O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Maktabgacha ta’lim “Umumtexnika fanlari va texnologiyalar” kafedrasi “TASDIQLAYMAN” Ro’yxatga olindi: №_____________ 2020-yil. “__”_______ Bilim sohasi: Ta’lim sohasi: Ta’lim yo’nalishi: Samarqand Davlat Universiteti o’quv ishlari prorektori: __________ prof. A. Soleev “___” ____________2020-yil. 100 000 – GUMANITAR 110 000 – PEDAGOGIKA 5 112 100 – TEXNOLOGIK TA’LIM KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH fanidan O’QUV USLUBIY MAJMUA Tuzuvchi: SamDU Maktabgacha ta’lim fakulteti “Umumtexnika fanlari va texnologiyalar” kafedrasi katta o’qituvchisi: M. N. RAsulova Kafedra mudiri: Fakulteti uslubiy kengashi raisi: Fakultet dekani: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: SAMARQAND-2020 dots. S. Elmonov dots. T. Q. Ostonov prof. B. Haydarov dots. B. Aliqulov Kirish Ta’lim va tarbiya sohasidagi chuqur islohotlarni amalga oshirish “Kadrlar tayyorlash milli dasturi” vazifalarini ro’yobga chiqarish, yuqori malakali kadr, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda barcha ta’lim muassasalari oldiga murakkab, ko’p qirrali va mas’uliyatli vazifalar yuklangan. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da tayyorlanadigan mutaxassislarning sifatiga qo’yiladigan talablar, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor berilgan. Bu masalalarni hal etishda Oliy ta’lim muassasalarida ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish, ta’lim metodlarini tanlash va yangilarini ishlab chiqish davr talabi bo’lib qolmoqda. Respublikamizda tikuvchilik korxonalari, qo’shma korxonalar va yakka buyurtma asosida tikish korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar aholining kiyimga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Shuning uchun Oliy ta’lim yurtlarida, Kasbhunar kollejlarida, Umumta’lim maktablarida, maktabdan tashqari muassasalarda talaba, yoshlarni tikuvchilik korxonalarda xizmat qilishga tayyorlash hamda ta’lim muassasalarida olgan bilimlarini amalda qo’llashga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda boshqa iste’mol mahsulotlari kabi kiyimga nisbatan yanada yuqori talablar qo’yilmoqda. Kiyimlarni loyihalash jarayonida ishlab chiqilayotgan kiyimning zamonaviyligi, shakli, detallari, ularning mutanosibligi hamda buyum chizmasini chizishda foydalaniladigan hisoblash formulalari, kiyimning tayyor holda kerakli shaklni ta’minlovchi detallarining grafik usullari yordamida qurish nazarda tutiladi. “Kiyimlarni loyihalash va modellashtirish” fani bolalar, ayollar va erkaklar kiyimlarini loyihalash, modellashga oid masalaalarning bayoni bo’lib, Oliy ta’lim talabalari, maktab o’qituvchilari, pedagogika kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalarining, tikuvchilik to’garaklarining rahbarlariga amaliy yordam sifatida mo’ljallangan. “Kiyimlarni loyihalash va modellashtirish” fanida quyidagi masalalar ko’rib chiqilgan: Fanning maqsadi va vazifalari, kiyimlarni loyihalash asoslari, gavdaning antropometrik chiziqlari va nuqtalari, kerakli o’lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari, kiyimlarni loyihalash usullari, loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar, bolalar kiyimlarini asoslari, maktabgacha yoshdagi qiz bolalar va o’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash, turli xil yubkalarni loyihalash va texnik modellash, ayollar bluzkasini loyihalash va o’zbek milliy ko’ylaklarini texnik modellashtirish masalalari ko’rib chiqilgan. Xuddi shuningdek, yuqoridagi keltirilgan masalalarni amaliyotda qo’llash uchun amaliy mashg’ulotlar ham berilgan. Fanning maqsadi va vazifalari: Fanning maqsadi – bo’lajak texnologik ta’limi o’qituvchilarini o’z kasbining ustasi qilib tarbiyalash, ularga tikuvchilik buyumlarini ishlash uchun zarur bilim va amaliy ko’nikmalar berishdan iborat. Ushbu fanning vazifasi – dastur bugungi kun talabalarini hisobga olib tuzilgan, mustaqil O’zbekistonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti, shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iborat. 1-modul. 1.Mavzu: Kirish. “Kiyimlarni loyihalash va modellashtirish” fanining maqsad va vazifalari. Kiyim haqida ma’lumot. Reja: 1). Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. 2). Kiyim haqida umumiy ma’lumotlar. 3). Kiyimlarning sinflanishi, ularga qo’yiladigan talablar. 4). Standartlashtirish. 1). Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Kishining badanini atrof-muhitning salbiy ta’sirlaridan himoyalanadigan salbiy ta’siridan himoyalaydigan libos kiyim-kechak deb ataladi. Kiyim-kechak insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida paydo bo’lgan (1-2-3-rasmlar). 1-rasm. 2-rasm. 3-rasm. Fanning maqsadi – bo’lajak mehnat ta’limi o’qituvchilarini o’z kasbining ustasi qilib tarbiyalash, ularga tikuvchilik buyumlarini ishlash uchun zarur bilim va amaliy ko’nikmalar berishdan iborat. Ushbu fanning vazifasi – dastur bugungi kun talabalarini hisobga olib tuzilgan, mustaqil O’zbekistonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti, shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iborat. Xalq uchun tovarlar ishlab chiqarishning kengaytirilishi, ular sifatining yaxshilanishi, barcha xizmat turlarining tez rivojlanishi aholi yashash darajasini yangi, ancha yuqori bosqichga ko‘tarishning o‘zgarmas shartlaridan biri sifatida qaraladi. Aholi uchun tovarlarni ishlab chiqarish ilmiy-texnika taraqqiyotidan foydalanishga asoslanishi lozim bo‘lib, ular nafaqat tovar sifatini yangi darajaga ko‘tarish, balki ular assortimentini kengaytirishga ham imkon beradi. Yengil sanoat oldida aholining sanoat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, bozorni kerakli mahsulot bilan to‘ldirish, mahsulot sifatini yaxshilash va assortimentini kengaytirish, ularning iste’mol madaniyatini oshirish vazifalari turadi. Hozirgi vaqtda mavsumaro yengillashtirilgan, isituvchi astarli kiyimlar, turli to‘plamlar assortimentini ishlab chiqarilishini kengaytirilishiga alohida e’tibor berilmoqda. Kiyimning materiali, formasi va bichimiga qarab, kishining turmush tarsi, yashaydigan iqlimiy sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi, madaniy saviyasi, moddiy faravonligi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Kiyimning hamma qismlari (pidjak, shim, jiletka) poyabzal va boshqa qo’sgimchalari bilan birga kostyumni tashkil etadi. Kostyum turli mamlakatlar xalqlari va jamiyatlarining o’ziga xos tarzda taraqqiy qilishini, milliy qiyofasini aniq aks ettiradi, shuningdek, kishi shaxsini xarakterlaydi. Garderob deganda, bir kishiga yoki bir oilaga tegishli jami kiyim-kechak tushuniladi. Kiyimning yangi formasini eng avvalo uning bichimi (silueti) belgilaydi. Bichim (silueti) – kiyim formasining tekislikdagi ifodasi. Kiyimning asosiy bichimlari (asosiy siluetlar) quyidagilardan iborat: beli yopishib turadigan bichimli kiyim; gavdaga yopishib turadigan bichimli kiyim (belining yopishib turishi har xil bo’lishi mumkin); beli qisman yopishib turadigan bichimli kiyim; to’g’ri bichimli kiyim (gavdaga ko’proq yoki kamroq yopishib turadi); keng bichimli kiyim. 2). Kiyim haqida umumiy ma’lumotlar. «Model» so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda namuna (me’yor, o‘lcham) ma’nosini bildiradi. Bizning holimizda model deganda rassom-modeler g‘oyasi asosida amalga oshirilgan kiyimning birinchi (dastlabki) namunasi tushuniladi. Modellashtirish atamasi ostida odatda yangi modelning vazifasi va atrof-muhitni, kishining tashqi va ichki ko‘rinishi, gazlamalar xususiyatini hisobga olgan holda yaratilishining ijodiy-badiiy jarayoni ko‘zda tutiladi. Kiyimni modellashtirishda ishlab chiqish obyektlari mahsulot shakli va silueti, uning bichilishi, gazlamalarning tanlanishi, shakl hosil bo‘lish usullari, elementlar kompozitsiyasi, ranglar yechimi bo‘ladi. Modellashtirish jarayoni odatda modellarning dastlabki namunalarini tayyorlash bilan yakunlanadi. Konstruktiv (texnik) modellashtirish deganda, yangi modelning dastlabki namunasi yoki uning grafik tasviri bo‘yicha mahsulotning muvofiq baza asosiga, asosan chizmalar yoki detal lekalolaridan foydalanib chizmalarni yoki mahsulot detallari lekalolarini tayyorlash ko‘zda tutiladi. Ishlangan lekalolar asosida tayyorlangan namuna kiyimni ommaviy tarzda ishlab chiqarish uchun shakl etaloni bo‘lib xizmat qiladi. Kiyimning yangi modeli konstruksiyasini ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: modellarni o‘rganish va tahlil qilish; asosni aniqlashtirish yoki o‘zgartirish va unga model xususiyatlarini o‘tkazish (namuna konstruksiyalar bo‘lmasa yangi asos ishlab chiqiladi); model konstruksiyasi ishlanmasi to‘g‘riligini tekshirish. Kiyim funksiyasi va tasnifi. Kiyim va kostum tushunchasini odamga, uning qomati va obraziga nisbatan qarab chiqish kerak. Kiyim inson jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlarida paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odam kiyimdan kichik yashash joyi sifatida, ya’ni u hali paydo bo‘lish sabablarini bilmaydigan yomon havodan va tabiat kuchlaridan himoya sifatida foydalangan. Kiyim uchun odatda qo‘l ostida bor gazlamalardan foydalanilgan. Insonning birinchi kiyimlari hayvon terisidan, suv o‘tkazmaydigan yopinchiqlar, baliq ichaklaridan bajarilgan, gavdani o‘ragan birinchi gazlamalar barglar va o‘tlardan tayyorlangan. Gazlamalar va ularning ishlab chiqarish usuli kiyim shaklini aniqlagan. Qo‘pol va qattiq gazlamalardan konstruksiyasi murakkab bo‘lmagan shakllar yaratilgan, ancha plastik va yupqa gazlamalarning paydo bo‘lishi esa murakkab siluet shakllari yaratish imkonini bergan. Kiyim bichilish xarakteri va kiyish usuli bilan farqlangan. Qadimgi kiyimning hamma shakllarini asosiy uch turga ajratish mumkin: 1. Tikilmagan (bichilmagan) kiyim. U bir bo‘lakdan tayyorlangan, gavda atrofida o‘ralgan yoki tashlangan va bog‘langan, to‘g‘nag‘ich bilan biriktirib qo‘yilgan yoki belbog‘ bilan ushlangan. 2. Ustga qo‘yilgan (bichilgan) kiyim, chetlari aylana to‘g‘ri burchak shaklidagi yoki o‘rtasida bosh uchun teshikli aylana shaklidagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lgan (Janubiy Amerikada hindulari va boshqa xalqlar kiygan temrina kabi). 3. Tikilgan kiyim (tunika – ko‘ylak va birinchi ishtonlar kabi). U bosh, oyoq, qo‘llar uchun teshiklar bilan gazlamadan, charmdan tayyorlangan, keyinroq yenglar tikilgan. Sharq xalqlari bunday kiyimni yengil yupqa gazlamalardan tikishgan. Kiyimning ko‘ylak bichimi uzoq o‘tmishda paydo bo‘lgan va ko‘p xalqlarda hozirgacha mavjud. Kiyim funksiyasi. Funksiya (lotinchadan – faoliyat, vazifa) vazifani, faoliyat doirasini anglatadi. Zamonaviy kiyimning asosiy funksiyalari quyidagilar: Utilitar – o‘z ichiga amaliy, himoya, ergonomik, gigiyenik funksiyalarni oladi. Ijtimoiy – o‘z ichiga regional, kasbiy, marosimiy, erotik, ramziy, belgi funksiyalarini oladi. Estetik – o‘z ichiga badiiy-timsoliy va sof estetik funksiyalarni oladi. Kiyim tasnifi Zamonaviy kiyim juda xilma xil. Uning tasnifi jins, yosh belgisi, inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanishi (maqsadiy vazifasi), mavsumiy va gazlama turiga qarab amalga oshiriladi. Jins, yosh belgisiga ko‘ra kattalar uchun (erkaklar va ayollar) va bolalar uchun (o‘g‘illar va qizlar) kiyimiga bo‘linadi. Inson turli faoliyat sohalarida foydalanilishiga ko‘ra kiyim maishiy, kundalik, uy, tantana, sport, ishlab chiqarish, forma kiyimlarga bo‘linadi. Maishiy kiyim o‘z ichiga turli maishiy va ijtimoiy sharoitlarda kiyiladigan kiyimlarni oladi. Bu ish va turli mashg‘ulotlar uchun kostumlar, madaniy va tomosha joylariga borish uchun tantanali kostumlar, dam olish va uyda ishlash uchun kostumlardir. Kundalik kiyimda insonga ishga tayyorgarlik xarakterini beruvchi ishbilarmonlik kostumi tipi o‘z o‘rnini egallagan. Uy kiyimi uyda dam olish, turli mashg‘ulotlar va ishlarni bajarish uchun qulay bo‘lib, o‘z egasining individualligini erkin namoyon bo‘lishiga imkon beradi. Aniq yechimlar turli-tumanligi bilan tantanalar uchun kiyim farqlanadi. Sport kiyimiga kasbiy va qiziquvchanlar sporti uchun kiyim kiradi. Kasbiy sport kiyimini aniq sport turining talablarini maksimal qondirish utilitar bo‘libgina qolmay, ushbu sport turi uchun xarakterli harakatlar bajarilishini osonlashtirishi kerak. Qiziquvchanlar sporti uchun kiyim utilitar funksiya bilan bir qatorda ma’lum darajada estetik funksiyalarni ham bajaradi. Ishlab chiqarish kiyimi ishlab chiqarish turlari bo‘yicha bo‘linadi va ba’zi hollarda maxsus himoya kiyimi (metallurgiya, kimyo va boshqa korxonalarda) kabi, boshqa hollarda esa belgili kiyim kabi (yo‘l ishchilari uchun to‘q sariq rangdagi jaketlar) hal etiladi. Formali kiyim harbiy xizmatchilar, maxsus idora xizmatchilari, o‘quvchilar, sport jamiyatlari va jamoat tashkilotlari a’zolari uchun mo‘ljallangan. Harbiy xizmatchilar uchun kiyim qo‘shin turlari bo‘yicha bo‘linadi, farqlar eng avvalo kiyim rangida va farqlashbelgilarida namoyon bo‘ladi. 3). Kiyimlarning sinflanishi, ularga qo’yiladigan talablar. Kiyimlar 6 sinfga bо‘linadi: 1). Jinsga kо‘ra (ayollar, erkaklar, bolalar kiyimi); 2). Mavsumga kо‘ra (yozlik, qishliq, kuzlik, baxorlik); 3). Gazlamasiga kо‘ra (junli, ipakli, sun’iy, sintetik tolali); 4). Yoshiga kо‘ra (chaqaloqlar, yasli yoshidagi, bog‘cha yoshidagi bolalar, о‘smirlar, yoshlar, kattalar, qariyalar kiyimi); 5). Kiyilish о‘riniga kо‘ra (uylik, kо‘chalik, ishlik, sport, bayram kiyimlari); 6). Kiyim turiga kо‘ra (ustki kiyimlar, ichki kiyimlar, kostyum-kо‘ylaklar, bosh kiyimlar, mayda kiyimlar). Har qanday tikuv buyumlariga talablar qо‘yiladi. Kiyimga 2 xil talab qо‘yiladi. Is’temolchi va ishlab chiqarish talabi. Iste’molchining talabi о‘z navbatida quyidagilarga bо‘linadi. 1. Gigiyenik talab; 2. Ekspluatatsion talab; 3. Estetik talab. Gigiyenik talab deganda shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda odam sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak. Erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak. YA’ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, xavo о‘tkazuvchan bо‘lishi, quyosh nurini qaytaruvchan bо‘lishi, namni shimuvchan bо‘lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol о‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi. Ekspluatatsion talab iste’molchining kiyim chidamliligiga qо‘ygan talabidir. Kiyinish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi, natijada buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bо‘lishi kerak. Bunday ta’sirlarda kiyim sitiladigan, chо‘ziladigan, rangini о‘zgartiradigan yoki g‘ijimlanadigan bо‘lsa, u uzoqqa chidamaydi. Undan tashqari, kiyim yoqalar, yenglar, bortlar, chо‘ntak og‘izlari kо‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim о‘z kо‘rinishini yо‘qotadi. Estetik talab kiyim tashqi kо‘rinishi jihatidan bichimi, gazlamasi, bezaklari, ularga ishlov berish, chiroyli bо‘lishi, sifatli bо‘lishi talab qilinadi. Kiyim bichimi va bezaklari zamonaviy modada bо‘lishi darkor. Unda qо‘llanadigan ranglar turli-tuman bо‘lib, har bir odam gavdasiga, tashqi kо‘rinishiga qarab did bilan tanlashga imkon bо‘lsin. Bu kiyimga bо‘lgan estetik talabdir. Ishlab chiqarishning kiyim loyihalashga talabi quyidagilar javob berishi kerak: 1). Bir asos bо‘yicha bir necha bir qancha modellarni tayyorlash mumikn bо‘lsin; 2). Kiyimga ketadigshan matodan yuqori tejamkorlikda foydalanadigan bо‘lsin. Kiyimni loyihalashda ishlab chiqarish korxonasi о‘zida bor mexanizatsiyadan va shart-sharoitlardan tо‘liq foydalana olsin. Ishlab chiqarish korxonasi kiyim loyihalashda shuni talab qiladiki, loyihalangan kiyim yuqori unumli maxsulot chiqarsin. Buning natijasida maxsulot narxi arzon, samaradorligi yuqori bо‘ladi. 4). Standartlashtirish. Standartlash. Aholi uchun ko’plab kiyim ishlab chiqarishda hammaning gavdasini o’lchash va har bir kishining razmerini aniqlashning iloji yo’q, albatta. Shunga ko’ra aholi o’rtasida qanday jussali odamlar ko’proq uchrasa, kiyimlar ana shunday kishilarga mo’ljallab tikiladi. Standart jussalarning oqilona tuzilgan sistemasi razmerlar tasnifi (razmernaya tipologiya) deb ataladi. Razmerlar tasnifini oqilona tuzish vazifasi mumkin qadar kamroq jussalar tipini tanlab, kiyim razmerlarining aholini ko’proq qanoatlantirishiga erishishdan iborat. Standart jussalarning optimal soni aholining qanoatlantiradigan bo’lishi lozim. Mavjud standartlarda bu masala ko’proq uchraydigan jussalarga qarab hal qilingan: ming kishi orasida kamida 0,1 prosentini tashkil etadigan jussalar tipi standartga kiritilgan. Razmerlar tasnifini hamda razmerlar antropologik standartlarini tuzish vaqtida quyidagi vazifalar hal qilinadi: -Yetakchi o’lchov belgilari tanlanadi; -Har bir yetakchi belgi bo’yicha razmer o’lchovdagi farqsizlik intervali belgilanadi; -Standart jussalarning optimas soni belgilanadi; -Tobe o’lchov belgilarining qiymatlari hisoblab chiqiladi; -Jussasi jihatidan tanlab olingan tipdagi kishilar aholi ichida qanchaligi aniqlanadi. Masalan, erkaklar kiyimi razmerlarining tasnifini tuzish uchun quyidagi yetakchi o’lchov belgilari qabul qilingan R-rost (bo’y); O k –ko’krak aylanasi; O bel – bel aylanasi;ё Razmerdan chetga chiqish chegarasi ya’ni razmerlardagi farqsizlik intervali quyidagilardan iborat: bo’y va bel aylanasi bo’yicha-6-sm (±3sm.); ko’krak aylanasi uchunchi bo’yicha - 4sm (±2sm). “Erkaklarning tipavoy jussalari. Kiyim loyihalash uchun o’lchov belgilari” GOST 17521-72 dagi tavsiyalarga muvofiq erkalar uchun 360 ta standart jussa aniqlangan. Xuddi shuningdek ayollar, bolalar, o’smirlar, maktab o’quvchilari uchun ham ana shunday standartlar mavjud. Loyihalash-bu murakkab ijodiy jarayon bo’lib, unda har qanday buyumning, jumladan, kiyimning ham loyihasini ishlab chiqish ko’zda tutilgan. Kiyimni loyihalashda-kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o’zaro ulab-tikib, muayyan o’lchovdagi va shakldagi yaxlit buyum holiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi. Kiyimning baza loyihasi. Kiyim konstruktsiyasining bazali asosi (BA) deb uch-to`rt yilda bir marta yaratiladigan, aholining zamonaviy razmer tipologiyasiga asoslangan to`kislik uchun qo`shimcha haqlarning optimal qiymatlarini moda yo`nalishi bilan mos keltirib qabul qilingan asosiy detallarning (orqa, old, eng) ratsional konstruktsiyasiga aytiladi. BA asosiy shakl hosil qiluvchi elementlarning (choklar, vitochkalar) tipik joylanishini ko`rsatadi. BA konstruktsiyalari kiyimning har bir turi bo`yicha siluetlarga, bichimlarga, yosh-jins va razmer-to`lalik guruhlariga, materiallar turiga (gazlama, trikotaj va hokazo) qarab ishlab chiqariladi. Siluet vа bichim kiyimning hajmiy-fazoviy shakli va konstruktiv tuzilishining umumiy xarakteristikalarini aniqlaydi. Erkaklar pidjagi va ayollar paltosi bazali asoslari konstruktsiyalari TsNIISHP usuli bo`yicha [3] dа batafsil berilgan. SHuning uchun, quyida erkaklar, ayollar va bolalar kiyimining BA TsNIISHP usuli bo`yicha konstruktsiyalashning faqat farqiy xususiyatlarini ko`rib chiqamiz. UIHKKYaU (EMKO SEV) va MDESTA (MGALP) usullarida esa batafsil to`xtaymiz. Aytib o`tilgan usullarni qo`llash bilan barcha kiyim turlarini BA chizmasini qurishning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular barchasi tipik tuzilgan figuralar razmer belgilariga asoslanganlar. Ma`lumotni izohlashda quyidagi ketma-ketlikka rioya qilamiz: avval kiyim detallari yoyilmasini qurish uchun kerak bo`ladigan dastlabki ma`lumotlar tarkibini va xarakterini analiz qilamiz, keyinchalik BA ning asosiy konstruktiv kesmalarini hisoblash va chizmasini chizish xususiyatlarida to`xtaymiz. BA ni konstruktsiyalashda dastlabki ma`lumot sifatida odam tanasi haqida ma`lumotlar, ya`ni uning razmer o`lchamlari qabul qilinadi. Kiyim silueti (shakli) kompozitsion qo`shimcha haqlar kompleksi bilan aniqlanadi va ularning qiymati kiyimning turi, materiali va siluetiga chambarchas bogliq. Mavzu bo’yicha nazorat savollari? 1). Fanning maqsad va vazifasini aytib bering. 2). Kiyimlarning vazifasini ayting. 3). Kiyimlarni loyihalash deganda nimani tushunasiz? 4) Kiyimlarni satandartlashtirish deganda nimani tushunasiz? 5). Kiyimning baza loyihasi nima? 1-amaliy mashg’ulot. Kirish. “Kiyimlarni loyihalash va modellashtirish” fanining maqsad va vazifalari. Kiyim haqida ma’lumot. Reja: 1). Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. 2). Kiyim haqida ma’lumotlar. 3). Kiyim kompozitsiyasi haqida tushuncha. 1) Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Kishining badanini atrof-muhitning salbiy ta’sirlaridan himoyalanadigan salbiy ta’siridan himoyalaydigan libos kiyimkechak deb ataladi. Kiyim-kechak insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida paydo bo’lgan. Fanning maqsadi – bo’lajak mehnat ta’limi o’qituvchilarini o’z kasbining ustasi qilib tarbiyalash, ularga tikuvchilik buyumlarini ishlash uchun zarur bilim va amaliy ko’nikmalar berishdan iborat. Ushbu fanning vazifasi – dastur bugungi kun talabalarini hisobga olib tuzilgan, mustaqil O’zbekistonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti, shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iborat. Xalq uchun tovarlar ishlab chiqarishning kengaytirilishi, ular sifatining yaxshilanishi, barcha xizmat turlarining tez rivojlanishi aholi yashash darajasini yangi, ancha yuqori bosqichga ko‘tarishning o‘zgarmas shartlaridan biri sifatida qaraladi. Aholi uchun tovarlarni ishlab chiqarish ilmiy-texnika taraqqiyotidan foydalanishga asoslanishi lozim bo‘lib, ular nafaqat tovar sifatini yangi darajaga ko‘tarish, balki ular assortimentini kengaytirishga ham imkon beradi. Yengil sanoat oldida aholining sanoat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, bozorni kerakli mahsulot bilan to‘ldirish, mahsulot sifatini yaxshilash va assortimentini kengaytirish, ularning iste’mol madaniyatini oshirish vazifalari turadi. Hozirgi vaqtda mavsumaro yengillashtirilgan, isituvchi astarli kiyimlar, turli to‘plamlar assortimentini ishlab chiqarilishini kengaytirilishiga alohida e’tibor berilmoqda. Kiyimning materiali, formasi va bichimiga qarab, kishining turmush tarsi, yashaydigan iqlimiy sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi, madaniy saviyasi, moddiy faravonligi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Kiyimning hamma qismlari (pidjak, shim, jiletka) poyabzal va boshqa qo’sgimchalari bilan birga kostyumni tashkil etadi. Kostyum turli mamlakatlar xalqlari va jamiyatlarining o’ziga xos tarzda taraqqiy qilishini, milliy qiyofasini aniq aks ettiradi, shuningdek, kishi shaxsini xarakterlaydi. Garderob deganda, bir kishiga yoki bir oilaga tegishli jami kiyim-kechak tushuniladi. Kiyimning yangi formasini eng avvalo uning bichimi (silueti) belgilaydi. Bichim (silueti) – kiyim formasining tekislikdagi ifodasi. Kiyimning asosiy bichimlari (asosiy siluetlar) quyidagilardan iborat: beli yopishib turadigan bichimli kiyim; gavdaga yopishib turadigan bichimli kiyim (belining yopishib turishi har xil bo’lishi mumkin); beli qisman yopishib turadigan bichimli kiyim; to’g’ri bichimli kiyim (gavdaga ko’proq yoki kamroq yopishib turadi); keng bichimli kiyim. 2) Kiyim haqida ma’lumotlar. Kiyim tarixidan ma’lumot. Zamonaviy kiyim murakkab tizim bo‘lib unga xos loyihalashning shakllanish qonuniyatlarini tushunmoq uchun, kiyimning uzoq o‘tmishdagi ko‘rinishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Kiyim hozirgi mukammal ko‘rinishiga murakkab bosqichlar orqali yetib kelgan. U odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya topmoq vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Kiyimning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy davr odamlarining qabila bo‘lib yashagan vaqtiga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda insonlar daraxt barglari, poxollar, hayvon terilarini tanaga beldan bog‘lab yurishgan. Kiyim insonning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va ongining rivojlanishi tufayli u ham rivojlanib bordi. Kiyimning keyingi ko‘rinishi turli o‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan to‘qilgan oddiy gazlamalarni tanaga o‘rab yurishdan iborat edi. Qadimgi Gresiyada erkaklar kiyimi ikki qismdan — xiton va gimatiydan iborat bo‘lgan. Xiton — bu ichki kiyim bo‘lib, jun yoki zig‘ir tolali gazlamadan tayyorlangan. Erkaklar biror yumush bilan ko‘chaga chiqayotganda ustki kiyim — gimatiyni kiyib olishgan. Gimatiy to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi, 1,7x4 m o‘lchamdagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lib, uni yelka ustida bog‘lab yoki yelkaga tashlab quyib, gavdaning tabiiy go‘zalligi va harakat bemalolligini ko‘rsatadigan hamda unga halaqit bermaydigan nafis taxlamalar tushirib drapirovka qilib qo‘yilgan (1-rasm, a). Ayollar kiyimi ham erkaklar kiyimiga o‘xshab ikki qismdan iborat bo‘lib, ular kiyimi yopiqroq va uzunroq bo‘lgan. Ichki kiyimi — xiton va ustki kiyimi peplos deb atalgan. Peplos 1,5x3,5 m o‘lchamdagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lgan. Qadimgi greklar va rimliklar bunday burmalangan kiyimlarni ustalik va yuqori did bilan bajarganlar. Тabiatshunoslik, samo fanlarining kelib chiqishi kiyimga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Kiyim gazlamasi turlari paydo bo‘lgan (yupqa, qalin, shoyi, iр tolali gazlamalar). Keyinchalik kiyimda tananing qismlariga alohida gazlamalarni o‘rab tayyorlash, bo‘ylab biriktirish mehnat qilish uchun ancha qulaylik tug‘dirgan. Ayniqsa, ignaning kelib chiqishi kiyim qismlarini biriktirib tikishda uning takomillashishiga olib kelgan. XIII asrga kelib kiyimda yoqalar, yeng, manjetlar, cho‘ntaklar, taqilmalar shakllangan. Bu vaqtga kelib kiyimning tashqi ko‘rinishida, gazlamasida, bichilishida o‘zgarishlar tez rivojlangan. Kiyimning gavdaga yopishgan, etaklari hajmli, qavatli ko‘rinishlari, gazlamalarning atlas, barxat, movut kabi turlari paydo bo‘lgan. Yevropa mamlakatlarida feodalizm mustahkam qaror topgan o‘rta asrlar davrida maxsus estetik ideal va shunga mos kostyum harakteri tarkib topgan. Odamzot gavdasining go‘zalligidan zavqlanish nomunosib va gunoh ish hisoblanib, gavdani qo‘poldan qo‘pol, og‘ir, keyinchalik esa cho‘ziq shakllarga o‘rab tashlangan. Тor, yuqori qismi qator-qator murakkab taxlamalardan iborat, orqa etagi juda uzun, ko‘ylak juda baland konussimon boshkiyim va nihoyatda cho‘ziq poyafzal bilan birga qo‘shilgan holda qaddi qomat ko‘rinishini o‘zgartirib yuborar edi (1-rasm, v). O‘rta asrlarda kostyum gavdani turli vositalar (shnurlar, korsetlar) yordamida qattiq qisib, tabiiy shakldan uzoqlashtiradigan „g‘ilof“ sistemasi rivoj topishini boshlab berdi. Uyg‘onish davrida (XVI-XVII asrlar) estetik dunyoqarashni qayta baholash yuz berdi, ya’ni gumanistik ideologiyalar shakllandi. Bu davrda ayollar kiyimi juda noqulay — qattiq, harakatga halaqit beradigan holatda bo‘lgan. Ikki qavatli kiyim bir vaqtda kiyilib, beldan etak qismiga karkas yordamida konussimon shakl ko‘rinishida bo‘lgan. Yubka qismida hech qanday burmalar bo‘lmay, karkasga tortib qo‘yilgan. Ko‘ylakning yuqori lif qismi juda tor bo‘lib, pastga tomon burchak shaklida tugallangan edi. Bu davrda ayollar belni xiрcha qilib ko‘rsatish maqsadida korsetlar kiyishgan (2-rasm). Erkaklar kiyimi esa siрo va sodda ko‘rinishda bo‘lgan. Kashtali ko‘ylak, keng kamzul, triko va kalta shar shakliga o‘xshab ketuvchi pantalonlar kiyilgan (3-rasm). XVIII asr (Barokko davri) larga kelib kiyimda xashamatdorlik juda avj oldi. Bu davr ayollar kiyimi shakllarining nazokatliligi, murakkabligi bilan va g‘aroyib jimjimadorligi bilan farq qilgan. Kostyumda gavdaning bel qismi, ko‘krak, bo‘ksa ko‘zga tashlanib turgan. Kostyum yengil, nozik bo‘lib, boshdan-oyoq unga gul tikilgan, tyuldan, gazsimon materialdan, to‘qima to‘rdan, „ko‘pchitib“ qo‘ygandek bezatilgan. Ayollar ko‘ylagining bezagiga alohida e’tibor berilgan. Ustki ko‘ylak ko‘krak qismida bantlar bilan maxkamlangan. Bantlar ketmaketlikda joylashgan, ya’ni avval kattalari, bel tomon esa mayda bantlar mahkamlab qo‘yilgan. Ayollar kiyimi ikki kamiza va kotta qismlardan iborat bo‘lgan. Kotta ustki kiyim bo‘lib, yuqori qismi juda tor va yon yoki orqada shnurli taqilmasi bo‘lgan, yenglari ham juda tor va uzun bo‘lib, yubka qismi esa bo‘laklardan iborat juda keng va uzun shleyflar bilan yakunlangan (4-rasm). Bu davr erkaklar ichki kiyimlari kamiza, ustki kiyimi plash esa taba deb yuritilgan. Тabarlarda yon chok bo‘lmagan va bu kiyim juda e’zozlangan. Erkaklar kiyimida ham xashamatdorlik sezilib turardi. XIX asr boshlanishi san’atda, shuningdek, kiyimda ampir uslubi bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu davr uchun fan va texnikaning gurkirab taraqqiy etishi, yangi-yangi materiallar, tikuv mashinasi paydo bo‘lishi xarakterli edi. Kostyumda qator-qator shakllar, siluetlar, karkaslardan (korset va krinolindan) xalos bo‘lish va gavdani erkin ko‘rsatish sekin-asta sezila boshlandi. Erkaklar tik yoqali oq ko‘ylak, galstuk yoki sharf, frak kiya boshlaganlar. Ayollar kiyimi oddiy va siрo ko‘rinishga ega edi. Kostyumning bel qismi yuqoriroqda bo‘lib, yubka qismi esa shleyf, yumshoq taxlamalardan iborat bo‘lgan. Тantanali kiyimlar juda ochiq va uzun shleyfli qilib tikilgan (5-rasm). Kostyumning asosiy intilishi odam harakatlariga maksimal darajada mos bo‘lishdan, odamni ezmaslik, uni o‘ziga bo‘ysundirmaslikdan, balki uning hayotiy manfaatlari izidan borishdan, individuallikni ro‘yobga chiqarishdan iborat bo‘lgan. XX asr dunyodagi bo‘layotgan voqealar kiyimga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shu asrning 20-yillar kiyimida ixchamlashtirish, uzunligini kaltalashtirish, etaklarini toraytirish, oddiy bichimlilikni ko‘rish mumkin. 30-40-yillardan so‘ng kiyimni kiyilish o‘rniga qarab uslub bo‘yicha kiyiladigan bo‘ldi, ya’ni klassik, sport, fantaziya uslubi va keyinchalik erkin uslub paydo bo‘ldi. Klassik uslubda — rasmiy ko‘rinishda ko‘chalik kiyimlar tushunilsa, sport uslubida faqat sport mashg‘ulotlari uchungina emas, balki harakat qilish uchun, turli ishlar uchun, aktiv dam olish uchun qulay kiyimlar, fantaziya uslubda esa bayram, tantanali kiyimlar ko‘zda tutilgan. 70-80-yillarda ko‘proq erkin uslubdagi kiyimlar kiyish paydo bo‘lib, ularda klassik, fantaziya uslublari o‘z ko‘rinishini beradi. 50-60yillardan boshlab yangi xususiyatli materiallar assortimenti kiyim loyihalashsiga va shakliga katta o‘zgarishlar kiritdi. 70-80-yillarda kiyim bichimi va shakli murakkablashib, uning konstruktiv tuzilishiga ko‘proq ahamiyat berildi. Shunday qilib, avval insonni iqlimiy ta’sirlardan muhofaza qilish uchun yaratilgan kiyimning, keyinchalik, turli tarixiy o‘zgarishlar, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va jamiyatdagi estetik tasavvur evolyusiyasi ta’siri ostida shakli va xillari o‘zgarib, kiyim amaliy san’at obyektiga aylandi. 3). Kiyim kompozitsiyasi haqida tushuncha. Kostumni tashkil etuvchi mahsulotni loyihalashtirish o‘z ichiga bir necha bosqichni oladi: – mahsulot assortimentini aniqlash; – ularning funksionalligi, estetik, texnik va boshqa talablar nuqtayi nazaridan bu mahsulotlarni tahlil qilishi; – tanlangan mahsulot assortimenti rivojlanishi istiqbollarini aniqlash; – rivojlanish istiqbolini hisobga olgan holda ushbu assortimen mahsulotlarini ishlab chiqish: estetik konsepsiyasi (shak kompozitsiyasi, material xarakteri, kolorit); texnik yechim (konstrukti yechim, jihozlarni tanlash va tayyorlab chiqarish texnik davrini aniqlash). Mahsulotning estetik kontseptsiyasini ishlab chiqish mahsulo kompozitsion tuzilishini izlashdan boshlanadi. Kompozitsiya (lotincha com’ositio – tuzish, birlashish) – badii asar qismlarining ma’noli nisbati. Bu tushuncha amaliyotda bir necha ma’noda qo‘llanadi. Kompozitsiya – bu xalq asarining o‘zi (musiqali, abstrakt rassomchilik, bezakli amaliy san’at va hokazo), kompozitsiya – bu ham ijodiy faoliyat jarayoni bo‘lib, uning natijasida asar yaratiladi Aniq bir kostum kompozitsiyasi haqida gapirganda biz kishining kostumda badiiy-timsoliy ifodaliligini ta’minlovchi uning alohida hajmlari, detallari va elementlarining xarakteri, tashkil yetilish xususiyatlarini ko‘zda tutamiz. Kishi timsoli ijtimoiy-iqtisodiy me’yorlar o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Rassom bu o‘zgarishlar tendensiyasini darhol sezib oladi va o‘z san’ati vositalari orqali «yangi» kishini aks ettiradi. Shu sababli kostum o‘z davri, uning estetik va ijtimoiy qiymatlari aksidir Rassom ishi murakkab kechadi. G‘oyalar va timsollar emotsional intuitiv darajada tug‘ilib qog‘oz yoki maket materialida eskizlard aks ettiriladi. Eskizlarni mantiqiy tahlili ulardan eng yaxshisini keyingi ishlanish uchun tanlab olish imkonini beradi. Bu ish kompozitsiyaning turli vositalari bilan amalga oshiriladi shakl va siluet xarakteriga ta’sir etuvchi shaklning plastik ishlanishi; ma’lum xususiyatlar va faktura materiallarini tanlash; shaklning kalorik tashkil etilishi; shaklning eng muhim uchastkalarini ajratish. Shunday qilib, maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat jarayonida ishlab chiqilgan shakl kompozitsiyasi bu faoliyat mahsulotidir va ma’lum xususiyatga ega bo‘ladi. Kompozitsiya statik yoki dinamik bo‘la oladi; elementlarning bir-biriga ma’lum bog‘liqligi kompozitsion muvozanatga olib kelishi mumkin, umumiy tuzilishning qat’iy to‘g‘rilanishi va kostum elementlarini nozik ishlab chiqilishi uning shaklining uyg‘un yaxlitligiga olib keladi. Eskizda tasviriy vositalarning ifodaliligi uning emotsional qabul qilinishining asosiy shartidir. Eskizni ifodalashning tasviriy vositalari – bu dog‘ chizig‘i (rang yoki siyoh bilan, shtrix yoki faktura bilan qoplangan yuza). Yo‘l, qanday materialda tasvirlanishiga qarab, turlicha bo‘ladi: yengil yupqa gazlamadan tayyorlangan mahsulotni mayin pero chizig‘i bilan; sinuvchan kapron gazlamada – «notekis» sinuvchan chiziq bilan; jun gazlamada yumshoq qalam orqali qalin chiziq bilan, tukli gazlamada esa nam qog‘ozda chiziq yoki «quruq» tekis mo‘yqalam bilan tasvirlash mumkin. Faol tasviriy vositalarning kostumning qiziqarli o‘ylanishi bilan qo‘shilishi kishining kostumdagi ifodali timsolini yaratishga yordam beradi. Eskizning timsoliy ifodaliligini baholashda grafik til ifodaliligi va qog‘oz kompozitsiyasi, kostum mazmundorligi va kishi xususiyatlari o‘rtasida yuzaga kelgan organik bog‘lanish ko‘zda tutiladi. Eskiz badiiy-timsoliy ifodaliligiga kostum o‘ylanishi mukammalligi va uning kishi timsoliga to‘liq mos kelishini yuqori mahorat bilan bajarish orqali erishiladi. Mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari: 1). Fanning turmushdagi ahamiyati nima? 2). Fanning vazifasi nima? 3). Kiyimning vazifasi nima? 4). Kiyimlarning paydo bo’lish tarixidan nimalarni bilasiz? 5). Kiyim kompozitsiyasi deganda nimani tushunasiz? Nazorat uchun test savollari: 1). Kiyimning yangi formasini eng avvalo uning nimasi belgilaydi? a). Bichimi. c). Hajmi. b). Rangi d). Fasoni. 2). “Model” so’zining ma’nosi qaysi qatorda ko’rsatilgan? a). namuna (me’yor, o’lcham). c). fason (me’yor). b). ko’rgazma (o’lcham). d). kiyim-kechak. 3). Kiyimlar necha sinfga bo’linadi? a). 6 ta. c). 7-8 ta. b). 5-6 ta. d). 5 ta. 4). Kiyimlarga necha xil talab qo’yiladi? a). 2 xil (iste’molchi va ishlab chiqarish); b). 3 xil (iste’molchi, ishlab chiqarish va foydalanish); c). 1 xil (iste’mol); d). 1 xil (ishlab chiqarish). 5). Iste’molchining talabi yana qanday talablarga bo’linadi? a). 3 ta; c). 6 ta; b). 1 ta; d). 2 ta. 6). Standart jussalarning oqilona tuzilgan sistemasi nima deb ataladi? a). razmerlar tasnifi. b). razmerlar. c). fasonlar. d). standart. 7). Qadimda kiyimlarning shakllari nechta turga bo’linadi? a). 3 ta; b). 2 ta; c). bo’linmagan; d). a va b javoblar to’g’ri. 8). Zamonaviy kiyimlarning asosiy funksiyalarini ko’rsating? a). Utilitar, ijtimoiy, estetik; b). Utilitar, estetik, iqtisodiy; c). Estetik-ma’naviy; d). Estetik-ijtimoiy. Topshiriqlar va mustaqil ish: Quyidagi “Odam gavdasining tuzilishi turlari; Gavdadan o’lchov olish qoidalari.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru 2-modul. 2.Mavzu: Kiyimlarning loyihalash asoslari. Gavdaning antropometrik chiziqlari va nuqtalari. Kerakli o’lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari. Reja: 1). Kiyimlarni loyihalash asoslari. 2). Gavdaning antropometrik chiziqlari va nuqtalari. 3). Kerakli o’lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari. 1). Kiyimlarni loyihalash asoslari. Kiyimlarni loyihalash asoslari o’z ichiga odam gavdasining tuzilishi va turlari, gavdaning antropomenik nuqtalari va chiziqlari, kiyimlarni loyihalah usullari, kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan o’lchov turlar va ularni gavdadan olish turlari, kiyimni loyihalashda ishltiladigan qo’shimchalar to’g’risidagi ma’lumotlarni oladi. Ana sularni alohida ko’rib chiqamiz. Odam gavdasining tuzilishi va turlari. Тikuvchilik mutaxassisligida kiyim modelini ishlab chiqarish uchun odam gavdasining tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi zarur. Odam gavdasi odatda tana, bo‘yin, bosh, qo‘llar va oyoqlar kabi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi. Gavda tuzilishida odamning suyak qismlari asosiy rol o‘ynab u gavdaning tayanchi bo‘lib hisoblanadi va odam tanasining shakliga ta’sir qiladi. Odam skeleti bosh, tana, qo‘l va oyoq suyak qismlaridan tashkil topgan. Skeletning tayanchi bo‘lib umurtqa pog‘onasi hisoblanadi. U besh qismga bo‘linadi (4-rasm): 1. Bo‘yin umurtqasi 0-1. 2. Ko‘krak umurtqasi 1-2. 3. Bel umurtqasi 2-3. 4. Dumg‘aza suyagi 3-4. 5. Dum suyagi 4-5. 4-rasm. Umurtqa pog’onasining bo’linishi. Bo‘yin umurtqasining 7-suyagi turtib chiqib turadi. Bu suyak odam gavdasidan o‘lchovlar olishda xizmat qiladi. Umurtqa pog‘onasining egrilik darajasi odamning qaddi-qomatini belgilaydi. Egrilik shakli odamning butun umri davomida o‘zgarib turadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda umurtqa pog‘onasi deyarli to‘g‘ri shaklga ega. Bolaning o‘sish davrida umurtqa pog‘onasining egriligi ma’lum bir shaklga kiradi. Umurtqa pog‘onasining egriligiga qarab gavdani quyidagi turlarga ajratish mumkin (5rasm): — ozgina egilgan (5-rasm, a); — o‘rta egilgan (5-rasm, b); 5-rasm. Umurtqa pog‘onasining egriligi. — kuchli bir tekisda ifodalangan egrilik (5-rasm, v); — kuchli notekis ifodalangan egrilik (5-rasm, g). Odamning bo‘yin asosidan to yelka bo‘g‘imlarigacha bo‘lgan qismi yelka deb ataladi. Yelkaning qiyalik darajasiga qarab past (Yeq=7,7 _ 0,75 sm — 6-rasm, a) normal (Yeq= 6,2 _ 0,75 sm — 6-rasm, b) va baland (Yeq = 4,7 _ 0,7 sm — 6-rasm, v), shuningdek, yelka keng (6-rasm, g) normal (6-rasm, d) va tor (6-rasm, e) bo‘lishi mumkin. Ayollarda tananing ko‘krak qafasi qismining shakli ko‘proq ko‘krak bezlarining tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘krak bezlarining rivojlanishiga qarab kam rivojlangan, o‘rta rivojlangan va kuchli rivojlangan turlariga bo‘linadi. Ko‘krak bezlarining joylashishiga qarab yuqori joylashgan, normal joylashgan va past joylashgan turlari ham uchraydi. Qorin qismining o‘lchamlariga qarab tekis qorin, bir oz turtib chiqqan qorin va yuqori yoki past joylashgan shaklli qorin turlariga bo‘linadi. Qorinning formasi jinsga, yoshga va oriq-semizligiga bog‘liq bo‘ladi. Oyoqlar skeleti tos kamari va oyoqlarning erkin suyaklaridan tashkil topgan. Oyoqlarning erkin suyaklari jumlasiga yonbosh (son) suyagi katta va kichik boldir suyaklari hamda tovon suyaklari kiradi. 6-rasm. Yelka shakllari. Oyoqlarning formasi yonbosh o‘qi bilan boldir o‘qining birbiriga nisbatan qanday joylashganligiga qarab normal (7-rasm, a) 0-simon (7-rasm, b) va X-simon bo‘lishi mumkin. Odam gavdasini belgilab beruvchi asosiy morfologik belgilar: umumiy belgilarni, mutanosiblikni, tana tuzilishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy belgilar deganda tananing uzunligi (odamning bo‘yi), ko‘krak aylanasi hamda vazn kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Gavdaning o‘rtacha uzunligi chaqaloqlarda 49-51 sm bo‘ladi. Odamning bo‘yi ayollarda 15-17 yoshda, erkaklarda 20-22 yoshda marraga yetadi. Odamning bo‘yi 35-50 yoshgacha o‘zgarmaydi shu yoshdan o‘tgach har besh yilda 0,5 sm qisqara boradi 55 yoshgacha shu tarzda davom etadi, keyinchalik har besh yilda 0,7 smdan qisqara boshlaydi. Yosh ulg‘aygan sari ko‘krak aylanasining o‘lchami orta boradi, qarigandan keyingina bir oz kamayadi. Bir yashar go‘dakning ko‘krak aylanasi 4849 sm ga teng. 20-25 yoshlardagi odamlarda ko‘krak aylanasi o‘lchami „marra“siga etadi va o‘zgarmaydi. Ayollar 35 yoshlarda erkaklar 40 yoshlarda jadal semira boshlaydilar, shu sababli ko‘krak aylanasi o‘lchami ortadi. Faqat 60 yoshlardagina ko‘krak aylanasi o‘lchami kamayadi, bunga organizmning qarishi bilan bog‘liq fiziologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. O‘sish davrida tananing vazni ortaveradi. 25-40 yoshlarda vazn barqarorlashadi. 40 yoshdan 55 yoshgacha tana vazni har besh yilda o‘rta hisobda 10-15 kg ortadi, 60 yoshdan o‘tgach birmuncha kamayadi. 7-rasm. Oyoqlarning shakli. Kiyimni loyihalash uchun mutanosiblikning katta ahamiyati bor. Mutanosiblik deganda tananing turli qismlari o‘lchamining bo‘y (rost) ga nisbati tushuniladi, bu nisbat foizlar bilan ifodalanadi. Antropolog olim V.V.Bunak katta yoshdagi erkaklar va ayollar o‘rtasida ko‘p uchraydigan tana mutanosibliklarini uchta asosiy tiрga bo‘ladi: dolixomorf tiр — bu tiрga mansub kishilarning oyoqlari va qo‘llari uzun tanasi qisqa va ixcham bo‘ladi; braximorf tiр — bu tiрga mansub kishilarning oyoqlari va qo‘llari nisbatan qisqa tanasi uzun va serbar bo‘ladi; mezomorf tiр — oraliq tur hisoblanadi. Тana mutanosibligi yoshga va jinsga qarab o‘zgaradi. Тana tuzilishi muayyan belgilar majmuiga bog‘liq bo‘lib kishining qaddi-qomatini ifodalaydi. V. V. Bunak odamning gavda tuzilishini bir necha turlarga bo‘lib ko‘rsatadi. Lekin 3 ta tur asosiy hisoblanadi, ya’ni ko‘krakdor tur (unchalik semiz emas, muskullari ozgina qorin tortishgan, bukchaygan, 8-rasm, a), muskullari rivojlangan tur (teridagi yog‘ qatlami o‘rtacha, muskullari o‘rtacha yoki juda rivojlangan, orqasi tekis, 8-rasm, b) va qorindor tur (semiz, muskullari o‘rtacha yoki kam rivojlangan, qorni dumdumaloq bo‘lib chiqib turadi, bukchaygan yoki oddiygina, 8-rasm, v). 8-rasm. Gavdaning tuzilish turlari. 2). Gavdaning antropometrik chiziqlari va nuqtalari. Gavdaning antropometrik nuqtalari va chiziqlari. Ko‘plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni loyihalash va asosiy bazalarni ishlab chiqish uchun maishiy xizmat tizimidagi loyihachiga standart jussalar, ya’ni mamlakatning jami aholisiga xos jussalar o‘lchamining mukammal xarakteristikasi kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlarni antropometrik tekshirish, ya’ni kishining gavdasini va uning qismlarini o‘lchash yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Bu ish antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning muayyan nuqtalari — antropometrik nuqtalar oralig‘i yoki yumshoq gazlamada aniq bilinib, ko‘rinib turadigan chegaralar teridagi o‘ziga xos nuqtalar bo‘yicha o‘lchanadi. O‘lchov belgilarini hosil qilish uchun quyidagi antropometrik nuqtalardan foydalaniladi (9rasm): a — boshning eng yuqori baland nuqtasi; b — bo‘yindagi 7-bo‘yin umurtqasining holati; v — bo‘yin asosidagi nuqta; g — o‘mrov nuqtasi (bo‘yin asosidan o‘tgan chiziqda old qismda bo‘yin chuqurchasi nuqtasi); d — yelka nuqtasi; e — qo‘ltiq chuqurligining ort burchagi nuqtasi; j — qo‘ltiq chuqurligining old burchagi nuqtasi; 9-rasm. Gavdaning antropometrik nuqtalari. z — ko‘krakning yuqori nuqtasi (ko‘krak bezlarining uchi); i — kurak nuqtasi; k — bel nuqtasi (belning eng ingichka yeridan gorizontal o‘tganda umurtqa pog‘onasining kesishgan nuqtasi); m — qorinning turtib chiqqan nuqtasi; l — dumbaning turtib chiqqan nuqtasi; n — tizza nuqtasi (tizzaning eng yuqoriga ko‘tarilgan markaz nuqtasi); o — to‘piq nuqtasi; p — tirsak nuqtasi (tirsak bukilganda chiqib turgan nuqtasi); r — bilak nuqtasi (bilakning eng ingichka yeridan o‘tgan chiziqda ko‘tarilib turgan nuqtasi). Gavdadan olinadigan barcha o‘lchovlar vertikal va gorizontal tekislikda o‘lchanadi. Shuning uchun gavdada gorizontal va vertikal konstruktiv chiziqlar mavjud. Gorizontal konstruktiv chiziqlarga quyidagilar kiradi (10-rasm): Bn — bo‘yin konstruktiv chizig‘i — bo‘yin o‘yindisi va yoqani shakllantirishda ishtirok etadi. Ye — yelka konstruktiv chizig‘i — yelkali kiyimlarni loyihalashda ishtirok etadi. K — ko‘krak konstruktiv chizig‘i — kiyim kengligi va razmerni aniqlashda ishtirok etadi. 10-rasm. Gavdaning antropometrik chiziqlari. Bl — bel konstruktiv chizig‘i — bel kiyimlarini loyihalash hamda kiyimlarni bel qismida, lif va etak qismiga bo‘linadigan chizig‘I hisoblanadi. Bk — bo‘ksa konstruktiv chizig‘i — kiyimning bo‘ksadagi kengligi va razmerini aniqlashda ishtirok etadi. Т — tizza konstruktiv chizig‘i — kiyimning tizzadagi kengligini aniqlashda ishtirok etadi. Тq — to‘piq konstruktiv chizig‘i — kiyimning pocha qismi kengligini aniqlashda ishtirok etadi. Q — qo‘l konstruktiv chizig‘i — yengning yuqori va etak qismi kengliklarini aniqlashda ishtirok etadi. Vertikal konstruktiv chiziqlarga quyidagilar kiradi: 1 — orqaning o‘rta markazidan o‘tadigan konstruktiv chiziq. 2 — bo‘yin asosi kengligi konstruktiv chizig‘i. 3 — yon konstruktiv chizig‘i. 4 — oldinda o‘rta markaziy konstruktiv chiziq. Gavdani konstruktiv nuqtalari va chiziqlarini belgilash uchun odam gavdasini chizib o‘rganish qulaydir. 3). Kerakli o’lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari. Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalashda esa gavdadan aniq olingan o‘lchovlar ishlatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib kiyim tikmoqchi bo‘lgan kishi gavdasini o‘lchash kerak. Bu ishni bajarayotganda odam tovonlarini juftlab, ikkala oyog‘ida, gavdani tabiiy holatda bo‘sh qo‘yib, qo‘llarini tushirib tinch turishi kerak. O‘lchayotganda tor futbolka ustidan emas, balki gavdaga yopishib turmaydigan ich kiyim, masalan kombinasiya ustidan o‘lchanadi. O‘lchashni boshlashdan oldin gavdada asosiy hisoblash nuqtalari — bel chizig‘i va boshqalar belgilab olinadi. Buning uchun belga 70-90 sm uzunlikdagi rezinka belga gorizontal qilib ilgak yordamida biriktiriladi. O‘lchayotganda santimetrli lentani tortmay va bo‘shashtirmay old tomondan tutashtiriladi. Yelka, qo‘l, yubka uzunligi va boshqa o‘lchamlarni gavdaning o‘ng tomonidan olish kerak. Yelka, bo‘ksa va hokazolar simmetrik bo‘lmasa ikkala tomon ham o‘lchanib, natijalar alohida yoziladi. Aylana o‘lchamlari to‘la o‘lchanadi, lekin bu o‘lchamning yarmi (yelka, bilak, yelka qiyamasining kengligidan tashqari) yoziladi. Uzunlik o‘lchamlari to‘la yoziladi. Razmer belgilari qisqartirib: aylana — A, yarim aylana — YaA, uzunlik — U, kenglik — K, balandlik — B deb yoziladi. Gavdani o‘lchashdan oldin hech narsani esdan chiqarmay to‘g‘ri o‘lchash uchun o‘lchash belgilari ro‘yxati yozilgan qog‘oz tayyorlab olishni maslahat beramiz. Gavdani to‘g‘ri o‘lchash usullari 11-rasmda ko‘rsatilgan. Ularni razmer belgilarini shartli belgilanishi esa quyida yozilgan: 1. Bo‘yin aylanasi (BnA). Santimetrli lenta bo‘yin nuqtasi va bo‘yin asosidagi nuqta orqali o‘mrov nuqtasigacha aylanib o‘tadi. 2. Ko‘krakning birinchi aylanasi (KA1). Santimetrli lenta gavda ort qismi bo‘ylab gorizontal qo‘ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda ko'krak bezlari asosining ustidan o‘tadi. 3. Ko‘krakning ikkinchi aylanasi (KA2). Santimetrli lenta kuraklarning turtib chiqqan nuqtalari bo‘ylab qo‘ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda ko‘krakning turtib chiqqan nuqtalari bo‘ylab o‘tadi. 3а. Ko‘krakning uchinchi aylanasi (KA3). Santimetrli lenta kurakning turtib chiqqan nuqtalari orqali tana atrofidan qat’iyan gorizontal o‘tadi. 4. Bel aylanasi (BlA). Santimetrli lenta bel chizig‘i darajasida eng ingichka joydan tanani aylanib o‘tadi. 5. Bo‘ksa aylanasi (BkA). Santimetrli lenta tana atrofidan gorizontal aylanib lekin qorinning turtib chiqqanini hisobga olib dumbaning turtib chiqqan nuqtalari orqali o‘tadi. 6. Bilak aylanasi (BA). Panja bilakka ulanadigan joyidan aylantirib o‘lchanadi. 7. Son aylanasi (SA). Sonning eng yuqori qismidan dumba chiziqlaridan gorizontal ravishda aylantirib o‘lchanadi. 8. Тizza aylanasi (ТA). Oyoqni 90° bukilgan holatda tizza atrofidan aylantirib o‘lchanadi. 9. Gavdaning ort qismining kengligi (OrK). Gavda ort qismi bo‘ylab qo‘ltiq chuqurligining ortki burchaklari orasi gorizontal o‘lchanadi. 11-rasm. Gavdadan o’lchov olish. 10. Ko‘krak kengligi 1 (KK1). Ko‘krak bezlarining asosi ustidan qo‘ltiq chuqurligining oldingi burchaklari orasi gorizontal o‘lchanadi. Bu nazorat qilish o‘lchovidir. 11. Ko‘krak kengligi 2 (KK2). Santimetrli lenta ko‘krak bezlarining uchlaridan qo‘ltiq chuqurligining oldingi burchaklaridan hayolan pastga tomon o‘tkazilgan vertikal chiziqlar orasidan o‘tadi. 12. Ko‘krak markazi (KM). Ko‘krakni turtib chiqqan nuqtalarining orasi o‘lchanadi. 13. Yelka kengligi (YelK). Bo‘yin asosining nuqtasidan yelka nuqtasigacha o‘lchanadi. 14. Yelka aylanasi (YelA). Qo‘lning yuqori qismidan aylantirib qo‘ltiq chuqurliklarining burchaklariga taqab gorizontal o‘lchanadi. 15. Yeng uzunligi (YeU). Santimetrli lenta yordamida yelka nuqtasidan sal bukilgan tirsak nuqtasi orqali bilakgacha o‘lchanadi. Bir vaqtda yengning tirsakkacha uzunligini ham belgilab olish kerak. 16. Gavda ort qismining belgacha uzunligi (OrbU). Santimetrli lenta bo‘yin asosidan kurak nuqtasi orqali belgacha umurtqa pog‘onasigacha parallel ravishda o‘tadi. 17. Yelka qiyamasi uzunligi (YeQU). Bel chizig‘i umurtqa chizig‘i bilan kesishgan nuqtasidan yelka nuqtasigacha o‘lchanadi. 18. Gavdaning old qismi belgacha uzunligi (OlbU). Santimetrli lenta bo‘yin asosi nuqtasidan ko‘krak bezlarining uchlari orqali belgacha vertikal ravishda o‘tadi. 19. Ko‘krak balandligi (KB). Santimetrli lenta bo‘yin asosi nuqtasidan ko‘krak bezlarining uchlarigacha o‘tadi. 20. Yeng o‘mizi uzunligi (YeO‘U). Bo‘yin asosi yonida loyihalanadigan yelka chokining eng yuqori nuqtasidan qo‘ltiq chuqurligining ort tomon burchaklari darajasida o‘tadigan gorizontalgacha vertikal o‘lchanadi. 21. Kiyim uzunligi (KU). Yettinchi bo‘yin umurtqasidan istalgan uzunlik darajasigacha umurtqa bo‘ylab belga yopishib turadigan kiyimlarda bel bukilishini hisobga olib o‘lchanadi (kiyim uzunligi ikkita o‘lchamdan ham iborat bo‘lishi mumkin KU=OrbU+YuU). 22. Yubka uzunligi (YuU). Beldan yon tomondan istalgan uzunlik darajasigacha vertikal ravishda o‘lchanadi. Mavzu bo’yicha nazorat savollari? 1). Kiyimlarni loyihalash asoslari qaysi masalalarni o’z ichiga oladi? 2). Odam skeletining asosiy qismlarini ayting. 3). Umurtqa pog’onasining tuzilishini ayting. 4). Gavdaning antropometrik nuqtalari deganda nimani tushunasiz? 5). Kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan o’lchov turlarini ayting. 2-amaliy mashg’ulot. Kiyimlarning sinflanishi va unga qo’yiladigan talablar. Reja: 1). Zamonaviy kiyimlar assortimenti. 2). Mod ava uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi, moda to’g’risida tushuncha. 3). Kiyimga qo’yiladigan talablar. 1). Zamonaviy kiyimlar assortimenti. Тikuvchilik sanoatida qabul qilingan kiyimlarning sinflanishi uning vazifasini aniqlab beruvchi himoya funksiyasi belgisiga ko‘ra aniqlanadi. Bu belgiga ko‘ra kiyimlarni 3 ta sinfga bo‘lish mumkin: — maishiy kiyimlar; — sport kiyimlari; — ishlab chiqarish kiyimlari. Maishiy kiyimning vazifasi odam organizmini iqlimiy ta’sirlardan himoya qilishdir. Sport kiyimlari sportchining tanasini turli xil shikastlardan saqlash bilan birga, uning sport sohasida katta yutuqlarga erishishi uchun zamin tayyorlashdir. Ishlab chiqarishga oid kiyimlar odamni nafaqat iqlimiy ta’sirlardan, balki ishlab chiqarish ta’sirlaridan muxofaza qilishdir. Bu kiyim sinflari o‘z navbatida kichik sinflarga, turlarga, guruh va kichik guruhlarga bo‘linadi. Ayniqsa, maishiy kiyimlar sinfi ko‘p sonli bo‘lib, ular o‘z navbatida foydalanish sharoitiga qarab quyidagi kichik sinflarga bo‘linadi: — ich kiyimlar; — ko‘ylak-kostyumlar; — ust kiyimlar (palto, kalta paltolar, plashlar, kurtka va hokazo); — korset buyumlari; — bosh kiyimlar (kepka, furajka, beretka, shapka, shlyapa, panama va hokazo); — turli xil qo‘lqoplar. Har bir kichik sinf o‘z navbatida yana turlarga bo‘linadi. Masalan, ko‘ylakkostyumli kichik sinflar guruxi quyidagi turlarga bo‘linadi: pidjaklar, jaketlar, kurtkalar, jiletlar, shimlar, ko‘ylaklar, yubkalar va hokazo. Jins va yosh alomatlariga ko‘ra kiyimlarni quyidagi guruhlarga: erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlariga ajratiladi. Bolalar kiyimi yoshiga ko‘ra o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: — chaqaloqlar kiyimi; — yasli yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalar kiyimi; — maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi; — maktab yoshidagi bolalar kiyimi; — o‘smirlar kiyimi. Kiyimlar yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki, bahorgi-kuzgi kiyim turlariga bo‘linadi. Bu kiyimlar qayerga kiyilishiga qarab quyidagilarga: — kundalik kiyim; — uy kiyimi; — tantanali kiyim; — ish kiyimlariga ajratiladi. Sport kiyimlari sinfi sport turiga qarab kichik sinflarga, yosh va jins alomatlariga qarab guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish kiyimlari esa vazifasiga ko‘ra quyidagi 3 ta kichik sinflarga bo‘linadi: — maxsus kiyimlar; — forma kiyimlari; — texnologik kiyimlar. Maxsus kiyim — odamni zararli muhitdan (mexanik ta’sirlardan, past va yuqori haroratlardan, radioaktiv moddalardan, rentgen nurlaridan, kislota, ishqor, yog‘ va h.k. ta’sirlardan) muxofaza qiladi va kishining ish qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Maxsus kiyimlar maishiy kiyimlarga o‘xshab o‘z navbatida guruhlarga bo‘linadi. Ularga kurtkalar, shimlar, kombenizonlar, plashlar va hokazolar kiradi. Forma kiyimlari — temir yo‘l ishchilari, harbiylar, aviasiya, daryo va dengiz xodimlari va boshqalar uchun tikiladi. Ularga shinel, palto, kitel, shim, kostyum, kuylak, ich kiyim va boshqalar kiradi. Тexnologik kiyim — tibbiyot va yuqori aniqlikni talab qiladigan ishlab chiqarishda odamni mehnat predmetlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan kiyimlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish kiyimlari ham maishiy kiyimlar singari yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki, bahorgi-kuzgi kiyim turlariga bo‘linadi. 2). Mod ava uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi, moda to’g’risida tushuncha. Moda — ancha murakkab hodisa bo‘lib, u jamiyat hayotining qator omillariga bog‘liq va inson faoliyatining ko‘p sohalariga yoyiladi. Moda ostida hayot va madaniyatning biron-bir sohasida ma’lum didlarning uzoq davom etmaydigan hukmronligini tushunish lozim. U odamlar ijtimoiy xulqini tartibga solish tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan uslubning shartli u yoki bu darajada o‘zgarishini tavsiflaydi. Ijtimoiy xulq tizimi o‘zgarishlarining qisqa muddatliligi bilan farq qiladi va boshqa qator tizimlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular orasidan etiket, axloq, huquq, odat va hokazolarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Moda doimo uning yorqin namoyon bo‘lishi sifatida kostum bilan bog‘liq bo‘lgan, uni bunyod etuvchi sabablarni esa hayotning ijtimoiy namoyon bo‘lishi, sinfiylik bilan bog‘langan odamlar ustidan ustunlik, atrof-muhitdan ajralib turishga intilish har doim kostumda ifodalangan. Jamiyatning turli qatlamlari unga turlicha qarashadi. Kishilarning ma’lum guruhi modaga nisbatan yuqori ta’sirchan, ular odatda hammadan tezroq eng o‘tkir yangiliklarni qabul qiladi; yangi modaga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladigan kishilar ham bor, ular modani qabul qilishi va uning qonunlariga rioya qilgunlaricha ma’lum vaqt o‘tadi, chunki moda ijtimoiy xulq me’yorlarini taklif qiladi va hatto uni aytib turadi. Odatda eng o‘tkir yangiliklar – yoshlar uchun, o‘rta yoshli ayollar ancha barqaror klassik shakllarni afzal ko‘radi. Biroq moda evolyutsiyasining o‘zi iste’molchilar guruhining aynan shunday nisbatini talab etadi, ya’ni kimdir modani ertaroq, kimdir kechroq qabul qilishi, kimdir uning faqat klassik g‘oyalarini qabul qilishi. Shuning uchun har qanday modada ikki-uch moda osti bo‘lib, ular aholining turli ijtimoiy guruhlari talablariga javob beradi. Modaning boshlanishini ba’zi mualliflar o‘rta asrlarga, boshqalari ancha ertaroq davrlarga tegishli deb hisoblashadi. Biroq to‘liq asos bilan aytish mumkinki, moda – XX asrda kiyimni tayyorlashning industrial-uslubiy paydo bo‘lishidan boshlab juda muhim rol o‘ynaydi. Moda markazi uzoq vaqt Parij bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Fransuz modasining ustuvorlik sabablaridan biri shuki, u fransuz iqtisodiyotida juda muhim rol o‘ynaydi. Moda xalqaro maydonida o‘z o‘rnini egallagan «Nina Richchi», «Iv Sen Loran», «Pyer Karden», «Andre Kurrej», «Jak Geym», «Madlen Vone», «Lui Bulanj» kabi firmalar bilan bir qatorda keyingi yillarda shuhrat qozongan qator yangi firmalar paydo bo‘ldi. Bu «Jan Pol Gatye», «Karolin Milbani», «Lagerfeld», «Klod», «Montana», «Yamolota»», «Alayya» va boshqalar. Fransuz modelerlarining ba’zi ijodiy xarakteristikalariga to‘xtalib o‘tamiz. 20-yillardan buyon mavjud bo‘lgan eng mashhur firmalardan biri «Shanel». Firma asoschisi Gabriel Shanel XX asr ishbilarmon elegant ayoli timsolini tushuna oldi va o‘z modellarida ifodalay oldi. U mavsumiy yarimpaltokostumlar, yubkalar va bluzkalar, ko‘ylak, kostum modellarini ishlab chiqdi. Modaning tez-tez almashinuviga qaramay, uning mahsulotlari bir xil uzunlik – tizzadan past bilan farqlangan. Gazlamalar rangini u jonligi tabiat koloritida topgan – bug‘doy dalasi, arpa noni, smorodina, atirgul, siren ranglari va ularga qo‘shimcha qora va oq ranglar. Gazlama fakturalari g‘ovak, siyraklashtirilgan, yo‘l-yo‘l yoki katakchali rasmli, ko‘pincha modellar pe-de-pul va pe-de-kok gazlamadan bajarilgan. Fransuz tilidan tarjimasi pe-de-pul – o‘rdak panjasi, pe-de-kok – xo‘roz panjasi. Bu juda xarakterli dinamik katakchali rasmlari bo‘lgan gazlamalar. Iv Sen Loran firmasi 50-yillar oxiridan boshlab mavjud. U mashhur Kristian Dior qo‘lida ishlagan va uning o‘limidan keyin o‘zining shaxsiy Modellar Uyini ochgan. 1961 yilda Iv Sen Loran dengiz motivlari asosida yaratilgan o‘zining birinchi modellar to‘plami bilan chiqqan. Modellar yaratishda uning asosiy shiori «ayollar kiyimida erkaklar kiyimi». U ayollar kostumida erkaklar kostumi xususiyatlaridan foydalanishga harakat qilgan (ayol lar smokingi, kvadrat yelkalar, platformada oyoq kiyimi). U Rossiya, Afrika, Ispaniya, Xitoy xalq kostumlaridan ilhomlangan va bu motivlar asosida har yili yangi to‘plamlar yaratgan. 1978-yilda kostumlarda «Brodvey motivlari»ni aks ettiradi, 1979-yili harbiylashtirilgan xarakterdagi jaketlar paydo bo‘ladi. 1980-yili u o‘z to‘plamini shoir va yozuvchilarga, xususan Apoliner, Aragonga bag‘ishlaydi, 1981-yilda esa Matiss polotnolaridan rang va shakllar oladi. 1982-yil Iv Sen Loran zamonaviy to‘plamga hind san’ati motivlarini kiritadi, 1985yilda esa ayollar kostumida oq va qora ranglar asimmetriyasi va kaltalashtirilgan jaket va shimlarni taklif etadi. Mashhur zamonaviy modelerlardan biri Pyer Karden. Ma’lumoti bo‘yicha u me’mor bo‘lib o‘zining yaxlitlikni ko‘ra olish, uyg‘unlashuvchi hajmlarni yasay olish malakasini kiyimda namoyon etdi. U kiyim «yasash» bino yoki mebel yasashdek oson, deb aytadi. Pyer Karden – nafaqat kiyim, balki mebel, bolalar o‘yinchoqlari, interyer jihozlari, idishlarni loyihalashtirish va hokazolar bilan shug‘ullanuvchi modelerlardan biri. U zamonaviylikni yaxshi aks ettiruvchi o‘z uslubini yaratgan. Modellashtirishdagi asosiy prinsip yelkalar va bel nisbatini topish deb hisoblaydi va buni yangi proporsiyalarda aks ettiradi. Uning modellarida qora va oq tonlar uyg‘unlashuvini, kamtarin grim, kostumning asimmetrik yechimi, olinuvchi detallarni ko‘p uchratish mumkin. Uning modellari geometrik shakllarning keskin uyg‘unligi bilan farq qiladi. «Nina Richi» firmasi 50-yillardan beri mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda modellar to‘plamini yaratilishiga Jerar Pipar boshchilik qiladi, u tomoshabinlar e’tiborini ranglar uyg‘unligiga qaratadi. Bu firma modellarida ayollik nafosati va jozibasini ilgari suradi; tantanali kechalar uchun tayyorlangan kiyimlarida esa beli xipchalangan mahsulotlarning turli faktura va rang ta’sirlaridan foydalanish, shuningdek, klassik tipdagi palto va ko‘ylaklar xarakterlidir. Yetakchi firmalar va modellar uylari jahon modasi yetakchilari obro‘sini saqlab qolishga intilib, yagona noyob mahsulotlarni sotish bilan yashab bo‘lmasligini, ommaviy ishlab chiqarish uchun modellar yaratish kerakligini tushunishadi, chunki, bu firmalarning noyob mahsulotlarini aholining ko‘pchiligi sotib ololmaydi. Shuning uchun 50-yillarda «Pret-a-porte» firmasi tashkil etiladi, u kichik seriyalarda tayyor modali kiyimlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallanadi. Bu yerda o‘rtacha daromadli odamlarga narxi to‘g‘ri keluvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Moda hatto juda zamonaviy, qiziqarli, biroq murakkab bo‘lmagan mahsulotlarni taklif etadi va kostumda sinflar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘qotgandek bo‘ladi. Bu firmalar tomonidan tayyorlanuvchi kiyimlar shakli, rangi va materiali bilan yagona noyob moda mahsulotlaridan kam farq qiladi, biroq u arzonroq. Hozirgi vaqtda «Pret-a-porte» firmalari o‘z shaxsiy taraqqiyot yo‘liga ega va muvaffaqiyat bilan raqobatlashmoqda. 3). Kiyimga qo’yiladigan talablar. Kiyimni loyihalash kiyimga qo‘yiladigan talablardan boshlanadi. Har qanday tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar qo‘yiladi. Kiyimga iste’molchi va ishlab chiqarish talabi qo‘yiladi. Iste’molchining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 1. Gigiyenik talab. 2. Ekspluatasion talab. 3. Estetik talab. Gigienik talablar deganda, shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida halaqit bermasligi kerak, ya’ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o‘tkazuvchan bo‘lishi, quyosh nurini qaytaruvchan bo‘lishi, namni shimuvchan bo‘lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol o‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, iрak, jun, zig‘ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi. Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay bo‘lishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko‘pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil bo‘lishiga, bichimi esa qulay bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Kuzgi va bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog‘ingarchilik ko‘pligiga asoslanib ko‘proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi. Ekspluatasion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, shaklining barqarorligi tushuniladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday ta’sirlardan kiyim sitiladigan, cho‘ziladigan, rangini o‘zgartiradigan yoki g‘ijimlanadigan bo‘lsa u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamanin xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kiyim modelini to‘g‘ri tanlash kerak, ya’ni cho‘ziluvchan, sitiluvchan, gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani ma’qul. Undan tashqari kiyimning yoqalari, yenglari, bortlari, cho‘ntak og‘izlari ko‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi. Estetik talablar deganda kiyimning moda yo‘nalishiga mosligi, yangi gazlamalardan tikilganligi, yangi bezaklar ishlatilganligi iste’molchilarning estetik didlarini qondirishi tushuniladi. Ishlab chiqarish talabi deganda buyumni korxonada ishlab chiqarish jarayonidagi yuzaga keladigan talabi tushuniladi. Тikuvchilik buyumini loyihalashda quyidagilarga ahamiyat beriladi: bir asos bo‘yicha bir necha modellarni tayyorlash, kiyimga ketadigan matodan yuqori tejamkorlikda foydalaniladigan, kiyimni tikishda ishlab chiqarish korxonasi o‘zida bor mexanizasiyadan va shartsharoitlardan to‘liq foydalana olsin. Mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari: 1). Kiyimlar himoya funksiyasiga qarab qanday sinflarga bo’linadi? 2). Maishiy kiyimlar foydalanish sharoitiga qarab qanday sinflarga bo’linadi? 3). Moda deganda nimani tushunasiz? 4). Kiyimlarga nisbatan iste’molchi tomonidan qanday talablar qo’yiladi? 5). Estetik talab deganda qanday talablarni hisobga olish kerak? Nazorat uchun test savollari: 1). Odam skeletining asosiy qismlarini ko’rsating? a). bosh, tana, qo’l, oyoq; b). bosh, tana, qo’l, quloq; c). bosh, tana, qo’l, jag’; d). bosh, tana, qo’l, bel. 2). Odam skeletining tayanch qismini ko’rsating. a). umurtqa pog’onasi; b). odam skeleti; c). oyoq-qo’li; d). tanasi. 3). Odamning umurtqa pog’onasi necha qismga bo’linadi? a). 5; b). 3; c). 2; d). 6. 4). Ozgina egilgan, o’rta egilgan, kuchli bir tekisda ifodalangan egrilik, kuchli notekis ifodalangan egrilik odam skeletining qaysi qismig kiradi? a). umurtqa pog’onasining; b). odam tanasining; c). tananing bel qismini; d). oyoq qo’llarning. 5). Antropometriya ta’rifini ko’rsating. a). kishining gavdasini va uning qismlari o’lchashga aytiladi; b). kiyimlarni modellashtirishga aytiladi; c). kiyimlarni modellashtirishga aytiladi; d). kiyimlarni loyihalashda kompyuterlashga aytiladi. 6). Kiyimlarni loyihalash uchun olinadigan tana qismlari qanday ataladi? a). antropometrik nuqtalar; b). tananing asosiy qismlari; c). odam skeleti; d). vertikal tekislikda olingan tana qismlari. 7). Vertikal konstruktiv chiziqlar nechta qismdan iborat? a). 4; b). 6; c). 2; d). 3. 8). Gorizontal konstruktiv chiziqlar nechta qismdan iborat? a). 8; b). 6; c). 4; d). 10. 9). Gavdadan olinadigan o’lchovlar qanday tekisliklardan olinadi? a). gorizontal va vertical tekisliklardan; b). gorizontal; c). vertikal; d). hajm tekisligi. Topshiriqlar va mustaqil ish: Quyidagi “Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan uzunlik va kenglik o’lchovlari; Kiyimlarni loyihalash usullari.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru 3-modul. 3.Mavzu: Kiyim loyihalash usullari. Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar. Reja: 1). Kiyimlarni loyihalash usullari to’g’risida umumiy tushunchalar. 2). O’lchab-hisoblab va yagona loyihalash usuli. 3). Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar. 4). Turli xildagi kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar turlarining qiymatlari. 1). Kiyimlarni loyihalash usullari to’g’risida umumiy tushunchalar. Loyihachi faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichlari kiyim detallarining chizmasi yoyilmasini chizishdan iborat. Bu bosqichdan ko‘zlangan asosiy maqsad — detallarning shakli va o‘lchamini mumkin qadar aniqroq belgilash, shunday qilinsa kiyimning detallari yig‘ilgandan keyin hosil bo‘lgan shakli rassom shakliga mos keladi. Bu ishning qiyinligi murakkabligi shundaki, faqat ta’rifi eskizi yoki namunasigina berilgan, lekin o‘zi yo‘q kiyimning chizmasini — detallari yoyilmasini chizishga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga kiyimning sirti murakkab yoyib bo‘lmaydigan sirt hisoblanadi, shunga ko‘ra uning yoyilmasi va hisobi, ya’ni uni chizish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni hisoblab chiqarish va chizmani chizish ancha qiyin. Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning quyidagi mavjud usullaridan foydalanish mumkin: 1. Mulyaj usuli. 2. Hisoblab loyihalash usuli. 3. O‘lchab-hisoblab loyihalash usuli. 4. Yagona loyihalash usuli. Mulyaj usulining mohiyati shundan iboratki, maneken yoki kishi gavdasiga maket material (gazlama, yengil-yumshoq qog‘oz yoki to‘rkanva) modelning formasiga moslab to‘g‘nag‘ichlar bilan qadab chiqiladi. Тo‘g‘nag‘ichlar odam gavdasining konstruktiv chiziqlari bo‘ylab (bo‘yin, yelka, yeng o‘yindisi, yon, bel, o‘rta chiziqlar) to‘g‘nag‘ichlanadi. So‘ngra rangli iрda to‘g‘nalgan joylardan tikib chiqiladi. Shunda ko‘krak do‘ngligini aniqlovchi ko‘krak vitochkasi ikki tomonlama tikiladi. So‘ngra to‘g‘nag‘ichlar bo‘shatilib gazlama yoki qog‘ozni stol ustiga yoyiladi. Bu hosil bo‘lgan chizma gavdaning asos chizmasi hisoblanadi. Bu usuldan murakkab bichimli kiyimlarni loyihalashda va ko‘pgina saxna kiyimlarini, tarixiy kiyimlarni loyihalashda qo‘llaniladi. Hisoblab loyihalash usuli. XIX asrning boshlarida Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda loyihalashning hisoblash (bichish tizimi) usuli tarqala boshlandi. Bu usulni ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan bichuvchilar ixtiro qilganlar. Ular gavdadan ayrim o‘lchovlarni olib, sodda hisoblash formulalari yordamida buyum detallari chizmasini gazlamaning o‘zida bajaradilar, ya’ni alohida andaza tayyorlab o‘tirmaydilar. Bu usul yakka tartibda buyum ishlab chiqarishda qo‘llanilgan. 2). O’lchab-hisoblab va yagona loyihalash usuli. O‘lchab — hisoblab loyihalash usuli. Kiyimni yakka buyurtma yo‘li bilan tikishda o‘lchab-hisoblab loyihalash usuli juda mos keladi, chunki bu usulda gavdani aniq o‘lchangani tufayli gavdaning o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda o‘lchab-hisoblab loyihalash usullari bo‘yicha kiyim detallari chizmasini tuzish keng tarqalgandir. Bu usulda gavdadan kerakli o‘lchovlar olinadi, hisoblash jadvali tuziladi. Jadval asosida buyumning asos chizmasi chiziladi. Bu usuldan maktablarda o‘quv muassasalarida to‘garaklarda qo‘llaniladi. Bu usulning bir necha o‘nlab turlari mavjud. Chizma chizishni, andaza tayyorlashni o‘rganayotgan kishilar uchun bu usul qulay hisoblanadi. Yagona loyihalash usuli. Mamlakatimiz va o‘zaro iqtisodiy yordam kengashi (O‘IYoK) a’zolari bo‘lgan mamlakatlar tikuvchilik sanoatlarida kiyimni loyihalash usullarini takomillashtirish ustida ishlab loyihalashning yagona usulini ishlab chiqqanlar. Bu usul boshqa usullardan universalligi bilan ham farq qiladi, chunki har qanday bichimdagi va ko‘rinishdagi kiyimlar loyihasini tuzishda baza loyihalar asos qilib olinadi. Bu usulni yaratish jarayonida aholining antropometrik o‘lchovlari asosida standartlar ishlab chiqilgan. Bu standartlar ayollar, erkaklar va bolalar assortimentlari uchun alohida-alohida ishlab chiqilgan. Bu usuldan tikuvchilik korxonalari foydalanadi. Korxonadagi loyihachilar standartlarda berilgan loyhalash usuli o‘lchovlardan foydalanib buyum assortimentiga qarab buyumning asos chizmasini loyihalaydilar, modellashtirib buyum andazasini hosil qiladilar. Bu andazalardan foydalanib tikilgan buyumlar aholining buyumga bo‘lgan ehtiyojini 80-85% ga qondiradi. Bu usulda loyihalash jarayonida turli razmer (o‘lcham) larga, rost (bo‘y) larga, to‘lalikka moslab andazalar tayyorlanadi. Ko‘krak yarim aylanasi II ga binoan kiyim razmeri aniqlanadi. Razmerlar orasidagi farq — 2 sm bo‘ladi. Masalan: 40, 42, 44, 46 va hokazo. Ayollar va erkaklar uchun 6 tadan rost mavjud bo‘lib, rostlar orasidagi farq — 6 sm bo‘ladi. Ayollar uchun: I-146 Erkaklar uchun: I-152 II-152 II-158 III-158 III-164 IV-164 IV-170 V-170 V-176 VI-176 VI-182 Ikkinchi ko‘krak aylanasi (KYaAII) bilan bo‘ksa aylanasi (BkYaA) o‘lchamlari orasidagi farq bo‘yicha to‘lalik guruhi aniqlanadi. Bu farq birinchi to‘lalik guruhida 4 sm, ikkinchisida 8 sm, uchinchisida 12 sm ga teng. Тayyor kiyim sotib olinayotganda albatta, odam o‘zining bo‘yini va o‘lcham belgilardan KYaAII bilan BkYaA larni bilishi kerak. 3). Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar. Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘la takrorlamaydi va gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi. Ma’lumki ko‘krak qismida, belda, bo‘ksada kiyimning gavdaga qay darajada yopishib turishi kiyim bichimini (siluetni) belgilaydi. Kiyim bichimi yelka kengligi va balandligi, modelning etak kengligi bilan ham xarakterlanadi. Kiyim qay darajada gavdaga yopishib turishiga qaramay uning ichki o‘lchamlari odam gavdasining o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun gavda o‘lchamlarining o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Kiyim ichki o‘lchamlarining gavda o‘lchamlaridan farqining miqdori qo‘shimcha deyiladi va „Q“ harfi bilan belgilanadi. Qo‘shimchalar nimaga mo‘ljallanganiga qarab zarur bo‘lgan minimal (texnik) „Qtex“ va konstruktiv-dekorativ — „Qkd“ qo‘shimchalarga bo‘linadilar. Qtex — ko‘shimcha bemalol harakat qilishni bemalol nafas olishni ta’minlaydi, gazlama tana yuzasi bilan kiyimning ichki yuzasi orasida havo qatlami hosil qilishi imkonini beradi. Bunday havo qatlamining issiqlik almashuvini tartibga solishda katta ahamiyati bor. Тexnik qo‘shimcha o‘z navbatida 4 ga bo‘linadi: — minimal qo‘shimcha; — kiyim qavati uchun; — erkin harakatlanish uchun; — texnologik. Minimal qo‘shimchada odamning qon aylanishi, nafas olishi, ovqat hazm bo‘lishi hisobga olinadi. Kiyim qavati uchun qo‘shimchada asosan ustki kiyimlar uchun ichidan necha qavat kiyilishini hisobga olgan holda bo‘shliq beriladi. Erkin harakatlanish uchun qo‘shimchada asosan kiyimni qayerda kiyilishini hisobga olgan holda olinadi, ya’ni kiyimning vazifasiga, assortimentiga qaraladi. Masalan, sahnada ashula aytadigan xonandaning kiyimiga nisbatan qurilishda kiyiladigan ish kiyimida bir necha marta ko‘p qo‘shimcha bo‘ladi, chunki u yerda odam ko‘p harakatlanadi. Тexnologik qo‘shimchada kiyimni tayyorlash jarayonida uning gazlamasi turiga qalinligiga qarab ishlov berilishiga, ya’ni qotirmalar issiq qatlamlar bilan ishlov berish hisobga olinadi. Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: — konstruktiv qo‘shimcha; — dekorativ qo‘shimcha. Konstruktiv qo‘shimchalarda kiyimning bichimi hisobga olinadi. Masalan, kiyimning bichimi to‘g‘ri, gavdaga sal yopishgan, gavdaga yopishgan va hokazo bo‘ladi. Bu yerda to‘g‘ri bichimli kiyimlarga eng ko‘p qo‘shimcha beriladi. Dekorativ qo‘shimchalarda kiyim bezaklari uchun beriladigan qo‘shimchalar hisobga olinadi. Masalan, burmalar, taxlamalar, bufflar, vafli va hokazolar uchun qo‘shimcha beriladi. Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar kiyimda doimiy bo‘lmaydi. Ularning qiymati kiyim turiga, uning bichimiga, shakli va boshqalarga qarab, ya’ni moda talabiga binoan o‘zgaradi. Kiyim loyihasi asosining chizmasini hisoblash qulay bo‘lishi uchun: Q umumiy = Qtex + Qkd Q umumiy — bu umumiy qo‘shimcha kiyimni gavdada bemalol turish qo‘shimchasi deb ataladi va u quyidagilarga bo‘linadi: Qk — ko‘krak chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi; BlQ — bel chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi; BkQ — bo‘ksa chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi. Yuqorida sanab o‘tilgan qo‘shimchalarning qiymati kiyim bichimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, gavdaga yopishib turadigan bichimli kiyimlar uchun gavdada bemalol turish qo‘shimchasining qiymati minimal bo‘lishi xarakterlidir. Old va ort bo‘laklar bilan yaxlit bichiladigan va reglan ko‘ylaklarning loyihasini ishlab chiqishda Qk — qo‘shimcha 1-2 sm ko‘paytiriladi. Qanday bichim bo‘lmasin yubkaning (shimning) bel chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi 1 sm ga bo‘ksa chizig‘i uchun 2 sm ga teng olinadi. Kiyim gavdada yaxshi turishi va kiyganda qulay bo‘lishi uchun qo‘shimchalar faqat ko‘krak, bel, bo‘ksa qismlaridagina emas balki boshqa konstruktiv joylarda ham bo‘lishi kerak. 4). Turli xildagi kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar turlarining qiymatlari. Тurli xildagi kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan qo‘shimchalar turlarining qiymatlari 1, 2, 3, 4-jadvallarda keltirilgan. Mavzu bo’yicha nazorat savollari: 1). Kiyimlarni loyihalashning qanday usullarini bilasiz? 2). Loyihalashning mulyaj usuli qachon qo’llaniladi? 3). Loyihalashning o’lchab-hisoblash usuli qayerda qo’llaniladi? 4). Kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar deb nimaga aytiladi? 5). Loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalarning qanday turlari bor? 3-amaliy mashg’ulot. Odam gavdasning tuzilishi. Kiyim loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar. Kiyim loyihalash uchun o’lchovlarni gavdadan olish. Reja: 1). Odam gavdasining tuzilishi. 2). Kiyim loyihalash uchun o’lchovlarni gavdadan olish. 1). Odam gavdasining tuzilishi. Figurani o‘lchash. Yaxshi yotuvchi kiyimning asosiy sharti figurani aniq o‘lchamlarini olish asosida amalga oshiriluvchi aniq bichishdir. Proporsional gavda tuzilishli ayollarda kiyim tayyorlash bilan muammolar paydo bo‘lmaydi, ular moda jurnallarida beriluvchi andazalardan bemalol foydalanishlari mumkin. Figurasi me’yorlardan ma’lum og‘ishlarga ega bo‘lgan kishilarga qiyinroq. Bu holda figuradan o‘lchamlar asosida me’yordan og‘ishlarni hisobga olga holda konstruksiya chizmasini tuza olish yordam beradi. Figuraning hamma xususiyatlarini hisobga olish uchun hamma o‘lchamlarni diqqat bilan, katta aniqliklarda olish zarur. O‘lchamlar ichki kiyim ustidan olinadi, santimetr tasmasi ortiqcha tortilmaydi va bo‘shatilmaydi. «Figura» tushunchasiga shunday omillar kiradi: qomat (gavda holati, yelkalar balandligi), bo‘yin, orqa, ko‘krak qafasi shakli, ko‘krak bezlari o‘lchami va holati, bel, qorin, bo‘ksalar shakli, semizlik darajasi gavda proporsiyalari va hokazo. Figura tuzilishi xususiyatlarini o‘lchamlar olish jarayonida aniqlanishi nafaqat aniq konstruksiya olishga, balki mahsulot shakli va fasonini to‘g‘ri tanlashga ham yordam beradi. Model shakli ichki kiyim (byustgalter va belbog‘ ichi) dan ham bog‘liqligini hisobga olish zarur, ko‘pincha ayollar bunga e’tibor bermaydi. Chizmani tuzish va andaza tayyorlash uchun quyidagi o‘lchamlari kerak: R – B – bo‘y; O – A – to‘liq aylana, qamrash; S – YaA – yarim aylana, qamrash; Sh – K – kenglik; D – U – uzunlik, masofa; V – B – balandlik; TS – M – markazlar orasidagi masofa. To‘liq aylana, uzunlik, yelka balandligi va kengligi kattalik o‘lchamlari to‘liq yoziladi, yarimaylanalar, kengliklar esa yarim o‘lchamda yoziladi, chunki chizma odatda mahsulot yarmiga yasaladi. Keyin o‘lchamlarni olamiz (2.3-rasm, 2.1-jadval). B – bo‘y vertikal bo‘ylab poldan boshning ustki nuqtasigacha masofa o‘lchanadi. Ssh – bo‘yin yarim aylanasi. Santimetr tasmasi bo‘yin asosi bo‘ylab, orqadan yettinchi umurtqa o‘tkir bo‘rtmasi ustidan, yon va oldindan bo‘yin asosi bo‘ylab v bo‘yin chuqurchasida tugashi kerak. Sg I – birinchi ko‘krak yarim aylanasi. Santimetr tasmasi orqa tomondan gorizontal, ustki cheti qo‘ltiq osti chuqurlar orq burchaklariga tegilib, oldindan – ko‘krak bezlari asosi ustidan o‘tishi kerak. Sg II – ikkinchi ko‘krak yarim aylanasi. Santimetr tasmasi gavda atrofidan ustki cheti qo‘ltiq osti chuqurlarning orqa burchagiga, oldindan ko‘krak bezlarining chiqib turuvchi nuqtalari bo‘ylab o‘tishi kerak. Ko‘krak bezlari pastga tushib turuvchi figuralarni o‘lchashda santimetr tasmasini oldindan ko‘krak chiqishi uchun haq qo‘yishni hisobga olgan holda gorizontal joylashtirish zarur. Sg III – uchinchi ko‘krak yarim aylanasi. Gorizontal bo‘ylab gavda atrofida chiqib turuvchi ko‘krak bezlari nuqtalari orqali o‘lchanadi. St – bel yarim aylanasi. Bel chizig‘i darajasida gavda atrofida gorizontal bo‘ylab o‘lchanadi. Sb – bo‘ksalar yarim aylanasi. Gorizontal bo‘ylab eng chiqib turuvchi dumba nuqtalari bo‘yicha, oldinda qorin chiqib turishini hisobga olgan holda o‘lchanadi. Shg I – birinchi ko‘krak kengligi. Gorizontal bo‘ylab ko‘krak bezlari asosi ustidan qo‘ltiq osti chuqurlarining oldingi burchaklaridan xayolan yuqoriga o‘tkazilgan vertikallar orasida o‘lchanadi Shg II – ikkinchi ko‘krak kengligi. Gorizontal bo‘yla qo‘ltiq osti chuqurlarining oldingi burchaklaridan pastga xayola o‘tkazilgan vertikallargacha chiqib turuvchi ko‘krak bezlari nuqtalar orqali o‘lchanadi Dts II – ikkinchi belgacha orqa uzunligi. Bel chizig‘idan bo‘yin asosi oldida loyihalashtiriluvchi chok yuqori nuqtasigacha o‘lchanadi. Dtp II – belgacha old uzunligi. Bo‘yin asosi oldida loyihalashtiriluvchi yelka choki eng yuqori nuqtasidan bel chizig‘igacha chiqib turuvchi ko‘krak bezlari nuqtasi orqali o‘lchanadi. Vg II – ikkinchi ko‘krak balandligi. Bo‘yin asosi oldida loyihalashtiriluvchi yelka choki yuqori nuqtasidan ko‘krak bezi markazigacha o‘lchanadi. Vprz II – qo‘ltiq osti chuqurlari orqa burchagi balandligi. Bo‘yin oldida loyihalashtiruvchi yelka choki yuqori nuqtasidan umurtqaga parallel qo‘ltiq osti chuqurlar orqa burchaklari darajasida o‘tuvchi gorizontal bo‘yicha o‘lchanadi. Vpk II – yelka balandligi egri. Bel chizig‘ining umurtqa bilan kesib o‘tish nuqtasidan loyihalashtiriluvchi yelka choki oxirgi nuqtasigacha o‘lchanadi (santimetr tasmasi tortib turiladi). Km – ko‘krak nuqtalari orasidagi masofa. Ko‘krak bezlarining chiqib turuvchi nuqtalari o‘rtasidagi gorizontal bo‘yicha o‘lchanadi. Shs – orqa kengligi. Santimetr tasmasi kuraklar bo‘ylab gorizontal qo‘ltiq osti chuqurlar orqa burchaklari o‘rtasidan o‘tishi kerak. Di – mahsulot uzunligi. Orqa o‘rtasida yoqa ulanish chizig‘idan istalgan uzunlik darajasigacha o‘lchanadi. Shp – yelka qiyalanish kengligi. Bo‘yin asosi oldida loyihalanayotgan yelka choki yuqori nuqtasidan uning oxirgi nuqtasigacha o‘lchanadi. Dr – yeng uzunligi. Loyihalanayotgan yelka choki oxirgi nuqtasidan yelka va yelka oldining tashqi yuzasi bo‘ylab istalgan uzunlik darajasigacha o‘lchanadi. Op – yelka aylanasi. Erkin tushirilgan qo‘llarda yelka o‘qiga perpendikular santimetr tasmasi ustki cheti bilan qo‘ltiq osti chuqurining orqa burchagiga tegib o‘lchanadi. Erkin yotish uchun qo‘shim. Mahsulotda erkin harakatlanishni ta’minlash uchun chizmani tuzishda erkin yotish uchun o‘lchamlarga ma’lum kattalikni (qo‘shimni) kiritish kerak. Qo‘shim – doimiy kattalik emas. U moda yo‘nalishi, kiyim vazifasi, gazlama xususiyatlariga qarab o‘zgaradi. Erkin yotish uchun qo‘shimlar mahsulotning butun kengligi bo‘yicha beriladi: – ko‘krak darajasida – Pg; – bel darajasida – Pt; – bo‘ksalar darajasida – Pb. Konstruktsiya joylarida qo‘shimlar: – orqa, old kengligiga qo‘shimlar (ko‘krak chizig‘i bo‘yicha umumiy qo‘shim qismi sifatida aniqlanadi) – P; – orqa bel uzunligiga – Pdts; – yeng o‘mizi o‘yilishiga – Pspr; – old bel uzunligiga – Pdtp; – yoqa o‘mizi o‘yilish kengligiga – II; – yelka aylanasiga – Pop. Quyidagi nisbatlarda qo‘shimlar taqsimlanishi eng optimal: orqa kengligiga 25— 30%, old kengligiga 10—20%, yeng o‘mizi kengligiga 50—65%. Belgacha orqa uzunligiga qo‘shim 0,5 sm, yeng o‘mizi chuqurligiga 1—2,5 sm, yoqa o‘mizi kengligiga – 0,5—1 sm ni tashkil etadi (2.2-jadval). 2). Kiyim loyihalash uchun o’lchovlarni gavdadan olish. Odam gavdasining tuzilishi va turlari. Тikuvchilik mutaxassisligida kiyim modelini ishlab chiqarish uchun odam gavdasining tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi zarur. Odam gavdasi odatda tana, bo‘yin, bosh, qo‘llar va oyoqlar kabi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi. Gavda tuzilishida odamning suyak qismlari asosiy rol o‘ynab u gavdaning tayanchi bo‘lib hisoblanadi va odam tanasining shakliga ta’sir qiladi. Odam skeleti bosh, tana, qo‘l va oyoq suyak qismlaridan tashkil topgan. Skeletning tayanchi bo‘lib umurtqa pog‘onasi hisoblanadi. U besh qismga bo‘linadi (4-rasm): 1. Bo‘yin umurtqasi 0-1. 2. Ko‘krak umurtqasi 1-2. 3. Bel umurtqasi 2-3. 4. Dumg‘aza suyagi 3-4. 5. Dum suyagi 4-5. 4-rasm. Umurtqa pog’onasining bo’linishi. Bo‘yin umurtqasining 7-suyagi turtib chiqib turadi. Bu suyak odam gavdasidan o‘lchovlar olishda xizmat qiladi. Umurtqa pog‘onasining egrilik darajasi odamning qaddi-qomatini belgilaydi. Egrilik shakli odamning butun umri davomida o‘zgarib turadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda umurtqa pog‘onasi deyarli to‘g‘ri shaklga ega. Bolaning o‘sish davrida umurtqa pog‘onasining egriligi ma’lum bir shaklga kiradi. Umurtqa pog‘onasining egriligiga qarab gavdani quyidagi turlarga ajratish mumkin (5rasm): — ozgina egilgan (5-rasm, a); — o‘rta egilgan (5-rasm, b); 5-rasm. Umurtqa pog‘onasining egriligi. — kuchli bir tekisda ifodalangan egrilik (5-rasm, v); — kuchli notekis ifodalangan egrilik (5-rasm, g). Odamning bo‘yin asosidan to yelka bo‘g‘imlarigacha bo‘lgan qismi yelka deb ataladi. Yelkaning qiyalik darajasiga qarab past (Yeq=7,7 _ 0,75 sm — 6-rasm, a) normal (Yeq= 6,2 _ 0,75 sm — 6-rasm, b) va baland (Yeq = 4,7 _ 0,7 sm — 6-rasm, v), shuningdek, yelka keng (6-rasm, g) normal (6-rasm, d) va tor (6-rasm, e) bo‘lishi mumkin. Ayollarda tananing ko‘krak qafasi qismining shakli ko‘proq ko‘krak bezlarining tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘krak bezlarining rivojlanishiga qarab kam rivojlangan, o‘rta rivojlangan va kuchli rivojlangan turlariga bo‘linadi. Ko‘krak bezlarining joylashishiga qarab yuqori joylashgan, normal joylashgan va past joylashgan turlari ham uchraydi. Qorin qismining o‘lchamlariga qarab tekis qorin, bir oz turtib chiqqan qorin va yuqori yoki past joylashgan shaklli qorin turlariga bo‘linadi. Qorinning formasi jinsga, yoshga va oriq-semizligiga bog‘liq bo‘ladi. Oyoqlar skeleti tos kamari va oyoqlarning erkin suyaklaridan tashkil topgan. Oyoqlarning erkin suyaklari jumlasiga yonbosh (son) suyagi katta va kichik boldir suyaklari hamda tovon suyaklari kiradi. 6-rasm. Yelka shakllari. Oyoqlarning formasi yonbosh o‘qi bilan boldir o‘qining birbiriga nisbatan qanday joylashganligiga qarab normal (7-rasm, a) 0-simon (7-rasm, b) va X-simon bo‘lishi mumkin. Odam gavdasini belgilab beruvchi asosiy morfologik belgilar: umumiy belgilarni, mutanosiblikni, tana tuzilishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy belgilar deganda tananing uzunligi (odamning bo‘yi), ko‘krak aylanasi hamda vazn kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Gavdaning o‘rtacha uzunligi chaqaloqlarda 49-51 sm bo‘ladi. Odamning bo‘yi ayollarda 15-17 yoshda, erkaklarda 20-22 yoshda marraga yetadi. Odamning bo‘yi 35-50 yoshgacha o‘zgarmaydi shu yoshdan o‘tgach har besh yilda 0,5 sm qisqara boradi 55 yoshgacha shu tarzda davom etadi, keyinchalik har besh yilda 0,7 smdan qisqara boshlaydi. Yosh ulg‘aygan sari ko‘krak aylanasining o‘lchami orta boradi, qarigandan keyingina bir oz kamayadi. Bir yashar go‘dakning ko‘krak aylanasi 4849 sm ga teng. 20-25 yoshlardagi odamlarda ko‘krak aylanasi o‘lchami „marra“siga etadi va o‘zgarmaydi. Ayollar 35 yoshlarda erkaklar 40 yoshlarda jadal semira boshlaydilar, shu sababli ko‘krak aylanasi o‘lchami ortadi. Faqat 60 yoshlardagina ko‘krak aylanasi o‘lchami kamayadi, bunga organizmning qarishi bilan bog‘liq fiziologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. O‘sish davrida tananing vazni ortaveradi. 25-40 yoshlarda vazn barqarorlashadi. 40 yoshdan 55 yoshgacha tana vazni har besh yilda o‘rta hisobda 10-15 kg ortadi, 60 yoshdan o‘tgach birmuncha kamayadi. 7-rasm. Oyoqlarning shakli. Kiyimni loyihalash uchun mutanosiblikning katta ahamiyati bor. Mutanosiblik deganda tananing turli qismlari o‘lchamining bo‘y (rost) ga nisbati tushuniladi, bu nisbat foizlar bilan ifodalanadi. Antropolog olim V.V.Bunak katta yoshdagi erkaklar va ayollar o‘rtasida ko‘p uchraydigan tana mutanosibliklarini uchta asosiy tiрga bo‘ladi: dolixomorf tiр — bu tiрga mansub kishilarning oyoqlari va qo‘llari uzun tanasi qisqa va ixcham bo‘ladi; braximorf tiр — bu tiрga mansub kishilarning oyoqlari va qo‘llari nisbatan qisqa tanasi uzun va serbar bo‘ladi; mezomorf tiр — oraliq tur hisoblanadi. Тana mutanosibligi yoshga va jinsga qarab o‘zgaradi. Тana tuzilishi muayyan belgilar majmuiga bog‘liq bo‘lib kishining qaddi-qomatini ifodalaydi. V. V. Bunak odamning gavda tuzilishini bir necha turlarga bo‘lib ko‘rsatadi. Lekin 3 ta tur asosiy hisoblanadi, ya’ni ko‘krakdor tur (unchalik semiz emas, muskullari ozgina qorin tortishgan, bukchaygan, 8-rasm, a), muskullari rivojlangan tur (teridagi yog‘ qatlami o‘rtacha, muskullari o‘rtacha yoki juda rivojlangan, orqasi tekis, 8-rasm, b) va qorindor tur (semiz, muskullari o‘rtacha yoki kam rivojlangan, qorni dumdumaloq bo‘lib chiqib turadi, bukchaygan yoki oddiygina, 8-rasm, v). 8-rasm. Gavdaning tuzilish turlari. Mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari: 1). Odam gavdasining asosiy qismlariga nimalar kiradi? 2). Odam skeletining umurtqa pog’onasi nechta qismga bo’linadi? 3). Umurtqa pog’onasi egriligiga qarab qanday turlarga bo’linadi? 4). Odam oyoqlarining qanday shakllari mavjud? 5). Odamning tana tuzilishi uning nimasini ifodalaydi? Nazorat uchun test savollari: 1). Kiyimlar loyihalash deganda nima tushuniladi? a). kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, ularni o’zaro ulab tikish, muayyan o’lchovdagi buyum holiga keltirish; b). tayyorlanadigan kiyimlarni chizmasiga; c). ketadigan materiallarni sarfini hisoblashga; d). tayyor buyumni sxemasiga. 2). Kiyimlarni loyihalash usullarini ko’rsating. a). mulyaj, hisoblab loyihalash,o’lchab hisoblab va yagona loyihalash usuli; b). mulyaj, hisoblab loyihalash, o’lchov hisoblab va kompleks usuli; c). mulyaj, hisoblab loyihalash, o’lchav hisoblab va gorizontal tekislik bo’yicha loyihalash; d). mulyaj, hisoblab loyihalash, o’lchav hisoblab va vertikal tekislik bo’yicha loyihalash. 3). Moniken yoki kishi gavdasiga maket material modelning formasiga moslab to’g’nagichlar bilan qadab chiqish usuli qanday usul deyiladi? a). mulyaj; b). hisoblab loyihalash; c). o’lchab hisoblab loyihalash; d). yagona loyihalash. 4). Gavdadan ayrim o’lchovlarni olib, formulalar yordamida buyum detallarini chizmasini gazlamaning o’zida bajarish qanday usul deyiladi? a). hisoblab loyihalash; b). mulyaj; c). o’lchab hisoblab; d). yagona loyihalash. 5). Gavdani aniq o’lchangani tufayli gavdaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish usuli qanday usul deyiladi? a). o’lchab-hisoblab loyihalash; b). mulyaj usuli; c). hisoblab loyihalash; d). yagona loyihalash. 6). Turli razmerlarga, rostlarga, to’lalikka moslab andozalarni tayyorlash qanday usul deyiladi? a). yagona loyihalash; b). mulyaj; c). hisoblab loyihalash; d). o’lchab-hisoblab loyihalash. 7). Ko’krak yarim aylanasiga binoan kiyim razmeri orasidagi farq nechi santimetr bo’lishi kerak? a). 2 sm; b). 3 sm; c). 5 sm; d). 1 sm. 8). Ayollar va erkaklar uchun 6 ta rost bo’lib, rostlar orasidagi farq necha sm bo’lishi kerak? a). 6 sm; b). 5 sm; c). 3-4 sm; d). 5-7 sm. Topshiriqlar va mustaqil ish: Quyidagi “Bolalar kiyimlariga qo’yiladigan talablar; Bolalar gavdasining o’ziga xos xususiyatlari.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru 4-modul. 4.Mavzu: Bolalar kiyimini asoslari. Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini loyihalash. Reja: 1). Bolalar gavdasining o’ziga xos xususiyatlari va kiyimlarining loyihalash asoslari(xususiyatlari). 2). Chaqaloqlar kiyimini loyihalash. 3). Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini loyihalash. 1). Bolalar gavdasining o’ziga xos xususiyatlari va kiyimlarining loyihalash asoslari(xususiyatlari). Bolalar dunyoning eng muhim asosiy qismini tashkil etganliklari sababli ularning kiyimlari ongiga juda katta ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu bilan o‘sib borayotgan bolalarning tezkor, chaqqon, aqlli, o‘ziga ishongan, fahm-farosatli bo‘lishlariga, shuningdek, kelajakda mehnatsevar bo‘lishlariga ota-onalar ham katta ta’sir qiladilar. Yosh bolalar kiyimi ayniqsa ob-havo sharoitidan kelib chiqib tikilishi kerak. Ob-havoning birdan isib yoki sovub ketishi, bolalarning sog‘lig‘iga tez ta’sir qiladiki, buni nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Ustki kiyimlar bir necha qavatdan tikilgan issiq matodan bo‘lib, uni taqilmasi va isituvchi qismlari (pelerina, bosh keyimi sovuqdan saqlashi uchun) tikilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, shaharda va qishloqda yashaydigan bolalarning kiyimlari ham ob-havosi va ijtimoiy kelib chiqilishiga qarab tikilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalarning tanasi, tana kengligining konkret qismlari va kiyim tuzilishi ularning turli yoshidagi tana asoslariga bog‘liqdir. Yosh bolalar yil sayin har xil rivojlanadilar. Bo‘y uzunligi, oyoq, qo‘l va boshning tuzilishi asosan bolalar yoshini xarakterlaydi. Bolalar tanasining shakli va o‘lchamlari o‘sish davrida doimo o‘zgarib turadi. Ayniqsa, gavda mutanosibligida keskin farqlar sezilarli bo‘ladi (12-rasm). Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bosh uzunligi tana uzunligining 1/4 qismini tashkil qilsa, o‘smir bolalarda esa 1/8 qismiga teng. Chaqaloqlarda bo‘yin kalta, qorin chiqqan va uzun, oyoq qo‘lga nisbatan kalta bo‘ladi. Bolalarni o‘sish davrida gavda qismlari bir tekisda rivojlanmaydi. Qo‘l va oyoqlar tez o‘sadi, o‘smirlik davriga kelib oyoq 5 marta, qo‘l 4 marta uzaygan bo‘ladi. Тana qismi esa sekinroq o‘sadi. O‘smir yoshiga kelib tana 3 marta, bosh qism esa 2marta kattalashgan bo‘ladi. Bolalarda bo‘yning o‘sishi 5-7, 10-11, 13-16 yoshlarda juda sezilarli bo‘ladi. Yosh bolalarda muskullar kam rivojlangan, yuz terilari yumshoq, teri silliq, yonoqlari dumaloq shaklda bo‘ladi. Bolalar gavdasini e’tiborga olgan holda yosh davrlarining sinflanishini 5-jadvalda keltirilgan. 12-rasm. Bolalar gavdasining mutanosibligi. Yasli yoshidagi bolalar kiyimi. 1-3 yoshda bolalar tez o‘sadilar, gavda tuzilishi nisbatlari o‘zgaradi (13-rasm), bosh va tana o‘lchamlari 1:4 nisbatda bo‘ladi. Bu davrda bolalar yura boshlaydilar, ko‘p harakatlanadilar, shuning uchun kiyimlari erkin harakatlanishiga xalaqit bermaydigan darajada keng bo‘lishi kerak. Qiz bolalar kiyimlarining asosiy shakli trapesiyasimon, yelka kamaridan boshlab kengaygan, koketkali yoki koketkasiz bo‘lishi mumkin. O‘g‘il bolalar kiyimlari to‘g‘ri shakllari bilan xarakterlanadi. Shimlari ko‘pincha kalta, shakli to‘g‘ri yoki pochasiga qarab salgina toraygan bo‘lib, ko‘ylaklar, puloverlar va kurtkalar bilan mos tushadi. Qiz bolalar garderobi uzun tungi ko‘ylak yoki pijama, ko‘ylaklar, fartuklar, nimchalar, sarafan, bluzka, shim, kurtka, palto va kombinezondan iborat (14-rasm). O‘g‘il bolalar garderobi tungi kiyim yoki pijama, ko‘ylaklar, shimlar, kurtka, kombinezon va paltodan iborat. Kiyimlarni komplektlash yo‘li bilan buyumlar sonini kamaytirib, ishlatilish variantlarini ko‘paytirish mumkin. 13-rasm. 2-3 yoshli bolaning gavda tuzilishida o’zaro mutanosib nisbatlar (a) va kiyimining asosiy konstruktiv shakllari (b). Yasli yoshidagi bolalar kiyimlari sodda va ixcham bo‘lishi bilan birga, alohida qismlarining shakli turli-tuman bo‘lishi mumkin. 14-rasm. 2-3 yoshdagi bolalar kiyimlari. Yenglari odatda uzun bo‘lib, to‘g‘ri yoki pastki qismida manjetli bo‘ladi. Yozgi kiyimlarning yenglari „qanotcha“ yoki „fonarcha“ ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ustki kiyimlarni modellashtirishda ko‘pincha kapyushonli qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ustki kiyimlarning yana bir qulay turi kombinezon bo‘lib, bola tanasini to‘liq yopib turadi va bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Bu davrdagi bolalar kiyimlarining bezaklari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin bunda me’yorni saqlay bilish kerak (15-rasm). Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarining badiiy obrazliligini hal qilishda tabiatning nozik ko‘rinishlaridan, oqish va tiniq ranglardan foydalaniladi. Bunga materiallarning fakturasi va ranglarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hisobiga erishish mumkin: momiq quyoncha, sap-sariq jo‘jacha, jajji qo‘zichoq, nozik gullar va boshqalar bolalar kiyimlarini obrazli ifodaliligini ta’minlaydi. 15-rasm. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarini bezash imkoniyatlari. 2). Chaqaloqlar kiyimini loyihalash. Chaqaloqlar kiyimi (kunduzi va kechasi kiyadigan ko‘ylak — raspashonka, paypoq-ishton — polzunki, qalpoqcha — chepchik va boshqalar) yengil, qulay, havoni yaxshi o‘tkazadigan, issiq tutadigan, gigroskopik bo‘lishi kerak. Ichki kiyim bolaning erkin nafas olishiga, badanda qonning harakatlanishiga xalaqit bermaydigan bo‘lishi lozim. Chaqaloqlar kiyimlarini mumkin qadar kamroq chok solib tikish kerak. Ular kunduzgi raspashonkasining yo oldi, yo orqasi ochiq bo‘ladi. Bu raspashonkalarga mutlaqo tugma qadalmaydi, uning old bo‘laklari birbiri bilan tasma yoki lentalar bilan bog‘lanadi. Bolalar kiyimi kunduzgi yoki kechasi kiyilishiga, mavsumga hamda bolaning yoshiga qarab turli gazlamalardan (batist, paxmoq gazlama, bumazeya, surp va shu kabi mayin gazlamalardan) tikiladi. Bunday gazlamalar asosan ochiq ranglarda (ko‘p hollarda oq rangda), gullari mayda bo‘lgani ma’qul (16-rasm). Chaqaloqlar ko‘ylakchasi — raspashonkani loyihalash (17-rasm, a). Chizmani loyihalash vaqtida quyidagi 6-jadvaldan foydalanish kerak. Chizmani loyihalash uchun quyidagi o‘lchovlar jadvaldan olinadi: 1. Raspashonkaning uzunligi — 26 sm — KU. 2. Raspashonkaning kengligi — 28 sm — KK. 16-rasm. Chaqaloqlar kiyimi. Ko‘ylak chizmasi (17-rasm, a) Тo‘g‘ri burchak chizilib, burchagiga Bn nuqta qo‘yiladi. Ko‘ylak kengligini BnBn1 = KK:2 = 28:2 = 14 sm o‘ng tomonga va uzunligini BnE = KU = 26 sm past tomonga chiziladi. So‘ngra Bn, Bn1, E, E1 nuqtalar orqali to‘g‘ri to‘rtburchak o‘tkaziladi. Barcha razmerlar uchun doimiy qiymat bo‘lgan BnBn2 = 4 sm bo‘yin o‘mizi kengligi va BnBn3 = 1 sm orqa bo‘yin o‘mizi chuqurligi qiymatlari o‘ngga va pastga belgilangandan so‘ng Bn3, Bn2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi va orqa bo‘yin o‘mizi egriligi hosil bo‘ladi. Barcha razmerlar uchun doimiy qiymat bo‘lgan old bo‘yin o‘mizi chuqurligi BnBn4 = 5 sm pastga qo‘yilib, Bn4, Bn2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi va old bo‘yin o‘mizi egriligi hosil bo‘ladi. Yeng uzunligi Bn1Bn5 = 8-10 sm o‘ngga va yeng kengligi Bn5K = 10-12 sm esa pastga qo‘yiladi. K nuqtadan o‘ng tomonga gorizontal chiziq o‘tkaziladi va Bn1E1 chiziq bilan kesishgan nuqtaga K1 nuqta qo‘yiladi. 17-rasm. Chaqaloqlar ko’ylakchasi va qalpoqchasi chizmasi. KK2 = 1 sm yuqoriga, K1K3 = 2 sm o‘ngga va K1K4 = 3 sm pastga qo‘yiladi. Doimiy qiymat bo‘lgan yon etak qismining kengayishi E1E2 = 2 sm o‘ngga qo‘yilib, K2, K3 va K4, E2 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi, K3, K4 nuqtalar esa ravon egri chiziqlar bilan tutashtiriladi. Bolalar qalpoqchasini loyihalash (17-rasm, b). Qalpoqchani orqa qismini loyihalash. Тo‘g‘ri burchak chizilib, burchagiga A nuqta qo‘yiladi va qalpoqcha tomonlari qiymatlari AV = AG = BshYaA:2+3 = 12 sm (bu erda 3 sm hamma razmerlar uchun bir xil) belgilangach A, V, G, S nuqtalardan kvadrat hosil qilib chiziladi. Kvadratning hamma tomonlari ikkiga bo‘linib, 1, 2, 3, 4 nuqtalar bilan belgilanadi, ya’ni AV:2 =12:2 = 6 sm. Burchak A va V nuqtalardan bissektrisa chiqazib, unga 2 sm qo‘yiladi va mos ravishda 5, 6 nuqtalar bilan belgilanadi. G7 = 2 sm (o‘ng tomonga), S8 = 2 sm (chap tomonga) yordamchi nuqtalar belgilanadi, ya’ni ensa qismining kengligi hosil qilinadi. So‘ngra 7, 4, 5, 1, 6, 2, 8 nuqtalar ravon aylana egri chiziq bilan tutashtiriladi. Doimiy qiymat bo‘lgan ensa qismining ko‘tarilishini 33_ = 0, 5 sm yuqoriga ko‘tariladi va 7, 3_, 8 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. Qalpoqchaning old qismi loyihalash. Тo‘g‘ri burchak chizilib, uning burchagi A nuqta bilan belgilanadi. Qalpoqcha tepa qismining o‘lchangan uzunligi AV = 18 sm ni yon tomonga, qalpoqcha kengligini esa AG = BshYaA:2 = 9 smni esa past tomonga o‘lchab qo‘yilgach, AVGD to‘g‘ri to‘rtburchak chizib olinadi. Yordamchi nuqtalar AA1 = AV:2 = 18:2 = 9 sm topib olinadi. A burchakdan bissektrissa chiqazilib unga 1 sm qo‘yiladi va 1 nuqta bilan belgilanadi. Yordamchi nuqta G2 = 1 sm belgilangach, D, 2, 1, A1 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi. 3). Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini loyihalash. Qiz bolalar ko‘ylaklari turli-tuman ko‘rinishlarda bo‘lib, ularning barchasida qulaylikka, sho‘xchanlikka va chiroyli bo‘lishiga ko‘proq e’tibor qaratiladi (18rasm). Quyida qiz bolalar ko‘ylagini modellashtirish keltirilgan (19-rasm). Ko‘ylak etak qismiga kengaygan, yengi fonarik, bo‘yin o‘mizi bo‘ylab yotadigan yoqa va taqilmasi ko‘ylakning orqa bo‘lagida joylashgan. Ko‘ylakda aylana shaklda koketkalar bor bo‘lib, ko‘ylakni paxta tolali gazlamalardan tikish kerak. Model chiziqlari quyidagicha kiritiladi. Ko‘ylak old va ort asosi qog‘ozga tushirib olinadi. Old va ort bo‘lak o‘rta chiziqlaridan koketkaning uzunligi belgilab olinadi. Uning uzunligini ko‘p hollarda yelka uzunligiga tenglashtiriladi. Yelka nuqtalaridan pastga yeng o‘mizi bo‘ylab 3—4 sm qo‘yiladi va koketkaning pastki qirqimi ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. Old va ort bo‘lakdagi koketkaning pastki chiziqlari 4 bo‘lakka bo‘linadi. Bu nuqtalar orqali ko‘ylakning etak chizig‘i bilan kesishguncha chiziqlar o‘tkaziladi. Bu kesish chizig‘I hisoblanadi. Koketka qismi qirqib olinadi. Shu chiziqlar orqali etak qismi koketka chizig‘iga 0,1—0,3 sm yetmasdan qirqiladi va har bir bo‘lak orasi 4—6 sm ga kengaytiriladi. 18-rasm. Qiz bolalar ko’ylagi modellari. 19-rasm. Qiz bolalar ko’ylagini modellashtirish. Modellashtirish natijasida quyidagi detallar hosil bo‘ldi: 1 — ort etak qismi; 2 — old etak qismi; 3 — ko‘ylakning yengi; 4 — ort bo‘lak koketkasi; 5 — old bo‘lak koketkasi; 6 — ko‘ylak yoqasi. 2-ilovada qiz bolalar ko‘ylagini modellashtirish bo‘yicha namunalar keltirilgan. Mavzu bo’yicha nazorat savollari: 1). Bollar gavdasining o’ziga xos qanday xususiyatlari bor? 2). Chaqaloq Yoshi deganda nechi yoshgacha bo’lgan bolalarni tushunamiz? 3). Chaqaloqlar kiyimini loyihalashni o’ziga xos xususiyati bormi? 4). Texnik modellashtirish deganda nimani tushunasiz? 5). Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini modellashtirishning qanday usullari mavjud? 4-amaliy mashg’ulot. Kiyim loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar. Kiyim loyihalash usullari. Reja: 1). Kiyim loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar. 2). Kiyim loyihalash usullari. 1). Kiyim loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar. Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘la takrorlamaydi va gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi. Ma’lumki ko‘krak qismida, belda, bo‘ksada kiyimning gavdaga qay darajada yopishib turishi kiyim bichimini (siluetni) belgilaydi. Kiyim bichimi yelka kengligi va balandligi, modelning etak kengligi bilan ham xarakterlanadi. Kiyim qay darajada gavdaga yopishib turishiga qaramay uning ichki o‘lchamlari odam gavdasining o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun gavda o‘lchamlarining o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Kiyim ichki o‘lchamlarining gavda o‘lchamlaridan farqining miqdori qo‘shimcha deyiladi va „Q“ harfi bilan belgilanadi. Qo‘shimchalar nimaga mo‘ljallanganiga qarab zarur bo‘lgan minimal (texnik) „Qtex“ va konstruktiv-dekorativ — „Qkd“ qo‘shimchalarga bo‘linadilar. Qtex — ko‘shimcha bemalol harakat qilishni bemalol nafas olishni ta’minlaydi, gazlama tana yuzasi bilan kiyimning ichki yuzasi orasida havo qatlami hosil qilishi imkonini beradi. Bunday havo qatlamining issiqlik almashuvini tartibga solishda katta ahamiyati bor. Тexnik qo‘shimcha o‘z navbatida 4 ga bo‘linadi: — minimal qo‘shimcha; — kiyim qavati uchun; — erkin harakatlanish uchun; — texnologik. Minimal qo‘shimchada odamning qon aylanishi, nafas olishi, ovqat hazm bo‘lishi hisobga olinadi. Kiyim qavati uchun qo‘shimchada asosan ustki kiyimlar uchun ichidan necha qavat kiyilishini hisobga olgan holda bo‘shliq beriladi. Erkin harakatlanish uchun qo‘shimchada asosan kiyimni qayerda kiyilishini hisobga olgan holda olinadi, ya’ni kiyimning vazifasiga, assortimentiga qaraladi. Masalan, sahnada ashula aytadigan xonandaning kiyimiga nisbatan qurilishda kiyiladigan ish kiyimida bir necha marta ko‘p qo‘shimcha bo‘ladi, chunki u yerda odam ko‘p harakatlanadi. Тexnologik qo‘shimchada kiyimni tayyorlash jarayonida uning gazlamasi turiga qalinligiga qarab ishlov berilishiga, ya’ni qotirmalar issiq qatlamlar bilan ishlov berish hisobga olinadi. Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: — konstruktiv qo‘shimcha; — dekorativ qo‘shimcha. Konstruktiv qo‘shimchalarda kiyimning bichimi hisobga olinadi. Masalan, kiyimning bichimi to‘g‘ri, gavdaga sal yopishgan, gavdaga yopishgan va hokazo bo‘ladi. Bu yerda to‘g‘ri bichimli kiyimlarga eng ko‘p qo‘shimcha beriladi. Dekorativ qo‘shimchalarda kiyim bezaklari uchun beriladigan qo‘shimchalar hisobga olinadi. Masalan, burmalar, taxlamalar, bufflar, vafli va hokazolar uchun qo‘shimcha beriladi. Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar kiyimda doimiy bo‘lmaydi. Ularning qiymati kiyim turiga, uning bichimiga, shakli va boshqalarga qarab, ya’ni moda talabiga binoan o‘zgaradi. Kiyim loyihasi asosining chizmasini hisoblash qulay bo‘lishi uchun: Q umumiy = Qtex + Qkd Q umumiy — bu umumiy qo‘shimcha kiyimni gavdada bemalol turish qo‘shimchasi deb ataladi va u quyidagilarga bo‘linadi: Qk — ko‘krak chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi; BlQ — bel chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi; BkQ — bo‘ksa chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi. Yuqorida sanab o‘tilgan qo‘shimchalarning qiymati kiyim bichimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, gavdaga yopishib turadigan bichimli kiyimlar uchun gavdada bemalol turish qo‘shimchasining qiymati minimal bo‘lishi xarakterlidir. Old va ort bo‘laklar bilan yaxlit bichiladigan va reglan ko‘ylaklarning loyihasini ishlab chiqishda Qk — qo‘shimcha 1-2 sm ko‘paytiriladi. Qanday bichim bo‘lmasin yubkaning (shimning) bel chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi 1 sm ga bo‘ksa chizig‘i uchun 2 sm ga teng olinadi. Kiyim gavdada yaxshi turishi va kiyganda qulay bo‘lishi uchun qo‘shimchalar faqat ko‘krak, bel, bo‘ksa qismlaridagina emas balki boshqa konstruktiv joylarda ham bo‘lishi kerak. 4). Turli xildagi kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar turlarining qiymatlari. Тurli xildagi kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan qo‘shimchalar turlarining qiymatlari 1, 2, 3, 4-jadvallarda keltirilgan. 2). Kiyim loyihalash usullari. Loyihachi faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichlari kiyim detallarining chizmasi yoyilmasini chizishdan iborat. Bu bosqichdan ko‘zlangan asosiy maqsad — detallarning shakli va o‘lchamini mumkin qadar aniqroq belgilash, shunday qilinsa kiyimning detallari yig‘ilgandan keyin hosil bo‘lgan shakli rassom shakliga mos keladi. Bu ishning qiyinligi murakkabligi shundaki, faqat ta’rifi eskizi yoki namunasigina berilgan, lekin o‘zi yo‘q kiyimning chizmasini — detallari yoyilmasini chizishga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga kiyimning sirti murakkab yoyib bo‘lmaydigan sirt hisoblanadi, shunga ko‘ra uning yoyilmasi va hisobi, ya’ni uni chizish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni hisoblab chiqarish va chizmani chizish ancha qiyin. Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning quyidagi mavjud usullaridan foydalanish mumkin: 1. Mulyaj usuli. 2. Hisoblab loyihalash usuli. 3. O‘lchab-hisoblab loyihalash usuli. 4. Yagona loyihalash usuli. Mulyaj usulining mohiyati shundan iboratki, maneken yoki kishi gavdasiga maket material (gazlama, yengil-yumshoq qog‘oz yoki to‘rkanva) modelning formasiga moslab to‘g‘nag‘ichlar bilan qadab chiqiladi. Тo‘g‘nag‘ichlar odam gavdasining konstruktiv chiziqlari bo‘ylab (bo‘yin, yelka, yeng o‘yindisi, yon, bel, o‘rta chiziqlar) to‘g‘nag‘ichlanadi. So‘ngra rangli iрda to‘g‘nalgan joylardan tikib chiqiladi. Shunda ko‘krak do‘ngligini aniqlovchi ko‘krak vitochkasi ikki tomonlama tikiladi. So‘ngra to‘g‘nag‘ichlar bo‘shatilib gazlama yoki qog‘ozni stol ustiga yoyiladi. Bu hosil bo‘lgan chizma gavdaning asos chizmasi hisoblanadi. Bu usuldan murakkab bichimli kiyimlarni loyihalashda va ko‘pgina saxna kiyimlarini, tarixiy kiyimlarni loyihalashda qo‘llaniladi. Hisoblab loyihalash usuli. XIX asrning boshlarida Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda loyihalashning hisoblash (bichish tizimi) usuli tarqala boshlandi. Bu usulni ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan bichuvchilar ixtiro qilganlar. Ular gavdadan ayrim o‘lchovlarni olib, sodda hisoblash formulalari yordamida buyum detallari chizmasini gazlamaning o‘zida bajaradilar, ya’ni alohida andaza tayyorlab o‘tirmaydilar. Bu usul yakka tartibda buyum ishlab chiqarishda qo‘llanilgan. O‘lchab — hisoblab loyihalash usuli. Kiyimni yakka buyurtma yo‘li bilan tikishda o‘lchab-hisoblab loyihalash usuli juda mos keladi, chunki bu usulda gavdani aniq o‘lchangani tufayli gavdaning o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda o‘lchab-hisoblab loyihalash usullari bo‘yicha kiyim detallari chizmasini tuzish keng tarqalgandir. Bu usulda gavdadan kerakli o‘lchovlar olinadi, hisoblash jadvali tuziladi. Jadval asosida buyumning asos chizmasi chiziladi. Bu usuldan maktablarda o‘quv muassasalarida to‘garaklarda qo‘llaniladi. Bu usulning bir necha o‘nlab turlari mavjud. Chizma chizishni, andaza tayyorlashni o‘rganayotgan kishilar uchun bu usul qulay hisoblanadi. Yagona loyihalash usuli. Mamlakatimiz va o‘zaro iqtisodiy yordam kengashi (O‘IYoK) a’zolari bo‘lgan mamlakatlar tikuvchilik sanoatlarida kiyimni loyihalash usullarini takomillashtirish ustida ishlab loyihalashning yagona usulini ishlab chiqqanlar. Bu usul boshqa usullardan universalligi bilan ham farq qiladi, chunki har qanday bichimdagi va ko‘rinishdagi kiyimlar loyihasini tuzishda baza loyihalar asos qilib olinadi. Bu usulni yaratish jarayonida aholining antropometrik o‘lchovlari asosida standartlar ishlab chiqilgan. Bu standartlar ayollar, erkaklar va bolalar assortimentlari uchun alohida-alohida ishlab chiqilgan. Bu usuldan tikuvchilik korxonalari foydalanadi. Korxonadagi loyihachilar standartlarda berilgan loyhalash usuli o‘lchovlardan foydalanib buyum assortimentiga qarab buyumning asos chizmasini loyihalaydilar, modellashtirib buyum andazasini hosil qiladilar. Bu andazalardan foydalanib tikilgan buyumlar aholining buyumga bo‘lgan ehtiyojini 80-85% ga qondiradi. Bu usulda loyihalash jarayonida turli razmer (o‘lcham) larga, rost (bo‘y) larga, to‘lalikka moslab andazalar tayyorlanadi. Ko‘krak yarim aylanasi II ga binoan kiyim razmeri aniqlanadi. Razmerlar orasidagi farq — 2 sm bo‘ladi. Masalan: 40, 42, 44, 46 va hokazo. Ayollar va erkaklar uchun 6 tadan rost mavjud bo‘lib, rostlar orasidagi farq — 6 sm bo‘ladi. Ayollar uchun: I-146 Erkaklar uchun: I-152 II-152 II-158 III-158 III-164 IV-164 IV-170 V-170 V-176 VI-176 VI-182 Ikkinchi ko‘krak aylanasi (KYaAII) bilan bo‘ksa aylanasi (BkYaA) o‘lchamlari orasidagi farq bo‘yicha to‘lalik guruhi aniqlanadi. Bu farq birinchi to‘lalik guruhida 4 sm, ikkinchisida 8 sm, uchinchisida 12 sm ga teng. Тayyor kiyim sotib olinayotganda albatta, odam o‘zining bo‘yini va o‘lcham belgilardan KYaAII bilan BkYaA larni bilishi kerak. Mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari: 1). Texnik qo’shimcha qanday guruhlarga bo’linadi? 2). Qo’shimchalar vazifasiga qarab qanday guruhlarga bo’linadi? 3). Konstruktiv-dekarativ qo’shimchalar deganda nimani tushunasiz? 4). Kiyim detallarini hisoblash va chizmaga tayyorlashning qanday usullari mavjud? 5). Yagona loyihalash usulini tushuntirib bering? Nazorat uchun test savollari: 1). Bolalar gavdasini e’tiborga olgan holda yosh davrlarini buyum razmerlari chaqaloqlar uchun qanday bo’lishini ko’rsating? a). 22-24; b). 20-22; c). 18-20; d). 16-18. 2). Bolalar gavdasini e’tiborga olgan holda yosh davrlarini buyum razmerlari yasli yoshi uchun qanday bo’lishini ko’rsating? a). 26-28; b). 20-22; c). 28-30; d). 24-26. 3). Bolalar gavdasini e’tiborga olgan holda yosh davrlarini buyum razmerlari maktabgacha yosh davri uchun qanday bo’lishini ko’rsating? a). 28-30; b). 24-26; c). 30-32; d). 34-36. 4). Bolalar gavdasini e’tiborga olgan holda yosh davrlarini buyum razmerlari kichik maktab yoshi davri uchun qanday bo’lishini ko’rsating? a). 32-36; b). 30-32; c). 34-36; d). 36-38. 5). Bolalar gavdasini e’tiborga olgan holda yosh davrlarini buyum razmerlari katta maktab yoshi davri uchun qanday bo’lishini ko’rsating? a). 38-42; b). 36-38; c). 38-40; d). 40-44. 6). Bolalar gavdasini e’tiborga olgan holda yosh davrlarini buyum razmerlari o’smirlik davri uchun qanday bo’lishini ko’rsating? a). 44-46; b). 40-42; c). 42-44; d). 48-50. 7). Maktabgacha yoshdagi qizlar ko’ylagini modellashtirish natijasida qanday detallar hosil bo’ladi? a). ort etak, ko’ylak yengi, ort bo’lak koketkasi, old bo’lak koketkasi, ko’ylak yoqasi; b). ort etak, old etak, ko’ylak yengi, ort bo’lak koketkasi, old bo’lak koketkasi, ko’ylak bel qismi; c). ort etak, ko’ylak yengi, ort bo’lak koketkasi, old bo’lak koketkasi, ko’ylakning to’r qismi; d). ort etak, ko’ylak yengi, ort bo’lak koketkasi, old bo’lak koketkasi, ko’ylakning yelka qismi. 8). Modellashtirish natijasida nechta yangi detallar hosil bo’ladi? a). 6 ta; b). 4 ta; c). 5 ta; d). 8 ta. 9). Maktabgacha yoshdagi qizlar ko’ylagini loyihalashda old va ort bo’lakdagi koketkaning pastki chiziqlari necha bo’lakka bo’linadi? a). 4 bo’lakka; b). 2 bo’lakka; c). 3 bo’lakka; d). 5 bo’lakka. Topshiriqlar va mustaqil ish: Quyidagi “O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash va texnik modellashtirish.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru 5-modul. 5.Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash. Reja: 1). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash. 2). Ort va old bo’lak chizmasi. 3). Bolalar ko’ylagida uchraydigan yoqalar. 1). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash. O‘g‘il bolalar ko‘ylagini loyihalash uchun quyidagi asosiy o‘lchovlar va qo‘shimchalar kerak bo‘ladi. BnYaA=14,5 sm Yeo‘Ch=15,3 sm KYaA = 32 sm YeK = 10 sm OrbU = 31 sm OlbU = 29 sm YelA = 19 sm KU = 45 sm OrK = 13,5 sm YeU = 39 sm OlK = 11,7 sm ТU = 22 sm Qo‘shimchalar: QK = 6—8 sm bundan: QorK = 1,5 sm QolK=1 sm, Qyeo‘=3,5 sm, QyelA = 6—8 sm, Qeo‘Ch=1,5—2 sm. 20-rasm. O’g’il bolalar ko’ylagi modellari. O‘g‘il bolalar ko‘ylagining to‘r qismi (21-rasm) 1. Тo‘g‘ri burchak chizilib burchakka Bn nuqta qo‘yiladi. 2. BnBl = OrbU = 31 sm (ort bo‘lakdagi bel chizig‘i). 3. BnK = Yeo‘Ch+Qyeo‘Ch = 15,3+(1,5—2) = 17,3 sm. 4. BnE = KU = 45 sm (ko‘ylak uzunligi). 5. Bn, K, Bl, E nuqtalardan gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. 6. KK1 = KYaA + QK = 32 + (5—6) = 38 sm. 7. K1 nuqtadan pastga etak qismi bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va mos ravishda Bll, E1 nuqtalar bilan belgilanadi. 8. Bl1Bn1 = OlbU = 29 sm (old bo‘lakdagi bel chizig‘i). 9. Bn1 nuqtadan chap tomonga gorizontal chiziq o‘tkaziladi. 10. KK2 = OrK + QorK = 13,5 + 1,5 = 15 sm (orqa kenglikni aniqlovchi chiziq holati). 11. K2 nuqtadan bo‘yin chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va kesishish nuqtasi a bilan belgilanadi. 12. K2K3= Ye1A:3 + QyelA = 19:3+3,5 = 9,8 sm (yeng o‘mizi kengligi). 13. K1K3 = OlK + QolK = 11,7+1 = 12,7 sm (old bo‘lak kengligini aniqlovchi chiziq). 14. K3 nuqtadan bo‘yin chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va kesishish nuqtasi a1 bilan belgilanadi. 15. K2K4 = K2K3:2 = 9,8:2 = 4,9 sm (yon chiziq). 16. K4 nuqtadan pastga etak bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va Bl2, E2 nuqta bilan belgilanadi. 2). Ort va old bo’lak chizmasi. 17. BnBn2 = BnYaA:3+1 = 14,5:3+1 = 5,8 sm (bo‘yin o‘mizi kengligi). 18. BnBn3 = BnBn2:3 = 5,8:3 = 1,9 sm (bo‘yin o‘mizi chuqurligi). 19. Bn3, Bn2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 20. BlYe = OrbU = 31 sm (yelka chizig‘ini aniqlovchi nuqta). 21. Bn2 va E nuqtalar tutashtirilib o‘ng tomonga davom ettiriladi. 22. Bn2Ye1 = YelK+1,5 = 10 + 1,5 = 11,5 sm (yelka uzunligi). 23. Bn2v = 3 sm (vitochkagacha bo‘lgan oraliq). 24. v nuqtadan pastga o‘rta chiziqqa parallel qilib vertikal chiziq o‘tkaziladi. 25. vv1 = 6 sm (vitochka uzunligi). 21-rasm. O’g’il bolalar ko’ylagining chizmasi. 26. vv2 = 1,5 sm (vitochka kengligi). 27. v1v2 = 6 sm (vitochka ikkinchi tomon uzunligi). 28. v2 nuqtani Ye1 nuqta bilan tutashtiriladi. 29. K2b = K2Ye:2 (chizmadan olinadigan yordamchi nuqta). 30. K2O = 2 sm (bK2K4 burchak bissektrissasi). 31. Ye1, b, O, K4 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 32. E2E3 = 1 sm (etak qismining kengayishi). 33. K4 E3 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi. Old bo‘lak chizmasi (21-rasm) 34. Bn1Bn4 = 0,3-0,5 sm (yordamchi nuqta o‘rta chiziq holatini o‘zgartirish). 35. Bn4 va K1 nuqtalar tutashtirilib etak qismi bilan kesishguncha davom ettiriladi. 36. Bn4Bn5 = BnBn2 = 5,8 sm (bo‘yin o‘mizi kengligi). 37. Bn4Bn6 = BnBn2 = 5,8 sm (bo‘yin o‘mizi chuqurligi). 38. Bn5, Bn6 nuqtalar tutashtirilib o‘rtasidan pastga o‘tkazilgan perpendikulyarda 1,5 sm qo‘yiladi. 39. Bn5, 1,5 sm, Bn6 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 40. a1Ye2 = 1,5—2 sm (yelka chizig‘i o‘tadigan nuqta). 41. Ye2 nuqta bilan Bn5 nuqta tutashtiriladi va chap tomonga davom ettiriladi. 42. Bn5Ye3 = YelK = 10 sm (yelka kengligi). 43. K3b1 = K3a1:4 (yordamchi nuqta). 44. K3O1 = 1,5 sm (b1K3K4 burchak bissektrissasi). 45. Ye3, b1, O1, K4 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi). 46. E2E4 = 1 sm (etak qismining kengayishi). 47. K4, E4 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi. O‘tkazma eng chizmasi (22-rasm, a) 1. Тo‘g‘ri burchak chizib burchagiga A nuqta qo‘yiladi. 2. AE = YeU = 39 sm (yeng uzunligi). 3. Asos chizmasidagi Ye1 Ye3 nuqtalar tutashtiriladi o‘rtasini topib X bilan belgilanadi va K4 nuqta bilan birlashtiriladi. 22-rasm. O’tkazma yeng va yoqalar chizmasi. 4. AO = K4X-3,5 = 12,5—3,5 = 9 sm (yeng boshi balandligi, 3,5 sm — hamma razmerlar uchun). 5. A, O, E nuqtalardan gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. 6. AA1 = YelA+QYelA = 19+(6-8) = 26 sm (yeng kengligi). 7. A1 nuqtadan pastga vertikal chiziq o‘tkazilib yeng boshi balandligi chizig‘i va etak chizig‘i bilan kesishgan nuqtalar O1, E1 bilan belgilanadi. 8. Aa = AA1:2 = 26:2 = 13 sm (yeng o‘rtasi). 9. a nuqtadan pastga vertikal chiziq o‘tkaziladi va E2 nuqta aniqlanadi. 10. O1 va O nuqtalar a nuqta bilan birlashtiriladi. 11. aO1 chiziq o‘rtasini O2 nuqta bilan belgilanadi. 12. O1O2 chiziq o‘rtasidan pastga perpendikulyar o‘tkazilib unda 1 sm qo‘yiladi. 13. O2a chiziq o‘rtasidan yuqoriga perpendikulyar o‘tkazilib unda 1 sm qo‘yiladi. 14. Oa chiziq o‘rtasidan yuqoriga perpendikulyar o‘tkazilib unda 1,5 sm qo‘yiladi. 15. O, 1,5 sm, a, 1 sm, O2, 1 sm, O1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 16. EE2 chiziq o‘rtasidan perpendikulyarda pastga, E2E1 chiziq o‘rtasidan perpendikulyarda yuqoriga 1 smdan qo‘yiladi. 17. E, 1 sm, E2, 1 sm, E1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi. 18. EE3 = EE2:2 (taqilma o‘rni). 19. E3E4 = 6—8 sm (taqilma uzunligi). 3). Bolalar ko‘ylagida uchraydigan yoqalar Yaxlit qaytarmali tik yoqa (22-rasm, b) 1. Тo‘g‘ri burchak chizilib burchakka A nuqta qo‘yiladi. 2. AA1 = BnYaA+(0,5-1)=14,5+(0,5-1)=15 sm (yoqa uzunligi). 3. Aa = 1—2 sm (yordamchi nuqta). 4. a nuqta A1 nuqta bilan birlashtiriladi va 3 bo‘lakka bo‘linadi hamda I, II nuqtalar bilan belgilanadi. 5. I nuqtadan yuqoriga 0,3 sm qo‘yiladi. 6. A1 va II nuqtalar orasiga 2 ga bo‘linib pastga 0,2 sm qo‘yiladi. 7. a, 0,3 sm, II, 0,2 sm, A1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi (o‘tkazma chizig‘i). 8. A1 nuqtadan yuqoriga vertikal chiziq o‘tkaziladi. 9. aa1 = 7-8 sm (yoqa kengligi). 10. a1 nuqtadan gorizontal chiziq o‘tkazilib A1 nuqtadan o‘tkazilgan vertikal bilan kesishgan nuqta V bilan belgilanadi. 11. VV1 = 3—5 sm (yoqaning uchi). 12. A1A2 = 2—2,5 sm (o‘tim haqi). 13. A2A3 = 0,5-1 sm (yordamchi nuqta). 14. A1A4 = 2-2,5 sm (yoqaning tik qismi). 15. a2A4 chiziq o‘tkaziladi, ya’ni aA1 chizig‘iga parallel qilib o‘tkaziladi. 16. A4 nuqta V1 nuqta chizg‘ich bilan birlashtiriladi. 17. A4 nuqta A3 nuqta bilan ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi. Ochiq bortli qaytarma yoqa (22-rasm, v) 1. Тo‘g‘ri burchak chizilib burchakka A nuqta qo‘yiladi. 2. AA1 = BnYaA+1 = 14,5+1 = 15,5 sm (yoqa uzunligi). 3. A1 nuqtadan yuqoriga vertikal chiziq o‘tkaziladi. 4. A1A2 = 1 sm (yordamchi nuqta). 5. AA3 = AA1:2 (yoqaning o‘rtasi). 6. A, A3, A2 nuqtalar ravon egri chiziq yordamida tutashtiriladi. 7. AV = A1V1 = 7-8 sm (yoqa kengligi). 8. V1V2 = 3-5 sm (yoqa uchi). 9. V2 nuqta A2 nuqta bilan birlashtiriladi. 10. VV3 = 1 sm (yoqa kengligini to‘g‘rilash). 11. V3 nuqta V1 nuqta bilan birlashtiriladi. 22-rasm. Mavzu bo’yicha nazorat savollari: 1). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash uchun asosiy o’lchovlarni ayting. 2). O’g’il bolalar ko’ylagini to’r qismi qanday loyihalanadi? 3). O’g’il bolalar ko’ylagining ort bo’lak chizmasini tushuntiring. 4). O’g’il bolalar ko’ylagining old bo’lak chizmasini tushuntiring. 5). O’g’il bolalar ko’ylagining o’tkazma yeng chizmasini tushuntiring. 6). Bolalar ko’ylagida uchraydigan yoqalarning turlarini ayting. 5-amaliy mashg’ulot. Bolalar kiyimlarining tavsifi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar kiyimini loyihalash. Reja: 1). Bolalar kiyimlarining tavsifi. 2). Yangi tug’ilgan chaqaloqlar kiyimini loyihalash. 1). Bolalar kiyimlarining tavsifi. Bolalar kiyimini loyihalash bolalarning jismoniy rivojlanishi, psixologiyasi, fiziologiyasi va pedagogika sohasida maxsus bilimlarni talab qiladi. Bolalar kiyimi o`zining ko`rkamligi, chiroyli bichimi, rangi, guli va strukturasi jihatidan to`gri tanlanganligi bilan kishi nazarini o`ziga tortishi, zavqlantirishi lozim. Avvalombor u qulay, engil, sodda va bolalar harakatiga erkinlik yarata berishi lozim. Bolalar kiyimining tarbiyaviy roli ham muhim ahamiyatga egadir. Chiroyli kiyim bola kayfiyatini kutaradi, ozodalikga, sarfa-sarishtaga o`rgatadi. Bolalar kiyimini siluetini va geometrik shaklsini tanlashda, avvalo ularning tana proportsiyalarini e`tiborga olish lozim. Bolalar kiyimi: I-chaqaloqlar kiyimi; P-yasli yoshdagi bolalar kiyimi; III-maktabgacha tarbiya yoshdaгi bolalar kiyimi; IY-kichik maktab yoshdagi bolalar kiyimi va Y-o`smirlar va katta maktab yoshdagi bolalar kiyimiga bo`linadi (1-jadval). Chaqaloqlar va yasli yoshidagi bolalar kiyimi keng, kiyilishi oson bo`lishi kerak, tikish choklari mumkin qadar kam bo`lishi lozim. Bunday kiyimlarni tayerlashda tabiiy tolali materiallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kichik maktab yoshdagi bolalar kiymini loyihalashda tarbiyaviy maqsadni oldinga surish kerak: kattalar yordamisiz kiyimni kiyib-echishni o`rgatish, ozodalikga da`vat etish. Bu yoshdagi qizlar kiyimining silueti asosan to`gri, trapetsiya shaklidagi va tanaga qisman yopishib turadigan siluetli bo`ladi. 7 dan 14 yoshgacha bolalar organizmining intensiv rivojlanishi kuzatiladi, va shu davrdan boshlab o`gil va qiz bolalarning tana tuzilishi farq qila boshlanadi. Maktabga borish bilan birga bolalar uchun yangi mashgulotlar vujudga qiladi, ular mustaqil bo`lishadi, mehnat va sportga qiziqish paydo etadilar. Bu yoshdagi bolalar kiymi uzining shaklsi, materiallari, bichimi jixatdan rang-barang bula boshlaydi. Tavsiya etiladigan siluetlar bular uchun: tanaga yopishiб turadigan, "trapetsiya" va to`gri siluetlardir. Kiyim englari bichimi reglan, yaxlit bichilgan va o`mizgа o`tkazma englar tavsiya etiladi. O`smir va katta maktab yoshdagi bolalar figurasi intensiv rivojlana boshlaydi. qiz bolalar ko`kraki va bo`tqa qismlari aniq ajralib turadi; o`gil bolalarning esa elka qismi keskin rivojlana boshlaydi, ular ko`rkamlashadilar. Bu yoshdagi bolalar kiyimida kattalar kiyimining moda xususiyatlarga tez-tez uchraydi va ularning kiyimi kattalar kiyimiga tobora uxshab boradi. Lekin sport tipida kiymlar bu eshdagi bolalarning eng sevimli kiyimi hisoblanadi. Bolalar kiyimining baza asosi konstruktsiyasini kurishi kattalar kiymiga uxshash kilib olib borilsa-da, ularning xar bir gurux eshga mansub bulgan tana tuzilishi va proportsiyalarini nazarda tutish lozim. Bolalar kiyimini konstruktsiyalashda odatda tukislik uchun beriladigan kushimcha xaklar mikdori kattalar kiymiga nisbatan kattarok olinadi va ular kiym silueti, materiallar xossalari, model xususiyatlariga karab tanlanadilar. 2). Yangi tug’ilgan chaqaloqlar kiyimini loyihalash. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bosh uzunligi tana uzunligining 1/4 qismini tashkil qilsa, o‘smir bolalarda esa 1/8 qismiga teng. Chaqaloqlarda bo‘yin kalta, qorin chiqqan va uzun, oyoq qo‘lga nisbatan kalta bo‘ladi. Bolalarni o‘sish davrida gavda qismlari bir tekisda rivojlanmaydi. Qo‘l va oyoqlar tez o‘sadi, o‘smirlik davriga kelib oyoq 5 marta, qo‘l 4 marta uzaygan bo‘ladi. Тana qismi esa sekinroq o‘sadi. O‘smir yoshiga kelib tana 3 marta, bosh qism esa 2 marta kattalashgan bo‘ladi. Bolalarda bo‘yning o‘sishi 5-7, 10-11, 13-16 yoshlarda juda sezilarli bo‘ladi. Yosh bolalarda muskullar kam rivojlangan, yuz terilari yumshoq, teri silliq, yonoqlari dumaloq shaklda bo‘ladi. Chaqaloqlar kiyimi. Bunga bir yoshgacha bo‘lgan bolalar kiradi. Ularning boshi katta, qo‘llari uzun bo‘ladi. Bolani bosh aylanasi, ko‘krak aylanasiga teng. Bu yoshdagi bolalar 6-8 oy vaqtini krovatda o‘tkazadi, shuning uchun ularga oddiy, yengil, yaxshi yuviladigan, yaxshi dazmollanadigan, shu asosda o‘zini xususiyatini yo‘qotmay digan kiyim kerak. Chaqaloqning birinchi kiyimi yaktakcha, ustki kiyim, bosh kiyim va ishton. Bu kiyimlarning yaxshi tomoni shundaki, u erkin, oddiy bichimli, kam ishlov beriladigan va oson bezaladi. Yaktakcha qornining pastigacha davom etadi, bola o‘tirishni boshlaganida unga ishton kiydiriladi. Chaqaloqning ustki kiyimi yengil, issiq, yengsiz, kapyushonli, etagi kengaygan, odatda erkin (harakat uchun), bosh kiyim ham bo‘shroq bo‘ladi (bolani boshi erkin harakatlanishi uchun). Gazlamalar chaqaloqqa yorug‘lik, tozalik baxsh etadi. Bolalar qalpoqchasini loyihalash (b). Qalpoqchani orqa qismini loyihalash. Тo‘g‘ri burchak chizilib, burchagiga A nuqta qo‘yiladi va qalpoqcha tomonlari qiymatlari AV = AG = BshYaA:2+3 = 12 sm (bu erda 3 sm hamma razmerlar uchun bir xil) belgilangach A, V, G, S nuqtalardan kvadrat hosil qilib chiziladi. Kvadratning hamma tomonlari ikkiga bo‘linib, 1, 2, 3, 4 nuqtalar bilan belgilanadi, ya’ni AV:2 =12:2 = 6 sm. Burchak A va V nuqtalardan bissektrisa chiqazib, unga 2 sm qo‘yiladi va mos ravishda 5, 6 nuqtalar bilan belgilanadi. G7 = 2 sm (o‘ng tomonga), S8 = 2 sm (chap tomonga) yordamchi nuqtalar belgilanadi, ya’ni ensa qismining kengligi hosil qilinadi. So‘ngra 7, 4, 5, 1, 6, 2, 8 nuqtalar ravon aylana egri chiziq bilan tutashtiriladi. Doimiy qiymat bo‘lgan ensa qismining ko‘tarilishini 33_ = 0, 5 sm yuqoriga ko‘tariladi va 7, 3_, 8 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. Qalpoqchaning old qismi loyihalash. Тo‘g‘ri burchak chizilib, uning burchagi A nuqta bilan belgilanadi. Qalpoqcha tepa qismining o‘lchangan uzunligi AV = 18 sm ni yon tomonga, qalpoqcha kengligini esa AG = BshYaA:2 = 9 smni esa past tomonga o‘lchab qo‘yilgach, AVGD to‘g‘ri to‘rtburchak chizib olinadi. Yordamchi nuqtalar AA1 = AV:2 = 18:2 = 9 sm topib olinadi. A burchakdan bissektrissa chiqazilib unga 1 sm qo‘yiladi va 1 nuqta bilan belgilanadi. Yordamchi nuqta G2 = 1 sm belgilangach, D, 2, 1, A1 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi. Mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari: 1). Bolalar kiyimlarining tavsifini ayting. 2). Bolalar gavdasining mutanosibligi deganda nimani tushunasiz? 3). Chaqaloqlarning yoshi qanchagacha bo’lishi mumkin? 4). Bolalarning Yoshi bo’yicha guruhlanishini ayting. 5). Chaqaloq kiyimlari haqida nimani bilasiz? Nazorat uchun test savollari: 1). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash uchun BnYaA, KY aA, Yel A qiymatini ko’rsating? a). 14,5 sm; 32 sm; 19 sm. b). 15 sm; 30 sm; 18 sm. c). 16 sm; 28 sm; 20 sm. d). 15,5 sm; 34 sm; 17 sm. 2). O’g’il bolalar ko’ylagining BnB1=OrbI (ort bo’lakda bel chizig’i) necha sm bo’lishi kerak? a). 31 sm; b). 30 sm; c). 28-30 sm; d). 32 sm. 3). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalashda ort bo’lak chizmasida B1Ye=OrbI (yelka chizig’i) ni aniqlovchi nuqta necha sm bo’lishi kerak? a). 31 sm; b). 28 sm; c). 30 sm; d). 32 sm. 4). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalashda old bo’lak chizmasida Bn4 Bn5= Bn Bn2 (bo’yin o’mizi kengligi) necha sm bo’lishi kerak? a). 5,8 sm; b). 5,5 sm; c). 6 sm; d). 5-6 sm. 5). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalashda o’tkazma yeng chizmasida AE=YeU (yeng uzunligi) necha sm bo’lishi kerak? a). 39 sm; b). 36-37 sm; c). 38 sm; d). 40-41 sm. 6). Bolalar ko’ylagida uchraydigan yaxlit qaytarmalitik yoqada AA1 (yoqa uzunligi) necha sm bo’lishi kerak? a). 15 sm; b). 14 sm; c). 16 sm; d). 16-17 sm. 7). Bolalar ko’ylagida uchraydigan ochiq bortli qaytarma yoqaning kengligi AV necha sm bo’lishi kerak? a). 7-8 sm; b). 6-7 sm; c). 8-9 sm; d). 9-10 sm. 8). Bolalar ko’ylagida uchraydigan qaytarma tik yoqaning tik qismi A1A4 necha sm bo’lishi kerak? a). 2-2,5 sm; b). 1,5-2 sm; c). 2,5-3,0 sm; d). 3-4 sm. 9). Bolalar ko’ylagini loyihalashda o’tkazma yeng chizmasida yeng kengli AA1 necha sm bo’ladi? a). 26 sm; b). 25 sm; c). 27 sm; d). 24-25 sm. Topshiriqlar va mustaqil ish: Quyidagi “O’g’il bolalar tungi ko’ylagini loyihalash.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru 6-modul. 6.Mavzu: Belli kiyimlar tasnifi. Turli xil yubkalar loyihalash va texnik modellash. Reja: 1). Belli kiyimlarni loyihalash va texnik modellash to’g’risida tushunchalar. 2). Bo’lakli yubkalarni loyihalash. 3). Ayollar shimlarini loyihalash. 4). Yubkalarni texnik modellash. 1). Belli kiyimlarni loyihalash va texnik modellash to’g’risida tushunchalar. Belli kiyimlarga yubkalar, shimlar, shortik, lozim, yubkashimlar kiradi. Yubkalar bichimiga ko‘ra: to‘g‘ri bichimli, etagiga kengaygan bo‘lishi mumkin. Тo‘g‘ri bichimli yubkalar o‘z navbatida: to‘g‘ri bichim, etagiga toraygan, etagiga bir oz kengaygan shakllariga ega bo‘ladi. Bunday yubkalar shaklini beldagi burmalar, gir aylangan taxlamalar, koketkali yubkalar hisobiga hosil kilish mumkin. Etagiga kengaygan yubkalarga: bo‘lakli va quyosh, yarim quyosh yubkalar kiradi. Yubkalarni bezak baxyaqator, tasma, tugmacha, kashtalar va hokazolar bilan bezash mumkin. Yubka taqilmasiga „molniya“ tasma, ilgak, tugmalar bilan ishlov berish mumkin. . Тo‘g‘ri bichimli yubka chizmasi Тurli fasondagi yubkalarning loyihasini yaratish uchun ikki chokli to‘g‘ri bichimli yubka loyihasining asosi ishlatiladi. Bu yubkani loyihalash uchun gavdadan olingan quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi. BlYaA = 38 sm QBl = 1 sm BkYaA = 53 sm QBk = 2 sm YuU = 72 sm OrBU = 42 sm Yubkaning to‘r qismi (23-rasm) Qog‘ozning chap tomon burchagiga Bl nuqta qo‘yilib, undan pastga vertikal chiziq o‘tkaziladi. 1. BlE = YuU = 72 sm (yubka uzunligi). 2. BlBk = OrBU:2-1 = 42:2-1 = 20 sm (bo‘ksagacha bo‘lgan oraliq). 3. Bl, Bk, E nuqtalaridan gorizontallar o‘tkaziladi. 4. BkBk1 = BkYaA+QBk = 53+2 = 55 sm (yubkaning bo‘ksa chizig‘idagi kengligi) 5. Bk1-nuqtasidan vertikal o‘tkaziladi; Bl1, E1, Bk1 nuqtalar belgilanadi. 6. BkBk2 = (BkYaA+QBk):2-1 = (53+2):2-1 = 26,5 sm (yon chokining o‘rni). 7. Bk2 nuqtadan yuqoriga va pastga vertikal o‘tkaziladi vertikalning bel va etak chiziqlari bilan kesishgan nuqtalari Bl2, E2 bilan belgilanadi. Yubkaning old va orqa bo‘laklari 8. BkBk3 = 0,4 BkBk1 = 0,4x26,5 = 10,6 sm (Orqa bo‘lak vitochkasining o‘rni). 9. Bk3 nuqtadan yuqoriga vertikal o‘tkaziladi va bel chizig‘i bilan kesishgan joyga Bl3 nuqta qo‘yiladi. 10. Bk1Bk4 = 0,4 Bk1Bk2 = 0,4x28,5 = 11,4 sm (Old vitochkaning o‘rni). 11. Bk4 nuqtadan vertikal o‘tkaziladi va bel chizig‘i bilan kesishgan joyga Bl4 nuqta qo‘yiladi. 12. Summa V = (BkYaA+QBk) - (BlYaA+QBl) = (53+2)— (38+1) = 16 sm (vitochkalarning umumiy qiymati). 13. Vitochkalarning taqsimlanishi: a) Bl5Bl6 = 0,6 x summa V = 9,6 sm (yon tomon vitochkasi); b) Bl7Bl8 = 0,2 x summa V = 3,2 sm (orqa bo‘lak vitochkasi); v) Bl9Bl10 = 0,2 x summa V = 3,2 sm (old bo‘lak vitochkasi). Bu qiymatlar yarmini vitochkalarning o‘rta chizig‘idan bir tomonga, qolgan yarmini ikkinchi tomonga o‘lchab qo‘yiladi. 14. Beldagi nuqtalar orqa bo‘lak va old bo‘lak vitochkalarining pastki uchlari bilan to‘g‘ri chiziqlar orqali birlashtiriladi. 15. Bl5Bl51 = Bl6Bl61 = 0,5-1 sm (bel chizig‘i). 16. Bl51 nuqta Bl nuqta bilan Bl61 nuqta Bl1 nuqtalar bilan birlashtiriladi bel vitochkalari shu chiziqqacha davom ettiriladi. 23-rasm. To’g’ri bichimli yubka chizmasi. 2). Bo’lakli yubkalarni loyihalash. Yubka bo‘laklari soni har xil bulishi mumkin, lekin juft son (4, 6, 8, 12) bo‘lgani ma’qul; taqilmasi chap yonda yoki old va orqa bo‘laklar o‘rtasida bo‘lishi mumkin. Тaqilma tikish uchun eni 3—4 sm, bo‘yi 25 sm qo‘shimcha taqilma haqi chiqariladi. Misol tariqasida olti bo‘lakli yubkani loyihalashni ko‘rib chiqamiz. Qolgan bo‘lakli yubkalarni loyihalash xuddi shu tarzda bo‘ladi, faqat bel va bo‘ksadagi qiymatlar bo‘lak soniga qarab bo‘linadi. Olti bo‘lakli yubkani loyihalash (24-rasm) Bu yubkani loyihalash uchun gavdadan olingan quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi: BlA = 76 sm QBl = 2 sm BkA = 106 sm QBk = 4 sm YuU = 70 sm. 1. Qog‘ozning yuqori o‘rta qismida Bl nuqtani belgilab, undan pastga vertikal chiziq o‘tkaziladi. 2. BlE = YuU = 70 sm (yubka uzunligi). 3. BlBk = 18—20 sm (bo‘ksa chizig‘i). 4. Bl, Bk, E nuqtalardan gorizontal chiziq o‘tkaziladi. 5. Bl1Bl2 = (BlA+QBl):6 = (76+2):6 = 13 sm (beldagi kenglik). 6. BlBl1=BlBl2=Bl1Bl2 : 2 =13:2 = 6,5 sm (beldagi kenglikning yarmi). 7. BlBl3 = 0,5—1 sm (bel chizig‘ining tushishi). 8. Bl1, Bl3, Bl2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 9. Bk1Bk2=(BkA+QBk):6=(106+4): 6=18 sm (bo‘ksadagi kenglik). 10. BkBk1=BkBk2=Bk1Bk2:2=18:2 =9 sm (bo‘ksadagi kenglikning yarmi). 11. Bl1, Bk1 nuqtalar va Bl2, Bk2 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi va etak gorizontal chizig‘I bilan kesishguncha davom ettiriladi. Mos ravishda E1, E2 nuqtalar bilan belgilanadi. 12. Bl1E3 = Bl2E4 = Bl3E (o‘rta chiziqni chizmadan o‘lchab, yon tomon uzunliklari belgilab olinadi). 13. E3, E, E4 ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 14. Etak qismini modelga qarab kengaytirish mumkin. 24-rasm. Olti bo’lakli yubka chizmasi. Quyosh yubkalarni loyihalash Bunday yubkalar etak qismidagi kengayishi bo‘yicha eng katta miqdorni egallagan va bo‘ksa chizig‘ida esa bo‘ksa kengligi chegaralanmagan bo‘ladi. Bunday yubkalarni loyihalash uchun quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi. BlYaA = 38 sm YuU = 70 sm QBl = 1 sm „Yarim quyosh“ yubkani loyihalash (25-rasm, a) 1. Тo‘g‘ri burchak chizilib, uning burchagiga O nuqta ko‘yiladi. 2. R1=(BlYaA+QBl):3x2-2=24 sm (bel chizig‘igacha bo‘lgan oraliq). 25-rasm. Quyosh yubkalar chizmasi. 4. R2 = R1+YuU=24+70=94 sm (etak chizigigacha bo‘lgan oraliq) 4. Bichish jarayonida yubkaning bo‘y iрi gazlamaning bo‘y iрiga nisbatan 45° bo‘lishini e’tiborga olgan holda, buning natijasida gazlamaning cho‘zilishi yuzaga kelib, yubka etak qismining uzayishi sodir bo‘ladi. Shuning uchun E2E3 = 1,5—3 sm (etak qismining ko‘tarilishi, bu qiymat gazlamaning xossasiga bog‘liq). 5. E1, E3, E nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. „Quyosh“ yubkani loyihalash (25-rasm, b) 1. Тo‘g‘ri chiziqda O nuqta belgilanib, O nuqtadan pastga perpendikulyar o‘tkaziladi. 2. R1 = BlYaA:3-1 = 38:3-1 = 12 sm (bel chizig‘igacha bo‘lgan oraliq). 3. R2 = R1+ YuU = 12+70 = 82 sm (etak qismigacha bo‘lgan oraliq). Yubkaning etak qismi huddi „yarim quyosh“ yubkanikiga o‘xshab chiziladi. 3). Ayollar shimlarini loyihalash. Ayollar shimlarini loyihalash Yoshlarni sevib kiyadigan kiyimlaridan biri shim hisoblanadi. Shimlar kostyumning bir qismi yoki alohida kiyim bo‘lib xizmat qiladi. Shim — ish, sport bilan shug‘ullanish va dam olish uchun qulay kiyimdir. Shimning modellari juda xilma-xildir. Vazifasiga ko‘ra shimlar kundalik — ishda va uyda kiyiladigan, ko‘chalik, sport va maxsus ishlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shimning uzunligi, kengligimodaga asosan o‘zgarib turadi. Shimlar butun uzunasi bo‘ylab keng yoki ma’lum joylari (bo‘ksa, tizza, pochasi) kengaygan bo‘lishi mumkin. 26-rasm. Shim, yubka-shim shortik modellari. Masalan: son qismi kengayib, pocha toraygan shimlar banan shimlar deyiladi. Aksincha, ya’ni son qismi tor, pocha qismi keng bo‘lsa, kengaygan shimlar, baravar kengaysa sharvarlar deyiladi. Boldirgacha uzunlikdagi shim golf, tizzagacha bo‘lsa bermudi, songacha uzunlikda bo‘lsa shortik deyiladi (26-rasm). Shimlar belbog‘siz, enli, ensiz belbog‘li, kamar taqish uchun turli shakldagi kamar tutkichlar, yon chokli yoki yon choksiz, pochasi manjetli yoki manjetsiz qilib tikilgan bo‘lishi mumkin. Shimda chokdagi yoki qoplama cho‘ntaklar ko‘p uchraydi. Shimning asosiy detallari old va orqa bo‘laklari vitochkali yoki mayda taxlamali, tizza atrofida kesmali, turli shakldagi koketkali bo‘lishi mumkin. Shim asosan jun va lavsan aralash jun tolali gazlamalardan, zich to‘kilgan vilvet, selon, jinsi gazlamalardan tikiladi. Ayollar shimi erkaklarnikidan taqilmasi, gazlamaning rangi va bezaklari bilan ajralib turadi. Shim asosini loyihalash uchun quyidagi gavdadan olingan o‘lchovlar kerak bo‘ladi. BlYaA = 38 sm BkYaA = 52 sm ShU = 100 sm ShТU = 51 sm BkB = 27 sm SA = 54 sm Pk = 22-26 sm (modaga qarab o‘zgarib turadi). QBl = 1 sm QBk = 1 sm (kengroq qurishi uchun QBk = 2 sm bo‘ladi). 4). Yubkalarni texnik modellash. Yubkalarni texnik modellashtirishda ham ko‘ylakni yuqori qismini modellashtirishdagi qoidalariga rioya qilinadi. Yubkaning etak tomoni beldagi vitochkalarni etak chizig‘iga ko‘chirish, taxlamalar hosil qilish, gode singari juda ko‘p usullar bilan kengaytiriladi. Vitochkani beldan etak chizig‘iga ko‘chirish yo‘li bilan yubkaning etak tomonini kengaytirish eng ko‘p tarqalgan usullardan hisoblanadi. To‘g‘ri yubkalarni etak qismiga kengaytirishning usullaridan yana biri uning old va ort bo‘laklarida ayrim qismlarni ajratib olib, shu qismlarni etak tomonga kengaytirishdir (27-rasm, a). To‘g‘ri yubkaning loyiha asosi chizmasining old va ort bo‘laklarida bo‘ksa chizig‘ida ovalsimon va etak tomoniga to‘g‘ri ketgan qism ajratib olib, unda shu qismning yuqorigi egriligidan yubka etagigacha qirqiladigan chiziq o‘tkaziladi, keyin shu chiziq bo‘ylab yuqori egri chizig‘iga 0,3—0,5 sm qolguncha qirqib, yubkaning etak chizig‘i bo‘ylab surib kengaytiriladi. Hosil bo‘lgan detallarni qog‘ozga to‘g‘nog‘ich bilan to‘g‘nab bo‘rlanadi, etak qismining kengayish o‘rni belgilanadi, yangi andoza qirqib olinadi. Bunday modeldagi yubka bo‘ksa qismida gavdaga yopishib, etak qismi chiroyli burmalanadi. Bichishda yubkaning shu qismi old va ort bo‘laklari simmetriya chiziqlarini gazlama asos iрi bo‘ylab yoki asos iрiga 45° burchak ostida joylashtiriladi. Etak tomoni kengaytirilgan yubkaning shunday yo‘l bilan olingan loyihasi quyosh yubka, „yoysimon“ yubka, beli burma yubka va etak tomoni bo‘ylab kengaytirilgan yubkalar loyihasini tuzishga asos bo‘ladi. Bu yubkalarning loyihasini hosil qilish uchun, yuqorida aytib o‘tilgan to‘g‘ri yubka asosi chizmasiga qo‘shimcha qirqish chiziqlari o‘tkaziladi. Shu belgi chiziq bo‘ylab qirqib, har qaysi bo‘lakni uning yon qirqimi simmetriya chizig‘iga nisbatan turli burchak ostida bo‘lib qolguncha soat mili yo‘nalishida suriladi. “Fantaziyali“ yubka „Fantaziyali“ yubkalarda turli simmetrik, asimmetrik burmalar, qirqmalar, taxlamalar bo‘ladi, shuningdek, ular ko‘p qavatli ham bo‘lishi mumkin. Bunday yubkalarning loyihasi tegishli bichimli (to‘g‘ri, etak tomoni kengaytirilgan, gode, etak tomoni toraytirilgan va hokazo) yubka loyihasi asosida ishlab chiqiladi. „Fantaziyali“ yubkaning ko‘pgina variantlaridan birining texnik modellash tartibi 27-rasm, b da ko‘rsatilgan. Asos chizmasida murakkab shakldagi qirqma chiziqlari, ya’ni fason chiziqlarining joylanishi belgilab olinadi. Rasmdagi modelda yubkaning old bo‘lagi o‘rta chizig‘iga burchak ostida o‘tkazilgan koketka chizig‘i va yon tomondagi cho‘ntak o‘rni chiziqlari, keyin burmalar o‘rnining belgi chiziqlari o‘tkaziladi. So‘ngra koketka va cho‘ntak qismi qirqib olinadi (27-rasm, b da 2 va 3 detallar). Beldagi vitochkalarni bekitib, ularni qirqma yoki burma chizig‘iga ko‘chiriladi (27-rasm, b). Belgilangan burma chiziqlari bo‘ylab yon chiziqda 0,3—0,5 sm qolguncha qirqiladi-da, yon qirqim chizig‘ining uzunligini saqlab qolib, surib burma ochiladi. Hosil bo‘lgan detallarni qog‘ozga to‘g‘nog‘ich bilan to‘g‘nab bo‘rlanadi, burma o‘rni belgilanadi, yangi andoza qirqib olinadi. Burma, taxlamalarning yo‘nalishi hamda chuqurligi va boshqalar ixtiyoriy aniqlanadi. 27-rasm. Tayyor modeldagi burma va taxlama tashqi ko‘rinishi va uning eskizining birbiriga mosligining loyihasi tayyorlovchining tajribasiga bog‘liq. Shuning uchun olingan andozani oldin maket gazlamada tekshirib ko‘rib, keyin modelni asosiy gazlamadan bichishga o‘tilgani ma’qul (Yubkalarni modellashtirish 3-ilovada ham berilgan). Mavzu bo’yicha nazorat savollari: 1). Belli kiyimlarga nimalar kiradi? 2). To’g’ri bichimli yubkalar uchun qanday o’lchovlar kerak? 3). Bo’lakli yubkalarni loyihalash qanday amalga oshiriladi? 4). Ayollar shimlarini loyihalash turlarini ko’rsating. 5). Yubkalarni texnik modellash to’g’risida nimalarni bilasiz? 6-amaliy mashg’ulot. Qiz bolalar kiyimlarini loyihalash va modellashtirish. Reja: 1). Yosh qizchalar ko’ylagining konstruksiyasini qurish. 2). Texnik modellashtirish jarayoni haqida ma’lumot. 3). Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini modellashtirish. 1). Yosh qizchalar ko’ylagining konstruksiyasini qurish. Yosh qizchalar ko‘ylagining asosiy andaza chizmasidan foydalanib, turli fasondagi ko‘ylaklar bichish va tikish mumkin. Andaza chizmasini chizish uchun quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi. 32-razmer: Ko‘ylak uzunligi. To‘g‘ri burchak chizib, uchiga A harfi qo‘yiladi. A nuqtadan pastga 55 sm uzunlikda Di=55 sm chiziq tushirib, uchiga N nuqta qo‘yiladi. N nuqtadan o‘ngga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq tortiladi. Yeng o‘mizining chuqurligi. A nuqtadan pastga 15,7 sm o‘lchab, G nuqta qo‘yiladi, AG=Sg:3+5=32:3+5=15,7 sm va G nuqtadan o‘ngga ixtiyoriy uzunlikda chiziq tortiladi. Bel chizig‘i. A nuqtadan pastga 28 sm o‘lchab, T nuqta qo‘yiladi BU orqa=28 sm, va undan o‘ngga ixtiyoriy uzunlikda chiziq tortiladi. Orqaning kengligi. G nuqtadan o‘ngga 14,7 sm o‘lchab, G1 nuqta qo‘yiladi GG1 =Sg:3+4=32:3+4=14,7 sm. G nuqtadan yuqoriga to‘g‘ri chiziq chiqarilib, uning yuqori gorizontal chiziq bilan kesishgan nuqtasi P harfi bilan belgilanadi. Yeng o‘mizining kengligi. G1 nuqtadan o‘ngga 10 sm o‘lchab, G2 nuqta qo‘yiladi G1G2=Sg:4+2=32:4+2=10 sm. G2 nuqtadan yuqoriga ixtiyoriy uzunlikda to‘g‘ri chiziq chiqariladi. Ko‘ylakning ko‘krak chizig‘i bo‘yicha kengligi. G nuqtadan o‘ngga 40 sm o‘lchab, G3 nuqta qo‘yiladi GG3=Sg+8=32+8=40 sm. G3 nuqtadan yuqoriga va pastga tik chiziq chiqarilib, bu chiziqning bel chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi T1, etak chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi N1 belgilab olinadi. Ko‘ylakning oldingi lifining balandligi. G3 nuqtadan yuqoriga 17,7 sm o‘lchab, Sh nuqta qo‘yiladi G3Sh=AG+2=15,7+2=17,7 sm. Sh nuqtadan chapga, G2 nuqtadan chiqqan tik chiziq bilan kesishadigan qilib, gorizontal chiziq chiziladi va ularning kesishgan nuqtasi P1 bilan belgilanadi. Yon chok tushadigan chiziq. G1 nuqtadan o‘ngga 3 sm o‘lchab, G4 nuqta qo‘yiladi. G4 nuqtadan pastga yordamchi chiziq tushirilib, yordamchi chiziqning etak chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi T2 bilan belgilanadi. Ko‘ylak orqasini chizish Yoqa o‘mizi. A nuqtadan o‘ngga 5,2 sm o‘lchab R qo‘yiladi AR=Ssh:3+0,5=14:4+0,5=5,2 sm. Bu nuqtadan 1,5 sm yuqoriga Sh1 nuqta o‘yiladi RSh1=1,5 sm. A nuqta Sh1 nuqtaga botiq egri chiziq yordamida tutashtiriladi. Yelka qiyaligi. P nuqtadan pastga 2 sm o‘lchab 2 raqami qo‘yiladi. Yelka chizig‘i. Sh1 nuqtadan o‘ngga yelka qiyaligidan 2 nuqta tomon 10 sm uzunlikda chiziq tortib, uchiga P2 nuqta qo‘yiladi Sh1P2=Shp+1=9+1=10 sm. Yeng o‘mizi. G1 nuqtadan, burchakni o‘rtasidan bo‘ladigan qilib 2 sm uzunlikda chiziq chiqariladi. O‘miz chizig‘i P2 nuqtani G4 nuqtaga tutashtiradi, bu chiziq PG1 chizig‘iga urinib 2 nuqta orqali o‘tadi. Yon chok tushadigan chiziq. T2 nuqtadan 1 sm o‘ngga 1 raqami qo‘yiladi. G4 va 1 nuqtalari orqali pastga NN1 chizig‘igacha to‘g‘ri chiziq tushirilib, uning NN1 chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi N3 bilan belgilanadi. Etak chizig‘i. N3 nuqtadan 1 sm yuqoriga 1 raqami qo‘yilib, N nuqta 1 nuqtasiga tutashtiriladi. Ko‘ylakning oldini chizish Yoqa o‘mizi. Sh nuqtadan chapga 5,2 sm o‘lchab Sh2 nuqta qo‘yiladi ShSh2=Ssh:3+0,5=14:3+0,5=5,2 sm. Sh nuqtadan pastga 6,2 sm o‘lchab Sh3 nuqta qo‘yiladi ShSh3=Ssh:3+1,5=14:3+1,5=6,2 sm. Sh2 nuqta Sh3 nuqta bilan punktir chiziq yordamida tutashtirilib, punktir chiziq teng ikkiga bo‘linadi va bo‘lish nuqtasidan 1,5 sm pastga 1,5 nuqtasi qo‘yiladi. O‘miz chizig‘i Sh2, 1,5 va Sh3 nuqtalari orqali o‘tadi. Yelka chizig‘i va vitochka. Sh2 nuqtadan 3 sm chapga P3 nuqtasi qo‘yiladi. G3 nuqtadan chapga 7,2 sm o‘lchab, G5 nuqta qo‘yiladi Sh2P3=ShSh2+3-1=7,2 sm. P3 nuqta G5 nuqtaga tutashtiriladi. G5 nuqtadan yuqoriga 4 sm o‘lchab, V nuqta qo‘yiladi. P3 nuqtadan 1 sm pastga V1 nuqta qo‘yilib, V1 nuqta Sh2 nuqtaga tutashtiriladi va P1 nuqtadan o‘ngga 2 sm o‘lchab, P4 nuqta qo‘yiladi. P4 nuqta V nuqtaga tutashtirilib, V nuqtadan yuqoriga P4 nuqta tomon VV1 chiziq uzunligiga teng chiziq chiqariladi va uchiga V2 nuqta qo‘yiladi. Vitochkaning ikkala chizig‘i o‘zaro teng bo‘lishi lozim. V2 nuqta G nuqtaga chiziq yordamida tutashtiriladi. V2 nuqtadan chapga 6 sm o‘lchab (yelka kengligidan barcha razmerlar uchun 3 sm ayriladi 9-3=6), 6 raqami qo‘yiladi. Bu nuqtadan pastga 1 raqami qo‘yiladi. 1 nuqtasi V2 nuqtaga tutashtiriladi. Yeng o‘mizi. G2 nuqtadan 3 sm yuqoriga 3 raqami qo‘yiladi. 3 nuqtasidan yelka chizig‘idagi 1 nuqtasiga punktir chiziq bilan tutashtiriladi, punktir chizig‘i teng ikki qismga bo‘linib, bo‘lish chizig‘idan o‘ngga 1 sm chiqariladi va 1 raqami qo‘yiladi. G2 nuqtadan burchakni teng bo‘ladigan 1,5 sm uzunlikda chiziq chiqaramiz va uchiga 1,5 raqamini qo‘yamiz. Yeng o‘mizi chizig‘i 1, 1,3, 1,5 va G4 nuqtalari o‘zaro tutashtiriladi. Yon chok tushadigan chiziq. T2 nuqtadan 2 sm chapga 2 raqami qo‘yiladi, yon chiziq G4 nuqtani 2 nuqtasi orqali NN1 chizig‘iga tutashtiradi, bu chiziqlar kesishgan nuqta N4 bilan belgilanadi. Bel chizig‘i. T1 nuqtadan 2 sm pastga 2 raqami qo‘yiladi. 2 nuqtasi yon chiziqdagi 2 nuqtasiga tutashtiriladi. Etak chizig‘i. Vertikal chiziq N1 nuqtadan pastga 2 sm uzaytirilib 2 raqami qo‘yiladi. N4 nuqtadan 1 sm yuqoriga 1 raqami qo‘yilib, 1,2 nuqtalar o‘zaro tutashtiriladi. Yengni chizish Yeng uzunligi. To‘g‘ri burchak chizib uchiga A nuqta qo‘yiladi. Anuqtadan pastga 40 sm uzunlikda chiziq tushirilib, uchiga N harfi qo‘yiladi AN=Dr=40 sm. N nuqtadan o‘ngga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq tortiladi. Yeng boshining balandligi. A nuqtadan pastga 10,7 sm o‘lchab R nuqta qo‘yiladi AR=Sg:3=32:3=10,7 sm. R nuqtadan o‘ngga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq tortiladi. Yengning kengligi. R nuqtadan o‘ngga 31,3 sm o‘lchab, R1 nuqta qo‘yiladi RR1=(Sg:3+5) x2 = (32:3+5) x2=31,3 sm. R1 nuqta orqali yuqoriga va pastga vertikal chiziq chizilib, uning yuqori gorizontal chiziq bilan kesishgan nuqtasi R2 bilan, etak chizig‘I bilan kesishgan nuqtasi N1 bilan belgilanadi. Yordamchi chiziqlar. AR2 chizig‘i teng to‘rt qismga bo‘linib, bo‘lish nuqtalari O, O1 va O2 harflari bilan belgilanadi. Bu nuqtalardan pastga etak chizig‘iga yetkazib to‘g‘ri chiziqlar tushirilib, ularning etak chizig‘i bilan uchrashgan nuqtalari N2, N3 va N4 bilan belgilanadi. O nuqta R va R1 nuqtalarga punktir chiziqlar bilan tutashtiriladi. Bu chiziqlarning O1 2 chizig‘ini kesib o‘tgan nuqtasi O3 harfi bilan, O2 N4 chizig‘ini kesib o‘tgan nuqtasi O4 bilan belgilanadi. Yeng boshi. Yordamchi chiziqlar orasidagi har bir punktir chiziq teng ikki qismga bo‘linib, RO3 punktir chizig‘idan bo‘lish. nuqtasidan 1 sm pastga, O3O punktir chizig‘idan bo‘lish nuqtasidan 1 sm yuqoriga, shuningdek OO4 punktir chizig‘idagi bo‘lish nuqtasidan 1 sm yuqoriga, O4R1 punktir chizig‘i bo‘lish nuqtasidan pastga 1,5 sm o‘lchab qo‘yamiz. Keyin R nuqta R1 nuqtaga 1, O3, 1, O, 1, O4 va 1,5 narni egri chiziq bilan tutashtirib qo‘yamiz. Yosh qizlar ko‘ylak konstruksiyasini qurish. Yeng quyi chizig‘i. N nuqtasidan yuqoriga 2 sm, N3 nuqtasidan 1 sm, N4 nuqtasidan 3 sm, N1 nuqtasidan 2 sm o‘lchanadi. Quyi chiziq 2, N2, 1,3,2 nuqtalar bilan tutashtiriladi. Fasonga qarab yeng kalta qilinadi, buning uchun kalta yeng uzunligi o‘lchanib, belgilab olinadi, misolda 2-2 gorizontal chiziq kalta yeng chizig‘i hisoblanadi. 2). Texnik modellashtirish jarayoni haqida ma’lumot. Modellash — bu turli shakl va bichimdagi kiyim modelining loyihalashsini ishlab chiqaradigan murakkab ijodiy jarayondir. Тurli shakl va bichimdagi modalar loyihalashsini tuzmoqchi bo‘lgan asosiy loyihalash bazasidan olish mumkin. Bu jarayon amaliy modellash yoki odatda aytilishiga binoan texnik modellash deb ataladi. Тexnik modellash loyihalash asosini yangi model loyihasiga aylantirishdan iborat. Modelning fasoni modalar jurnalidan olinadi yoki ijrochining rasm chizib ko‘rsatgan taklifiga ko‘ra tanlanadi. Kiyimning modelga xos xususiyatlari ya’ni vitochkalar koketkalar bo‘rtma choklarning holati; bo‘ksa bel etak bort taqilma chiziqlari; cho‘ntaklar yoqa burma chiziqlari tegishli detallar loyihalashsi asosining chizmasiga ko‘chiriladi. Model chiziqlarining hammasini loyihalash asosining chizmasida xuddi model rasmidagidek joylashtirilishi kerak. Bunda ayolning gavda tuzilishining xususiyati uning mutanosibligi albatta hisobga olinishi kerak. Bu loyihalash asosining chizmasiga tushirilgan fason chiziqlari gavdaning haqiqiy mutanosibligini buzib qo‘ymasligi uchun kerak. Fason chiziqlarini bichimi mos keladigan loyihalash asosining chizmasiga tushiriladi. Masalan modelning yenglari old va ort bo‘laklar bilan yaxlit bichiladigan bo‘lsa bunda texnik modellash yenglari old va ort bo‘laklar bilan yaxlit bichiladigan loyihalash asosining chizmasida bo‘lishi kerak va hokazo. Ishlash uchun hamma asosiy detallar loyihasining baza bo‘ladigan asosini qog‘oz yoki karton andaza — shablon tarzida tayyorlab olinadi. Bu andazalarga zarur bo‘lgan simmetriya chiziqlari — ko‘krak chizig‘i, bel chizig‘i, bo‘ksa chizig‘i tushiriladi. Fasonga binoan detalning yangi shaklini detal andazani shartli bo‘laklarga bo‘lib keyin u bo‘laklarni surib asosiy vitochkalarni berkitish va ularni yangi holatga ko‘chirish yo‘li bilan hosil qilinadi. 3). Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini modellashtirish. Qiz bolalar ko‘ylaklari turli-tuman ko‘rinishlarda bo‘lib, ularning barchasida qulaylikka, sho‘xchanlikka va chiroyli bo‘lishiga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Quyida qiz bolalar ko‘ylagini modellashtirish keltirilgan. Ko‘ylak etak qismiga kengaygan, yengi fonarik, bo‘yin o‘mizi bo‘ylab yotadigan yoqa va taqilmasi ko‘ylakning orqa bo‘lagida joylashgan. Ko‘ylakda aylana shaklda koketkalar bor bo‘lib, ko‘ylakni paxta tolali gazlamalardan tikish kerak. Model chiziqlari quyidagicha kiritiladi. Ko‘ylak old va ort asosi qog‘ozga tushirib olinadi. Old va ort bo‘lak o‘rta chiziqlaridan koketkaning uzunligi belgilab olinadi. Uning uzunligini ko‘p hollarda yelka uzunligiga tenglashtiriladi. Yelka nuqtalaridan pastga yeng o‘mizi bo‘ylab 3— 4 sm qo‘yiladi va koketkaning pastki qirqimi ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. Old va ort bo‘lakdagi koketkaning pastki chiziqlari 4 bo‘lakka bo‘linadi. Bu nuqtalar orqali ko‘ylakning etak chizig‘i bilan kesishguncha chiziqlar o‘tkaziladi. Bu kesish chizig‘i hisoblanadi. Koketka qismi qirqib olinadi. Shu chiziqlar orqali etak qismi koketka chizig‘iga 0,1—0,3 sm yetmasdan qirqiladi va har bir bo‘lak orasi 4—6 sm ga kengaytiriladi. Qiz bolalar ko‘ylagi modellari. Qiz bolalar ko‘ylagini modellashtirish. Modellashtirish natijasida quyidagi detallar hosil bo‘ldi: 1 — ort etak qismi; 2 — old etak qismi; 3 — ko‘ylakning yengi; 4 — ort bo‘lak koketkasi; 5 — old bo‘lak koketkasi; 6 — ko‘ylak yoqasi. 2-ilovada qiz bolalar ko‘ylagini modellashtirish bo‘yicha namunalar keltirilgan. Mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari: 1). Yosh qizchalar ko’ylagining kanstruksiyasini tushuntiring. 2). Yosh qizchalar ko’ylagining kanstruksiyasini o’ziga xos xususiyatlarini ayting. 3). Modellash deganda nimani tushunasiz? 4). Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini modellashtirishni tushuntiring. 5). Modellashtirish natijasida qanday detallar hosil bo’ladi? Nazorat uchun test savollari: 1). Ayollar belli kiyimlariga qanday kiyimlar kiradi? a). yubkalar, shimlar, shortik, lozim, yubka-shimlar; b). yubkalar, shimlar, shortik, lozim, shimlar; c). yubkalar, shimlar, shortik, lozim, dublyonka; d). yubkalar, shimlar, shortik, lozim, kostyum-shimlar. 2). To’g’ri bichim, etagiga toraygan, etagiga biro z kengaygan kiyimlar qaysi guruhga kirishini ko’rsating? a). to’g’ri bichimli yubkalar; b). etagiga kengaygan yubkalar; c). etagiga toraygan yubkalar; d). kalta yubkalar. 3). Bo’lakli va quyosh, yarim quyosh yubkalar qaysi guruhga kiradi? a). etagiga kengaygan yubkalar; b). etagiga toraygan yubkalar; c). to’g’ri bichimli yubkalar; d). kalta yubkalar. 4). Belli kiyimlarni loyihalashda yubkaning to’r qismi chizmasida B1E yubkaning uzunligi necha sm bo’lishi kerak? a). 72 sm; b). 70 sm; c). 68-70 sm; d). 74 sm. 5). Belli kiyimlarni loyihalashda yubkaning old bo’lagi vitochkasining o’rni necha sm bo’lishi kerak? a). 11,4 sm; b). 10,5 sm; c). 10-11 sm; d). 12 sm. 6). Bo’lakli yubkalarni loyihalashda bo’lak soni qanday bo’lishi kerak? a). juft; b). toq; c). aralash; d). butun son. 7). Vazifasiga ko’ra shimlarning turlarini ko’rsating? a). kundalik, ishda, uyda, ko’chada, sport va maxsus ishlarda mo’ljallangan shimlar; b). kundalik, ishda, uyda, ko’chada, sport va maxsus ishlarda va yig’ilishlarga mo’ljallangan shimlar; c). kundalik, ishda, uyda, ko’chada, sport va maxsus ishlarda va bayram tadbirlarda mo’ljallangan shimlar; d). kundalik, ishda, uyda, ko’chada, sport va maxsus ishlarda va mehmonga borganda mo’ljallangan shimlar. 8). Ayollar shimini loyihlashda orqa bo’lak chizmasida R 1=B16B17 bel chizig’ining kengligi necha sm bo’lishi kerak? a). 22,5 sm; b). 21-22 sm; c). 23 sm; d). 23-24 sm. 9). Ayollar shimini loyihalashda old bo’lak chizmasida B 1P shim uzunligi necha sm bo’lishi kerak? a). 101 sm; b). 95 sm; c). 95-100 sm; d). 100-105 sm. Topshiriqlar va mustaqil ish: Quyidagi “Ayollar belli kiyimlarning tavsifi; Ayollar to’g’ri bichimli yubkalarni loyihalash va modellashtirish.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru 7-modul. 7.Mavzu: Ayollar yelkali kiyimlari tavsifi. Ayollar bluzkasi va o’tkazma yengni loyihalash va texnik modellash. Reja: 1). Ayollar kiyimlarining tavsifi. 2). Ayollar bluzkasini loyihalash. 3). Ayollar bluzkasini ko’krak vitochkasini joyini o’zgartirish. 4). Murakkab texnik modellashtirish. 1). Ayollar kiyimlarining tavsifi. Ayollar kiyimlari assortimentiga: ko‘ylaklar, ko‘ylak-xalat, ko‘ylak-palto, ko‘ylakkostyum, sarafan, tunika, bluzka, bluzkajemper, bluzka-batnik, jilet, jaket, ko‘ylakkombinezon, kombinezon, shimli kostyum, shim, yubka, yubka-shimlar va hokazolar kiradi. Ko‘ylaklar kiyilishiga qarab yelkali kiyimlar turiga kiradi. Ular yaxlit, bel, qismidan, bo‘ksa va ko‘krak qismlaridan qirqma bo‘lishi yengli yoki yengsiz, yoqali yoki yoqasiz xolatda uchrashi mumkin. Ko‘ylaklar kashtalar, burmalar, to‘rlar, tugmalar, tasmalar, taxlamalar va boshqa xil bezaklar bilan bezatilishi mumkin. Ularni turli xil: iр tolali, shoyi, jun, zig‘ir, tolali hamda sun’iy va sintetik tolali gazlamalardan tikish mumkin. Ko‘ylaklarga gazlama tanlashda kiyimning nimaga mo‘ljallanganligiga hamda fasliga qarab e’tibor berish kerak, ya’ni kiyimni uylik, kundalik, bashang kiyim ekanligini unutmaslik lozim. Uylik kiyimlar arzon iр tolali gazlamalardan tikilgani ma’qul bo‘lib, ular keng qulay bo‘lishi bezaklari me’yorida ishlatilishi kerak. Kundalik kiyimlar yoz oylarida yengil yupqa gazlamalardan yorqin rangda yengli yoki yengsiz qilib tikilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qish oylarida esa yumshoq, zich to‘qilgan jun tolali sidirg‘a yoki katak yo‘lli, mayda gulli gazlamalardan turli xil fasonlarda uzun yengli yoqali yoki bo‘yin o‘yindisini yopiq qilib yoqasiz tikish mumkin. Bashang kiyimlar chiroyli zarli gulli yoki sidirg‘a gazlamalardan tayyorlanishi mumkin. Bunday kiyimlar juda murakkab fasonlarda bo‘lishi hamda ularga chiroyli bezaklar: kashtalar, burmalar, mayda taxlamalar sun’iy gullar belbog‘lar ishlatib tikish mumkin. Ko‘ylak fasonlarini tanlashda gazlamaning xususiyatlariga, odam gavdasining tuzilishiga hamda kiyimning vazifasiga qaraladi. Yubka, shim, yubka-shim belli kiyimlar turiga kirib ular fasoni bo‘yicha turlicha bo‘ladi. Ular qanday maqsadda kiyilishiga qarab ularni kostyum bilan va kostyumsiz kiyiladigan turiga ajratish mumkin. Yubkalar to‘g‘ri, etagi kengaygan, bo‘lakli klyoshli qilib tikilishi mumkin. Ular zich to‘qilgan qalin jun gazlamalardan tabiiy va sun’iy tolali sidirg‘a yoki gulli gazlamalardan tayyorlash mumkin. Yubka, shim fasonlarini tanlashda gazlamalarning xususiyatiga, kiyimning vazifasiga, mavsumiga va albatta odam gavdasiga e’tibor berish kerak. 2). Ayollar bluzkasini loyihalash. Ayollar bluzkasini loyihalash Bluzkalar bichim, shakli jihatidan ko‘ylakning yuqori qismiga o‘xshaydi. Bluzkalar taqilmasi old tomonda yoki ort bo‘lakda bo‘lishi mumkin. Ularning yenglari uzun yoki kalta, yeng uchlari manjetli, manjetsiz, rezinkali bo‘lishi mumkin. Bluzkalar yubka ustiga tushirib yoki yubka ichiga kiritib kiyiladi. Yubka ichiga kiritib kiyiladigan bluzkalarning bel qismida vitochkalar tikilmaydi. Bunday bluzkalarning etagi yopiq qirqimli bo‘lib universal mashinada tikiladi. Bluzka yubka ustiga tushirilib kiyiladigan bo‘lsa etagi maxsus mashinada bukib tikilishi mumkin (28-rasm). Bluzka chizmasini chizish uchun quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi: BnYaA = 18 sm OrK = 17 sm KYaAI = 41 sm OlK = 18 sm KYaAII = 44 sm KM = 8 sm BlYaA = 35 sm KB = 25 sm 28-rasm. Bluzka modellari. OlbU = 43 sm OrbU = 40 sm BkYaA = 48 sm YelK = 13 sm YeU = 35—58 sm YelA = 27 sm Hamma razmerlar uchun kerakli qo‘shimchalar: Qk = 5 sm: shundan QorK= 1,5 sm, QolK = 1 sm, Qyen.o‘m=2,5 sm. QyelA = 5 sm. Bluzka asosining to‘r qismi Тo‘r qismi bluzka loyihasining bo‘yi va eni bo‘ylab asosiy o‘lchamlarini belgilab beradi. Тo‘g‘ri burchak chizib unga Bn nuqta qo‘yiladi (29-rasm). 1. BnBl = OrbU+1 = 40+1 = 41 sm (bel uzunligi). 2. BnBn1 = KYaAII+QK = 44+5 = 49 sm (bluzka kengligi). 3. BlBk = OrbU:2-1 = 40:2-1 = 19 sm (bo‘ksa chizig‘i). 4. Bn, Bn1, Bk va Bk1 nuqtalar orqali to‘g‘ri to‘rtburchak chiziladi. 5. BnK = (KYaAII + QK):2 = (44+5):2 = 24,5 sm (ko‘krak chizig‘i). 6. Ko‘krak bel chizig‘idan gorizontal o‘tkaziladi kesishgan joylariga K1, Bl1 nuqtalar belgilab qo‘yiladi. 7. BnBn2= OrK+QorK = 17,0+1,5=18,5 sm (orqa bo‘lak kengligi) 8. Bn1Bn3=OlK+QolK = 18+1 = 19 sm (old bo‘lak kengligi). 9. K2K3=YelA:3+Qyen. o‘m=27:3+2,5=11,5 sm (yeng o‘mizi kengligi). 10. K2K4 = K2K3:2 = 11,5:2 = 5,7 sm (yon chiziq). 11. K4 nuqtadan pastga bo‘ksa chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va kesishgan nuqta Bk2 bilan belgilanadi. 12. K2 va K3 nuqtalardan yuqoriga bo‘yin chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziqlar o‘tkaziladi va kesishgan nuqtalar mos ravishda Bn2 va Bn3 bilan belgilanadi. Orqa bo‘lak chizmasi (51-rasm) 13. BnBn4=BnYaA:3+1 (hamma razmer uchun) =18:3+1=7 sm (bo‘yin o‘mizi kengligi). 14. BnBn5 = BnBn4:3 = 7:3 = 2,3 sm (bo‘yin o‘mizi chuqurligi). 15. Bn4, Bn5 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 16. Yelka nuqtasi ikkita radiusning kesishishidan aniqlanadi: R1 = BlYe = OrbU+1 = 40+1+1,5(yelka yostiqchasi uchun) = 42,5 sm (yelka nuqtasining holatini aniqlash) R2 =Bn4Ye = YelK+vitochka kengligi = 13+(1,5-3) = 15 sm (yelka uzunligi). 17. Bn4v = Bn4Ye:3 = 15:3 = 5 sm (vitochkaning boshlanish nuqtasi). 18. v nuqtadan pastga bo‘ksa chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi. 19. vv1 = 8—10 sm (vitochka uzunligi). 20. vv_ = 0,5 sm (yelka chizig‘ini to‘g‘riligini belgilash). 21. vv2 = 1,5—3 (vitochka kengligi). 22. v1v2 = v1v_ = 8,5—10,5 sm (vitochka tomonlari). 23. Bn4v1 va v2Ye nuqtalar birlashtiriladi. 24. K2b = K2Ye:3 (yordamchi nuqta). 25. K2O = 0 2xK2K3+0,5 = 0,2x11,5 = 2,3 sm (bissektrissa). 26. Ye, b, O, K4 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 29-rasm. Ayollar bluzkasining chizmasi. 3). Ayollar bluzkasini ko’krak vitochkasini joyini o’zgartirish. Ko‘krak vitochkasini ko‘chirish qoidasi. Ko‘ylak fasoniga binoan ko‘krak vitochkasi detalning istalgan qirqimida bo‘lishi mumkin. Bu vitochkani ko‘krak chizig‘i bo‘ylab old bo‘lak o‘rtasi, yeng o‘mizi qirqimi, yoqa o‘mizi qirqimi, yon qirqimi tomon va hokazo yo‘naltirish mumkin. Vitochkani fasonga muvofiq, yangi holatga ko‘chirish uchun vitochkaning ko‘chirilish chizig‘i o‘tkazilishi kerak. Bu chiziq doim ko‘krak vitochkaning uchidan, ya’ni ko‘krak markazi bilan vitochka ko‘chiriladigan qirqimdagi nuqtadan o‘tishi kerak. Old bo‘lak andazasining shabloni belgi chiziq buylab qirqiladida, ko‘krak vitochkasi yopiladigan qilib suriladi. Vitochka tomonlarini bir-biriga to‘g‘rilab to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘naladi. Qirqilgan chiziq bo‘ylab xuddi asosiy vitochka kengligiga teng yangi vitochka hosil bo‘ladi. Bu vitochka birmuncha kalta yoki uzun bo‘lishi mumkin, lekin bu vitochka xuddi asosiy vitochka hosil qilganidek, hajm hosil qiladi. Ko‘krak vitochkasini yon qirqim chizig‘iga ko‘chirish. Yon qirqim chizig‘ida nuqta belgalab olinadi. Nuqtaning o‘rni yon chiziqning belgacha bo‘lgan uzunligining taxminan 1/3 qismida belgilanadi. Bu nuqtani ko‘krak vitochka uchi bilan birlashtirib, yangi vitochka chizig‘i o‘tkaziladi (30-rasm, a). Shu belgilangan chiziq bo‘ylab qirqma hosil qilinadi. Ko‘krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to‘g‘ri keltirib berkitiladi va yelim surtiladi 30-rasm. Vitochka chizig’ini o’tkazish. 30-rasm. Ko’krak vitochkasini yon qirqimga ko’chirish. yoki to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘nab qo‘yiladi. Yangi vitochkaning uchi markazdan 3—5 sm yon tomon suriladi. Bu yangi vitochkaning uchi bo‘ladi. Bu uchini vitochkaning qirqimlari bilan tekis qilib tutashtiriladi. Shuningdek, vitachkani yon qirqimning istalgan eriga ham ko‘chirish mumkin (52-rasm, b). Ko‘krak vitochkasini bel chizig‘iga ko‘chirish. Asos chizmasidagi bel vitochkasi qirqib olinadi. Bel vitochkaning uchi ko‘krak vitochkasining uchi bilan tutashtiriladi. Shu tutashtirilgan chiziq bo‘ylab qirqma hosil qilinadi. Ko‘krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to‘g‘rilab berkitiladi. Model bo‘yicha bel vitochkasi tikiladigan bo‘lsa, u holda, vitochkaning uchi 3—5 smga qisqartiriladi (33-rasm). 32-rasm. Ko‘krak vitochkasini bel chizig‘iga ko‘chirish. 33-rasm.Ko’krak vitochkasini bo’yin o’mizi chizig’iga ko’chirish. Ko‘krak vitochkasini old bo‘lak bo‘yin o‘mizi chizig‘iga ko‘chirish. Vitochka bo‘yin o‘mizi chizig‘ining istalgan joyiga ko‘chirilishi mumkin. Buning uchun old bo‘lak bo‘yin o‘mizi chizig‘ida nuqta belgilab olamiz. Shu nuqta bilan ko‘krak vitochkasi uchi tutashtiriladi. Shu chiziq bo‘ylab qirqma hosil qilinadi (34-rasm). Ko‘krak vitochkasi berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi. Ko‘krak vitochkani old bo‘lak yoqa o‘miziga ikki qismga bo‘lib ko‘chirsa ham bo‘ladi. Bunda vitochkani ko‘chirish uchun ikkita chiziq o‘tkaziladi. Vitochkani uchigacha, old bo‘lak bo‘yin o‘mizi bo‘ylab ochiq mayda taxlama hosil qilish ham mumkin. Ko‘krak vitochkasini yeng o‘mizi chizig‘iga ko‘chirish. Vitochkani boshlanish nuqtasi topiladi. Yeng o‘mizi chizig‘ida belgilangan nuqta ko‘krak vitochkasi uchi bilan birlashtiriladi. Shu chiziq bo‘ylab qirqma hosil qilinadi. Ko‘krak vitochkasi berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi. 34-rasm. Ko’krak vitochkasini old bo’lak o’rta chizig’iga ko’chirish. Ko‘krak vitochkasini old bo‘lak o‘rta chizig‘iga ko‘chirish. Ko‘chiriladigan vitochka chizig‘i belgilanadi (34-rasm). Birinchi chiziq ko‘krak vitochka uchidan, ikkinchisi beldagi vitochka uchidan o‘tadi. Ikkala chiziq ham simmetriya chizig‘iga perpendikulyar o‘tkaziladi. Belgilangan chiziqlar bo‘ylab qirqma hosil qilib, ko‘krak va beldagi vitochkalar berkitiladi, yangi vitochka ochiladi. Hosil qilingan vitochkalar odatda tikilmaydi. Yangi vitochkalarning kengligi o‘rta chiziq bo‘ylab burma hosil qilishga yoki mayda taxlamalar hosil qilishga ketadi. Ko‘krak vitochkasini istalgan chiziqlarga ko‘chirib modellar hosil qilinadi. (4-ilova). 4). Murakkab texnik modellashtirish. Detallarni parallel va konussimon kengaytirish. Detallarn parallel kengaytirish buyumning butun uzunasi bo‘ylab taxlamala bo‘lgan vaqtda amalga oshirish mumkin. Buning uchun aso chizmasiga taxlama o‘tadigan chiziqlar belgilanadi. Bu chiziqla qirqilib, taxlama sarfiga suriladi. Agar taxlama bir tomonlama bo‘lsa, ikkita taxlama miqdoriga, ro‘para taxlama bo‘lsa, to‘rtta taxlam miqdoriga suriladi (35-rasm, a). Detallarni konussimon kengaytirish kiyim razmerlarini o‘zgartirishd ishlatilishi mumkin. Yoki burmalar bo‘lsa, bunday kengaytirish usulidan foydalanish mumkin 35-rasm, b). 35-rasm. Detallarni parallel va konussimon kengaytirish. 36-rasm. Koketkalar hosil qilish. Koketkalar hosil qilish. Ko‘krak vitachkasi o‘rnini turli shakldagi koketkalar bilan ham almashtirish mumkin. Masalan, yelka chizig‘iga parallel bo‘lgan koketkani hosil qilish uchun ko‘kra vitochkasini berkitib, yelka chizig‘iga parallel chiziq o‘tkaziladi va qirqiladi. Koketka qismida burmalarning joylashish joyini kertimlar bilan belgilab qo‘yish kerak (37-rasm, a). Ayrim hollarda murakkab koketkalar, ya’ni old bo‘lak bilan yaxlit bo‘lgan qirqimlar ostida ham mayda burmalar hosil qilish mumkin (37-rasm, b). Burmalar. Bluzkaning bo‘yin o‘yindisi chuqurligini chizib olinadi. Uning uchini vitochka uchi bilan birlashtirilib, so‘ngra qirqiladi. Vitochkaning yangi holati ochilib, yuqori qismida burma qilish uchun bo‘yin o‘yindisi qirqimi tomonidan burma miqdorini modelga qarab belgilab qo‘yiladi (38-rasm). Тaxlama hosil qilish. Ko‘krak vitochkasi o‘rnida mayda taxlama hosil qilish uchun yelka chizig‘ida vitochka tomonlaridan o‘ngga va chapga 2—3 sm masofada nuqta belgilanadi. Bu nuqtadan ko‘krak uchi tomon vitochka tomonlariga parallel ravishda model chiziqlari kiritiladi va uch qismi rasmdagidek holatda chiziladi (38rasm, a). Chiziq bo‘ylab qirqiladi va qirqilgan vitochka tomonlari bir xil miqdorga suriladi. Yelka qismidan old bo‘lak tomon 2 ta yoki 3 ta mayda taxlama hosil qilish mumkin (38-rasm, b, d). 37-rasm. Burmalar hosil qilish. Parallel vertikal taxlamalar ko‘pincha ko‘krak nuqtalari ustida joylashtiriladi. Ular old bo‘lakni bezab turadi. Bunday taxlamalarning har birini asosi bo‘yicha butun bo‘yi bo‘ylab bezak baxyaqator berib mahkamlanadi. Ko‘krak vitochkasi oxirigi taxlama bilan birgalikda tikiladi. So‘ngra bu taxlamalarni yeng o‘mizi tomonga qaratib dazmollanadi va old bo‘lakni andoza bo‘yicha yana bir karra tekshirib chiqiladi. 38-rasm. Mayda taxlama hosil qilish. 39-rasm. Bezak taxlama hosil qilish. Mazkur modeldagi buyum andozasini hosil qilish uchun 39-rasmda ko‘rsatilgandek model chiziqlarini asos chizmasiga kiritiladi. Yelka chizig‘ida bo‘yin o‘mizidan 1 sm masofa tashlab vertikal chiziq o‘tkaziladi. Keyingi model chiziqlari bu nuqtadan taxlama kengligiga qarab belgilanadi. Hozirgi holatimizda u 2 sm ga teng. Ko‘krak vitochkasi uchini oxirgi taxlama chizig‘iga birlashtirib qo‘yiladi. Andaza detallarini nomerlab chiqishni unutmaslik kerak. Chizilgan model chiziqlari bo‘ylab qirqiladi va har bir detal taxlama chuqurligi qiymatiga mos ravishda suriladi (bunda taxlama chuqurligi qiymati taxlama kengligidan ikki baravar katta bo‘ladi). Andazaning o‘rta markaziy chizig‘iga taqilma qiymati qo‘shiladi (39-rasm). Mavzu bo’yicha nazorat savollari: 1). Ayollar kiyimlarining assortimentini ayting. 2). Ayollar bluzkasini loyihalashni tushuntirib bering. 3). Bluzka asosining to’r qismi uchun asosiy o’lchamalarni ayting. 4). Orqa bo’lak chizmasini tushuntiring. 5). Ko’krak vitochkasini ko’chirish qoidasini ayting. 6). Murakkab texnik modellashtirish to’g’risida nima bilasiz. 7-amaliy mashg’ulot. O’g’il bolalar kiyimlarini loyihalash va modellashtirish. Reja: 1). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash va o’g’il bolalar ko’ylagining to’r qismi. 2). O’g’il bolalar ko’ylagining loyihalashning ort, old va o’tkazma yeng chizmasi. 3). Bolalar ko’ylagida uchraydigan yoqalar. 1). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash va o’g’il bolalar ko’ylagining to’r qismi. O‘g‘il bolalar ko‘ylagini loyihalash uchun quyidagi asosiy o‘lchovlar va qo‘shimchalar kerak bo‘ladi. BnYaA=14,5 sm Yeo‘Ch=15,3 sm KYaA = 32 sm YeK = 10 sm OrbU = 31 sm OlbU = 29 sm YelA = 19 sm KU = 45 sm OrK = 13,5 sm YeU = 39 sm OlK = 11,7 sm ТU = 22 sm Qo‘shimchalar: QK = 6—8 sm bundan: QorK = 1,5 sm QolK=1 sm, Qyeo‘=3,5 sm, QyelA = 6—8 sm, Qeo‘Ch=1,5—2 sm. O‘g‘il bolalar ko‘ylagining to‘r qismi. 1. Тo‘g‘ri burchak chizilib burchakka Bn nuqta qo‘yiladi. 2. BnBl = OrbU = 31 sm (ort bo‘lakdagi bel chizig‘i). 3. BnK = Yeo‘Ch+Qyeo‘Ch = 15,3+(1,5—2) = 17,3 sm. 4. BnE = KU = 45 sm (ko‘ylak uzunligi). 5. Bn, K, Bl, E nuqtalardan gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. 6. KK1 = KYaA + QK = 32 + (5—6) = 38 sm. 7. K1 nuqtadan pastga etak qismi bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va mos ravishda Bll, E1 nuqtalar bilan belgilanadi. 8. Bl1Bn1 = OlbU = 29 sm (old bo‘lakdagi bel chizig‘i). 9. Bn1 nuqtadan chap tomonga gorizontal chiziq o‘tkaziladi. 10. KK2 = OrK + QorK = 13,5 + 1,5 = 15 sm (orqa kenglikni aniqlovchi chiziq holati). 11. K2 nuqtadan bo‘yin chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va kesishish nuqtasi a bilan belgilanadi. 12. K2K3= Ye1A:3 + QyelA = 19:3+3,5 = 9,8 sm (yeng o‘mizi kengligi). 13. K1K3 = OlK + QolK = 11,7+1 = 12,7 sm (old bo‘lak kengligini aniqlovchi chiziq). 14. K3 nuqtadan bo‘yin chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va kesishish nuqtasi a1 bilan belgilanadi. 15. K2K4 = K2K3:2 = 9,8:2 = 4,9 sm (yon chiziq). 16. K4 nuqtadan pastga etak bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va Bl2, E2 nuqta bilan belgilanadi. 2). O’g’il bolalar ko’ylagining loyihalashning ort, old va o’tkazma yeng chizmasi. Ort bo‘lak chizmasi. 17. BnBn2 = BnYaA:3+1 = 14,5:3+1 = 5,8 sm (bo‘yin o‘mizi kengligi). 18. BnBn3 = BnBn2:3 = 5,8:3 = 1,9 sm (bo‘yin o‘mizi chuqurligi). 19. Bn3, Bn2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 20. BlYe = OrbU = 31 sm (yelka chizig‘ini aniqlovchi nuqta). 21. Bn2 va E nuqtalar tutashtirilib o‘ng tomonga davom ettiriladi. 22. Bn2Ye1 = YelK+1,5 = 10 + 1,5 = 11,5 sm (yelka uzunligi). 23. Bn2v = 3 sm (vitochkagacha bo‘lgan oraliq). 24. v nuqtadan pastga o‘rta chiziqqa parallel qilib vertikal chiziq o‘tkaziladi. 25. vv1 = 6 sm (vitochka uzunligi). O‘g‘il bolalar ko‘ylagining chizmasi. 26. vv2 = 1,5 sm (vitochka kengligi). 27. v1v2 = 6 sm (vitochka ikkinchi tomon uzunligi). 28. v2 nuqtani Ye1 nuqta bilan tutashtiriladi. 29. K2b = K2Ye:2 (chizmadan olinadigan yordamchi nuqta). 30. K2O = 2 sm (bK2K4 burchak bissektrissasi). 31. Ye1, b, O, K4 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 32. E2E3 = 1 sm (etak qismining kengayishi). 33. K4 E3 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi. Old bo‘lak chizmasi. 34. Bn1Bn4 = 0,3-0,5 sm (yordamchi nuqta o‘rta chiziq holatini o‘zgartirish). 35. Bn4 va K1 nuqtalar tutashtirilib etak qismi bilan kesishguncha davom ettiriladi. 36. Bn4Bn5 = BnBn2 = 5,8 sm (bo‘yin o‘mizi kengligi). 37. Bn4Bn6 = BnBn2 = 5,8 sm (bo‘yin o‘mizi chuqurligi). 38. Bn5, Bn6 nuqtalar tutashtirilib o‘rtasidan pastga o‘tkazilgan perpendikulyarda 1,5 sm qo‘yiladi. 39. Bn5, 1,5 sm, Bn6 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 40. a1Ye2 = 1,5—2 sm (yelka chizig‘i o‘tadigan nuqta). 41. Ye2 nuqta bilan Bn5 nuqta tutashtiriladi va chap tomonga davom ettiriladi. 42. Bn5Ye3 = YelK = 10 sm (yelka kengligi). 43. K3b1 = K3a1:4 (yordamchi nuqta). 44. K3O1 = 1,5 sm (b1K3K4 burchak bissektrissasi). 45. Ye3, b1, O1, K4 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi). 46. E2E4 = 1 sm (etak qismining kengayishi). 47. K4, E4 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi. O‘tkazma eng chizmasi 1. Тo‘g‘ri burchak chizib burchagiga A nuqta qo‘yiladi. 2. AE = YeU = 39 sm (yeng uzunligi). 3. Asos chizmasidagi Ye1 Ye3 nuqtalar tutashtiriladi o‘rtasini topib X bilan belgilanadi va K4 nuqta bilan birlashtiriladi. O‘tkazma yeng va yoqalar chizmasi. 4. AO = K4X-3,5 = 12,5—3,5 = 9 sm (yeng boshi balandligi, 3,5 sm — hamma razmerlar uchun). 5. A, O, E nuqtalardan gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. 6. AA1 = YelA+QYelA = 19+(6-8) = 26 sm (yeng kengligi). 7. A1 nuqtadan pastga vertikal chiziq o‘tkazilib yeng boshi balandligi chizig‘i va etak chizig‘i bilan kesishgan nuqtalar O1, E1 bilan belgilanadi. 8. Aa = AA1:2 = 26:2 = 13 sm (yeng o‘rtasi). 9. a nuqtadan pastga vertikal chiziq o‘tkaziladi va E2 nuqta aniqlanadi. 10. O1 va O nuqtalar a nuqta bilan birlashtiriladi. 11. aO1 chiziq o‘rtasini O2 nuqta bilan belgilanadi. 12. O1O2 chiziq o‘rtasidan pastga perpendikulyar o‘tkazilib unda 1 sm qo‘yiladi. 13. O2a chiziq o‘rtasidan yuqoriga perpendikulyar o‘tkazilib unda 1 sm qo‘yiladi. 14. Oa chiziq o‘rtasidan yuqoriga perpendikulyar o‘tkazilib unda 1,5 sm qo‘yiladi. 15. O, 1,5 sm, a, 1 sm, O2, 1 sm, O1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 16. EE2 chiziq o‘rtasidan perpendikulyarda pastga, E2E1 chiziq o‘rtasidan perpendikulyarda yuqoriga 1 smdan qo‘yiladi. 17. E, 1 sm, E2, 1 sm, E1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi. 18. EE3 = EE2:2 (taqilma o‘rni). 19. E3E4 = 6—8 sm (taqilma uzunligi). 3). Bolalar ko’ylagida uchraydigan yoqalar. Yaxlit qaytarmali tik yoqa. 1. Тo‘g‘ri burchak chizilib burchakka A nuqta qo‘yiladi. 2. AA1 = BnYaA+(0,5-1)=14,5+(0,5-1)=15 sm (yoqa uzunligi). 3. Aa = 1—2 sm (yordamchi nuqta). 4. a nuqta A1 nuqta bilan birlashtiriladi va 3 bo‘lakka bo‘linadi hamda I, II nuqtalar bilan belgilanadi. 5. I nuqtadan yuqoriga 0,3 sm qo‘yiladi. 6. A1 va II nuqtalar orasiga 2 ga bo‘linib pastga 0,2 sm qo‘yiladi. 7. a, 0,3 sm, II, 0,2 sm, A1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi (o‘tkazma chizig‘i). 8. A1 nuqtadan yuqoriga vertikal chiziq o‘tkaziladi. 9. aa1 = 7-8 sm (yoqa kengligi). 10. a1 nuqtadan gorizontal chiziq o‘tkazilib A1 nuqtadan o‘tkazilgan vertikal bilan kesishgan nuqta V bilan belgilanadi. 11. VV1 = 3—5 sm (yoqaning uchi). 12. A1A2 = 2—2,5 sm (o‘tim haqi). 13. A2A3 = 0,5-1 sm (yordamchi nuqta). 14. A1A4 = 2-2,5 sm (yoqaning tik qismi). 15. a2A4 chiziq o‘tkaziladi, ya’ni aA1 chizig‘iga parallel qilib o‘tkaziladi. 16. A4 nuqta V1 nuqta chizg‘ich bilan birlashtiriladi. 17. A4 nuqta A3 nuqta bilan ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi. Ochiq bortli qaytarma yoqa. 1. Тo‘g‘ri burchak chizilib burchakka A nuqta qo‘yiladi. 2. AA1 = BnYaA+1 = 14,5+1 = 15,5 sm (yoqa uzunligi). 3. A1 nuqtadan yuqoriga vertikal chiziq o‘tkaziladi. 4. A1A2 = 1 sm (yordamchi nuqta). 5. AA3 = AA1:2 (yoqaning o‘rtasi). 6. A, A3, A2 nuqtalar ravon egri chiziq yordamida tutashtiriladi. 7. AV = A1V1 = 7-8 sm (yoqa kengligi). 8. V1V2 = 3-5 sm (yoqa uchi). 9. V2 nuqta A2 nuqta bilan birlashtiriladi. 10. VV3 = 1 sm (yoqa kengligini to‘g‘rilash). 11. V3 nuqta V1 nuqta bilan birlashtiriladi. Mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari: 1). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash uchun qanday o’lchovlar olinadi? 2). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash uchun qanday bosqichlar mavjud? 3). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalashdagi ort bo’lak chizmasini tushuntiring. 4). O’g’il bolalar ko’ylagini loyihalashdagi old bo’lak chizmasini tushuntiring. 5). Bolalar ko’ylagida uchraydigan yoqa turlarini ayting? Nazorat uchun test savollari: 1). Ayollar kiyimlarining assortimentini ko’rsating? a). ko’ylaklar, ko’ylak-xalat, ko’ylak-palto, ko’ylak-kastyum, sarafan va boshqalar; b). ko’ylaklar, ko’ylak-xalat, ko’ylak-palto, ko’ylak-kastyum, yubka va boshqalar; c). ko’ylaklar, ko’ylak-xalat, ko’ylak-palto, ko’ylak-kastyum, shim va boshqalar; d). ko’ylaklar, ko’ylak-xalat, ko’ylak-palto, ko’ylak-kastyum, ro’mol va boshqalar. 2). Ko’ylaklar bezatiladigan narsalarni ko’rsating? a). kashtalar, burmalar, to’rlar, tugmalar, tasmalar, taxlamalar; b). kashtalar, burmalar, to’rlar, tugmalar, tasmalar, junlar; c). kashtalar, burmalar, to’rlar, tugmalar, tasmalar, sun’iy tolali taxlamalar; d). kashtalar, burmalar, to’rlar, tugmalar, tasmalar, ip tolali taxlamalar. 3). Bluska asosining to’r qismi chizmasida bel uzunligi necha sm bo’lishi kerak? a). 41 sm; b). 40 sm; c). 35-38 sm; d). 41-43 sm. 4). Ayollar kiyimini loyihalashda orqa bo’lak chizmasida vitochka uzunligi necha sm bo’ladi? a). 8-10 sm; b). 5-7 sm; c). 10-12 sm; d). 12-14 sm. 5). Ayollar kiyimini loyihalashda old bo’lak chizmasida vitochka tomonlari necha sm bo’lishi kerak? a). 25 sm; b). 22-23 sm; c). 26 sm; d). 26-27 sm. 6). Ayollar bluzkasini ko’krak vitochkasini joyini o’zgartirish yo’nalishini ko’rsating? a). vitochkani ko’krak chizig’i bo’ylab old bo’lak o’rtasi, yoqa o’mizi, yon qirqimi tomon yo’naltirish mumkin; b). vitochkani ko’krak chizig’i bo’ylab old bo’lak o’rtasi, yoqa o’mizi, umurtqa pog’onasi tomon yo’naltirish mumkin; c). vitochkani ko’krak chizig’i bo’ylab old bo’lak o’rtasi, yoqa o’mizi, butun gavda tomon yo’naltirish mumkin; d). vitochkani ko’krak chizig’i bo’ylab old bo’lak o’rtasi, yoqa o’mizi, gavdaning bel tomon yo’naltirish mumkin. 7). Model bo’yicha bel vitochkasi tikiladigan bo’lsa, u holda, vitochkaning uzi nechi smga qisqartiriladi? a). 3-5 sm; b). 5-6 sm; c). 2-3 sm; d). 5 sm. 8). Ayollar kiyimlarini murakkab texnik modellashtirishda detallarni kengaytirish usullarini ko’rsating? a). parallel va konussimon; b). vertical va gorizontal; c). parallel va aylanasimon; d). konussimon va uchburchak kengaytirish. Topshiriqlar va mustaqil ish: Quyidagi “Ayollar bluzkasini loyihalash va modellashtirish.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru 8-modul. 8.Mavzu: O’zbek milliy kiyimlari tavsifi. Milliy ko’ylakni texnik modellash. Reja: 1). Milliy kiyimlar tarixidan ma’lumot. 2). Zamonaviy milliy liboslar. 3). Ayollar o’zbekcha ko’ylagining texnik modellash. 4). O’zbekcha milliy lozimni loyihalash. 1). Milliy kiyimlar tarixidan ma’lumot. Kiyim-kechaklar o‘zbek xalqi tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi. Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti va siyosatida bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan baravar kiyim shakllari ham o‘zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go‘zallik to‘g‘risidagi ideallari, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi. Xalqimizning xilma-xil, rang-barang va jozibali liboslari tarixini o‘rganishdan maqsad — yoshlarga milliy o‘zligini anglatish, o‘zbek xalqining qadimdan to hozirgi davrgacha bo‘lgan an’anaviy, betakror kiyimlarini ko‘rsatish, xalqimiz orasida saqlanib kelayotgan madaniy merosimizni aks ettirish va davomiyligini anglatishdan iboratdir. Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrida (IX-XIV asrlar) ayollar ikkita ko‘ylak kiyishardi: ich ko‘ylak gavdaga juda yopishib turadigan tunukasimon bichimli, uzun, tor yengli, ko‘krak qismida vertikal kesimi bor bo‘lsa, ust ko‘ylak ham gavdaga juda yopishib turadigan, beldan past qismi tugmasiz ochiq, yenglari kaltakalta bo‘lardi. Ko‘ylaklar iр gazlamadan va shoyi gazlamadan sernaqsh qilib tikilardi. U davr kiyimi haqidagi ma’lumotni odam rasmini chizish man etilmagan vaqtlarda tuzilib, bizgacha etib kelgan ajoyib kitob miniatyurasidan olishimiz mumkin. U vaqtlarda ayollar yuzlarini bekitmay yoki yuzlarining pastki qisminigina doka ro‘mol bilan bekitib yurardilar. Paranji yopinish XVIII asrda odat bo‘ldi. Bu turmushni biqiqlikka olib kelgan, sosial o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Paranji arabcha „faroji“, erkaklar ust kiyimi — to‘n so‘zidan kelib chiqqan. Тo‘n asta-sekin boshga yopilib, gavdani ham yashirib turishga xizmat qiladigan, orqa tomonidan pastki qismi bir-biriga chatilgan ikkita uzun soxta yengi (bandak) bor ayollar kiyimi bo‘lib qolgan. Betga esa paranji ostidan chachvon — otning dum qilidan to‘qilgan to‘r parda tutilgan. Ayollar kiyimi XIX asr oxirlariga kelib u ko‘ylak, lozim, nimcha va ro‘moldan iborat bo‘lgan. Ko‘ylak qizil rangli guldor shoyi matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, keng va uzun, etagi biroz kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun. Ko‘ylakning oldi qirqimli, tik yoqali (bu yoqa „no‘g‘ay yoqa“ yoki „it yoqa“ deb ham atalgan), old qirqimining yuqorisida bog‘ich bilan bog‘lanadi. Ustidan nimcha (peshmat) kiyilgan. Nimchaning uzunligi tizzadan pastroqqacha tushib turadi, astarli, avrasi kimxob yoki parcha matodan, astari iр gazlamadan tikilgan. Ro‘mol iрak tolali, to‘rtburchak shaklida, chetlari popukli — „farang ro‘mol“, dioganaliga buklab o‘ralgan va ustidan „tillaqosh“ taqilgan. Тillaqosh — peshona bezagi bo‘lib, yupqa tilla hal yuritilgan kumush plastinkadan yasalib, pastki ziylari qosh shaklida bo‘lgan, pastida xuddi bargakniki singari osilchoqlari bo‘lgan, tillaqosh chiroyli naqshlar hamda feruza va boshqa ko‘plab rang-barang qimmatbaho toshlar („ko‘zlar“) bilan bezatilgan. Erkaklar kiyimi. Erkaklar milliy kiyimi tarkibiga ko‘ra ichki va ustki kiyimlarga bo‘linadi. Ichki kiyimlar ko‘ylak va ishtondan iborat edi. Erkaklar ko‘ylagi asosan bir tusdagi oq matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, etagiga qarab biroz kengaygan, uzunligi tizzagacha bo‘lgan. Yoqasi ikki turda bichilgan: oldi yopiq, kesimsiz, yelkadan yelkagacha ko‘ndalang o‘mizli — „mullacha ko‘ylak“, ba’zan ularning yoqa o‘miziga jiyak ham tikilgan. Ikkinchi tur ko‘ylaklar tik yoqali, oldi qirqimli ko‘ylaklar bo‘lib, qirqimiga ikki buklangan planka tikilgan. Erkaklarning ustki kiyimlari bir necha xil bo‘lgan: paxtali qavima to‘n yoki chopon, qaviqsiz yaxtak yoki avra to‘n, movutdan to‘qilgan chakmon, avrasiz po‘stin, pocha po‘stin va h.k.z. Odatda ko‘ylak ustidan oldi ochiq chopon kiyib yurilgan. Choponlar sidirg‘a gazlamadan, yo‘l-yo‘l beqasamdan, guldor nimshoyi gazlamadan va adrasdan tikilgan. Erkaklar kiyim-kechaklari tarkibida belbog‘ alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Mahalliy gazlamalardan tikilgan belbog‘, kashtalar bilan bezatilgan chorsilar juda rasm bo‘lgan. Bosh kiyimlari — do‘ppilar kishilarning yoshiga va mavqeiga qarab turlicha bo‘lgan: cho‘qqi, yarim qubba va to‘rtburchak shakldagi do‘ppilar alohida yoki salla bilan birga kiyilgan. Sallalar iр gazlama, iр aralash jun matolar, doka, ba’zan qimmatbaho matolardan tayyorlangan. Aholining har bir ijtimoiy tabaqasi sallani o‘ziga xos o‘rashi bilan ajralib turgan. Keksa yoshdagi kishilar odatda oppoq, o‘rta yoshdagilar — kulrang, yoshlar esa rangdor salla o‘raganlar. Erkaklar poyafzali maxsi-kavush, „amirkon“ etiklardan iborat bo‘lgan. 2). Zamonaviy milliy liboslar. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib o‘zbek ayollari kostyumi zamonga, yangicha turmush tarziga, zamonaviy modaga muvofiq rivojlanishda davom etdi. Uzun yaxlit, koketkali ko‘ylak milliy mansublik simvoli bo‘lgani uchungina emas, balki, asosan xalq kostyumida iqlim xususiyatlariga, tevarak-atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to‘g‘ri keladigan rasional shakllar, bichimlar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko‘ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o‘lkamiz tabiatiga monand tushgan bo‘lib, shaklning bemalol tushib turishi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi (bunda kiyim tagi qatlamidagi tabiiy ventilyasiyasi yaxshi bo‘ladi). Moda „shabadasi“ ayollarning an’anaviy ko‘ylagiga hech ayamay zamona o‘zgarishlarini kiritib boradi. Koketkalarning uzunligi va shakli (oval, to‘g‘ri to‘rtburchak, burchak), ko‘ylakdagi uzunlik va shakl (to‘g‘ri to‘rtburchak, trapesiyasimon) va shakl hosil qilish prinsiрlari (burmalar, taxlamalar, plisse, gofre, qiya bichiq, klyosh, qiyiq bo‘laklar), yeng uzunligi, shakli va bichimi (o‘tqazma, reglan, yaxlit bichilgan) o‘zgarib bormoqda; yoqa turlarining (inglizcha klassik, sholsimon, tik, qaytarma, yaxlit bichilgan va hokazo) va yoqa o‘mizining („u“- simon, oval, kare, „qayiqcha“ va boshqalar nihoyatda ko‘p xilmaxilligi ko‘zga tashlanadi. Ishlatiladigan dekorativ bezak turlari ham turli-tuman: kashta, qo‘yma burma, kant va boshqalar. Qiziqarli yangiliklardan biri — taxlama burma sifatida ko‘ylak pastki tomonining yuqori qirqimini ozroq-ozroq terib qo‘yilishi (40-rasm). 40-rasm. O’zbekcha ko’ylak modellari. Ishlatiladigan materiallar turi, ulardagi rang boyligi va naqshlar yechimi butunlay moda yo‘nalishiga qarab hal qilinadi. Lekin an’anaviy xonatlas hamisha bir xilda mashhur bo‘lib keladi. Uning naqsh motivi ham zamon, voqelik, davr ta’sirida o‘zgarib turadi. Xonatlasdan tikilgan liboslarning ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, undagi rapportning kattaligi, rasmlarning aniq-ravshanligi va qat'iyligi bu kiyimni ko‘p bo‘laklardan tikishga imkon bermaydi, uning shakli aniq, to‘g‘ri to‘rtburchakka yaqin bo‘lishi kerak. Rang tuslarining turlari va naqsh-gul echimlari boy bo‘lgani sababli ko‘ylak kompozisiyasiga bezak tariqasida boshqa materiallar, kashta gullar, hatto lyureks (yaltiroq qoplamali ingichka iрlar) aralashtirish tavsiya etilmaydi. Xonatlas ko‘ylaklarni modellashga material rasmidan qiziqarli qilib foydalanish, detallarning shakli aniqligi, mutanosibligi va yoqalarning xilma-xilligi hisobiga erishiladi. 3). Ayollar o‘zbekcha ko‘ylagini texnik modellash. An’anaviy milliy ko‘ylak gavda qismi to‘g‘ri bichimli, koketka chizig‘i bo‘ylab burmali bo‘ladi. Koketka asosan ko‘ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig‘i bo‘ylab dumaloq bo‘ladi. Old tomonda koketka bo‘laklari bir-birining ustiga o‘tib turadi. Yoqasi qirqma, yoqa o‘mizi bo‘ylab o‘tqazma, qaytarma qismining shakli har xil bo‘ladi. Bunday ko‘ylakning loyihasini tuzish metodlarining boy tarixi bo‘lib, unda xalq an’analari hisobga olinadi. Mazkur qo‘llanmada milliy ko‘ylak loyihasini beli qirqma bo‘lmagan ovropacha ko‘ylak loyihasi asosining chizmasida tuzish varianti (41-rasm) taklif etilgan. Old va orqa bo‘laklar chizmasida oldin vitochkani bekitib, tiрik koketka chizig‘i o‘tkaziladi. Koketka chizig‘i orqa bo‘lakda L nuqtasidan, old bulakda esa L1 nuqtasida o‘tkazilgani ma’qul. Old bo‘lakda koketka chizig‘i ko‘krakning yuqori nuqtasidan 2,5—3 sm yuqoriroqdan o‘tishi kerak, bu chiziq asta-sekin simmetriya chizig‘iga tushib, undan 2,5—3 sm ga o‘tadi (koketkaning bir-biri ustiga o‘tish kengligi). Тiрik vitochkani to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘nab, belgilangan chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. L1 nuqta surilib yangi holat L_1 ga o‘tadi. Shunday qilib, ko‘krak vitochkasi koketka chizig‘iga ko‘chiriladi. Orqa bo‘lak yelka vitochkasini o‘z o‘rnida qoldirish mumkin. Lekin, ba’zan gazlama guli buzilmasligi uchun orqa bo‘lak koketka detalining yelka vitochkasini ham koketka chizig‘iga ko‘chirish mumkin. Buning uchun yelka vitochka uchidan koketka chizig‘igacha vertikal chiziq o‘tkaziladi. Shu belgi chiziq bo‘ylab koketka qirqiladi. Yelkadagi vitochka to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘naladi-da, bu vitochka koketka chizig‘iga va vertikal qirqilgan joyga ko‘chiriladi. Hosil qilgan andaza konturlari bo‘ylab, orqa bo‘lak koketkasining shakli olinadi. Shunday qilib, old bo‘lakdagi koketka chizig‘i — L_1 1, old bo‘lakning gavda qismini koketkaga ulash chizig‘i — L1 1; orqa bo‘lakning koketka chizig‘i — L_2, orqa bo‘lakning gavda qismini koketkaga ulash qismi L2 bo‘ladi. Koketkaga ulash chizig‘i bo‘ylab gazlamadan burma hosil qilishga mo‘ljallab, ko‘ylakning ham old, ham orqa bo‘lak gavda qismi kengaytirish qo‘yimi istalgancha, ixtiyoriy olinadi. Buning uchun old va orqa bo‘laklar simmetriya chiziqlarini gavda qismini kengaytirmoqchi bo‘lgan miqdorga suriladi: 22_ = KK_ = BlBl_ = EE_ = Bl1B_ll = Bk1B_k1 = E1E_1 = 10 sm Ko‘ylak gavda qismining minimal kengaytirilishi 10 sm ga teng bo‘ladi. 41-rasm. O’zbekcha ko’ylakning loyihasi. Agar bu kengaytirish yetarli bo‘lmasa, old va orqa bo‘laklar qo‘shimcha suriladi. Buning uchun surish chizig‘i belgilab olinadi. Bu chiziqlar orqa bo‘lakda beldagi vitochka markazidan, old bo‘lakda esa beldagi ikkala vitochka markazidan vertikal o‘tkaziladi. Old va orqa bo‘laklari belgi chiziqlar bo‘ylab qirqib, hamma bo‘laklarni gorizontal bo‘ylab orqa bo‘lakni o‘ng tomonga, old bo‘lakni chap tomonga suriladi. Yon qirqimlar — K4E2 vertikal yo‘nalishda belgilanadi. Old va orqa bo‘laklarning qo‘shimcha surilish kengligi ixtiyoriy bo‘ladi. Old va orqa bo‘laklar uzil-kesil surilib bo‘lgandan keyin ularning yuqori qirqimlari shakli chiziladi. Ayollarning an’anaviy o‘zbekcha ko‘ylagida, hozirgi paytda ma’lum o‘zgarishlar bo‘lmoqda, ya’ni ko‘ylak gavda qismining bichimi, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta-kichikligiga va shakliga ko‘pgina omillar, shu jumladan moda ham ta’sir etmoqda. Hozirgi o‘zbekcha ko‘ylakda turli bezaklar, qo‘yma burmalar, aylana burmalar, plisse va hokazolar ishlatiladi. Bu esa ko‘ylaklarning gavda qismi bilan koketkaning loyihasi bir xil bo‘lsa ham ularning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. 4). O‘zbekcha milliy lozimni loyihalash Lozim ayollar kiyimining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ayollar kiyimining bu turi milod boshlaridagi xotin-qizlar tasvirida uchraydi. Lozimni ham o‘z tarixi bor. U shakl, ishlatiladigan materiali, dekori jihatidan o‘zgarib turgan bo‘lsa ham, asl xalq bichimini saqlab qolgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, kengligini kamaytirish maqsadida lozim bichimini ayollar shimi loyihasiga yaqinlashtirish boshlangan. Lozimni ko‘ylak bilan bir xilda modellash kerak, chunki ular gavdaning idrok etilishida bir butunni tashkil etadi. Bunda shakl jihatidan ham, rang, ishlatiladigan gazlamalar va bezagi jihatidan ham xillilik bo‘lishi kerak. Shuning bilan birga gazlama tanlashda gigiyenik talablarni ham hisobga olish muhim hisoblanadi. Lozim chizmasini tayyorlash uchun quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi. BlYaA = 38 sm BkYaA = 52 sm LU = 90 sm PK = 20 sm. QBk = 4—6 sm. 1. Тo‘g‘ri burchak chizilib, burchakka Bl nuqta qo‘yiladi. (42-rasm). 2. BlP = LU = 90 sm (lozim uzunligi). 3. BlQ = BkYaA:2+(10-11) = 52:2+(10-11) = 36 sm (qadam chizig‘i oralig‘i). 4. Bl, Q, P nuqtalardan o‘ng va chap tomonga gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. 5. BlBl1 = BkYaA+QBk = 52+(4-6) = 56 sm (lozim kengligi). 6. QQ1 = BBl1 = 56 sm (qadam chizig‘idagi kenglik). 7. Q1Q2 = Q1 1Q2 1 = BkYaA:4-2 = 52:4-2 = 11 sm (og‘ qismi kengligi). 8. Q1Q3 = Q1 1Q3 1 = Q1Q2 = 11 sm (yordamchi nuqta). 9. Q1Q4 = Q1 1Q1 41 = 4-8 sm (Q3Q1Q2 va Q3 1Q1 1Q2 1 burchak bissektrissalari). 10. Q3, Q4, Q2 va Q3 1, Q4 1, Q2 1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan hamda Bl1, Q3 va Bl1 1, Q3 1 nuqtalar to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiriladi va yuqoriga davom ettiriladi. 11. PP1 = PP1 1 = PK = 20 sm. 12. P1 nuqta Q2 nuqta hamda P1 1 nuqta Q2 1 nuqta bilan chizg‘ich yordamida tutashtiriladi, ularning o‘rtasidan o‘tkazilgan perpendikulyarda 1,5 sm qo‘yiladi. 42-rasm. Lozim chizmasi. 13. PP2 = 1,5 sm (pocha qismining ko‘tarilishi). 14. Q2, 1,5—2 sm, P1 nuqtalar, Q2 1, 1,5—2 sm, P1 1 va P2, P1 1, P1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 15. Bl1Bl2 = BkYaA:10-1 = 52:10-1 = 4,2 sm (orqa bo‘lak chizig‘ining ko‘tarilish nuqtasi). 16. Bl1 1 va Bl2 nuqtani chizg‘ich yordamida tutashtiriladi, 42- rasmda ko‘rsatilganidek qilib perpendikulyarlar o‘tkaziladi va pendikulyar o‘rtalarida 1,0 va 1,5 sm qo‘yiladi. 17. Bl1 1, 1,0, Bl1, 1,5 sm, Bl2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. Mavzu bo’yicha nazorat savollari: 1. Milliy kiyimlar o‘zining qanday tarixiga ega? 2. Paranji qanday kiyim va uni kiyish qachon urf bo‘lgan? 4. Ayollar va erkaklar milliy kiyimlarining qanday turlari bo‘lgan? 5. Hozirgi zamonaviy liboslarning qanday turlarini bilasiz? 6. Ayollar milliy ko‘ylagini qanday modellashtiriladi? 7. Ayollar milliy lozimini qanday loyihalanadi? 8-amaliy mashg’ulot. Belli kiyimlar tavsifi. To’g’ri bichimli yubkalarni, yubka-shimni loyihalash va modellashtirish. Reja: 1). Ayollar belli kiyimlarini loyihalash va texnik modellash to’g’risida tushuncha. 2). To’g’ri bichimli yubka chizmasi. Yubkaning to’r qismi. Yubkaning old va orqa bo’laklari. 3). Ayollar shimlarini loyihalash. Shimning old va orqa bo’lak chizmasi. 1). Ayollar belli kiyimlarini loyihalash va texnik modellash to’g’risida tushuncha. Belli kiyimlarga yubkalar, shimlar, shortik, lozim, yubkashimlar kiradi. Yubkalar bichimiga ko‘ra: to‘g‘ri bichimli, etagiga kengaygan bo‘lishi mumkin. Тo‘g‘ri bichimli yubkalar o‘z navbatida: to‘g‘ri bichim, etagiga toraygan, etagiga bir oz kengaygan shakllariga ega bo‘ladi. Bunday yubkalar shaklini beldagi burmalar, gir aylangan taxlamalar, koketkali yubkalar hisobiga hosil kilish mumkin. Etagiga kengaygan yubkalarga: bo‘lakli va quyosh, yarim quyosh yubkalar kiradi. Yubkalarni bezak baxyaqator, tasma, tugmacha, kashtalar va hokazolar bilan bezash mumkin. Yubka taqilmasiga „molniya“ tasma, ilgak, tugmalar bilan ishlov berish mumkin. Тo‘g‘ri bichimli yubka chizmasi Тurli fasondagi yubkalarning loyihasini yaratish uchun ikki chokli to‘g‘ri bichimli yubka loyihasining asosi ishlatiladi. Bu yubkani loyihalash uchun gavdadan olingan quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi. BlYaA = 38 sm QBl = 1 sm BkYaA = 53 sm QBk = 2 sm YuU = 72 sm OrBU = 42 sm 2). To’g’ri bichimli yubka chizmasi. Yubkaning to’r qismi. Yubkaning old va orqa bo’laklari. Yubkaning to‘r qismi. Qog‘ozning chap tomon burchagiga Bl nuqta qo‘yilib, undan pastga vertikal chiziq o‘tkaziladi. 1. BlE = YuU = 72 sm (yubka uzunligi). 2. BlBk = OrBU:2-1 = 42:2-1 = 20 sm (bo‘ksagacha bo‘lgan oraliq). 3. Bl, Bk, E nuqtalaridan gorizontallar o‘tkaziladi. 4. BkBk1 = BkYaA+QBk = 53+2 = 55 sm (yubkaning bo‘ksa chizig‘idagi kengligi) 5. Bk1-nuqtasidan vertikal o‘tkaziladi; Bl1, E1, Bk1 nuqtalar belgilanadi. 6. BkBk2 = (BkYaA+QBk):2-1 = (53+2):2-1 = 26,5 sm (yon chokining o‘rni). 7. Bk2 nuqtadan yuqoriga va pastga vertikal o‘tkaziladi vertikalning bel va etak chiziqlari bilan kesishgan nuqtalari Bl2, E2 bilan belgilanadi. Yubkaning old va orqa bo‘laklari 8. BkBk3 = 0,4 BkBk1 = 0,4x26,5 = 10,6 sm (Orqa bo‘lak vitochkasining o‘rni). 9. Bk3 nuqtadan yuqoriga vertikal o‘tkaziladi va bel chizig‘i bilan kesishgan joyga Bl3 nuqta qo‘yiladi. 10. Bk1Bk4 = 0,4 Bk1Bk2 = 0,4x28,5 = 11,4 sm (Old vitochkaning o‘rni). 11. Bk4 nuqtadan vertikal o‘tkaziladi va bel chizig‘i bilan kesishgan joyga Bl4 nuqta qo‘yiladi. 12. Summa V = (BkYaA+QBk) - (BlYaA+QBl) = (53+2) — (38+1) = 16 sm (vitochkalarning umumiy qiymati). 13. Vitochkalarning taqsimlanishi: a) Bl5Bl6 = 0,6 x summa V = 9,6 sm (yon tomon vitochkasi); b) Bl7Bl8 = 0,2 x summa V = 3,2 sm (orqa bo‘lak vitochkasi); v) Bl9Bl10 = 0,2 x summa V = 3,2 sm (old bo‘lak vitochkasi). Bu qiymatlar yarmini vitochkalarning o‘rta chizig‘idan bir tomonga, qolgan yarmini ikkinchi tomonga o‘lchab qo‘yiladi. 14. Beldagi nuqtalar orqa bo‘lak va old bo‘lak vitochkalarining pastki uchlari bilan to‘g‘ri chiziqlar orqali birlashtiriladi. 15. Bl5Bl51 = Bl6Bl61 = 0,5-1 sm (bel chizig‘i). 16. Bl51 nuqta Bl nuqta bilan Bl61 nuqta Bl1 nuqtalar bilan birlashtiriladi bel vitochkalari shu chiziqqacha davom ettiriladi. 3). Ayollar shimlarini loyihalash. Shimning old va orqa bo’lak chizmasi. Yoshlarni sevib kiyadigan kiyimlaridan biri shim hisoblanadi. Shimlar kostyumning bir qismi yoki alohida kiyim bo‘lib xizmat qiladi. Shim — ish, sport bilan shug‘ullanish va dam olish uchun qulay kiyimdir. Shimning modellari juda xilma-xildir. Vazifasiga ko‘ra shimlar kundalik — ishda va uyda kiyiladigan, ko‘chalik, sport va maxsus ishlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shimning uzunligi, kengligi modaga asosan o‘zgarib turadi. Shimlar butun uzunasi bo‘ylab keng yoki ma’lum joylari (bo‘ksa, tizza, pochasi) kengaygan bo‘lishi mumkin. Masalan: son qismi kengayib, pocha toraygan shimlar banan shimlar deyiladi. Aksincha, ya’ni son qismi tor, pocha qismi keng bo‘lsa, kengaygan shimlar, baravar kengaysa sharvarlar deyiladi. Boldirgacha uzunlikdagi shim golf, tizzagacha bo‘lsa bermudi, songacha uzunlikda bo‘lsa shortik deyiladi. Shimlar belbog‘siz, enli, ensiz belbog‘li, kamar taqish uchun turli shakldagi kamar tutkichlar, yon chokli yoki yon choksiz, pochasi manjetli yoki manjetsiz qilib tikilgan bo‘lishi mumkin. Shimda chokdagi yoki qoplama cho‘ntaklar ko‘p uchraydi. Shimning asosiy detallari old va orqa bo‘laklari vitochkali yoki mayda taxlamali, tizza atrofida kesmali, turli shakldagi koketkali bo‘lishi mumkin. Shim asosan jun va lavsan aralash jun tolali gazlamalardan, zich to‘kilgan vilvet, selon, jinsi gazlamalardan tikiladi. Ayollar shimi erkaklarnikidan taqilmasi, gazlamaning rangi va bezaklari bilan ajralib turadi. Shim asosini loyihalash uchun quyidagi gavdadan olingan o‘lchovlar kerak bo‘ladi. BlYaA = 38 sm BkYaA = 52 sm ShU = 100 sm ShТU = 51 sm BkB = 27 sm SA = 54 sm Pk = 22-26 sm (modaga qarab o‘zgarib turadi). QBl = 1 sm QBk = 1 sm (kengroq qurishi uchun QBk = 2 sm bo‘ladi). Old bo‘lak chizmasi 1. Тo‘g‘ri burchak chizib, burchakni Bl nuqta bilan belgilanadi. 2. BlP = ShU+1 = 100+1 = 101 sm (shim uzunligi). 3. BlQ = BkB-1 = 27-1 = 26 sm yoki BlQ = BkYaA:2=52:2=26 sm (qadam chizig‘i oralig‘i). 4. QBk = BlQ:3 = 26:3 = 8,6 sm (bo‘ksa chizig‘i oralig‘i). 5. BlТ = ShТU = 51 sm (tizza chizig‘i oralig‘i) yoki BkP chiziqning o‘rtasidan yuqoriga 4-5 sm ko‘tarilib Т nuqtani topish mumkin. 6. Bl, Bk, Q, Т, P nuqtalaridan o‘ng tomonga gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. 7. QQ1 = (BkYaA+QBk):2 = (52+1):2 = 26,5 sm (old bo‘lak kengligi). 8. Q1Q2 = (BkYaA+QBk):10 = (52+1):10 = 5,3 sm (qadam chizig‘ining kengayishi). 9. Q1 nuqtadan yuqoriga bel chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va kesishgan nuqtalarni Bl1, Bk1 bilan belgilanadi. 10. Q1Q3 =Q1Q2:2 = 5,3:2 = 2,6 sm (Bk1Q1Q2 burchak bissektrissasi). 11. Bl1Bl2 = 0-2 sm (qorinning turtib chiqishiga qarab olinadi). 12. Bl2, Bk1,Q3,Q2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi). 13. QQ4 = QQ2:2 = (shimning o‘rta chizig‘i). 14. Q4 nuqtadan yuqoriga va pastga vertikal chiziq o‘tkazilib, bel, bo‘ksa, tizza va pocha chiziqlari bilan kesishgan nuqtalarga mos ravishda Bl3, Bk2, Т1, P1 harflar qo‘yiladi. 15. P2P3 = Pk-2 = (22—26)—2 = 20—24 sm (pocha kengligi). 16. P1P2 =P1P3 = P2P3:2 = (20—24):2 = 10—12 sm (pocha kengligining yarmi). 17. Bl2Bl4 = BlYaA:2+(3—5) = 38:2+(3—5) = 22 sm (beldagi kenglik). 3—5 sm — vitochka yoki taxlama miqdori, agar taxlama ko‘p bo‘lsa, bu qiymat o‘zgarishi mumkin. 18. Bl4Bl5 = 1,5-2 sm (bel nuqtasi, vertikal chiziqda qo‘yiladi). 19. Bl5, Bl2 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi. 20. O‘rta chiziqqa vitochkaning miqdori ikkala tomonga bir xil qiymatda qo‘yiladi. 21. Bl3v = 8-10 sm (vitochka uzunligi). 22. Vitochka tomonlari tenglashtiriladi. 23. Bk, Bl5 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 24. Тizzadagi kenglik ko‘p hollarda pocha kengligiga teng, yoki undan torroq bo‘lishi mumkin. Т1Т2 = P1P2 = 10—12 sm yoki Т1Т2 = P1P2 — (1—2) = (10-12) - (1-2) = 9—11 sm. 25. Т2 nuqtani Q nuqta bilan, Т3 nuqtani Q2 nuqta bilan chizg‘ich yordamida birlashtiriladi va Т2 Q chiziqni 3 ta teng bo‘lakka bo‘linadi, perpendikulyarda 0,6 va 1 sm qo‘yiladi. Т3Q2 chiziq ikkiga bo‘linib perpendikulyarda 0,8 sm qo‘yiladi. Q, 0,6 sm, 1sm, Т2 va Q2, 0,8 sm, Т3 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 26. Т2, P2 va Т3, P3 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi. Orqa bo‘lak chizmasi 1. Old bo‘lak chizmasini qog‘ozga tushirib chizib olinadi va unda bel, bo‘ksa, qadam, tizza, pocha chiziqlaridagi nuqtalar belgilab olinadi. 2. Q1Q5 = 1 sm (yordamchi nuqta). 3. Bl1b = Bl1Bl3:2 (chizmadan olinadi). 4. b, Q5 nuqtalar chizg‘ich bilan tutashtiriladi va yuqoriga davom ettiriladi. 5. bBl6=BkYaA:10-(1-1,5)=52:10-(1-1,5)=4,2 sm (bel nuqtasi). 6. Bl6Q5 chiziqning bo‘ksa chiziq bilan kesishgan nuqtasini Bk3 bilan belgilaymiz. 7. Bk3Bk4 = bBl6 = 4,2 sm (bo‘ksa nuqtasi). 8. Q5Q6 = 0,2x(BkYaA+QBk) = 0,2x(52+1) = 10,6 sm (qadam chizig‘ining kengayishi). 9. Q5Q7 = Q1Q3 = 2,6 sm (Bk3Q5Q6 burchak bissektrissasi). 10. Т2Т4 = Т3Т5 = 2—2,5 sm (tizza chizig‘ining kengayishi). 11. Т5 nuqtani Q6 nuqta bilan chizg‘ichda tutashtiriladi. 12. Q8Т5 = Т3Q2-(0,5-0,8) (old bo‘lak chizmasidan o‘lchab olinadi). 13. Bk4, Q7, Q8 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 14. Bk4Bk5=(BkYaA+ QBk)-QQ1=(52+1)—26,6= 26,5 sm (bo‘ksa chizig‘idagi kenglik). 15. Belning yon yuqori nuqtasi ikkita radiusning kesishishidan topiladi: R1=Bl 6Bl 7=(BkYaA+QBk):2+3 =(38+1):2+3 = 22,5 sm (bel chizig‘idagi kenglik) R2=Bk5Bl7=BkBl5 (chizmadan olinadi). 16. Bl7Bl6 nuqtalar chizg‘ich bilan tutashtiriladi. 17. Bl7v1=Bl7Bl6:2 (vitochka o‘rni, chizmadan o‘lchanadi). 18. v1 nuqtadan Bl7Bl6 chiziqqa perpendikulyar o‘tkaziladi. 19. v1v2=9—10 sm (vitochka uzunligi). 20. 3 sm vitochka miqdori v1v2 chiziqdan o‘ng va chap tomonga ikkiga bo‘lib qo‘yiladi. 21. Beldagi vitochka uzunliklari 0,5 smga yana uzaytiriladi. 22. P2P4 = P3P5 =2 sm (pocha chizig‘idagi kenglik). 23. P4, Т4 nuqta bilan, P5 Т5 nuqta bilan chizg‘ich yordamida tutashtiriladi. Shim chizmasi. 24. Yon chiziqning qolgan qismi old bo‘lakka parallel qilib, ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. Mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari: 1). Ayollar belli kiyimlarining qanday turlari mavjud? 2). To’g’ri bichimli yubka chizmasini tushuntiring. 3). Bo’lakli yubkalar qanday loyihalanadi. 4). Ayollar shimini loyihalashni tushuntiring. 5). Ayollar shimining old bo’lak chizmasini tushuntiring. 6). Ayollar shimining ort bo’lak chizmasini tushuntiring. Nazorat uchun test savollari: 1). Ayollar milliy ko’ylak gavda qismining minimal kengaytirilishi necha sm bo’lishi kerak? a). 10 sm; b). 8-10 sm; c). 10-12 sm; d). 15 sm. 2). O’zbekcha lozimini loyihalashda B1B11 lozim kengligi necha sm bo’lishi kerak? a). 56 sm; b). 54-55 sm; c). 55-57 sm; d). 50-60 sm. 3). Lozimga gazlama tanlashda qanday talabni ham hisobga olish kerak? a). gigiyenik; b). iqtisodiy; c). iste’molchi talabi; d). zamon talabi. 4). O’zbekcha milliy lozimni loyihalashda lozimning uzunligi B1P=LU necha sm bo’lishi kerak? a). 90 sm; b). 85 sm; c). 90-95 sm; d). 95 sm. 5). O’zbekcha milliy lozimni loyihalashda uning qanday xususiyatlari ko’ylak bilan bir xil bo’lishi kerak? a). shakl jihatdan, rangi jihatidan, ishlatiladigan gazlamalar jihatidan va bezagi jihatidan; b). shakl jihatdan, rangi jihatidan, ishlatiladigan gazlamalar jihatidan va narxi jihatidan; c). shakl jihatdan, rangi jihatidan, ishlatiladigan gazlamalar jihatidan va chiroyliligi jihatidan; d). shakl jihatdan, rangi jihatidan, ishlatiladigan gazlamalar jihatidan va gigiyenik talablarga javob berishi jihatidan. 6). Milliy kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan gazlamalarning qanday xususiyatlari moda yo’nalishiga qarab tanlanadi? a). turi, rang boyligi, naqshlar yechimi; b). turi, rang boyligi, narxi; c). turi, rang boyligi, assortimenti; d). turi, rang boyligi, texnologiyasi. 7). Xonatlasdagi qanday xususiyatlar undan ko’p bo’’lakli kiyim tikishga imkon bermaydi? a). rapportning kattaligi, rasmlarning aniq ravshanligi, qat’iyligi; b). rapportning kattaligi, rasmlarning aniq ravshanligi, narxining qimmatligi; c). rapportning kattaligi, rasmlarning aniq ravshanligi, tanda iplarning mavjudligi; d). rapportning kattaligi, rasmlarning aniq ravshanligi, kimyoviy moddalarga ta’sirligi. Topshiriqlar va mustaqil ish: Quyidagi “Ayollar milliy ko’ylagini loyihalash va modellashtirish.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru 9-amaliy mashg’ulot. O’zbek milliy ko’ylak va lozimini loyihalash va texnik modellash. Reja: 1). Milliy kiyimlar tarixidan ma’lumot. 2). Zamonaviy milliy liboslar. 3). Ayollar o’zbekcha ko’ylagining texnik modellash. 4). O’zbekcha milliy lozimni loyihalash. 1). Milliy kiyimlar tarixidan ma’lumot. Kiyim-kechaklar o‘zbek xalqi tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi. Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti va siyosatida bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan baravar kiyim shakllari ham o‘zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go‘zallik to‘g‘risidagi ideallari, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi. Xalqimizning xilma-xil, rang-barang va jozibali liboslari tarixini o‘rganishdan maqsad — yoshlarga milliy o‘zligini anglatish, o‘zbek xalqining qadimdan to hozirgi davrgacha bo‘lgan an’anaviy, betakror kiyimlarini ko‘rsatish, xalqimiz orasida saqlanib kelayotgan madaniy merosimizni aks ettirish va davomiyligini anglatishdan iboratdir. Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrida (IX-XIV asrlar) ayollar ikkita ko‘ylak kiyishardi: ich ko‘ylak gavdaga juda yopishib turadigan tunukasimon bichimli, uzun, tor yengli, ko‘krak qismida vertikal kesimi bor bo‘lsa, ust ko‘ylak ham gavdaga juda yopishib turadigan, beldan past qismi tugmasiz ochiq, yenglari kaltakalta bo‘lardi. Ko‘ylaklar iр gazlamadan va shoyi gazlamadan sernaqsh qilib tikilardi. U davr kiyimi haqidagi ma’lumotni odam rasmini chizish man etilmagan vaqtlarda tuzilib, bizgacha etib kelgan ajoyib kitob miniatyurasidan olishimiz mumkin. U vaqtlarda ayollar yuzlarini bekitmay yoki yuzlarining pastki qisminigina doka ro‘mol bilan bekitib yurardilar. Paranji yopinish XVIII asrda odat bo‘ldi. Bu turmushni biqiqlikka olib kelgan, sosial o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Paranji arabcha „faroji“, erkaklar ust kiyimi — to‘n so‘zidan kelib chiqqan. Тo‘n asta-sekin boshga yopilib, gavdani ham yashirib turishga xizmat qiladigan, orqa tomonidan pastki qismi bir-biriga chatilgan ikkita uzun soxta yengi (bandak) bor ayollar kiyimi bo‘lib qolgan. Betga esa paranji ostidan chachvon — otning dum qilidan to‘qilgan to‘r parda tutilgan. Ayollar kiyimi XIX asr oxirlariga kelib u ko‘ylak, lozim, nimcha va ro‘moldan iborat bo‘lgan. Ko‘ylak qizil rangli guldor shoyi matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, keng va uzun, etagi biroz kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun. Ko‘ylakning oldi qirqimli, tik yoqali (bu yoqa „no‘g‘ay yoqa“ yoki „it yoqa“ deb ham atalgan), old qirqimining yuqorisida bog‘ich bilan bog‘lanadi. Ustidan nimcha (peshmat) kiyilgan. Nimchaning uzunligi tizzadan pastroqqacha tushib turadi, astarli, avrasi kimxob yoki parcha matodan, astari iр gazlamadan tikilgan. Ro‘mol iрak tolali, to‘rtburchak shaklida, chetlari popukli — „farang ro‘mol“, dioganaliga buklab o‘ralgan va ustidan „tillaqosh“ taqilgan. Тillaqosh — peshona bezagi bo‘lib, yupqa tilla hal yuritilgan kumush plastinkadan yasalib, pastki ziylari qosh shaklida bo‘lgan, pastida xuddi bargakniki singari osilchoqlari bo‘lgan, tillaqosh chiroyli naqshlar hamda feruza va boshqa ko‘plab rang-barang qimmatbaho toshlar („ko‘zlar“) bilan bezatilgan. Erkaklar kiyimi. Erkaklar milliy kiyimi tarkibiga ko‘ra ichki va ustki kiyimlarga bo‘linadi. Ichki kiyimlar ko‘ylak va ishtondan iborat edi. Erkaklar ko‘ylagi asosan bir tusdagi oq matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, etagiga qarab biroz kengaygan, uzunligi tizzagacha bo‘lgan. Yoqasi ikki turda bichilgan: oldi yopiq, kesimsiz, yelkadan yelkagacha ko‘ndalang o‘mizli — „mullacha ko‘ylak“, ba’zan ularning yoqa o‘miziga jiyak ham tikilgan. Ikkinchi tur ko‘ylaklar tik yoqali, oldi qirqimli ko‘ylaklar bo‘lib, qirqimiga ikki buklangan planka tikilgan. Erkaklarning ustki kiyimlari bir necha xil bo‘lgan: paxtali qavima to‘n yoki chopon, qaviqsiz yaxtak yoki avra to‘n, movutdan to‘qilgan chakmon, avrasiz po‘stin, pocha po‘stin va h.k.z. Odatda ko‘ylak ustidan oldi ochiq chopon kiyib yurilgan. Choponlar sidirg‘a gazlamadan, yo‘l-yo‘l beqasamdan, guldor nimshoyi gazlamadan va adrasdan tikilgan. Erkaklar kiyim-kechaklari tarkibida belbog‘ alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Mahalliy gazlamalardan tikilgan belbog‘, kashtalar bilan bezatilgan chorsilar juda rasm bo‘lgan. Bosh kiyimlari — do‘ppilar kishilarning yoshiga va mavqeiga qarab turlicha bo‘lgan: cho‘qqi, yarim qubba va to‘rtburchak shakldagi do‘ppilar alohida yoki salla bilan birga kiyilgan. Sallalar iр gazlama, iр aralash jun matolar, doka, ba’zan qimmatbaho matolardan tayyorlangan. Aholining har bir ijtimoiy tabaqasi sallani o‘ziga xos o‘rashi bilan ajralib turgan. Keksa yoshdagi kishilar odatda oppoq, o‘rta yoshdagilar — kulrang, yoshlar esa rangdor salla o‘raganlar. Erkaklar poyafzali maxsi-kavush, „amirkon“ etiklardan iborat bo‘lgan. 2). Zamonaviy milliy liboslar. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib o‘zbek ayollari kostyumi zamonga, yangicha turmush tarziga, zamonaviy modaga muvofiq rivojlanishda davom etdi. Uzun yaxlit, koketkali ko‘ylak milliy mansublik simvoli bo‘lgani uchungina emas, balki, asosan xalq kostyumida iqlim xususiyatlariga, tevarak-atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to‘g‘ri keladigan rasional shakllar, bichimlar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko‘ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o‘lkamiz tabiatiga monand tushgan bo‘lib, shaklning bemalol tushib turishi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi (bunda kiyim tagi qatlamidagi tabiiy ventilyasiyasi yaxshi bo‘ladi). Moda „shabadasi“ ayollarning an’anaviy ko‘ylagiga hech ayamay zamona o‘zgarishlarini kiritib boradi. Koketkalarning uzunligi va shakli (oval, to‘g‘ri to‘rtburchak, burchak), ko‘ylakdagi uzunlik va shakl (to‘g‘ri to‘rtburchak, trapesiyasimon) va shakl hosil qilish prinsiрlari (burmalar, taxlamalar, plisse, gofre, qiya bichiq, klyosh, qiyiq bo‘laklar), yeng uzunligi, shakli va bichimi (o‘tqazma, reglan, yaxlit bichilgan) o‘zgarib bormoqda; yoqa turlarining (inglizcha klassik, sholsimon, tik, qaytarma, yaxlit bichilgan va hokazo) va yoqa o‘mizining („u“- simon, oval, kare, „qayiqcha“ va boshqalar nihoyatda ko‘p xilmaxilligi ko‘zga tashlanadi. Ishlatiladigan dekorativ bezak turlari ham turli-tuman: kashta, qo‘yma burma, kant va boshqalar. Qiziqarli yangiliklardan biri — taxlama burma sifatida ko‘ylak pastki tomonining yuqori qirqimini ozroq-ozroq terib qo‘yilishi (40-rasm). 40-rasm. O’zbekcha ko’ylak modellari. Ishlatiladigan materiallar turi, ulardagi rang boyligi va naqshlar yechimi butunlay moda yo‘nalishiga qarab hal qilinadi. Lekin an’anaviy xonatlas hamisha bir xilda mashhur bo‘lib keladi. Uning naqsh motivi ham zamon, voqelik, davr ta’sirida o‘zgarib turadi. Xonatlasdan tikilgan liboslarning ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, undagi rapportning kattaligi, rasmlarning aniq-ravshanligi va qat'iyligi bu kiyimni ko‘p bo‘laklardan tikishga imkon bermaydi, uning shakli aniq, to‘g‘ri to‘rtburchakka yaqin bo‘lishi kerak. Rang tuslarining turlari va naqsh-gul echimlari boy bo‘lgani sababli ko‘ylak kompozisiyasiga bezak tariqasida boshqa materiallar, kashta gullar, hatto lyureks (yaltiroq qoplamali ingichka iрlar) aralashtirish tavsiya etilmaydi. Xonatlas ko‘ylaklarni modellashga material rasmidan qiziqarli qilib foydalanish, detallarning shakli aniqligi, mutanosibligi va yoqalarning xilma-xilligi hisobiga erishiladi. 3). Ayollar o‘zbekcha ko‘ylagini texnik modellash An’anaviy milliy ko‘ylak gavda qismi to‘g‘ri bichimli, koketka chizig‘i bo‘ylab burmali bo‘ladi. Koketka asosan ko‘ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig‘i bo‘ylab dumaloq bo‘ladi. Old tomonda koketka bo‘laklari bir-birining ustiga o‘tib turadi. Yoqasi qirqma, yoqa o‘mizi bo‘ylab o‘tqazma, qaytarma qismining shakli har xil bo‘ladi. Bunday ko‘ylakning loyihasini tuzish metodlarining boy tarixi bo‘lib, unda xalq an’analari hisobga olinadi. Mazkur qo‘llanmada milliy ko‘ylak loyihasini beli qirqma bo‘lmagan ovropacha ko‘ylak loyihasi asosining chizmasida tuzish varianti (41-rasm) taklif etilgan. Old va orqa bo‘laklar chizmasida oldin vitochkani bekitib, tiрik koketka chizig‘i o‘tkaziladi. Koketka chizig‘i orqa bo‘lakda L nuqtasidan, old bulakda esa L1 nuqtasida o‘tkazilgani ma’qul. Old bo‘lakda koketka chizig‘i ko‘krakning yuqori nuqtasidan 2,5—3 sm yuqoriroqdan o‘tishi kerak, bu chiziq asta-sekin simmetriya chizig‘iga tushib, undan 2,5—3 sm ga o‘tadi (koketkaning bir-biri ustiga o‘tish kengligi). Тiрik vitochkani to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘nab, belgilangan chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. L1 nuqta surilib yangi holat L_1 ga o‘tadi. Shunday qilib, ko‘krak vitochkasi koketka chizig‘iga ko‘chiriladi. Orqa bo‘lak yelka vitochkasini o‘z o‘rnida qoldirish mumkin. Lekin, ba’zan gazlama guli buzilmasligi uchun orqa bo‘lak koketka detalining yelka vitochkasini ham koketka chizig‘iga ko‘chirish mumkin. Buning uchun yelka vitochka uchidan koketka chizig‘igacha vertikal chiziq o‘tkaziladi. Shu belgi chiziq bo‘ylab koketka qirqiladi. Yelkadagi vitochka to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘naladi-da, bu vitochka koketka chizig‘iga va vertikal qirqilgan joyga ko‘chiriladi. Hosil qilgan andaza konturlari bo‘ylab, orqa bo‘lak koketkasining shakli olinadi. Shunday qilib, old bo‘lakdagi koketka chizig‘i — L_1 1, old bo‘lakning gavda qismini koketkaga ulash chizig‘i — L1 1; orqa bo‘lakning koketka chizig‘i — L_2, orqa bo‘lakning gavda qismini koketkaga ulash qismi L2 bo‘ladi. Koketkaga ulash chizig‘i bo‘ylab gazlamadan burma hosil qilishga mo‘ljallab, ko‘ylakning ham old, ham orqa bo‘lak gavda qismi kengaytirish qo‘yimi istalgancha, ixtiyoriy olinadi. Buning uchun old va orqa bo‘laklar simmetriya chiziqlarini gavda qismini kengaytirmoqchi bo‘lgan miqdorga suriladi: 22_ = KK_ = BlBl_ = EE_ = Bl1B_ll = Bk1B_k1 = E1E_1 = 10 sm Ko‘ylak gavda qismining minimal kengaytirilishi 10 sm ga teng bo‘ladi. 41-rasm. O’zbekcha ko’ylakning loyihasi. Agar bu kengaytirish yetarli bo‘lmasa, old va orqa bo‘laklar qo‘shimcha suriladi. Buning uchun surish chizig‘i belgilab olinadi. Bu chiziqlar orqa bo‘lakda beldagi vitochka markazidan, old bo‘lakda esa beldagi ikkala vitochka markazidan vertikal o‘tkaziladi. Old va orqa bo‘laklari belgi chiziqlar bo‘ylab qirqib, hamma bo‘laklarni gorizontal bo‘ylab orqa bo‘lakni o‘ng tomonga, old bo‘lakni chap tomonga suriladi. Yon qirqimlar — K4E2 vertikal yo‘nalishda belgilanadi. Old va orqa bo‘laklarning qo‘shimcha surilish kengligi ixtiyoriy bo‘ladi. Old va orqa bo‘laklar uzil-kesil surilib bo‘lgandan keyin ularning yuqori qirqimlari shakli chiziladi. Ayollarning an’anaviy o‘zbekcha ko‘ylagida, hozirgi paytda ma’lum o‘zgarishlar bo‘lmoqda, ya’ni ko‘ylak gavda qismining bichimi, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta-kichikligiga va shakliga ko‘pgina omillar, shu jumladan moda ham ta’sir etmoqda. Hozirgi o‘zbekcha ko‘ylakda turli bezaklar, qo‘yma burmalar, aylana burmalar, plisse va hokazolar ishlatiladi. Bu esa ko‘ylaklarning gavda qismi bilan koketkaning loyihasi bir xil bo‘lsa ham ularning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. 4). O‘zbekcha milliy lozimni loyihalash Lozim ayollar kiyimining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ayollar kiyimining bu turi milod boshlaridagi xotin-qizlar tasvirida uchraydi. Lozimni ham o‘z tarixi bor. U shakl, ishlatiladigan materiali, dekori jihatidan o‘zgarib turgan bo‘lsa ham, asl xalq bichimini saqlab qolgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, kengligini kamaytirish maqsadida lozim bichimini ayollar shimi loyihasiga yaqinlashtirish boshlangan. Lozimni ko‘ylak bilan bir xilda modellash kerak, chunki ular gavdaning idrok etilishida bir butunni tashkil etadi. Bunda shakl jihatidan ham, rang, ishlatiladigan gazlamalar va bezagi jihatidan ham xillilik bo‘lishi kerak. Shuning bilan birga gazlama tanlashda gigiyenik talablarni ham hisobga olish muhim hisoblanadi. Lozim chizmasini tayyorlash uchun quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi. BlYaA = 38 sm BkYaA = 52 sm LU = 90 sm PK = 20 sm. QBk = 4—6 sm. 1. Тo‘g‘ri burchak chizilib, burchakka Bl nuqta qo‘yiladi. (42-rasm). 2. BlP = LU = 90 sm (lozim uzunligi). 3. BlQ = BkYaA:2+(10-11) = 52:2+(10-11) = 36 sm (qadam chizig‘i oralig‘i). 4. Bl, Q, P nuqtalardan o‘ng va chap tomonga gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. 5. BlBl1 = BkYaA+QBk = 52+(4-6) = 56 sm (lozim kengligi). 6. QQ1 = BBl1 = 56 sm (qadam chizig‘idagi kenglik). 7. Q1Q2 = Q1 1Q2 1 = BkYaA:4-2 = 52:4-2 = 11 sm (og‘ qismi kengligi). 8. Q1Q3 = Q1 1Q3 1 = Q1Q2 = 11 sm (yordamchi nuqta). 9. Q1Q4 = Q1 1Q1 41 = 4-8 sm (Q3Q1Q2 va Q3 1Q1 1Q2 1 burchak bissektrissalari). 10. Q3, Q4, Q2 va Q3 1, Q4 1, Q2 1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan hamda Bl1, Q3 va Bl1 1, Q3 1 nuqtalar to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiriladi va yuqoriga davom ettiriladi. 11. PP1 = PP1 1 = PK = 20 sm. 12. P1 nuqta Q2 nuqta hamda P1 1 nuqta Q2 1 nuqta bilan chizg‘ich yordamida tutashtiriladi, ularning o‘rtasidan o‘tkazilgan perpendikulyarda 1,5 sm qo‘yiladi. 42-rasm. Lozim chizmasi. 13. PP2 = 1,5 sm (pocha qismining ko‘tarilishi). 14. Q2, 1,5—2 sm, P1 nuqtalar, Q2 1, 1,5—2 sm, P1 1 va P2, P1 1, P1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 15. Bl1Bl2 = BkYaA:10-1 = 52:10-1 = 4,2 sm (orqa bo‘lak chizig‘ining ko‘tarilish nuqtasi). 16. Bl1 1 va Bl2 nuqtani chizg‘ich yordamida tutashtiriladi, 42- rasmda ko‘rsatilganidek qilib perpendikulyarlar o‘tkaziladi va pendikulyar o‘rtalarida 1,0 va 1,5 sm qo‘yiladi. 17. Bl1 1, 1,0, Bl1, 1,5 sm, Bl2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. Mavzu bo’yicha nazorat savollari: 1. Milliy kiyimlar o‘zining qanday tarixiga ega? 2. Paranji qanday kiyim va uni kiyish qachon urf bo‘lgan? 4. Ayollar va erkaklar milliy kiyimlarining qanday turlari bo‘lgan? 5. Hozirgi zamonaviy liboslarning qanday turlarini bilasiz? 6. Ayollar milliy ko‘ylagini qanday modellashtiriladi? 7. Ayollar milliy lozimini qanday loyihalanadi? Topshiriqlar va mustaqil ish: Quyidagi “Kiyimni loyihalashda qo’yiladigan talabalar.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru Ilovalar 1). Ayollar tipaviy figuralarining o’lchamlari. 2). Qiz bolalar ko’ylagini modellashtirish bo’yicha namunalar. Yubkalarni modellashtirish. Ko’krak vitochkasini ko’chirish yo’llari. Bo’yin o’yindilarini modellashtirish yo’llari. 3). Mavzu: Ayollar kuylagi model konstruksiyasini maketda tekshirish. Konstruktiv nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish. Ishdan maqsad: “Myuller va o’g’li” usuli bo’yicha tipaviy qomatga ayollar ko’ylagi AK sini рisoblash va qurish (old,ort) va chizmani chizish. Ish mazmuni: 1. Ayollar ko’ylagi model konstruksiyasini qurish usullarini o’rganish. 2. Ayollar ko’ylagi model konstruksiyasini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlarni tanlash: a) o’lcham ko’rsatkichlari, b) konstruktiv qo’shimchalar. 3. Ayollar ko’ylagi model konstruktsiyasini xisoblash va qurish. Qo’llanma va anjomlar: manekenlar, chizmachilik anjomlari, ip,igna, bo’r, sm, tasma, to’g’nog’ich, gazlama parchasi, millimetrli qog’oz. 5.1-rasm. Ayollar ko’ylagining baza asosi konstruktsiyasining chizmasi. Ayyollar figurasining o’lchov belgilari. Olcham belgilari nomlari Ko’krakning I yarim aylanasi Belning yarim aylanasi Buksa yarim aylanasi Shartli belgisi natija Or1 OT Ot Ko’krak balandligi Old tomondan bel chizigi uzunligi Orqa tomondan bel chizigi uzunligi Ko’krak orasidagi masofa Bilak aylanasi Yelka kengligi Orqa kengligi Vg Dort.bel. Dolt.bel. Shk Obilak Shyel. Short Old kenglik Shold Jadval 5.2 Tanaga nisbatan yopishib turadigan suluetli umizga utkazma engli ayyollar ko’ylagining baza asosi konstruksiyasi chizmasini chizish uchun hisoblashlar. Chizmadagi konstruktiv kesma Hisoblash formulasi CHizma bazis turining asosiy gorizontal chiziqlarining joylanishi. Ko’krak chizigi. AU=0,4 Dt.s. Kurrakning dungini hisobga olgan xolda kultik osti chuqurliklarining orqa burchaklari AT=Dt.s+Pd.t.s Kurrakning dungini hisobga olgan xolda bel chizigining joylanishi. AZ=Vpr.z. TB=0,5Dt.s AN=Dsh+Pd.i. Son chizigining doylanishi. Kiyim o’zunligi Orqa detalning yoqa o’mizini kurish AA1=0,35Ssh+Psh.g.s Orqa yoqa o’mizining kyengligi Orqa o’mizining balandligi A1A2=Dt.sI-Dt.s Orqa yoqa o’mizining egri chizigini chizish uchun yordamchi nuqta A1A11=0,64A1A2fr.c=0,41-0,42 Orqa detalning yelka vitochkasini kurish Kurrakning dungayib chikkan nuqtalarining joylanishi (kyengligi bo’yicha) UI=TSl=AA1 Ri=11sm Indiqatorli aylana bo’yicha vitochkaning burchagi <b1=8,5 yoki 1,7 Orqa detalning yelka vitochkasining tomonlarini (chetlarini) baravarlash IA2=IA21 Orqa detalning yelka chizigini (chokini) kœrish A21P=SHp;TP=Vp.k+0, Yelka nuqtasining joylanishi CHinlar miqdorini hisobga olgan xolda yelka chokining o’zunligi A21P21=SHp+0,5 Yelka vitochkasining o’tqazish A2P21=0,25A21P21 tashki chetini Yelka vitochkasining o’zunligi CHizma bazis turining vertikal chiziqlarining joylanishi va kiyimning old-orqa muvozanatini (balansini) 8-9 aniqlash 8-9 Orqa kyengligi Old detalning yoqa o’mizining yeng yuqori nuqtasi (balans miqdori) SHsp=Aa=SHs+Psh.sp. b=aoI=(Dt.pI-Dt.s)+Dhk.o Ko’krak nuqtasi joyi Ko’krak chizigining joylanishi 2-ko’krak aylanasi bo’yicha kiyimning kyengligi ZZ1G2=CrIII-0,95(SHs+dp.z.r) Old (ko’krak) kyengligi Ko’krak chizigi bo’yicha vitochkalarning umumiy miqdori Vitochkalarning taksimlash Yeng o’mizi razmer) umumiy OIG1=Vg-Dsh.o.sh+0,5 miqdorini SHp=G2G4=SHg.b+Pg SHg.b=CrIII-0,95(SHs+dp.z.r) SB=G31G32+G51G52=GG2(CrIII+Pg) G31G32=0,7 S Bg kyengligi (nazoratchi G51G52=0,3 S Bg SHpr=0,91dp.z.r++Psh.pr=G1G4-G31G32 Old detalning yoqa o’mizi chizigini kurish Old detalning yoqa o’mizi kyengligi SHizd=CrIII+Pg yoki Old detalning yoqa o’mizi chuqurligi Yoqa o’mizining egri chizigini chizish Old detalning yuqori vitochkasini kurish Ko’krakning yeng yuqori nuqtasining joylanishi SHizd=0,95(SHs+SHpr++SHsh.s.p)+SHper A3A4=AA1-0,8 A3A5=A3A4+1sm Ko’krak bezlarining yuqori asoslarining joylanishi Yuqori ko’krak vitochkasining chuqurligi Yuqori ko’krak vitochkasining tashki cheti Kiyimning orqa va old detallarining kontur chiziqlarini kurish Rr=A3A5 G2G6=TSg+0,3 G6G7=Vg-Vpr.p+0,5 Yeng o’mizi chizigining chuqurligi Yeng o’mizining orqa qismidagi belgisi Orqa detalning yeng o’mizining yuqori G7G71=CrII-CrI(yostikcha) yoki <b21=22- qismini chizish 23 Orqa detalning yeng o’mizining pastki qismini chizish Old bo’lakning chuqurligi yeng o’mizining Old yelka chizigining tashki uchini chizish Old yelka o’mizining yuqori qismini chizish G6A41=G6A4 31G11=32G41=Ps.pr G11P3=0,6SHpr=0,6(G11G41-G31G32) Fpr1=0,5 Old yelka o’mizining pastki qismini chizish Old bo’lakning yelka chizig’ini chizish va ko’krak vitochkasini pardozlash Ko’krak vitochkasining uchlarining joylanishi tashki Rc=0,6SHpr G4P4=G1P2-1 G41P6=0,4SHpr=0,4(G11G41-G31G32) P6P5=P6P4;A41P5=SHp Ko’krak vitochkasining tomonilarini baravarlash ikkala Old bo’lakning yelka chokining o’zunligi Fpr2=0,2 Rp=0,4SHpr Kiyimning yon choklarini va chizigi bo’yicha vitochkalarni kurish A4A6=A41A61=A2A22 Yeng o’mizining chuqurligidagi yon chokining joylanishi G6A6=G6A61 Orqa bel vitochkasining chizigidan boshlanish nuqtasi ko’krak A4A6+A61P5=SHp Old vitochkasining joylanishi. Bel chizigi bo’yicha vitochkalar miqdori Bel chizigi bo’yicha vitochkalar miqdorining uchastkalarga taksimlanishi Son chizigi bo’yicha chiziqlarining joylanishi yon choklari Old va orqa detallarning etak chiziqlarini G1G3=0,25G1G4 kurish YOn choklarining etak qismida joylanishi GG5=0,5GG1 Old bo’lakning markaziy chizigidagi etak chizigining joylanishi Old detalning etak chizig’i SBt=(CrIIIPg)+(G31G32+G51G52)-(St+Pt) T2T3=T2T4; T3T4=0,5 SBtT51T5=T5T52; T51T51=SBtT61T6=T6T62; T61T62=0,25 SBt B2B3=B2b4==0,5(Sb+Pb)-GG2 N2N3=N2N4=3-4sm N1N11=1 N4N11-tekis chiziq 22 18 21 Ishni bajarishga qo’yiladigan talablar 1.Talabalar laboratoriya ishini tartibga mos holda bajariladi. 2.Laboratoriya ishining yozuv qismi A4- formatli qo’ozda, chizmalar 1:1 masshtabda millimetrli qog’ozda bajariladi. 3. Ayollar ko’ylagining baza asosi konstruktsiyasi (AK)ning chizmasi M 1:1 masshtabda ilova qilinadi. Nazorat savollari: 1. Konstruktsiya qurish uchun dastlabki ma`lumotlar. 2. “Bazis to’ri” nima? 3. Ayollar ko’ylagining baza asosi xaqida ma`lumot bering. 4). O’qitishning interfaol usullaridan tarqatma materiallar yordamida dars o’tishga misol qilib quyidagilarni olamiz. Yeng konstruksiyasi GLOSSARIY O’zbekcha Adip Ruscha Адип Inglizcha Adip Antropometriya антропометрия anthropometry Apash Апаш Apash Asimmetriya Асимметрия Asymmetry Assortiment Ассортимент range Грунтовка деталь Primer detail Andoza Лекал patterns Astar (abra) Подкладка Lining Astar detali Angishvona Izoh ust kiyim old bo’lagining tugma va izmalari joylashgan o’ng va chap qismi. (antropo va yun. metreo – o’lchayman) antropologiyaning tekshirish usullaridan biri. Tik qaytarma yoqaning bir turi; keng ochiq yoqali ko’ylak. Detallar, konstruksiya yoki rasmda simmetriyaning yo’qligi. Mahsulotning turi, nomi, mo’ljali, ishlatiladigan xom-ashyosiga ko’ra umumiyligi yoki to’plami. Buyumning ichki tarafini bezatish uchun (qirqim choklarini bekitishga, shaklni saqlashga, mustahkamlashga qulayligiga) biriktiriladigan buyumning qismi (bo’linmas yoki astarbop materiallardan yig’ilgan). (fors. angusht – barmoq, vona – saqlovchi) – ish tikishda barmoq uchiga kiyiladigan metal g’ilof. Murakkab konstruksiyali kiyim modellarini bichish va tikish jarayonida ishlatiladigan detallar shabloni. Cho’ntakning ichki Badiiy loyihalash Художественный дизайн Artistic design Bashang libos Bel buyumlari Аксесуары для талии Belli buyumlar balansi Befarqlik intervali Bir bortli Bichish Bluzka Bosh kiyim Блюзка Blouse qismi Yangi model obrazini yaratish bilan bog’liq bo’lgan kiyim shakli va predmetlarini takomillashtirishga qaratilgan ijodiy jarayon. Tantanali marosimlarda kiyiladigan nafis, bayramona kiyim. Qisman yoki to’liq tosson kamariga tayanadigan, tananing pastki qismini va oyoqlarini qoplaydigan kiyim. Belli buyumlarning qomatda muvozanatini saqlagan holda beldan bo’ksa chizig’igacha old va orqa qismlar o’rta chiziqlarining ayirmasi bilan xarakterlanadi. Kiyimning o’lchamlari orasidagi iste’molchi sezmaydigan farq. Tugma diametri (3/4 qismi) va tugma chetidan bort chetigacha bo’lgan masofa bilan xarakterlanadigan markaziy taqilma kengligi. Kerakli buyumni tayyorlash uchun gazlama, charm va boshqa materiallarni ma’lum bir shaklda va razmerda qirqish. Bo’ksa yoki undan pastroq uzunlikda bo’lgan ayollar yoki qizlar yelka kiyimi. Boshga kiyiladigan Buf Burma Bo’y Dekor Dekarativ Detallar tasnifi Dekolte Dizayner Дизайнер designer Faktura Фактуре texture Fason Фасон Furnitura Garderob Furnitura Гардероб wardrobe kastumning muhim bo’lagi. Yubka va yenglarda uchraydigan hajmiy taxlamalar, burmalar va yig’malar. Matoning iplarini yig’ish natijasida hosil bo’ladigan mayda taxlamalar va yig’malar. Bosh yuqori nuqtasidan polgacha (oyoq kartigacha) bo’lgan proyeksion masofa. Arxitektura, interyer, kiyim dizaynida uchraydigan bezak elementlarining majmui, sistemasi. Ko’rkamroq ko’rsatishga mo’ljallangan. Muayyan o’xshash belgilar asosida, detallarni guruhlarga bo’lish. Ayyolar ko’ylagida katta o’yilgan bo’yin o’mizi. Rassom-konstruktor, dizayn bo’yicha mutaxassis. Mato yuzasi tuzilishining xarakteristikasi. Kiyimning tashqi ko’rinishi. Kiyimda ishlatiladigan yordamchi materiallar (tugma, knopka, ilgak, halqa, molniya). Insonning hayotida hamma zarur vaziyatlariga mo’ljallangan, biron-bir belgilari bo’yicha Gofre Вафли Waffles Gulfik Гулфик codpiece Koketka Кокетка coquette Cho’ntak Карман Posket Nakidka Накидка Modellashning mulyaj usuli Model Модель Model Modelyer Модельер Fashion designer mujassamlashgan aksesuarlar, poyabzal va kiyimlar majmui. Kiyim detallarida qo’llaniladigan mustahkam to’lqinsimon taxlamalar. Erkaklar shim old bo’lagi yashirin taqilmasiga izma uchun mo’ljallangan detal. Yelka kiyimlarining ort, old bo’lagi, shuningdek, yubka va shimlarning yuqori qirqma qismi. Tikuv buyumlarining bo’lagi yoki uzelidir. Yelkaga tashlab yuriladigan yengsiz kiyim. Matoni manekenga qadab loyihalash usuli. Kiyimlarni seriyali ishlab chiqarishda ishlatiladigan etalon namuna. Kiyim modellarini ishlab chiqadigan mutaxassis. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Asosiy adabiyotlar: 1). O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2017 yil 20 аpreldаgi “Oliy tа’lim tizimini yanаdа rivojlаntirish chorа – tаdbirlаri to‘g‘risidаgi” PQ-2909 sonli qarori. 2). O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti SH.Mirziyoyev tаshаbbuslаri bilаn 2017 yilning 7 fevrаl kuni “O‘zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtegiyasi to‘g‘risidа”giPF-4947-sonli Fаrmoni qаbul qilindi 3). O‘zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining “Umumiy o‘rtа tа’lim to‘g‘risidаgi Nizomni tаsdiqlаsh hаqidа”gi Qаrori.140-son //2017 .15 03 4). Karimov I.A. Yuksak m a’naviyat — engilmas kuch. — Т.: O“zbekiston. 2008. 5). Saidova K. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari darslarida yangi axborot texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik shart-sharoitlari. Magistrlik dissertasiyasi. — Т.: 2007. — 98 b. Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar: 1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b. 2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b. 3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil. 4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil. 5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. Uz 4. www. Kitob.uz 5. www.yandex.uz 6. www. edu. uz 7. tdpu-INTRANET. Ped 8. www.legprominfo.ru