Uploaded by Sunnatbek Ulug'murodov

Mavzu 2 (2)

advertisement
Texnik bazani rivojlanishining yo’li va
shakllari
Reja:
1. Texnik bazani rivojlanish shakllari
2. Texnik bazani rivojlanish yo’llari
3. ATE samaradorligiga ta’sir etuvchi omillari
Texnik bazani rivojlanish shakllari.
Avtomobil transporti korxonalarini texnik bazasini rivojlanishi va taraqqiyoti,
AF ni tashkil etish vositasi bo’lgan kapital qurilish bilan uzviy bogliqdir.
AF ni keng miqyosda qayta tiklash, yangi korxonalar qurish, mavjud
korxonalarni qayta qurish va kengaytirish va ularni texnik qayta jihozlash shaklida
amalga oshiriladi.
Texnik bazani rivojlanish shakllari
Yangi qurish
Kengaytirishis
h
Qayta qurish
texnik qayta
jihozlash
Aniqlanganki, mavjud ishlab chiqarishni qayta qurish, kengaytirish va texnik
qayta jihozlash yangi qurilishdan ko’ra so’zsiz ustunlikka egadir. Bular qanday
ustunliklar.
Birinchi ustunlik, bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari (QMI)ni hajmi va
xarakteridan kelib chiqadi va tadbiq etilayotgan yoki kengaytirilayotgan ishlab
chiqarish quvvatlarining birligiga to’gri keladigan material, moliyaviy, mehnat va
boshqa resurslardan yanada tejamli sarflashdan kelib chiqadi.
Avtomobil transportiga nisbatan bu ustunlik, AFni qayta tiklashning har-xil
shakllari uchun avtotransport korxonalarining yiriklashtirilgan solishtirma
me’yoriy kapital mablaglarining qiymatida yaqqol namoyon bo’ladi. (2.1.-jadval).
Jadval-2.1.
Xarakatdagi tarkibning birligiga to’gri keladigan ATKning solishtirma kapital
sarflarining yiriklashtirilgan me’yoriy ko’rsatkichlari, ming rub (11)
AF ni
takroriy tiklash
shakllari
Yangi
qurilish
Yuk
avtomobillari
Avtobuslar
Yengil
avtomobillar
6,0
10,5
3,62
4,31
7,49
2,72
Qayta qurish
2,46
4,29
1,56
Texnik
jihozlash
1,23
2,14
0,77
Mavjud
korxonalarni
kengaytirish
Yangi qurilish sarflariga nisbatan quvvat birligiga to’gri keladigan
solishtirma sarflar: kengaytirishda-71…75%, qayta qurishda-41…43%, texnik
qayta jihozlashda-20…21%ni tashkil etadi.
Ikkinchi, muhimligi kam bo’lmagan ustunlik, kapital sarflarni o’zlashtirish
muddatlarini sezilarli qisqartirishdadir. Tajriba shuni ko’rsatyaptiki, o’rta quvvatga
ega yangi ATKni qurish 3…4 yil davom etadi, ba’zida esa 5-6 yil va undan ko’pga
ham cho’zilib ketadi. Mavjud korxonani kengaytirish va qayta qurish asosiy
fondlarini i 2,5-3 barobar tezroq ishga tushirish imkonini beradi. Ishlab chiqarish
ishlarini muddatini qisqartirilishi, qurilish mahsulotlariga, materiallarga, jihozlarga,
ishlab chiqarilgan va to’lovlar amalga oshirilgan, ammo amaliy foyda bermaydigan,
qaysiki «tugatilmagan qurilish» nomini olgan material vositalarini va jamoa
mehnatini bir necha yilga qotirib qo’yishini oldini olish imkonini beradi.
Bundan tashqari, uzoq muddatli qurilish, ob’ektlarni va uning loyihasiga
kiritilgan texnik yechimlarni, texnologiyani, qurilish konstruksiyalari va h.k.larni
so’zsiz ma’naviy eskirishiga olib keladi.
Keyingi ustunlik shu bilan boglanganki, muhandislik-qurilish ishlari, kirib
kelish yo’llari, elektr energiyasi tarmoqlari, suv quvurlari, kanalizatsiya, issiqlik
ta’minoti va aloqa bilan ta’minlangan, o’zlashtirilgan maydonlarda olib boriladi.
Odatda, bunda hududni obodonlashtirish va yer uchastkasini vertikal rejalashtirish
bilan bogliq katta hajmdagi yer ishlarini bajarishga zarurat qolmaydi.
Yana bir ustunlik, ko’p sonli yangi qurilishlarga xos va doimo uchrab turadigan,
material va mehnat resurslarining tarqalib ketishini oldini olish imkonini beradi.
Va, nihoyat, qayta qurishni ustunliklariga shunday muhim ijtimoiy omilni,
ya’ni, ta’sirchan, manfaatdor kuchga ega, ishlarni bajarish muddatlari va sifatini
nazorat qiluvchi mavjud ATKning mehnat jamoasi borligini qo’yish mumkin.
Avtomobil transporti korxonalarini asosiy fondlarini qayta tiklashning u yoki
bu ko’rinishiga qo’shilganda quyidagilarni dasturi-amal qilib olish lozim:
Yangi qurilish – yangi tashkil etilayotgan ATK asosiy, ma’muriy-maishiy,
texnikaviy ishlarga mo’ljallangan bino va inshootlar majmuini* ) hamda qo’shimcha
ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida yangi qurilish maydonlarida
qurilayotgan mavjud ATK filialini yoki alohida ishlab chiqarishning bino va
inshootlarini barpo etishni ko’zda tutadi. Ular ekspluatatsiyaga qo’yilgandan so’ng
alohida balansda bo’lishlari kerak.
Yangi qurilishga, u yoki bu sabablarga: tenikaviy, sanitariya, shahar qurilish,
ekologik, ijtimoiy va h.k. ko’ra tugatilgan korxonalar o’rniga yangi ajratilgan
qurilish maydonida barpo etilayotgan ATKni ham qo’yish mumkin.
ATKni kengaytirish mavjud korxona hududida, vazifasi asosiy, ma’muriymaishiy yoki texnikaviy bo’lgan, yangi bino va inshootlarni (mavjudlariga
qo’shimcha) qurishni, shuningdek qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini barpo
qilish maqsadida mavjud bino va inshootlarni yoniga yoki ustiga qo’shimcha
qurilishni ko’zda tutadi.
ATKni qayta qurish texnologik jarayonni takomillashtirish, yangi ilgor
jihozlarni tadbiq etish, texnik baza faoliyati samarasini oshirish, mehnatni
sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, tabiiy, atrof-muhit muhofazasini yaxshilash
bilan bogliq bo’lgan texnik tadbirlarni amalga oshirish orqali asosiy, ma’muriymaishiy yoki texnikaviy, mavjud bino va inshootlarni qaytadan joylashtirishni
ko’zda tutadi.
Kengaytirishdan farqli o’laroq, mavjud ATKlarni qayta qurish, odatda bino va
inshootlarning maydonini oshirmasdan amalga oshiriladi.
Mavjud ATKlarni texnik qayta jihozlash, korxona umumiy quvvatini
oshirmasdan, ilgor texnologik jarayonlarni, yangi zamonaviy jihozlarni, ishlab
chiqarish jarayonini har tomonlama mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
vositalarini tadbiq etish asosida, ishlab chiqarishning yoki texnik bazani ayrim
elementlarining samarasini va texnik iqtisodiy darajasini oshirishga qaratilgan
tadbirlar majmuasini bajarishni ko’zda tutadi.
Texnik qayta jihozlash, ma’naviy eskirgan va fizik yeyilgan texnologik
jihozlarni (yuvish-tozalash, ko’tarish-eltish, stanoklar, payvandlash, bo’yashquritish, temirchilik, nazorat-sinov, tashxislash va h.k.) almashtirish; tabiat
muhofazasi ob’ektlarini (oqava suvlarni, atmosferaga chiqarilayotgan ifloslangan
havoni tozalash vositalarini) modernizatsiyalash; korxonani markazlashtirilgan
issiqlik ta’minoti, elektr-energiya, suv ta’minoti manba’lariga ulash; suvdan
foydalanish oqavasiz aylanma tizimini tadbiq etish; muhandis qurilmalari va
kommunikatsiyalarini, isitish va shamollatish tizimlarini qayta joylash; mehnatni
ilmiy tashkil qilish vositalarini, boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini, elektron
hisoblash texnikasini tadbiq etish maqsadida o’tkaziladi.
Texnik bazani takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari.
Yaqin vaqtlargacha, avtomobil transportida, xalq xo’jaligining boshqa
tarmoqlaridagi kabi, texnik bazani rivojlantirishni ekstensiv yo’li ustunlik qilar edi.
Bu yo’l esa, asosan ATKlarining yangilarini qurish va kompleks ATKlarni
kengaytirishdan iborat edi.
ATKlari bir-biridan ajralgan, tarqoq va mustaqil holda qurildilar, taraqqiy
etdilar va faoliyat ko’rsatdilar. Shunda, har bir ATK harakatdagi tarkibni texnik soz
holda ushlab turish uchun zarur TXK va JT ishlarining butun majmuasini amalga
oshirar edi.
Ushbu ATKlariga xos xususiyatlardan biri, bu ustaxonalarning, ishchi
postlarning va texnologik jihozlar majmuasining bandlik darajasidan korxonada
qat’iy nazar mavjudligidir. Bunday holat avtomobil transporti korxonalarining
texnika bazasidan samarasiz foydalanishga (ishlab chiqarish ustaxonalari-omborlar
maydonini ortishiga va TXK va Jtni sarf harajatlarini ko’payishiga, fondni
qaytarishni va ta’mirlash ishchilarini mehnat unumdorligini pasayishiga) olib
keladi.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish kapital mablag’lar cheklangan sharoitda,
NIIAT, MADI, Giproavtotrans va boshqa tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan
tadqiqotlarni ko’rsatishicha, an’anaviy stereotiplardan voz kechish va harakatdagi
tarkibga TXK va JT ishlab chiqarishini maxsuslashgan, kooperatsiyalashgan,
markazlashgan va ilmiy asoslangan prinsiplari asos bo’lgan Transport vositalarining
tashkili va takomillashuvining intensiv yo’liga o’tish hisobiga amalga oshirish
mumkin.
Ammo mavjud cheklashlar hozirgi vaqtda Transport vositalarini
takomillashtirishda harakatdagi tarkibga TXK va Jtda ishlab chiqarishni
kooperatsiyalash va markazlashtirish afzalliklaridan to’liq foydalanish imkonini
bermayapti. Bu ma’lum vaqt va mos sharoitlarni talab qiladi, chunki ATK texnika
bazasini darhol tub o’zgartirishlarga yo’liqtirish mumkin emas. Shuning uchun
yaqin kelajakda mavjud Transport vositalarining tarkibini jiddiy o’zgartirmasdan
qayta qurish, Transport vositalarini maydonlar, postlar va h.k. bilan ta’minlashni
me’yoriga yetkazish, ATKni yiriklashtirish, TXK va JT ishlarini qisman
kooperatsiyalash, markazlashtirish va maxsuslashtirishni ko’zda tutoqda. (2.2.jadval)
2.2.-jadval
Transport vositalarini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy
yo’nalishlari
Korxona turi
Avtobus, yengil
va yuk avtomobillari
ATKsi
transport vositalari
rivojlantirish va
takomillashtirish
yO’nalishlari
Maqsad
Mavjud ATK
transport vositalarini
kengaytirish
Harakatdagi tarkibning
TXK va JTga bo’lgan
ehtiyojini qondirish uchun
transport vositalari quvvatini
oshirish
Mavjud ATKlarni
qayta qurish va texnik
qayta jihozlash
TXK va JT ishlab
chiqarish jarayonlarini
takomillashtirish, ATK
faoliyatining samaradorligini
oshirish
Gazballonli
GBAni saqlashning,
avtomobillarni (GBA)
TXK va JTning xavfsiz va
ekspluatatsiya qiluvchi
ishonchli sharoitlarini
ATKlarni qayta jihozlash yaratish
Yangi
ATK normal faoliyat
o’zlashtirilayotgan
ko’rsatishi uchun zarur
tumanlarda yangi ATKlar transport vositalarini barpo
qurish
qilish
Transport vositalarini holati va takomillashtirishni asosiy yo’nalishlari.
2.3.-Jadval
Mavjud xolati
Rivojlanishning asosiy yo’nalishlari
1.Tashish xajmi va xarakatdagi
1.Transport
vositalariga
kapital
tarkibni parkini sifat o’zgarishlari va sarflarni oshirish.
o’sish suratidan Transport vositalarini
2.Ishlab-chiqarish
markazlashtirish,
rivojlanishini orqada qolishi:
maxsuslashtirish va kooperatsiyalash asosiy
-ATKni ishlab chiqarish bazasini kapital sarflarni transport vositalarini texnik
to’liq ta’minlanmaganligi.
qayta qurollashga yo’naltirish.
-transport vositalari yangi avtomobil
3.Yangi
qurilish,
parametrlariga mos, kelmasligi.
muddatlarini qisqartirish.
qayta
qurish
-Jixozlardan foydalanish darajasini
4.Texnologik jixozlarni va anjomlarni
pastligi.
ishlab chiqarishni 1,5-1,7 barobar oshirish.
2. ATK transport vositalarini asosiy
Texnologik jixozlarni sotib olishga
fondlarini tarkibi va xolatini mukammal kapital sarflarini oshirishKapital sarflarni
emasligi:
asosan Transport vositalarini qayta qurish va
texnik qayta qurollashga yo’naltirish.
-transport vositalarining asosiy
fondlarini aktiv va lassiv qismlari orasida
Texnologik jixozlarni sotib olishga
no optimal taqsimlanish;
kapital sarflarni oshirish.
-yordamchi
ishlab
chiqarishni
Kapital sarflarni asosan Transport
yetarli darajada rivojlanmaganligi.
vositalarini qayta qurish va texnik qayta
qurollashga yo’naltirish.
-transport
vositalarini
asosiy
fondlarini ancha eskirgani.
Texnologik jixozlarni sotib olishga
ajratilgan kapital
ATE samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.
ATE daraxt tizimida bayon etilgan xamma omillardan texnik
ekspluatatsiyaning samaradorligini oshirishga Transport vositalarining qo’shadigan
xissasi quyidagicha baxolanadi: ishlash qobiliyatiga ta’siri buyicha -18%, mexnat
unumdorligini oshirish bo’yicha -19%.
Texnik tayyorlik koeffitsiyenti avtomobillarni ishlash qobiliyatini namoyon
qiluvchi ko’rsatkichlardan biridir.
Texnik tayyorlik koeffitsiyenti avtomobilini unumdorligiga to’gridan to’gri
ta’sir etadi.
W  365  T  (1   H )  q       КЙ
W- unumdorlik, 365-yil; N -ish bo’lmagan kunlar koeffitsiyenti,
q-nominal yuk ko’tarish, T; -yuk ko’tarishdan foydalanish koeffitsiyenti; yurgan yo’ldan foydalanish koeffitsiyenti; lKY - o’rtacha kunlik yurgan yo’l.
Texnik tayyorlik koeffitsiyentini o’zi esa ekspluatatsiya sharoitidan,
avtomobilning ishonchliligidan, TXK va Tda turish muddatidan bogliqdir.
Т 
1
1   КЙ 
t
ПР
х ПР
t ПР -avtomobilni TXK va T da o’rtacha turish vaqti.
хПР -ta’mirgacha o’rtacha ishlash muddati.
ATEni samaradorligiga quyidagi asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi:
-ishlab chiqarish bazasini ta’minlanganligi -x1;
-ATKni quvvati -x2;
- avtomobillarni o’rtacha yoshi -x3;
- TXK va T ishlarini bajaruvchi ishchilarni ish xaqini fondi -x4;
-tuproq yo’llar ulushi - x5:
-yil davomida 0oS dan past bo’lgan kunlar soni -x6.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. 2017−2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi
bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoni, Toshkent sh., 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son.
2. “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori, 04.05.2020, PQ4703-son.
3. Mengliev B., Ziyodullaeva G. Til taʼlimiga kompetentsiyaviy
yondashuv//Maʼrifat.
– Toshkent, 2014 yil 29 mart, 26 son. – B. 8-9.
4. Птицын А.Э. Моделирование компетентностно-ориентированной
подготовки
специалистов для автомобильного транспорта. // Сб. "Теория и
методика
профессионально-педагогического образования". — Самара: СГППК,
2003.-С.164-169.
Download