EHM uchun dastur (ma’lumotlar bazasi): “Pedagogika kolleji o‘quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o‘quv amaliyotlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish” (Musiqiy ta’lim kasbi misolida) REFERAT Mualliflar: Tokhtasheva Nodira Qaxramonovna. Huquqiy egasi: Tokhtasheva Nodira Qaxramonovna. Gaffarov Laziz Xasanovich Tuzilgan vaqti: 02.05.2022 Annotatsiya (vazifasi, qo‘llanilish sohasi, funksional imkoniyatlari ko‘rsatilsin): Mamlakatimiz hozirgi rivojini texnika va texnologiya sohasidagi salmoqli o‘zgarishlar bilan bog‘laydigan bo‘lsak, u holda aynan shu jihat jamiyatimizda ma’lum xususiyatlarga ega shaxsga ehtiyojni yuzaga keltirmoqda. Bu shaxs yangi va o‘zgarayotgan sharoitlarga tez moslashadi, doimo davrga moslashishga va mukammallikka intiladi, vujudga keluvchi muammolarni mustaqil hamda ijodiy hal etishga tayyor bo‘ladi. Pedagogika kolleji o’quvchilarning qobiliyat va iste’dodini har tomonlama rivojlantirish, shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogik jarayonning samaradorligi o'qituvchining o'z o'quvchilarini yaxshi tushunishi, o'rganish va o'rganishning turli usullaridan foydalanishiga bog'liq. Zamonaviy adabiyotlarda “ijod”, “ijodiy faoliyat” tushunchalari ilmiy kategoriya sifatida o‘rganilayotgan bo‘lsa-da, hali bu masalaning tadqiqiga kompeleks yondashuv yetarli darajada shakllangan emas.Ayniqsa, bu tushunchalarning kategorial apparatini tadqiq etish bo‘yicha xorijda muayyan yutuqlar qo‘lga kiritilgan bo‘lsada mamlakatimizda bu borada amalga oshirishi lozim bo‘lgan ko‘pgina masalalar hali ham ochiq turibdi. Jumladan: musiqiy – pedagogik ta’limni takomillashtirish, o‘quvchilarda milliy – musiqiy bilimlarga bo‘lgan ma’naviy ehtiyoj ortib borayotgan hozirga davrda qadimiy musiqiy qadriyatlarni maktab ta’lim tarbiya amaliyotiga joriy etish muammolarini tahlil qilgan. Ijodkorlikni rivojlantirish uchun bugungi kunda professional ta’limda bo‘lajak mutaxassislardan quyidagi sifatlar talab qilinadi: ● ular yuqori darajadagi bilim va kasbiy ko‘nikmalar asosida; ● ular pedagogik faoliyatni va ishlab chiqarish jarayonini tahlil qila oladigan; ● yangi nostandart g‘oyalarni ilgari sura oladigan; ● ratsional, zamonaviy talablarga javob beradigan metod va vositalarni; kasbiy va ilmiy axborotlarni o‘zlashtirishning yangi usullarini amaliyotda qo‘llay oladigan - bo‘lishi lozim. Pedagogika kolleji o‘quvchilarning kasbiy sifatlarini shakllanishi o‘qitish jarayonida shaxs ijodkorlik faoliyatining faolligi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘langan. Pedagogika kolleji ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitishning eng muhim vazifasi bu o‘quvchilarni kasbi bo‘yicha xabardorligini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratishdir. Ijodkorlik faoliyati uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rishni, eruditsiyani, qobiliyatlarni talab qiluvchi faoliyat hisoblanadi. Ijodkorlik faoliyati – inson faoliyati asosi, barcha moddiy va ma’naviy boyliklar manbaidir. Pedagogika kolleji o’quvchilarning ijodiy salohiyat va uning ijodiy faoliyat bilan o‘zaro aloqada tuzilma tarkibini quyidagilarga ajratish mumkin. Iqtidorli bolalarni aniqlash diagnostikasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Muayyan faoliyatga qiziqish, qobiliyatlarni aniqlash. 2. Umumiy iqtidorning zaruriy shartlarini ochib berish. Iqtidor (talant) – qobiliyatnining ikkinchi darajasi Iqtidorlilik yetarli darajada yuqori darajada rivojlangan va insonga har qanday faoliyat turini muvaffaqiyatli o'zlashtirish imkoniyatini beradigan turli xil qobiliyatlarning majmuini nazarda tutadi. Bunday holda, o'zlashtirish imkoniyati aniq nazarda tutilgan, chunki boshqa narsalar qatori, odam g'oyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va ko'nikmalarni bevosita o'zlashtirishi kerak. Yangi g'oyalar yaratish va ixtiroga moyilligini namoyish etish qobiliyatini taklif qiluvchi ijodiy; Iste’dod – qobiliyatning yuqori darajasi Agar ma'lum bir faoliyat sohasi uchun qobiliyatlarni namoyon etgan kishi ularni doimiy ravishda takomillashtirib tursa, ular unga qobiliyat borligini aytishadi. Shuni yodda tutish kerakki, ko'pchilik shunday o'ylashga odatlangan bo'lishiga qaramay, bu sifat ham tug'ma emas. Ijodiy qobiliyatlarning rivojlanish darajalari haqida gapirganda, iste'dod insonning ma'lum bir faoliyat sohasi bilan shug'ullanish qobiliyatining juda yuqori ko'rsatkichidir. Shunga qaramay, bu o'z-o'zini yaxshilashga intilib, doimo rivojlanib borishi kerak bo'lgan aniq qobiliyatdan boshqa narsa emasligini unutmang. Hech qanday tabiiy moyillik o'zingiz ustida qattiq ishlamasdan iste'dodni tan olishga olib kelmaydi. Bunda iste’dod qobiliyatlarning ma’lum birikmasidan shakllanadi. O’quvchilarning ijodkorligi (ijodiy qobiliyatlari)ning rivojlanish darajasini aniqlash. 1 Motivli-maqsadli o‘quvchi faoliyatiga shaxs sifatida munosabatda bo‘lishi. Uning qiziqishlari, maqsadlari, intilish ehtiyojlarini hisobga olish. 2 Mazmuniga ko‘ra – olgan bilimlari, malaka va ko‘nikmalari hamda integratsion bilimlarni hisobga olish. 3 Bilim, ko‘nikma malakalarni egallashda tashkiliy-metodik faoliyatni amalga oshirish. 4 O‘z faoliyatini baholash -o‘z tasvvurida o‘z-o‘zini, o‘z ijodiy faoliyati va uning natijalarini baholash orqali o‘z imkoniyatlarini aniqlash. EHM turi: Dasturlashtirish tili: Pentium-IV va undan yuqori Yii PHP Framework Operatsion tizim: Windows XP\7\8\10 Dastur hajmi: Kb ( 130024)