O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTET MUSTAQIL ISH MAVZU: Moliya bozorida korporativ qimmatli qog‘ozlar muomalasini samarali tashkil etish yo‘llari BAJARDI : KARIMBOYEV BEHRUZ GURUH : SBIA-89 TEKSHIRDI : dots. JUMANIYOZOV I. Reja : 1. Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va o‘rni 2. Moliya bozorining tuzilmasi, tarkibiy qismlari va qatnashchilari 3. Qimmatli qog‘ozlar tasnifi va tavsifi 4. Moliya bozor rivojlanishida qimmatli qogʻozlar emissiyasi 5. O‘zbekiston moliya bozorining modeli 1.Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va o‘rni O‘zbekiston jahon hamjamiyatida oʻz mavqeiga ega boʻlish maqsadida asosiy e’tiborlardan biri boʻlgan moliya bozoriga, ushbu sohada jahon amaliyotidan foydalangan holda mamlakatimiz iqtisodiyotiga xos tizimlarni joriy kilishga va ularni rivojlantirishga qaratdi. Mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy islohatlar yanada chuqurlashayotgan davrda, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida boʻlgani kabi moliya bozori sohasida ham chuqur oʻzgarishlarni amalga oshirish hozirgi kunning asosiy talabidir. Moliya bozori sohasida olib borilayotgan islohotlarning markaziy boʻgʻinida valyuta bozorini erkinlashtirish, qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga keng jalb etish, mamlakat moliya bozorni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini ta’minlash, pul-kredit sohasi va bank sektorini barqarorligini oshirish turadi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda iqtisodiyot transformatsiyasi va globallashuvi sharoitida xalqaro moliya bozorlarining taraqqiyot xususiyatlarini oʻrganishning ahamiyati kattadir. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan ekan, bunda moliya bozorlari muhim oʻrin tutadi. Moliya bozorlarining iqtisodiyotda tutgan oʻrnini oshirish bevosita ularning faoliyatini erkinlashtirishni, unda bozor qonuniyatlarining amal qilishini va unga ta’sir etuvchi omillarni mukammlal oʻrganishni talab qiladi. Shu sababli, tanlangan mavzu birinchidan, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy jihatdan murakkabligi boʻlsa, ikkinchidan, respublikada amalga oshirilayotgan koʻpdan-koʻp yangi muammolar bilan chambarchas bogʻliqligi, uchinchidan xilma-xil statistik ma’lumotlarni tahlil qilib ilmiy xulosalar chiqarishni talab qilishidir. Bugun moliya tizimini bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni iqtisodiy usullar bilan boshqarishda iqtisodiyot transformatsiyasi va globallashuvi sharoitida moliya bozorlarining nazariy va amaliy muammolarini rivojlangan xorijiy mamlakatlar, hamda oʻz tajribamiz asosida oʻrganish va ularni takomillashtirish yoʻllarini ishlab chiqish hozirgi kunda iqtisodiy-moliyaviy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonidagi eng dolzarb muammolardan biri boʻlib turibdi. Hozirgi kunda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish borasida ayrim muammolar mavjud boʻlib bu holat bozorni rivojlantirishga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Xususan, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar daromadliligining banklardagi aholi uchun ochilgan omonatlarning daromadlilik darajasi nisbatan pastligi. Bu holat albatta axolining oʻz qoʻyilmalarini fond bozorida emas, balki banklarda saqlashlariga sabab boʻlmoqda. Shu bilan birga axoli oʻz omonatlarini qimmatli qogʻozlarga joylashtirishda ijobiy natijalarga erishilishga toʻsiq boʻlayotgan bir qator omillar ham borki, ular sirasiga qimmatli qogʻozlar boʻyicha etarli axborotga ega emasligi, qimmatli qogʻozlar oldi - sotdi jarayonining murakkabligi, mazkur jarayonga ketadigan harajatlarning sezilarli ekanligi, investorlar xuquqlarini ximoyalashda qonunchilikni takomillashtirish zarurligi va axoli qonuniy - me’yoriy xujjatlar boʻyicha savodxonligining etarli darajada emasligi, professional ishtirokchilar faoliyatining axolini bozorga jalb qilish va oʻz maxsulotini taklif etishda faol emasligi va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Ya’ni shu va boshqa omillar ta’sirida axoli oʻz jamgʻarmalarini qimmatli qogʻozlarda emas, balki boshqa vositalarda saqlashni afzal bilmoqda. Bu esa qimmatli qogʻozlar bozorida muxim oʻrin tutuvchi qatlamning bozordagi ishtiroki sust boʻlib qolayotganligiga sabab boʻlib qolmoqda. O‘zbekiston qimmatli qogʻozlar bozorining funksiyalarini bajarishidagi muammolaridan yana biri bozorda moliyaviy vositalar sonining cheklanganligi, davlat qimmatli qogʻozlar bozorining mazkur bozordan byudjet defitsitini qoplashda va Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirishda samarali foydalanish imkoniyatini beruvchi hajmining u qadar yuqori emasligi. Mazkur muammoni hal etishda qimmatli qogʻozlar bozorida likvid moliyaviy instrumetlar sonini oshirish va investorlar uchun tanlash imkoniyatini vujudga keltirish muxim hisoblanadi. Jumladan, davlat qimmatli qogʻozlari soxasida ipoteka obligatsiyalarini muomalaga chiqarish. Bu obligatsiyalar aholini uy - joy bilan ta’minlashda muxim omil hisoblanib, hozirgi kunda mazkur muammoni shu yoʻl bilan hal etish ijobiy samara bergan boʻlar edi. Korporativ qimmatli qogʻozlar bozorida aktivlarni sek’yuritizatsiyalash maqsadida xosilaviy qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish. Buning uchun ayniqsa mamlakatimiz tijorat banklarida keng imkoniyatlar mavjud. Hozirda ularning aktivlarining portfelida etarlicha katta miqdori uzoq va oʻrta muddatga moʻljallangan kreditlarda, jumladan avto kreditlarda band. Mazkur aktivlarni jonlantirish maqsadida ularning asosida oʻz aktivlarini sek’yuritizatsiyalash, ya’ni qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish maqsadga muvofiq boʻlar edi. Respublikamizda ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish kontseptsiyasining asosiy gʻoyalari va qoidalari toʻrt boʻlimda aks ettirilgan. Birinchi boʻlim qimmatli qogʻozlar bozorining eng muhim tarkibiy qismi sifatida ikkilamchi fond bozorining rolini tavsiflaydi va kontseptsiyaning maqsadini belgilaydi. Ikkinchi boʻlim respublika qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorining chuqur tahliliga bagʻishlangan boʻlib, uning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy omillar keltirilgan. Uchinchi boʻlimda iqtisodiy islohotlarning zamonaviy bosqichida mamlakatimizda ikkilamchi fond bozorini rivojlantirishning keyingi shart-sharoitlari bayon etilgan. Toʻrtinchi boʻlimda esa yaqin istiqbolda ikkilamchi fond bozorini rivojlantirishning kontseptual qoidalari taklif etilgan. Xullas, mazkur strategik maqsadlarga amal qilish qimmatli qogʻozlar bozorinitartibga soluvchi davlat boshqaruv organlari va mamlakat fond bozorining eng muhim institutlari sa’y-harakatlarini birlashtiradi. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilariga nisbatan izchil va muvofiqlashgan iqtisodiy siyosatni olib borishga imkon beradi. Bu esa, oʻz navbatida, qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi, uni yangi tashkiliy va iqtisodiy darajaga olib chiqadi hamda fond bozori holatiga va umuman bozor munosabatlarining rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. 2.Moliya bozorining tuzilmasi, tarkibiy qismlari va qatnashchilari Moliya bozorining mazmun-mohiyati va xususiyatlaridan kelib chiqib, uni quyidagi rasmda ko‘rsatilgan model yordamida ifodalash mumkin. Bu model oltita bir-biri bilan uzviy bog‘langan quyidagi unsurlardan iborat: moliya instrumentlarini muomalaga chiqaruvchi, emitent (E), investor (I), professional (malakaviy) qatnashchi (PQ), savdo tizimlari (ST), moliya bozorini tartiblashtiruvchi regulyatorlar, ya’ni davlat regulyatori (DR), nodavlat regulyatorlar (NR). Bunda regulyatorlar birgalikda moliya bozorini muvozanatiy tartiblashtirish asosida uning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlaydi. Nodavlat regulyatori sifatida odatda o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi notijorat institutlar tushuniladi. Moliya bozorining tuzulmaviy-funktsional modeli Ushbu modelda moliya bozori qatnashchilarining (unsurlarining) bir-biridan farqli maqsadlari, vazifalari va faoliyat xususiyatlari asosida quyidagilami ifodalash mumkin. l.Unsurlarni shartli ravishda to'rt guruhga: savdo qatnashchilari, savdoni tashkillashiruvchilar, regulyatorlar va informatsion (reyting) agentliklarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga emitentlar (moliyaviy instrumentlami taklif qiluvchilar, sotuvchilar), investorlar (moliyaviy instrumentlarga resursiarini yo'naltiruvchilar, xaridorlar), professional qatnashchilar (investitsiya institutlari bo‘lmish brokerlar, dilerlar, treyderlar, anderrayterlar; banklar; sug'urta kompaniyalari; fondlar; xoldinglar; moliya-sanoat guruhlari va h.k.) kiradi. Ikkinchi guruhga savdoni tashkillashtiruvchi institutlar (birjalar, elektron savdo tizimlari, chakana savdo markazlari, fond do'konlari, valyuta almashtirish shahobchalari, maxsus auktsionlar, tarmoqlangan marketingli savdo tizimi va h.k.) kiradi. Uchinchi guruhga DR va NR kiradi (hozirda xalqaro regulyativ funktsiyaga ega institutlami ham nazarda tutish lozim). To'rtinchi guruhga moliya bozorini tahlil qilib, uning qatnashchilari, moliyaviy instrumentlaming va umuman bozoming sifat ko'rsatkichlarini oshkor etib, reklama qilib, belgilab boruvchi axborot tashkilotlari kiradi. Ushbu guruh institutlarini moliya bozorining professional qatnashchilari qatoriga qo'shish mumkin, lekin ular faoliyatlarini yuritish uchun moliya bozori regulyatoridan ruxsat olmaydilar, faqat akkreditasiyalanadilar. 2. Unsurlar moliya bozorida bir-biri bilan savdo tizimisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri va professional qatnashchilar yordamida o‘zaro munosabatlarda bo'lishi mumkin. Ya’ni E va I, I va PQ, E va PQ juftliklar bo'yicha munosabatda bo'ladilar. 3. Unsurlar moliya bozorida faqat savdo tizimi orqali o'zaro munosabatlarda bo'ladilar. Ya’ni, E, ST, I; E, ST, PQ; I, ST, PQ; PQ, ST, PQ; uchliklari bo'yicha munosabatlarda bo'lishlari mumkin. Bunda birinchi va ikkinchi uchliklar birlamchi bozor munosabatlarini, ohirgi ikki jufflik esa ikkilamchi (spekulyativ) bozor munosabatlarini anglatadi. 4. Unsurlar beshligi (ya’ni NR, E, I, PQ, ST) o'zini o'zi muvofiqlashtirish mexanizmi tizimini anglatadi. 5. Unsurlar oltiligi (ya’ni DR, E, I, PQ, ST, NR) davlat va o'zini o'zi muvofiqlashtirish mexanizmi tizimini anglatadi. Model unsurlarini bunday guruhlash va ajratish moliya bozori infratuzilmasi va industriyasi roli va funktsiyalarini tizimli anglashga, unsurlarining o'zaro bog'liqlikdagi, ammo farqli manfaatlarini hisobga olib, faoliyatini o'rganishga yordam beradi. 3. Qimmatli qog‘ozlar tasnifi va tavsifi Qimmatli qog‘ozlar moliyaviy instrumentlaming boshqa turlaridan farqli eng hajmli va alohida bozoriga ega boMgan guruhini tashkil etganligi munosabati bilan ulaming mazmun-mohiyatini maxsus ravishda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Ta’kidlash joizki, qimmatli qog‘ozlar moliyaviy instrumentlaming alohida turi bo‘lib, moliyaviy instrumentlaming boshqa turlaridan (kredit, valyuta, polis, oltin va h.k.) ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. Qimmatli qog‘ozlar iqtisodiyotda o‘z ahamiyati, o‘mi va funktsiyalarini allaqachon isbotlaganligiga qaramasdan ulaming mazmuni to‘g‘risida hanuzgacha qizg‘in bahslar davom etib kelmoqda. Qimmatli qog ‘oz - bu, umuman olganda, real mulk, mulkiy huquq yoki maxsus huquq shaklidagi bazisga ekvivalent (“egiz-analog”, o'hshash) qiymatga va narxga, parametr va xossalarga ega bo'lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy-informatsion mexanizm bilan ta’minlangan, faqat o'ziga xos bo'lgan qimmatli qog'ozlar bozoridagi munosabatlami belgilovchi, moliyaviy resurslami samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlovchi, riskli va muayyan hollarda ma’lum ko'rinish (dividend, foiz stavka, diskonta, kurs tafovut)larda daromad keltiruvchi moliyaviy instrument (vosita, pul xujjati) sifatida, har xil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo'ladigan riskli mulk (mulkiy huquq) ham kapital, aktiv va fond boyiligi ham qimmatli qog'ozlar bozori tovaridir. Qimmatli qog‘oz bir vaqtning o'ziga iqtisodiy kategoriya va yuridik konstruktsiyaga ega hamda o‘zida ma’lum axborotni mujassamlashtiradi. Buning asosida jamg'armalami investitsiyalarga aksincha investitsiyalarni jamg‘armalarga transformatsiyasini amalga oshirish vosita sifatida namoyon bo'ladi. Qimmatli qog'ozning bir vaqtning o'zida ishonchli, likvid, nafli va bir-biriga mutanosib jamg'arma va investitsiya vositasi bo'lishi davlatning makroiqtisodiy siyosati barqarorligi, qimmatli qog'ozlar bozoridagi (S-I)-muhitning qulayligi va uning faoliyati iqtisodiyhuquqiy-informatsion mexanizmining yuqori samaradorligi bilan belgilanadi. Umuman olganda, qimmatli qog'ozning jamg'arma va investitsion funktsiyalari doirasida beriladigan huquqlar va iqtisodiy imkoniyatlar miqdori va ko'lami qanchalik ko'p bo'lsa, mazkur qog'ozning qiymati va narxi shunchalik yuqori bo'ladi (baholanadi). Qimmatli qog'ozning bozor qiymati va narxi bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda bo'lganligi bilan ular mazmunan farqlanadi. Ya’ni, umuman olganda, qimmatli qog'oz qiymati uning narxi emas. Chunki, qimmatli qog'oz qiymati hisoblab topiladi, uping narxi esa bozor kon’yunkturasi kelishuvi asosida to'lanadi. Ko'p hollarda awal qimmatli qog'ozning qiymati baholash maqsadiga ko'ra belgilanadi (hisoblab topiladi), keyin esa, oldi-sotdi bitimi asosida uning kon’yunkturaviy narxi o'matiladi. Umuman olganda qimmatli qog'ozlar moliya instrumentlarining tasnif belgilari asosida tasniflanadi. Lekin qimmmatli qog'ozlaming ma’lum mazmun va xususiyatlari ulami qo‘shimcha tarzda alohida tasniflashni taqazo etadi. Shu munosabat bilan o'quv maqsadlarida qimmatli qog'ozlarni quyidagi rasmda keltirilgan shakllarda tasniflanishini keltirish mumkin Emissiyalanadigan va emissiyalanmaydigan qimmatli qog'ozlar tarkibi (klass va chiqarilish usuli bo'yicha guruhlashtirish) 4.Moliya bozor rivojlanishida qimmatli qogʻozlar emissiyasi Mamlakatimiz fond bozorining investitsion jozibadorligini oshirish birinchi galda hal qilinishi lozim boʻlgan masalalardandir. Bunda fond bozori ishlab chiqarishga mablagʻlar jalb etishining eng yaxshi yoʻllaridan biri ekanligini, uning afzalliklarini koʻrsatib, individual va korporativ sarmoyadorlarning boʻsh turgan pul mablagʻlaridan eng yuqori daromad keltiruvchi moliyaviy makonga aylantirishimiz lozim. Tadqiqot ishi natijalariga asoslanib moliya bozor rivojlanishida qimmatli qogʻozlar emissiyasini samarali tashkil etish va uning iqtisodiyotdagi rolini oshirish hamda rivojlantirishda quyidagi ilmiy xulosalarni keltirish mumkin: 1. Korxonalarda qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etishda qimmatli qogʻozlarning emissiyasidan keng foydalanish amaliyotini joriy etish. Hozirgi kunda mamlakatimiz korxona va tashkilotlari moliyaviy mablagʻga boʻlgan ehtiyojlarini asosan bank kreditlari hisobiga qondirmoqdalar. Vaxolanki, qoʻshimcha mablagʻni qimmatli qogʻozlar vositasida jalb qilishning bir qator afzalliklari mavjud va bu holat jahon amaliyotida keng tus olgan boʻlib, xozirda qimmatli qogʻozlar orqali mablagʻ jalb qilish bank kreditlaridan ortib ketishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu holat mamlakatimiz iqtisodiyotida qimmatli qogʻozlar bozorining rolini oshirishga turtki boʻladi. 2. O‘zbekiston qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozori professional ishtirokchilarining milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasining qoshida moliya bozorining barcha ishtirokchlari uchun ochiq boʻlgan elektron ma’lumotlar bazasini tuzish. Bu mazkur bozorning shaffofligini ta’minlaydi va uning ishtirokchilari tomonidan qaror qabul qilish jarayonining operativligi ta’minlashga xizmat qiladi. 3. Aksiyadorlik jamiyatlari va xoʻjalik birlashmalari ustav kapitalidagi davlat ulushlarini qisqartirish, qimmatli qogʻozlar bozori rivojlanishini ragʻbatlantiradigan imtiyoz va preferentsiyalarni yaratish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, milliy ikkilamchi bozorning xorijiy va xalqaro bozor bilan integratsiyasini ta’minlash kabi maqsadlarni koʻzlashga qaratilgan davlat siyosatini olib borish. 4. Aksiyadorlik jamiyatlari va xoʻjalik birlashmalari ustav kapitalidagi davlat ulushlarini xususiy sektorga sotish yoki ularni maqbul darajagacha qisqartirish orqali qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorining resurs bazasi yaratish 5. Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasi tashkilotlari, professional ishtirokchilari, tartibga soluvchi davlat organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish. 6. Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorida kliring operatsiyalarini rivojlantirish, buning uchun Yagona dasturiy-texnik majmua tarkibidagi kliring, hisob-kitob va subdepozitar modulini toʻla amalga oshirilishini ta’minlash, brokerlik tashkilotlari mijozlari uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida hisobvaraqlar ochish, real vaqt rejimida “bank-broker” oʻzaro elektron munosabatni ta’minlaydigan dasturlarni joriy etish. 7. Respublikamiz emitentlarining jahon fond bozorlariga chiqish jarayonining va milliy fond bozorining xorijlik investorlar uchun jozibadorligini oshirishning huquqiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish lozim. 8. Kapitallashuv darajasini oshirish va davlat tashabbusi bilan aksiyalar IPOsini oʻtkazish mexanizmini qoʻllash asosida oʻzbek emitentlarini xalqaro miqyosda integrallashgan fond bozorlariga chiqishini ta’minlash mumkin. 9. Investitsiya muhiti va chet el investitsiyalari oqimining barqarorliligini ta’minlashning muhim sharti boʻlgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning barqarorligini ta’minlash lozim. Banklarning fond bozoridagi faoliyatini faollashtirish uchun ularning kapitalini qayta tarkiblash, ustav fondlaridagi davlat ulushini xususiy investorlarga sotish, banklarning investorlar sifatidagi faoliyatini yanada erkinlashtirish lozim. Shuningdek, fond bozori infratuzilmasini va ishtirokchilar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozim. 6. O‘zbekiston moliya bozorining modeli O'zbekistonning moliya bozori mamlakatda jadal sur’atlarda keng ko'lamli va bosqichma-bosqich amalga oshiralayotgan islohotlarning mahsuli sifatida namoyon bo‘lgan reallik hisoblanib, o‘zining takomillashish va rivojlanish yoiiga ega. Hozirda har qanday o'tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari O‘zbekiston uchun asosiy muammolar - ishlab chiqarishni modemizatsiyalashtirish, investitsiyalami jalb qilish va industrial o‘sishni ta’minlashdir. Bu muammolami yechishda milliy moliya bozorining roli va funktsiyalari katta ahamiyatga ega. Chunki, jahon amaliyotidan ma’lumki, aynan moliya bozori milliy iqtisodiyotning halqaro miqyosda raqobatbardoshligi, havfsizligi va barqarorligini ta’minlash uchun investitsiyalami jalb qilish, real sektomi modemizasiyalash, ishlab chiqarishda va umuman iqtisodiyotda o'sishni rag'batlantirish maqsadida moliyaviy resurslami jalb qilishning samarali mexanizmidir. Aytish joizki, moliya bozorining ochiqligi, jalbdorliligi, barqarorligi, umuman yuqori darajada tashkillashganligi va rivojlanganligi milliy iqtisodiyotning halqaro miqyosda raqobatbardoshliligi va samaradorliligini ifodalaydi. Barcha mamlakatlaming shunday xossalarga ega bo'lgan moliya bozorlari investitsiyalar maqsadida moliyaviy resurslami qayta taqsimlash va savdo faolligini ta’minlash imkoniyatiga ega bo'lish uchun o'zaro raqobatlashadilar. Bunday raqobatda O'zbekiston moliya bozorining hozircha kichik bo'lsada ham o'ziga xos o'mi bor bo'lib, bosqichma-bosqich jahon moliya bozorlarini erishgan xossalari darajasi tomon takomillashib va rivojlanib bormoqda. Tabiiyki, ko'pchilik rivojlanayotgan (o'tish iqtisodiyotiga mansub) mamlakatlaming moliya bozorlari ham O'zbekiston singari investitsiyalar maqsadida moliya resurslari uchun kuchli raqobat sharoitlarini boshidan kechirmoqda. O'zbekistonda moliya bozori modeli aralash (gibrid, qo'shma) modelga mansub bo'lib, o'zida anglo-sakson, kontinental va Yapon modellari elementlarini ma’lum darajada mujassamlashtirgan. Uning xususiyati shundaki, unda banklaming, moliya institutlarining (investitsiya institutlari, sug'urta tashkilotlari, fondlar), institutsional investorlarning, mayda chakana investorlarning alohida ustunligi kuzatilmaydi. Alohida segmentlarga (pul, valyutalar, korporativ va davlat qimmatli qog'ozlari, sug'urta instrumentlari, kredit va banklaming boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo'lib, ular hozirda bir-biri bilan to‘liq bog'liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida tartiblashtiriladi. Hozirda moliya bozorining operatsion tuzilmasi yetarlicha shakllangan, yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Qimmatli qog'ozlar bozori haj mining YalMga nisbati (kapitalizatsiya sur’ati) kichik bo'lib (1 foizga yaqin), uning darajasi yalpi ichki investitsiyalar hajmidan ancha kam (tahminan 1517 barobarga). Real sektoming pul resurslariga bo'lgan talabi asosiy kapitalga qilingan ichki investitsiyalar hisobiga qondirilmoqda. Aksiyalar bo'yicha dividendlar foizi va obiigatsiyalar bo'yicha foiz stavkasi yildan-yilga pasayish tendentsiyasiga ega. Aksiyalaming birlamchi va ikkilamchi bozorlarining nisbati tahminan bir-biriga yaqin. Aksiyalar va obligatsiyalaming ikkilamchi bozorlari spekulyativ xarakterga ega emas. Spekulyativ portfel investorlar shakllanmagan bo'lib, asosan strategik portfel investorlar mavjud. Aytish mumkinki, o'rta va uzoq muddatda O'zbekiston moliya bozorining keskin rivojlanishini bashorat qilsa bo'ladi. Buning uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud.