Uploaded by Sunnatbek Ulug'murodov

Mavzu 3

advertisement
Avtomobil transporti korxonalari ishlab chiqarish texnik
bazasini rivojlantirishni texnik iqtisodiy baholash.
Reja:
1. Avtotransport korxonasi loyihasining texnologik yechimlarШ sifat
ko`rsatkichlari
2.Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash
3 Avtotransport korxonasi loyihasining texnologik yechimlari sifat
ko`rsatkichlari
Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash.
Avtotransport korxonalarini loyihalashdagi dastlabki
ma’lumotlar muayyan sharoitlar uchun berilganligi va ularning
qiymatlari bir-birlaridan keskin farqlanganligi sababli loyihalash
natijalarida aniqlangan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni
to’g’ridan-to’g’ri solishtirib bo’lmaydi. Shuning uchun
solishtirma texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar qiymatlari ko’p
uchraydigan quyidagi (etalon) sharoit uchun belgilab qo’yilgan:
- texnologik mos keladigan harakatdagi tarkibning
ro’yxatdagi soni -300;
- iqlim rayoni – mo’tadil;
- ishlash sharoiti toifasi - I;
- kunlik o’rtacha yurgan yo’l, km - 250;
- saqlash sharoiti - isitishsiz, ochiq saqlash, avtomobillar 90
gradus burchakda o’rnashib, 50% to’g’ridan-to’g’ri chiqaoladi.
Etalon sharoitlar uchun ATK bo’yicha bir avtomobilga
to’g’ri keladigan solishtirma texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar
qiymati 3.5– jadvalda keltirilgan.
Muayyan ATK sharoiti uchun solishtirma texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlar etalon ko’rsatkichlar qiymatini quyida ko’rsatilgan
omillarni hisobga oluvchi koeffitsentlarga ko’paytirish orqali hisoblanadi
(3.6-3.12-jadvallar):
- avtomobillar soniKai;
- avtomobillar turi –
K x;
- tirkamalar borligiKtb;
- avtomobilning kunlik o’rtacha yurgan yo’li - KL;
- avtomobillarni saqlash sharoitlari Ks;
- avtomobillarni ishlatish sharoiti toifasiKish;
- iqlim sharoiti Kiq.
Avtotransport korxonalari loyihalarini bir-biri bilan taqqoslashda,
ulardagi texnologik yechimlarning maqbulini aniqlashda, korxona ishlab
chiqarish bazasining qaysi qismini takomillashtirishni tanlashda texnikiqtisodiy korsatkichlar tahlilidan foydalaniladi. Texnologik loyihalash
natijalarini baholash uchun avtotransport korxonalarini loyihalash
instituti "Giproavtotrans" tomonidan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar taklif
etilgan edi.
Hozirgi kunda texnologik loyihalar quyidagi 6 ta texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlar bilan baholanmoqda.
1. Bir avtomobilga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish ishchilari soni.
- Pich;
2. Bir avtomobilga to’g’ri keladigan ishchi postlari soni -Xp ;
3. Bir avtomobilga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish xonalari va
omborxonalar maydoni - Fich, m2 ;
4. Bir avtomobilga to’g’ri keladigan ma’muriy-maishiy
binolarning maydoni – Fmm , m2;
5. Bitta turish joyiga to’g’ri keladigan saqlash maydoni - Fs , m2;
6. Bir avtomobilga to’g’ri keladigan hudud maydoni - Fx , m2.
Adabiyodlar
1 Avtomobillarning texnik eksplutatsiyasi. Oliy o’quv yurtlari
uchun darslik. (Kuznetsov E. S. Tahriri ostidagi qayta ishlangan va
to’ldirilgan ruscha 4-nashrdan TAYI professori Sidiknazarov Q. M.
Tahriri ostida tarjima) – T.: Voris-nashriyot, 2006. – 630 b.
2 . SH.P.Magdiyev. Avtomobillarning texnik eksplutatsiyasi va
servusi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. -T.: NIF MSH, 2021. -06 b.
3 O.U.Salimov, J.R.Qulmuhamedov, E.P.Sharayev,
D.I.Hoshimov, G’.N.Mahmudov, K.M.Nazarov, S.O.Mirshaxodjayev,
SH.P.Magdiyev. Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko’rsatish
va ta’mirlash. Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. – T: ILM
ZIYO, 2012, 2014, 2017, 2018. – 520 b.
4 Автотранспорт воситалари сервиси. И.ф.д., проф.
М.А.Икрамов таҳрири остида, Тошкент, “Ўзбекистон Миллий
кутбхонаси нашриёти”, 2010 й. 268 б.
Download