MAVZU; ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI , MAYDONLARI VA ULARDAN FOYDALANISH KO’RSATKICHLARI. REJA; 1.Ishlab chiqarish quvvatlari: 2.Maydonlari; 3.Foydalanish korsatkichlari; • Ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari • Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari deganda - kalendar vaqt mobaynida belgilangan nomenklaturada maksimal miqdorda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati tushuniladi. Odatda ishlab chiqarish quvvati mahsulot nomenklaturasi bo‘yicha hisoblanadi va yetakchi sexlar, uchastkalar yoki agregatlar tarkibiga mos keladi. • Korxonaning quvvatini hisoblashda ishlab chiqarish vositalaridan to‘la va oqilona foydalanish, mukammal texnologiya va ilg‘or ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish usullarini qo‘llash nazarda tutiladi. • Ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlashda uskunaning vaqt fondi hisobga olinishi lozim. Uzluksiz ishlab chiqarish sharoitlarida u kalendar vaqt fondidan reja bo‘yicha uskunani ta’mirlashga sarflanadigan va texnologik maqsadlar uchun vaqtlami ayirib aniqlanadi. Uzulukli ishlab chiqarish sharoitlarida esa hisobkitoblarga asos qilib uskunalaming imkoniyatidagi ish vaqti fondi (amalda uskunaning maksimalimkoniyatli vaqt fondi) olinadi. ПОПУЛЯРНЫЕ УВЛЕЧЕНИЯ Ishlab chiqarish quvvatlari to‘g‘risida sanoat korxonalari vazirlik va statistika boshqarmalariga hisobot beradilar. Unda ishlab chiqarish quvvatlarining hisobot yili boshi va oxiridagi hajmlari, yil davomida ishga tushirilgan va ishdan chiqarilgan quvvatlar va boshqa ko‘rsatkichlar keltiriladi . Formula tarzida ishlab chiqarish quvvati quyidagicha aniqlanishi mumkin: M=F x T x W P bu yerda, F - bir turdagi uskunalaming o ‘rtacha yillik soni; T - bitta uskunaning yillik vaqt fondi (soatlarda); Wp uskunaning bir oylik progressiv unumdorligi. Mebel, konserva, quyma va boshqa ishlab chiqarilishda ishlab chiqarish quvvati: M=(P:N) x (Tr:tn) formulasi bo‘yicha aniqlanadi.