Elementorganik birikmalar Reja: I. KIRISH. II. ASOSIY QISM. 1. Metallorganik birikmalarning nomlanishi va ularda uglerod - metal bog’ hosil bo’lishi 2. Metallorganik birikmalarning olinishi 3. Grinyar reagenti ishtirokidagi reaksiyalar 4. Oltingugurt va fosfororganik birikmalar, ularning tuzilishi, olinish usullari III. XULOSA. Tayanch iboralar: metalorganik birikmalar, litiy, magniy, rux, mis, natriyorganik birikmalar. Oltingugurt va fosfororganik bitikmalar, imidlar, anion radikali, qutblanuvchanlik. KIRISH. Elementorganik birikmalar — uglerod atomi boshqa element atomi bilan toʻgʻridantoʻgri birikkan organik birikmalar. Uglerod vodorod, kislorod, azot, oltingugurt yoki galogenlar (ftordan tashqari) bilan birikkan birikmalar, odatda, Elementorganik birikmalarga kirmaydi. Elementorganik birikmalar odam va hayvonlar hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Mas, V]2 vitamini oʻzida kobalt, gemoglobin esa temir saqlaydi, fosfororganik birikmalar uglevodlar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi. Margimush, surma, oltin, simob birikmalari kimyoterapiyada, kremniy sintetik kauchuk va surkov moylari sanoatida, qoʻrgʻoshin birikmalari antidetonatorlar tayyorlashda, fosfor birikmalari insektitsidlar ishlab chiqarishda, ftor birikmalari sovitkichlar va polimerlar sanoatida, alyuminiy birikmalari polimerlar sintezida, qalay birikmalari esa polimerlar eskirishining oldini olishda, magniy, litiy hamda rux birikmalari organik sintezda keng koʻllanadi. Metallorganik birikmalarning nomlanishi va ularda uglerod metal bog’ hosil bo’lishi Molekulasida uglerod-metall bog’i bo’lgan birikmalar metallorganik birikmalar deb nomlanadi. Ular anorganik va organik birikmalarda uchraydi. Eng kamida biz bitta metallorganik birikmani bilamiz, natriy atsetilid (NaC ≡CH), bunda uglerod va natriy o’rtasida ion bog’lanishdir. Yaqingacha metall va uglerod tutgan birikmalarni metallorganik birikmalar deb sinflanmas edi. Natriy atsetilidga o’xshab, natriy metoksid ham (NaOCH3)ionli birikmadir. Natriy atsetiliddan farqi shundaki, natriy metoksidda uglerod emas kislorod manfiy zaryadlanadi. natriy atsetilid natriy metoksid (uglerod metall bog’ yo’q) (uglerod- metall bog’) Metallorganik birikmalar boshqa sinf birikmalardan farq qiladi, biz ana shuni o’rganamiz. Ularning muhimligi shundaki, ko’pchilik metallorganik birikmalar nukleofil uglerod manbai, shu sababli ular sintetik organik kimyoda juda ahamiyatlidir. Masalan, alkinlarni olinishida natriy atsetilid bilan galoidalkil orasidagi reaksiyasi atsetilid ionini manfiy zaryadlangan nukleofil uglerod atomiga ega ekanligiga bog’liq. Organik kimyoda sintez jarayonida uglerod-uglerod bog’ hosil bo’lishida metallorgnik reagentlarni qo’llanilishi juda katta ahamiyatga ega. Ushbu bobda biz litiy, magniy, mis va ruxni organik hosilalarini qanday olinishini o’rganamiz va ularni yangi hossalarini organik sintezda qanday qo’llanilishini ko’ramiz. Metallorganik birikmalarni nomlashda metallni almashingan hosilasi sifatida qaraladi. Metalni nomiga unga birikkan alkil guruhlar oldi qo’shimcha qilib nomlanadi. H Li CH2 = CHNa (CH3CH2)2Mg siklopropillitiy vinilnatriy dietilmagniy Agarda metall ugleroddan boshqa atom bilan bog’langan va u anion bo’lsa uning nomi alohida ko’rsatiladi. CH3MgI (CH3CH2)2AlCl Metilmagniy yodid dietilalyuminiy xlorid Muammo: Keyingi ikkita metallorganik reagentlarni ushbu bobni ohirida uchratdik. Ularni xar biriga mos keladigan nomni taklif qiling. Echim namunasi: (a) Litiy metali (CH3)3CLi da asosiy nomni beradi. Litiyga birikkan alkil guruh uchlamchi butil va shu sababli metallorganik birikmani nomi uchlamchi - butillitiy deb ataladi. Shunga mos keladigan to’g’ri nom 1,1- dimetiletillitiy. NaC≡CH ni nomlanish turi bundan mustasno, uning oddiy so’z bilan natriy atsetilid deyiladi. Ikkala nom ham natriy atsetilid va natriyetenil ham IYUPAK nomlanishga mos keladi. Elektromanfiyligi 2,5 ga teng bo’lib (25.1 jadval) uglerod kuchli elektrmusbat va kuchli elektrmanfiy ham emas. Uglerod elektrmanfiyligi o’zidan katta bo’lgan elementlar bilan bog’langanda, kislorod yoki xlorga o’xshash, elektron bog’ning taqsimlanishi shunday bo’ladiki, uglerod musbat, boshqa elektromanfiy atom esa manfiy qutblanadi. 25.1 jadval Elektromanfiy elementlardan namunalar Element Elektromanfiylik Aksincha, uglerod elektrmanfiyligi kam bo’lgan element bilan bog’lansa, masalan metall, u holda elektron zichligi uglerod tomonga siljigan bo’ladi. Elektrostatik potensialdan foydalanib, metilftorid (CH3F) va metillitiy(CH3Li) o’rtasidagi elektron zichlikni farqini ko’rish mumkin. Manfiy zaryadlangan uglerod bo’lgan anion karbanion deb ataladi. Yuqorida keltirilgandek, metallorganik birikmalarda kovalent bog’lanish karbanion hususuyatga ega. Metall ko’proq elektromusbat bo’lgani uchun, uglerod-metall bog’lanish yaqqol ion bog’lanishga ega. Natriyorganik va kaliyorganik birikmalarda uglerod-metall bog’lanish ionli, litiyorganik va magniyorganik birikmalarda esa kovalentga yaqin, ammo yaqqol qutbliligi uglerod-metall bog’lanishlar karbanion hususuyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Karbanion hususuyatga ega ekanligi uchun ushbu birikmalarni sintetik reagentlar sifatida qo’llaniladi. Metilftorid Metillitiy Metallorganik birikmalarning olinishi Litiyorganik va boshqa 1 guruh metallorganik birikmalari galogenalkilga tegishli metalni ta’sir ettirib olinadi. RX + 2 M RM + M+X- galoid guruh guruh galoid metall alkil metali metalorganik birikmasi dietilefir (CH3)3CCl + 2 Li (CH3)3CLi + LiCl Uchlamchi litiy uchlamchi litiy butilxlorid butillitiy (75%) xlorid Galoidalkillar birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi bo’lishi mumkin. Alkilyodidlar, bromid va xloridlarga nisbatan faol reaksiyaga kirishadi. Ftoridlar esa ularga nisbatan faol emas. Turli hil ajralish va nukleofil almashinish reaksiyalarida, litiy organik birikmalar hosil bo’lishi uchun galogen sp 3- gibridlangan uglerodga birikkan bo’lishi shart emas. Galogen sp 2- gibridlangan uglerod atomiga bog’langan vinilgalogen va arilgalogenga o’xshash birikmalarda ham reaksiya alkilgaloidlarga o’xshash usul bo’yicha ketadi, ammo sekinroq kechadi. Ayrim hollarda litiyorganik birikmalar olinishida pentan va geksan kabi uglevodorodli erituvchilar, ammo asosan etil efiri ishlatiladi. Bunda erituvchi albatta suvsiz bo’lishi kerak. Oz miqdorda suv yoki spirt bo’lsa litiy ular bilan reaksiyaga kirishib, erimaydigan litiy gidroksid yoki litiy alkoksidni hosil qilib, metall yuzasini qoplaydi va galoid alkil bilan reaksiyaga kirishishiga to’sqinlik qiladi. Undan tashqari, litiyorganik birikmalar kuchli asos bo’lib kuchsiz proton manbai bo’lgan uglevodorodlar bilan tez reaksiyaga kirishadi. Elementlar davriy sistemasidagi birinchi guruh elementlaridan Ag, Cu, Au juda qiyinchilik bilan, ishqoriy metallar osonlik bilan metallorganik birikmalar hosil qiladilar. Bulardan litiyorganik birikmalar alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda litiyning R-Li va Ar-Li kabi birikmalari keng qo‘llanilmoqda. Metillitiy, etillitiy va arillitiylar odatda qattiq moddalar, boshqa alkillitiylar suyuqliklardir. Ular alkanlar, sikloalkanlar, benzol, efir kabi erituvchilarda barqaror eritmalar hosil qiladi. Litiyorganik birikmalarni turli usullar bilan sintez qilish mumkin: 1. Litiy bilan galogenalkil yoki galogenarillar reaksiyasi (K.Sigler, 1928-y.): 2. Simoborganik birikmalar va litiydan: Hg(C3H7)2 + 2Li → Hg + 2C3H7Li 3. Almashinish reaksiyalari bilan: C6H5Br + CH3Li → C6H5Li + CH3Br Murakkab tuzilishli litiyorganik birikmalar RLi va diyen uglevodorodlarining o‘zaro ta’siri natijasida olinadi. Hosil bo‘lgan alkillitiy yangi izopren molekulalari bilan reaksiyaga kirishib, yuqori molekulyar birikmalar (YuMB) hisoblanadigan stereospetsifik izopren kauchuklari hosil qilishda faol qatnashadi: Barcha RLi birikmalari havoda oson alangalanadi, suv va spirtlar ta’sirida parchalanadi: CH3Li + HOH → CH4 + Li+OH¯ C2H5Li + CH3OH → C2H6 + CH3O¯Li+ Litiyorganik birikmalar yordamida boshqa metallorganik birikmalarni olish mumkin: 2R – Li + ZnCl2 → R2Zn + 2LiCl 3R – Li + AlCl3 → R3Al + 3LiCl 4R – Li + SiCl4 → R4Si + 4LiCl Litiyorganik birikmalar organik sintezda magniyorganik birikmalar o‘rnida, yuqori molekulyar birikmalarni olishda katalizatorlar sifatida qo‘llaniladi. Natriyorganik birikma (NaOB)lar simoborganik birikmalarga natriyni ta’sir ettirish (1-reaksiya), arenlarni alkanlarning natriyli hosilasi bilan metallash (2-reaksiya) orqali olinadi: Uglerod-natriy bog‘i amalda ionli bo‘lganligi bois, NaOBlarni ion juftlar ko‘rinishida tasvirlash mumkin: NaOB lar kimyoviy jihatdan behad faol. Ular hatto havodagi nam bilan reaksiyaga oson kirishadi, havoda o‘zidan-o‘zi alangalanadi, past haroratda hatto oddiy efirlarni parchalaydi. NaOBlarga suv, spirtlar, kislotalar va aminlar ta’sir ettirilganda portlash bilan reaksiya boradi: R–Mg–X (X–galogenlar) tipidagi birikmalar II guruh elementlarining organik birikmalari orasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu birikmalarni chuqur o‘rgangani va ularni ko‘p sonli sintezlarda qo‘llagani uchun V.Grinyar 1912-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning sharafiga bu birikmalar Grinyar reaktivlari deb aytiladi. Magniyorganik birikma (MgOB)lar quruq efir yoki tetragidrofuran (TGF) muhitida alkilgalogenidlarga magniy metalini ta’sir ettirib olinadi: Muammo: Keltirilgan har bir bromidga mos keladigan olinish reaksiya tenglamasini yozing (a) Litiyizopropenil (b) ikkilamchi- Butillitiy Echim namunasi: (a) Organik galoidlardan litiyorganik birikmalar olinishida litiy galoidni o’rnini egallab, uglerod bilan bog’lanadi. Shuning uchun izopropenilbromiddan izopropenillitiy hosil bo’lishi kerak. Izopropenil bromid Litiy Litiyizopropenil Litiybromid Galoidalkillar bilan reaksiyalar metall yuzasida ketadi. Birinchi bosqichda elektron metaldan galoid alkil tomoniga siljiydi. Alkilgalogen Litiy Anion radikali Litiy kationi Bitta elektron qabul qilgan galoid alkil endi manfiy zaryadlanadi va toq elektron soniga ega bo’ladi. U anion radikali bo’ladi. Qo’shimcha elektron antibog’langan orbitalni egallaydi. Ushbu anion radikalining fragmentidan alkil radikal va galoid anioni hosil bo’ladi. Anion radikali Alkil radikali Galogen anioni Keyingi fragmentatsiyalarda alkil radikali litiy atomini oson biriktirib, metalorganik birikmani hosil qiladi. R · + Li · R:Li Alkil radikal Litiy Litiyalkil Organik kimyoda ko’proq ahamiyatga ega bo’lgan metalorganik reagentlar bu magniyorganik birikmalar. Ular fransuz kimyogari Viktor Grinyar nomiga Grinyar reagenti deb atalgan. Grinyar magniydan organik birikmalar hosilalarni samarali olinish uslubini yaratdi va ularni spirtlar sintezida qo’lladi. Ushbu yutuqlari uchun u 1912 yil kimyo fani bo’yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan. Grinyar reagenti organik galoidlarni magniy va ikkinchi guruh metallari bilan reaksiya natijasida olinadi. RX + Mg RMgX Organikgaloid Magniy Organomagniygaloid (R -metil, birlamchi ikkilamchi yoki uchlamchi alkil bo’lishi mumkin; shuningdek usikloalkil, alkenil yoki aril guruhi bo’lishi mumkin) Siklogeksil xlorid Magniy Siklogeksilmagniyxlorid (96 %) Brombenzol Magniy Fenilmagniybromid (95%) Suvsiz dietilefir magniyorganik birikmalarni olinishi uchun eng qulay erituvchi. Ayrim hollarda reaksiya tez boshlanmaydi, boshlanishi uchun bu ekzotermik reaksion aralashmani haroratini etil efirini qaynash haroratiga o’tkazish kerak. (35 ºC) Galoidlarni reaksion tartibi I > Br >Cl > F va galoidalkillarniki aril va vinilgaloidlariga nisbatan ko’proq faol. Aslida aril va vinil xloridlar dietilefirda Grinyar reaktivini hosil qilmaydi. Agarda kuchliroq reaksion sharoit talab etilsa, erituvchi sifatida tetragidrofurandan (TGF) foydalaniladi. Mg CH2 = CHCl CH2 =CHMgCl Vini lxlorid Vinil magniy xlorid (92%) Muammo: Keltirilgan birikmalarni har biridan magniy bilan efir ishtiroki reaksiyasi natijasida hosil bo’lgan Grinyar reagentini tuzilishini yozing. (a) p-Bromftorbenzol (c) Sikloyodbutan (b) Allil xlorid (d) 1-Bromsiklogeksen Echim namunasi: (a) Aromatik xalqada almashingan ikkita galogenlardan brom magniy bilan ftorga qaraganda tezroq birikadi. Demak, ftor xalqaning chap tomonida o’zgarmagan holda qoladi, uglerod-brom bog’ esa uglerod magniy bog’iga aylanadi. p– Bromftorbenzol Magniy p- ftorfenilmagniybromid Grinyar reaktivini hosil bo’lishi litiyorganik reagentlarga o’xshash bo’lib har bir magniy atomdagi ikkita elektrondan bittasi ajraladi. Galoid alkil Magniy Anion radikali Anion radikali Alkil radikal Xlorid ion Alkilmagniy xlorid Litiyorganik va organik birikmalar asosan aldegid va ketonlardan spirtlarni olinishida ko’p qo’llaniladi. Ushbu reaksiyalarni muhokama qilishdan oldin, birinchi bo’lib metallorganik birikmalarni proton donorlari bilan reaksiyalarini ko’rib chiqamiz. Agarda dietilefirga o’xshash erituvchilarda olinsa litiyorganik va magniyorganik birikmalar barqaror birikmalardir. Ular kuchli asos bo’lib, shunga qaramasdan proton donorli reaksiyalarga shiddatli kirishadi, kislota eritmalari va spirtlar bilan bir hil sekin kirishadi. Gidroksil guruhdan proton manfiy qutblangan uglerod tomonga siljiydi. Natijada metalorganik birikmadan uglevodorod hosil bo’ladi. CH3CH2CH2CH2Li + H2O → CH3CH2CH2CH3 + LiOH Butil litiy Suv Butan Litiy gidroksid Fenil magniy Metanol Benzol (100%) Metokso bromid magniy bromid Litiyorganik birikmalar va Grinyar reagenti asosli xossaga ega bo’lgani uchun gidroksil guruh bo’lgan birikmalardan foydalanib bo’lmaydi. Ushbu reagentlarga -NH yoki –CH guruhlar mos keladi, ular litiyorganik yoki magniyorganik birikmalarni proton siljishiga asosan uglevodorodga aylantiradi. Uglerod-metall bog’lanishli litiyorganik birikmalar sezilarli karbanion xossaga ega. Oralatma qo’shbog’li kislotalar uglevodorodlari –xaqiqatdan juda kuchsiz kislotalardir. Uglevodorodni ionlanish muvozanat spirtlarnikidan ancha kichik. Uglevodorod Proton Karbanion (juda kuchsiz kislota) (juda kuchli asos) doimiysi suv va Grinyar reagenti ishtirokidagi reaksiyalar Litiyorganik birikmalar va Grinyar reagentlari ta’sirlashganda karbanionlarga o’xshab, proton noma’lum moddadan uglevodoroddan kislotaligi kuchli bo’lgan modda tomonga siljiydi. Shunday qilib, N−δδH guruhlarda va terminal alkillarda (RC ≡C-H) o’zini konyugirlangan asoslardagi protonini litiyorganik va magniyorganik birikmalarga o’tkazadi. CH3Li + NH3 CH4 + LiNH2 Metillitiy Ammiak Metan =Litiy amid (kuchliroq asos) (kuchliroq kislota (kuchsizroq kislota (kuchsizroq asos) Kk = 10-36) Kk = 10-60) CH3 CH2MgBr + HC ≡ CH CH3 CH3 + HC ≡ C MgBr Etilmagniy bromid Atsetilen Etan Etilmagniybromid (kuchliroq asos) (kuchliroq kislota (kuchsizroq kislota (kuchsizroq asos) Kk = 10-26) Kk = 10-62) Muammo: Butillitiy organik kimyoda ko’p uchraydigan tannarxi arzon bo’lgan birikmalardan hisoblanadi. Quyidagi birikmalarning qaysi biridan butillitiy eritmasini tayyorlash mumkin? (a) Litiy dietilamid (CH3CH2)2NLi (b)Litiy 1- geksanolyatCH3(CH2)4OLi (s) Litiy benzolsulfid C6H6SLi Echim namunasi: Butillitiyda jarayon asosan proton ajralishi bilan boradi, bunda proton azotga birikkan bo’ladi. Dietilamid asosan dietilamindan olinadi. (CH2CH2)2NH+CH3CH2CH2CH2Li (CH2CH2)2NLi+CH3CH2CH2CH3 Dietilamin Butillitiy Litiy dietilamid Butan Uglevodorodlarni sintez qilish vaqtida alkil galoidlar muhim o’rin tutadi. Bu guruhlarning almashinish jarayonida Grinyar reagenti ishtirokida suv va spirt уetarli miqdorda qo’shilishi proton ajralishi bilan boradi. Odatda D2O va Grinyar reagentining qo’shilishi bilan boradigan usulda deyteriy molekulasining ichida o’ziga xos bo’lgan jarayonga ko’ra boradi. CH3CH = CHBr → CH3CH=CHMgBr → CH3CH=CHD 1-brompropen Propenilmagniy bromid 1-deyteriypropen (70%) Spirtlarni olinishida o’zida karbonil guruh tutgan birikmalardan sintetik usulda Grinyar reagenti qo’llab olinadi. Uglerod-uglerod bog’ining shiddatli hosil bo’lishiga sabab aldegid va ketonlardan Grinyar reagenti ishtirokida reaksiyaning ekzotermik borishidir. Karbonil guruh qutbli va uglerod atomi elektrofil. Uglerod guruhi qo’shilishi, ya’ni yangi uglerod-uglerod bog’i hosil bo’lishida Grinyar reagenti nukleofildir. Alkilmagniy galoidga almashinishining borishida ikkinchi bosqichining sintetik o’zgarishi spirtlarda suvli muhitda boradi. Alkilmagniy galoid Gidroksoniy Spirt Magniy Galoid ion Suv ioni Spirtlarning birikmalarining turlari karbonil birikmalarga bog’liqdir. Aldegid va ketonlarning karbonil guruhlari o’rinbosarlarning almashinishi bo’yicha uchinchi o’rinda turadi- karbonil guruhning asosiy o’rinbosari sifatida uglerod muhim o’rin tutadi. 16.3 jadvaldan ko’rinadiki, Grinyar reagenti ishtirokida formaldegiddan birlamchi spirtlarni, aldegidlardan ikkilamchi spirtlarni va ketonlardan uchlamchi spirtlarni olish mumkin bo’lgan reaksiyalar keltirilgan. Muammo: Quyida keltirilgan birikmalarning qaysi biri propilmagniy bromid olinishi reaksiyasi tuzilish formulasi mosligini ko’rsating. Reaksiya borish jarayonida suyultirilgan kislota qo’shiladi. (a) Formaldegid (c) Siklogeksanon (b) Benzaldegid (d) 2- butanon Echim namunasi: (a) Grinyar reagenti ta’sirida formaldegiddan birlamchi spirtda bir necha uglerod atomidan tozalangan Grinyar reagenti tarkibidagi alkil guruhi ustunlik qiladi. Reaksiya natijasida 1butanol hosil bo’ladi. Propilmagniy bromid + formaldegid 1-Butanol Uglerod-uglerod bog’ining tuzilishi organik sintezning asosini tashkil etadi. Organik kimyoviy sintezlarda avvaldan aldegid va ketonlar reaksiyalarida Grinyar reagenti qo’shilishi bilan olib boriladi. Uglerod bog’i zanjiri uzilishi spirtlar mahsulotlari, keng hilma-hil funksional guruhlarning almashinishi mumkin. Litiyorganik, misorganik va ruxorganik birikmalar yordamida spirtlar, alkanlar va tsikloalkanlar sintezi Litiyorganik reagentlar olinishida reaksiyalarda Grinyar reagentidagi karbonil guruhi muhim ahamiyatga ega. Aldegid va ketonlar reaksiyalarida litiyorganik reagentlarda ko’pincha Grinyar reagentidan foydalaniladi. Elementorganik birikmalarning hossalari boshqa sinf birikmalaridan farq qiladi. Ko’pchilik metallorganik birikmalarda uglerod atomi kuchli nukleofil hossaga ega bo’lib, bu sintetik organik kimyoda metallorganik birikmalar reagentlari uglerod-uglerod bog’larni hosil qilishda katta ahamiyatga ega. CH3CH2CH2CH2Li + H2O CH3CH2CH2CH3 + LiOH Butillitiy suv butan (100 %) litiy gigroksid Fenolmagniy bromid methanol benzol (100 %) metoksimagniy bromid CH3Li + NH3 CH4 + LiNH2 Metal litiy ammiak metan litiy amidi Alki llitiy aldegid yoki keton litiyalkooksid spirt dietilefir 2RLi + CuX R2CuLi + LiX Alkillitiy X=Cl,Br,I litiy dialkil mis litiy xlorid Alyuminiyorganik birikmalar odatda alkilyodidlarga alyuminiy ta'sir ettirib sintez qilinadi: 2Al+3CH3I CH3AlI2+(CH3)2AlI 2(CH3)2AlIAl(CH3)3+CH3AlI2 Trialkilal yuminiy texnikada 100-1200C da bosim ostida alken, vodorod va maydalangan alyuminiydan olinadi: Al+3CH2=CH2+1,5H2 Al(C2H5)3 Bu birikma havoda yonib ketadi 5. Oltingugurt va fosfororganik birikmalar, ularning tuzilishi, olinish usullari Oltingugurt organik birikmalar (OOB, organosulfur compounds) da S atomi to`g`ridan-to`g`ri C atomiga bog`lanadi (C-S bog`i) yoki O va N kabi geteroatomlar orqali bog`langan bo`ladi. OOB tarkibidagi S atomi II, III, IV, VI valentliklar namoyon qiladi. OOB osonlik bilan donor ligandlari sifatida qatnashuvchi komplekslarni hosil qiladi. Nisbiy elektromanfiyligi va elektronga moyilligi yuqori emasligi sababli S atomi OOBdan S-markazli kation, anion, radikal va ion-radikallar holatida oson ajraladi. Bu xossalar yuqori qutblanuvchanlik bilan birga S atomning ushbu zarrachalarni barqarorlashtiruvchi ta`sirini ta`minlaydi. OOB tabiatda keng tarqalgan bo`lib, tirik organizimlarda muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida aminokislotalar-sistein, sistin va metionin, vitaminlar-tiamin, biotin, lipoy kislotasi, A kofermenti va b. bor. Tarkibida S ga boy neftlar, toshko`mir va slanets smolalari, ayrim tabiiy gaz zaxiralari OOBlarning tabiy manbalari hisoblanadi. Oltingugurt ilidlari- reaksion qobilyati yuqori bo`lgan birikmalar bo`lib, oksiranlar, siklopropanlar, aziridinlar, shuningdek, boshqa karbo, getero-, makro – va politsiklik birikmalar sintezida keng ishlatiladi. Ilid tarkibidagi karbanion musbat zaryadlangan geteroatom bilan bevosita bog’lanadi. Aldegidlar bu reagent tasirida yuqori unumlarda epoksidlar hosil qiladi. Reaksiya mexanizimi 2 bosqichdan iborat: 1) karbonli guruhga S ilidining nukleofil birikishidan alkogolyat hosil bo’ladi; 2)C atomning ichkimolekulyar nukleofil almashinishidan oson chiqib ketuvchi sulfoksoniy guruhi ajraladi va epoksid hosil bo’ladi. Fosfororganik (organophosphorus)birikmalar (FOB) molekulasida P atomi organik radikalga bevosita yoki geteroatom (O,S,N,va b) orqali bog’langan bo’ladi. Dastlab FOB (metilfosfinlar aralashmasi) 1846 y. Tenar va Berseliuslar tomonidan Ca3P2ni metillash jarayonida ajratib olingan. FOB olishning umumiy usuli 3 ta bosqichdan iborat: mineral xomashyodan elementar P olish, uni noorganik hosilalarga o’tkazish (P4O10, PCl3, PCl5, POCl3) va bu hosilalarning oleifinlar, spirtlar, aldegidlar, aminlar va b. bilan o’zaro ta`siridan FOB sintez qilish. Masalan, fenolga POCl3 ta’siridan trifenilfosfat (triphenyl-phosphate) olinadi: 3C6H5OH+POCl3 O=P(OC6H5)3+3HCl Noorganik hosila olmasdan ham FOB sintez qilinadi (masalan, elementar P-ning alkilgalogenidlar yoki spirtlar bilan ta’siri). Simob organic birikmalar. Molekulasidagi simob atomi bilan uglerod atomi bevosita bog`langan organik birikmalar (S—Hg). Simob organik birikmalar alifatik, aromatik, geterotsiklik va kvazikompleks birikmalarga bo`linadi. 2 asosiy ko`rinishi — to`liq almashinadigan (simmetrik) R—Hg—R va simoborganik R—HgX (R — organik radikallar, X — kislota qoldig`i) ko`rinishdagi turlari ma`lum. Ular birbiriga oson aylanadi. Simoborganik birikmalarning asosiy qismi qattiq moddalar, alifatik qatordagilari suyukliklardir. Ular turli metallorganik birikmalar olishda, tibbiyotda insektitsid va fungitsidlar sifatida ishlatiladi. Barcha simob birikmalari zaharli, organizmda yig`iladi. Undan zaharlanishning oldini olish maqsadida oltingugurt bilan to`yintirilgan suv (mas, "Naftusya" mineral suvi) ichish tavsiya etiladi. Olinishi: Diazoniy tuzlari simob, qalay xloridlari bilan reaksiyaga kirishib, metallorganik birikmalarni hosil qiladilar: C6H5N2+Cl- + HgCl2 + 2Cu (C6H5N2+Cl-)2 + SnCl4 + 2Sn C6H5HgCl + N2 + Cu2Cl2 (C6H5)2SnCl2 + 2SnCl2 + 2N2 Barcha besh a’zoli geterotsikllar uchun xlorli simob bilan reaksiya xosdir. Bunda almashinish -holatga boradi: + HgCl2 Х - HCl Х HgCl MgOBlardan Simoborganik birikmalarni ham sintez qilish mumkin: MgOB mo‘l miqdorda ishlatilganda, simobning to‘liq almashingan hosilasi olinadi: 2CH3MgBr + HgBr2 → 2MgBr2 + (CH3)2Hg Simoborganik birikmalar esa fungitsidlar (lotincha fungus – zamburug‘ degani) sifatida ishlatiladi. Etilsimob xloridi – C2H5HgCl (granodan) bilan dorilangan dukkakli o‘simliklar urug‘i ekilgandan keyin har xil kasalliklarga chalinmaydi va unib chiqqan o‘simlikning o‘sishi tezlashadi. Merkaptanlar og‘ir metallarning oksidlari bilan, jumladan, simob oksid bilan reaksiyaga kirishib, erimaydigan merkaptidlar hosil qiladi: 2 R – SH + HgO → (RS)2Hg + H2O Merkaptan so‘zi lotincha corpusmercurio aptum dan olingan bo‘lib, simob bilan birikishga qobiliyatli demakdir. Alyuminiy organic birikmalar. Uchinchi guruh elementlaridan bor, alyuminiy, galliy, indiy va talliylar uch xil monomer birikmalar (RMX2, R2MX va R3M) hosil qiladi. Bular orasida alyuminiyning hosilalari juda katta ahamiyatga ega. Alyuminiyorganik birikmalar (AlOB) tarkibidagi metallning gidridli, galogenidli hosilalari {RAlH2, R2AlH, R3Al, RAlCl2, R2AlCl, Li[RAlH3], Li[R2AlH2], Li[R3AlH], Li[R4Al]} juda ko‘p ishlatiladi. Quyi alyuminiyalkillar (R=CH3, C2H5) o‘ta yuqori reaksion qobiliyatiga ega bo‘lib, havoda oson alangalanadi. Ular beqaror bo‘lgani uchun oson dimerlanadi va barqaror birikmaga o‘tadi: 2 Al(CH3)3 ↔ Al2(CH3)6 Dimerlarda uch markazli delokallashgan σ-bog‘ hosil bo‘ladi va undagi reaksion markaz hisoblangan alyuminiy atomi monomerga nisbatan ekranlanadi. Demak, AlOBning dimer va polimerlari monomerlariga nisbatan termodinamik barqarordir. Alkilalyuminiylar yuqori reaksion qobiliyatga ega bo‘lib, suv, spirt, kislotalar va karbonat angidridi bilan reaksiyaga oson kirishadi: AlOBlarning eng muhim xususiyatlaridan biri alkenlarga birikib, murakkab birikmalar hosil qilishidir: Bu reaksiyaning ochilishi K.V.Sigler nomi bilan bog‘liq. U alkenlarga alyuminiy va vodorodni bevosita ta’sir ettirib, trialkilalyuminiylarni hosil qildi: Trietilalyuminiy etilen bilan 100-120oCda reaksiyaga kirishib alyuminiyning turli xil birikmalari aralashmasini hosil qiladi. Bu reaksiya yordamida molekulyar massasi 5000 dan 3.000.000 gacha bo‘lgan polietilen olinadi. Mavzuga doir masalalar: 1. Grinar reaktividan foydalanib 11.2l metan gazi sintez qilishda foydalanilgan suv tarkibida 10% og’ir suv bo’lsa, reaksiyada foydalingan suvning massasini(g) toping? 2. Grinar reaktividan foydalnib 11,2l CH4 olishda foydalanilgan suv tarkibida 10% og’ir suv bo’lsa, hosil bo’lgan metanning massasini (g) toping? 3. Grinar reaktividan foydalanib 11,2l CH4 sintez qilishda foydalanilgan suv tarkibida 10% og’ir suv bo’lsa, hosil bo’lgan mahsulotning ortacha molekulyar massasini toping? 4. Aralash element- organic birikmani ko’rsating? 5. Atsetondan metil magniy yodid yordamida 2ta bosqichli reaksiyada 44,4g uchlamchi spirt olindi. 1-va 2-reaksiya unumlari nisbati 16:15 va yig’indisi 155% bo’lsa, reaksiya uchun olingan keton massasini (g) aniqlang? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI 1. Francis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik) 2. Anatol Malijevskґy.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik) 3. A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik) 4. A. Abdusamatov, S. Zakirov, R.Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -2013. (darslik)