Uploaded by ortiqovdoniyorbek88

Ombor tarmog

advertisement
14.MAVZU: Omborlarni boshqarish tizimining
afzalliklari namuna sifatida logistika omborida WMSvositachidan foydalanish.
REJA:
1.
Omborlarni boshqarish tizimida WMS-dan foydalanish.
2.
WMS qo‘llaniladigan maqsad va vazifalarni aniqlash.
1.
Omborlarni boshqarish tizimida WMS-dan foydalanish.
Hozirgi paytda yetarli darajada yaxshilangan dasturlash paketlari yaratilmoqda.
Birgina ular hamma axborot tizimlarida ishlatila olmaydi. Bu integratsiyalar
to‘plamini boshqarish masalalari yechimi boshqarish darajasi andozalariga bog‘liq:
Masalalarni yechish, yuqori darajadagi andozalarini rejalashtirish axborot
tizimlarida balandroq bo‘ladi. Shu yerda tizimlarni ta’minlashga ko‘nikish uchun
qiyinchiliksiz erishishga yordam beradi.
Axborot tizimlarida ulaming andoza paketlarini ko‘niktirish ayrim sabablarning
kelib chiqishi bilan bog‘liqdir.
Masalan: ishlab chiqarish jarayonining oldindan o‘zlashtirib kelinishi va
andozalar o‘zgarishlariga qiyinchilik bilan keladi; ma’lumotlar qayta ishlash tizimi,
hamma qo‘llovchilarda bir xil emas.
Bajaruvchi axborot tizimlarida tezkor darajada qoidadagidek, yakka dasturlarni
ta’minlashda ishlatiladi.
Logistikada qo‘llaniladigan axborot tizimi turlari 9-rasmda, logistikadagi
axborotlar to‘plamining turlari esa 10-rasmda keltirilgan.
9-rasm. Logistikada qo‘IIaniIadigan tizimlar turi
10-
rasm. Logistikada axborotlar to‘plamining turlari
WMS qo‘llaniladigan maqsad va vazifalarni aniqlash.
Materiallarda ehtiyojni rejalashtirish - bu materiallarda vaqtni ehtiyojiga
taalluqli bo‘lgan va talab etiladigan mahsulotning chiqarish grafigi va miqdorini
aniqlaydigan rejalashtirish sistemasidir.
Ishlab chiqarish jarayoni - ishlab chiqarish resurslarini bog‘lanishi. Ishlab
chiqarish sikli - ishlab chiqarish jarayonida detallar yoki bajariladigan ishlarni
boshidan oxirigacha bo‘lgan kalendar vaqt oralig‘i. Ishlab chiqarish sikli
tayyorlash, ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonlari davrini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirish:
- zarur mahsulotni miqdorini rejalashtirish;
- mahsulot ishlab chiqariladigan oradagi vaqt oralig‘ini rejalashtirish;
- ishlab chiqarish uchun xomashyo va jihozlar bilan taminlashni rejalashtirish;
Jadval ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish vaqtini aniqlaydi.
Jadvalni tuzish maqsadi - umumiy ishlab chiqarish maqsa- diga erishish
uchun resurslardan foydalanishni optimallashtirish.
Vaqt normasi - aniq ishlab chiqarish sharoitlarida ishlarni bajarish uchun zarur
bo‘lgan ilmiy asosli chiqimlarning ishchi vaqti.
Detallar guruhi - bir xilli detallarning miqdori.
Optimal detallar guruhining o‘lchami - tashkilotda yarim mahsulotni ishlab
chiqarishni saqlashdagi asosiy chiqimlar orqali aniqlanadi.
Dispetcherlashtirish o‘zida doimiy operativ nazoratni va ishlab chiqarishni
doimiy uzluksiz o‘sishini tashkil etadi.
Umuman olganda «ishlab chiqarish» so‘z birikmasi bir necha mazmunda
ishlatiladi, masalan:
- moddiy ne’matlarni yaratish ijtimoiy jarayoni;
- mustaqil tashkilot;
- yirik tashkilot yoki aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi ishlab chiqarish birligi;
- korxonadagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlarni o‘z
ichiga oluvchi ishlab chiqarish jaryoni.
2-
Nimalar baholanadi?
 Nazariy bilimlar;
 Amaliy ko’nikma va malakalar;
 Xulq- atvor va shaxsiy fazilatlar.
Qachon baholanadi?
 Ta’lim jarayoni boshida ( B.N )
 Ta’lim jarayoni davomida (J.N, O.N)
 Ta’lim jarayoni yakunida ( Ya.N )
Baholash mezonlari
T/r
1
Mezonlar
Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo’llay oladigan, ushbu fanning
boshqa fanlar bilan bog’lay oladigan, mustaqil ish va vazifalarni
to’liq bajarib boshqa o’quvchi o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan
2
O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini
ishlab chiqarishda qo’llay oladigan mustaqil fikrlay oladigan
3
Darslarda 75 % qatnashgan adabiyotlardan foydalanishni bilgan
ma’ruzalarni yozgan
4
Fanni 50% dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar
Nazorat savollari:
1. Ombor tushunchasi.
2. Omborning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
3. Moddiy-texnik ta’minot va tahlillar.
4. Omborning yuk aylanmasi.
Baho
5 a’lo
4 yaxshi
3 qoniqarli
2
qoniqarsiz
Download