Uploaded by Rustam Yusupov

Formulalar

advertisement
Matematikadan formulalar
to’plami
Abiturientlar uchun
Uch aka-uka boylik izlab sayohatga chiqibdi. Yo’l yurishibdi yo’l
yursa ham mo’l yurishibdi. Kunlarni birida ularning oldilaridan
baland tog’ chiqibdi.Bu tog’ni oshib o’tish uchun bir kun vaqt ketar
edi. Ular tog’ni o’rtasiga borishganida kun oxirlab qorongi tushgan
edi. Shunda aka-ukalar shu yerda tunni o’tkazib ertalab yo’llarini
davom etirishga kelishib oldilar.Kechasi aka-ukalar uxlashga
yotishyotganida g’oyibdan shunday ovoz eshitildi “Hozir
hammalaringiz xaltachalaringizga xoxlaganingizcha tosh solib
qo’yinglar va ertaga ertalab tog’dan oshib tushganingizdan keyin
xaltachalaringizni ochinglar shunda avval xursand bo’lasizlar va
afsuslanasizlar ” debdi .Shu gapni eshitgandan keyin aka-ukalar
xaltachalariga turli miqdordagi toshlarni solib qo’yishdi.Ertalab tog’ni
oshib tushganlaridan keyin kecha kechqurun eshitgan gaplarini esga
olishib xaltachalarini ochib qarashsa unga solingan toshlar olmosga
aylanib qolibdi.Buni ko’rgan aka-ukalar avvaliga juda xursand
bo’lishib keyin juda afsuslanishdi.Bunga sabab ular xaltalariga ko’proq
tosh solishmagani edi. Chunki ular toshni ortiqcha yuk deb
hisoblashishgan edi.
Izoh: Bilim ham xuddi shu hikoyadagi kabi avvaligi
ortiqcha toshdek ko’rinadi lekin tog’ni oshib tushib olmosga
aylangan toshdek sizga baxt,quvonch,muvaffaqiyat va boylik
olib keladi.Shuning uchun o’qish davomida qiyinchilikga
uchrasangiz shu hikoyani esga oling va ertangi muvaffaqiyatli
kunlaringizni eslang. Biz ishonamizki siz bunga albatta
erishasiz!!!
Talabalik-Kuchlilarni tanlab oladi.
Shuning uchun siz ham kuchli bo’lishga harakat qiling !
Download