Uploaded by Hakimov Nodirbek

Тақриз Йўлдошева Л

advertisement
Qarshi Davlat universiteti Kimyo yо‘nalishi magistranti L.A.
Yо‘ldoshevaning «Mono va dinitrodezoksipeganinlar sintezi hamda biologik
faolligi» mavzusidagi magistr ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
dissertatsiyaga
TAQRIZ
Bugungi kunda farmakofor - xinazolin halqasini tutgan yangi, potensial
biologik faol birikmalarni sintezini va kimyoviy modifikatsiyasini amalga oshirish,
ularning fizik, kimyoviy va biologik xossalarini aniqlash, tanlab olingan nomzod
moddalar asosida yangi dori vositalarini yaratish dolzarb hisoblanadi. Yuqori
samarali farmakologik faol birikmalarni maqsadli sintez usullarini amalga oshirish,
arzon va samarali mahalliy preparatlar yaratish, ularning fizik-kimyoviy va
biologik xossalarini yanada yaxshilash muhim ahamiyatga ega.
Dissertant tomonidan mavzuning dolzarbligi va zaruriyati asoslangan,
maqsad va vazifalar, tadqiqot obyektlari va predmetlari berilgan, tadqiqotning
О‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor
yо‘nalishlariga mosligi kо‘rsatilgan, uning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari
bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan, nazariy va amaliy
ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining istiqbollari bо‘yicha xulosa
qilingan hamda chop etilgan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bо‘yicha
ma’lumotlar keltirilgan.
Ishning maqsadi mononitro-, dinitro-, monoamino-, diamino-dezoksipeganin va
dezoksivazitsinonning yangi hosilalarining sintez usullarini ishlab chiqish, ularni
tuzilishini, fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari sifatida sintetik dezoksipeganinni turli aldegidlar bilan о‘zaro
ta’sirini amalga oshirish va reaksiyalar yо‘nalishini aniqlash;
Sulfoamidlar sintezini amalga oshirish va ularning ayrim modifikatsiyalarini tadqiq
etish; sintez qilingan birikmalarning biologik faolligini aniqlash va b.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bо‘yicha jami 3ta
ilmiy ishlar, jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining
asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 2 ta
maqola respublika jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyada quyidagi kamchiliklar uchraydi:
1. Tadqiqot ishining ba’zi ilmiy yangiligini yozish tavsiya etiladi.
2. Dissertatsiyada ba’zi grammatik xatolar uchraydi.
Kо‘rsatilgan kamchiliklar dissertatsiya ishining ilmiy va amaliy qiymatini,
hamda olingan natijalarning ahamiyatini kamaytirmaydi.
Qarshi
davlat
universiteti,
k.f.f.d., dots.v.b Mahmadiyorova
kimyo kafedrasi о‘qituvchisi
CH.E.
Download