1-vazifa: Arduino Uno yordamida led lampalarni boshqarish. Ishdan maqsad: Yorug‘lik diodi va uning xususiyatlari haqida tushuncha berish, diodini boshqarishni tadqiq qilish, diodni o‘chirish va yondirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. Kerakli komponentlar: Quyida keltirilgan kerakli komponentlar va elementlar virtual platformada mavjud va ulardan foydalaniladi. Tinkercad.com Arduino UNO kontrolleri-1ta; sxemani yig‘ish uchun plata-1ta; led lampa-3ta; aloqa simlari. Nazariy qism Arduino - katta imkoniyatlarga ega, kichik mo‘jiza! Arduino Uno - bu kontroller ATmega328 mikrokontrolleri asosida yaratilgan bo'lib, platforma 14 ta raqamli kirish/chiqish,(ulardan 6 tasi KIM(Широтно-Импульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin), 6 analog kirish, 16MGsli kvarsli generator, USB porti, kuchlanish porti, ICSP porti va qayta yuklash tugmasidan iborat. "Uno" so'zi italyanchada bir degan ma'noni anglatadi. Bu bejis emas, Arduino Uno yaratuvchilari bu yangi kontroller Arduino kontrollerlar oilasida yangi burilish va yangi flagman yaratishga harakat qilishgan va buni uddalaganlar. Sababi, Arduino Uno Arduino kontrollerlar oilasidagi boshqa "aka"lariga nisbatan ancha ixcham, qulay, tez, oddiy va albatta arzonroq hisoblanadi. 1.1-chizma. Led lampalarni ulashning strukturaviy sxemasi. 1.2-chizma. Led lampalarni ulashning elektron sxemasi. 1.3-chizma. Led lampalarni ulashning emulatsion holati. Code: int LED1 = 3; int LED2 = 2; int LED3 = 1; void setup() { pinMode(LED1, OUTPUT); pinMode(LED2, OUTPUT); pinMode(LED3, OUTPUT); } void loop() { digitalWrite(LED1, HIGH); delay(1000); digitalWrite(LED2, HIGH); delay(100); digitalWrite(LED1, LOW); delay(1000); digitalWrite(LED3, HIGH); delay(100); digitalWrite(LED2, LOW); delay(500); digitalWrite(LED3, LOW); } Xulosa. Men bu topshiriqni bajarish davomida led lampalarni Arduino Uno yordamida boshqarishni o’rgandim.Topshiriqni bajarish davomida Led lampalarni ketma-ket ulagan holda zanjir hosil qildim.Arduino Unoning oyoqlaridan chiqish kabi foydalandim.Arduinoda ma’lum bi ramal bajargandan keyin Arduino kutish amalini bajarishi uchun delay funksiyasidan foydalandim.Led lampalarni ulash uchun ulash simlaridan foydalandim.Tajribani Arduino Uno da amalga oshirdim. 2-topshiriq. Arduino Uno va tugma yordamida led lampalarni boshqarish. Ishdan maqsad : Arduino Uno va tugma yordamida led lampalarni boshqarish. Kerakli komponentlar: Quyida keltirilgan kerakli komponentlar va elementlar virtual platformada mavjud va ulardan foydalaniladi. Tinkercad.com Arduino UNO kontrolleri-1 ta ; sxemani yig‘ish uchun plata-1 ta; led lampa-3 ta; aloqa simlari. 220 om qarshilik-1 ta Tugma (knopka)-1 ta Nazariy qism LED chiroq yoki LED yorug'lik lampasi yorug'lik chiqaradigan diodlar (LED) yordamida yorug'lik ishlab chiqaradigan elektr chiroqdir. LED yoritgichlar elektr tarmog'ining elektr uzatish liniyalaridan ishlashi uchun elektron LED haydovchi sxemasini talab qiladi va bu kontaktlarning zanglashiga olib keladigan yo'qotishlar chiroqning samaradorligi u foydalanadigan LED chiplarining samaradorligidan past ekanligini anglatadi. Haydovchi sxemasi cho'g'lanma lampalarda foydalanish uchun mo'ljallangan chiroq dimmerlari bilan mos keladigan maxsus xususiyatlarni talab qilishi mumkin. Umuman olganda, joriy to'lqin shakli yoritgichlar texnologiyasiga qarab ma'lum miqdorda buzilishlarni o'z ichiga oladi. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Biz led lampalar yordamida Arduinoning 11 12 13 oyoqlariga ulaymiz.Zanjirning qolgan uchini esa yerga ulaymiz.Biz lampalarni yonishini nazorat qilish uchun knopkadan foydalamiz.Buning uchun knopkaning bir klemmasini Arduino Unoning 5V kuchlanishga, 2klemmasini A0 ga, yana bir klemmmasiga qarshilik ulab keyin yerga ulaymiz. 2.1-chizma. Led lampalarni ulashning strukturaviy sxemasi. 2.2-chizma. Led lampalarni ulashning elektron sxemasi 2.3-chizma. Led lampalarni ulashning emulatsion holati. Code: int LED1 = 13; int LED2 = 12; int LED3 = 11; void setup() { pinMode(LED1, OUTPUT); pinMode(LED2, OUTPUT); pinMode(LED3, OUTPUT); pinMode(1, INPUT); } void loop() { if(digitalRead(1) == 1){ digitalWrite(LED1, HIGH); delay(1000); digitalWrite(LED2, HIGH); delay(100); digitalWrite(LED1, LOW); delay(1000); digitalWrite(LED3, HIGH); delay(100); digitalWrite(LED2, LOW); delay(500); digitalWrite(LED3, LOW); } } Xulosa: Men ushbu topshiriqni bajarish davomida led lampalarni knopka orqali boshqarishni o’rgandim. Lampalarni yonib o’chishini nazorat qilish maqsadida knopkadan foydalandim. Knopka 1-marta bosilganda lampalar yonadigan qildim. 3-topshiriq. Arduino Uno va potentsiometr(o’zgaruvchan qarshilik) yordamida jarayon xosil qilish. Kerakli komponentlar: Quyida keltirilgan kerakli komponentlar va elementlar virtual platformada mavjud va ulardan foydalaniladi. Tinkercad.com Arduino UNO kontrolleri-1 ta ; sxemani yig‘ish uchun plata-1 ta; led lampa-1 ta ; aloqa simlari. Potensiometr-1 ta Nazariy qism Yorug’lik diodining yorqinligini o’zgartirish uchun o’zgaruvchi qarshilikdan foydalaniladi. O’zgaruvchi qarshilik elektr kuchlanishini o’zgaruvchan bo’luvchisi hisoblanadi. O’zgaruvchi qiymatli qarshilikning ikki chetdagi oyoqchalari o’rtasidagi qarshilik aniqlaydi, o’rtadagi buruvchi oyoqcha bilan chetdagi oyoqchalar o’rtasidagi qarshilik 0 dan qarshilikning maksimal qiymatigacha yoki aksiga maksimal qiymatidan 0 gacha o’zgartiriladi. Tajribada o’zgaruvchi qarshilikni 220 Omli qarshilikka ketma –ket ulanadi, sababi yorug’lik diodi uchun cheklovchi qarshilik qiymatni nolgacha kamaytirib yorug’lik diodini kuydirib qo’ymaslik uchun. Ulash sxemasi quyidagi chizmada keltirilgan. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Biz led lampa yordamida sxemani yig’ib olamiz..Zanjirning qolgan uchini esa yerga ulaymiz. Lampalarni yonib o’chishini nazorat qilish maqsadida potensiometrdan foydalanamiz.Potensiometrning 1-klemmasini yerga ulaymiz,2-klemmasini 5V kuchlanishga ulaymiz, o’rtadagi oyog’ini esa Arduino Unoning A0 oyog’iga ulaymiz. Laboratoriya ishini bajarish uchun asosiy 3 ta qadamda amalga oshiramiz. 3.1-chizma. Led lampalarni ulashning strukturaviy sxemasi. 3.2-chizma. Led lampalarni ulashning elektron sxemasi 3.3-chizma. Led lampalarni ulashning emulatsion holati. Xulosa: Men ushbu topshiriqni bajarish davomida led lampalarni potensiometr orqali boshqarishni o’rgandim.Topshiriqni bajarish davomida lampalarni yonib o’chishini nazorat qilish maqsadida potensiometrdan foydalandim 1.https://www.tinkercad.com/things/iFG0PUPrQyA-copy-of-arduino-simulatorand/editel?tenant=circuits 2.https://www.tinkercad.com/things/hqQ1imNdGUj-copy-of-arduino-simulatorand/editel?sharecode=HPQzTcg637fZysjRR4Hq5MuPBnzczuMmY7p2zKzf8yc 3.https://www.tinkercad.com/things/8F1vcSUYMgb-copy-of-arduino-simulatorand/editel?sharecode=zbSdf5009NeICq_q5vPz2xkPiuTKI79rFplULakbXhw