Uploaded by Shaxzod Mubinov

Yassi oyoqlik1

advertisement
Yassi oyoqlik
Yassi oyoqlik-oyoq kafti gumbazining buzulishi (yassilanishi
tushurilishi).Bu kasallik maktabgacha yoshdagi bolalarda keng
tarqalgan.Ko’pincha oyoq kafti gumbaziga tushadigan yuk bolalar uchun og’irlik
qiladi.Kaftning boylamlari va mushaklari ortiqcha zo’riqadi va
cho’ziladi,prujinadek harakatlanish qobiliyatini yoqotadi.Kaft gumbazi
yassilashadi va tekislik paydo bo’ladi. Oyoq kaftining shaklining o’zgarishi
yurganda tez charchash va og’riqqa sabab bo’ladi.
Yassi oyoqlik kaftning amortiziyasini butunlay buzushi mumkin va yurish
paytidagi barcha og’irlik boldir va chanoq son bo’g’imiga tushadi,bu esa
keyinchalik artroz rivojlanishiga olib keladi.Yassi oyoqlik umurtqaning pastki
qismidagi suyaklarning silkinishiga o’z navbatida qomat buzulishiga sabab bo’ladi.
Oyoq kafti butun tananing tayanchi poydevori hisoblanadi. Shuning uchun
uning shaklini o’zgarishi nafaqat oyoq funksiyasiga tasir qiladi balki umurtqa
pog’onasi holatini ham o’zgartiradi. Oyoq kaftlarining deformatsiyasi bolalar qadqomatining buzulishiga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Bu bolaning umumiy
holatiga salbiy tasir qiladi va turli xil jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Bolaning tayanch-harakat tizimi funksiyasining faol shakllanishi olti yoshgacha
sodir bo’ladi. Shundan so’ng bolalarda yassi oyoqlikni davolash ancha qiyin
kechadi. Shu sabab yassi oyoqlikning oldini olish aynan maktabgacha yoshdagi
bolalarda o’tkazish zarur. Bola oyoqqa tura boshlagan paytdan boshlab boldir va
kaftning mushakboylam apparatini mustahkamlash to’g’ri yurish ko’nikmasini
tarbiyalash kerak.
Ota-onalar tarbiyachilarni yassi oyoqlikning oldini olish usullari bilan
tanishtirish lozim. MTTning sog’lomlashtirish rejasiga yassi oyoqlikning oldini
olish bo’yicha o’yin va mashqlarni kiritish kerak. Ota-onalar tarbiyachilarga yassi
oyoqlikning oldini olish bo’yicha faoliyat olib borishning ahamiyatini tushuntirish
shart.
Yassi oyoqlikning oldini olish qoidalari
1. Bolani yurishga o’rgatishda maxsus poyabzallardan (balandroq poshna
poyabzal ilgagi boldir kaft sohasida maxsus patak va egiluvchan
tagcharmning borligi) foydalanish.
2. Gilam yer kafel va boshqalar: Bolani tekis sirt ustida poyabzalsiz yurishini
taqiqlash.
3. Bolani 20sm dan ortiq balandlikdan sakrashini taqiqlash.
4. Bolani oyoq barmoqlarida ohista sakrab kafti bilan ishlashga o’rgatish.
5. Maxsus o’rinlar va o’yinli mashqlar yordamida boldir va kaftning mushak
bog’lam tizimini rejali mustahkamlash.
Qomat buzulishining oldini olish
Bolada qomatning shakllanishi butun o’sish davri Ichida davom etadi.
Hayotining birinchi yilining oxiriga kelib bolada umurtqa pog’onasing to’rtta
tabiiy (fiziologik) egikligi burmasi (bo’yin va bel -egiklik oldinga ko’krak va
dumg’aza-egiklik orqaga) hosil bo’ladi. Ko’krak dumg’aza kifozi oldinroq ya’ni
bachadon Ichida hosil bo’ladi. Bola tushunishni va boshini ushlashni o’rganganda
umurtqa pog’onasining bo’yin egikligi lordoz paydo bo’ladi. Ko’krak kifozi bola
o’tirishni boshlaganida bel lordozi esa emaklash oyoqqa turish va yurishni
boshlaganda hosil bo’ladi.
Umurtqaning aniq tabiiy egikliklari bola hayotining olti yeti yoshgacha
shakllanadi. Ular ichki azolar va bosh miyaning har xil silkinish hamda
tebranishlardan himoya qilishda muhim rol o’ynaydi,chunki umurtqa pog’onasi
oyoqlar harakatlanganda purujinadek harakatlanish qobiliyatiga ega bo’ladi
Maktabgacha yoshdagi bolalarda qomatdagi nuqsonlar ifodalanishi odatda
keskin va doimiy bo’lmaydi. Ko’p tarqalgan nuqson-bu bo’shashgan sust qomat
bo’lib umurtqa pog’onasining bo’yin va ko’krak egikligining ortiqcha kattalashishi
boshning ozroq pastroq tushib qolishi yelkalarning oldinga siljishi va egilishi
ko’krak qafasi botiqligi kurak suyaklarining qanotsimon holatda bo’lishi ko’pincha
oyoqlar biroz tizza bo’g’imlarida bukulishi bilan ta’riflanadi.
Qomat nuqsonlari asab tizimining holatiga salbiy tasir ko’rsatishi mumkin.
Kichik yoshli bolalar o’z tengdoshlari bilan o’ynaganda o’zlarini noqulay his qiladi
odamovi bo’lib qoladi.
Qad-qomatning o’sishi va shakllanishiga quyidagilar muhim ahamiyatga ega
1.O’z vaqtida to’g’ri ovqatlanish
2.Toza havoda ko’proq sayr qilish
3. Bo’y uzunligiga mos ravishda mebel tanlash
4.Maqbul yorug’lik
5.Og’ir buyumlarni to’g’ri ko’tarish
6. Stolda to’g’ri o’tirishga odatlantirish
7. Tananing mushaklarini bo’shashtirish
Qomatdagi nuqsonlarni oldini olishning asosiy va samarali usuli bu to’g’ri
va o’z vaqtida jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish demakdir.
Download