahon mamlakatlarida bo`layotgan o`zgarishlar va yangiliklar bilan tanishtrish. Savol: 2019-yil qanday yil deb nomlandi? Javob: 2019– yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlandi. Savol: 2019 – yilda qanday ishlar amalga oshyapti. Javob: 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’naloshlari bo’yicha harakat strategiyasi amalga oshirilyapti. - 2019– yil – Iqtisodiyotga faol investitsiyalar jalb qilinyapti.. - Mahalliy sanoatni rivojlantirish orqali “kichik biznes” lar tashkil qilinyapti. - Aholini tabiiy gaz, elektr manbaidan unumli foydalanishga qaratilyapti. - Sportga katta ahamiyat berilyapti va sport inshootlari qurilmoqda. II. O’tgan mavzuni so’rash. O`tilgan mavzuni takrorlash “Sirli sandiq” o’yini orqali amalga oshiriladi. Tarqatma savollar tarqatilib o’tilgan mavzu mustahkamlanadi. III.Yangi mavzu bayoni: Milliy madaniy beriladi.Birinchi markazlar haqida slaydlar asosida Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan ma’lumot 1992-yil mamlakatimizda «Respublika baynalmilal madaniyat markazi» tashkil etildi. Vatanimizda bunday markazlar soni 137 tani tashkil qiladi. Quyidagicha savol javob tashkil etiladi; • O’quvchilar sizning sinfda ham turli millat vakillari o’qiydi. Qaysi millat vakillari bor? • Qozoq, qoraqolpoq,turkman va hokazo. • O’sha millat vakillari tilida 3 o’quvchi 3 ta turkman sher aytib beradi. Sinf o’quvchilari Annageldieva, Doshanov, Bazarbayevlar qozoq, qoraqalpoq, turkmantilida quyidagi she’rlarni o’qib beradilar. Qoragraqalpoq tilida Ana tilim sen basqadan ayirmam, Sen turg’anda men de adewir shayirman Sonsha qatal surginlerde jog’almay Bul kunlerge jetkenin’e qayilman. Qozoq tilida Aristanday aybbattim, Jolbaristay qayrattim Aspandag’an bayraqtim Qansha juldiz jaynattin’ Qansha bulbul sayrattin’ Qazaqstan ardaqtim. Turkman tilida Ata vatan ana toprak Duru guk yuzunde ishik Sachiyan guneshli nurum bar Dillerimde sene vatan Bir sinfda ta’lim –tarbiya olib, bir Vatanda yashab bir-birimiz bilan hurmatizzatda, totuvlikda, hamjihatlikda yashashimiz kerak. Sungra grammatik mavzu Iboralar mavzusi slaydlar asosida tushuntirildi. Ma’nosi bir so’zga teng keladigan ikki va undan ortiq so’zlar yigindisi ko’chma ma’noda kelsa ibora deyiladi. Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida keladi. Iboralar nutqni jozibali va ta’sirchan, badiiy ko’rsatadi. Masalan: qulog’i dihg bo’lmoq-hushyor bo’lmoq, qovog’idan qor yog’du-xafa bo’ldi, qildan qiyiq axtarib-ayb qidirib va hokazo Iboralar tilshunoslikda frazemalar, ularni o’rganadigan soha Frazeologiya deb ataladi. Iboralar o’zaro sinonim,omonimm,antonym ham bo’la oladi. Masalan: Boshi osmonga yetdi, do’ppisini osmonga otdi o’zaro sinonim ; ko’kka ko’tarmoq-yerga urmoq; bular o’zaro antonym iboralardir, Ana shu o’rinda «Aqliy hujum» metodi asosida Tepa sochi tikka bo’ldi, ilonning yog’ini yalagan, oyog’i tortmadi, yulduzni benarvon uradi kabi iboralarning ma’nolarini aytish, ularga sinonim va antonim iboralarni topish topshiriladi. Javoblar umumlashtirilib nazariy ma’lumotlar btriladi. Ibоrа mа’nо vа grаmmаtik jihаtdаn mа’lum bir so’z turkumigа mоs kеlаdi, shuning uchun hаm u bir butun hоldа mа’lum bir so’rоqqа jаvоb bo’lаdi vа gаpdа mа’lum bir gаp bo’lаgi vаzifаsini bаjаrаdi. Mаsаlаn, Hаmmа ishlаridаn ko’ngli to’q bo’lgаnidаn (to’ldiriuvchi) ikki kun ko’z оchib yumgunchа o’tib kеtdi. Gаp qаytаrishgа (to’ldiruvchi) o’zingiz erkаklаr ishigа burnini tiqаdi (kеsim). (P.T). IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Sinf o’quvchilari 3 guruhga bulinadi. Bular (Madaniyat, Ma’rifat,Ma’naviyat). mаjbur qildingiz. (S.Z). Nеgа Nur Iboralar ishtirokida zig-zag tarzida savol-javob o’tkaziladi. Javoblar o’qituvchi tomonidan ramziy rag’bat kartochkalari bilan taqdirlab boriladi. Sungra 3 guruhga test savollari tarqatiladi. Javoblarga qarab g’olib aniqlanadi va e’lon qilinadi. Testlar 1.Quyidagi iboralardan qaysisi omonimlik xususiyatiga ega? A) yuragiga g`ulg`ula tushmoq B) og`zi qulog`ida bo`lmoq C) boshga ko`tarmoq D) boshida yong`oq chaqmoq E) barcha javoblarda frazeologik omonimlar berilgan. 2. Ikki va undan ortiq mustaqil so`zlar birikib, bir ko`chma ma’noni ifodalash uchun xizmat qilsa, u qanday birlik hisoblanadi? A) qo`shma so`z B) ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasi C) frazeologik birikma D) so`z birikmasi E) metafora yoki metonimiya. 3. Iboralar til fanining qaysi bo`limida o`rganiladi? A) leksikologiyada B) fonetikada C) morfologiyada D) frazeologiyada E) orfoepiyada 4. "Oralaridan ola mushuk o`tdi" iborasi qanday ma'noni bildiradi? A) quvlamoq B) uzoqqa bormoq C) hayvon boqmoq D) urishib qolmoq E) yugurmoq. 5. Quyida ko`rsatilgan xususiyatlardan qaysi biri iboraga xos? A) nutq jarayonida hosil qilinadi B) lug`aviy birlik hisoblanadi C) tarkibidagi har bir mustaqil so`z gapning ma’lum bir bo`lagi bo`lib keladi D) obrazliligi kuchli bo`ladi hamda xotirada xuddi so`zlar singari tayyor holda saqlanadi E) B va D. Assesment metodi Test Savol Iboralarni o’rganuvchi fan qanday Ibora deb nimaga aytiladi nomlanadi? • Leksikologiya • Frazeologiya • Fonetika Topshiriq Klaster usulida iboralarga misollar yozing. V.Baholash: O’quvchilar darsdagi ishtiroklariga ko’ra baholanadi. VI.Uyga vazifa berish: Iboralarni qatnashtirib 6 ta gap tuzish Foydalanilgan adabiyotlar 1.Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Prezident Islom Karimovning IX sessiyasida so’zlagan nutqi.1997-yil 29-avgust.-T.»Sharq», 1997. 2. «Ta`lim to’g`risida «O’zbekiston Respublikasi» qonuni.11-modda. 3. Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-T. 2003. 4. Asqarova O’. M. Pedagogika.-Toshkent, «Talqin», 2008 5. Bo’ronov M, Qurbaniyozov.G. Pedagogik amaliyot-ixtisoslik kamoloti- Nukus, «Bilim», 1995 6. Bo’ronov M, Qurbaniyozov G Dars kuzatish- ma`suliyatli ish, Nukus, «Bilim», 1995 7. Gorskaya G.I. Organizatsiya uchebno-vospitatel`nogo protsessa v shkole - Moskva, «Prosveshenie», 1977. 8. Zunnunov A. Pedagogik tadqiqot metodikasi, -T.: 2000. 9. Yo’ldoshev Q. O’qituvchi kitobi. 7-sinf «O’zbek adabiyoti» darslik-majmuasi yuzasidan Metodik qo’llanma.-T.: «O’qituvchi», 1997. 10. Ksenzova G.Yu. Innovatsionnie texnologii obucheniya i vospitaniya shkol`nikov. M.: Pedagogicheskoe obshestvo Rossii, 2005. 11. Mavlonova R, To’raeva O «Pedagogika» -T, «O’qituvchi», 2001. 12. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi, «Nasaf», 2000. 13. Pazilov A.K. Pamyatka dlya uchashixsya-praktikantov.-Nukus, 1986, 32 b. 14. Pazilov A.K. Oquvshi-praktikantlar ushin pedagogikaliq esletpeler.- No`kis, 1990, 32 b. 15. Pazilov A.K. Student praktikantlar ushin pedagogikaliq ha`m metodikaliq esletpeler.- No`kis, «Bilim», 1993, 54 b. 16. Pazilov A.K. Student praktikantlar ha`m metodistler ushin pedagogikaliq esletpeler, No`kis, «Bilim», 1993, 78 b. 17. Pazilov A.K. Metodicheskaya rekomendatsiya po planirovaniyu raboti predmetnoy /tsiklovoy/ komissii pedagogiki i psixologii v pedagogicheskix uchilishax .-Toshkent, 1986, 8 b. 18. Umumiy o’rta ta`limning DTS va o’quv dasturi. Ta`lim taraqqiyoti axborotnomasi.-T.: «Sharq»,1999, 1-son. 19. Hoshimov K. Pedagogika tarixi. -T, «O’qituvchi», 1996. Mundarija 1.Pedagogik amaliyotni tashkil qilishning maqsad va vazifalari……………………..3 2.Pedagogik amaliyotning mazmuni…………………………………………………. 3.Pedagogik amaliyot davrida talabalarning…………………………. huquq va vazifalari……………………………………………………. 4.Amaliyotchining pedagogik amaliyot kundaligi……………………. 5.Amaliyotchining shaxsiy ish rejasini tuzishga qo’yiladigan talablar . 6.Amaliyotchining shaxsiy ish rejasi namunasi………………………. 7.Darslarni tahlil qilish malakalari…………………………………… 8.Aralash darslarni kuzatish va tahlil………………………………… qilishning pedagogik asoslari……………………………………… 9.Ona tili va adabiyoti darslarini kuzatish va…………………. tahlil qilish usullari………………………………………….. 10.Dars kuzatish va tahlilni rasmiylashtirish ………… 11.Dars tahlili bayonnomasini rasmiylashtirish texnologiyasi……….. 12.Amaliyotchining pedagogik amaliyot boyicha hisoboti…………… 13.Amaliyotchining pedagogik amaliyot boyicha hisoboti shakli……………………………………………………… 14.Dars ishlanmalari namunalari………………………………………. 15.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….. View publication stats