Uploaded by Maxbubaxon Karimova

Joriy yilning 25 may sanasi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Tarmoq markazida

advertisement
Joriy yilning 25 may sanasi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Tarmoq markazida
“Konstitutsiya kuni” deb belgilandi. Shu munosabat bilan markaz xodimlari va tinglovchilari o‘rtasida
yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish
maqsadida “Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Nizomiy nomidagi TDPU “Ma'yaviyat asoslari va huquq ta'limi” kafedrasi katta
o‘qituvchisi Hamidullo Ro'ziyev ishtirok etib, markaz xodimlari va tinglovchilarini yangi tahrirdagi
Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishtirdi hamda har bir o‘zgartirish va
qo‘shimchalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berib o‘tdi.
Download