OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI “Tasdiqlayman” Gul DU huzuridagi XTXQTMOHM direktori:__________Sh.Turdimetov ___ __________ 2019-yil “MAKTABGACHA, BOSHLANG`ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI” KAFEDRASI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI MODULI BO`YICHA TESTLAR TO`PLAMI “Kelishildi” Oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari: ____________ A. Berikbayev Kafedra mudiri: ___________G.Berdaliyeva Guliston – 2019 Mazkur testlar banki MTM tarbiyachilari MOK uchun moʻljallangan boʻlib, “Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasining 3-sonli yigʻilishida koʻrib chiqilgan va markazning pedagogik Kengashning 2018 yil “3” yanvar №-1 -sonli yigʻilish qaroriga asosan tasdiqlangan. Asos: XTVning 2018 yil 29-dekabrdagi 334-sonli buyrugʻi. Tuzuvchilar: G.Berdaliyeva “Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI MODULI BO`YICHA TEST SAVOLLARI 1. Umumiy psixologiya fanining tarmoqlari soni? *a) 300 dan ortiq b) 200 dan ortiq s) 100 dan ortiq d) 150 dan ortiq 2. Bolalar psixologiyasi? *a) bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir b) bola fiziologik qonuniyatlarini o`rganadi s) o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi d) shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni o`rganadi 3. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi? *a) keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo‘lish yo‘llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo‘lmoqlarini ta’minlash b) maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish s) ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish d) ta’lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir 4. Umumiy psixologiyaning metodlari qaysilar? *a) barcha javoblar to`g`ri b) faoliyat maxsulini o`rganish kundalik va biografik materiallarni o‘rganish s) sotsiometrik metod, test d) kuzatish, eksperiment, suhbat 5. Laboratoriya va tabiiy eksperimentlardan tashqari bolalar psixologiyasida ……………….eksperiment ham keng qo‘llaniladi? *a) tarkib toptiruvchi b) aniqlovchi s) ob’ektiv va sub’ektiv d) kuzatish 6. Test so‘zi ? *a) inglizcha so‘z bo‘lib, u o‘lchash degan ma’noni bildiradi b) test so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, u sinov degan ma’noni bildiradi s) test so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, u taqqoslash degan ma’noni bildiradi d) test so‘zi fransuzcha so‘z bo‘lib, u o‘lchash degan ma’noni bildiradi 7. Sotsiometrik metod qanday metod? *a) sotsiometrik metod yordamida shaxslarning jamoadagi munosabatlari masalasi o‘rganiladi b) sotsiometrik metod bolalar psixologiyasini o`rganadi s) sotsiometrik metod ontogenetik rivojlanishni o`rganadi d) sotsiometrik metod yordamida bolalar aqliy taraqqiyoti masalalari o`rganiladi 8. Bolalar psixologiyasi fani o‘z predmetini o‘rganishda qanday fanlar bilan bog‘liq? *a) barcha javoblar to`g`ri b) falsafa, umumiy psixologiya, pedagogika s) maktabgacha tarbiya pedagogikasi, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi d) bir qator tibbiyot fanlari: bolalar gigienasi, pediatriya, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi 9. Mashhur rus pedagogi …………………fikricha, insoning bog‘cha yoshidagi davri shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter hhislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi? *a) Lestgaft b) Vigotskiy s) Elkonin d) Ushinskiy 10. Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida ularda paydo bo‘ladigan xilma-xil ……………………..bolalarni u yoki bu xarakatga undovchi, ularni ishga soluvchi (omil) hisoblanadi? *a) ehtiyoj va qiziqishlar b) o`yin va muloqot faoliyati s) emotsional muloqot d) predmetli faoliyat 11. ………………..ning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egallashlari ularning maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi eng ishonchli dalildir? *a) K.D.Ushinskiy b) Lestgaf s) Elkonin d) Vigotskiy 12. Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu? *a) o`yin b) o`qish s) mehnat d) muloqot 13. «Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi». Ushbu fikrlar muallifini toping? *a)Konfutsiy b) Ushinskiy s) Avloniy d) Navoiy 14. Yosh inqirozi? *a) bu yosh bosqichlaridagi o‘tish qiyinchiliklar b) bu ontogenez masalasi s) bu pubertat davr d) bu differensial yondashuvdir 15. Bolalarda necha boshlab shaxsiy ong tarkib topa boshlaydi? *a) 5-6 yoshdan b) 3 yoshdan s) 2 yoshdan d) 1 yoshdan 16. Ta’limga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutiladi? *a) bolaning ob’ektiv va sub’ektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi b) aqliy va jismoniy tayyorgarlik s) ruhiy va jismoniy tayyorgarlik d) psixologik va fiziologik rivojlanish 17. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab ………………… singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan? *a) Vigotskiy, Blonskiy, Ananev b) Shoumarov, G‘oziev c) Piaje, Elkonin d) Rubinshteyn, Ananev 18. Yosh davrlari psixologiyasida qanday krizislar (inqirozlar) mavjud? *a) kichik va katta krizislar b) boshlang‘ich va oraliq c) o‘tish davridagi qiyinchiliklar d) stress va depressiyalar 19. 6-7 yoshli bolalar uchun qaysi faoliyat yangi hisoblanadi? *a) o‘qish b) muloqot c) mehnat d) o‘yin 20. Bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilan emas, balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi. Bu fikrlar qaysi olimga tegishli? *a) Ushinskiy b) Kamenskiy c) Mishkis d) Golubeva 21. “Uning og‘irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo‘yi esa 0,5 sm gacha ko‘payadi”. Bu necha yoshli bolaning ko‘rsatkichi? *a) 6 yoshli b) 4 yoshli c) 3 yoshli d) 7 yoshli 22. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolaning diqqati qanday ko‘rinishda bo‘ladi? *a) uzoq muddatli va shartli barqaror b) ixtiyoriy c) ixtiyorsiz d) qisqa muddatli 23. Qanday fenomen bolaning kattalardan psixologik alohidalanishiga va ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladi? *a) “men o‘zim” fenomeni b) aqliy rivojlanganlik c) fiziologik d) ota-ona munosabatlari 24. Gnostik faoliyat qanday faoliyat? *a) (yunon. Gnosis - bilim, ta’lim) butun borliqni bilishga yo‘naltirilgan faoliyat b) diqqatni taqsimlash qobiliyati c) o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtira olish d) didaktik qobiliyat 25. Bolalarda rolli o‘yinni guruh yoki jamoa bo‘lib o‘ynash istagi necha yoshlarda paydo bo‘ladi? *a) 6 yoshlarda b) 5 yoshlarda c) 4 yoshlarda d) 3 yoshlarda 26. Qaysi psixik jarayon yordamida bola o‘z hissiyotlari va emotsiyalarni anglaydi va boshqaradi? *a) nutq b) iroda c) idrok d) sezgi 27. Bolalarning chizgan rasmlari, yasagan o‘yinchoqlariga qarab psixik rivojlanishi haqida xulosa chiqarishda qaysi metod qulay bo‘ladi? *a) faoliyat mahsulotlarini o‘rganish metodi b) sotsiometrik metod c) test metodi d) suhbat metodi 28. Ilk yoshdagi bolalarning sensor rivojlanishi qaysi faoliyat bilan bog‘liq? *a) predmet va buyumlar bilan shug‘ullanish b) rasm va suratlarni tomosha qilish c) harakatli o‘yinlarni o‘ynash d) muloqatda bo‘lish 29. 2 yoshli bola uchun eng ko‘p axborot beradigan emotsiyalar qaysilar? *a) bolalarning shodlik, xursandchilik kabi ijobiy emotsiyalarini ifodalovchi reaksiyalari b) bolalarning o‘yin faoliyati c) bolaning hayotiy vaziyati o‘zgarishiga bog‘liq emotsiyalar d) turli emotsiyalar va hissiyotlar 30. Maktabgacha davrning qaysi yosh bosqichida dialogik nutq paydo bo‘ladi? *a) 3 yoshda b) 4 yoshda c) 5 yoshda d) 6 yoshda