Shaxs xarakteri XARAKTER HAQIDA TUSHUNCHA Reja Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning fiziologik asoslari. Xarakter strukturasi. Xarakterning shakllanishi. Shaxs psixodiagnostikasi Xarakter haqida tushuncha. Xarakter – (yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o`z - o`ziga bo`lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti -harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir. Xarakterologiya – xarakter haqidagi, xarakterning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi haqidagi ta’limot. Xarakterning fiziologik asoslari Isteriya (yunoncha hustera bachadon, XIX asr meditsinasida I.ya bachadon kasali deyilib, u faqat ayollarga xos deb hisoblanardi) – markaziy nerv sistemasining psixika harakatlar doirasi, sezgirlik kabilarning buzilishi bilan belgilanadigan funktsional o`zgarish: ruhiy kasallikning bir turi. Konformlik – (lotincha conformis - o`xshash, mos) – individning gurux fikrlariga tashqi tomondangina qo`shilib, ichki tomondan esa qo`shilmay o`z fikrida qolishi, guruxga ongli ravishda moslashishi. Moyillik – shaxsning muayyan faoliyat turi bilan shug`ullanishga doimiy intilishidan iborat individual xususiyat. Masalan: Muzikaga moyillik ilmiy tekshirish ishlariga moyillik va x.k. Moyillik shaxsning qiziqishlari va qobiliyati bilan uzviy ravishda bog`liq bo`lib, bu qiziqish va qobiliyatning tarkib topishi uchun ma’lum darajada asos bo`lishi ham mumkin. Xarakterning fiziologik asoslari Shaxsning individual - psixik xususiyatlari turli-tumandir. Masalan: kamtarlik, mag`rurlik, xudbinlik, samimiylik, rostgo`ylik, bahillik, g`amho`rlik, tortinchoqlik, quvnoqlik va x.k. Shunday ekan xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter xislatlari 2 ta katta gruppaga bo`linadi: Xarakter strukturasi Xarakterning ma’naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo`ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar; Xarakterning irodaviy xislatlari-maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, o`z-o`zini tuta bilish kabilar. Xarakter tug`ma o`zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlarga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs munosabatlari xarakter xislatlarining individual o`ziga xos xususiyatni 2 xil tarzda aniqlaydi. Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo`ladigan har bir tipik vaziyat imotsional kechilmalarining individual o`ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog`liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari iroda xissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham bog`liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo`ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatda bo`lishi emas, balki diqqatning to`plashishiga harakatlarning aniqligi, irodaviy zo`r berishga va shu kabilarga bog`liqdir. Shu sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi tasiriga bog`liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish mumkin. Xarakterning fiziologik asosi Bir qancha olimlarning tadqiqotlarda odamlarning harakat usullari nerv sistemasi umumiy tipining xususiyatlari bilan aynan bir tipik vaziyatda va sharoitda bir xil ijobiy munosabatda bo`lish bilan solishtirib ko`rilgan. Bunda shu narsa aniqlangan-ki, nerv sistemasi umumiy tipining zid xususiyatlarga psixologik jihatidan zid bo`lgan xarakat usullari mos keladi. Masalan: sust nerv sistemasiga ega bo`lgan o`quvchilar yaxshi tanigan o`rtoqlarining tor doirasi bilan alohida qilishga loyiq bo`ladilar. Ular o`z tashabbuslari bilan o`zlari haqida kamdan-kam biror narsa aytadilar. Ular juda qiyinchilik bilan yangi tanish orttiradilar, ammo ular eski o`rtoqlari bilan uzoq vaqtga ajratayotgan bo`lsalar, ular bilan munosabatlarini uzushlari qiyin bo`ladi. Odam xarakterining strukturasi Agar nihoyatda zid qarama - qarshi nazarda tutilsa, unda ayrim odamlarda bu sistema o`ziga ishonish, o`zidan mag`rurlanish, o`zbilarmonlik, maxtanchoqlik, urishqoqlik, o`ch olishlik, kekayishi, pismiqlik, jamoatchilik tomonidan ma’qullangan narsalarni sezmaslik, ko`pchilik tomonidan qabul qilgan xatti – harakat qoidalarni pisand qilmasliklarning qo`shilishida nomayon bo`ladi. Boshqa bir odamlarda bu sistemaga qarama - qarshi xususiyatlari bilan qo`shilgan holda namoyon bo`ladi. Xarakter strukturasini Xarakter strukturasini xar tomonlama o`rganish, xulq atvorni hayotning turli vaziyatlarga tahlil qilish, yashash sharoiti va tarbiyani qanday yo`lga qo`yilganligini o`rganish asosida to`liq o`rganish mumkin. Xarakter strukturasida birinchi navbatda uning ikki tomoni: mazmuni va shakli farqlanadi. Xarakter mazmuni shaxsning hayotidagi yo`nalishini, ya’ni moddiy va ma’naviy extiyojlarini, qiziqishlarini, ideallarini tashkil qiladi. Odam xarakterning strukturasi turli xususiyatlar va psixik protseslarning sintezidan iborat. Bular: Ishonch. Ehtiyoj va qiziqishlar Intellekt tushunish, tushuncha, mulohaza. Iroda Hissiyot Temperament Shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to`rta sistemasi farqlanadi. 1. Kollektivga va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik) 2. Mehnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, yalqovlik, mehnatga ma’sulyat yoki ma’sulyatsizlik bilan munosabatda bo`lish va shu kabilar). Shaxs turli munosabatlarining o`zaro bog`liqligi shaxs xarakteri strukturasining ayrim xususiyatlariga bog`liqdir. Ana shu o`zaro bog`liqlik tufayli shaxsning qandaydir bir yolg`iz munosabatiga bog`liq bo`lgan xarakter xususiyati topilmaydi. Shaxs turli munosabatlarining o`zaro bog`liqligi shaxs xarakteri strukturasining ayrim xususiyatlariga bog`liqdir. Ana shu o`zaro bog`liqlik tufayli shaxsning qandaydir bir yolg`iz munosabatiga bog`liq bo`lgan xarakter xususiyati topilmaydi. Shaxs munosabatlari o`zaro aloqasi tufayli aynan bir xil munosabatga masalan: odamlarga yoki mehnatga bo`lgan munosabatiga bog`liq bo`lgan xarakter xususiyatlarigagina o`zaro bog`liq bo`lmay, balki, ko`p yoki oz darajada turli munosabatlarga bog`liq bo`lgan xarakterning xususiyatlari o`zaro bog`liqdirlar. Shaxs munosabatlarining o`zaro aloqasida markaziy, asosiy va ularga tobe bo`lgan munosabatlar bordir. Xarakter xususiyatlari jumlasiga quydagilar kiradi Xarakter xususiyatlari jumlasiga quydagilar kiradi: Chuqurlik darajasi. Xarakter kuchi. Barqarorlik-o`zgaruvchanlik darajasi. Plastikligi. Shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz xarakterning bir muncha chuqurroq xususiyatlari deb aytamiz. Shuning uchun ular boshqa xususiyatlarning juda keng sistemasi bilan bog`langan bo`ladi. SHAXSNING INDIVIDUAL – PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Xarkter strukturasida shaxsning individual – psixologik xususiyatlarning hamda psixik protsesslarning namoyon bo`lish aktivligiga qarab quyidagi ijobiy xarakter xususiyatlarini ko`rsatish mumkin. Xarakterning ma’naviy tarbiyalanganligi. Xarakterning muvozanatlashganligi Xarakterning aniqligi Xarakterning kuchi Xarakterning qa’tiyligi Xarakterning yaxlitligi Xarakterning ma’naviy tarbiyalanganligi odamning hulq atvorning Xarakterning aniqligi Xarakterning aniqligi shaxsning xulq - atvorini uning ishonchiga, ma’naviy – siyosiy tasavvuriga, yo`nalishiga mos tushishda ifodalanadi. Xarakterning qat’iyligi shaxs xatti harakatlarning o`ylanganligi, o`z qarashlarining va qabul qilgan qaroriga amal qilishda ifodalanadi. Xarakterning yaxlitligi so`z va ish birligida ifodalanadi. 5. Xarakterning shakllanishi. Odam xarakteri bir qator omillar ta’sirida shakllanadi. Bular quyidagilardir Ijtimoiy muhit Tarbiya Oila O’z - o`zini tarbiyalash Maktab jamoasi. Bizga ma’lumki shaxs munosabatlari ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Bunda butun bir ijtimoiy tuzumni xarakterlovchi keng ijtimoiy munosabatlar katta ahamiyatga ega. Moddiy muhtojlik yoki ta’minlanganlik, ishsizlik yoki kelajakka ishonch, ijtimoiy tenglik – bularning xammasi faqat shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki, xarakter individual xususiyatlarining tarkib topshiga xam ta’sir ko`rsatadi. Xarakterning namoyon bo`lishi va uning o`rganish metodlari. Shaxsning xarakterri bir qancha sharoitlarda namoyon bo`ladi, bular quyidagilardir: Xarakterning faoliyatida namoyon bo`lishi. Xarakterning nutqda namoyon bo`lishi Xarakterning odamning tashqi ko`rinishida namoyon bo`lishi. Xarakterning turli vaziyatlarida namoyon bo`lishi. Xarakter odamning aktiv faoliyati jarayonida uning ish – xarakatlariga bog`liq ravishda sodir bo`ladi. Xarakterning irodaviy sifatlari 1. Aktivlik Qat’iyatlilik jasurlik v) mustaqillik, tashabbuskorlik. 2. Yig`inchog`ligi. o`z -o`zini nazorat qilish o`ziga ishonchi komilligi v) intizomliligi IY Psixik tuzidishi (sklad) Xarakterning yaxlitligi. Xarakterning murakkabligi Xarakterning dinamikligi V Xarakter va shaxsning boshqa psixik komponentlari. Xarakter va temperament. Temperamentning boshqarilishi. Xarakter va qobiliyatlar. O’z qobiliyatlarini rivojlantirishi. Xarakterning ayrim xususiyatlari Xarakterning ayrim xususiyatlari bir-biriga boglik , bir-biriga tobe yaxlit organizmni xosil kiladi. Mana shunday yaxlit organizm xarakter strukturasi deb ataladi. Shuning uchun biz xarakterning bir yoki bir necha xususiyatlarini bilar ekanmiz, xarakterning bizga noma’lum bulgan boshka xislatlarini xam aytib Bera olamiz. Masalan odamning taabbur va shuxratparastligini bilsa, uning odamlarga nisbatan kora kungilli ekanligi xakida taxmin kila olamiz. Agar odam kamtarin bulsa, uni kungilchan deb taxmin kila olamiz. http://fayllar.org