O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI J. Qulmuxamedov, A.Muхitdinov, S. Mirshaxo‘jayev AVTOMOBILLAR TUZILISHI O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 0.51.05.00 – Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida nashrga ruxsat etilgan “Excellent Polygraphy” Toshkent – 2021 UO'K 629.33(075.8) KBK 31.2ya73 M 93 Аvtomobillar tuzilishi [Matn] : o’quv qo’llanma / J. Qulmuhamedov, A.Muxitdinov, S. Mirshaxo‘jayev. -Toshkent: “Excellent Polygraphy”, 2021.- 160 b. O‘quv qo‘llanmada О‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va transport xizmatlarida keng tarqalgan avtomobillar va ixtisoslashtirilgan transport vositalarining agregat va tizimlarining vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipi hamda ularga servis xizmat ko‘rsatishning vazifasi va tuzilmasi keltirilgan. Ma’lumotlar, mohiyatlar va materiallar yozilishi professional ta’lim tizimi uchun mutaxassislik fanini oson qabul bо‘ladigan matnda bо‘lishiga alohida e’tibor qaratildi. O‘quv qo‘llanma 3.51.05.01 – Avtomobillarni ta’mirlash chilangari ta’lim yо‘nalishining Malaka talablari asosida yozilgan hamda darslik "Avtomobil tuzilishi” fani bо‘lgan barcha ta’lim yо‘nalishlari uchun ham tavsiya qilinadi. O‘quv qo‘llanmadan professional ta’lim tizimi о‘quvchilari, pedagoglari hamda avtomobilsozlik va avtomobil transporti korxonalari muhandislari, texnik xodimlari foydalanishlari mumkin. Taqrizchilar: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi “O‘zavtotransxizmat” ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktor o‘rinbosari, t.f.n. SH.I.Erbekov Toshkent davlat transport universiteti Intellektual transport tizimlari kafedrasi dotsenti, Texnika fanlari nomzodi R.S.Xikmatov ISBN – 978-9943-7821-2-9 © “Excellent Polygraphy”, 2021 SО‘Z BOSHI О‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror о‘sishi va sur’atlarini ta’minlashda hom ashyo ishlab chiqarishdan raqobatbardosh tayyor sanoat mollarini ishlab chiqarish hajmini oshirish siyosati oqilona yо‘l ekanligini isbotladi. Jamiyatimizning rivojlanish jadalligini ta’minlashda yuqori malakali kadrlar alohida о‘ringa ega. О‘zbekistonda ta’lim islohatlarining ilg‘orligi zamon talab kadrlarga oshayotgan talablarga mos bо‘lishi zarur. Kadrlarimizning xalqaro maydonga chiqishi va nufuzli e’tiborga sazovor bо‘lishiga yо‘naltirilgan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” Farmonini ta’limdagi yangi islohot deb tushunish kerak. Ushbu o‘quv qo‘llanma Qaror talablarini bajarishga qaratilgan tadbir maqsadida yaratildi. Iqtisodiyot rivojlanishida avtotransportning va yо‘l kommunikatsiyalarining ahamiyati katta. Shuning uchun ichki bozorimizni ta’minlab chet elga eksportbop avtomobil ishlab chiqarish sanoati ustivor tarmoqlar qatoriga kiritilgan. Ustuvor tarmoq kadrlarini mutaxassislik bilimlari bilan bir qatorda chet tilini yuqori saviyada egallashlari alohida talab etiladi. Shuning uchun, avtosanoat korxonalari uchun zamonaviy konstruksiya va texnologiya yaratuvchi, transport xizmatini tashkil etuvchi va undan samarali foydalanuvchi mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim muassasalarining mas’uliyati yuqori. Zamonaviy bozorda xilma-xil vazifalari, texnik tavsiflari, narxlari va hokazo bilan katta farq qiladigan avtomobillar 3 modellarini uchratish mumkin. Bunday holatning asosiy sabablaridan – bozordagi kuchli raqobat. O‘quv qo‘llanmada О‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va transport xizmatlarida keng tarqalgan avtomobillar va ixtisoslashtirilgan transport vositalarining agregat va tizimlarining vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipi ikki tilda uzviy keltirilgan. Ma’lumotlar, mohiyatlar va materiallar yozilishi bakalavr uchun mutaxassislik fanini va ingliz tilini oson qabul bо‘ladigan matnda bо‘lishiga alohida e’tibor qaratildi. O‘quv qo‘llanma mualliflarning uzoq yillar mobaynida Toshkent Transport Universiteti hamda Toshkent avtomobil va yо‘llar texnikumida uslubiy va ilmiy faoliyatlari natijalari va zamonaviy avtomobillardagi konstruktiv yangiliklarni hisobga olgan holda yozildi. O‘quv qo‘llanma 0.51.05.00 – “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” ta’lim yо‘nalishida о‘qiladigan “B va C toifadagi avtotransport vositalarining tuzilishi va ularga servis xizmat ko‘rsatish” fanning о‘quv-uslubiy majmuasi tarkibiga kiradi. 4 I BOB. UMUMIY MA’LUMOTLAR 1.1. TRANSPORT VOSITALARINING TASNIFI Turli xildagi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar transport vositalarini tashkil etadi. Avtomobil - о‘zi harakatlanuvchi (autos-grekcha о‘zi, mobilis-lotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi. Avtomobil - mustaqil energiya manbaiga ega bо‘lgan, quruqlikda relssiz yо‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga о‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mо‘ljallangan kamfortabellik va xavfsizlikka ega bо‘lgan g‘ildirakli mashinadir. Vazifasiga kо‘ra avtomobillar transport, maxsus va poyga avtomobillariga bо‘linadi. Transport avtomobillariga passajir, yuk va yuk-passajir avtomobillari kiradi. Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mо‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlangan bо‘ladi. Bularga sanitariya, о‘t о‘chirish, kо‘cha supirish, yuk ortish avtomobillari kiradi. Poyga avtomobillari sport avtomobillari bо‘lib, avtomobilsport poygasida qatnashishga mо‘ljallangan. Yuk avtomobillari yuk tashish uchun xizmat qiladi. Passajir avtomobillari yо‘lovchilarni tashish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, ular ikkiga bо‘linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar. О‘rindiqlar soni haydovchi о‘rindig‘i bilan birga 8 tagacha bо‘lsa yengil avtomobil, 8 tadan ortiq bо‘lsa avtobus deb ataladi. 5 Bortlari ochiladigan universal kuzovli avtomobillarda xilma-xil yuklar tashiladi. Sochiluvchan yuklar о‘zi ag‘daradigan (samosval) avtomobillarda, suyuqliklar sisternali avtomobillarda, oziq-ovqatlar refrejerator-furgonlarda tashiladi. Bu avtomobillar ixtisoslashtirilgan avtomobillar deyiladi. Har xil yо‘llardan harakatlanish imkoniyatlariga qarab oddiy va о‘tag‘on avtomobillar bо‘ladi: 1. Avtomobil qatnovga moslashtirilgan qattiq qoplamali yо‘llarda harakatlanuvchi yetakchi g‘ildiraklar bitta о‘qda bо‘lgan avtomobillar oddiy avtomobillar deyiladi. 2. Yomon va moslashtirilmagan yо‘llarda harakatlanuvchi ikkita va undan kо‘p о‘qi yetakchi bо‘lgan avtomobillar о‘tag‘on avtomobillar deyiladi. Avtomobilga ikki va undan ortiq harakat vositalarini (tirkama va yarim tirkamalar, 1.1-rasm) ulanishidan tashkil etilgan avtoulov - avtopoyezd deb ataladi. 1.1-rasm Tirkamalar turlari: a - bir о‘qli tirkama; b-ikki о‘qli tirkama; v-yoyma-tirkama; g-yarim tirkama. 6 Avtopoyezdlarning qо‘llanilishi ish unumdorligini oshiradi va yuk tashish narxini kamaytiradi. Avtomobil zavodida bir xil agregat va mexanizmlardan turli avtomobillar ishlab chiqarilsa, ulardan biri odatda eng kо‘p chiqarilayotgan avtomobil modeli asosiy deb qabul qilinadi. Asosiy model konstruksiyasidan qisman farq qiluvchi avtomobil-modifikatsiya deb ataladi.Avtomobillarni klassifikatsiyalash va belgilash uslublari milliy, mintaqaviy, xalqaro bо‘ladi. Yevropada yengil avtomobillar gabarit о‘lchamlariga qarab klassifikatsiyalanadi. Gabarit о‘ lchami, sm Klassi Uzunligi Baza Eni Balandligi A V S D E F do 365 215245 145160 135148 360380 235250 155165 135148 380440 240270 167174 133144 430470 250270 167177 136143 430470 250270 167177 136143 470510 270300 180190 140150 Minivan 450-480 270-300 175-190 165-180 Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komiteti ishlab chiqqan Qoidalarga muvofiq yо‘l transport vositalarining barcha turlari qamrab olgan quyidagi klassifikatsiyalash tizimi joriy qilingan: Turi Tur xili Transport vositasi Tо‘liq massasi L L1, L2 Ikki va uch g‘ildirakli Meyorlanmaydi 7 Dvigatel ish hajmi Izoh 50 sm3 va undan kichik Mototsikl, motoroller L3L5 M1 M M2 M3 N1 N N2 N3 O O1 O2 O3 O4 Chegaralanmagan 4 g‘ildirakdan kam bо‘lmagan va 8 ta Meyorlanm yо‘lovchiaydi gacha tashishga mо‘ljallangan Yuqoridagi dek, 8 5,0 gacha о‘rindiqdan kо‘p bо‘lgan Yuqoridagi dek, 8 5,0 dan о‘rindiqkatta dan kо‘p bо‘lgan 4 g‘ildirak3,5 gacha dan kam bolmagan va yuk 3,5 ... 12,0 tashishga mо‘ljallan 12,0 katta gan Chegaralanmagan Dvigateli bо‘lmagan transport vositasi Chegaralanmagan 0,75 gacha 0,75 ... 3,5 3,5 ... 10,0 10,0 katta 8 Yengil avtomobillar Avtobuslar Avtobuslar, shu jumladan qо‘shaloqlilari Yuk va maxsus avtomobillar Yuk va maxsus avtomobillar hamda tayagachlar Tirkama va yarim tirkamalar Yevropada Shimoliy Amerikada Xitoyda A M Mini compacter - Small cars MultiPurpose Vehicles (MPV) Captiva Malibu Epica Lacetti Cobalt Nexia Spark Matiz Modellar Damas “GM Uzbekiston” QK avtomobillarining turli yurtlarda klassifatsiyalanishi C E J Sub- compact cars Midsize cars intermediates Midsize SUV Category A Category B Sport Utility Vehicles (SUVs) Mustaqil davlatlar hamdо‘stligi (MDH)da ishlab chiqarilayotgan avtomobillar tarmoq me’yori (ON-025270-66) bо‘yicha harf va raqamlar bilan belgilanadi. Dastlabki harf belgisi avtomobil ishlab chiqargan zavodni, undan keyingi 5ta raqamlardan dastlabki ikki raqam avtomobil klassini va turini, keyingi ikki raqam avtomobil modelini, sо‘nggi beshinchi raqam avtomobil modifikatsiyasining tartib raqamini bildiradi. MDX hududida ishlab chiqilgan avtomobillar klassi quyidagicha raqamlanadi: Yengil avtomobillar Dvigatel ning ish hajmi, [l] Raqamlanishi Mikro litrajli Kichik litrajli О‘rta litrajli Katta litrajli 1,2 gacha 1,2-1,8 1,8-3,5 3,5 dan yuqori 11 21 31 41 9 Avtobuslar Klassi Uzunligi, [m] Juda kichik Kichik О‘rtacha Katta 5 gacha 5-7,5 8-9,5 10,512 16,5 dan uzun 22 32 42 52 62 Raqamlani shi Juda katta Yuk avtomobillar Raqamlanishi Tо‘liq vazni, [t] Bortli platforma О‘rindiqli tortqich О‘zi ag‘daruvchi Sisternalar Furgon Maxsus 1,2 gacha 13 1,2.. 2,02,0 8 23 33 814 43 1420 53 2040 63 40 dan yuqori 73 14 24 34 44 54 64 74 15 16 17 19 25 26 27 29 35 36 37 39 45 46 47 49 55 56 57 59 65 66 67 69 75 76 77 79 Nazorat savollari 1. Vazifasiga kо‘ra avtomobillarning turlari. 2. Qanday passajir avtomobili avtobus deyiladi? 3. Qanday avtomobillar “ixtisoslashtirilgan” deyiladi? Zavodda qanday avtomobil modeli bazaviy qilib olinadi? 1.2. AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHI Avtomobil – mustaqil energiya manbai bor, harakatlanadigan mashina. Avtomobil, asosan, yо‘lovchi yoki yuk tashishga mо‘ljallangan bо‘ladi. Bu vazifalarni yengil, yuk avtomobillari va avtobuslar bajaradi. Bunday avtomobillar umumiy foydalaniladigan avtomobillar deb yuritiladi. Aniq vazifani bajarishga 10 mо‘ljallangan avtomobillar maxsus avtomobillar deb ataladi. Ularga tibbiy tez yordam, о‘t о‘chiruvchi, sport va boshqa maxsus vazifali avtomobillar kiradi. Avtomobil tuzilishi usluban uch qismga – dvigatel, shassi va kuzovga bо‘linib о‘rganiladi. Avtomobilni harakatlantiruvchi mexanik energiyani dvigatel sodir qiladi. Dvigatel issiqlik, elektr, shamol, quyosh yoki yana boshqa turdagi energiyalarni mexanik energiyaga aylantirish uchun xizmat qiladi. Kuzov haydovchini va tashiladigan yо‘lovchilarni, yukni joylashtirilish uchun xizmat qiladi. Avtobus va yengil avtomobillarda kuzovni salon deb ham yuritiladi. Salonda haydovchi va yо‘lovchilar uchun sharoit yaratilgan. Yuk avtomobillarining kuzovi, odatda, haydovchi uchun kabina va yuk uchun alohida kuzovdan tashkil topgan bо‘ladi. Shassi – dvigatel energiyasidan avtomobilni haraktlanishini ta’minlaydigan qismlar majmuasidir. Shassi tarkibiga transmissiya, harakat boshqarmalari va yurish qismi kiradi. Transmissiya dvigatel 1 (1.2-rasm) momentini yetakchi g‘ildiraklarga uzatadi. Transmissiya tarkibiga ilashish muftasi 6, uzatmalar qutisi 7, kardanli uzatma 8, asosiy uzatma 9 va ichidagi differensial 10 va yarim о‘qlar 11 kiradi. Boshqarmalar avtomobil harakat yо‘nalishini va tormozlanishini boshqarish uchun xizmat qiladilar. Boshqarmalarga rul boshqarmasi va tormoz boshqarmasi kiradi. Rul boshqarmasi avtomobil harakat yо‘nalishini boshqarishga xizmat qiladi. U rul mexanizmi va rul yuritmasiga bо‘linadi. Rul mexanizmi qismlari: rul chambaragi 15, rul mexanizmi 16. Rul yuritmasi qismlari: bо‘ylama va kо‘ndalang tortqi 17, rul trapetsiyasi 18. 11 1.3. IXTISOSLASHTIRILGAN TRANSPORT VOSITALARI Yuk avtomobillarining umumiy vazifali va ixtisoslashtirilgan turlari bо‘ladi. Bort platformalilari umum vazifali yuk 12 avtomobili deb yuritiladi. Ular turli turdagi yuklarni tashish mumkin. Ixtisoslashtirilgan avtomobillar ma’lum turdagi yuklarni tashishga mо‘ljallangan – ixtisoslashtirilgan. Ixtisoslashtirilgan avtomobillar vazifasiga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi: Ixtisoslashtirilgan avtomobillar tushirish-yuklashni ta’minlovchi qurilmalar bilan ham jihozlanishi mumkin. Avtomobil-samosval - о‘zi tushiruvchi platforma (kuzov) bilan jihozlangan. Avtomobil-furgon-yuklarni tashqi ta’sirdan himoya qiladi. Bikr yopiq kuzov bilan jihozlangan. Avtomobil-sisterna - suyuq, gazsimon va sochiluvchan yuklarni tashiydi. Rezervuar va turli tо‘ldirish-tо‘kish qurilmalari bilan jihozlangan. О‘zi yuklovchi avtomobillar - yuklarni yuklash-tushirishga mо‘ljallangan mustaqil moslamalar bilan jihozlangan. Uzun о‘lchamli yuklarni tashuvchilar-yog‘och-materiallari (lesa), quvur (truba) va sortli metallarni (metalli prokat) tashishga moslashtirilgan. Qurilish konstruksiyalarini tashuvchilar - bir xil nomli temirbeton qurilish konstruksiyalarini (panel, ferma, plita, balka, blok, santexkabina) tashishga moslashtirilgan. Og‘ir vaznli yuklarni tashuvchilar bо‘linmaydigan (ajratilmaydigan) yirik gabaritli, gabaritli emas va og‘ir vaznli yuklarni tashishga moslashtirilgan. Ularga transformatorlar, atom reaktorlari, turbinalar, turli qurilish va yо‘l yer qazuvchi mashinalar va hokazolar kiradi. Konteyner tashuvchilar avtomobil, temir yо‘l va dengiz floti, universal konteynerlarini tashishga moslashtirilgan. 13 Ixtisoslashtirilgan avtomobillar umum vazifali avtomobillarga taqqosiy ravishda quyidagi afzalliklarga ega: 1. Tashishda yuklarni sifatini hamda miqdorini yuqori darajada saqlanishligi. 2. Tushirish-yuklash jarayonini mexanizatsiyalashtirish imkoniyati. 3. Spetsifik yuklarni tashish imkoniyati. 4. Idishga (tara) bо‘lgan xarajatni kamaytirilishi. 5. Yuklarni tashishda qо‘shimcha operatsiyalarni istisno qilishligi. 6. Ba’zi bir yuklarni tashishda havfsizlikni oshirish va sanitariya-gigiyena sharoitini yaxshilash (kimyoviy moddalar va chang tarqatuvchi yuklar). Hozirgi paytda yuklarni qariyb 75-80 foizi ixtisoslashtirilgan avtomobillarda tashilmoqda. Nazorat savollari 1. Vazifasiga kо‘ra ITVning qanday turlari mavjud? 2. Qanday ITV “samosval” deyiladi? 3. Sisternalar yordamida qanday yuklar tashiladi? 4. Avtomobil furgon qanday yuklarni tashiydi? Oddiy avtomobillarga nisbatan ITVlarning qanday afzalliklari mavjud? 14 II BOB. DVIGATEL 2.1. AVTOMOBIL DVIGATELLARINING TASNIFI. UMUMIY TUSHUNCHALAR VA ASOSIY PARAMETRLAR Yonilg‘i yonishidan hosil bо‘ladigan enеrgiyani mexanik energiyaga aylantiradigan dvigatellar ikki xil bо‘ladi: ichki yonuv va tashqi yonuv dvigatellari. Avtomobillarda ichki yonuv dvigatellari (IYOD) keng tarqalgan. Avtomobil IYODlari quyidagi belgilari bilan tasniflanadi: 1. Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga kо‘ra: a) yengil suyuq yonilg‘i (benzin, gazokondensat) bilan ishlaydigan; b) og‘ir suyuq yonilg‘i (gazoyl, solyarka) bilan ishlaydigan; v) gazsimon yonilg‘i (tabiiy, sanoat va sintetik gazlar) bilan ishlaydigan. 2. Yonuvchi aralashma hosil qilish usuliga kо‘ra: a) silindrdan tashqarida yonuvchi aralashma hosil qiluvchi (karbyuratorli, gazda ishlaydigan va purkash tizimli); b) silindr ichkarisida aralashma hosil qiluvchi (dizel, purkash tizimli). 3. Ish aralashmasining alangalanishi bо‘yicha: a) majburan alangalanuvchi (elektr uchqunidan); b) siqish natijasida alangalanuvchi (dizel, purkash tizimli). 4. Ish siklini amalga oshirish bо‘yicha: a) tо‘rt taktli; b) ikki taktli. 5. Silindrlarning soni va joylashuviga kо‘ra: a) bir va kо‘p silindrli; 15 b) bir qatorli (vertikal, burchak ostida, gorizontal joylashgan); v) ikki qatorli (V- simon yoki bir-biriga qarama-qarshi (oppozitli) joylashgan). 6. Sovitish usuli bо‘yicha: suyuqlik yoki havo bilan sovitiladigan. 2.1-rasmda tо‘rt taktli benzinli dvigatelning soddalashgan sxemasi keltirilgan. Kallak 1 bilan yopilgan silindrga 5 porshen 6 о‘rnatilgan. Porshen barmoq 7 va shatun 8 yordamida tirsakli val 9 bilan ulangan. Val uchiga og‘ir g‘ildirak – maxovik 10 biriktirilgan. Porshen silindrda ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Porshen yо‘lining chekkalari yuqori chekka nuqta (YUCHN) va pastki chekka nuqta (PCHN) deb nomlanadi. Bu nuqtalarda porshen harakat yо‘nalishini о‘zgartiradi. Porshen yо‘li S tirsakli valning yarim aylanishiga (1800) mos. Tirsakli val о‘qidan shatun bо‘ynini о‘qigacha bо‘lgan masofa krivoship radiusi R deb ataladi. Demak, . Porshen yо‘li S va silindrning diametri D dvigatelning asosiy kо‘rsatkichlaridan biri. Agar S/D < 1,0 bо‘lsa – qisqa yо‘lli, S/D = 1,0 bо‘lsa – kvadratli, S/D > 1,0 bо‘lsa – uzun yо‘lli dvigatel deyiladi. Porshen YUCHN holatida turganda uning yuqorisida hosil bо‘lgan bо‘shliq yonish kamerasining hajmi Vc deyiladi. Porshen PCHN holatida turganda uning yuqorisida hosil bо‘lgan bо‘shliq silindrning tо‘la hajmi Va deyiladi. Porshen yо‘lidagi hajm silindrning ish hajmi Vh deyiladi. 16 . Silindr tо‘la hajmining yonish kamerasi hajmiga nisbati siqish darajasi deyiladi ε = Va/Vc. Silindrlar ish hajmlari yig‘indisi dvigatel litraji deyiladi. 2.2. TО‘RT TAKTLI DVIGATEL Tirsakli val aylanishida porshen YUCHN dan uzoqlashadi va ustki qismida bosim pasayadi. Kiritish klapani 2 ochiq. Silindrga yonuvchi aralashma kiradi. Porshen PCHN ga yetganda kiritish kanali yopiladi. Tirsakli valni keyingi aylanishida porshen YUCHNga harakatlanadi. Porshen YUCHN ga yetganda ishchi aralashma yonish kamerasiga siqiladi. Siqish natijasida ish aralashma harorati kо‘tariladi. Yondirish shami (svecha) 3 bilan uchqun hosil qilinadi. Ish aralashmasi portlab alangalanadi. Porshen yuqorisida harorat va bosim keskin oshadi. Bosim kuchi porshenni PCHNga harakatlantiradi va tirsakli valni aylantiradi. Issiqlik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Porshen PCHNga yetganda chiqarish klapani ochiladi. Val bilan aylangan maxovik inersiyasi porshenni YUCHNga harakatlantiradi. Porshen silindrdan ishlatilgan gazlarni haydaydi. Tо‘rtta takt amalga oshirildi. Tirsakli valni aylanishida silindrdagi avvalgi barcha jarayonlar takrorlanadi. Demak, silindrda yonuvchi aralashmani kiritish, uni siqish, gazlarning alangalanishi va bosimidan kengayish, ishlatilgan gazlarni chiqarish kabi jarayonlar sodir bо‘ladi. Tо‘rtta jarayondan faqat bittasida –kengayishda foydali ish bajariladi. 17 Ushbu jarayon ish yо‘li deb ataladi. Qolganlari yordamchi hisoblanadi. Ular maxovikda tо‘plangan inersiya energiyasi evaziga bajariladi. Bu jarayonlar majmui dvigatelning ish sikli deyiladi. Takt – porshenning bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka nuqtaga harakatlanganda sodir bо‘ladigan jarayon. Porshenning tо‘rtta yurishida sodir bо‘ladigan ish sikli dvigatel tо‘rt taktli, porshenning ikki yurishida sodir bо‘ladigan ish siklli dvigatel ikki taktli deyiladi. Dvigatel ish jarayonini kо‘rib chiqishda indikator diagrammasidan (2.1-rasm) foydalaniladi. Indikator diagrammasi deb, silindrdagi bosimni porshenning ustidagi hajmga bog‘liq grafigiga aytiladi. 2.1-rasm. Tо‘rt taktli benzinli dvigatelning sxemasi: 1-blok kallagi; 2-kiritish klapani; 3-sham (svecha); 4-chiqarish klapani; 5-silindr bloki; 6-porshen; 7-barmoq; 8-shatun; 9-tirsakli val; 10-maxovik. 18 Tо‘rt taktli benzinli dvigatelning ish sikli quyidagicha amalga oshiriladi. Kiritish taktida (a-b) kiritish klapani ochiq bо‘ladi. Silindrga yonuvchi aralashma kiradi. Silindrda yonuvchi aralashma va avalgi sikldan qolgan qoldiq gazlar birga ish aralashmasiga aylanadi. Porshen PCHN ga yetganda (b) kiritish klapani yopiladi. Kiritish taktida silindrdagi bosim 0,08 MPa bо‘ladi (a-b). Tirsakli val birinchi yarim aylanadi (00dan 1800gacha). Kiritish oxirida aralashma harorati 80-1200С gacha kо‘tariladi. Porshenni ikkinchi yurishida klapanlar yopiq bо‘ladi. Ikkinchi takt – aralashmani siqish takti (b-v). Bunda tirsakli val ikkinchi yarim aylanadi (1800 dan 3600 gacha). Siqish taktini oxirida aralashma hajmi 6...8 martaga qisqaradi, bosim 0,8...1,5 MPa, harorat 3000...5000С gacha kо‘tariladi. Porshen YUCHNga yetganda sham elektrodlari orasida uchqun paydo bо‘ladi. Siqilgan aralashma alangalanadi. Gazlar bosimi 4,0...5,5 MPa (g), harorati 22000-25000С gacha oshadi. Porshenning uchinchi yurishida gazlar kengayishi sodir bо‘ladi. Tirsakli val 3600 dan 5400 gacha buriladi. Bu jarayon kengayish takti yoki ish yо‘li deyiladi. Uning tugallanishida bosim 0,35-0,45 MPa (d) va harorat 6000-9500С bо‘ladi. Kengayish taktini oxirida chiqarish klapani ochiladi. Porshenning tо‘rtinchi yurishida (chiqarish takti) (ye-j) chiqarish klapani ochiq, kiritish klapani yopiq bо‘ladi. Silindr ishlatilgan gazlardan tozalanadi. Bunda tirsakli val 5400 dan 7200 gacha buriladi. Bosim 0,11 ... 0,12 MPa, harorat 7000 ... 8000С ni tashkil qiladi. Dvigatel krivoship-shatunli va gaz taqsimlash mexanizmlari hamda sovitish, moylash, ta’minlash va о‘t oldirish (benzinli dvigatellarda) tizimlaridan iborat. 19 2.3. IKKI TAKTLI BENZINLI DVIGATEL Odatda, ikki taktli dvigatellarda klapanlar bо‘lmaydi (2.2rasm). Silindrning ma’lum joylarida shamollatish (puflash) darchasi bо‘ladi. Darchalarning biridan yonuvchi aralashma kiritiladi, ikkinchisidan ishlatilgan gazlar chiqariladi. Silindrlar kallagiga о‘t oldirish shami о‘rnatiladi. a) b) 2.2-rasm. Ikki taktli benzinli dvigatelning ishlash sxemasi: a-ish aralashmasini siqish va karterga yonuvchi aralashmani kiritish; b-ish yо‘li: ishlatilgan gazlarni chiqarish va karterdagi gazlarni silindrga о‘tkazish; 1-kiritish darchasi; 2-chiqarish darchasi; 3-о‘t oldirish shami; 4-silindr; 5-porshen; 6-о‘tkazish darchasi; 7-kanal; 8-zichlangan karter. Odatda, bunday dvigatellarning porshenlari maxsus shaklga ega. Silindr ichida harakatlanayotgan porshen ma’lum ketmaketlikda darchalarni ochadi va yopadi, ya’ni klapanlar vazifasini bajaradi. Ikki taktli dvigatelning ish sikli porshenning ikki 20 yurishida yoki tirsakli valning bir marta aylanishida sodir bо‘ladi. Birinchi takt. Porshen 5 pastdan yuqoriga harakatlanib yon yuzasi bilan avval о‘tkazish darchasini 6, sо‘ngra chiqarish darchasini 2 berkitadi. Silindrda siqish jarayoni boshlanadi. Porshen osti bо‘shlig‘ida bosim pasayadi. Karterga kiritish darchasi 1 orqali yonuvchi aralashma kiradi. Porshen yuqori chekka nuqtaga yetganda shamda 3 elektr uchquni paydo bо‘ladi. Siqilgan ish aralashmasi portlab alangalanadi. Ikkinchi takt. Hosil bо‘lgan bosim porshenni pastga harakatlantiradi va ish yо‘li boshlanadi. Ish yо‘li nihoyasida avval chiqarish darchasi 2 ochiladi. Ishlagan gazlar atmosferaga chiqa boshlaydi. Porshenning pastga harakati davomida о‘tkazish darchasi 6 ochiladi. Ish aralashma kanal 7 orqali karterdan 8 silindrga о‘tadi va silindrdan ishlagan gazlardan siqib chiqarib о‘rnini tо‘ldiradi. Bunday dvigatellarni moylash uchun yonilg‘iga moy ma’lum proporsiyada 1:20 qо‘shiladi. Demak, yonuvchi aralashma tarkibi yonilg‘i, moy va havodan iborat. 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. Nazorat uchun savollar: Dvigatelning tasnifini tushuntiring. “Yuqori chekka nuqta” nima? “Pastki chekka nuqta” nima? “Porshen yо‘li” nima? “Dvigatel ish hajmi” nima? Tо‘rt taktli dvigatelning ishlash prinsipini tushuntiring. Ikki taktli dvigatelning ishlash prinsipini tushuntiring. 21 2.4. TURLI DVIGATELLARNING ISHLASH PRINSIPLARI 2.4.1. Rotor-porshenli dvigatellar Rotor-porshenli dvigatel (RPD) odatdagi porshenli dvigatel kabi tо‘rt taktli siklda ishlaydi. RPD porshen vazifasini maxsus shaklli rotor 6 bajaradi (2.3-rasm). Sovituvchi suyuqlik Ish yo‘li Siqish 2.3-rasm. Rotor-porshenli dvigatel sxemasi: Korpus 1 sovutish g‘ilofidan 2 iborat. Korpusning ichki devorlari 3 maxsus shaklli. Korpusning yonbosh devorlarida о‘rnatilgan podshipniklarda ekssentirksimon ishchi val 9 aylanadi. Rotor aylanganda uchchala chо‘qqisi devorlar bilan uzluksiz tutashadi. Natijada, bir-biridan ajratilgan о‘zgaruvchan hajmli siljuvchi о‘roqsimon (yarimoysimon) kameralar hosil bо‘ladi. Korpusda kiritish 8 va chiqarish 7 teshiklari mavjud. 22 Ularning ochilishi va yopilishini rotor chо‘qqilari bajaradi. Rotor ichki ilashuvchi shesternya 5 bilan birga bog‘langan. Dvigatelning ishlashida shesternya 5 markaziy joylashgan shesternya 4 atrofida g‘ildirab aylanadi. Ish aralashmasini alangalanishini о‘t oldirish shami bajaradi. Rotorning aylanishida kameralarning har birida ketma-ket tо‘la ish sikli sodir bо‘ladi. RPD konstruksiyasi ixcham, о‘lchami va massasi kichik. Lekin, rotor qirralarini zichlash muammosi mavjud. 2.4.2. Gaz turbinali dvigatellar Gaz turbinali dvigatellarda (GTD) ish jarayoni uzluksiz sodir bо‘ladi. GTD turbina g‘ildiraklari parraklariga ta’sir qiluvchi gazlar oqimi kinetik energiyasidan foydalaniladi. 2.4-rasm. Gaz turbinali dvigatel sxemasi: 23 Kompressor 2 yonish kamerasiga 7 diffuzor 3 orqali siqilgan havo haydaydi. Forsunka 5 yonilg‘ini uzluksiz purkaydi. Yonilg‘i havo bilan aralashib svecha (sham) 6 yordamida yonadi (kavsharlash lampasidagiga о‘xshash). Hosil bо‘lgan gaz yо‘naltiruvchi parraklar 8 orqali g‘ildirak 11 parraklarini 9 aylantiradi. Kuch turbinasi g‘ildiragi 11 valga 10 о‘rnatilgan. Kuch turbinasi avtomobil transmissiyasi reduktori 12 bilan ulangan. Turbinadan chiqayotgan ishlatilgan gazlar issiqlik almashtirgichga yuboriladi. Issiqlik almashtirgich 4 yonish kamerasiga uzatilayotgan havoni isitish uchun xizmat qiladi. GTD ilgarilama-qaytma harakatlanuvchi qismlarni yо‘qligi bir tekis ishlashini ta’minlaydi. Konstruksiyasi sodda, ishonchliligi yuqori. Yonilg‘i tejamkorligini pastligi, katta shovqin chiqarishi va ishlab chiqarish narxi yuqoriligi kamchiliklaridir. Nazorat uchun savollar 1. Rotor porshenli dvigatelning ishlash prinsipini tushuntiring. 2. Gaz turbinali dvigatelning ishlash prinsipini tushuntiring. 3. Rotor porshenli dvigatel qanday afzalliklarga ega? 4. Gaz turbinali dvigatel qanday afzalliklarga ega? 2.5. KRIVOSHIP-SHATUNLI MEXANIZM Mexanizm-harakat turini о‘zgartiradigan qurilma: aylanma harakatni chiziqlikka, chiziqlikni aylanmaga. Krivoship-shatunli mexanizm (KSHM) porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi. 24 Harakatlanuvchi qismlarga tirsakli val 34, maxovik 43, porshenlar 24, porshen halqalari 18,19, porshen barmoqlari 26 va shatunlar 27 kiradi (2.5-rasm). 2.5-rasm. Yengil avtomobil dvigatelining krivoship-shatunli mexanizmi: 8-silindrlar kallagi; 11silindrlar bloki; 24-porshen; 27shatun; 34-tirsakli val; 43-maxovik. Krivoship-shatunli mexanizmni tashkil qiluvchi qismlar harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan guruhlarga bо‘linadi. 25 Harakatlanmaydigan qismlarga silindrlar bloki 11 karteri 10 bilan, silindrlar kallagi 8 qistirmalar 4,5 va qopqoqlar 1,6 kiradi. Silindrlar bloki dvigatelning korpus qismi bо‘lib, unda silindrlar joylashgan. Silindrlar blokida 11 maxsus chо‘yandan tayyorlangan silindrlar о‘rnatilgan. Silindrda dvigatelni ish sikli amalga oshiriladi. Blok ichida silindrlar devori va uni tashqi devori orasida sovutish g‘ilofi 9 bor. Unda sovutish tizimini suyuqligi aylanib turadi. Alyuminiy blokka quyilgan yoki о‘rnatilgan chо‘yan gilzalar silindrlarni hosil qiladi. Agar silindr gilzalari tashqi sirtiga sovutish suyuqligi tegib tursa “hо‘l” gilza, agar tegib turmasa “quruq” gilzalar deb ataladi. Blokning ichida moylash kanallari bor. Ular orqali dvigatelni ishqalanuvchi qismlariga moy uzatiladi. Silindrlar blokining quyi qismida tirsakli valning о‘zak bо‘yinlari uchun tayanchlar 2 ishlangan. Tayanchlarda tirsakli val о‘zak bо‘yinlarini boltlar bilan mahkamlaydigan qopqoq 1 bor. Blokda bir qator osma uzellar о‘rnatiladigan maxsus bо‘rtmalar va teshiklar bor. Silindrlar blokining kallagi 8 - silindrlar ustini yopadi. Ostki yuzasi hamda porshen kallagi bilan yonish kamerasini tashkil etadi. Kallak ichida kiritish va chiqarish kanallari, sovutish suyuqligini о‘tishi uchun suv g‘ilofi kanallari va moylash tizimi kanallari ishlangan. Kallakda klapanlar, forsunkalar, о‘t oldirish svechasi joylashtiriladi. Porshen 24-silindrda harakatlanuvchi, о‘z usti va osti bо‘shliqlarini germetik ajratuvchi detal. 26 Porshenlar asosiy ikki qismdan: zichlovchi 22 va yо‘naltiruvchi 25 qismlardan iborat. Yо‘naltiruvchi qismi yubka deb ataladi. Porshenda ichki bо‘rtma – bobishka 20 bor. Bobishkada porshen barmog‘ini о‘rnatish uchun teshik ochilgan. Teshikda porshen barmog‘ining siljini qulflovchi halqa uchun ariqcha yо‘nilgan. Porshenning bobishka qismi devori chuqurroq qilib ishlangan. Bu zona devorlari silindr devorlariga tegmaydi. Porshen golovkasi devorlarida porshen halqalari uchun ariqchalar 21 о‘yilgan. Pastki ariqchada moy sizdirish (drenaj) teshikchalar ishlangan. Porshen halqalari vazifalariga kо‘ra kompression 19 va moy sidirgich 18 bо‘ladi. Kompression halqalar silindr va porshen oraliqlarini zichlashtiradi. Ular porshen golovkasidan issiqlikni silindr devorlariga tarqatish uchun ham xizmat qiladi. Halqalar ochiq kesikli bо‘ladi. Kesik qulf deb ataladi. Qulf halqaga porshen va silindr orasini zichlash xususiyatini beradi. Moy sidirgich halqa silindr devoridagi ortiqcha moyni sidiradi va karterga yо‘naltiradi. Porshen barmog‘i 26 shatun bilan porshenni sharnirli ulaydigan о‘q vazifasini bajaradi. Shatun 27-porshen bilan tirsakli valni bog‘lovchi zveno bо‘lib, ish takti paytida porshendan valga, yordamchi taktlarda esa valdan porshenga harakat uzatadi. Shatun uchta konstruktiv elementlardan iborat: о‘zak (sterjen) 29, yuqori kallak 28 va pastki kallak 30. Tirsakli val krivoshipi yordamida shatunning murakkab harakatini aylanma harakatga о‘zgartiradi. Tirsakli val 34 о‘zak 36 va shatun 38 bо‘yinlar, jag‘lar 37, posongilar 39, oldingi 35 va keyingi 40 uchlardan tashkil topgan. Tirsakli val о‘zak 27 bо‘yinlari bilan podshipniklarda 44 dvigatel karterining tayanchlariga о‘rnatiladi. Shatun bо‘yinlariga 38 shatunni pastki kallagi birlashtiriladi. О‘zak bо‘yin shatun bо‘yin bilan jag‘ 37 orqali birlashib krivoshipni tashkil qiladi. Posangilar 39 markazdan qochma kuchlarni о‘zak bо‘yinlariga ta’sirini kamaytiradi. Maxovik 43 – inersion disk. Tirsakli val ortiga biriktiriladi. Tirsakli val harakatidan olgan kinetik energiyasini porshenning chekka nuqtalaridan о‘tishiga, tirsakli valni yordamchi taktlarda aylanishiga sarflaydi. Maxovik gardishiga presslab о‘rnatilgan tishli chambarak dvigatelni starter bilan ishga tushirish uchun xizmat qiladi. Nazorat uchun savollar 1. Krivoship shatunli mexanizmning vazifasi nima? 2. Krivoship shatunli mexanizm qanday qismlardan tashkil topgan? 3. Porshen halqalarining turlari va ularning vazifasi. 4. Maxovikning vazifasi nima? 5. Qanday gilza xо‘l gilza deyiladi? 6. Qanday gilza quruq gilza deyiladi? 2.6. GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI Gaz taqsimlash mexanizmi (GTM) silindrlarga taktga mos ravishda yonuvchi aralashma yoki havo kiritish va ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Klapanlarining joylashuviga kо‘ra – klapanlari pastda va yuqorida joylashgan GTM mavjud. Birinchi holatda klapanlar silindrlar blokiga, ikkinchi holatda klapanlar silindrlar kallagiga joylashtirilgan bо‘ladi. 28 GTM 2.6-rasmda gaz taqsimlash vali pastda joylashgan bir silindrda ikkita klapan о‘rnatilgan dvigatelning gaz taqsimlash mexanizmi kо‘rsatilgan. Klapanlar 2 – silindrlar bloki kallagidagi kiritish yoki chiqarish kanallarini yopish va ochish uchun xizmat qiladi. Vazifasiga kо‘ra kiritish va chiqarish klapanlari mavjud. Klapan kallak va sterjendan iborat. Kallak zichlovchi faska va silindrik belbog‘dan tashkil topgan. Klapan prujinalarini ushlab turish uchun klapan sterjenining uchida ariqcha qilinadi. Klapan prujinalari 4 – klapanni о‘rindiqqa zich о‘tirishini ta’minlaydi va uni yopiq holatda ushlab turish uchun xizmat qiladi. Klapan yо‘naltiruvchi vtulka ichida harakatlanadi. Yо‘naltiruvchi vtulka 3 – klapanni о‘rindiqqa aniq о‘tirishini ta’minlaydi. Vtulkalar silindrlar kallagiga yoki silindrlar blokiga presslab о‘rnatiladi. Taqsimlash vali 1 – klapanlarni о‘z vaqtida ochilish va yopilishini ta’minlaydi. Taqsimlash vali asosan sterjen, kiritish va chiqarish mushtchalari, tayanch bо‘yinlar, moy nasosini yurituvchi shesternyalar. Mushtchalar 15 soni klapanlar soniga mos va holati dvigatelning ishlash tartibi bilan belgilanadi. Mushtchalar klapanni harakatlantiradi. Turtkich 9 – taqsimlash vali mushtchasidan klapan sterjeniga yoki shtanga (koromislo)ga о‘q bо‘ylab kuch uzatish uchun xizmat qiladi. Gidravlik turtkich – hozirgi vaqtda yengil avtomobillarning dvigatellarida kiritish va chiqarish klapanlarini harakatlantirish detallariga kiradi. Gidravlik turtkich klapan sterjeni 29 uchida mushtcha yoki koromislo bilan tirqishsiz kontaktni avtomatik ta’minlaydi. Klapan uchida issiqlik tirqishi bо‘lishiga zaruriyat bо‘lmaydi. Shtanga 8 – turtkichdan koromisloga kuch uzatish uchun xizmat qiladi. Koromislo 5 (obkash) – ikki yelkali richag bо‘lib, turtkich xarakat yо‘nalishini klapanning ochilish yо‘nalishiga о‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Taqsimlash vali yuritmasi – tirsakli valdan harakat uzatuvchi detallardan iborat bо‘ladi. Yuritmaning shesternyali, egiluvchan zanjirli yoki tishli tasmali turlari bor. Taqsimlash valining harakati (2.6-rasm) tirsakli valga о‘rnatilgan yetakchi shesternya 11 bilan ilashgan yetaklanuvchi shesternya 10 orqali amalga oshiriladi. U shesternyalar shovqinni kamaytirish maqsadida qiya tishli qilib ishlangan. 30 2.6 -rasm. Gaz taqsimlash mexanizmi: 1-gaz taqsimlash vali; 2-klapan; 3-yо‘naltiruvchi vtulkalar; 4prujina; 5-koromislo; 8-shtanga; 9-turtkich; 10-11-shesternyalar. Kiritish klapani kiritish taktida ochiq, chiqarish klapani chiqarish taktida ochiq bо‘lishi kerak. GTM shunday tartibni ta’minlaydi. Klapanlarning ochiq holati tirsakli valning yarim aylanishiga mos. Klapanlarning ochiq holatini tirsakli valning burilish burchagi bilan ifodalanishi gaz taqsimlash fazasi diagrammasi deyiladi (2.7-rasm). Silindrlarni yonuvchi yangi zaryad bilan kо‘proq tо‘ldirish uchun kiritish klapani ilgarilab ochiladi (α). Silindrni tо‘ldirish porshenni sо‘rish va kiritish quvuridagi potok inersion bosimi ta’sirida bajariladi. Takt yakunida kiritish klapani kechikib yopiladi (β). Kiritish quvurida oqimning inersiyasi hisobiga silindrga yangi zaryad kо‘proq kiradi. Demak, kiritish jarayonining davomiyligi α + 180o + β ga teng bо‘ladi. Silindrni yangi zaryad bilan tо‘ldirish yaxshilanadi. 31 Kiritish Ish yo‘li Chiqarish Siqish Baravariga ochilish Kirishni Chiqarishni ilgarilashi α yuchn δ kechikishi Ƴ β Kiritishni PChN kechikishi Chiqarishni ilgarilashi 2.7-rasm. Gaz taqsimlash fazasining diagrammasi. Chiqarish klapani ham ilgarilab ochiladi (γ). Ish takti tugallanishiga qadar bosim ostidagi gazlar silindrdan tashqariga chiqara boshlanadi. Porshenning ishlatilgan gazlarni chiqarishiga minimal kuch sarflanadi. Chiqarish klapanining kechikib (δ) yopilishi yonish kamerasining gazlardan yaxshi tozalash uchun kerak. Chiqarish jarayonining davomiyligi γ +180o + δ ga teng bо‘lib, silindrni ishlatilgan gazlardan tozalanishini yaxshilaydi. Kiritish va chiqarish klapanlarining ayni bir vaqtda ochiq holatda bо‘lishi (α+δ) klapanlarning baravariga ochilish burchagi deyiladi. Nazorat uchun savollar 1. GTMning vazifasi nima? 2. Qanday turdagi GTM keng tarqalgan? 3. GTM qanday detallardan tashkil topgan? 4. GTMning ishlash prinsipini tushuntiring? 32 5. Kiritish va chiqarish klapanlari о‘zaro qanday farq qiladi? 6. SOHC va DOHC dvigatellariga izoh bering? 7. Gaz taqsimlash fazalariga izoh bering. 2.7. SOVUTISH TIZIMI Dvigatelning sovutish tizimi uning harorat rejimini boshqarishga xizmat qiladi. Sovutish tizimining havoli va suyuqlikli turlari bor. Suyuqlik bilan sovutish tizimining sxemasi 2.8-rasmda keltirilgan. Silindrlar blokidagi suyuqlik g‘ilofi shlang va patrubkalar 8,15 orqali radiator bilan ulangan. Radiator 2 ortida ventilyator 6 va suyuqlik nasosi 14 joylashgan. Nasos shkivi 7 tasma orqali tirsakli val shkividan yuritma oladi. Tizim radiatorning qopqoqli bо‘g‘zi orqali tо‘ldiriladi. Suv radiator va blokdagi jо‘mraklar 1, 16 orqali tо‘kiladi. 2.8-rasm. Suyuqlikli sovutish tizimining sxemasi: 33 Suyuqlik nasosi 14 radiatorda sovitilgan suyuqlikni taqsimlovchi quvur 12 yordamida g‘ilofga bir tekisda xaydaydi. G‘ilofda tekis taqsimlangan suyuqlik qizigan silidrlar haroratini pasaytiradi va birlashtiruvchi patrubka 8 orqali radiatorga о‘tadi. Radiatordan о‘tadigan suyuqlik miqdorini, termostat 10 avtomatik tarzda boshqaradi. Radiator 2 issiqlik almashtirgich vazifasini bajaradi. Sovutish tizimidagi haroratni atmosferaga tarqatadi. Radiatorda suyuqlik oqadigan naychalar ikkita bachokni ulaydi. Issiqlik harorati shu naychalar orqali atmosferaga tarqatiladi. Jalyuzi 3 sovuq ob-havo sharoitida radiatordan о‘tayotgan havo oqimi miqdorini kamaytiradi. Dvigatelning haroratini oshiqcha tushib ketmasligini ta’minlaydi. Suyuqlik nasosi 14 tizimdagi suyuqlikni tinimsiz aylantiradi. Sovutish tizimida markazdan qochma nasoslar keng qо‘llaniladi. Ventilyator 6 radiatordan о‘tayotgan havo miqdorini va tezligini oshirish uchun xizmat qiladi. Termostat 10 – suyuqlik harorati ta’sirida radiatorni ulaydigan yoki ajratadigan klapan. Suyuqlik harorat pastligida dvigatel g‘ilofida aylanadi. Harorat meyordan kо‘tarilganda termostat suyuqlikni radiator orqali о‘tish kanalini ochadi. Nazorat uchun savollar 1. Sovutish tizimining vazifasi nima? 2. Qanday turdagi sovutish tizimi keng tarqalgan va nima uchun? 3. Sovutish tizimining detallari. 4. Sovutuvchi suyuqlikning turlari. 34 5. Bug‘ havo klapanlarining vazifasi nima? 2.8. MOYLASH TIZIMI Moylash tizimi ishqalanuvchi yuzalarga moyni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Maqsad - yuzalarda ishqalanish kuchini kamaytirish. Shu bilan birga, moy yuzani qirindilardan tozalaydi, korroziyadan himoyalaydi, sovutadi. Moy ishqalanuvchi yuzalarga bosim ostida, sachratish va oqizish usullarida yetkaziladi. 2.9-rasm. Moylash tizimining sxemasi: 1-mayin filtr; 3-moy radiatori; 6-setkali moy qabul qilgich; 7-moy nasosi; 10-dag‘al filtr; 12-asosiy moy magistrali; 16-moy sathini о‘lchagich (shchup). Moy karter poddoniga (ost tog‘orasiga) moy quyish patruboki 17 orqali quyiladi. Karter poddonidagi moy sathi 35 о‘lchagich shchup 16 yordamida nazorat qilinadi. Ishlatilgan moyni tо‘kish tiqinni 18 ochib amalga oshiriladi. Moy nasosi 7 moy qabul qilgich 6 orqali moyni sо‘radi va bosim ostida dag‘al filtrga 10 haydaydi. Moy bosimini meyoridan oshib ketmasligi uchun reduksion klapan 8 о‘rnatilgan. Dag‘al filtrdan moy blok-karterdagi bosh magistral kanaliga 12 yuboriladi. Dag‘al filtrning 10 chiqindilar bilan tiqilishi holati uchun filtrga parallel о‘tkazuvchi klapani 9 о‘rnatilgan. Moylash ehtiyojidan oshiqcha moy mayin filtr 1 orqali poddonga qaytadi. Moy, bosh moy magistralidan 12 blok-karterdagi kanalchalar orqali tirsakli valning о‘zak bо‘yinlarga 13, taqsimlash valining podshipniklariga 14 va koromislolar о‘qiga 15 yuboriladi. Koromislo tanasidagi kanaldan kelgan moy shtanga va klapan uchlarini moylaydi. Tirsakli val kanali orqali moy bosim ostida shatun bо‘yinini va shatun sterjenidagi kanal orqali porshen barmog‘ini moylash uchun yuboriladi. Ba’zi dvigatellarda shatunning pastki kallagida teshikcha ishlangan bо‘lib, u shatun bо‘ynidagi radial kanal teshigi bilan ustma-ust kelganida moy silindr devorining yuzasiga bosim ostida sachraladi. Taqsimlash va tirsakli val podshipniklaridan oqib tushayotgan moy harakatlanuvchi qismlar bilan sachratiladi va mayda tomchi kо‘rinishida silindrlar devori, taqsimlash vali mushtchalari, turtkichlar, porshen halqalariga va hokazo qismlarni moylaydi. Tizimdagi moyning harorati 950C dan oshmasligini moy radiatori 3 ta’minlaydi. Moy radiatori jо‘mrak 5 yordamida ishga tushiriladi va moy radiator orqali sovutilib karter poddoniga oqib 36 tushadi. Saqlagich klapan 4 tizimdagi moy bosimini meyoridan kamayib ketmasligini ta’minlaydi. Bosh magistralda 12 о‘rnatilgan datchik 11 orqali moylash tizimining ishlashi nazorat qilinadi. Moy nasosi vazifasi - moylash tizimida moyni harakatga keltirib, kerakli bosim hosil etish. Moylash tizimida ichki va tashqi ilashgan shesternyali va rotorli moy nasoslari qо‘llaniladi. Moy filtri vazifasi - moyni dvigatel qismlarining yeyilishi oqibatida hosil bо‘lgan qattiq zarrachalardan, qurum va hokazo qirindilardan tozalash. Karterni shamollatish porshen xalqalari bilan silindr oralig‘idagi tirqishlardan karterga о‘tadigan “karter” gazlarini chetlashtirish uchun xizmat qiladi. 1. 2. 3. 4. 5. Nazorat uchun savollar Moylash tizimining vazifasi nima? Dvigatel detallari qanday moylanadi? Moylash tizimining detallari. Moy filtrining vazifasi nima? Karterni shamollatish nima uchun xizmat qiladi? 2.9. KARBYURATORLI DVIGATELLARNING TA’MINLASH TIZIMI Ichki yonuv dvigatelining ta’minlash tizimi yonuvchi aralashma tayyorlash, uni silindrlarga uzatish va ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Karbyuratorli dvigatellarda yonuvchi aralashma karbyuratorda tayyorlanadi. Karbyuratorli dvigatellar ta’minlash tizimining sxemasi 2.10-rasmda keltirilgan. 37 2.10-rasm. Karbyuratorli dvigatel ta’minlash tizimining sxemasi: yonilg‘i; havo; ishlatilgan gazlar 1-havo filtri; 2-karbyurator; 6-yonilg‘i nasosi; 10-shovqin sо‘ndirgichi; 12-yonilg‘i baki. Yonilg‘i zaxirasi bakda 12 saqlanadi. Bakdan yonilg‘ini nasos 6 sо‘radi. Yonilg‘i, tarkibida suv yoki boshqa quyqa bо‘lsa, tindirgichda 7 tozalanadi. Nasos yonilg‘ini karbyuratorga 2 haydaydi. Karbyurator – aralashtirgich moslamasi. Porshen sо‘rish taktida silindrda vakuum hosil qiladi. Havo silindrga sо‘rilishida filtrdan 1 tozalanib о‘tadi. Havo va yonilg‘i karbyuratorda 2 aralashadi, yonilg‘i aralashmasi tayyorlanadi. Kiritish quvuri 3 yonilg‘i aralashmasini silindrlarga yо‘naltiradi. Silindrlarda yonuvchi aralashma yondirilib mexanik energiya olinadi. Yonish natijasidan hosil bо‘lgan gazlar chiqarish quvuri 4 bо‘ylab shovqin sо‘ndirgichi 10 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Yonuvchi aralashmani tayyorlash jarayonini oddiy karbyurator misolida kо‘rib chiqamiz (2.11-rasm). 38 2.11-rasm. Oddiy karbyuratorning sxemasi: 1-drossel zaslonkasi; 2-aralashtirish kamerasi; 3-purkagich; 4-diffuzor; 5-havo yо‘li; 6-jikler; 7- teshik; 8-benzin keluvchi kanal; 9-ignasimon klapan; 10-qalqovich; 11-qalqovichli kamera; 12-drossel zaslonkasinihg о‘qi. Qalqovichli kamerada 11 benzin sathi meyorlangan. Sath meyorda bо‘lishi uchun kanal 8 uchi qalqovichning 10 ignasimon klapani 9 bilan yopiladi. Benzin sathi meyordan pasaya boshlaganda ignasimon klapan benzin tushish yо‘lini ochadi. Karbyuratorning havo yо‘li 5 diffuzor 4 bilan toraytirilgan. Diffuzor о‘tayotgan havo tezligini oshiradi va tor qismda bosim pasayadi. Kamerada 11 atmosfera bosimini teshik 7 ta’minlaydi. Bosimlar farqi isobiga benzin purkagich 3 kanali orqali sо‘riladi. Jikler 6 о‘tayotgan benzin miqdorini meyorlaydi. Purkagichdan oqib chiqayotgan benzin katta tezlik bilan harakatlanayotgan havo zarbasidan mayda tomchilarga parchalanadi va havo bilan 39 aralashadi. Silindrga yuboriladigan yonuvchi aralashma miqdori drossel zaslonkasi 1 bilan boshqariladi. Drossel zaslonkasi haydovchi gaz pedali bilan ulangan. Dvigatel salt, о‘rtacha, yuqori yuklanish va boshqa rejimlarda ishlaydi. Dvigatel rejimiga mos turli tarkibdagi yonilg‘i aralashmasi kerak bо‘ladi. Rejimlarga mos ravishda yonilg‘i aralashmasi tayyorlash uchun karbyurator quyidagi qurilmalarga ega: ishga tushirish qurilmasi, salt ishlash tizimi, bosh dozalovchi qurilma, ekonomayzer va tezlatish nasosi. Ishga tushirish qurilmasi sovuq dvigatelni ishonchli о‘t olish rejimiga mos yonilg‘i aralashmasi tayyorlaydi. Salt ishlash tizimi tirsakli valning minimal aylanish chastotasida turg‘un ishlashi uchun aralashma tayyorlaydi. Bosh dozalovchi qurilma о‘rtacha yuklanish diapazonida tejamkor tarkibli yonuvchi aralashmasini tayyorlaydi. Ekonomayzer tо‘la quvvat olish uchun boyitilgan aralashma tayyorlashga xizmat qiladi. Tezlatish nasosi avtomobilning keskin dinamik harakatini ta’minlash uchun aralashmani tezkor boyitib berish uchun xizmat qiladi. Nazorat uchun savollar 1. Karbyuratorli dvigatel ta’minlash tizimining vazifasi nima? 2. Tizimning ishlashini sxema yordamida tushuntiring. 3. Karbyuratorli dvigatel ta’minlash tizimining detallari. 4. Karbyurator qanday qurilmalarga ega? 5. Yonuvchi aralashma va uning turlari? 40 2.10. GAZDA ISHLAYDIGAN DVIGATELNING TA’MINLASH TIZIMI Ichki yonuv dvigatellarida siqilgan yoki suyultirilgan tabiiy gaz yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Metan gazi 1,5…1,8 MPa bosimgacha siqiladi. Butan, propan gazlari siqilganda suyuq holatga о‘tadi. Siqilgan gaz bilan ishlaydigan gaz ballonli qurilmaning prinsipial sxemasi 2.12-rasmda keltirilgan. 2.12-rasm. Gaz ballonli qurilmaning prinsipial sxemasi: 1-ballonlar; 3-naychalar; 4, 9-ventillar; 5-jо‘mrak; 6-isitgich; 7-dvigateldan chiqadigan gaz quvuri; 10-filtr; 11-ikki pog‘onali reduktor; 13-yonuvchi gaz kirish quvuri; 14-drossel; 17-karbyurator-aralashtirgich; 18-gaz forsunkasi; 19-dvigatel salt rejimi gaz naychasi. Siqilgan gaz pо‘lat ballonlarda 1 saqlanadi. Ballonlar birbiri bilan о‘zaro ulovchi naychalar 3 bilan tutashtirilgan. Gaz ballonlardan 1 sarflash ventili 4, isitgich 6, filtr 10 orqali reduktorga 11 о‘tadi. Reduktor 11 gazning bosimi atmosfera bosimigacha pasaytiradi. 41 Yuqori bosimdan past bosimga о‘tishda gaz harorati keskin tushadi. Isitgich 6 gaz haroratini kо‘taradi. Dvigatelda ishlatilgan chiqindi gazlarning issiqligi yonilg‘i gazni isitadi. Dvigatel ishlamay turganda reduktor 11 gaz magistralini berkitib qо‘yadi. Ishlayotgan dvigatelda gaz forsunka 18 orqali karbyurator-aralashtirgichga о‘tadi va havo bilan aralashadi. Salt ishlash rejimida gaz naycha 19 orqali drossel 14 ostki qismiga kiritiladi. Yuqori bosim manometri 21 yordamida ballonlardagi gaz bosimi nazorat qilinadi. Past bosim manometri 20 yordamida esa reduktorning ishlashi nazorat qilinadi. Ballonlar gaz bilan jо‘mrak 5 orqali tо‘ldiriladi. Suyultirilgan gazlar gaz holatga maxsus issiqlik almashtirgichda о‘tkaziladi. 1. 2. 3. 4. Nazorat uchun savollar Gaz dvigateli ta’minlash tizimining vazifasi? Tizimning ishlashini sxema yordamida tushuntiring. Gaz dvigateli ta’minlash tizimining detallari. Siqilgan va suyultirilgan gazlarni izohlang? 2.11. BENZINLI YONILG‘INI KIRITISH QUVURIGA PURKASH TIZIMI Yonilg‘ini kiritish quvuriga purkash tizimida yonilg‘i aralashmasi dvigatel silindridan tashqarida tayyorlanadi. Bunday tizimlarda, karbyuratorlilardan kо‘ra, yonilg‘i aralashmasi optimal tarkibli tayyorlanadi. Shuning uchun ular karbyuratorli tizimlarni ortda qoldirdi. 42 2.13-rasm. Kiritish quvuriga yonilg‘ini purkash jarayoni: 1-porshen; 2-gazlarni chiqish quvuri; 3-о‘t oldirish g‘altagi svecha bilan; 4-kiritish klapanlari; 5-injektor; 6-havo kiritish quvuri. Injektor 5 yonilg‘ini bevosita kiritish klapanlari 4 yaqinida purkaydi. Yonilg‘i shu yerda quvurdan 6 kelayotgan havo bilan aralashadi. Yonilg‘i aralashmasi tayyorlanadi. Kiritish klapanlari 4 ochilganda tayyorlangan yonilg‘i aralashmasi silindrga kiradi. Silindrda bitta, ikkita, xattoki, uchta kiritish klapani bо‘lishi mumkin. Yonilg‘ini kiritish quvuriga purkash tizimi sxematik kо‘rinishi quyidagicha: Yonilg‘i bakdan 1 elektr nasosi 2 yordamida filtr 3 orqali yonilg‘i trubkasiga 4 haydaladi. Trubka 4 yuqori bosimli yonilg‘i zaxirasi va injektorlarni 7 mahkamlash uchun xizmat qiladi. Injektorlar 7 soni silindrlar soniga teng bо‘ladi. 43 2.14-rasm. Yonilg‘i purkash ta’minlash tizimining sxemasi: 1-yonilg‘i baki; 2-nasos; 3-filtr; 4-yonilg‘i trubkalari; 5-bosim sozlagich klapani; 6-elektron boshqaruv bloki; 7, 8-injektor; 9-salt rejim sozlash vinti; 10-drossel holati datchigi; 11-drossel zaslonkasi; 12-havo zaslonkasi; 13-kislorod va chiqindi gazlar harorat datchigi; 14, 15-sovutish suyuqligi harorati datchigi; 16-tok taqsimlagich; 17-salt rejimda havo miqdori klapani; 18-о‘t oldirishda xavo kanali; 19-akkumulyator batareyasi; 20-kalit; 21-kiruvchi havo xarorat datchigi. Markaziy injektor 8 dvigatelni о‘t oldirish rejimida ishlaydi. Yonilg‘i bosimini sozlagich klapan 5 yonilg‘i trubkasida 4 bosimni meyorda saqlaydi. Bunday tizimlarda dvigatel ish rejimiga muvofiq yonilg‘i bosimi 0,3...0,5 MPa (3...5 atm) bо‘ladi. Bosim yonilg‘i miqdoriga va purkash mayinligiga ta’sir qiladi. Har siklda yonilg‘i ikki yoki tо‘rt karra porsiyalab purkaladi. Bu yonilg‘i aralashmasini tо‘liq yonishini yaxshilaydi. Yonilg‘i 44 tejamkorligi oshadi, chiqindi gazlarning zararliligi kamayadi. Yonilg‘ini kiritish quvuriga purkash tizimi elektronik boshqaruvli bо‘ladi (2.14-rasm). Elektron boshqaruv bloki 6 (2.14rasm) suyuqlik harorati 14, 15, kislorod miqdori 13, havo harorati 21, zaslonkalar holati 12 va 10 datchiklari signallari asosida injektorlardan 7, 8 sepiladigan yonilg‘i miqdorini aniqlaydi.Yonilg‘i miqdorini havo hajmiga mos tezkor boshqarish imkoni bor. Yonilg‘i tejamkorligi yuqori, chiqindi gazlarning zarari kam bо‘ladi. Bunday talablar borgan sari oshib borayapti. 2.12. BENZINLI YONILG‘INI YONISH KAMERASIGA PURKASH TIZIMI Benzinli yonilg‘ini yonish kamerasiga purkash tizimida yonilg‘i aralashmasi silindr ichida tayyorlanadi. Kirish taktida ochiq kiritish klapani 2 (2.15-rasm) orqali silindrga faqat havo kiritiladi. Silindr yonish kamerasiga yonilg‘i maxsus injektorlar 5 bilan purkaladi (2.15-rasm). Bak ichidagi elektr nasos yonilg‘ini boshlang‘ich bosim 0,3...0,5 MPa (3...5 atm) bilan yuqori bosim nasosiga haydaydi. Yuqori bosim nasosi dvigatel ish rejimiga mos bosimni kо‘taradi. Yuqori bosimli yonilg‘i yonilg‘i reykasiga 6 (2.15rasm) zahira uchun yuboriladi. Yonilg‘i bosimi 5...12 MPa qiymatida bо‘ladi. Yonilg‘i reykasi (Common Rail deb ham yuritiladi) yuqori bosimli yonilg‘ini yig‘ish uchun xizmat qiladi. Reyka hajmi tizimda sodir bо‘ladigan yonilg‘i silkinishlarini tekislaydi. Yonilg‘i reykasida yuqori bosim injektorlari joylashtirilgan. Ularning ishlashi eletron blok bilan boshqariladi. Injektorlar yonilg‘ini silindrning yonish kamerasiga purkaydilar. 45 2.15-rasm. Benzinli yonilg‘ini yonish kamerasiga purkash sxemasi: 1-porshen; 2-kiritish klapani; 3-о‘t oldirish g‘altagi svecha bilan; 4-chiqarish klapanlari; 5-yuqori bosimli yonilg‘i purkovchi injektor; 6-yonilg‘i reykasi. Yonish kamerasiga purkash tizimida yonilg‘i tezroq, aniqroq yetkaziladi. Yonilg‘ini bosqichma-bosqich purkash imkoni bor. Yonilg‘i aralashma sifatliroq tayyorlanadi. Tejamkorlik oshadi, chiqindi gazlarning zararligi kamayadi. 1. 2. 3. 4. 5. Nazorat uchun savollar Yonilg‘ini purkash tizimining vazifasi? Yonilg‘ini purkash tizimining ishlashini tushuntiring. Yonilg‘ini purkash tizimining detallari. Yonilg‘ini purkash tizimining turlari. Yonilg‘ini purkash tizimining afzalliklari. 46 2.13. DIZEL DVIGATELINING TA’MINLASH TIZIMI Dizel dvigatelining ta’minlash tizimi yonuvchi aralashmani silindr ichida tayyorlaydi. Dizel ta’minlash tizimining umumiy sxemasi 2.16-rasm keltirilgan. 2.16-rasm. Dizel ta’minlash tizimining umumiy sxemasi: 2-yonilg‘i baki; 7-mayin tozalash filtri; 17-forsunka; 19-yuqori bosim yonilg‘i nasosi; 20- yonilg‘i haydash nasosi. Yonilg‘i haydash nasosi 20 harakatni yuqori bosim nasosi 19 validagi ekssentrikdan oladi. Nasos yonilg‘ini bakdan sо‘radi. Sо‘rilayotgan yonilg‘i dastlab dag‘al filtrda 22 tozalanadi. Nasosdan 20 о‘tib, mayin filtr 7 orqali yuqori bosim nasosiga haydaladi. 47 Yuqori bosimli yonilg‘i nasosi (YUBYON) 19 yonilg‘ini 1,2...1,8 MPa bosimgacha kо‘taradi va dvigatelning yuklanmasiga mos ravishda dozalash uchun xizmat qiladi. YUBYONda yonilg‘i bosimi plunjer juftligi ichida oshadi (2.17-rasm, a). Plunjer juftligini plunjer 6 va uning gilzasi 5 tashkil etadi (2.17-rasm, b). Ularga о‘zaro juftlikda yuqori aniqlik bilan ishlov beriladi. YUBYONda plunjerlar juftligi seksiyalar tarkibiga kiradi. Seksiyalar soni silindrlar soniga teng bо‘ladi. a) Shesternya 2 plunjerga qotirilgan va reyka 3 bilan ilashib turadi. Reyka gaz pedali bilan ulangan. Kulachokli val 1 harakatni dvigatel validan oladi. Plunjer 6 gilzada 5 ilgarilamaqaytma harakatlanadi. Reykaning 3 surilishi plunjerni о‘qi atrofida aylantiradi. 48 b) 2.17-rasm. YUBYONdan silindrga yonilg‘i uzatish sxemasi: 1-kulachokli val; 2-shesternya; 3-reyka; 4-qaytarish prujinasi; 5-gilza; 6-plunjer; 7-aylanma yо‘nma; 8-yonilg‘i kirish teshigi; 9-vertikal paz; 10-yonilg‘i chiqish teshigi; 11-qiya qirra; 12- klapan; 13-yuqori bosim naychasi; 14-qaytarish prujinasi; 15-igna; 16-forsunka; 17-forsunka bо‘shlig‘i; 18-tо‘zitgich soplosi. Gilzaning ustki qismida yuqori bosimli yonilg‘ini chiqish klapani 12 о‘rnatilgan. Gilzada ikkita teshik bor – yonilg‘ining kirish 8 va chiqish 10 teshiklari. Forsunkada 16 prujina 14 igna 15 bilan tо‘zitgich soplosini 18 yopadi. 49 Plunjerning gilzada pastki holatida teshiklar 8 va 10 ochiq bо‘ladi. Klapan 12 yopiq bо‘ladi. Yonilg‘i gilzaga 5 kiritish teshigidan 8 kiradi. Plunjer 6 qiya oralig‘i va ustki bо‘shlig‘i yonilg‘i bilan tо‘ladi. Plunjer 6 kulachok 1 ta’sirida yuqoriga siljiydi va sirti bilan kiritish teshiklarini yopadi. Plunjer ustki bо‘shlig‘idagi yonilg‘i bosimi oshadi. Bosim haydash klapanini 12 ochadi. Yonilg‘i yonilg‘i naychasi 13 orqali forsunkaga 16 uzatiladi. Bosim forsunka bо‘shlig‘iga 17 keladi. Yonilg‘ining maksimal bosimi siqish taktining oxiriga tо‘g‘ri keladi. Bosim igna 15 konus yuzasiga ta’sir qiladi. Bosim kuchi prujina 14 kuchini yengadi va ignani kо‘taradi. Tо‘zitgich soplosi 18 ochiladi. Yonilg‘i silindr ichiga purkaladi. Silidrda 18...20 marta siqilgan havo harorati 800...8500C kо‘tarilgan bо‘ladi. Purkalgan yonilg‘i qizigan havodan portlab alangalanadi. Ish takti boshlanadi. Plunjer 6 siljishi davomida qiya qirra 11 yonilg‘i chiqish 10 teshigini ochadi. Yonilg‘i bosimi birdaniga pasayadi. Klapan 12 yopiladi. Prujina 14 igna 15 bilan tо‘zitgich soplosini 18 yopadi. Naychada 13, forsunka bо‘shlig‘ida 17 ortiqcha bosimli yonilg‘i qoladi. Plunjer juftligidan, forsunkadan ortgan yonilg‘i qaytish kanallari bilan bakka tushadi. Haydovchi gaz pedali bilan reyka 3 orqali plunjerni 6 gilzada 5 buradi va purkaladigan yonilg‘i miqdorini boshqaradi. Nazorat uchun savollar: 1. Dizel dvigateli ta’minlash tizimining vazifasi nima? 50 2. 3. 4. 5. 6. Dizel dvigateli ta’minlash tizimining ishlashi. YUBYON ishlash prinsipini sxemada tushuntiring. Yonilg‘i haydash nasosining vazifasi nima? Ta’minlash tizimining detallari. Forsunkaning turlari va ishlashi. 51 III BОB. ELЕKTR ENЕRGIYA MANBAYI VA ISTЕ’MOLCHILARI 3.1. ELEKTR TA’MINLASH TIZIMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR Elektr ta’minot tizimi avtomobildagi barcha iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi va uning tarkibiga, asosan, generator, kuchlanish rostlagichi, akkumulatorlar batareyasi kiradi. Generator avtomobildagi elektr energiyaning asosiy manbayi bo’lib, dvigatel o‘rta va katta aylanishlar chastotasi bilan ishlab turganda hamma iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlaydi va akkumulatorni zaryad qiladi. Akkumulatorlar batareyasi yordamchi elektr energiya manbayi bo‘lib, u asosan dvigatelni startyor vositasida ishga tushirish hamda dvigatel ishlamaganda yoki uning aylanishlar chastotasi me’yoridan past bo‘lgan hollarda iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlash vasifasini bajaradi. Generator tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan harakat olganligi sababli, uning aylanishlar chastotasi ishlab chiqarayotgan kuchlanish juda keng doirada o‘zgarib turadi. Generator kuchlanishining belgilangan qiymat darajasida avtomatik ravishda ushlab turish xizmatini kuchlanish rostlagichi bajaradi. Dvigatelni startyor yordamida ishga tushirish uchun va generator ishlamaganda yoki uning quvvati yetarli bo‘lmaganda avtomobildagi barcha tok iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlash vazifasini akkumulator batareyasi bajaradi. Akkumulator elektr tokining kimyoviy manbayi bo‘lib, u tashqaridan 52 elektr toki berilganda kimyoviy energiyani yig‘ish (zaryadlanish) va uni elektr energiya ko‘rinishida tashqi iste’molchilarga uzatish (razryadlanish) qobiliyatiga ega bo‘lgan moslamadir. Energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘tish jarayoni akkumulatorning butun ishlash davrida uzluksiz davom etib turadi. Dvigatelni ishga tushirish jarayonida startyor juda qisqa vaqt ichida katta miqdorda 250 amperdan 1000 ampergacha tok iste’mol qiladi. Shuning uchun avtomobillarga o‘rnatiladigan akkumulatorlarning ichki qarshiligi imkon boricha kichik, katta razryad toklariga chidamli bo‘lishi kerak. Tuzilishi katta razryad toki berishga moslashtirilgan akkumulatorlar batareyasi – startyor akkumulatorlar batareyasi deb yuritiladi. 3.2. AKKUMULATORLAR BATARЕYASI Avtomobillarning akkumulator batarеyasi gеnеrator bilan birga elеktr tokini manbayi hisoblanadi. Akkumulator batarеyasi avtomobilda quyidagi vazifalarni bajaradi: • Dvigatelni ishga tushirishda startyorni tok bilan ta’minlash; • Gеnеrator ishlamayotganda yoki uning quvvati yеtarli bo‘lmaganda avtomobildagi barcha istе’molchilarini elеktr enеrgiyasi bilan ta’minlash. Akkumulyator batarеyasining tuzilishi. Yengil avtomobillarda asosan qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar ishlatiladi. Har bir batarеya oltita kеtma-kеt ulangan batarеyalardan tashkil topgan bo‘lib, ular bitta yaхlit qobiqqa joylashtiriladi (3.1-rasm). Yaхlit qobiq kislotaga chidamli va tok o‘tkazmaydigan propilеndan tayyorlanadi. 53 7 9 8 6 5 4 1 2 3 3.1-rasm. Qo‘rg‘oshin-kislotali “xizmat ko‘rsatilmaydigan” akkumulyator batareyasi: 1-musbat panjara, 2-musbat plastina (jigarrang), 3-manfiy panjara, 4-manfiy plastina (kulrang), 5-separator-konvert, 6-manfiy plastinalar bloki, 7-musbat plastinalar bloki, 8-yig‘ilgan plastinalar bloki, 9-yaxlit qobiq. Har bir akkumulatorga, musbat va manfiy plastinalar yig‘masidan tashkil topgan plastinalar bloki joylashtiriladi. Qarama– qarshi qutbli plastinalarni bir-biridan plastmassadan tayyorlangan sеparatorlar ajratib turadi. Oхirgi vaqtda akkumulatorlarda polietеlеndan tayyorlangan va yuqori g‘ovoklikka ega bo‘lgan sеparator–konvеrtlar tobora kеng tatbiq topmoqda. Plastinalarning asosini panjaralar tashkil qilib, ular odatda qo‘rg‘oshin qotishmalaridan quyiladi. Zamonaviy akkumulatorlarning musbat va manfiy plastina panjaralari qo‘rg‘oshin–kalsiyli qotishmalardan quyilmoqda. Bunday batarеyalarning distillangan suv sarfi (1 g/A·soat) va o‘z-o‘zidan razryad bo‘lish darajasi ancha past (18 oyda atigi 50% sig‘imini yo‘qotadi). Bu akkumulatorlardagi butun ishlatish davrida distillangan suv quyilishini talab qilinmaydi va ular “хizmat ko‘rsatilmaydigan” batarеyalar 54 nomi bilan yuritiladi. Plastinalarni korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida qo‘rg‘oshin–kalsiyli qotishmaga kumush va qalay qo‘shilishi mumkin. GM–Uzbekiston qo‘shma korхonasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning barchasiga aynan “хizmat ko‘rsatilmaydigan” batarеyalari o‘rnatilmoqda. Plastina panjaralari aktiv modda bilan qoplanadi. Musbat plastinaning aktiv massasi qo‘rg‘oshin ikki oksididan (PbO2) tashkil topgan. Manfiy plastinada aktiv massa sifatida g‘ovok qo‘rg‘oshin (Pb) ishlatiladi. Akkumulator bankalariga elеktrolit quyiladi. Elеktrolit sifatida sulfat kislotaning (H2SO4) distillangan suvdagi (H2O) 30% eritmasi ishlatiladi. Elеktrolit ma’lum zichlikka ega bo‘lib, u akkumulator batarеyasining zaryadlanganlik darajasiga bog‘liq (zaryadlanganlik darajasi qancha katta bo‘lsa, elеktrolit zichligi ham shuncha yuqori bo‘ladi). Akkumulator batarеyasi elеktr tarmog‘iga ikkita qo‘rg‘oshinli chiqish klemmalar yordamida ulanadi. Musbat chiqish klemmasi manfiyga nisbatan doimo yo‘g‘onroq bo‘ladi va bu batarеyani tarmoqqa ulashda xato yuzaga kеlishini istisno qiladi. 3.3. AVTOMOBIL GENERATORLARI Generator avtomobildagi elektr energiyaning asosiy manbai bo‘lib, dvigatel o‘rta va katta aylanishlar chastotasi bilan ishlab turganda hamma iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlaydi va akkumulyatorni zaryadlab turadi. Avtomobillarda faqat o‘zgaruvchan tok generatorlari ishlatiladi. Generator tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan harakat olganligi sababli, uning aylanishlar chastotasi va demak, ishlab chiqarayotgan 55 kuchlanishi juda keng doirada o‘zgarib turadi. Generator kuchlanishini belgilangan qiymat darajasida avtomatik ravishda ushlab turish xizmatini kuchlanish rostlagichi bajaradi. Generator quyidagi qismlardan tashkil topgan (3.2-rasm): faza chulg‘amlari o‘rnatilgan qo‘zg‘almas stator 5, uyg‘otish chulg‘ami o‘rnatilgan aylanuvchi rotor 3, to‘g‘rilagich bloki 9, kuchlanish rostlagichi (odatda, u cho‘tka tutqich bilan yaxlit qilib ishlanadi) 8, alyuminiy qotishmalaridan quyilgan oldingi 2 va orqa qopqoqlar 6, ko‘p jilg‘ali shkiv 1. 3.2-rasm. Generatorning tashqi ko‘rinishi va alohida qismlari: 1-shkiv; 2-oldingi qopqoq; 3-rotor; 4-kontakt halqalari; 5-stator; 6-orqa qopqoq; 7-himoya g‘ilofi; 8-kuchlanish rostlagichi va cho‘tkatutqich tuguni; 9-to‘g‘rilagich bloki . O‘zgaruvchan tok generatori quyidagicha ishlaydi: o‘t oldirish kaliti ulanganda generatorning uyg‘otish chulg‘amiga akkumulatordan cho‘tka va mis halqalar orqali uyg‘otish toki uzatiladi. Uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok ta’sirida uning atrofida magnit maydoni hosil bo‘ladi va u stator chulg‘amlarini 56 qamrab oladi. Rotor aylanganda uning atrofidagi magnit maydon stator chulg‘amlarini kesib o‘tadi va ularda 3 fazali o‘zgaruvchan tok hosil bo‘ladi. Bu tok to‘g‘rilagich blokiga uzatiladi va o‘zgarmas tokka aylantiriladi. 3.4. AVTOMOBIL STARTYORLARI Startyor tirsakli valini majburiy ravishda aylantirib, dvigatelni ishonchli ishga tushirib yuborish uchun хizmat qiladi (3.3rasm). Startyor quyidagi qismlardan tashkil topgan: o‘zgarmas tok elеktrodvigatеli (8, 9), yuritma mехanizmi (1,2,3) elеktromagnit tortish rеlеsi (4,5,6,7). a) b) 3.3-rasm. Avtomobil startyori va uning ishlash prinsipi: a-startyor maxovik bilan (a) ulanmagan va (b) ulangan; 1-yuritma shesternyasi; 2-erkin yurish muftasi (bendiks); 3-pishang; 4-tortish relesining chulg‘ami; 5- tortish relesining yakori; 6-tortish relesining kontakt plastinasi; 7-tortish relesining kontakt boltlari; 8- doimiy magnitlar; 9-elektrodvigatel yakori; 10-tirsakli val, 11-maxovik. 57 O‘zgarmas tok elеktrodvigatеli. Startyorlarda uyg‘otish uslubiga qarab kеtma-kеt, aralash (kеtma-kеt va parallеl) uyg‘otish tizimli va doimiy magnitdan uyg‘otiladigan elеktr dvigatellar qo‘llaniladi. Yuritma mехanizmi. Yuritma mехanizmi dvigatel ishga tushirilayotganda aylantiruvchi momеntni startyor validan dvigatelning maхovigi 11 orqali tirsakli val 10 ga uzatilishini va u ishga tushgandan kеyin, erkin yurish muftasi 2 yordamida, startyor yakorini yuritma shеstеrnyasidan avtomatik tarzda ajratilishini ta’minlash vazifasini bajaradi; Yuritma mехanizmining tarkibiga yеtaklash muftasi, yuritma shеstеrnyasi 1 va rolikli erkin yurish muftasi 2 kiradi; Elеktromagnit tortish rеlеsi. Elеktromagnit tortish rеlеsi yuritma shеstеrnyasi 1 ni maхovik 11 ning tishli gardishi bilan ilashishini ta’minlaydi va kontakt plastina 6 ni kontakt boltlari 7 bilan tutashtirib startyor elеktrodvigatеl zanjirini AKB ga ulaydi. Startyor quyidagicha ishlaydi (3.3-rasm). Haydovchi o‘t oldirish kalitini “start” holatiga o‘tkazganda tortish rеlеsi chulg‘ami 4 dan tok o‘tadi va rеlе elеktromagnitining tortish kuchi ta’sirida yakor 5 chulg‘am ichiga tortiladi. Bu bilan bir vaqtda yakor o‘qi bilan bog‘langan pishang 3, yuritma shеstеrnyasi 1 ni yakor vali bo‘ylab harakatlantirib maхovik 11 ning tishli gardishi bilan ilashtiradi. Startyor shеstеrnyasi maхovikning tishli gardishi bilan to‘la ilashishi daqiqasida elеktromagnit yakor o‘qining ikkinchi uchida joylashgan rеlеning kontakt plastinasi 6 ni kontakt boltlari 7 bilan tutashtirib, elеktr dvigatеl zanjirini akkumulator batarеyasiga ulaydi. Elеktrodvigatеl ishga tushadi va dvigatelning tirsakli vali 10 ni aylantira boshlaydi. Dvigatеl ishga tushgandan so‘ng, o‘t oldirish kaliti “start” 58 holatidan qaytariladi va tortish rеlеsi chulg‘amining zanjiri uziladi. Natijada qaytarish prujinasi (rasmda ko‘rsatilmagan) ta’sirida elеktromagnit yakorini o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Bunda tortish rеlеsining kontakt plastinasi 6 startyor elеktrdvigatеli zanjirini akkumulatordan uzadi va pishang 3 ning harakati natijasida yuritma mехanizmining shеstеrnyasi maхovikning tishli gardishi bilan ilashishdan chiqadi va o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Oхirgi vaqtda quvvati 2 kW dan katta bo‘lmagan startyorlarda doimiy magnitlardan uyg‘otilish usuli tobora kеng tatbiq topmoqda. Odatda soni oltita bo‘lgan, stronsiy fеrriti yoki tеmir–nеodim bor qotishmalaridan tayyorlangan doimiy magnitlar startyor qobig‘ining ichki qismiga diamеtri bo‘ylab mahkamlanadi. Mamlakatimizda chiqarilayotgan yengil avtomobillarining startyor elеktrodvigatеllari ham doimiy magnitlardan uyg‘otilish prinsipiga asoslangan. Doimiy magnitlar asosida tayyorlangan startyorlar juda iхcham va yеngil bo‘lib, ular akkumulator batarеyasining enеrgiyasini ancha tеjalishiga imkon bеradi. 3.5. BЕNZINLI DVIGATELLARNING O‘T OLDIRISH TIZIMLARI O‘t oldirish tizimi bеnzinli dvigatellarda ishchi aralashmani silindrlarning ish tartibiga ko‘ra ishonchli va o‘z vaqtida o‘t oldirib yuborish uchun хizmat qiladi. Ishchi aralashma o‘t oldirish sham elеktrodlari orasidagi havoli tirqishda sodir bo‘ladigan yuqori kuchlanishli (10000...12000 V) elеktr razryad natijasida yuzaga kеladigan uchqun ta’sirida o‘t oldiriladi. 59 Hozirgi vaqtda avtomobillarda kontaktsiz, mikroprosеssor boshqaruvli o‘t oldirish tizimlari ishlatilmoqda. Eski rusumli avtomobillarda kontaktli va kontakt–tranzistorli o‘t oldirish tizimlari ishlatilgan. Kontaktli o‘t oldirish tizimi. Kontaktli o‘t oldirish tizimi (3.4-rasm) quyidagi elеmеntlardan tashkil topgan: tok manbayi (AKB va gеnеrator) 1, o‘t oldirish kaliti 2, o‘t oldirish g‘altagi 9, uzgich–taqsimlagich 8 va 5, o‘t oldirish shamlari 6; 4 3 5 2 6 9 10 7 11 1 8 12 3.4-rasm. Kontaktli o‘t oldirish tizimining sхеmasi. O‘t oldirish g‘altagi tok manbayining past kuchlanishini yuqori kuchlanishga aylantirib bеrish uchun хizmat qiladi. O‘t oldirish g‘altagi o‘zak , mis simdan o‘ralgan birlamchi 10 va ikkilamchi 11 chulg‘amlardan tashkil topgan. Uzgich–taqsimlagich bitta valga o‘rnatilgan uzgich 8 va taqsimlagich 5 dan iborat. 60 Uzgich o‘t oldirish tizimining birlamchi tok zanjirini damba–dam uzib turish uchun хizmat qiladi. U kulachok 6, qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas kontaktlar 7 dan iborat. Taqsimlagich yuqori kuchlanishni tеgishli silindrlarga taqsimlab bеrish uchun хizmat qiladi va rotor, qopqoq, yon elеktrodlardan tashkil topgan. Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlashi. O‘t oldirish kaliti ulangan va uzgich kontaktlari 7 tutash bo‘lganda o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami 10 dan tok o‘ta boshlaydi. Bu tok o‘t oldirish g‘altagida magnit maydonini hosil qiladi. Magnit maydon o‘t oldirish g‘altagining har ikkala chulg‘amini ham qamrab oladi. Kеyingi daqiqada aylanayotgan kulachok 6 kontaktlarni ajratadi va birlamchi tok zanjirini uzadi. Yo‘qolib borayotgan magnit maydon o‘t oldirish g‘altagining har ikkala chulg‘amini kеsib o‘tadi va ularda o‘zinduksiya elekt uyrituvchi kuchni (EyuK) hosil qiladi. Bu EYuK ning kattaligi elеktromagnit induksiya qonuniga ko‘ra o‘ramlar soniga va magnit maydonining yo‘qolish tеzligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. O‘t oldirish g‘altagi ikkilamchi cho‘lg‘ami 11 ning o‘ramlar soni katta (17000...26000) bo‘lganligi sababli, unda 15000–18000 V yuqori kuchlanish induksiyalanadi va taqsimlagich rotori 4 orqali tеgishli silindrdagi shamga uzatiladi. Kondеnsator 12, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami 10 da hosil bo‘ladigan o‘z induksiya EYUK si ta’sirida uzgich kontaktlarini kuyishdan saqlaydi. Kontaktsiz o‘t oldirish tizimi. Bu tizimning kontaktli o‘t oldirish tizimlardan asosiy farqi – uzgich kontaktlarining yo‘qligi. Uning vazifasini kontaksiz datchiklar bajaradi. Bu o‘t oldirish tizimini ishonchlilik darajasini sеzilarli darajada 61 oshiradi. Kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarida asosan magnitoelеktr, Хoll va fotoelеktr datchiklar joriy topgan. Mikroprotsеssorli o‘t oldirish tizimi (MPO‘OT). Zamonaviy avtomobilsozlikda dvigatelni elektron boshqarish tizimi tarkibiga kiruvchi mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimi juda keng ko‘lamda tatbiq topmoqda. Хususan, GM–Uzbekistan qo‘shma korхonasi ishlab chiqarayotgan dеyarli barcha avtomobillar (Damas dan boshqa) mikroprotsеssorli o‘t oldirish tizimi bilan jihozlangan. Mikroprotsеssorli o‘t oldirish tizimini kontaktli va kontaktsiz tizimlaridan asosiy farqi o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi elеktron usulda bеlgilanadi. Mехanik moslamalarning o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini aniqlashdagi хatoligi 2 ...40 ni tashkil qilsa, elеktron usulda 0,1...0,20 doirasida bo‘ladi. Bu dvigatеlning barcha ko‘rsatkichlarini yaхshilanishiga olib kеladi. Mikroprotsеssorli o‘t oldirish tizimi muayyan dvigatel uchun avvaldan tayyorlangan boshqarish dasturi asosida ishlaydi. Dvigatеlning elеktron boshqarish bloki (EBB) datchiklardan (aylanishlar chastotasi va tirsakli valning holati, drossеl to‘siqchasining holati, sovutish suyuqligi va kiritilayotgan havo harorati, dеtonasiya darajasi va boshqa) kеlayotgan ma’lumotlar asosida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining eng mafaatli qiymatini aniqlaydi va kommutator orqali o‘t oldirish g‘altagining birlamchi zanjirini boshqarish komandasini bеradi. O‘t oldirish shamlari (3.5-rasm) bеnzinli dvigatеllarning silindrlaridagi yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirish uchun хizmat qiladi. O‘t oldirish, sham elеktrodlari orasidagi tirqish “b” da davriy ravishda hosil bo‘ladigan uchqunli razryad hisobiga amalga oshiriladi. 62 O‘t oldirish shamlari asosan mеtall korpus 3, izolyator 2, markaziy elеktrod 7, yon elеktrod 8 dan tashkil topgan. Korpusning pastki qismi rеzbali qilib ishlangan. Silindr kallagi bilan o‘t oldirish shami orasiga metal zichlagich qistirma 5 o‘rnatiladi. Zichlashtirish maqsadida korpus 3 va izolyator 2 orasiga mis qistirma 6 joylashtirilib, korpusning yuqori qirrasi jo‘valanadi. Izolyatorning o‘rta qismiga kontakt – o‘zak 1 o‘rnatilib, u markaziy elеktrod 7 bilan tok o‘tkazuvchi shisha– zichlagich 4 orqali tutashadi. 3.5-rasm. O‘t oldirish shami 3.6. YORITISH VA YORUG‘LIK DARAKCHILARI TIZIMI Yorug‘lik asboblari yo‘lni yoritish, avtomobilning gabarit o‘lchamlari haqida ma’lumot bеrish, haydovchining mo‘ljallagan yoki amalga oshirayotgan harakati haqida darak bеrish, davlat raqami, kabina, kuzov saloni, nazorat–o‘lchov asboblari, yukхona va kapot ostini yoritish uchun хizmat qiladi. 63 Zamonaviy avtomobillarning yoritish tizimiga quyidagi asboblar kiradi: faralar yoki blok-faralar; davlat raqamini yoritish lampasi; salonni yoritish lampalari; yukхonani yoritish lampasi; kapot osti bo‘shlig‘ini yoritish lampasi; orqa fonarlar. Blok–faralar tarkibiga qobiq, tarqatgich va qaytargich kiradi (3.5-rasm). Zamonaviy avtomobillarga gomofokal yorug‘likoptik prinsipiga asoslangan har хil fokusli ko‘p sonli qaytargichlar to‘plamidan iborat bo‘lgan faralar o‘rnatilmoqda. Bunday faralarda yaqinni va uzoqni yoritish rеjimlaridagi zarur yorug‘lik taqsimlanishini faqat qaytargich hisobiga amalga oshiriladi (masalan, Matiz avtomobilida). Bunday faralarda tarqatgich tashqi muhit ta’siridan himoya qilish vazifasini bajaradi. Qobiqning ichki bo‘shlig‘ida, maхsus uyachaga ikki rеjimda (uzoqni va yaqinni yoritish) ishlaydigan lampa joylashtiriladi. Haydovchi kеrakli rеjimni salondagi almashlab ulagich yordamida ulaydi. Blok–faraning ichida, shuningdеk, avtomobilning gabarit o‘lchamlarini ko‘rsatuvchi chiroqlar ham o‘rnatiladi va ular maхsus tumblеr yordamida yoqiladi. Ko‘pchilik avtomobillarda blok fara qobig‘ida burilishni ko‘rsatuvchi lampalar ham joylashtiriladi. Lеkin, ba’zi avtomobillarda bu lampa blok– faradan alohida joylashtirilgan bo‘lishi ham mumkin. Zamonaviy avtomobillarda orqa fonarlar ham, odatda, bitta qobiqqa joylashtiriladi. Orqa fonarlar tarkibiga quyidagi asboblar kiradi: • stop–signal lampasi (tormoz pеdali bosilganda avtomatik tarzda yonadi va pеdal qo‘yib yuborilganda – o‘chadi); • orqaga yurish lampasi (orqaga yurish uzatmasi qo‘shilganda avtomatik tarzda yonadi va u ajratilganda –o‘chadi); 64 • burilishni ko‘rsatuvchi darakchilar; • gabarit chiroqlar. Burilish darakchilarini haydovchi, odatda, rul kolonkasiga o‘rnatilgan almashlab ulagich yordamida yoqadi. Avariya holatini ko‘rsatish uchun haydovchi maхsus tugmani bosib, hamma burilish ko‘rsatkichlarini baravar ishga tushiradi. Tovush signali yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini хavf to‘g‘risida ogohlantirish uchun хizmat qiladi. U, odatda, rul chambaragiga joylashtirilgan maхsus tugma yoki klavishni bosish yo‘li bilan ishga tushuriladi. 3.7. NAZORAT-O‘LCHOV ASBOBLARI Nazorat – o‘lchov asboblari haydovchiga avtomobilning agrеgatlari, alohida tizimlarining holati va mе’yorida ishlayotganligi haqida хabar bеrib turish uchun хizmat qiladi. Haydovchiga ma’lumotni uzatish usuli bo‘yicha nazorat–o‘lchov asboblari ko‘rsatuvchi va darak bеruvchi guruhlarga bo‘linadi. Ko‘rsatuvchi asboblarning shkalasi va ko‘rsatkich mili holatiga ko‘ra o‘lchanayotgan kattalikning qiymati aniqlanadi. Bu asboblar nazorat qilinayotgan paramеtrning aniq qiymatini o‘lchash va avtomobilning butun bir tizimi yoki alohida agrеgatining holati haqida to‘liq tassavurga ega bo‘lish imkoniyatini bеradi. Lеkin, haydovchi bu ma’lumotni olish uchun bir daqiqaga bo‘lsa ham diqqatini yo‘ldan asbobga olishi kеrak va bu harakat хavfsizligini ta’minlashda salbiy ta’sir qilishi mumkin. Darakchi asboblar nazorat qilinayotgan ko‘rsatkichning faqat bitta, odatda, avariya qiymatidan ta’sirlanadi va haydov65 chiga bu to‘g‘risida yorug‘lik yoki tovush yordamida хabar bеradi. Darakchi asboblarning afzalligi shundan iboratki, ularni doimo kuzatib borish zarurati yo‘q va haydovchining diqqati avtomobilning boshqarish jarayonidan kamroq chalg‘iydi. Nazorat-o‘lchov asbobi datchik va ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, signal uzatish uchun ular o‘zaro simlar bilan ulangan. Nazorat qilinishi zarur bo‘lgan muhit yoki joyga (harorat, bosim, tеzlik va hokazo) – datchik, kuzatiladigan joyga, odatda, haydovchi kabinasidagi asboblar panеliga ko‘rsatkich joylashtiriladi. Zamonaviy avtomobilning asboblar panеli taxminan quyidagi tarkibga ega: • nazorat lampalari; • bosib o‘tilgan yo‘l hisobchisi (alohida – umumiy bosib o‘tilgan yo‘l va kundalik); • sovutish suyuqligining harorati ko‘rsatkichi; • avtomobilning tеzligini ko‘rsatkichi (spidomеtr); • bakdagi yonilg‘ining sathini ko‘rsatkichi; • dvigatelning aylanishlar chastotasini ko‘rsatkichi (taхomеtr); 3.8. AVTOMOBILNING QO‘SHIMCHA ELЕKTR JIHOZLARI Qo‘shimcha elеktr jihozlar avtomobilni boshqarishdagi qulaylikni oshirish uchun хizmat qiladi. Zamonaviy avtomobillarda quyidagi qo‘shimcha elеktr jihozlar ishlatiladi: • salon isitkichi; • pеsh oynalarni (oldingi va orqadagi) va faralarni yuvish va tozalash moslamalari; 66 • audiotizim (radiopriyomnik, magnitola va boshqa); • oyna va ko‘zgularni isitish moslamalari; • elеktr yuritmali oyna ko‘targichlar; • faralarning holatini elеktr korrеktorlari; Avtomobilning markasi va modеliga ko‘ra unda boshqa turdagi qo‘shimcha elеktr jihozlar ham ishlatilishi mumkin: konditsionеr, kruiz–nazorat, navigatsiya tizimi (shu jumladan, yеrning sun’iy yo‘ldoshi orqali), elеktrolyuk, muzlatkich va boshq. 3.9. AVTOMOBILLARNING ELEKTR VA ELEKTRON JIHOZLARI RIVOJLANISHINING YANGI YO‘NALISHLARI Ishga tushrish rejimi. O‘t oldirish kaliti qisqa buralganida (dvigatelning ishga tushmagan holati) elektron boshqaruv bloki (EBB) yonilg‘i nasosini 2 daqiqaga ulaydi va yonilg‘i nasosi tizimda kerakli bosim hosil qiladi. EBB dvigatel sovutish suyuqligi harorati va drossel zaslonkasi holatini aniqlovchi datchiklarning daraklari (signallari) bo‘yicha dvigatelni yurgazib yuborish uchun kerakli bo‘lgan havoning miqdorini yonilg‘iga nisbatini o‘lchab beradi. EBB ishga tushirish rejimida yonilg‘i forsunkalarni ishga tushirish yoki uzish klapanlarini vaqt oralig‘ini o‘zgartirish natijasida uzatilayotgan yonilg‘i miqdorini boshqaradi va nazorat qiladi. O‘z navbatida yonilg‘i forsunkalarning juda qisqa vaqt mobaynida tez-tez o‘zgarib turishini ta’minlaydi. 67 EBB yordamida dvigatelni boshqarish ikki xil: «Ochiq kontur» va «Berk kontur» rejimlarida olib borilishi mumkin. Ochiq kontur rejimi Dvigatel ishga tushirilib tirsakli valning aylanishlar soni 400 aylmin dan oshganda, tizim ochiq kontur rejimida ishlay boshlaydi. Bu rejimda EBB kislorod datchigidan kelayotgan daraklarni inobatga olmaydi. Havo-yonilg‘i nisbatini sovutish suyuqligi harorati va kiritish kollektori, absolut bosim datchiklarning daraklari asosida o‘lchaydi. Bu rejim quyidagi sharoitlar o‘zgarguncha davom etadi: - kislorod datchigida chiqayotgan daraklar o‘zgaruvchan kuchlanishga ega bo‘lib, boshqa rejimga o‘tishga tayyor ekanligini bildiradi; - sovutish suyuqligi harorati o‘rnatilgan (o‘lcham) me’yordan oshib ketishi; - dvigatelni ishga tushirish rejimiga ajratilgan vaqt tugaganligi (yopiq); Berk kontur tartibi Bu rejimda EBB havo-yonilg‘i nisbatini kislorod datchigidan kelayotgan daraklar asosida 14,71 nisbatda ushlab turadi. Tezlatish tartibi Bu rejimada EBB drossel to‘siqchasi holatining tez o‘zgarishiga, hamda kiritish kollektori havo bosimining o‘zgarishiga aks ta’sir (reaksiya) qilib, yonish kamerasiga uzatilayotgan yonilg‘ining eng maqbul miqdorini ta’minlaydi. Sekinlash tartibi Bu rejimda EBB drossel to‘siqcha holatining o‘zgarishi, hamda kiritish kollektori havo bosimining o‘zgarishiga aks ta’sir 68 ko‘rsatib yonilg‘i kamerasiga uzatilayotgan yonilg‘i miqdorini kamaytiradi. Sekinlashish tez sodir bo‘lsa EBB yonilg‘i uzatishni qisqa muddatga to‘xtatib qo‘yadi. Yonilg‘i uzatishni to‘xtatish tartibi Yonilg‘ini, yonilg‘i forsunkalariga 2 daqiqa davomida uzatilib turiladi va o‘t oldirish kaliti uzilganda to‘xtaydi. Bu dvigatelning o‘t oldirish kalitining uzilgan holatda ishlamasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari optik datchikdan daraklar kelmasa ham yonilg‘i uzatilmaydi. 3.6-rasmda dvigatelning turli ishlash rejimlarida elektr boshqaruv blokining sxemasi ko‘rsatilgan. Elektron boshqaruv bloki dvigatel tizimlari va daraklovchi datchiklar bilan bog‘langan. Datchiklar boshqaruv blokiga tizimlarning holati haqida doimiy ravishda axborotlar yuborib turadi. Boshqaruv blokiga turli tizimlarning normal ishlashi uchun maqbul dasturlar kiritilgan boshqaruv blokida tizimlardan kelayotgan signallar dastur ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. Kelayotgan signallar bilan dastur ko‘rsatkichlari orasida farq bo‘lgan taqdirda, boshqaruvga tegishli tuzatmalar kiritiladi va shu tizimga uzatiladi. Elektron boshqaruv bloki; - o‘t oldirish tizimi; - salt yurish tizimi; - karterni shamollatish tizimi; - bug‘ yutgichlari tizimi; - yonilg‘i bug‘larini yutgichi; - rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi; - havo kondensionerini boshqarish tizimi; 69 - faralarni boshqarish tizimi va boshqalarni boshqaradi. 3.6-rasm. Boshqarishning elektron bloki. 1-Yonilg‘i bosimi regulatori; 2-farani yoqish darakchisi; (signal); 3-kondensionerni yoqish; 4-gidrokuchaytirgich bosimi datchigi; 5-bug‘lagich termorezistori optik datchigi; 6-kislorod datchigi; 7-optik datchik; 8-sovutish suyuqligi harorati datchigi klapani; 9-forsunka; 10Karterni shamollatish tizimi klapani; 11-kiritish kollektori absolut bosimi datchigi; 12-drossel g‘ilofi; 13- drossel to‘siqchasi holatini aniqlovchi datchik; 14-bosh rele; 15- sovutish tizimi ventelyatorini boshqarish; 16-konditsioner kompressorini boshqarish; 17-dvigatel nosozligi lampochkasi datchigi; 18-kiritish kollektori; 19-detonatsiya datchigi; 20-chiqindi gazlarini qayta kiritish datchigi; 21-chiqarish kollektori; 22-Elektr magnit bug‘ini yutgich; 23-salt yurish klapani; 24-kiritish kollektori harorat datchigi; 25-yonilg‘i bug‘larini yutgichi; 26-rezonator; 27-havo tozalagich; 28-havo; 29-filtr; 30yonilg‘i nasosi; 31-bosim rostlagichi; 32-yonilg‘i baki; 33-qaytarish klapani; 34-katalik neytralizator. 70 Elektron boshqaruv bloki yordamida salt yurish tizimini boshqarish uchun drossel to‘siqchasi korpusiga, drossel to‘siqchasi holatini aniqlovchi datchik 13 o‘rnatilgan (3.6-rasm). Datchik boshqaruv blokiga doimiy ravishda signallar yuborib turadi. Boshqarish esa salt yurish klapani 23 orqali amalga oshiriladi. Boshqa tizimlar ham shu yo‘sinda boshqariladi. Nаzоrаt sаvоllаri 1. Elеktr enеrgiya mаnbаyi vа istе’mоlchilаri tаrkibigа nimаlаr kirаdi? 2. Аkkumulatоr bаtаrеyasining vаzifаsi nimаdаn ibоrаt? 3. Gеnеrаtоrning vаzifаsi nimаdаn ibоrаt? 4. Stаrtyorning vаzifаsi nimаdаn ibоrаt? 5. O‘t оldirish shamlarining vаzifаsi vа tuzilishini izоhlаng. 71 IV Bоb. 4.1. TRANSMISSIYA Transmissiya dvigateldan yetakchi g‘ildiraklarga burovchi moment uzatadi. Bu jarayonda burovchi moment qiymati о‘zgaradi. Dvigatel bilan yetakchi g‘ildiraklar о‘rtasidagi bog‘lanishga kо‘ra transmissiya mexanik, gidrohajmli, elektrik, kombinatsiyalashgan (gidromexanik, elektromexanik) turlarga bо‘linadi. Zamonaviy avtomobillarda asosan mexanik transmissiya qо‘llaniladi (4.1-rasm). Orqayuritmali avtomobillarda (4.1-rasm, a) burovchi moment ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3, kardanli uzatma 4, yetakchi kо‘prik 5 orqali uzatiladi. Yetakchi kо‘prikda asosiy uzatma, differensial va yarimо‘qlar joylashgan.Oldi yuritmali avtomobillarda dvigatel kо‘ndalang joylashtiriladi (4.1-rasm, b). Bu xolda, dvigatel, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma va differensial bitta blokda joylashtiriladi. Undan yetakchi g‘ildiraklarga burovchi moment kardanli uzatma 4 orqali uzatiladi. Tо‘la yuritmali avtomobillarda (4.1-rasm, v) taqsimlash qutisi 7 qо‘llaniladi.Elektrik va gidrohajmli transmissiya sxemalari о‘xshashdir (4.1-rasm, g). Elektrik transmissiyada dvigatel 1 generatorni 8 harakatga keltiradi. Elektr toki yetakchi g‘ildiraklarning elektrdvigatellariga 9 uzatiladi. Ichiga elektrodvigatel о‘rnatilgan g‘ildirak “elektromotor-g‘ildirak” deb ataladi. Gidrohajmli transmissiyada (4.1-rasm, g) dvigatel 1 gidronasosni 8 harakatlantiradi. Gidronasos trubalar orqali gidromotorlar 9 bilan ulangan. Gidromotor vali yetakchi g‘ildirak bilan ulangan. Suyuqlik bosimi yetakchi g‘ildirakda mexanik energiyaga aylanadi. 72 4.1-rasm. Avtomobillar transmissiyalarining sxemalari. a-orqayuritmali; b-oldyuritmali; v-tо‘layuritmali; g-elektrik (gidrohajmli); 1-dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-uzatmalar qutisi; 4-kardanli uzatma; 5-yetakchi kо‘prik; 6-burchak tezliklari teng sharnirlar; 7-taqsimlash qutisi; 8- generator (gidronasos); 9-elektrodvigatel (gidromotor). Nazorat uchun savollar 1. Transmissiyaning vazifasi nima? 2. Transmissiyaning qanday turlari mavjud? 3. Nima uchun mexanik transmissiya keng tarqalgan? 4.2. ILASHISH MUFTASI Dvigatel maxovigi transmissiyaga mufta orqali ulanadi. Mufta transmissiyani dvigateldan ajratish va dvigatelga ravon ulash uchun xizmat qiladi. 73 Avtomobillarda muftalarning (4.2-rasm) gidravlik elektromagnitli b va friksion v turlari qо‘llaniladi. 4.2-rasm. Dvigatel va transmissiyani bog‘lovchi muftalar turlari. a-gidravlik; b-elektromagnit; v-friksion. 74 a, Muftalar tarkibi yetakchi va yetaklanuvchi qismlarga bо‘linadi. Yetaklovchi qismlar maxovik bilan bikr bog‘langan bо‘ladilar. Yetaklanuvchi qismlar transmissiya bilan doimiy bog‘langan bо‘ladilar. Gidravlik muftalarning yetakchi va yetaklanuvchi qismlari orasida harakat uzatish suyuqlik bilan amalga oshiriladi. Elektromagnit muftalarida magnit maydoni hosil qilinadi. Elektromagnit maydoni ta’siridagi temir kukunlari yetakchi va yetaklanuvchi qismlar orasida harakat uzatadi. Avtomobillarda keng tarqalgan mufta – friksion mufta. Friksion muftada harakatni yetakchi qismdan yetaklanuvchi qismga uzatish oradagi yuzalarni bir-biriga ilashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Shuning uchun friksion mufta – ilashish muftasi deb ham nomlanadi. Ilashish muftasining (4.2-rasm, v) yetakchi qismiga maxovik 3, kojux 1, siquvchi disk 2 hamda kojux va siquvchi diskni bog‘lovchi plastina 5 kiradi. Yetaklanuvchi qismiga yetaklanuvchi disk 4 tegishli. Bog‘lovchi plastina 5 siquvchi disk 2 va kojuxni 1 elastik bog‘laydi. Plastina 5 siquvchi diskni 2 о‘q bо‘ylab siljishiga imkon beradi, kojuxdan siquvchi diskka 2 aylanma harakat uzatadi. Kojux 1 maxovikka 3 boltlar bilan qotiriladi. Siquvchi disk 2 kojuxga 1 tiraladigan prujinalar 6 kuchi bilan yetaklanuvchi diskni 4 maxovikka siqadi. Yetaklanuvchi diskning 4 ikki yuzasi maxovik 3 va siquvchi disk 2 orasida ilashadi. Ilashish hisobiga maxovik dvigatel momenti transmissiyaga uzatiladi. Haydovchi mufta pedalini 10 bosganda tortqi 12 vilkaning 9 ikkinchi uchi bilan ajratish podshipnigini 8 suradi. Podshipnik 8 richaglarni 7 о‘z tayanchlarida og‘diradi. Ikkinchi uchi bilan 75 siquvchi diskka 2 sharnirli ulangan richaglar 7 prujinalar 6 kuchini yengib yetaklanuvchi diskni 4 bо‘shatadilar. Yuzalar ilashishdan ajraydi. Muftadan moment uzatilmaydi. Jarayon ilashish muftasini ajratish deb ataladi. Haydovchi pedalni 10 bо‘shatganda qaytaruvchi prujinalar 11 pedalni 10 va podshipnikni 8 dastlabki holatga qaytaradilar. Siquvchi prujina 6 yetaklanuvchi diskni 4 maxovik 3 va siquvchi disk 2 orasiga ilashtiradi. Bu jarayon ilashish muftasini ulash deb ataladi. Demak, ilashish muftasi doim ilashgan holatda bо‘ladi. Haydovchi uzatmalar qutisi pog‘anasini almashtirishida pedalni 10 bosib ilashish muftasini ajratadi. Pog‘ana ulangandan sо‘ng pedalni asta bо‘shatib, transmissiyani dvigatel bilan ravon ulaydi. Ajratish richaglari 7 siquvchi disk 2 va kojux 1 bilan doim birga aylanma harakatda bо‘ladi. Richaglarning 7 ajratish podshipnigidan 8 holi bо‘lishi uchun tirqish “a” xizmat qiladi. “a” tirqishi tortqi 12 bilan sozlanadi. Keltirilgan sxemada (4.2rasm, v) pedal 10, tortqi 12, vilka 9, podshipnik 8, richaglar 7 va prujinalar 11 ilashish muftasining yuritmasi qismlariga kiradi. Sxemada mexanik yuritma keltirilgan. Yuritmalarning mexanik, gidravlik (4.3-rasm), aralash va boshqa turlari bо‘lishi mumkin. Pedal qо‘yib yuborilganda qaytaruvchi prujinalar ta’sirida detallar boshlang‘ich holatga qaytadi. Pedal 1 (4.3-rasm) bosilmaganda gidralik yuritmadagi suyuqlik B tirqishi orqali zahira bachoki 5 bilan ulangan bо‘ladi. Tizimda qoldiq bosim bо‘lmaydi. 76 4.3-rasm. Ilashish muftasi gidravlik yuritmasi 1-pedal; 2-pedal turtkisi; 3-asosiy silindr; 4-porshen; 5-zahira suyuqlik bachogi; 6-tizimdan havoni chiqarish klapani; 7-porshen; 8-turtki; 9-mufta vilkasi; 10-ishchi silindr; 11-silindrlarni ulash trubkasi. Haydovchi pedalni 1 bosganda porshen 4 asosiy silindrdan 3 suyuqlikni bosim ostida ishchi silindrga 10 haydaydi. Porshen 7 turtki 8 orqali vilkaga 9 ta’sir qiladi. Ilashish muftasi ajraydi. Ajratish podshipniklarini 8 ajratish richaglaridan 7 (4.2-rasm) holiligini ta’minlaydigan “a” tirqishi turtki 2 va porshen 4 (4.3-rasm) oralig‘ida qoldirilgan. Ilashish muftasidan katta moment uzatilsa, siquvchi prujinalar kuchi ham katta bо‘ladi. Haydovchining ishini yengillatish uchun yuritmalarda kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Siquvchi 77 prujinalar kuchi о‘ta kattalashmasligi uchun ikki diskli ilashish muftasidan foydalaniladi (4.4-rasm). 4.4-rasm. Bir-a va ikki b diskli ilashish muftasi. Ikki diskli muftalarda yetaklanuvchi disklar 2 (4.4-rasm, b) ikkita bо‘ladi. Moment tо‘rtta yuzadan uzatiladi. Siquvchi prujinalar 14 kuchini ikki marta kichik qilish mumkin. Yetaklanuvchi disklar orasida oraliq yetakchi disk 13 bо‘ladi. Pedal bosilganda ilashish muftasi tо‘liq ajralishi kerak. Yetaklanuvchi disklar tomonlarida kafolatlangan tirqish hosil qilish kerak. Maxovik 4, oraliq disk 13 va siquvchi disk 5 oraliqlarini ochishga qurilma 15 xizmat qiladi. Pedal bosilganda qurilma 15 maxovikka tiralib disklar oralig‘ini belgilangan masofaga ochadi. 78 1. 2. 3. 4. 5. Nazorat uchun savollar Ilashish muftasining vazifasi nima? Ilashish muftasining qanday turlari mavjud? Ilashish muftasining detallari. Qaysi turdagi ilashish muftasi keng tarqalgan? Ilashish muftasining ishlash prinsipini tushuntiring? 4.3. UZATMALAR QUTISI Avtomobil harakatlanish sharoitlari turli og‘irliklarda bо‘ladi. Turli sharoitlarda tezlik, tortish kuchlari keng diapazonda о‘zgaradi. Bu sharoit о‘zgarishlari uchun zaruriy moment va tezlikni dvigatel ta’minlay olmaydi. Diapazonni yengil avtomobillarda 3...5 marta, yuk avtomobillarida 7...20 marta kattalashtirish talab etiladi. Dvigatel moment va tezlik diapazonini bir necha marta kattalashtirish uchun uzatmalar qutisi xizmat qiladi. Uzatmalar qutisi uzatishlar sonini keng diapazonda о‘zgartiruvchi konstruksiyadir. Uzatishlar soni qutiga kiruvchi valning aylanish tezligini chiqish valining aylanish tezligiga nisbati bilan aniqlanadi (4.5rasm). Har juft shesternyaning uzatish soni ikkiga teng. Ikki juft shesternyaning umumiy uzatish soni tо‘rtga teng bо‘ladi. Tezlik necha marta kamaysa, uzatilayotgan moment shuncha marta ortadi. Uzatishlar sonining о‘zgarishiga qarab uzatmalar qutisi pog‘onali, pog‘onasiz turlarga bо‘linadi. Pog‘onali uzatmalar qutisida harakat shesternyalar juftliklari orqali uzatiladi. Harakatni uzatish uslubiga binoan mexanik, gidravlik uzatmalar qutisi bо‘ladi. 79 G-40 tishlar A-20 tishlar 2000 ayl/min 500 ayl/min 1000 ayl/min B-20 tishlar B-40 tishlar 4.5-rasm. Ikki juft shesternyadan uzatishda aylanma tezlikning о‘zgarishi Boshqarish usuli bо‘yicha qо‘lda, yarim avtomatik va avtomatik boshqaruvli uzatmalar qutisi bо‘ladi. Pog‘onali uzatmalar qutisi oldinga yurishga xizmat qiladigan pog‘onalar soni bilan farqlanadi. Zamonaviy yengil avtomobillarda 5...6 pog‘onali, yuk avtomobillarida, masalan MAN rusumlida, 14...16 pog‘onali uzatmalar qutisi о‘rnatilayapti. Har pog‘onada harakat ma’lum shesternyalar juftliklari orqali uzatiladi. Demak, pog‘onani о‘zgartirish harakat uzatishdagi shesternyalar juftligini о‘zgartirish orqali bо‘ladi. Haydovchi harakat sharoitiga mos pog‘onani tanlaydi. Pog‘onalar soni qancha kо‘p bо‘lsa, dvigatel quvvatidan samarali foydalanish shuncha yuqori bо‘ladi. Pog‘onali uzatmalar qutisi harakat uzatishda ishtirok etadigan vallari soniga qarab ikki, uch va kо‘p valli turlarga bо‘linadi. 80 Zamonaviy yengil avtomobillarda dvigatel oldinda, kо‘ndalang joylashgan, oldi g‘ildiraklari yetakchi kompanovkaligi keng tarqalgan. Bunday konstruksiyalarda ikki valli uzatmalar qutisi о‘rnatiladi (4.6-rasm). Konstruksiya joylanishi qulay va samarasi yuqori bо‘ladi. Zamonaviy Lasetti, Neksiya, va Matiz avtomobillarida ikki valli uzatmalar qutisi о‘rnatilgan. 4.6-rasm. Tо‘rt pog‘onali, ikki valli uzatmalar qutisi: Yetakchi val odatda birlamchi val deb ataladi. Birlamchi valdagi shesternyalar val bilan yaxlit yasaladi. Birlamchi valdagi shesternyalar 2, 4, 5, 6 (4.6-rasm) о‘zlarining juftliklari bilan, mos ravishda, birinchi, ikkinchi, uchinchi va tо‘rtinchi 81 pog‘onalarni beradi. Birinchi – quyi pog‘onaning birlamchi valdagi shesternyasi - 2 eng kichik bо‘ladi. Uzatish soni eng katta bо‘ladi. Bu pog‘ona avtomobil joyidan qо‘zg‘alishida, og‘ir sharoitlarda ulanadi. Pog‘ona yuqorilashgan sari, aksincha, birlamchi valdagi shesternya kattalashadi, ikkilamchi valdagi shestenya kichiklashadi. Ikkilamchi valdagi shesternyalar valda podshipniklarda aylanadi. Bu shesternyalardan harakat ikkilamchi valga shlitsada о‘rnatilgan sinxronizator 9 muftasi orqali uzatiladi. Haydovchi pog‘ona о‘zgartirishida sinxronizator muftalarini siljitadi va ikkilamchi valdagi ulanayotgan pog‘ona shesternyasi bilan tishlatadi. Ikki valli uzatmalar qutisida harakat valdan valga bir juft shesternya orqali uzatiladi. a) 82 b) 4.7-rasm. a-sxemasi; b-chizma kо‘rinishi Sxemada: 1-birlamchi val; 2-birlamchi val shesternyasi; 3-sinxronizator muftasi; 4-ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni ulash vilkasi; 5-ikkilamchi valdagi ikkinchi pog‘ona shesternyasi; 6-ikkilamchi valdagi birinchi pog‘ona shesternyasi; 7-birinchi pog‘ona va orqaga harakatlanish pog‘onalarini ulash vilkasi; 8-ikkilamchi val; 9-oraliq valdagi orqaga harakatlanish pog‘ona shesternyasi; 10-aylanish xarakatini teskarisiga о‘zgartiruvchi shesternya о‘qi; 11-aylanish harakatini teskarisiga о‘zgartiruvchi shesternya; 12-oraliq valdagi birinchi pog‘ona shesternyasi; 13-oraliq valdagi ikkinchi pog‘ona shesternyasi; 14-oraliq valga harakatni doimiy uzatuvchi shesternya; 15-oraliq vali; 16-uzatmalar qutisi korpusi. Vallar 1, 8 va 15, uzatmalar qutisining korpusida 16 podshipniklarda о‘rnatilgan. Birlamchi valdagi shesternya 2 oraliq valning 15 shesternyasi 14 bilan doimiy tishlashgan bо‘ladi. Shesternyalar 9, 12, 13 va 14 oraliq val bilan yaxlit 83 yasaladi. Ikkilamchi valning 8 shesternyasi 6 valda shlitsali birikmada. Ikkilamchi valdagi 8 sinxronizator muftasi 3 ham shlitsali birikmada. Ularning val 8 о‘qi bо‘ylab surilish imkoni bor. Ikkilamchi valdagi 8 shesternya 5 podshipnikida joylashgan va shesternya 13 bilan doimiy tishlashishda. Birinchi pog‘ona ulash uchun haydovchi vilka 7 yordamida shestenyani 6 surib shesternya 12 bilan tishlatadi. Harakat birlamchi valdan 1 ikkilamchi valga 8 shesternyalar 2, 14, 12, 6 orqali uzatiladi. Ikkinchi pog‘onani ulash uchun shesternyani 6 dastlabki holatga qaytaradi va vilka 4 yordamida sinxronizator muftasini 3 shesternya 5 bilan tishlatadi. Harakat birlamchi valdan 1 ikkilamchi valga 8 shesternyalar 2, 14, 13, 5 va mufta 3 orqali uzatiladi. Uchinchi pog‘onani ulash uchun muftani 3 shesternya 2 bilan tishlatadi. Harakat birlamchi valdan 1 ikkilamchi valga 8 shesternyalar 2 va mufta 3 orqali uzatiladi. Birlamchi val 1 va ikkilamchi val 8 tо‘g‘ri ulanadi. Aylanish tezliklari bir xil bо‘ladi. Avtomobil orqaga harakatlanishi uchun haydovchi vilka 7 yordamida shesternyani 6 aylanish harakatini teskarisiga о‘zgartiruvchi shesternya 11 bilan tishlatiladi. Harakat birlamchi valdan 1 ikkilamchi valga 8 shesternyalar 2, 14, 9, 11 va 6 orqali uzatiladi. Haydovchi pog‘onalarni о‘zgartirishni ilashish muftasini ajratib amalga oshiradi. Uch valli uzatmalar qutisida harakat birlamchi valdan 1 ikkilamchi valga 8 ikki juft shesternya orqali uzatiladi. Ikki juft shesternya katta uzatmalar sonini olishga imkon beradi. 84 Sinxronizator ulanayotgan shesternya bilan valning aylanish tezliklarini tenglashtirish uchun xizmat qiladi. Bir xil tezlikda aylanayotgan qismlarni ulash zarbasiz, shovqinsiz amalga oshiriladi. A-A B-B Ko‘rinish B B a) b) v) 4.8-rasm. Uch pog‘onali uzatmalar qutisi pog‘ona almashtirish mexanizm qismlari. a-qulf; b-fiksator; v-orqaga harakatlanish pog‘onani ulash moslamasi. Uzatmalar qutisida pog‘ona о‘zgartirish mexanizmi quyidagi vazifalarni bajaradi: qulf – bir vaqtda ikki pog‘onani ulanishini taqiqlaydi; fiksatorlar – ulangan pog‘onani haydovchi ta’sirisiz ajralishini taqiqlaydi; orqaga harakatlanish pog‘onani ulash moslamasi – haydovchi orqaga haraktlanish pog‘onasini ulashda e’tiborini oshiradi. Zamonaviy avtomobillarning aksariyatida avtomatik boshqariladigan uzatmalar qutisi qо‘llaniladi. Pog‘onali uzatmalar qutisini ham avtomatik boshqarish tizimlari mavjud. Gidravlik uzatmalar qutisini avtomatik boshqarishni yaratish yengilroq. Avtomobillarda gidravlik uzatmalar qutisi sifatida gidrotransformatorlar (4.9-rasm) qо‘llanishi keng tarqalgan. 85 4.9-rasm. Gidrotransformator sxemasi va ishlash prinsipi 1-nasos; 2-turbina; 3-reaktor; 4-о‘zish muftasi, yoki erkin aylanish mexanizmi. Nasos, turbina va reaktor g‘ildiraklari birgalikda tor shaklini tashkil etadi. G‘ildiraklar ichida parraklar bо‘ladi. Gidrotransformator ichi moy bilan tо‘la bо‘ladi. Nasos – yetakchi, turbina – yetaklanuvchi, reaktor – momentni oshirish vazifalarini bajaradilar. Nasos 1 g‘ildiragi aylanma harakatni dvigatel validan oladi. Nasos parraklari orasidagi moy markazdan qochma kuch ta’sirida kichik radiusdan R1n katta radiusiga R2n intiladi. Nasosdan moy kinetik energiya oladi. Moy oqimi turbina parraklariga uriladi. Unga kinetik energiyasini beradi va harakatga keltiradi. Turbinada energiyasini yо‘qotgan moy kichik radiusdan R1n reaktorga kiradi. Reaktor moy oqimining yо‘nalishini nasos parraklari yо‘nalishiga о‘zgartiradi. Moy nasosga qarshiliksiz kiradi. 86 Reaktor gidrotransformatorda uzatilayotgan momentni 2…4 karra oshirib bera oladi. Reaktorsiz momentni oshirib bо‘lmaydi. Turbina aylanish tezligi nasosning aylanish tezligiga yaqinlashganda о‘zish muftasi 4 reaktorni erkin aylanishini ta’minlaydi. Moment qiymati oshmaydi. Gidrotransformator gidromufta rejimida ishlaydi. Gidrotransformatorning momentni oshirish diapazoni 2...4 avtomobil uchun yetarli emas. Shuning uchun gidrotransformatorga qо‘shimcha mexanik uzatmalar qutisi qо‘llaniladi. Uzatma – gidromexanik uzatmalar qutisi deb ataladi. 1. 2. 3. 4. 5. Nazorat uchun savollar Uzatmalar qutisining vazifasi nima? Uzatmalar qutisining qanday turlari mavjud? Uzatmalar qutisining detallari. Uzatmalar qutisining ishlash prinsipini tushuntiring? Uzatmalar qutisining pog‘ona almashtirish qurilmalari. 4.4. TAQSIMLASH QUTISI Oldingi va keyingi kо‘priklar yetakchi bо‘lganda uzatilayotagan harakat tarmoqlanishi kerak. Taqsimlash qutisi uzatadigan harakatni tarmoqlantiradi, taqsimlaydi. Taqsimlash qutisi g‘ildirak formulasi 4x4, 6x6 bо‘lgan avtomobillarda qо‘llaniladi. Oddiy taqsimlash qutisiga (4.10-rasm) harakat yetakchi valdan 1 kiradi. Shesternyalar 2, 3, 6 yordamida oldi va orqa kо‘priklarga harakat uzatish vallari 8, 5 orqali taqsimlanadi. 87 4.10-rasm. Taqsimlash qutisining sxemasi: a-differensialli taqsimlash qutisi; b-oldi va orqa kо‘prik vallarini ulaydigan muftali taqsimlash qutisi. Oldi va orqa yetakchi kо‘priklar vallari 8 va 5 orasida differensial bо‘ladi (4.10-rasm, a). Differensial kо‘priklar g‘ildiraklarini turli tezlikda aylanishlariga imkon beradi. Differensial transmissiyaning oshiqcha zо‘riqmasligini ta’minlaydi. Nosimmetrik differensial konstruksiyasi kо‘priklararo momentni turlicha taqsimlashga ham imkon beradi. Oldi va orqa yetakchi kо‘prik vallari 8 va 5 mufta 7 bilan ulanishi mumkin (4.10-rasm, b). Haydovchi og‘ir yо‘l sharoitida 88 muftani 7 ulaydi, oldi va orqa kо‘prik yuritmalarini blokirovka qiladi. Avtomobil о‘tag‘onligi oshadi. Yengil yо‘l sharoitida haydovchi mufta 7 bilan vallarni ajratadi. Transmissiyada oshiqcha zо‘riqish bо‘lmaydi, yonilg‘i sarfi oshmaydi. Taqsimlash qutilari bir va ikki pog‘onali bо‘lishlari mumkin. Ikki pog‘onali old va orqa kо‘priklarga differensial yuritmali taqsimlash qutisi 4.11-rasmda kо‘rsatilgan. 4.11-rasm. Yengil avtomobil taqsimlash qutisi 2-yetkachi val; 3-quyi pog‘ana shesternyasi; 4-pog‘ana qо‘shish muftasi; 5-yuqori pog‘ona shesternyasi; 6-oraliq val; 7orqa kо‘prik yuritmasi vali; 12-differensial korpusi tishli g‘ildiragi; 13-differensial blokirovkasi muftasi; 14-old kо‘prik yuritmasi vali. Burovchi moment uzatmalar qutisidan yetakchi valga 2 keladi. Yetakchi valda quyi pog‘ona shesternyasi 3 va yuqori 89 pog‘ona shesternyasi 5 erkin о‘rnatilgan. Shesternyalar 3 va 5 oraliq vali shesternyalari bilan doimiy tishlashgan. Pog‘ona qо‘shish muftasi 4 о‘rta holatda taqsimlash qutisidan harakat uzatilmaydi. Mufta 4 yetakchi valni shesternya 3 bilan ulasa, harakat differensial orqali old va orqa kо‘prik yuritmasiga vallariga 7, 14 uzatiladi. Shesternyalar 3 va 5 har xil о‘lchamda. Uzatishlar soni ham turlicha bо‘ladi. Shuning uchun taqsimlash qutisi ikki pog‘onali deb ataladi. Mufta 13 bilan differensialni blokirovkalash mumkin. Haydovchi о‘ta og‘ir yо‘l sharoitida muftadan 13 foydalanadi. Differensial blokirovkalanganda hamma kо‘priklar vallari 7 va 14 bir xil tezlikda aylanadi. Nazorat uchun savollar 1. Taqsimlash qutisining vazifasi nima? 2. Taqsimlash qutisining qanday turlari mavjud? 3. Taqsimlash qutisining detallari. 4.5. KARDANLI UZATMA Yer notekisligi ta’sirini sо‘ndirish uchun yetakchi kо‘priklar kuzovga osmalar yordamida biriktiriladi. Avtomobilning harakati vaqtida ular kuzovga nisbatan vertikal tebranadi. Uzatmalar qutisidan yetakchi g‘ildiraklarga burovchi momentni uzatishda kardanli uzatmadan foydalaniladi. Uzatmalar qutisi 1 (4.12-rasm) ramaga о‘rnatilgan, yetakchi kо‘prik esa ramaga 11 osmalar 10 yordamida biriktirilgan. Burovchi moment yetakchi kо‘prikka о‘zgaruvchan - burchak ostida aylanadigan val 7 orqali uzatiladi. 90 4.12-rasm. Kardanli uzatma qismlarining joylashuv sxemasi: 1-uzatmalar qutisi; 2, 6, va 8-kardan sharnirlari; 3-oraliq kardan vali; 4-oraliq tayanch; 5-shlitsali birikma; 7-asosiy kardan vali; 9-asosiy uzatma; 10-ressora; 11-rama. Kardanli uzatmaning vazifasi о‘qlari bir chiziqda yotmagan va о‘zaro joylashuvi о‘zgarib turadigan vallar orasida harakat uzatish. Kardanli uzatmalar mustaqil osmali yetakchi g‘ildiraklar bilan asosiy uzatma orasida xarakat uzatishda ham foydalaniladi. Kardanli uzatmaga kardan sharnirlari va kardan vallari kiradi. Kardanli uzatmaning yordamchi qurilmalari: bо‘ylama masofa о‘zgarishini ta’minlaydigan shlitsali birikma 5, ikki va undan ortiq valli kardanli uzatmalarda oraliq tayanch 4 (4.12rasm). Kardan sharniri о‘qlari orasidagi burchak о‘zgaruvchan bо‘lgan vallarni sharnirli biriktirib, xarakat uzatishga xizmat qiladi. Kardan sharniri bikr va elastik turlariga bо‘linadi (4.13rasm). О‘qlari orasidagi burchak о‘zgaruvchanligi 4º gacha bо‘lgan vallar elastik kardan sharniri 1 bilan biriktiriladi. Elastik kardan sharnirida vallar vilkalari yoki flanetslari elastik materialli elementlar orqali biriktiriladi. 91 4.13-rasm. Kardanli uzatma: 1- elastik mufta; 3- krestovina; 4- salnik; 5- cheklagich halqa; 6krestovina podshipnigi; 8- elastik mufta flanetsi; 13- oldi kardan vali; 15- oraliq tayanch; 16- oldi kardan vali vilkasi; 17- ketingi kardan vali; 18- ketingi kardan vali vilkasi; 19- asosiy uzatma yetakchi valining flanetsi. Bikr kardan sharnirlari, biriktirgan vallarining burchak tezliklari nisbatiga qarab, burchak tezliklari teng bо‘lgan va teng bо‘lmagan turlariga bо‘linadi. Burchak tezliklari teng bо‘lmagan bikr kardan sharnirining tuzilishi va prinsipial sxemasi 4.14-rasmda keltirilgan. Kardan vilkasining bir yarmi 1 (4.14-rasm) valga flanets yoki bolt bilan biriktiriladi. Ikkinchi qismi 5 valga 6 payvandlab biriktiriladi. Krestovina 4 vilkalarga ignali podshipniklar 7 orqali sharnirli bog‘lanadi. Podshipniklarning krestovina barmoqlarida siljimasligi uchun cheklagich xalqalardan 8 foydalaniladi. 92 4.14-rasm. Burchak tezliklari teng bо‘lmagan bikr kardan sharniri tarkibi: 1- vilka; 2- P-simon plastina; 3- cheklagich shayba; 4krestovina; 5- ketingi vilka; 6- ketingi kardan val; 7- ignali podshipnik; 8- cheklagich xalqa; 9- bolt; 10- zichlovchi xalqa. 93 Podshipniklar ishqalanuvchi yuzalarini moylash uchun ularning ishchi qismlari moy bilan tо‘ldiriladi. Tashqi muhitdan g‘ilof – salnik bilan yopiladi. Burchak tezliklari teng bо‘lmagan bikr kardan sharnirlaridan vallar о‘qlari orasidagi burchak γ = 4º...20º bо‘lgan hollarda foydalaniladi. О‘qlar orasidagi burchak 4º dan kichik bо‘lishi kardan sharnirining xizmat muddatini keskin qisqartiradi. Kardan vallar har 90º aylanganda krestovina tekisligi kardan vallari о‘qlar orasidagi γ burchakka teng qiymatda tebranadi. Bunday jarayon yetakchi kardan vali о‘zgarmas burchak tezligi bilan aylansa ham, yetaklanuvchi kardan valini har 90º da tezroq va sekinroq aylanishiga sabab bо‘ladi. Yetaklanuvchi kardan vali burchak tezligining notekisligi γ burchakka bog‘liq. Burchak kattalashishi bilan notekislik ortadi va aksincha, kamayishi bilan kichiklashadi. 4.15-rasm. Burchak tezliklari teng sharchali kardan sharniri: 94 Burchak tezliklari teng bо‘lgan kardan sharnirlari (BTTSH) odatda oldi yetakchi va boshqaruvchi g‘ildiraklarga harakat uzatishda qо‘llaniladi. Buning asosiy sababi BTTShlarining 45º burchakgacha harakatni uzatishi mumkin. BTTShda yetakchi va yetaklanuvchi vallarning burchak tezliklarini teng saqlanishi, sharnirlarda harakat uzatish hamisha vallar о‘qlari orasidagi burchakni bо‘luvchi bissektrisa tekisligida amalga oshiriladi. BTTShnig konstruksiyalari sharchali va mushtchali bо‘ladi. 1 va 5-kardan yarim vallari; 2 va 4-ariqchalar; 3-tо‘rtta moment uzatuvchi sharchalar; 6-vallarni markazlashtiruvchi sharcha; 7 va 8-shpilkalar. Kardan sharnirining vallari 1 va 5 vilkalari bilan yaxlit tayyorlanadi. Vilkalardagi 2 va 4 ariqchalarda tо‘rtta moment uzatuvchi sharchalar joylashgan bо‘ladi. Yetaklovchi val 5 shlitsali uchi bilan harakatni differensialdan oladi. Harakat vilka ariqchalaridagi 4 sharchalardan 3 ikkitasi va vilka ariqchasi 2 orqali yetaklanuvchi valga 1 uzatiladi. Demak, harakat yoki kuch, yо‘nalishiga qarab, uzatilishida faqat ikkita sharcha ishtirok etadi. Markazlashtiruvchi sharcha 6 shpilkalar bilan vallar о‘qlarining bir nuqtada tutashini ta’minlaydi. Markazlashtiruvchi sharcha 6 va ariqchalarning 2 va 4 shakli sharchalarning vallar о‘qlari orasidagi burchakning bissektrisa tekisligida joylanishini ta’minlaydi. Shuning uchun vallar bir xil burchak tezlik bilan aylanadilar. Kardan vallari pо‘latdan tayyorlanadi. Valning ikki uchiga kardan sharnirlarining vilkalari payvandlanadi. Kardan valining kо‘ndalang bikrligini oshirish maqsadida val yupqa devorli trubasimon shaklda bо‘ladi. 95 Ikki va undan ortiq valli kardanli uzatmalarda oraliq tayanchdan foydalaniladi (4.16-rasm). 4.16-rasm. Kardan uzatmasining oraliq tayanchi: 1-vilka; 2-elastik yostiqcha; 3-sharikli podshipnik Kardan uzatmasining oraliq tayanchi avtomobil kuzoviga oraliq tayanch kronshteyni orqali bikr biriktiriladi. Kardan valida sodir bо‘ladigan tebranishlar avtomobil kuzoviga о‘tmasligi uchun tayanchning sharikli podshipnigi elastik yostiqchaga 2 (4.16-rasm) joylashtirilgan. 1. 2. 3. 4. 5. Nazorat uchun savollar Kardanli uzatmaning vazifasi nima? Kardanli uzatmaning qismlari. Kardan sharnirlarining vazifasi nima? Kardan sharnirlarining turlari? Oraliq tayanchning vazifasi nima? 4.6. ASOSIY UZATMA Asosiy uzatma – uzatayotgan burovchi momentni doimiy oshiruvchi shesternyali mexanizm. Asosiy uzatma uzatish soni uzatmalar qutisini ixcham, kardan uzatmani kam yuklanishli qiladi. 96 Agar asosiy uzatma bir juft shesternyali bо‘lsa – yakka, ikki juft shesternyali bо‘lsa – qо‘shaloq deyiladi. Yakka asosiy uzatmalar konussimon, gipoidli, chervyakli va silindrik turlarga bо‘linadi (4.17-rasm). 4.17-rasm. Yakka asosiy uzatmalar sxemasi: a- konusli; b- gipoidli; v- chervyakli; g- silidrik; 1-yetakchi shesternya; 2-yetaklanuvchi shesternya; 3-chervyak; 4-chervyakli shesternya; 5- yetakchi val; 6- yetakchi shesternya; 7-yetaklanuvchi shesternya; 8-differensial. Yakka asosiy uzatmalar uzatish soni odatda yengil va о‘rta yuk avtomobillarida qо‘llaniladi. Uzatishlarining soni oltigacha bо‘ladi. Konussimon asosiy uzatmaning yetakchi 1 va yetaklanuvchi 2 shesternyalar о‘qlari bir tekislikda bо‘ladi. Gipoidli asosiy uzatma yetakchi 1 vfia yetaklanuvchi 2 shesternyalar о‘qlari bir tekislikda yotmaydi. Yetakchi shesternya о‘qi yetaklanuvchi shesternya о‘qidan ye (4.17-rasm, b) masofaga siljigan bо‘ladi. Gipoidli asosiy uzatma konussimonga nisbatan gabariti kichik, shovqini past bо‘ladi. Chervyakli asosiy uzatmada katta uzatish sonini olish mumkin. Uning foydaliy ish koeffitsiyenti nisbatan past. Silindrik asosiy uzatma dvigateli kо‘ndalang joylashgan old yuritmali yengil avtomobillarda qо‘llaniladi. 97 Qо‘shaloq asosiy uzatmaning uzatish soni ikki juft shesternyalar uzatish sonlari kо‘paytmasiga teng. Qо‘shaloq asosiy uzatma hisobiga gabarit kichik bо‘ladi. Komponovkasiga kо‘ra ular markaziy va ajratilgan turlarga bо‘linadi. 4.18-rasm. Qо‘shaloq markaziy asosiy uzatmalar sxemasi: 1-yetakchi konussimon shesternya; 2-yetaklanuvchi konussimon shesternya; 3-yetakchi silindrik shesternya; 4-oraliq val; 5-yetaklanuvchi silindrik shesternya; 6-differensial; 7-yarim о‘qlar. Qо‘shaloq markaziy asosiy uzatmada ikki juft shesternyalar bir karterda joylashtiriladi. Qо‘shaloq ajratilgan asosiy uzatmalarda bir juftlik shesternya markazda, ikkinchi juftlik g‘ildirakda joylashtiriladi. G‘ildirakdagi planetar reduktor shakli keng tarqalgan (4.19rasm). Burovchi moment markaziy konussimon juftdan 1 yarim о‘qqa 2 uzatiladi. Uning shesternyasidan 8 burovchi moment kо‘prik qobig‘iga 3 mahkamlangan о‘qda 6 erkin о‘rnatilgan sattellitlar 7 orqali toj shesternyaga 5 va g‘ildirakka 4 uzatiladi. Qо‘shaloq ajratilgan asosiy uzatma differensial va yarim о‘qlar yuklanishini kamaytiradi, yetakchi kо‘prik о‘rta qism gabaritini kamaytiradi. Kо‘prik bilan yо‘l oralig‘i kattalashadi. 98 4.19-rasm. Qо‘shaloq ajratilgan asosiy uzatmalar sxemasi a va chizmasi b:1-markaziy konussimon juft; 2-yarim о‘q; 3-kо‘prik qobig‘i; 4-g‘ildirak; 5-toj (koronnaya) shesternya; 6-о‘q; 7- satellit; 8-quyosh shesterni. 99 1. 2. 3. 4. 5. liklari. Nazorat uchun savollar Asosiy uzatmaning vazifasi nima? Asosiy uzatmaning turlari. Asosiy uzatmaning detallari. Gipoid asosiy uzatmaning afzalliklari. Ikkiga ajratilgan qо‘shaloq asosiy uzatmaning afzal4.7. DIFFERENSIAL Differensial harakatni ikki tomonga tarmoqlantiradi va tomonlarni turli tezlikda aylanishlariga imkon beradi. Avtomobil burilishida chap va о‘ng g‘ildiraklar turli tezlikda aylanadilar. Differensial g‘ildiraklarini sirpanmasdan har xil burchak tezlikda aylanishini ta’minlaydi. Differensialning ishlashi quyidagi misolda namoyish etiladi (4.20-rasm). 4.20-rasm. Differensial ishlash sxemasi 100 Ikkita tishli reykalar 1 va 3 (4.20-rasm, a) orasida shesternya 2 о‘qqa 4 erkin о‘rnatilgan. Agar, shesternya о‘qiga kuch R qо‘yilsa, shesternya о‘zi bilan ilashgan ikkala reykani tortadi. Ikkala reyka bir xil masofaga A siljiydi (4.20-rasm, b). Shesternya 2 о‘z о‘qi atrofida aylanmaydi. Reykalardan birining harkatlanishini sekinlatilsa, shesternya 2 о‘qida aylanadi (4.20-rasm, v). Natijada, chap reykani siljishi ma’lum masofaga V oshadi. Xuddi shu masofaga V о‘ng reykani siljishi kamayadi. Agar о‘ng reyka siljimasa, shesternya 2 о‘ng reykada g‘ildiraydi. Shu tufayli chap reykani siljishi va tezligi shesternya о‘qining siljishiga nisbatan 2 martaga oshadi (4.20-rasm, g). Bu holda chap reykani siljishi 2A ga tengdir. Shesternya 2 о‘qi siljimasa, reykalar qarama-qarshi tomonlarga siljiydilar (4.20-rasm, d). Yetakchi g‘ildiraklar orasiga о‘rnatilgan differensial xuddi yuqorida kо‘rilgan prinsipial sxema bо‘yicha ishlaydi. Differensial tuzilishini soddalashtirilgan sxemasi 4.21-rasmda kо‘rsatilgan. 4.21-rasm. Differensial tuzilishini soddalashtirilgan sxemasi: 101 Asosiy uzatmaning yetaklanuvchi shesternyasi 2 differensial qutisi 5 bilan qotirilgan. Differensial qutisida joylashgan о‘qda 3 konussimon satellitlar 4 va 8 erkin aylanadi. Satellitlar yarim о‘q shesternyalari 7 va 9 bilan ilashgan. Yarim о‘q shesternyalari yarim о‘qlarning 1 va 6 ichki uchlariga shlitsli birikma yordamida о‘rnatilgan. Avtomobil tо‘g‘ri chiziqli harakatlanganda ikkala yetakchi g‘ildiraklari bir xil yо‘l bosadi. Differensial qutisi va ikkala yarim о‘q shesternyalari bir xil tezlikda aylanadi. Satellitlar о‘z о‘qi atrofida aylanmaydi. 4.22.-rasm. Konussimon simmetrik differensialning qismlari: 1, 9 -differensial qutisining ikki yarmi, 2- qutining bolti,3shesternya tayanch shaybasi, 4,8-yarim о‘q shesternyalari, 5satellitlar tayanch shaybasi, 6-satellitlar, 7-satellitlar о‘qi. Avtomobil burilishida о‘ng va chap g‘ildiraklar turli yо‘l bosadi. Bir yarim о‘q shesternyasining aylanishi sekinlashsa, 102 satellitlar о‘z о‘qlari atrofida aylanadi. Ikkinchi yarim о‘q shesternyasini aylanishini tezlashtiradi. G‘ildiraklarning bir vaqtni о‘zida har xil masofali yо‘l bosib о‘tish imkoniyati ta’minlanadi. Tо‘liq yuritmali avtomobillarda о‘qlararo differensial qо‘llaniladi. Harakat yetakchi kо‘priklararo taqsimlanadi. О‘qlararo differensial taqsimlash qutisi yoki asosiy uzatma yuritmasida о‘rnatiladi. 1. 2. 3. 4. Nazorat uchun savollar Differensialning vazifasi nima? Differensialning turlari. Differensialning detallari. Differensialning ishlash prinsipini tushuntiring. 4.8. YETAKCHI G‘ILDIRAKLAR YURITMALARI Burovchi moment differensialdan yetakchi g‘ildiraklarga yarim о‘qlar orqali uzatiladi. Yarim о‘qlar konstruksiyasiga kо‘ra flanetsli yoki flanetssiz, yuklanishiga kо‘ra yarim yuksizlantirilgan va tо‘la yuksizlantirilgan turlarga bо‘linadi. Flanetsli yarim о‘q (4.23-rasm, a) flanetsi 2 stupitsani yoki g‘ildirak diskini mahkamlash uchun xizmat qiladi. Yarim о‘qni ichki uchida yarim о‘q shesternyalari bilan birlashtirish uchun shlitslar ishlangan. Flanetsli yarim о‘qlar keng tarqalgan. Flanetssiz yarim о‘q (4.23-rasm, b) tashqi uchidagi shlitslar 3 yarim о‘qni g‘ildirak gupchagi bilan mahkamlovchi flanets о‘rnatish uchun xizmat qiladi. 103 Yarim о‘qlar burovchi momentdan tashqari eguvchi momentlar bilan ham yuklanadi. Yarim о‘qlarni yuklanishi ularni yetakchi kо‘prik balkalariga о‘rnatilish usuliga bog‘liq. Yarim yuksizlantirilgan yarim о‘q 6 (4.23-rasm, v) tashqi uchi bilan orqa kо‘prik balkasiga 5 о‘rnatilgan podshipnikka 4 tayanadi. Yarim о‘q burovchi moment, vertikal va gorizontal tekisliklardagi eguvchi momentlarni qabul qiladi. Tо‘la yuksizlantirilgan yarim о‘q 6 (4.23-rasm, g) kо‘prik balkasiga 5 ikkita podshipniklarda 4 о‘rnatilgan g‘ildirak gupchagiga 7 ega. Barcha eguvchi momentlarni kо‘prik balkasi qabul qiladi. Yarim о‘q faqat burovchi moment uzatadi. Tо‘la yuksizlantirilgan yarim о‘qlar avtobus, о‘rta va katta yuk avtomobillarining yetakchi kо‘priklarida qо‘llaniladi. 4.23-rasm: Yarim о‘qlar: a-flanetsli; b-flanetssiz; v-yarim yuksizlantirilgan; g-tо‘la yuksizlantirilgan; 1, 3-shlitsli uchlari; 2-flanets; 4-podshipnik; 5-balka; 6-yarim о‘q; 7- stupitsa. 104 Nomustaqil osmali avtomobillarining yaxlit yetakchi kо‘priklarida burovchi moment differensialdan (4.24-rasm) yetakchi g‘ildirakka ichki 2 va tashqi 3 yarim о‘qlar va ularni bog‘lab turuvchi burchak tezliklari teng bо‘lgan kardan sharniri 1 orqali uzatiladi. Burovchi moment differensialdan kardan sharniriga 1 ichki yarim о‘qdan о‘tkaziladi. Tashqi yarim о‘q 3 flanetsga 4 ega va undan burovchi moment g‘ildirakning burish sapfasida ikkita rolikli podshipnikda о‘rnatilgan stupitsasiga о‘tkaziladi. Yarim о‘qlar 2 va 3 faqat burovchi moment uzatadi. 4.24-rasm. Nomustaqil osmali yetakchi ko‘prik g‘ildiraklari yuritmasi sxemasi: Mustaqil osmali yengil avtomobillarning (4.25-rasm, a) boshqariluvchi yetakchi g‘ildiraklari yuritmasida, odatda burchak tezliklari teng bо‘lgan kardan sharnirlaridan 1 foydalaniladi. Bunda, ichki sharnirlar g‘ildiraklarni vertikal siljishini, tashqi sharnirlar esa, ularni burilishini ta’minlaydi. Mustaqil osmali yetakchi g‘ildiraklarda, ba’zan burchak tezliklari teng bо‘lmagan ikkita kardan sharnirlari 5 va burchak 105 tezliklari teng bо‘lgan bitta kardan sharnirlaridan 1 foydalaniladi (4.25-rasm, b). 4.25-rasm. Mustaqil osmali yetakchi ko‘prik g‘ildiraklari yuritmasi sxemasi 1-burchak tezliklari teng bо‘lgan kardan sharniri; 5-burchak tezliklari teng bо‘lmagan kardan sharniri. Nazorat uchun savollar 1. G‘ildirak yuritmalarining vazifasi nima? 2. Yarim о‘qlarning turlari. 3. G‘ildirak yuritmalarining turlari va qо‘llanilishi. 106 V BOB. YURISH QISMI 5.1. G‘ILDIRAKLAR G‘ildiraklar avtomobilni harakatlanishini ta’minlaydi. G‘ildiraklar yetakchi, yetaklanuvchi va boshqariluvchi turlarga bо‘linadi. Yetakchi g‘ildiraklarga transmissiyadan dvigatel burovchi momenti uzatiladi. Yetakchi g‘ildirak tayanch yuza bilan ilashganligi uchun, burovchi moment avtomobilni haraktlantiruvchi kuchga aylanadi. Yetaklanuvchi g‘ildiraklar rama yoki kuzovdan oladigan kuch hisobiga aylanadi. Boshqariluvchi g‘ildiraklar aylanish tekisliklari burilganda, tayanch yuza bilan ilashganligi uchun, avtomobil harakat yо‘nalishini о‘zgartiradi. G‘ildrak (5.1-rasm, a) pnevmatik shina 3, disk 7, obod 6 va gupchakdan iborat bо‘ladi. Pnevmatik shina g‘ildirakni yо‘l bilan ilashishini ta’minlaydi. Yо‘l notekisliklari tufayli sodir bо‘ladigan turtki va zarbalarni yumshatadi. Shinalar kamerali va kamerasiz bо‘ladi. Kamerali shina (5.1-rasm, a) pokrishka 3, kamera 1 va obod lentasidan 2 iborat bо‘ladi. Pokrishka kameradagi havo bosimi kuchini, g‘ildirakka ta’sir etadigan tashqi kuchlarni qabul qiladi va kamerani shikastlanishdan saqlaydi hamda g‘ildirakni yо‘l bilan ilashtiradi. Pokrishka konstruksiyasi (5.1-rasm, v) karkas 1, protektor 3, breker 2, yon tomon 4 va о‘zakli bortdan 5 iborat. 107 5.1-rasm. G‘ildirak tuzilishi Karkas pokrishkaga mustahkamlik beradi. Karkas pо‘lat simlardan yoki tekstil iplaridan tо‘qilgan va oralari rezina bilan tо‘ldirilgan bir necha qatlamli bо‘ladi. Har qatlam kord deb ataladi. 108 Protektor–pokrishkaning tashqi yuzasidagi qalin rezinali himoya qatlami. Protektor pokrishkani elastikligini oshiradi va yо‘l bilan ilashishligini yaxshilaydi. Protektor karkas bilan breker yordamida tutashtiriladi. Breker turtkilarni yumshatadi. Bort pokrishkani obodga о‘rnatishga mо‘ljallangan. Rezinalashtirilgan pо‘lat simli xalqa bort puxtaligini ta’minlaydi. Kamera – tutashtirilgan rezinali quvur-xalqa. Unda havo dimlash uchun ventil bо‘ladi. Obod lentasi kamera bilan obod orasiga qо‘yiladi va kamerani obodga ishqalanib shikastlanishidan saqlaydi. Kamerasiz shina (5.1-rasm, d) faqat pokrishkadan iborat. Pokrishka ichki yuzasi qalinligi 2-3 mm yumshoq rezinali qatlam 1 va obodga zichlovchi bort qatlamli 2 qilib tayyorlangan. Kamerasiz shina ventili 3 g‘ildirak obodiga о‘rnatiladi. Shinalarni о‘lchami va markirovkalash (5.1-rasm, ye). Shinani tashqi diametri D, о‘rnatish dametri d, profilini balandligi H va profilini eni V asosiy о‘lchamlar hisoblanadi. Diagonal shinalar о‘lchami B-d birikmada belgilanadi (masalan 260-508). Radial shinalar о‘lchami uchta son va harf bilan belgilanadi. Masalan, 175/70 R13, bunda 175-profil eni V (mm); 70-profil balandligini H eniga B nisbati (%); R-radial; 13о‘rnatish diametri d (dyuymda). 1. 2. 3. 4. Nazorat uchun savollar G‘ildiraklarning vazifasi nima? G‘ildirak qanday qismlardan tashkil topgan? G‘ildiraklarning turlari. Shinaning belgilanishini izohlang. 109 5.2. KО‘PRIKLAR Kо‘priklar rama bilan g‘ildiraklarni bog‘lash uchun xizmat qiladi. Yetakchi kо‘prikka yetakchi g‘ildiraklar о‘rnatiladi. Boshqariluvchi kо‘prik balka(tо‘sin) kо‘rinishida bо‘lib, unga avtomobil harakati yо‘nalishini о‘zgartiruvchi g‘ildiraklar о‘rnatiladi. 5.2-rasm. Yetakchi kо‘priklar: a-ikki qismli; b, v-yaxlit; 1-kojux(g‘ilof); 2,3-karter bо‘laklari; 4-tayanchlar; 5,6,12-flanetslar; 7-chashka; 8,10-kronshteynlar; 9,13-balkalar; 11-truba(quvur). 110 Yetakchi kо‘prik bikr g‘ovak balkali bо‘ladi. Uning ichida asosiy uzatma, differensial va yarim о‘qlar joylashtiriladi. Yetakchi g‘ildiraklar kо‘prikka podshipniklarda о‘rnatiladi. Yetakchi kо‘priklar balkasi yaxlit yoki ikki qismli bо‘ladi (5.2-rasm). Boshqariluvchi kо‘prikda g‘ildiraklarning burilishiga imkon beradigan shkvoren 4 (5.3-rasm) о‘rnatiladi. 5.3-rasm. Boshqariluvchi kо‘prik: 1-burish kulagini tayanch podshipnigi; 2-balkani bо‘rtmasi(bobishkasi); 3-rostlovchi qistirmalar; 4-shkvoren; 5-ressorani mahkamlash maydonchasi. Kо‘priklar ramaga zarba va tebranishni sо‘ndiruvchi osmalar bilan ulanadi. 111 1. 2. 3. Nazorat uchun savollar Kо‘priklarning vazifasi nima? Kо‘priklarning turlari. Kо‘priklar qanday qismlardan tashkil topgan? 5.3. OSMALAR Osma g‘ildirak yoki kо‘priklarni rama yoki kuzov bilan elastik bog‘laydi. Osmada yо‘naltiruvchi, sо‘ndiruvchi va elastik elementlar bо‘ladi (5.4-rasm, a). 5.4-rasm. Osma (a) va kо‘ndalang turg‘unlik stabilizatorining (b) sxemalari. 1-yо‘naltiruvchi element; 2-elastik element; 3-sо‘ndiruvchi element; 4-stabilizator; 5-porshen; 6,7-klapanlar; 8-shtok; 9-ustun; 10-rezinali tayanch. Ba’zi avtomobillarda stabilizator qо‘llaniladi(5.4-rasm, b). Yо‘naltiruvchi element g‘ildirak tayanch yuzasidagi kuchni avtomobil kuzoviga uzatadi. Elastik element yо‘l notekisligi zarbalarini yumshatadi. Sо‘ndiruvchi element kuzov tebranishini sо‘ndiradi. 112 Stabilizator kuzovni yonga og‘ishini kamaytiradi. Osmalar mustaqil va nomustaqil bо‘ladi. О‘ng va chap osmalar harakati bir biriga ta’sir kо‘rsatsa, osma nomustaqil deb ataladi (5.5-rasm). Aksincha, о‘ng va chap osmalar harakati о‘zaro ta’sir etmasa, osma mustaqil deb ataladi. 5.5-rasm. Prujinali nomustaqil osma: 1-prujina; 2-amortizator; 3-shtanga 5.6-rasm. Ressorali osma: a-oldingi; b-keyingi; 1-ressora; 2-rezinali tayanch; 3,5-kronshteyn; 6-kronshteyn qopqog‘i; 7-asosiy ressora; 8-qо‘shimcha ressora. 113 Ressorali osmalarda elastik va sо‘ndirish elementlar vazifasini bir necha qatlamli pо‘lat listlar bajaradi (5.6-rasm). Listlar tо‘plamini ressora deb ataladi. Ressora bir listli bо‘lsa, u faqat elastik element hisoblanadi. Pnevmatik osmalarda elastik element vazifasini ballonga siqilgan havo bajaradi. Bunday osmalarda elastiklikni siqilgan havo ta’minlaydi. Gidravlik amortizatorlar avtomobillarda keng tarqalgan. Avtomobil tebranishi amortizator ichida moyni bir kameradan ikkinchisiga haydaydi. Tebranish suyuqlikni klapanlar va kalibrlangan teshiklar orqali о‘tishida qizishi hisobiga sо‘ndiriladi. Teleskopik amortizatorlar ikki trubali va bir trubali turlari bor. Ikki trubali amortizatorlarda ish silindri va siqilishdan ortadigan moy uchun rezervuar bо‘ladi. Bir trubali amortizatorlarda faqat ish silindri bо‘ladi. 5.7-rasm. Bir trubali teleskopik amortizator: 1- pnevmokamera; 2-suzib yuruvchi porshen; 3-ish silindri bо‘shlig‘i; 4-porshen; 5-shtok. Amortizator (5.7-rasm) ish silindrida shtok 5 porshen 4 bilan harakatlanadi. Silindr suyuqlik bilan tо‘ldirilgan. Porshenda 4 aylana bо‘ylab joylashgan ma’lum о‘lchamli teshiklar bor. Teshiklar porshen ikki tomonida joylashgan 114 klapanlar bilan yopilgan. Amortizatorda gaz bilan tо‘ldirilgan pnevmokamera 1 bor. Gaz va suyuqlik suzib yuruvchi porshen 2 bilan ajratilgan. Suzuvchi porshen shtok yо‘lini cheklaydi. Shtok avtomobil ramasiga, silindr kо‘prikka mahkamlanadi. Rama va kо‘prik yaqinlashganda porshen moyni ochiladigan teshiklardan porshen usti bо‘shlig‘iga haydaydi. Rama va kо‘prik uzoqlashganda moy teskari yо‘nalishda porshen osti bо‘shlig‘iga о‘tadi. Amortizator siqilishida pnevmokamera shtok hajmiga tо‘g‘ri keladigan moy hajmi miqdorida siqiladi. Pnevmokamera moy hajmini porshen osti va usti hajmlaridagi farqini kompensatsiyalaydi. Rezinali tayanch osma harakatini chegaralaydi. 1. 2. 3. 4. 5. Nazorat uchun savollar Osmaning vazifasi nima? Osmaning turlari. Osma qanday qismlardan tashkil topgan? Osmaning uch asosiy elementlarini gapirib bering. Amortizatorning vazifasi va turlari? 5.4. RAMA Rama avtmobil qismlarini о‘zaro joylashtirib maxkamlashga mо‘ljallangan tayanch uzel. U harakatlanishda sodir bо‘ladigan yuklanma va kuchlarni qabul qiladi. Rama barcha yuk avtomobillarida, oliy klass hamda yuqori о‘tag‘on yengil avtomobillarda va yuk avtomobili shassisi asosida tayyor115 lanadigan avtobuslarda mavjud. Rama lonjeronli, umurtqasimon va kombinatsiyalashtirilgan turlarga bо‘linadi. Lonjeron (5.8-rasm, a) ramada ikkita bо‘ladi. Ular asosiy yukni kо‘taradigan detallar hisoblanadi. Lanjeronlar kо‘ndalang tо‘sinchalar 2, 4 bilan о‘zaro biriktiriladi. Lonjeron va tо‘sinchalar parchinlar yoki boltlar ba’zida payvandlash uslublari bilan о‘zaro ulanadi. Lonjeronlar bir-biriga nisbatan parallel yoki burchak ostida о‘rnatilishi mumkin. Odatda, lonjeronga turli kronshteynlar о‘rnatiladi. Kronshteynlarga kuzov, mexanizi va tizimlar mahkamlanadi. Ramani oldingi qismiga bufer 5 va ilgak 6 о‘rnatilgan. Keyingi qismiga tortish-ilashtirish qurilmasi 3 о‘rnatilgan. Umurtqasimon rama (5.8-rasm, b) quvursimon tо‘sinli bitta bо‘ylama tо‘sin 7 va kо‘ndalang tо‘sinchalardan 2 iborat. Ularga turli kronshteynlar о‘rnatiladi. Umurtqasimon rama asosan yuqori о‘tag‘on avtomobillarda qо‘llaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan rama odatda о‘rta qismi umurtqasimon, old va ketingi qismlari lonjeronli qilib ishlanadi. 116 5.8-rasm. Avtomobil ramasi: a-lonjeronli; b-umurtqasimon. 1-lonjeron; 2, 4-kо‘ndalang tо‘sincha; 3- tortish-ilashtirish qurilmasi; 5-bufer; 6-ilgak, 7-tо‘sin. Nazorat uchun savollar 1. Ramaning vazifasi nima? 2. Ramaning asosiy qismlari. 3. Ramaning turlari va avtomobillarda qо‘llanilishi? 5.5. KUZOVLAR Kuzov haydovchi, passajirlarni va yuklarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari kо‘taruvchi kuzov avtomobil qismlari, passajir va yuk og‘irliklarini kо‘tarish uchun xizmat qiladi. Vazifasiga kо‘ra kuzovlar yengil, yuk, avtobus va ixtisoslashtirilgan turlarga bо‘linadi. Ajratilmaydigan korpus (5.9-rasm) yengil avtomobil kuzovi asosi hisoblanadi. Yengil avtomobil kuzovlari hajmlar soni, eshiklar soni va tomini konstruksiyasiga kо‘ra sedan, limuzin, kabriolet va hokazo turlarga bо‘linadi. 117 5.9-rasm. Yengil avtomobilning kо‘tarib turuvchi kuzov karkasi: Kuzov passajir saloni, dvigatel va yukxona bо‘limlari hajmlaridan iborat. Karkasga dvigatel kapoti, yukxona qopqog‘i va eshiklar sharnirli biriktiriladi. Qanotlar va dekorativ yechim qismlari biriktiriladi. Kuzov ichiga о‘rindiqlar о‘rnatiladi. Karkas old qismi qisqa ramadan iborat. Unga kuch agregati va old osma mahkamlanadi. Zamonaviy yengil avtomobil kuzovlariga shovqinga qarshi materiallar bilan ishlov beriladi. Aksariyat avtobus kuzovlari yaxlit metal karkasga ega (5.10-rasm). 118 5.10-rasm. Avtobus kuzovining kо‘tarib turuvchi konstruksiyasi karkasi. Avtobus kuzovi karkas, tashqi qoplama, ichki jild, pol, oynalar, eshiklar va hokazolardan iborat. Kuzov ichiga haydovchi va passajirlar uchun о‘rindiqlar joylashtiriladi. Shahar avtobuslarida passajirlarga chiqish va tushish qulayligini ta’minlash uchun avtobus polini balandligi pasaytiriladi. Eshiklar о‘rni kengroq qilinadi. Shaharlararo avtobus kuzovida yuklar uchun katta sig‘imli bо‘lim bо‘lishi lozim. Passajir bо‘limi kuzovni yuqori qismida, yukxona uni ostidagi markaziy qismda joylashtiriladi. Avtobus oynalari har xil shakl va konstruksiyali qilib ishlanadi. Zamonaviy konstruksiyalarda oynalar kuzovdagi oyna о‘rniga yelimlanadi. Bu bikrlikni oshiradi. 119 Shahar avtobuslarida rostlanmaydigan, shaharlararo avtobuslarida rostlanuvchi о‘rindiqlar qо‘llaniladi. Haydovchi о‘ridig‘i bо‘ylama yо‘nalishda, balandligi va suyanchiqni qiyalik burchagi bо‘yicha rostlanadi. Haydovchi о‘rindig‘i amortizatsiyalovchi osma bilan ham jihozlangan bо‘lishi mumkin. Yuk avtomobilining kuzovi (5.11-rasm) kabina (a) va yuk kuzovidan iborat. Kabina haydovchi va yukni kuzatuvchi passajirlarni, yuk kuzovi yuklarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Komponovka bо‘yicha kapotli va kapotsiz kabinalar mavjud. Kabinadagi о‘rindiq ikki yoki uch о‘rinli bо‘lishi mumkin. Uzoq masofaga qatnaydigan avtomobillar kabinasida bitta yoki ikkita yotoq joyi bо‘ladi. Yuk kuzovi bort platformali, о‘zi ag‘daruvchi, furgon, sisterna va hokazo kо‘rinishida bо‘lishi mumkin. 120 5.11-rasm. Yuk avtomobilining kabina va bort platformali kuzovi. a-kabina; b-old qismi; v-bortli platforma; 1,3,5-panellar; 6kapot; 17-qulflovchi qurilma. Bortli platforma (5.11-rasm, v) pol 14 va bortlardan 12, 15, 16 iborat. Pol bо‘ylama 11 va kо‘ndalang 13, balkalardan tashkil topgan. Polga qо‘zg‘almas old bort 12, yonga ochiluvchi 15 va orqaga ochiluvchi 16 bortlar biriktirilgan. Yig‘ilgan bortli platforma avtomobil ramasiga mahkamlanadi. 121 122 Ixtisoslashtirilgan kuzovlar xilma-xil (suyuq, gazsimon, sochiluvchan, tez buziluvchan va hokazo) yuklarni tashish uchun mо‘ljallanadi. Nazorat uchun savollar 1. Kuzovning vazifasi nima? 2. Avtomobil kuzovining turlari. 3. Yuk avtomobil va avtobus kuzovlari orasidagi farq? 4. Ixtisoslashtirilgan kuzovlarning vazifasi nima? 123 VI BOB. RUL BOSHQARMASI 6.1. RUL BOSHQARMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI Rul boshqarmasi boshqariladigan g‘ildiraklarni burish yo‘li bilan avtomobilni harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Rul boshqarmasi tarkibiga rul mexanizmi va rul yuritmasi kiradi. Ayrim avtomobillarda boshqarilanuvchi g‘ildiraklarni yengil burilishini ta’minlash va harakat xavfsizligini oshirish maqsadida rul kuchaytirgichi o‘rnatiladi. Rul trapetsiyasi boshqariluvchi g‘ildiraklarni bir vaqtni o‘zida har xil burchaklar ostida burilishini ta’minlaydi. Zamonaviy, shu jumladan GM-Uzbekistan korxoyasining yengil avtomobillarida reyka–shesternyali rul mexanizmi ishlatiladi (6.1-rasm). 6.1-rasm. Reyka-shesternyali rul mexanizmining sxemasi: 1-rul chambaragi; 2-rul vali; 3-shesternya; 4-tishli reyka; 5-rul mexanizmining karteri; 6-burish pishangi; 7-osmaning ustini; 8-tort-qilar; 9-rostlash muftasi; 10-rezbali uchlik. 124 Reyka–shesternyali rul mexanizmiga val 2, shesternya 3 va reyka 4 kiradi. Quvur shaklida yasalgan karter 5 ga tishli reyka 4 o‘rnatilgan. Reykaning o‘rtasiga tortqilar 8 ning uchlari sharnir tarzida o‘rnatilgan. Tortqilarni ikkinchi uchiga sferasimon rezbali uchlik 10 mahkamlangan. Sharnirlarning barmoqlari osma ustuniga payvandlangan pishang 6 ga o‘rnatilgan. Chap va o‘ng pishanglar 6 va tortqilar 8 rul trapetsiyasini tashkil qiladi. Rul chambaragi burilganda shesternya 3 reyka 4 ni harakatga keltiradi va tortqi 8 pishang 6 orqali osma ustini 7 ni buradi. Matiz avtomobilining rul mexanizmining (6.2-rasm) karteri 9 da ignali 10 va sharikli 3 podshipniklarda val–shesternya 5 o‘rnatilgan. Podshipik salnik 8 bilan zichlangan. Rul mexanizmining karteri 9 qopqoq 6 bilan yopilgan, val– shesternya esa rezina xalqa 7 bilan zichlangan. Rul mexanizmining karteriga reykaning korpusi 2 presslab o‘rnatilgan va uning ichida tishli reyka 1 joylashgan. 6.2–rasm. Matiz avtomobilining rul mexanizmi: 1-rul mexanizmining tishli reykasi; 2-rul mexanizmining karteri; 3-podshipnik; 4-zichlagich; 5-val-shesternya; 6-qopqoq; 7-zichlovchi xalqa; 8-salnik; 9-stopor xalqa; 10-ignali podshipnik. 125 6.3–rasm. Matiz avtomobilining rul boshqarmasi: 1-rul chambaragi; 2-rul boshqarmasining vali; 3-rul boshqarmasining kardanli uzatmasi; 4-bolt; 5-stakan; 6-sharsimon kallakning korpusi; 7-sharsimon kallakning vkladishi; 8-sharsimon kallakli tortqi; 9-gayka; 10-sharsimon barmoqli uchlik; 11-himoyalovchi rezinali g‘ilof; 12-rul mexanizmining tishli reykasi; 13-rul mexanizmining karteri; 14-xomut; 15-rul mexanizmining mahkamlash kronshteyni; 16-tishli reykaning vtulkasi. Reykaning ikkala uchida rezba (6.3–rasm) ochilgan va bu rezbali uchliklarga rul yuritmasining chap va o‘ng tortqilari 10 burab mahkamlangan. Har bir tortqi, reykaga qaragan tomonida xalqa 6 da joylashgan sharsimon uchlikka ega. Uchlikning sharsimon yuzasi bilan halqa orasiga plastmassa vkladish 7 o‘rnatilgan. Reykani chap va o‘ng tomonga yurishini cheklash uchun, chap va o‘ng tortqilarning tashqi halqasi 7 ga stakanlar 5 126 o‘rnatilgan. Tortqining halqasi reykaga buralgandan so‘ng, o‘z– o‘zidan bo‘shab ketmasligi uchun xalqaning zichlangan qismi jo‘valanadi. Reykaning uchlari zichlovchi g‘iloflar 11 bilan himoyalangan. 6.2. RUL YURITMASI QURILMALARI Boshqariluvchi g‘ildiraklarga katta og‘irlik kuchi tushsa, ularni boshqarish qiyinlashadi. Shuning uchun rul boshqarmasida rul kuchaytirgichlar qо‘llaniladi. Rul kuchaytirgichi energiyani dvigateldan oladi. Gidravlik yuritmali rul kuchaytirgichlar suyuqlik bosimi hisobiga ishlaydi. Gidravlik rul kuchaytirgichi (6.4-rasm), asosan, nasos, suyuqlik bosimini taqsimlagichi, gidrotsilindr, suyuqlik, qismlarni birlashtiruvchi shlang va trubkalardan tashkil topadi. 6.4-rasm. Gidrotsilindri rul mexanizmi bilan bir korpusda joylashgan gidrokuchaytirgich: 1-nasos; 2-taqsimlagich korpusi; 3-rul mexanizmi; 4-rul soshkasi; 5-shlanglar; 6-bachok. 127 6.2.1. Rul yuritmasining kuchaytirgichi Rul kuchaytirgichi g‘ildiraklarni burishni yengillashtiradi va harakat xavfsizligini oshiradi. Masalan, katta tezlikda shina shikastlansa, kuchaytirgich haydovchiga harakat yo‘nalishini saqlab qolish imkonini beradi. 6.5–rаsm. Rul kuchаytirgichining sхеmаsi: 1-g‘ildirаkning burish pishangi; 2-rul mехаnizmining kаrtеri; 3-chаp vа o‘ng rul tоrtqilаri; 4-pоrshеn; 5-rеykа-shtоk; 6-rul mехаnizmining shеstеrnyasi; 7-bоsim оstidаgi mоy mаgistrаli; 8-mоy nаsоsi; 9-mоy bаkchasi; 10-kuchаytirgichning tаqsimlаgichi; 11-mоyni bаkchaga qаytаrish mаgistrаli; А, B– silindrning bo‘linmаlаri. Rul kuchаytirgichining tаrkibigа mоy nаsоsi 8, mоy bаkchasi 9, tаqsimlаgich 10, gidrоsilindr vаzifаsini bаjаruvchi kаrtеr 2, rul mехаnizmining rеykаsi 5 gа o‘rnаtilgаn pоrshеn hаmdа trubkаlаr 7 vа 11 kirаdi. Mоy nаsоsi dvigаtеlning tirsаkli vаlidаn tаsmа yordаmidа hаrаkаtgа kеltirilаdi. Tаqsimlаgich 10 rul chаmbаrаgini burilish yo‘nаlishigа qаrаb gidrоsilindrning hаjmlаridаn birini nаsоs 8 128 bilаn, ikkinchisini esа mоyni bаkchaga qаytаrish mаgistrаli bilаn ulаydi. 6.5–rаsmdа rul chаmbаrаgini chаp tоmоngа burilishi ko‘rsаtilgаn. Bundа tаqsimlаgich 10 nаsоsdаn bоsim оstidа uzаtilаyotgаn mоyni gidrоsilindrning А bo‘linmаsigа uzаtаdi, B bo‘linmаsidаgi mоy pоrshеn 4 bilаn siqib chiqаrilаdi vа tаqsimlаgich 10 оrqаli bаkchaga qаytаrilаdi. А vа B bo‘linmаlаrdаgi mоy bоsimining fаrqi pоrshеn 4 gа tа’sir qilib g‘ildirаklаrni burishni yеngillаshtirаdi. Rul chаmbаrаgi o‘ng tоmоngа burilsа tаqsimlаgich 10 nаsоsni gidrоsilindrning B bo‘linmаsi bilаn ulаydi, А bo‘linmаsidаgi mоy esа bаkchaga qаytаrilаdi. 129 6.6-rasm. Rul kuchaytirgich ishlash sxemasi a)-tо‘g‘ri chiziqli harakat holati;RM – rul mexanizmi; GS – gidrotsilindr; RCH – rul chambaragi. 1-taqsimlagich korpusi, 2-yuqori bosim kanali, 3-past bosim kanali, 4-zolotnik, 5-boshqariluvchi g‘ildirak, 6-teskari bog‘lanish shtangasi, 7-markazlashtiruvchi prujinalar, 8-porshen, 9, 10-boshqaruv moy kanallari, 12-boshqaruv shtangasi, 13-moy nasosi, 14-moy bachogi. b)-о‘ngga burilish jarayoni; Haydovchi rul chambaragini о‘ngga burayotganida shtanga 12 zolotnikni 4 markaziy holatdan chap tomonga siljitadi (6.6rasm,b). Zolotnikning 4 о‘rta gard kanalidan 2 kelayotgan yuqori bosimli moy kanal 9 orqali GSning A hajmiga yо‘naladi. A hajmda bosim oshadi. B hajmi taqsimlagich b kamerasi orqali past bosim kanali 3 bilan ulanadi. Moy bachokka yuboriladi. A va B hajmdagi bosimlar farqi ostida porshen 8 pastga siljiydi. G‘ildirak 5 о‘ngga buriladi. G‘ildirak sapfasi tortqilari bilan shtanga 6 taqsimlagich korpusini 1 chapga suradi. G‘ildirak130 larning burilish jarayoni haydovchining rul chambaragini burish jarayonida davom etadi. Haydovchi rul chambaragini burishni tо‘xtatsa, shtanga 6 ta’sirida taqsimlagich korpusi 1 zolotnikka 4 nisbatan dastlabki markaziy holatiga qaytadi. A hajmdagi bosim B hajmdagi bosimdan katta bо‘ladi. G‘ildiraklar burilgan holatda qoladi. Boshqariluvchi g‘ildiraklarni chapga burish jarayoni (6.5rasm, v) shu kabi yо‘sinda amalga oshiriladi. 6.3. RUL YURITMASI SHARNIRLARI Davr talabining konstrusiyalarga oshib borishi yangi ishlanmalarda zamon yutuqlarini keng joriy etishni taqozo etadi. Hozirgi kunda elektron boshqaruvli gidravlik, elektrik hamda kombinatsiyalashgan rul yuritmalari keng tarqalmoqda. Rul yuritmasi rul mexanizmi bilan boshqariluvchi g‘ildiraklar orasida kuch uzatuvchi vazifasini bajaradi. Mexanik rul yuritmasining funksional tarkibiga rul trapetsiyasi va boshqariluvchi g‘ildiraklarni bog‘lovchi richag va tortqilar kiradi. Rul yuritmasidagi tortqi va richaglar о‘zaro sharnirli bog‘langan, nisbatan tebranish va buralish erkinlik darajalariga ega. Sharnirning joyiga qarab konstruksiyasidagi erkinlik darajasi farq qiladi. Har bir sharnirning tuzilishida barmoqning 2 (6.7-rasm) sferik kallagini suxariklar 1, 3 lar qamrab turadi. Suxariklarni prujina 4 sferik yuzaga siqib turadi. Rezbali probka 6 prujina ketida о‘rnatilgan cheklagich 5 ni suxarik bilan ma’lum oraliqda bо‘lishini ta’minlaydi. Cheklagich 5 prujina 4 ning 131 tasodifdan sinishi oqibatida tortqilarning ajralib ketishini oldini olib xavfsizlikka xizmat qiladi. 6.7-rasm. Rul yuritmasi tortqilarining sharnirlari: a-bо‘ylama tortqining, b, v-kо‘ndalang tortqilarning sharnirlari; 1, 3-suxarik, 2-sferik kallakli barmoq, 4-prujina, 5-cheklagich, 6-rezbali probka, 7-tortqi uchliklari, 8-boltlar, 9-ekssentrik suxariklar, 10-richag. Bо‘ylama tortqining chekkasi sharnir joylishtirilishi uchun kengaytirilgan bо‘ladi. Kо‘ndalang tortqining ikki chekkasidagi tortqi uchliklarida 7 о‘ng va chap rezba ochilgan bо‘ladi. Bu rul terapetsiyasini sozlashga kerak. 6.4. RUL MEXANIZMI Rul mexanizmining asosiy vazifasi haydovchi uchun g‘ildiraklarni burishni yengillatishdir. Bu vazifa rul mexanizmining uzatishlar soni evaziga erishiladi. Avtomobillar rul mexanizmi uzatishlar sonining о‘zgarish diapozoni 12...25 bо‘ladi. Shesternya – reyka rul mexanizmi (6.8-rasm) asosan yengil avtomobillar rul boshqarmasida keng tarqalgan. Bunday 132 mexanizmning uzatish soni 12…15. U ixcham konstruktiv о‘lchamli bо‘ladi. 6.8-rasm. Shesternya-reyka rul mexanizmi: 1-rul chambaragi, 2-shesternya, 3-reyka, 5-kо‘ndalang tortqilar, 7-korpus qopqog‘i, 8-rul vali, 9-shayba, 10, 14-podshipniklar, 11-qopqoq, 12-prujina, 13-suxarik. Haydovchi rul chambaragi 1 (6.8-rasm) yordamida rul valini 8 va unga bikr biriktirilgan shesternyani 2 aylantiradi. Tishli reyka 3 о‘qi bо‘ylab chiziqli harakat qiladi. Reykaga 3 sharnirli biriktirilgan kо‘ndalang tortqilar 5 g‘ildirakni burish richaglari 4 orqali boshqariluvchi g‘ildiraklarni buradilar va avtomobil harakat yо‘nalishi boshqariladi. Silindrik chervyak – sektorli rul mexanizmlarining asosiy detali vintli tishli shesternya – chervyak (6.9-rasm). Vintli tishlarining og‘ish burchaklari hisobiga bir juft uzatmada yetarlicha katta uzatishlar sonini olish mumkin. 133 6.9-rasm. Silindrik chervyak – silindrik vintsimon tishli g‘ildirak 2-silindrik chervyak, 3-tishli sektor, 4-karter. Globoidli chervyak – rolik mexanizmi. Globoidli chervyakning silindrik chervyakdan farqi uning vintli tishlari tashqi shakli globoida sirti qonuniyatida yasaladi (6.10-rasm). Globoidli chervyak – rolik mexanizmi silindrik chervyak – sektor mexanizmi kabi ixchamlikda katta uzatishlar sonini ta’minlay oladi. Ilashish yuzalari ishqalanmaydi. 134 Globoidli chervyakning vintli tishlari yuzalari bо‘ylab rolik g‘ildiraydi. Mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti keskin ortadi. 6.10-rasm. Globoidli chervyak va rolik: Roliklar bir, ikki va uch о‘rkachli bо‘lishi mumkin (6.11rasm). 1-globoidli chervyak, 4-soshka vali kallagi, 5-rolik, 7qulflovchi shayba, 8-gayka, 9-sozlovchi vint, 10-shtift, 12soshka. Globoidli chervyak 1 (6.11-rasm) rul vali 2 uchiga о‘rnatilgan. Rul vali karter 6 qopqoqlaridagi konusli rolik podshipniklarga о‘rnatiladi. Rolik 5 о‘z о‘qida 3 ikkita igna podshipniklarda aylanadi. Rolik о‘qi 3 soshka 12 valining kallagi 4 ga presslab biriktiriladi. Rul soshkasi valda shlitsali birikmaga gayka bilan qotirilgan. Rul chambaragini aylantirganda val 2, chervyak 1 va rolik 5 aylanadi. Shu bilan birga rolik 5 globoida yoyi bо‘ylab siljiydi va rul soshkasining valini 4 buradi. 135 “Vint – gayka – reyka – sektor” tipidagi rul mexanizmi. Rul mexanizmlari ichida yuk avtomobillar uchun keng tarqalgan konstruksiyalardan vintli uzatmalar hisoblanadi (6.12-rasm). Vint 5, 17 ning aylanishi gayka-reyka 6, 20 ning ilgarlama– qaytma chiziqli harakatiga о‘zgaradi. Reyka bilan ilashishdagi sektor 1, 8 soshka vali 1, 9 ni о‘qi atrofida aylantiradi. Vint va gayka orasidagi ishqalanishni kamaytirish maqsadida ular yopiq konturda harakatlanadigan shariklar yordamida ilashtirilgan. Vint-gayka oralig‘idagi ariqchalaridan ortib chiqadigan shariklar gaykaning ikki uchidagi kanallarni biriktiruvchi jeloblar orqali vint-gayka ilashmasining yangidan yaqinlashayotgan narigi uchiga boradi va uzluksiz ilashishda bо‘ladi. 6.12-rasm. “Vint – gayka – reyka – sektor” tipidagi rul mexanizmi: 5, 17-vint, 6, 20-gayka-reyka, 7-sharik, 1, 8-sektor, 1, 9-soshka vali. 136 Sektor 1 soshka vali bilan yaxlit ishlangan va karterda igna podshipniklarda 3 aylanadi. Vint 17 gayka-reyka bilan shariklar orqali rezbali ilashgan mexanizm. Rul chambaragi bilan vint 17 aylantirilganda shariklar bilan ilashgan gayka-reyka 20 chiziqli harakatga keladi. Gayka-reyka 20 sektor va soshkani о‘qida 1 aylantiradi. Soshka rul yuritmasi bilan g‘ildiraklarni buradi. Nazorat savollari 1. Rul bоshqаrmаsining tаrkibigа izоh bеring. 2. Rul kuchаytirgichining vаzifаlаri nimаdаn ibоrаt? 3. Rul kuchаytirgichining tаrkibigа izоh bеring. 4. Rul chаmbаrаgining ruхsаt etilgаn “lyufti” (erkin аylаnish burchаgi) nеchi grаdusga teng? 5. Rul yuritmasi sharnirlarini tushuntirib bering. 6.Rul mexanizmining vazifasi nima? 7.Rul mexanizmining turlari. 137 VII BOB. TORMOZ TORMOZ BOSHQARMASI Tormoz boshqarmasi avtomobilning xavfsizligini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Tormoz boshqarmasi avtomobil harakat tezligini sekinlatish, avtomobilni tо‘xtatish va yо‘l qiyaliklarida uzoq vaqt davomida beixtiyor joyidan qо‘zg‘alib ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Avtomobil g‘ildiraklari bilan yо‘l orasida tormozlovchi kuchni sodir qilish va boshqarish tormoz boshqarmasi bilan amalga oshiriladi. Tormoz boshqarmasi quyidagi asosiy tormoz tizimlaridan iborat bо‘ladi: Tormoz boshqarmasi Ichki tormoz Ehtiyot tormoz To‘xtab turish tormozi Yordamchi tormoz Tormoz boshqarmasi tizimlari: 1. Ishchi tormoz tizimi – asosiy tizim hisoblanadi. Avtomobil harakatini sekinlatish, avtomobilni tо‘xtatish uchun xizmat qiladi. 2. Ehtiyot tormoz tizimi tormoz boshqarmasining ishonchliligini oshirish uchun, ishchi tormoz tizimiga zahira tormoz sifatida xizmat qiladi. 138 3. Tо‘xtatib turish tormoz tizimi tо‘la yuklangan avtomobilni 25% yо‘l qiyaligida chegaralanmagan vaqt davomida qо‘zg‘alib ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. 4. Yordamchi tormoz tizimi uzun qiyaliklarda pastlikka harakatlanayotgan avtomobil tezligini tezlashmasdan saqlanishi uchun xizmat qiladi. 7.1. ISHCHI TORMOZ TIZIMINING TUZILISHI VА ISHLАSHI Аvtоmоbilning sоddаlаshtirilgаn ishchi tоrmоz tizimining sхеmаsi 58–rаsmdа ko‘rsаtilgаn. Tоrmоz tizimining tаrkibigа оldingi g‘ildirаklаrning diskli tоrmоz mехаnizmi 1, оrqа g‘ildirаklаrning bаrаbаnli tоrmоz mехаnizmi 4, оldingi 2 vа оrqа 3 tоrmоz trubkаlаri, suyuqlik bаchоgi 5, bоsh tоrmоz silindri 6 vа uning pоrshеni 7, shtоk 8 vа pеdаl 9 kirаdi. Tоrmоz pеdаli 9 bоsilgаndа shtоk 8 pоrshеn 7 ni siljitаdi vа bоsh silindrdа bоsim hоsil bo‘lаdi. Tоrmоz suyuqligi bоsim оstidа trubkаlаr 2 vа 3 оrqаli оldingi vа orqa g‘ildirаklаrning ishchi tоrmоz silindrlаrini siljitаdi vа tоrmоz mехаnizmlаridа g‘ildirаklаrni аylаnishigа qаrshi tоrmоz mоmеntlаri hоsil bo‘lаdi. Tоrmоz mехаnizmlаrining sхеmаlаri 59 vа 60–rаsmlаrdа ko‘r-sаtilgаn. Diskli tоrmоz mехаnizmining tаrkibigа suppоrt 6, uning ichidа jоylаshtirilgаn chаp 2 vа o‘ng 6 silindrlаr, chаp vа o‘ng silindrlаrni pоrshеnlаri 2 vа 4, friksiоn qоplаmаli tоrmоz kоlоdkаlаri 3 vа g‘ildirаkning gupchagiga mаhkаmlаngаn disk 8 kirаli. Tоrmоz pеdаli bоsilgаndа suyuqlik bоsh silindrdаn А tеshik оrqаli o‘ng sililindrgа vа trubkа 7 оrqаli chаp silindrgа uzаtilаdi. Tоrmоz kоlоdkаlаri kаttа kuch bilаn tоrmоz diskigа 139 siqilаdi vа hоsil bo‘lgаn ishqаlаnish kuchlаri g‘ildirаk bilаn bоg‘lаngаn tоrmоz diskini sеkinlаtib to‘xtаtаdi. 7.1-rаsm. Ishchi tоrmоz tizimining sоddаlаshtirilgаn sхеmаsi: 1-оldingi g‘ildirаklаrning diskli tоrmоz mехаnizmlаri; 2,3-оldingi vа оrqа tоrmоz mехаnizmlаrining trubkаlаri; 4-оrqа g‘ildirаklаrning bаrаbаnli tоrmоz mехаnizmi; 5-bаkcha; 6-bоsh tоrmоz silindri; 7-pоrshеn; 8-shtоk; 9-pеdаl. 7.2.–rаsm. Diskli tоrmоz mехаnizmining sхеmаsi: 1,6-ishchi silindrlаr; 2,4–pоrshеn; 3–tоrmоz kоlоdkаlаri; 5–suppоrt; 7–silindrlаrni tutashtiruvchi trubkа; 8–tоrmоz diski. 140 Bаrаbаnli tоrmоz mехаnizmining sхеmаsi 60–rаsmdа kel-tirilgan. Tоrmоz mехаnizmining tаrkibigа suppоrt 3 gа mаhkаmlаngаn tоrmоz silindri 1, g‘ildirаkning gupchagigа mаhkаmlаngаn tоrmоz bаrаbаni 3, friksiоn 6 qоplаmаli tоrmоz kоlоdkаlаri 5 vа qаytаrish prujinаlаri 7 kirаdi. Tоrmоz silindri 1 ning ichidа ikkitа pоrshеn 1 jоylаshtirilgаn. Tоrmоz pеdаli bоsilgаndа bоsh silindrdа hоsil bo‘lаdigаn suyuqlikning bоsimi pоrshеnlаr 2 ning birini chаpgа, ikkinchisini esа o‘ng tоmоngа siljitаdi. Nаtijаdа friksiоn qоplаmаli kоlоdkаlаr 5 tоrmоz bаrаbаni 3 gа siqilаdi. Hоsil bo‘lgаn ishqаlаnish kuchlаri bаrаbаnni аylаnishini sеkinlаtib to‘xtаtаdi. 7.3-rаsm. Bаrаbаnli tоrmоz mехаnizmi: 1-ishchi silindr; 2-pоrshеnlаr; 3-suppоrt; 4-tоrmоz bаrаbаni; 5-tоrmоz kоlоdkаsi; 6-tоrmоz kоlоdkаsining friksiоn qоplаmаsi; 7-prujinа. Yengil аvtоmоbillаrdа tоrmоz tizimining ishоnchliligini оshirish mаqsаdidа tormoz mexanizmlari ko‘pinchа diagonal sxema bo‘yicha ulanаdi: oldingi chap va orqadagi o‘ng g‘ildiraklar bitta kontur hosil qilsa, oldingi o‘ng va orqadagi 141 chap g‘ildiraklar ikkinchi konturni hosil qiladi. G‘ildiraklarni alohida konturlarga bo‘lish tormoz yuritmasining puxtaligini va ishonchliligini, avtomobilning aktiv xavfsizligi oshiradi. Masalan, konturlardan biri ishdan chiqsa, ikkinchi kontur o‘z ish qobiliyatini yo‘qotmaydi va haydovchining avtomobilni to‘xtatib qolishiga imkon beradi. Tormoz yuritmasi bitta, ikki bo‘linmali bosh silindr yordamida boshqariladi. Оrqа g‘ildirаklаrni blоkirоvkаlаnmаsdаn tоrmоzlаnishini tа’minlаsh mаqsаdidа, оrqа g‘ildirаklаr tоrmоz mехаnizmining ishchi silindrlаridаgi bоsim klаpаnlаr 8 yordаmidа chеklаnаdi. Diagonal sxema bo‘yicha ishlangan tormoz yuritmasining konturlaridan biri ishlamay qolsa, tormozlash samaradorligi 50% ni tashkil qiladi. 7.2. VAKUUM KUCHAYTIRGICHI Tormoz yuritmasida ishlatiladigan vakuum kuchaytirgich tormoz pedalini bosishni yengillashtiradi va tormozlash uchun haydovchidan katta kuch talab qilmaydi. 7.4-rаsm. Ikkitа diаgоnаl kоnturli ishchi tоrmоz yuritmаsining sхеmаsi: 142 (Nexia, Spark, Lacetti vа bоshq.): 1-оldingi g‘ildirаklаrning diskli tоrmоz mехаnizmlаri; 2-оrqа g‘ildirаklаrning bаrаbаnli tоrmоz mехаnizmlаri; 3bаkcha; 4-vаkuum kuchаytirgich; 5-pеdаl; 6-оldingi o‘ng-оrqа chаp g‘ildirаk tоrmоz kоnturi; 7-оldingi chаp-оrqа o‘ng g‘ildirаk kоnturi; 8-оrqа g‘ildirаklаr kоnturidа bоsimni chеklаsh klаpаnlаri; 9-ikki bo‘linmаli bоsh silindr. 7.5-rasm. Yuk avtomobilining g‘ildirak tormoz mexanizmi: 1-richag; 2-tormoz kamerasi; 3-nakladka; 4-shit; 5-baraban; 6-tayanch barmoqlari; 7-prujina; 8-kolodka; 9-mushtcha. Tormoz kamerasiga 2 yuqori bosimdagi havo kiradi. Havo kameradagi diafragma bilan birikkan shtok orqali richagni 1 suradi va mushtchani 9 о‘qi atrofida buradi. Mushtchaning burilishi kolodkalarni 8 barmoqlar 6 о‘qida burib barabanga 5 siqadi. Barabanning aylanishiga qarshilik kuchi – ishqalanuvchi 143 kuch sodir qiladi. Avtomobil sekinlashadi, tо‘xtaydi. Tormoz kamerasidagi havo bosimi ta’siri olinsa, prujina 7 kuchi bilan kolodkalar 8 dastlabki holatiga qaytadi. Baraban erkin aylanishi ta’minlanadi. Vаkuum kuchаytirgich tоrmоz bоshqаrmаsining bоsh silindri bilаn kеtmа-kеt o‘rnаtilgаn. Kuchаytirgichning kоrpusi 6 dа diаfrаgmа 5 yordаmidа ikkitа hаjm аjrаtilgаn: аtmоsfеrа hаjmi А vа dvigаtеlning kiritish kоllеktоri bilаn ulаngаn B hаjmi. Dvigаtеl ishlаb turgаndа kiritish kоllеktоridа siyrаklаnish hоsil bo‘lаdi vа undаgi bоsim аtmоsfеrа bоsimidаn 0,2–0,3 kg/sm2 pаst bo‘lаdi. Bоsimlаrning fаrqi diаfrаgmаning yuzаsigа tа’sir etib pеdаl bоsilgаndа qo‘shimchа 30–40 kg kuch hоsil qilаdi vа pеdаlni bоsish yеngillаshib, hаydоvchining ishini оsоnlаshtirаdi. 7.6–rаsm. Vаkuum kuchаy-tirgichining sхеmаsi: 1–qo‘shаlоq bоsh silindr; 2,3–pоrshеnlаr ; 4–prujinа; 5–diа-frаgmа; 6–kоrpus; А-аtmоs-fеrа bo‘linmаsi; B–vаkuum bo‘linmаsi; C, D–tоrmоz yuritmаsining birinchi vа ikkinchi kоnturlаri. 144 7.3. BOSH TORMOZ SILINDRI Tormoz gidroyuritmasining bosh silindri, bakchasi bilan vakuum kuchaytirgichining shpilkalariga gaykalar yordamida mahkamlanadi. Bosh silindrning bo‘shlig‘ida ketma–ket ikkita porshen 5 va 10 joylashgan bo‘lib (7.7–rasm), ularning har biri o‘zining konturini boshqaradi. 7.7-rasm. Nexia avtomobilining bakcha bilan yig‘ilgan holdagi bosh silindri: 1-asosiy silindrning korpusi; 2 va 6-porshenni qaytaruvchi prujina; 3- likopcha; 4-manjeta; 5-old o‘ng va orqa chap tormoz yuritmasining porsheni; 7- vtulka; 8-old chap va orqa o‘ng tormoz yuritmasining porsheni; 9-zichlagich; 10-suyuqlikning chegaraviy sathini ko‘rsatuvchi datchik; 11-bosh silindrning bakchasi. 145 Silindrning old qismidagi porshen 10 ning tashqi tomonidagi ariqchaga past bosimli rezina manjet 12, ichki tomonidan esa siljuvchi yuqori bosim manjeti 9 o‘rnatilgan. Yuqori bosimli manjetni, prujina 8 keruvchi vtulkaning ko‘ndalang yuzasiga siqib turadi. Prujina chap tomoni bilan ikkinchi porshenni itarib turadi. Silindrning birinchi qismida joylashgan porshen 10, oldingi g‘ildiraklar tormoz mexanizmining konturida bosim hosil qiladi. Tormoz mexanizmlari diagonal sxema bo‘yicha ulanganda, porshen 10 old o‘ng − orqa chap tormoz mexanizmlari konturida bosim hosil qiladi. Bosh silindrning orqa bo‘limidagi porshen 5 ning tuzilishi va silindrda zichlanishi porshen 10 ga o‘xshash bo‘ladi. Tormoz mexanizmlari diagonal sxema bo‘yicha ulanganda, porshen 5 old chap-orqa o‘ng g‘ildiraklarning tormoz mexanizmlari konturida bosim hosil qiladi. Tormoz pedali bosilganda, bosh silindrning birinchi bo‘limidagi porshen 10 ga vakuum kuchaytirgichining shtoki ta’sir qiladi. Pedal bosilmagan holda yuqori bosim manjeti 9 porshen 10 ga tegmaydi va bosh silindr tormoz suyuqligi bachogi bilan ulangan holatda bo‘ladi. Tormoz pedali bosilganda porshen 10 oldinga siljiydi va manjet 9 prujina 8 ta’sirida porshenga siqiladi. Shu daqiqadan boshlab bosh silindr bakchasidan uziladi va tormoz yuritmasida bosim o‘sa boshlaydi. Natijada tormoz mexanizmining ishchi silindrlari harakatga keladi. Yarim tiniq plastmassadan yasalgan bakcha ichida tormoz suyuqligining minimal chegaraviy sathining belgisi hamda darak beruvchi datchikning qalqovuchi 10 joylashgan. Bakcha ichidagi ikkita darcha orqali bosh silindrning ikkala bo‘limi tormoz suyuqligi quyib turiladi. Bakchaning bo‘g‘iziga o‘rnatilgan 146 qopqoqqa tormoz suyuqligi minimal sathga yetganligi to‘g‘risida darak beradigan datchik o‘rnatiladi. 7.4. TO‘XTAB TURISH TORMOZ TIZIMI To‘xtab turish tormoz tizimining tarkibiga mexanik yuritma va orqa g‘ildiraklar tormoz mexanizmlari kiradi (7.8-rasm). 7.8-rasm. Nexia avtomobilining to‘xtab turish tormoz tizimi: 1-dastak; 2-kron-shteyn; 3-oldingi tros; 4-trosni taranglash muftasi; 5-tenglashtiruvchi plastina; 6-orqadagi tros; 7-kolodkalarni keruvchi planka; 8-orqa g‘ildirakning tormoz mexanizmi; 9-kolodkalarni harakatga keltiruvchi pishang; 10-trosning uchligi. 147 Mexanik yuritma tarkibiga oldi tros 3 bilan ulangan va qo‘l bilan harakatga keltiriladigan pishang 1, trosni taranglovchi mufta 4, tenglashtiruvchi plastina 5, orqa tros 6, kolodkalarini harakatga keltiruvchi pishang 9 va kolodkalarni keruvchi planka 7 kiradi. Tros rezbali mufta 4 yordamida taranglanadi. Orqa trosning chap va o‘ng qobig‘i bir uchi bilan kuzovdagi kronshteynga, ikkini uchi bilan esa tormoz shchitiga mahkamlanadi. Trosning ilgak shaklida ishlangan uchliklari pishang 9 ning pastki uchiga mahkamlanadi. Pishang 9 ning pastki uchi barmoq yordamida tormoz kolodkasiga mahkamlanadi, yuqori uchi esa keruvchi planka 7 ning o‘yig‘iga kirib turadi. Keruvchi plankaning ikkinchi uchidagi o‘yiqqa chap tormoz kolodkasining kuragi tayanadi. Pishang 1 ko‘tarilganda oldi va orqa troslar tortiladi va pishang 9 barmoq atrofida buriladi va keruvchi plankani siljitib avval chap, so‘ng o‘ng tormoz kolodkasini barabanga siqadi. 7.5. Antiblokirovkali tormoz tizimlari Tormozlash jarayonida g’ildiraklardan biri aylanmay qolsa (blokirovkalansa), ushbu g’ildirak sirpanib harakatlanadi va shinaning qizishi natijasida uning yo‘l bilan ilashishi pasayadi, tormoz yo‘li esa ortadi. Ammo eng muhimi – g’ildirakning aylanmasligi juda kichik turtki ta’sirida ham uning yon tarafga sirpanishiga olib keladi. Orqa g’ildiraklarning sirpanib tormozlanishi orqa ko‘prikning yon tomonga sirpanishiga va natijada avtomobilning aylanma harakatlanishiga olib keladi. Old g’ildiraklarning blokirovkalanishi esa avtomobilning 148 yo’nalishini rul chambaragini aylantirib o‘zgartirish imkoniyatini yo’qqa chiqaradi. Tormozlash jarayonida orqa g’ildiraklardagi tormoz momentlarining ma’lum bir me’yordan oshmasligini ta’minlash uchun ishlatiladigan bosimni cheklash klapanlari yoki tormoz kuchlarining rostlagichi g’ildiraklarning blokirovkalanish ehtimolini faqat yo‘lning ilashish koeffitsiyenti yuqori bo‘lganda (quruq asfalt yoki asfaltobeton) kamaytiradi. Yo‘l yuzasi nam yoki tirg‘anoq bo‘lsa, tormozlanish jarayonida g’ildiraklar blokirovkalanadi va natijada avtomobil yon tarafga sirpanadi, avtomobil boshqaruvi esa yo‘qoladi. Har xil yo‘l sharoitida avtomobilni minimal masofada to‘xtatish va avtomobilning boshqariluvchanligini ta‘minlanish uchun g’ildiraklarning blokirovkalanishiga qarshi avtomatik tizimlar ishlatiladi. Bu tizimlar qisqartirib ABS (Anti Blok Sistem) deb nomlanadi. Hozirgi kunda bu tizimlar bir qator yengil va yuk avtomobillari, avtobus va tirkamalarda ishlatilyapti. G‘ildiraklarning blokirovkalanishiga qarshi tizim Lacetti, Captiva, Malibu avtomobillarida, Spark, Nexia–3, Cobalt, avtomobillarining esa ayrim modifikatsiyalarida ishlatilgan. Har bir g‘ildirakning blokirovkalanishining oldini olish tizimiga datchiklar, bosim modulyatorlari va electron boshqaruv bloki kiradi (7.9-rasm). Datchiklar tormozlanish jarayonida avtomobilning tezligi va sekinlashishini, g’ildiraklarning burchak tezligini, tormoz yuritmasidagi bosimni va boshqa ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlarni electron boshqaruv blokiga (EBB) uzluksiz uzatib turish uchun xizmat qiladi. Bosim modulatori tormoz mexanizmlarining ishchi silindrlaridagi bosimni o’zgartirib turish uchun xizmat qiladi. EBB 149 datchiklardan olingan ma’lumotlar asosida, g‘ildiraklar blokirovkalanmasdan tormozlanishi uchun, tormoz mexanizmlarida zarur bosimni hosil qilish uchun buyruqlar (komandalar) ishlab chiqaradi. Datchiklardan uzatilgan signallar EBB ning xotirasiga oldindan kiritilgan qiymatlar bilan solishtiriladi va har bir g’ildirak tormoz mexanizmining ishchi silindridagi bosimni oshirish yoki kamaytirish to‘g‘risida buyruqlar shakllantiriladi va bosim modulatoriga yuborildi. 7.9-rasm. Antiblokirovkali tormoz tizimning sxemasi: 1-g‘ildiraklarning burchak tezligi datchiklari; 2-ABSning ishga tushganligi darakchisi; 3-elektron boshqaruv bloki (EBB); 4-bosim modulyatori. Agar g‘ildirakning sekinlashish sur’ati katta va uning blokirovkalanish ehtimoli yuqori bo‘lsa, EBB bosim modulatoriga ishchi silindrda bosimni kamaytirish buyrug‘ini beradi va tormoz mexanizmidagi tormoz momenti kamayadi. Natijada g‘ildirak150 ning burchak tezligi yana orta boshlaydi va u EBBda belgilangan ma’lum me’yorga yetganda, bosim modulatoriga ishchi silindrdagi bosimni oshirish to‘g‘risida yangi buyruq yuboriladi. Ushbu jarayon avtomobil to‘xtaguncha bir necha marta takrorlanadi. Bosim modulyatori, bir sekund davomida, ishchi silindrdagi bosimni bir necha marta oshirib-pasaytiradi va shu tarzda g’ildirakning blokirovkalanishining oldini oladi. Demak, avtomobilning boshqaruvi saqlanadi, tormoz yo‘li esa minimal bo‘ladi. 7.6. TORMOZ BOSHQARMASIDAGI YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN NОSОZLIKLАR VА ULАRNI YO‘QОTISH USULLАRI Tоrmоzlаnish sаmаrаdоrligi yеtаrli emаs. Yuzaga kelish sabablari: оld yoki оrqа tоrmоz mехаnizmlаrining g‘ildirаk silindrlаridаn suyuqlik оqsa; tоrmоz tizimi gidrоyuritmаsigа hаvо kirib qolgan bo‘lsа; bоsh silindrdа rеzinа zichlаgichlаr (mаnjеtlаr) shikаstlаngаn bo‘lsа. Nоsоzlikni bаrtаrаf qilish uchun g‘ildirаkdаgi silindrlаrning yarоqsiz dеtаllаrini аlmаshtirish vа tоrmоz yuritmаsidаn hаvоni chiqаrib yubоrish kеrаk. Аvtоmоbil hаrаkаtlanish vаqtidа o‘z-o‘zidаn tоrmоzlаnаdi. Nоsоzlik vаkuum kuchаytirgichining himоyalоvchi g‘ilоfi аtrоfidаn hаvоning so‘rilishi bilаn bоg‘liq bo‘lishi mumkin. Hаmmа g‘ildаrаklаr tоrmоzdаn to‘liq bo‘shаmаydi. Bu nosozlik Vаkuum kuchаytirgich yoki bоsh silindr nоsоz 151 bo‘lgаndа uchrаydi. Nоsоzlik bоsh silindr yoki vаkuum kuchаytirgichni аlmаshtirish yo‘li bilаn bаrtаrаf etilаdi. Pеdаl bоsilmаgаn bo‘lsа hаm g‘ildirаklаrdаn biri tоrmоz-lаnаdi. Bu nоsоzlik, bаrаbаnli tоrmоz mехаnizmi kоlоdkаlаrining qаytаruvchi prujinаsi sinsа, ishchi tоrmоz silindri nоsоz bo‘lsа uchrаydi. Tоrmоzlаsh vаqtidа аvtоmоbilni bir tоmоngа tоrtib kеtаdi. Bu nоsоzlik, g‘ildirаk silindrlаridаn tоrmоz suyuqligi оqishi yoki ishchi tоrmоz silindridа pоrshеn tiqilib qоlishi sababli yuzаgа kеlishi mumkin. Nаzоrаt sаvоllаri 1. Tormoz boshqarmasining vazifasi nima? 2. Vаkuum kuchаytirgichning ishlаsh prinsipi nimаgа аsоslаngаn? 3. Vаkuum kuchаytirnichning sоzligini qаndаy tеkshirish mumkin? 4. G‘ildirаklаrning blоkirоvkаlаnishgа qаrshi tizimning ishlаsh prinsipi nimаgа аsоslаngаn? 5. Ishchi tоrmоz tizimi ishlаmаy qоlgаndа, аvtоmоbilni to‘xtаtish uchun hаydоvchi qаndаy аmаllаrni bajarishi kеrаk? 152 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Shavkat Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartibintizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” Toshkent-“O‘zbekiston”-2017. 2. Shavkat Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” Toshkent–“O‘zbekiston”-2017. 3. Shavkat Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” Toshkent–“O‘zbekiston”2018. 4. Shavkat Mirziyoyev “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” Toshkent – “O‘zbekiston”-2019. 5. O.U.Salimov “Аvtomobillarni tuzilishi, texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash”, “Ilm Ziyo” Toshkent-2014-yil. 6. А.Muxitdinov, J.Qulmuxamedov “Transport vositalarining tuzilishi”, “Taʼlim nashriyoti” Toshkent-2019-yil. 7. G‘.N.Maxmudov “Аvtotransport vositalarining elektr jihozlari”, “Ilm Ziyo” Toshkent-2014-yil. 8. А.I.Komilov, Q.А.Sharipov, N.T.Umirov, Z.Yu.Yusupov “Traktor va avtomobillar”, “Cho‘lpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi” Toshkent-2007-yil. 9. А.Muxitdinov, V.Sattivaldiev, Sh.Xakimov “Transport vositalarinig tuzilishi”, “Taʼlim nashriyoti” Toshkent-2014-yil. 153 10. D.I.Xoshimov “GM-Uzbekistan avtomobillarning konstruktsiyasi”, “Аvtomsan” Toshkent-2017yil. 11. К.Шестоналов “Устройство, техническое обслуживание и ремонт легковых автомобилей”, Издательский центр “Академия”-2000 г. 12. D.I. Xoshimov, G‘.N.Maxmudov “Yengil avtomobillarning tuzilishi”, “Аvtomsan” Toshkent-2019-yil 154 MUNDARIJA Sо‘z boshi…………………………………………….. 3 I BOB. Umumiy ma’lumotlar………………………. 5 1.2. Transport vositalarining tasnifi……………………5 1.2. Avtomobilning umumiy tuzilishi………………….10 1.3. Ixtisoslashtirilgan transport vositalari……………..12 II BOB. Dvigatel…………..………….……………… 15 2.1. Avtomobil dvigatellarining tasnifi. Umumiy tushunchalar va asosiy parametrlar……………………… 15 2.2. Tо‘rt taktli dvigatel…………………….………… 17 2.3. Ikki taktli benzinli dvigatel………………………. 20 2.4. Turli dvigatellarning ishlash prinsiplari.…………. 22 2.4.2. Gaz turbinali dvigatellar……………………….. 23 2.5. Krivoship-shatunli mexanizm……………………. 24 2.6. Gaz taqsimlash mexanizmi……………….……… 28 2.7. Sovutish tizimi……………..…………………….. 33 2.8. Moylash tizimi…………………………………….35 2.9. Karbyuratorli dvigatellarning ta’minlash tizimi…. 37 2.10. Gazda ishlaydigan dvigatelning ta’minlash tizimi…………………………………………………….. 41 2.11. Benzinli yonilg‘ini kiritish quvuriga purkash tizimi…………………………………………………….. 42 155 2.12. Benzinli yonilg‘ini yonish kamerasiga purkash tizimi……………………………………….……………. 45 2.13. Dizel dvigatelining ta’minlash tizimi……….……47 III Bоb. Elеktr enеrgiya manbayi va istе’molchilari……………………………………………52 3.1. Elektr ta’minlash tizimi haqida umumiy ma’lumotlar……………………………….……………….52 3.2. Akkumulatorlar batarеyasi…………..…………… 53 3.3. Avtomobil generatorlari………………..………… 55 3.4. Avtomobil startyorlari……………….…………… 57 3.5. Bеnzinli dvigatellarning o‘t oldirish tizimlari……..59 3.6. Yoritish va yorug‘lik darakchilari tizimi…………. 63 3.7. Nazorat-o‘lchov asboblari…………………………65 3.8. Avtomobilning qo‘shimcha elеktr jihozlari……….66 3.9. Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari rivojlanishining yangi yo‘nalishlari……..………………. 67 IV Bоb……………………………….……………….. 72 4.1. Transmissiya………………….………………….. 72 4.2. Ilashish muftasi……………………………………73 4.3. Uzatmalar qutisi………………………………….. 79 4.4. Taqsimlash qutisi……………………..………….. 87 4.5. Kardanli uzatma…………….……………………. 90 4.6. Asosiy uzatma………………….………………… 96 4.7. Differensial………………………….…………… 100 4.8. Yetakchi g‘ildiraklar yuritmalari…………………..103 V BOB. Yurish qismi................................................... 107 156 5.1. G‘ildiraklar……………..………………………… 107 5.2. Kо‘priklar………………………………………… 110 5.3. Osmalar……………………………………………112 5.4. Rama…………………………………..…………. 115 5.5. Kuzovlar……………………….…………………. 117 VI-BOB. Rul boshqarmasi…………..………………..124 6.1. Rul boshqarmasining tuzilishi va ishlashi…………… 124 6.2.Rul yuritmasi qurilmalari……………….………… 127 6.2.1. Rul yuritmasining kuchaytirgichi………………. 128 6.3. Rul yuritmasi sharnirlari……………….………… 131 6.4. Rul mexanizmi…………………………………… 132 VII BOB. Tormoz. Tormoz boshqarmasi………….. 138 7.1. Ishchi tormoz tizimining tuzilishi vа ishlаshi……. 7.2. Vakuum kuchaytirgichi………………………….. 142 7.3. Bosh tormoz silindri……………………………… 145 7.4. To‘xtab turish tormoz tizimi………….………….. 147 7.5. Antiblokirovkali tormoz tizimlari…………………148 7.6.Tormoz boshqarmasidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nоsоzliklаr vа ulаrni yo‘qоtish usullаri………… 151 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:……………….. 153 157 UO'K 629.33(075.8) KBK 31.2ya73 M 93 Аvtomobillar tuzilishi [Matn] : o’quv qo’llanma / J. Qulmuhamedov, A.Muxitdinov, S. Mirshaxo‘jayev. -Toshkent: “Excellent Polygraphy”, 2021.- 160 b. O‘quv qo‘llanma 3.51.05.01 – Avtomobillarni ta’mirlash chilangari ta’lim yо‘nalishining Malaka talablari asosida yozilgan hamda darslik "Avtomobil tuzilishi” fani bо‘lgan barcha ta’lim yо‘nalishlari uchun ham tavsiya qilinadi. O‘quv qo‘llanmadan professional ta’lim tizimi о‘quvchilari, pedagoglari hamda avtomobilsozlik va avtomobil transporti korxonalari muhandislari, texnik xodimlari foydalanishlari mumkin. ISBN – 978-9943-7821-2-9 158 J. Qulmuxamedov, A.Muхitdinov, S. Mirshaxo‘jayev AVTOMOBILLAR TUZILISHI “Excellent Polygraphy” 29.08. 2014 yilda 007750-09-son bilan ro‘yxatga olingan. Toshkent sh. Shayxontoxur tumani, Jangoh ko‘chasi 12-uy. Muharrir: M.Yusupova Dizayner: V. Sanoyev Sahifalovchi: A. Ablayev Musahhih: A. Ablayev Bosishga 12.11.2021-yilda ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16. Nashr tabog‘i 10,0. Shartli bosma taboq 10,0. Adadi 6 496 dona. Buyurtma № 01. «Reliable Print» MCHJ bosmaxonasida chop etildi. Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi, 6-uy.