Mavzu: Moliya organlari va ularning moliyaviy nazoratni olib borishdagi roli Reja: 1. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari 2. Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar 3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish 1. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin: • Prezident va Prezident devoni; • Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo'yicha Oliy Majlis palatalarining tegishli qo'mitalari; • Vazirlar Mahkamasi; • Hisob palatasi; • Moliya vazirligi va uning joylardagi, jumladan, G'aznachilik tizimi organlari; • Markaziy bank; • DavIat soliq qo'mitasi; • DavIat bojxona qo'mitasi; • DavIat mulk qo'mitasi; • Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya; • Byudjetdan tashqari fondlarning ijroiya idoralari • va boshqalar. Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimi faoliyatini tartibga soladi, mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga «veto» qo'yish huquqiga ega. Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo'lgan OIiy majlis soliqlar, yig'imlar, soliqdan tashqari to'Iovlarni belgilaydi, DavIat byudjetini ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi. Shuningdek, u Davlat byudjeti ijrosi to'g'risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o'zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli darajasini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini ko'rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida ish yuritadi. Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moIiyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi: • hajmi va maqsadga mo'ljallanganligi bo'yicha Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlari daromadiar va xarajatiari o'z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish; • davlat mablag'larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash; • Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta'sir ko'rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini ko'zda tutadigan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy tahlil qilish; • Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari natijalari to'g'risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma'lumotlarni taqdim etish; • va boshqalar. Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi. MoJiya vazirligining asosiy vazifalari . quyidagilardan iborat: • yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni am alga oshirish; • Davlat byudjeti loyihasini tuzish va uning ijrosini ta'minlash; • byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari fondlar mablag'lari oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish; • davlat moliyasining barqarorligini ta'minl~sh va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko'rish; • mamlakat byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko'rish; • mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlariga moliyaviy resurslarni to'plash; • DavIat byudjeti vajamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobot tayyorlash; • davlat tomonidan qarzIarni olish dasturini ishlab chiqish, davlatning ichki va tashqi qarzIarini boshqarish; • uzoq, o'rta va qisqa muddatli istiqbolga mo'ljallangan mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ish lab chiqishda ishtirok etish; • iqtisodiyotni moliyaviy sog'lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo'llab-quvvatlovchi choratadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish; • mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to'lovlarning ahvolini yaxshilash bo'yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish; • faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo'naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish; • moliyaviy rejalashtirish va milliy xo'jalikni moliyalashtirish sohalarida uslubiy rahbarlikni amalga oshirish; • mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (lqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish; • moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to'xtatib qo'yish; • va boshqalar. 2. Moliya vazirligining markaziy apparatidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar bo'lishi mumkin: • davlat byudjeti bosh boshqarmasi; • valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi; • hududlar moliyasi bosh boshqarmasi; • agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi; • ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi; • nazorat-taftish bosh boshqarmasi; • investitsiyalar boshqarmasi; • iste'mol bozori va xizmat ko'rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasi; • boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi; • soliq siyosati boshqarmasi; • buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi; • qimmatli qog'ozlar va moliya bozori boshqarmasi; • moliya institutlari faoliyatini muvofiqiashtirish boshqarmasi; • sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg'i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi; • mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi; • va boshqalar. Moliya vazirligining muhim bo'linmasi G'aznachilik tizimi bo'lib, u davlat byudjetining kassa ijrosini ta'minlashga mas'uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo'lgan G'aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi: • mamlakat byudjeti ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish; • kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob varaqlarida bo'lgan byudjet daromadlari va xarajatiarini boshqarish; • davlatning byudjetdan tashqari fondlari moliyaviy ijrosini ta'minlash; • davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni operativ boshqarish; • Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarziarini boshqarish va unga xizmat ko'rsatish; • byudjet bo'yicha hukumatning moliyaviy tadbirlari to'g'risida shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli to'g'risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobot taqdim etish; • va boshqalar. Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bo'lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. V Xazinachilik tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta'minlaydi va boshqa kredit institutlari faoliyatini nazorat qiladi. Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo'mitasi va uning quyi organlari ham muhim rol o'ynaydi. Vlar yordamida soliqlar, yig'imlar va boshqa to'loviarning to'g'ri hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to'liq va o'z vaqtida o'tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda moIiyaviy boshqaruvga oid DavIat soIiq qo'mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi: • byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga soIiqIar, yig'imlar va to'IovIarning to'g'ri hisoblanishi, to'Iiq va o'z vaqtida o'tkazilishi masalalari bo'yicha moIiyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish; • soliq to'Iovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish; • moliya organlariga va xazinachilikka soliqIar va boshqa to'lovlarning haqiqatdagi tushumlari to'g'risida har oyda ma'lumot taqdim etish; • ortiqcha to'langan soliq summalarini va soliq to'lovchilardan noto'g'ri undirilgan jarima va penyalarni egalariga qaytarish bo'yicha tegishli ishlarni amalga oshirish; • va boshqaIar. DavIat bojxona qo'mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv tizimida o'ziga xos bo'lgan o'ringa ega. Ular bojxona bojlarining o'z vaqtida tushishi uchun mas'ul hisoblanadi. Bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga yuklatilgan: • bojxona organlari tomonidan undiriladigan soIiqIar bo'yicha soliq tekshiruvIarini amalga oshirish; • bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash va to'lash bilan bog'Iiq hujjatlarni tekshirish; • soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to'Iiq rioya qilmaganligi uchun soliq to'Iovchilarning bankdagi operatsiyalarini to'xtatib turish; • soliq qonunchiligida ko'zda tutilganjarima va boqimandalarni undirish; • va boshqaIar. O'z navbatida, Davlat mulki qo'mitasi moliyaviy boshqaruvga oid soliqdan tashqari mohiyatga ega bo'lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan keladigan daromadlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi. Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya fond bozori ishtirokchilari faoIiyatini nazorat qiIib, byudjet fondiga tushuvchi tushumlarning ortishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. 3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish Korxonalarning jarng'arrnalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag'larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo'lgan moliyaviy resurslar fondlarining o'lcharniga bog'liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo'lsa, uning o'sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajrni shuncha katta bo'ladi. Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnornasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo'ljallanganligi bilan bevosita bog'liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqirn bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish rnetodlari ham turlichadir. O'z sifat mazmuniga ko'ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: • byudjetli-soliqli moliyaviy oqirnlar - barcha darajalardagi byudjetlarning rnablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi; • tijorat rnoliyaviy oqimlari - tadbirkorlik xo'jalik sub'ektlari tornonidan am alga oshiriladi; • byudjetdan tashqari rnoliyaviy oqimlar - notijorat tashkilotlari fondlarini shakllantiradi; Moliyaviy oqimlarni boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat: • qonunchilik - Oliy Majlisning vakolatida; • nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) - Hisob palatasi va marnlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq, bojxona qo'rnitalari va boshqalar) tornonidan amalga oshiriladi; • boshqaruvchanlik - korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G'aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitobkassa va boshqa xizmatlari vakolatida; • nazorat-kuzatuv - korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to'g'risidagi ishlarni ko'radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi. Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo'yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo'shilib ketib, ularni har doim ham ajratib bo'lmaydi. Agar moliyaviy oqirn1ar moliyaviy resurslar aylanishi qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko'zda tutilgan tartibda va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarni samarali yechish uchun zarur bo'lgan tarzda va takrar ishlab chiqarish siklini pul mablag'lari bilan to'liq ta'minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqirnlarning samarali ekanligidan dalolat beradi. Moliyaviy oqirnlarning samaradorligi pul mablag'larining yetarli bo'lmagan hajmda va o'z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar me'yori buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlar olinishida uzilishlar chiqishiga, moIiyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin YO'qotmalarga sabab bo'ladi. Moliyaviy oqim samaradorIigini quyidagicha aniqlash mumkin: Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o'zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro va mikro darajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi. Tushumlar va boshqa pul mablag'larining:Kelib tushishini aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag'larining oqib ketishini aks ettiradigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo'lishi kerak. Bunday sharoitda korxona ixtiyorida qoluvchi pul mablag'lari o'lchamini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo'lishi ta'minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy kapitalizatsiyalashuvi salohiyatining darajasini o'sishi, aniqlash, ular investitsion daromadlarining va innovatsion imkoniyatlarining manbai hisoblanadi. Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o'sishi ular rentabelligi va investitsion samaradoriigini oshirish imkoniyatlarini aks ettiradi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashda muhim zamin hisoblanadi. Makrodarajada moliyaviy ahvolni ta'riflaydigan quyidagi bir necha ko'rsatkichlar mavjud: • bir ishlovchi to'g'ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori; • inflyatsiya darajasi va dinamikasi; • davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);· • oltin valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi. Davlatning moJiyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir. lahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko'rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (ijtimoiy kapitalning) to'planishi Uamg'arilishi) va uni iqtisodiy o'sishning innovatsioninvestitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Ijtimoiy ko'rinishdagi muammolarni (maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, turmush tarzining (hayotning) sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omilidir. Bu omil esa, o'z navbatida mamlakatning hozirgi va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashda muhim shart hisoblanadi. Davlat qarzlarini o'z vaqtida uzish davlatning moliyaviy ahvolini ko'rsatuvchi muhim ko'rsatkichlardan biridir. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya'ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortishini e'lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o'zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo'yicha kreditoriar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni am alga oshirishi kerak. Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol to'lovga qobiliyat bilan, ya'ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub'ektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida uzish imkoniyati bilan belgilanadi. To'lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to'lov muddati kelgan (yoki o'tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o'rtasidagi nisbat demakdir. Sog'lom ishlayotgan korxonalar uchun to'lovga qobillik koeffitsienti (TQk) doimo birdan yuqori (katta) bo'lishi kerak: Korxonaning moliyaviy holatini aniqiash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning o'z aylanma mablag'lari bilan ta'minlanganlik ko'rsatkichi va boshqa shu kabi mezonlardan foydalaniladi. Ma'lum bir aniq san ada va iqtiqbolda korxona to'lov majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari o'lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar balansidir. U o'z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag'lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag'larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag'larining harakatini nazorat qilish, ularning dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shundaybyudjet asosida korxonaning to'lov qobiliyatini boshqarish amalga oshiriladi. Moliyaviy oqimlar byudjeti - korxona to'lovga qobilligining kengaytirilgan koeffitsienti demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) o'ng tomoniga teng yoki undan katta bo'lsa, unda korxona to'lovga qobildir. Aga~ uning o'ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u hold a korxona to'lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti balansi pul mablag'larining tushilmalari va ularning sarflanish yo'nalishlari bo'yicha bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan rejali-istiqbolli hisobkitoblar tizimidan iborat bo'lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan asoslanadi. Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati aniqladi. Ular ishlab chiqarish barcha omillar harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot realizatsiyasi, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqajarayonlarning boshqarilishini ko'zda tutadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti - amalda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarga doir bashoratli byudjetlarni tuzish korxonaning to'lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta'minlaydi.