Uploaded by ASQAR KUNISHEV

4. Ta’lim jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari Reja-fayllar.org

advertisement
4. Ta’lim jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari Reja
4. Ta’lim jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari
Reja:
1. “Qonuniyat” va “tamoyil” tushunchalarining mazmuni.
2. Ta’lim jarayoninig umumiy va xususiy qonuniyatlari.
3. Ta’lim tamoyillari va ularning tasnifi.
Javoblar:
O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u didaktik prinsip (qonuniyat) larni qanchalik
to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. Ta‘lim qonuniyatlari bu - o’qitish jarayoniga qo’yiladigan
talablar yig’indisidir. Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va
hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim
qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni
tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish
amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda
e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi. Ijtimoiy sohalarning
rivojlantirishida milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va
umumbashariy qadriyatlarining ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida
ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirishga hamda ta’limni
boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim
muassasalarini mintaqalashtirishga e`tabor qaratilgan.
Ma’lumki, qonuniyat-bu barqaror, zaruriy u yoki bu xodisalar va jarayonlar o’rtasidagi
mutanosiblik va muhim aloqa. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o’quv jarayonining harakteri,
uning vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalari qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar
o’qitish jamiyat talablarini e’tiborga olmasa, u holda uni, albatta, qayta ko’rish, takomillashtirish
kerak. Demak, ta’lim berish, tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir
butunlikda amalga oshirish zarur.
Ifodalangan qonuniy didaktik aloqalarni va o’qitish qoidalarini ilmiy asoslangan o’zaro
bog’lanishda qo’llash ko’nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta’sirli o’zlashtirilishini
ta’minlaydi. O’qitishni aynan shunday natijaga qaratish uning onglilik, puxtalik, ta’sirchanlik
qoidalarini harakterlaydi.
Ta’limning mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bog’langan bo’lganligi uchun ham,
vazifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolari, ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlash kabilar asosida intensivlash o’z aksini
topishi kerak.
Har bir o’qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o’quv jarayonini samarali ko’rish - bu, ishda
o’zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi
yangi masalalarni xal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o’zaro aloqada
foydalanish demakdir.
O’qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va didaktik
qoidalarini e’tiborga olish zarur.
O’qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib
chiqadiki, buni o’qitish qoidalari deb ataladi. O’qitish qoidalarini bilish o’qitishning zarur
usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi.
Ta’lim qoidalari - o’qituvchining faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilmlarning
o’zlashtirilishi, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l – yuriqlarini
o’z ichiga oladi. SHu bilan bir vaqtda ta’lim qoidalari har ikkala faoliyatni, ya’ni o’qituvchi va
o’quvchi tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish
imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi.
Ta`lim o`qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o`zlashtirilishi,
tegishli ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yo`l-yo`riqlarni o`z ichiga
oladi.
Ta`lim tamoillari o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal
qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va
jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.
Ta`lim tamoyillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga
qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar tomonidan ilmiy
bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun
qoidalarining yig`indisiga aytiladi.
O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal
qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar
Ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qilinadigan qoidalar sifatida amal qiladi. Ta’lim
prinsiplari haqida tasavvurlar ikki xil yo’l bilan izohlanadi: 1) tasvir shaklida. Masalan, ilmiylik
prinsipi fan va o’quv predmeti o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Bu yerda ilmiylik prinsipi
tasvir orqali bayon qilingan; 2) qoida shaklida. Masalan, ta’limda oddiydan murakkabga qarab
boriladi. Bu jumlada tushunarlilik prinsipi qoidaga solingan, ya’ni normallashtirilgan. Ta’lim
prinsiplari qoida shaklini ollevergan sari, ulardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari ham
kengayaveradi.
Mutaxassislar ta’lim prinsiplari xususiyatlarini, asosan, o’qituvchi faoiliyatiga nisbatan
izohlashadi. Shu sababli ko’pchilik didaktik qo’llanmalarda “o’qitish prinsiplari” iborasi
ishlatilgan. Ta’lim prinsiplari talim jarayonining ikkala sub’eaktiga- ham o’qituvchi, ham
o’quvchiga daxldor. SHunga ko’ra biz ularni ta’lim prinsiplari deb nomladik. Ta’limni tashkil
etish, boshqarish va nazorat qilishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar,
qoidalar ta’lim prinsipi deb aytiladi.
Ta`limning ilmiylik prinsiplari
Maktablarimizda ta`limning ilmiy bo’lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning tabiat,
jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi qonun va qoidalarni dialektik materialistik asosda
egallab olishlarini, atrofini o`rab olgan ob`yektiv borliqdagi predmet, narsa, hodisa va
voqealarning bir-biriga bog`liqligi, hamisha harakatda va rivojlanishda ekanligini ilmiy
asoslarini anglab olishlarini, fakt va hodisalarni mustaqil tahlil qilish va xulosalar chiqarish,
shunindek, ularga o`zlashtirilgan ilmiy bilimlarning turmushda bilish ko`nikma va malakalarni
hosil qilish talabalarning o`z ichiga oladi.
Ta’limning ilmiy bo`lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning hozirgi fan va texnika
taraqqiyot darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollashtirishni hamda maktab
ta`limi davomida yoshlarni ilmiy bilimlar bilan tanishtirib borishni ta`minlashga qaratilgan.
Didaktikaning ilmiylik prinsipi maktab ta`limining mazmunigagina aloqador bo`lib qolmay,
o`qitish meto`dlariga ham aloqadordir.
U maktab ta`limi jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydala olishga qaratilgan o`qitish
meto`dlarini ham takomillashtirishni talab qiladi.
Shuningdek, o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, saviyasi va yosh xususiyatlariga mos
keladigan eng sodda shakldagi ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni ham talab qiladi.
Ayniqsa o`quvchilarni, atrofni, narsa, voqea va hodisalarni mustaqil suratda kuzatish,
eksperiment o`tkazish, dastlabki ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni talab qiladi.
Didaktikaning ilmiylik prinsipi o`quvchilar ilmiy materialistik dunyoqarashlarni shakllantirishga,
atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqni o`rganish, bilishga bo`lgan qiziqishlarni o`stirish,
shuningdek ularning mustaqil ravishda o`z ma’lumotlarini oshirishga mustaqil ilmiy ishlar olib
borishga bo`lgan moyilliklarini rivojlantirish ham zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar hosil
qilishga olib keladi. Bularning hammasi o`quvchilarning ijodiy faolliklarini oshiradi.
Ta`lim va tarbiyaning birligi
Ta`lim jarayonida o`quvchini tarbiyalash, jamiyatda o`z o`rnini topishga yo`naltirish, ularga
barkamol shaxs hislatlarini singdirish asosiy o`rinni tutmog`i lozim. Buning uchun:
a.
o`zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o`quvchilarda ilmiy materialistik asosda
dunyoqarash tarkib toptirish;
b.
shu jarayonda o`quvchilarga muayyan ma`naviy sifat, umuminsoniy ahloq meyorlarini
singdirish;
v) o`quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish nazarda tutiladi.
Ta`lim-tarbiyaning birligini taminlash, ta`lim jarayonini to`g`ri tashkil etish va xilma-xil o`qitish
meto`dlaridan unumli foydalana olishga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ta`lim bilan tarbiyaning
birligini ta`minlamoq uchun ayniqsa:
a) bayon qilinayotgan o`quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham g`oyaviy jihatda to`g`ri
yo`nalishga ega bo`lishi;
b) o`qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish;
v) bayon ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o`zlashtirish hamda turmushda ularga amal
qilinishi;
g) ta`lim jarayoni o`quvchilarning qiziqishini orttirish, faollik va tashabuskorliklarni oshirishga
qaratilgan bo`lishi;
d) ta`lim jarayonida o`quvchilarning saramjonlik, uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni
sezish, jamoatchilik hamda o`zaro yordam hislarini tarbiyalashga alohida ahamiyat bermog`i
lozim.
Ta`lim nazariyasining amaliyot bilan birligi prinsipi eng asosiy va yetakchi prinsipdir.
Nazariyaning amaliyot bilan birligi masalasi faqat didaktik prinsipgina bo`lmay qolmay, balki
o`quv tarbiya ishlarining hamma tomonini o`z ichiga oladi. Maktab ta`limi tizimida nazariya
bilan amaliyotning birligi prinsipi dastavval o`quv predmetlarning mazmuni va harakteriga
bog`liq holda o`qish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiy bilimlar puxta egallash, uning bir-biriga
mustahkam va uzviy bog`liq bo`lgan ikki tomonini:
Ta`lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi izchillik bilan amalga oshirilishi
oqibatidagina o`quvchilar o`quv materiallarining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyot
qonunlarini ilmiy asosda atroflicha to`g`ri tushinib va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur
bo`lgan ko`nikma va malakalar bilan qurollanadilar.
Ta`limda muntazamlilik va izchillik
Maktab ta`lim-tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o`quv predmetlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan,
uni fan va fanni o`rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uning o`rganish tizimi o`ziga xos
qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o`z ichiga oladi. Uni o`quv fanlari va predmetlariga
o`rganish tizimiga tadbiq etib bo`1maydi, bu mumkin emas. Shunday bo`lishiga qaramay bu ikki
tizim o`rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki bog`lanishlar mavjuddir. Shunga ko`ra,
maktab o`quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi,
ya’ni bir tomondan umumtalim maktablarda o`qitilayotgan fanlar ma`lum fan tizimi bilan o`zaro
mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan,
izchil muntazam o`qitilayotgan fanlar orqali o`quvchilarning bilish qobiliyati, o`zlashtirish
darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab
ta`limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Ya`ni
o`qitilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning o`quvchilarning oldindan
o`zlashtirgan bilimlari, ko`nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog`lanishi, shu bilan bir
vaqtda o`qitilayotgan fan yoki o`quv materiallarini o`zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki
yangi bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta`lim bosqichiga o`tish uchun zamin
yaratilishi nazarda tutmog`i lozim.
O`qituvchi kundalik o`quv materiallarini bayon qilishda muntazamlilik prinsipiga muvofiq dars
o`tadi. Bunda:
1) Yangidan bayon qilinayotgan o`quv materiallarining oldindan o`zlashtirilgan materiallar bilan
izchil bog`lanishini ta`minlash va shu orqali o`quvchilarda hosil qilingan tasavvur va
tushunchalarni hamda chuqurlashtirish;
2) Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining hajmiga muvofiq sur’atda qisimlarga bo`lish,
undagi yetakchi va bosh masalalarni ajratish qisimlardan kelib chiqadigan umumiy
tushunchalarni aniq va ravshan qilib o`qitish;
3) Yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o`quvchilarni mustaqil mantiqiy fikr qilishga
da`vat etish, shuningdek ijodiy urinishlarni tarbiyalash kabilar nazarda tutilmog`i lozim. Shu
bilan birga ta`limning muntazamlilik prinsipi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini
mustahkamlash va ilgari o`tilgan materiallarini to`ldirishga hizmat qilishi; o`quvchilarning
o`zlashtirgan bilim va hosil qilgan ko`nikma va malakalarni hisobga olib borishni ham o`z ichiga
oladi.
Ta`limning muntazamliligi uning izchilligi bilan bog`liqdir. Izchillikka asoslangan ta`limning
harakterli belgisi shundaki, u o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilim va malakalari
zamirida yangi bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, ularning o`zaro bog`lanishlarini
takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni hosil qilish jarayonida oldin o`zlashtirilgan bilim,
ko`nikma va malakalar yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni
ta`minlashga qaratilgandir.
Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik yo`ndoshuv
Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va bunda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlarini
tadqiq qilish hozirgi kunda o’z yechimini to’liq topgan emas.
Pedagogika fani yuksalishiga ko’plab olimlar o’z hissalarini qo’shib kelishgan. A. Zunnunov, U.
Mahkamov, J. Hasanboyev, R.Jo`rayev, K.Hoshimov, S.Nishonova, O.Hasanbayeva,
O.To`rayeva, O`.Tolibov, X.Ibragimov kabi yirik olimlarimiz pedagogika fanining hozirgi
kundagi dolzarb masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib borib, uning rivojiga muhim hissa qo`shib
kelmoqdalar.
Ta'lim nazariyasi, didaktika, ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari masalalari o’zbek mutafakkirlari
va ma'rifatpavarlarining, pedagog olimlari (S.Rajabov, A.Munavvarov, O.Roziqov,
R.Mavlonova, N.Toxtaxodjayeva, J.Hasanboyev, U.Mahkamov va boshqalar) ning ham diqqate'tiborida bo’lib kelgan. Ular tomonidan yaratilgan darslik va qo’llanmalarda didaktik prinsiplar
mohiyati yoritilgan.
Pedagog olimlarimiz M. Ochilov, N. Sayidahmedov, J. G’. Yo’ldoshev, N. Azizxodjaeva,
M.To’xtaxodjayeva, R.Mavlonovalarning ishlarida ta’limqonuniyatlari va prinsiplariga to’xtab
o’tilgan. O.Roziqov, B.Azizov, G.Najmiddinovalarning “Umumiy didaktika”sida ta’lim
prinsiplari tizimi va tavsifi berilgan.
YA.A.Komenskiyning buyuk xizmati shunan iboratki, u didaktika tarixida birinchi marta
ta’lim prinsiplarini tartibga solish masalasi bilan shug’ullandi. “Buyuk didaktika”
asarining XV-XVIII boblarida amaldagi prinsiplarpning ko’pchiligi asoslangan edi. 1975 yili
YA.A. Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari o’zbek tilida M.Ochilov muharrirligida chop
etilgan.
Bu sohada mutafakkirlarimizdan Ibn Sinoning fikrlari ham o’ziga xosdir. Uning «bilim orqali
erishiladigan natijalar» haqidagi ta'limoti o’qitish nazariyasida alohida o’rin egalladi. Uning
fikricha, buyumlarni chinakam bilish, tashqi ko’rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash
asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
So’ngi yillarda davriy nashrlarda va ilmiy jurnallarda tadqiqot mavzusiga doir bir qator
maqolalar xam chop etilgan bo’lib, ularda didaktik prinsiplarning ayrim jixatlari yoritib berilgan.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
1.
Didaktik qonuniyatlar.
2.
Gnoseologik qonuniyatlar.
3.
Psixologik qonuniyatlar.
4.
Kibernetik qonuniyatlar.
5.
Sotsiologik qonuniyatlar.
6.
Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va
qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich
qoidalardir.
Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher
Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko’rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi,
muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari,
layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va
tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi (1-ilovaga qarang). Ushbu mutafakkirlarimizning
quyidagi tamoyillarni ilgari surganini ko’rishimiz mumkin:
Al-Xorazmiy (757-850 yillar)

Mustaqillik (ijodiy faollik);

kuzatilgan voqea va hodisalarni tushuntirishda muntazamlik, ketma-ketlik;
Al-Kindiy (800-871 yillar)

o’qitishning ilmiyligi va ongliligi;

anglash faoliyatini faollashtirish;

mantiqiy fikrlash;

k´rgazmalilik;

tizimlilik, ketma-ketlilik va hokazolar
Al-Forobiy (870-950 yillar)
- amaliy va nazariy bilimlar ning hayot bilan bog’liqligi
- ilmiy bilimning qulayligi (anglashning ilmiy metodi);
- mantiqiylik va ketma-ketlik;
- ilmiylik, ko’rgazmalilik, tizimlilik (kuzatish va tajriba);
Al-Beruniy (973-1050 yillar)

o’quvchilarni ilmiy ma’lumot bilan qurollantirish;

ilmiy amaliyot;

tajriba va kuzatish;

o’qishning qulayligi (yaqindan uzoqqa, ma’lumdan no’malumga va boshqalar)
Ibn Sino (980-1037 yillar)

o’qitish tamoyillari: a) bolani birdaniga kitobga bog’lash mumkin emasligi; b) bola bilan
o’tkaziladigan mashqlar me’yorlashtirilgan va kuchiga mos, jamoaviy, uning jismoniy
mashqlarga muvofiq, bolaning qobiliyatini hisobga olishlik; v) o’qishda yengildan
og’irga muntazam borish; g) ko’rgazmalilik tamoyili; d) bolaning alohida shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olish metodlari: a) materialni bayon etishda tizimlilik va ketmaketlik; b)mantiqiy fikrlash; v)nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liqligi; g)umumiydan
xususiyga o’tish; d)o’quvchilarning mantiqiy fikrlashi; j)shaxsiy kuzatish; z)tajriba,
amaliyot va boshqalar.
Sa’diy (1184-1291 yillar)

bilimlarni amaliyotda qo’llash;

aqliy qobiliyatni rivojlantirish;

tizimlilik, bilimning tushunarliligi;

shaxsning faolligi tamoyili;

bilimning hayotiyligi amaliyot bilan bog’liqligi

mehnat ta’limi va boshqalarning yetakchilik roli
Jomiy (1414-1492 yillar)

ilmiylik;

amaliylik;

tizimlilik;

muntazamlik;

qulaylik;

bilimni amaliyot bilan bog’liqligi

egallangan bilimlarni mustahkamlash, amaliy ahamiyatliligi;

o’qitishning insonparvarliligi va boshqalar.
Alisher Navoiy (1441-1501 yillar)
-bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;
-onglilik, faollikni rivojlantirish;
muntazamlilik;
materialni bayon etishning qulayligi;
-o’qitishni insonparvarlashtirish;
-inson rivojlanishininng ko’p tomonlamalililigi va boshqalar.
Ta`limda onglilik va faollik
Ta`limda onglilik o`quvchilarning ilmiy bilimlarini asosli ravishda anglab, chuqur o`zlashtirib
olishlarini taqozo qiladi. O`quvchilarning ta`lim jarayonida onglilik bevosita ularning aqliy
faoliyatlari bilan fikr qilish faoliyati bilan chambarchas bog`liqdir. Odatda o`quvchilarning
ongliligi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini yoki tevarak atrofni o`rab olgan ob`ektiv
borliqdagi narsa, hodisa, voqealarini fikr qilish operatsiyasi-taqqoslash, analiz qilish, abstraksiya
va umumlashtirish natijasida ilmiy bilimlarning qonun-qoidalari hayotiyligiga ishonch bilan
qarashlarida, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishlarida ko`rinadi.
Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining ongli o`zlashtirlgani o`quvchilarning fikr qilish
faoliyatlariga ta`sir qilishi kuzatish natijasida ro`yobga chiqadi va ayni bir vaqtda bu jarayon
o`quvchilarning ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash o`zlashtirishlarga ongli,
mustaqil, faol munosabatda bo`lishlarini ta’minlaydi.
Ta’limni ongli o`zlashtirishda, bir tomondan, o`quvchilarning mustaqil va faol fikr qilishlari
nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o`quvchilarning mustaqil va
faollik bilan mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borish nazarda tutiladi.
Bu prinsip o`quvchilarning bilish faoliyatida va dars berishda asos qilib olingan qoida sifatida
uchta muhim jihatni:

o`quvchilar tomonidan o`quv materiallarini ongli ravishda tushinilishi, o`quv
mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishni, bilish faoliyatining shakllanishini o`z
ichiga oladi.
O`quvchilar o`quv materialini faqat faol bilish faoliyati jarayonidagina tushunishi, o`quv
mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishini, bilish faoliyatining darajasi turlicha bo`lishi
mumkin.
Eng yuksak daraja. O`quvchi qiziqishi va o`qish istagi borligi uchun mustaqil ravishda mehnat
qiladi. Uning darsdagi faolligi, mehnatsevarligi, bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu
o`rinda o`qituvchining ro`li o`quvchiga o`z o`qish vaqtini to`g`ri tashkil etishga yordam
berishidan, unga aqliy faoliyatining ratsional usullarni o`rgatishdan iboratdir.
Yuksak daraja. O`quvchilar materialni faollik bilan, lekin o`qituvchining rahbarligi ostida
o`rganadilar. O`qituvchi ularga qiyinchiliklarni yengishga, qat`iyatli , irodali bo`lishga
yordamlashgan holda ular faoliyatini yo`naltirib boradi.
O`rtacha daraja. O`quvchilar mazmunni o`zlashtirib olishga intiladilar, ammo turli sabablarga
ko`ra, ya`ni yaterli ish qobiliyatiga ega bo`lmagani, o`qish sababablarini yuksak bo`lmagani,
asab sistamasini ojizligi va shu kabi sabablarga ko`ra alaxsiydilar, diqqat-e’tiborsiz bo`lib
qoladilar. Bunday sharoitlarda o`qituvchi o`quvchining alaxsish sabablarini yaxshi tushinib
yetishi va profilatka tarzida ta`sir o`tkazish vositalarini oldindan rejalashtirib qo`yishi kerak.
Past daraja. O`uvchilarning diqqat-e`tibori boshqa narsalarga ham ko`chib qoladi. Ular
o`qituvchining izohlariga, kitobga, amaliy mashg`ulotlarga, mustaqil ishlashga uzoq vaqtga
qadar diqqatini qarata olmaydilar. Lekin o`quvchilar o’quv vazifasini anglaydilar va ularni
yechish lozimligini tushinadilar. Odatda bunday o`quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan
qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etishni talab qiladi.
Eng past daraja. O`quv vazifasi o’quvchi faoliyatini belgilamaydi. U materiallarni zarurat
bo`lganligi uchun o`zlashtiradi, ichki g`ayrat va omil tufayli emas, balki o`qituvchi, ota-onalar,
katta yoshdagilar majbur qilgani uchun o`qiydi. O`quvchilarning faolligi o`quv jarayonida
aloqasi yo`q faoliyati turlariga yo`nalgan bo`ladi. Odatda bunday o`quvchilar yomon o`qishadi,
ular individual yondashuvni talab qilishadi. O`quv jarayonida uddaburonlik bilan rahbarlik qilish
orqali maktab o`quvchilarining bilish faolligini yuksak darajada olib chiqish vositalarini topsa
bo`ladi.
Ta`limning ko`rsatmaliligi
Ta`limning ko`rsatmali bo`lishi prinsipi o`quv materiallarini o`quvchilar konkret obrazlar orqali
bevosita idrok qilishlarini ta`minlaydi. Kuzatilayotgan ob`ektning xarakteri yoki o`quv
materialining hususiyatiga qarab idrok qilish quyidagicha bo`lishi mumkin:
1.
hayotdagi narsa, hodisa va voqealarni yoki o`quv materiallarini to`g`ridan-to`g`ri
kuzatish orqali, bevosita idrok qilish yo`li bilan;
2.
ilgaridan sezilgan, idrok qilingan narsalar va o`quv materiallarining obrazlarini qaytadan
esga tushirish, tasavvur qilish yo`li bilan;
3.
narsa, hodisa va voqealar yoki o`quv materiallarini tasviri ifodalangan ko`rsatma
materiallarini namoyish qilish yo`li bilan idrok qilish mumkin.
Ta`lim jarayonida ko`rsatmali materiallarni qaysi yo`l bilan idrok qilishdan qat`iy nazar, to`g`ri
tashkil qilingan ko`rsatmalilik prinsipi ta`limning yetakchi qonun-qoidalar va talablarni amalga
oshirishda juda muhim didaktik masalalarni o`z ichiga oladi, ayniqsa:
1) bayon qilinayotgan mavzuni harakteriga mos keladigan ko`rsatmali materiallardan unumli va
to`g`ri foydalanish o`quvchilarni o`tilayotgan materiallarni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishlarini
oshiradi. Dars qiziqarli o`tadi, sinf o`quvchilarining faolligi oshadi.
2) ta`limda qo`llanilayotgan ko`rsatmali qurollar o`quvchilarning qanchalik yaqqol va konkret,
obrazli idrok qilinishini ta`minlasa va kuzatayotgan ob`ektga mumkin qadar sezgi organlari
safarbar qilinsa, o`quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o`zlashtiriladi, uzoq vaqt esda
saqlab qolish hamda qayta esga tushirish mumkin bo`ladi. Oqibatda o`quv materiallarining puxta
o`zlashtirilishi ta`minlanadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta’lim
tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat
olib borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda
kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu
faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning
tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda
muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda
kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. CHunonchi, bu borada O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish
uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy
vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday
yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak».
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan
talablar mazmuni anglaniladi. O’qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik
yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega
hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.
Ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish unga ta’sir etuvchi omillarga bog’liqdir. Bu
omillar ichki va tashqi omillardir.
Ichki omillarga diqqat va ustanovkalar, qiziqish kiradi, ya’ni ta’lim jarayonida o’qituvchining
o’quvchilar diqqatini tashkil qilishi, turlicha diqqat xususiyatlaridan foydalana olishi, diqqatning
barqarorlik va ixtiyoriylik xususiyatini shakllantirishdagi usullardan foydalanib talaba diqqatini
rivojlantirib borishdir. Shuningdek, o’quvchilarni ham o’ziga jalb qilish, o’zlashtirishda
qiynaladigan, diqqati tarqoq talabalar bilan o’zaro munosabatlar o’rnatishi ta’lim
muvaffaqiyatini belgilaydi.
O’quvchi har qanday ta’lim jarayonida ham, u o’quvchini qiziqtiradimi, zeriktiradimi undan
qatiy nazar dastur mazmunini egallashga tayyor turishlari, ustanovkalar ko’p jihatdan o’qituvchi
shaxsiga bog’liqdir.
Shuningdek, ichki omillarga bolaning dangasaligi, sustligi, o’z irodasini tashkil qila olmasligi,
layoqatining pastligi ham kiradi.
Tashqi omillarga o’quv materialining mazmuni va shaklini maqsadga yo’naltirish darajasi,
talabaning bir sinfda yoki kursda ikki yil qolishi, bir ta’lim muassasasidan ikkinchisiga ko’chib
o’tishi, o’qituvchilarni o’zgarib turishi va ularni o’quv jarayoniga munosabati, talabaning kasal
bo’lib qolishi kabilar kiradi. Bular talabalarning bilimlarni o’zlashtirishi va uni uqib olishiga
ta’sir qiladi va hatgo, o’zlashtirish jarayonini pasayishiga sabab bo’ladi.
Ta’lim-tarbiya sifatinini oshirish ham avvalo, o’qituvchiga, uning bilimi va mahoratiga, ta’limtarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llay olishiga bog’liqdir.
Shuning uchun har bir o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlasho’i va o’zida pedagogik mahoratni
shakllantirib va rivojlantirib borishi lozim.
Ta’lim prinsipi ta’lim – tarbiya jarayoniga asos bo’ladigan ta’limiy qonun-qoida ma’nosini
ifodalaydi. Darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda talaba va o’qituvchi faoliyatiga
qo’yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta’lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda
o’ziga xos tadqiq etiladi.
O‘quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‘lishi fan-texnikaning so‘nggi yutuq
va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi ilm-fandagi yangiliklardan
xabardor bo‘lishi lozim, o‘quv fanlari ham ilm-fan asosida yaratiladi. O‘qitishning ilmiylik
tamoyillari ta'lim jarayonida o‘quvchi-talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti
darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari
bilan tanishtirib borishga qaratilgan.
Ilmiylik ta'limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir. Shunday ekan, bilim, ilm-fan
bilan o‘quv predmeti o‘rtasida hamkorlik o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishiga erishish lozim. Ta'limning
hamma bosqichlarida ilmiy izoxlardan foydalanmoq lozim.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog‘lab olib borish ta'limning
yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan
amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Shundagina o‘quvchi-talaba o‘rganayotgan o‘quv
materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning
uchun o‘qituvchi ta'lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol
ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtirilishiga olib keladi.
Ta'limdaga onglilik va faollik, o‘quvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘proq bilishga intilish,
mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o‘zlashtirish o‘qitish
jarayonining psixologik tomonlarida o‘z ifodasini topadi.
O‘qitishda nazariy bilimlar qanchalik qatiy bayon etilsa, o‘quvchi-talabaning fikr yuritishi ham
shunchalik aniq va ravshan bo‘ladi va o‘quv materiallarini ongli o‘zlashtirish darajasi ham
oshadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi,
mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o‘zlashtirish
jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchining mashg‘ulotlarga munosabati
va bu jarayonda o‘zini qanday tutishiga e'tibor bermog‘i lozim. Yoshlardagi o‘qish istagi ta'lim
jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir. Shunday ekan, ta'limning samaradorli o‘qituvchining
o‘quvchilarni o‘qishga izchil va muntazam qiziqgirib borishiga bog‘liqdir. Buning uchun
o‘qituvchi, ularni o‘qishga ijodiy munosabatda bo‘lishga, mustaqillikka, ishchanlikka
odatlantirishi lozim.
Ta'lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy
ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli ta'lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir.
O‘qitib, tarbiya berish deganda bizda ta'lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligini tushunamiz.
Shunday ekan, maktab obro‘si, o‘qituvchi obro‘si, avvalo darsda shakllanadi. Til va adabiyot
darsimi, matematika darsimi har doim ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘rabilishi, tarbiya
usullaridan foydalanish lozim.
O‘quvchi-o`quvchi ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va
axloqiy sifatlari, imon-e'tiqodi va qobiliyati ham o‘sib rivojlanib boradi.
Ta'limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o‘qituvchi avvalo ta'limni uslubiy jihatdan
to‘g‘ri tashkil etashga, o‘quv materiallarining mazmuni bilan bog‘liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq
belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog‘liqdir. Shu bilan birga, o‘qituvchining
o‘quvchilar oldidagi obro‘-e'tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
O‘qitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko‘rsatish orqali o‘quv
materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o‘zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini
anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ko‘rgazmali
materiallar o‘rganilayotgan mavzuning mazyuniga mos kelishi, o‘quvchi-talabaning yoshi va
bilim darajasiga muvofiqlashgan bo‘lishi, hamda ulardan foydalanishning samarali yo‘l va
vositalarini qo‘llash va ishlab chiqish lozim. Ko‘rsatmali materiallar o‘quv predmetlarining
xarakgeri va mazmuniga qarab turli-tuman bo‘lishi mumkin. Jumladan:
a) buyum va narsalarni asli tabiiy holda ko‘rsatish (o‘simliklar, hayvonlar, gerbariy va
kolleksiyalar, laboratoriya mashg‘ulotlariga namoyishlar, ekskursiyalar chog‘ida ko‘rsatiladigan
buyum, narsalar).
b) tasviriy ko‘rsatmali materiallarni namoyish qilish (rasmlar, fotosuratlar, diafilmlar va
diapozitivlar, kinofilmlar va boshqalar).
v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko‘rsatish (o‘quv xaritalari, sxema, jadval va
maketlar).
g) ovozli ko‘rsatmali materiallar (gramplastinka, magnitofondagi yozuvlar, ovozli kinofilmlar).
Bilimlar turli yo‘l vositalari orqali puxta o‘zlashtirilgandagina, u mustahkam esda qoladi, bu esa
o‘quv materiallarni ongli o‘zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni bog‘lashga, ko‘rsatmalilikka
amal qilishga va bilimlarni takrorlash orqali mustahkamlashga bog‘liqdir. Ta'limning bosh
maqsadi esa bilishlarni sistemali va puxta o‘zlashtirishdir.
Ta'lim jarayonidaga muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o‘quvchi-talabaning o‘ziga xos
shaxsiy xususiyatlarini xisobga olganda erishish mumkin.Shuning uchun o‘qituvchida bolalar
psixologayasidan tegishli bilimlar yetarli bo‘lishi lozim. Dars jarayonida shu sinf o‘quvchilariga
tegishli umumiy xususiyatlarni va har qaysi o‘quvchiga tegishli xususiyatlar ta'limning har bir
bosqichida e'tiborga olinishi darkor. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni kuzatishi va
ularning ruxiy olamini o‘rganshpi lozim. Faqat shundagina o‘quvchidagi kamchiliklarning kelib
chiqishi sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi.
Majburiy umumiy o’rta va o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek o’quvchilarning
qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o’tish to’liq amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish
ta’minlanadi, uning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi,
o’quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan
ta’minlanadi, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to’liq ishga solinadi.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan
kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq kamrab olinadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari quyidagilar:
Shaxs kadrlar tayyorash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatiga
nazar tashlaydigan bo’lsak, u insonni intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan
uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs, fuqaroni
shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tariqa fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan
biri-bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasb bo’yicha
mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi.
Davlat va jamiyat - milliy modelning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanib - u ta’lim va kadrlar
tayyorash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar
tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Shuningdek, davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari,
yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ta’lim muassasalari faoliyatini
uyg’unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Uzluksiz ta’lim. Uzluksiz ta’lim malakaviy raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib,
ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va
uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy extiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. SHuningdek, uzluksiz ta’lim
ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh
kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Fan. Fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik
va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchidir.
Fan sohasida:
-Birinchidan, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yangi fundamental va
amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyolash tizimida ommalashtirish, o’rganish va foydalanish
uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;
-ikkinchidan, oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
-uchinchidan, kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatidan ta’minlash jarayoni
infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida
bilimning turli sohalari bo’yicha axborot bazasi shakllantirildi;
-to’rtinchidan, mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir bo’ladi,
zamonaviy fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlarni
xalqaro miqyosida almashinuvi amalga oshiriladi.
-Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarurdir:
ya’ni, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya
loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yo’li bilan ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan
aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
-ilg’or axborot va texnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental maydonchalar barpo etish
orqali ilmiy-tadqiqotlar natijalarini o’quv-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini
ro’yobga chiqarish;
-"Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini samarali tarzda bajarishni ta’minlash yuzasidan ilmiytadqiqot ishlarini olib borish;
-yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama
qo’llab quvvatlash;
-ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik ishlar darajasini baholashga zamonaviy
yondoshuvini ro’yobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar natijalari
tijoratlashuvi asosida olimlarning obro’-e’tibori va ijtimoiy malakasini oshirish;
-mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini faollashtirish, ta’lim sohasi
va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o’zaro
almashinuv jarayonini kuchaytirish;
Fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish tizimini ishlab
chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar
ta’sis etish, maxsus stipendiyalar sonini ko’paytirish, yoshlar ilmiy – texnika ijodiyotining
doimiy ishlaydigan ko’rgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etadi.
Shuningdek, milliy dasturda fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirishga ham alohida
e’tibor qaratilgan:
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg’or amaliy ilmiy tadqiqotlar o’tkaziladi, ta’lim sifati
davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish va ta’minlash maqsadida pedagogika
va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy–uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi.
Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki
rag’batlantiriladi, pedagogik va ilmiy–tadqiqot jarayonlarining aloqasi ta’minlanadi. Yoshlarning
fan–texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qo’llab quvvatlanadi. Nihoyat, Kadrlar
tayyorlash milliy modelining beshinchi tarkibiy qismi ishlab chiqarishdir.
Respublikamiz ta’lim tizimining asosini tashkil etuvchi uzluksiz ta’limni tashkil etish va ularni
rivojlantirish quyidagi prinsiplar asosida olib boriladi:
a) ta’limning ustuvorligi-uning rivojlanishining birinchi darajali axamiyatga ega ekanligi, bilim,
ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
b) ta’limning demokratlashuvi – ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari
mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat jamiyat tizimiga o’tilishi;
v) ta’limning insonparvarlashuvi- inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga bo’lgan
turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining
ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof- muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;
g) ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni xosil qilish, ularda
yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
d) ta’limning milliy yunaltirilganligi-ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan
uzviy uyg’unligi, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish,ta’limning
milliy taraqqiyotning o’ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va
madaniyatini hurmatlash;
e) ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni
shakllantirishga yo’naltirilganligi;
j) iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida,izchil ravishda
fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ta’limning, ya’ni uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:
-ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va
ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;
-ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot
va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda kasb-hunar
ta’limi dasturlarini tubdan o’zgartarish;
-majburiy umumiy o’rta ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o’tishni ta’minlash;
-maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan
yangi tipdagi o’quv muassasalarini vujudga keltirish;
-ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, chet el
investitsiyalari ko’lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish
bilan bog’liq ya’ni kasb-hunar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv
tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlarining ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta’lim
oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
-ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish,
ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish.
-ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy - ahloqiy intellektual va jismoniy
jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, maxallalar, hayriya va xalqaro
fondlarining rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga
oshirish;
-ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baxo berish tizimini yaratish va joriy etish;
-ta’lim va ilm-fan bilan bog’liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish
va rivojlantirish;
-tub yerli millatga mansub bo’lmagan shaxslarga zich yashaydigan joylarda ular o’z ona tillarida
ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;
-ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya
gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’lim tizimi va turlari belgilab qo’yilgan.
Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi Davlat ta’lim standartlari asosida,
turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va qo’yidagi ta’lim
turlarini o’z ichiga oladi, ya’ni ular quyidagicha:

Maktabgacha ta’lim

Umumiy o’rta ta’lim.

o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi

Oliy ta’lim

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

Maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik
umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa
umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o’tilishini
ta’minlaydi.
Ta’lim prinsiplari mohiyati
Didaktlar ta’lim prinsiplari mohiyatini yoritishda turli nuqtai nazarlarni asos qilib olishgan. K.
Sosinitskiyning fikricha. Ta’lim prinsiplari umumiy qonuniniyatlar bo’lib, ular o’quv-tarbiya
jarayonida qat’iy rioya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Uning fikricha, har bir prinsip ta’lim
jarayonining muayyan komponentiga taaluqli: ko’rsatmalilik prinsipi ta’lim vositalariga, bola
shaxsini rivojlantirish prinsipi ta’lim maqsadiga bog’liq.
Ta’lim prinsiplarini o’quv- tarbiya jarayoni komponentlariga bog’lab bayon etish tendensiyasimoyilligi Y. K. Babanskiy tadqiqotlarida ham uchraydi: ta’limning ilmiyligi, hayot va ishlab
chiqarish bilan bog’liqligi, sistemalilik, izchillik, tushunarlilik prinsiplari ma’lumot mazmuniga
ko’ra, onglilik va faollik ta’lim metodlari, vositalarini o’zaro uyg’unlashtirish prinsiplari ta’lm
metodlari hamda vositalariga ko’ra, o’quvchilarning indivudial guruh va frontal ishlarini qo’shib
olib borish prinsipi ta’lim turlariga ko’ra, bilim va maalakalarning puxtaliga prinsipi ta’lim
natijalariga ko’ra belgilanadi.
Ta’lim prinsiplarini o’quv-tarbiya jarayoni komponentlari mohiyatidan kelib chiqib belgilash
g’oyasi ularga yangicha yondashishdir. Ammo ta’lim prinsiplarini o’quv-tarbiya jarayoni
komponentlari asosida belgilash ularning umumiy qodalar ekanligini inkor qilishga olib keladi.
Zero, ta’lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga, o’qituvchi va
o’quvchi faoliyatiga, barcha o’quv predmetlarini o’qitish masalalariga daxldor umumiy talablar,
qodalardir.
Ta’lim prinsiplarini o’quv- tarbiya jarayoni qonuniyatlari asosida belgilash g’oyasi ham mavjud.
N.A. Sorokni ta’limning rivojlantiruvchanlik va tarbiyalovchanlik xususiyatlarini qonuniyat
sifatida belgilaydi va shular asosida ta’lim prinsiplari xususiyatlarini bayon etadi. V.I
Zagvyazinskiy ham o’quv-tarbiya jarayonida amal qiladigan qonuniyatlar va ta’lim prinsiplari
o’rtasidagi aloqadorlikni hisobga olib keyingilarini, ya’ni ta’lim prinsiplarini tasnif etadi.
Prinsiplarni ta’lim jarayoni qonuniyatlaridan kelib chiqib belgilash, garchand bu ularga yangicha
yondashish bo’lsa-da, u mohiyat bilan bilan zaruriyatgi tenglashtirishga hatto almashtirishga olib
keladi. Zotan qonuniyatlar kishiga, uning ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud.Boshqacha
aytganda, ular narsaning o’zida, o’rganilayotgan jarayonining tarkibiga amal qiladi. Faning
vazifasi shu qonuniyatlarni izlash, topish va izohlashdan iborat. Ta’lim prinsiplari, birinchi
navbatda, amaliyotga, binobarin, zaruriyatga daxldor. SHu tufayli ular ta’limni tashkil etish,
boshqarish va nazorat etish mezonlari sifatida amal qiladi.
Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta’limning barcha turlari (individul, guruh,
umumsinf), darajalari (boshlang’ich, o’rta, professional, oliy), sub’ektlari (o’qituvchi,
o’quvchilar kollektivi), o’quv-tarbiya jarayonining hamma komponntlari (ta’limning maqsadi,
vazifasi, vositasi, mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, natijalari)ga daxldor umumiy
qoidalardir. SHuningdek. Ular maktab rahbarlari, metodis va inspektorlar, ilmiy-pedagogik
izlanishlar olib boruvchi shaxslar, talabalar uchun ham zarur. Bulardan, ta’lim prinsiplarini
pedagogik faoliyat bilan mashg’ul kishilarning barchasi o’rganishlari lozim, degan xulosa kelib
chiqadi. Ta`lim prinsiplarini takomillashtirish bo`yicha olib borilgan islohotlarni eslaymiz.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov hali davlat mustaqilligini qo’lga
kiritmasdanoq Kadrlar Tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi: -"aytish kerakki
kadrlarni puxtaroq qilib tarbiyalamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va
qullab quvvatlamasdan, o’ylanmanki, birorbir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o’zgartirib
bo’lmaydi", degan edi.
Ta’lim sohasining isloh qilinishi arafasida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.Karimov o’tgan davr mobaynida amalga oshilgan tadbirlarni zamon talab qilayotgan darajada
emasligiga alohida to’xtalib o’tgan edi.
Bu birinchidan, eski sho’rolar davridan qolgan ta’lim tarbiya tazimida mafkuraviy qarashlarning
va sarqitlarning hali ham mavjudligida;
Ikkinchidan, ta’lim tarbiya va o’quv jarayonini bir- biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz
ta’lim tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarining o’z yechimi topolmay qolganligida;
Uchinchidan, Respublikamizdagi amaldagi ta’lim tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy
topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko’p joylarda yaqqol
ko’rinyotganligida, shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi
hayotimizda, jamiyatimizda bo’layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan
yaqinroq bog’lanmaganligida ham ko’zga tashlanib turganiligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.
Shuningdek, ta’lim sohasining ta’lim-tarbiya jarayonining ko’ngildagidek natija berishi asosan
o’qituvchiga borib taqalishini, ya’ni tarbiyachining saviyasiga, u qanchalik darajada zamonaviy
bilim, tajriba va ushbu bilim ko’nikmalarini o’quvchi onggiga qay darajada va qanday
metodlarni qo’llash orqali yetkazib bera olishi mumkinligini jiddiy muammo ekanligini alohida
ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, ta’lim jarayonida o’qituvchi yetakchilik rolini o’ynaydi.
O’qituvchi- bu davlat tomonidan belgilangan O’zbekiston uzluksiz ta’limining davlat ta’lim
standartlari doirasida ta’lim tarbiya beruvchidir.
O`qituvchi- (agar ta’lim tarbiyaning san’at deb qaraydigan bo’lsak) "direjyor", tarbiyalanuvchilar
esa bu jarayonda "ijrochilardir".
Prezidentimiz islohot arafasida qilgan nutqida maktablarning moddiy bazasi juda nochor ahvolda
ekanligini, birinchi navbatda qishloq joylardagi ahvol-vaziyat misolida ochiq tan olishimiz
kerakligini ta’kidlagan va bunga juda dolzarb masala sifatida qaradi.
Qishloq bolalarining bugungi ahvoli qanday, ularda ta’lim jarayoni qanday kechmoqda? Albatta,
bu masalalarni yurtboshimiz ta’kidlaganidek "birdaniga yechish qiyin, bu misollar bosqichmabosqich» amalga oshirilishi lozimdir. Bu muammolar hozirda o`z yechimini topdi, deyish
mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’limni isloh qilishda adabiyotlarning tutgan
roliga alohida e’tibor qaratdi. Darsliklar "eski qolipda, mustabid davrida yozilgan"ligini bu esa
o’z navbatida bolalarning erkin fikr yurita olish qobiliyatlarining shakllanishiga to’siq bo’lishini
isbotlab bergan edi.
Xalqaro hamkorlikda xorijiy tillarning tutgan o’rni alohida bo’lib, xorijiy tillarni o’rganishning
ahamiyatini Prezidentimiz alohida ta’kidlab shunday dedi:
"Ammo shunga alohida urg’u berishimiz zarurki, chet tillarni o’rganish min’bad ona tilini esdan
chiqarish hisobiga bo’lmasligi lozim". Zero, "o’z fikrini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon,
go’zal va lunda ifoda eta olmaydigan mutaxassisning rahbar kursisida o’tirganlarni bugun
tushunish ham, oqlash ham qiyin."
Бажарди: Технологик таълим
йўналиши 205-гурух талабаси
Юсупов Бекмурод Шералиевич
http://fayllar.org
Download