Vaqt relelarining ishlash prinsiplari. Reja: 1. Qutblangan releni tuzilishi 2. Vaqt relesini tuzilishi va ishlatilishi 3. Issiqlik relesini tuzilishi va ishlatilishi Tayanch so‘z va iboralar: vaqt relesi, elektromagnit, rele, tortish tavsifi, elektron rele, fototok, ion Vaqt relesi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan eng zarur elementlardan xisoblanadi. Bu relelar shuningdek, komanda opparatlari va dasturli qurilmalari texnologik jarayon davomida operatsiyalarni boshlash va tyxtatishni, ularni ma'lum vaqt, ya'ni optimal sikl oraligida o‘zaro boglangan xolda o‘tishini ta'minlaydi. Vaqt relelarining turlari juda ko‘p, ishlash printsiplari xam turlicha, signal kechiktirish vaqti 0,5s dan boshlab bir necha soatlar, sutkalarni tashkil qilishi xam mumkin. Elektromexanik vaqt relelarini tayorlashda sinxron dvigatellar xamda soat mexanizmlaridan foydalaniladi. Xozirgi kunda qishloq xo‘jalik jarayonlarini avtomatlashtirishda VS-10, MKP rusumli dasturli qurilmalar ko‘proq uchraydi. Avtomatik boshqarish tizimlarida signallarni vaqt bo‘yicha kechiktirish uchun elektromagnit (10 s. gacha kechiktirish), pnevmatik (0,4 dan 180 s. gacha), motorli (bir necha sekunddan 26 min.gacha) va elektron (2 s. dan 600 s. gacha) vaqt releleri qo‘llaniladi. Elektron vaqt relesi oddiy relesi bo‘lib uni kirish zanjiriga parallel qilib aktiv qarshilik R xamda sigim S ulangan. Kontakt K ulanganda kondensator S manfiy kuchlanishga zaryadlanib, lampa yopiq xolda bo‘ladi va anod zanjirida tok bўlmaydi. Mobodo bu kontakt ajratilsa, kondensator qarshilik R orqali razryadlanadi va setkani manfiy potentsiali kamayib anod zanjiridagi tok ortib boradi va elektromagnit releni ishga tushishiga olib keladi. quyida (17.1-rasm) shu releni sxemasi keltirilgan. Natijada kontakt ulangandan boshlab to elektromagnit rele ishga tushganga kadar ma'lum vaqt ytadi. Odatda vaqt aktiv qarshilikni o‘zgarishi orqali sozlanadi. Rele o‘zgaruvchan qarshiligi dastagidagi strelka shkalada vaqti sekundlarda ko‘rsatiladi. 17.1-rasm. Elektron vakt relesi sxemasi. Masalan kondensator sigimi 6 MkF va qarshilik 2 Om bo‘lganda RS konturini vaqt doimiysi RC -2 105 6 10 -6 -12 c, ishga tushish vaqti esa t-4r-48c bo‘ladi. 17.2-rasmda yarimo‘tkazgichli tranzistor asosida yig‘ilgan sodda elektron vaqt relesi keltirilgan. 17.3-rasm. Tranzistorli elektron vaqt relesi sxemasi. Boshlangich xolatda tranzistor VT yopiq, chunki uni bazasida musbat potentsial mavjud. Datchikdan signal berilishi bilanoq UK1 tutashuvchi boshqarish kontakti ulanadi, UK2 ajraluvchi kongtakt esa ochiladi. Zanjir bo‘yicha kondeksator zaryadlanishi amalga oshadi: tok manbai plyusi - S R2 - UK1 - manbaa minusi. Kondensatorni zaryadlanishi davomida VT tranzistor bazasidagi manfiy poteentsial xam oshib boradi. Uni ma'lum qiymatida tranzistor ochiladi, emitter - kollektor orqali tok o‘tib R rele ulanadi, natijada S kondensator darxol razryadlanadi va VT tranzistor yopiladi. Shu tariqa R rele uziladi.