Farg`ona tumanidagi 6-sonli o`rta ta`lim maktabi pedagog jamoasing yig`ilish BAYONI 2022-yil sentabr Shoximardonobod qishlog`i Qatnashdilar:37 nafar pedagoglar Kun tartibida: 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 'IJRO INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH CHORA TADBIRLARI TO`G`RISIDA' GI qarori (Masul:N.Yusupova- maktab derektori Eshitildi Yig`ilishni maktab direktori N.Yusopova ochib,qatnashchilarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi U o`z so`zida RESPUBLIKA o`tkazgan tekshirishda ijro intizomi pasligining ko`plab hollari, Respublika organlari , mahalliy hokimyat organlari hamda xo`jalik birlashmalarining tashkilotchilik va nazorat faolyatida jiddiy kamchiliklar aniqlanganligini aytdi. Ayni paytda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammoli masalalarni ro`yobga chiqarish hamda pirovard natijada, belgilangan maqsadlarga erishish taminlanmayotganligi takidlandi Ijroni nazorat qilish va tekshirish ko`pincha qisqa muddatli bo`lib, ahyon ahyonda o`tkazilayotgani, joylardagi, ayniqsa, quyutartibiy bo`linmalardagi, korxonalar, muassalar va tashkilotlardagi ishlarning haqiyqiy ahvoli juda kam o`rganilayotgani aytildi Boshqaruv aparati barcha bo`g`inlarning tshkilotchilik, ijro va nazorat faolyatini takomilashtirish, raxbarlar va mutaxasislarning ijro intizomini mustahkamlash, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarinig hamda hukumat qarorlaring o`z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida vazirlar mahkamasining qaror qismi o`qib eshitirildi . O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ,O'zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish hamda ularni ijro uchun yuborilishini ,ular bajarilishining nazorat qilish zarurligi ta'kidlandi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining"Ijro intizomi idoralar aro yagona elektron tizimini joriy etish chora tadbirlari to'g'risida"2017-yil 9-avgustdagi F-5017-sonli farmoishiga muvofiq ijro intizomi idoralar aro yagona elektron tizimi orqali amalga oshirilishi aytildi.O'zbekiston Respublikasi prokuraturasiga vazirliklar ,idoralar xo'jalik birlashmalari ,viloyat va tuman hokimlarining.Hukumat qarorlarini bajarish bo'yicha faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishni ta'minlash tavsiya nazarda tutilgan choralar ko'rish,prezident farmonlarini, respublika hukumati qarorlari va topshiriqlarini bajarishda rasmiyatchilik bilan yondashishga yo'l qo'ygan mansabdor shaxslarni jinoiy javobgarlikkacha bo'lgan qattiq shaxsiy javobgarlikka tortilishi ko'rsatilgan. Yuqoridagi masala bo'yicha maktabning o'quv tarbiyaviy ishlari bo'yicha o'rinbosari H.Narmatova o'z fikrlarini bildirdi.U o'z so'zida yuqoridan kelayotgan har bir qaror topshiriqlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash kerakligini aytdilar .Har bir fan o'qituvchisi rahbariyat tomonidan berilayotgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishga ma'sulligini ta'kidladi. Yuqoridagilarni eshitib yig'lish qaror qiladi: 1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (Ijro intizomini mustahkamlash chora tadbirlari to'g'risida )gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2.O'zbekiston Respublikasi farmonlarining hamda hukumat qarorlarining o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash fan o'qituvchilarining faoliyatiga yo'naltirilsin. Yig'ilish raisi: N.Yusupova Kotiba : M.Jo'tanova